Авторы

  • Фарида Нурметова
    Toshkent davlat agrar universiteti

Биография автора

  • Фарида Нурметова , Toshkent davlat agrar universiteti
    1-bosqich magistr talabasi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.interpretation-research.122642

Аннотация

Ushbu maqola Respublikamiz hududida o’tgan asrda iqlimlashtirilgan, dorivorlik va oziq-ovqat ahamiyatiga ega kovrak va sassiq kovrak turlarini, kelib chiqish xususiyatlari, geografik tarqalishi va bioekologiyasini o’rganishga bag’ishlangan tadqiqot natijalaridan biridir. Bu o’simlikning ildizi guli poyasi va meva tanasi shifobaxsh xususiyatiga ega. Uning shirasi tarkibidagi modda yuqori fiziologik faoliyatga ega moddalar mavjud.


background image

Talqin va tadqiqotlar ilmiy-uslubiy jurnali

Impact Factor: 8.2 | 2181-

3035 | №

7(65)

~ 199 ~

KAVRAK O’SIMLIGINI FOYDALI XUSUSIYATLARI

Nurmetova Farida Ortiq qizi

Toshkent davlat agrar universiteti 1-bosqich magistr talabasi


Annotatsiya:

Ushbu maqola Respublikamiz hududida o’tgan asrda

iqlimlashtirilgan, dorivorlik va oziq-ovqat ahamiyatiga ega kovrak va sassiq kovrak
turlarini, kelib chiqish xususiyatlari, geografik tarqalishi va bioekologiyasini

o’rganishga bag’ishlangan tadqiqot natijalaridan biridir. Bu o’simlikning ildizi guli

poyasi va meva tanasi shifobaxsh xususiyatiga ega. Uning shirasi tarkibidagi modda
yuqori fiziologik faoliyatga ega moddalar mavjud.

Kalit so‘zlar:

kovraki, sassiq kovrak, polisaxarid moddalar, yelim smola,

surunkali diareya, sariq kasallik, alopesiya, biofaol birikma ko’histon xavfli o’smalar.

Abstract

: This article is one of the results of a study devoted to the study of the

origin, geographical distribution and bioecology of the species of kovrak and siksyk
kovrak, which were acclimatized in the territory of our Republic in the last century,
which have medicinal and food value. The root, flower stem and fruit div of this plant
have healing properties. The substance contained in its juice contains substances with
high physiological activity.

Keywords:

cow dung, stinking cow dung, polysaccharide substances, gum resin,

chronic diarrhea, jaundice, alopecia, bioactive compounds, malignant tumors.

Аннотация:

Данная статья является одним из результатов исследования,

посвященного изучению происхождения, географического распространения и
биоэкологии видов коврак и сиксык коврак, акклиматизированных на
территории нашей республики в прошлом веке, имеющих лекарственное и
пищевое значение. Корень, стебель цветка и плодовое тело этого растения
обладают целебными свойствами. В состав его сока входят вещества с высокой
физиологической активностью.

Ключевые слова:

коровий навоз, вонючий коровий навоз, полисахаридные

вещества, камедь, хроническая диарея, желтуха, алопеция, биологически
активные соединения, злокачественные опухоли.

Kirish.

Kovrak - (Ferula) turkumi selderdoshlar (soyabonguldoshlar)- Apiaceae

(Umbelliferae) oilasiga mansub bo

lib, ko

p yillik o

t o

simligi. Kovrakning yer yuzida

160 dan ziyod turlari, O

rta Osiyo respublikalarida 104, mamlakatimizda esa 50 turi

uchraydi. Smola - yelim olishda sassiq kovrak, Kuhiston kovragi kabi turilari
ishlatiladi.

Ziradoshlar (soyabonguldoshlar) oilasiga mansub bo’lib, koʻp yillik oʻtlar

turkumi. Oʻzbekistonda 45 turi oʻsadi. Sassiq kovrakning boʻyi 1 metr, ildizi


background image

Talqin va tadqiqotlar ilmiy-uslubiy jurnali

Impact Factor: 8.2 | 2181-

3035 | №

7(65)

~ 200 ~

sholgʻomsimon, diametri 15 sm atrofida uchraydi. Poyasi tik, yoʻgʻon, ichi kovak,
yuqori qismi shoxlangan. Ildizoldi barglari bandli, 3 boʻlakli, poyadagilari maydaroq,

ketma-

ket joylashgan. Toʻpguli yirik, sharsimon, diametri 20 sm, yon toʻpgullari

maydaroq. Erta bahorda gullaydi. Mevasi -

ikki boʻlakli. Choʻllarda oʻsadi. Ildizidan

olinadigan yelim (smola)dan astma va baʼzi nerv kasalliklarida

ishlatiladigan dori

tayyorlanadi.

Kovrak respublikamizning Toshkent, Surxondaryo, Qashqadaryo, Jizzax,

Navoiy, Buxoro viloyatlari hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasining qumli cho‘llar,
adirlar, tog‘lar va tog‘oldi yalangliklarda, soz tuproqli yerlarda o‘sadi.

Tabiatda sassiq

kovrak (Ferula assa-

foetida L.) keng tarqalgan bo‘lib, yelim

-smola asosan shu turdan

olinadi. Bu dorivor o‘simlik tabobatda bemor organizmiga ijobiy taʼsir etuvchi
biologik faol modda hisoblanadi. Dorivor vositalar sifatida o‘simliklarning

ildizi,

bargi, po‘stlog‘i, gu

li, mevasi, shirasi va boshqa qismlaridan foydalaniladi.

Kovrak urug‘ining qaynatmasi (urug‘i xuddi supurginikiga o‘xshash malla rang,

shakli ham shunga o‘xshab ketadi) 3 mahal 50 grammdan ichilsa, ona suti ko‘payadi.
Shirasiga anjir qo‘shib yeyilsa, sariq (gepatit) kasalligini tuzatadi. Yelimiga murch,

sirka qo

‘shib, yomon sifatli yaralarga surilsa, foyda qiladi. Soch to‘kilishiga ham o‘ta

foydalidir.

Kovrakning yelim-

smolasi xalq tabobatida o‘pka sili, o‘lat, zaxm, ko‘k

-

yo‘tal,

tish og‘rig‘i, asab va boshqa kasalliklarni davolash uchun, hamda quvvat beruvchi,
balg‘am ko‘chiruvchi va gijja haydovchi dori sifatida qo‘llaniladi. Ilmiy meditsinada

kovrak yelim-smolasi

“assafetida” nomi bilan kukun, emulsiya va tindirma

(nastoyka) holida og‘riq qoldiruvchi, balg‘am ko‘chiruvchi, quvvat beruvchi va
tinchlantiruvchi vosita sifatida ishlatiladi va ko‘pgina davlatlar farmokopeyasiga

kiritilgan.

Sharq mamlakatlarida Eron, Pokiston, Afg‘oniston va Hindiston kovrak shirasi va

ildizi oziq-ovqat sanoatida ziravor sifatida, kosmetika sanoatida attorlik vositalari
ishlab chiqarishda ishlatiladi.

Kuhiston kovragi kabi turlari ishlatiladi. Sassiq kovrakning bo'yi l metr yo'g'on

ichi kovak yuqori qismi shoxlangan. Poyalari maydaroq ketma-ket joylashgan erta
bahorda gullaydi, mevasi esa 2 bo'lakli o'sadi. Ildizidan olinadigan yelim smoladan
astma va b

azi nerv kasalliklarda ishlatiladigan dori tayyorlanadi. Ma’lumki, dunyo

miqiyosida farmasevtika korxonalarida ishlab chiqarilayotgan dori vositalarining
taxminan 50% dorivor o'simliklar xomashyosidan bo'lgan talabni keskin oshishiga
sabab Sassiq kovrak "anjudan" nomli o'simlikning shirasi bo'lib Misrda uni Abu Kabir
deb atashadi. Eng sifatli kovrak yelim smolasi bu qizil, kuchli hidi (sarimsoq piyoz

kabi) bor kovrakdir. Ba’zilar ana shu hidi sababli xush ko'rishmaydi. Boshqa kovrak

turlarini bundan ham kuchli noxush hidi bo'ladi. Kovrak o'ziga tortish hissiga ega
bo'lib go'sht hajmini kichraytiradi va uni titkilab tashlaydi. Boshqa daraxt shiralariga


background image

Talqin va tadqiqotlar ilmiy-uslubiy jurnali

Impact Factor: 8.2 | 2181-

3035 | №

7(65)

~ 201 ~

nisbatan uning tabiati eng issiq va eng siyrak shuning uchun u kuchli so'rish tasiriga
ham egadir.

Xulosa.

Kavrak turli xil xavfli va qattiq bo'lib qolgan o'smalarni yo'q qilishda

ko'maklashadi.

Hozirgi kunda tibbiyot saraton va boshqa kasalliklarni davolashda kovrakdan

foydalanib kelmoqda va bu yaxshi natijalarni berib kelmoqda. Kosmetologiya sohasida
undan temiratki, sepkil, so'gal va chandiqlarni yo'q qilishda keng ko'lamda

foydalaniladi. Alopesiya (soch to'kilishi)da esa u iste’mol sirkasiga aralashtirilib

qo'llaniladi.

Ibn Sino bobomiz bu o'simlikka shunday ta'rif bergan

“Kovrak urug'ining qaynatmasi 3 mahal 50 gr ichilsa suti ko'payadi, olingan

shirasiga anjir qo'shib yeyilsa gepatet kasalligi tuzatiladi” deb aytishgan. O'zbekistonda

1kg kovrak urug'i 200$ ga baholanadi. Bu o'simlik ekilgandan keyin 8oydan 5 yilgacha
ildizi qalinlashadi va keyin undan bemalol foydalana olamiz.

O'simlik shirasidan yelim shirasi sifatida farmasevtikada keng foydalanib

kelinmoqda. Hindiston davlatiga eksport qilinganda ular dori darmon va ziravorlar
tayyorlashda keng foydalanilmoqda 1 gektar maydon uchun 200$ va 250$ dollorga
urug' sotib olib 1 gektar maydonga ekilganida 100.000$ daromad ko'riladi.

Foydalangan adabiyotlar:

1.Orifxonova M Toshkent, Fan nashriyoti. 2019 - yil 345- bet
2. Guinness book of records progress ,1991 Indiana University .2009
3. Internet manbalari
4. https://t.me/Fanlar Akademiyasi
5.

https://uz.m.wikipedia.org

6.

https://uzpharmagency.uz//xs.uz

7.

https://www.uz nature.uz

Библиографические ссылки

Orifxonova M Toshkent, Fan nashriyoti. 2019 - yil 345- bet

Guinness book of records progress ,1991 Indiana University .2009

Internet manbalari

https://t.me/Fanlar Akademiyasi

Наиболее читаемые статьи этого автора (авторов)