Talqin va tadqiqotlar ilmiy-uslubiy jurnali
Impact Factor: 8.2 | 2181-
3035 | №
8(66)
~ 203 ~
MUSTAQILLIKNING DASTLABKI YILLARIDA
O‘ZBEKISTONDA
TASHQI MIGRATSIYA JARAYONLARINI AHOLI IJTIMOIY HAYOTIGA
TA’SIRI
(FARG’ONA VODIYSI VILOYATLARI MISOLIDA)
Raxmonov Elyor Abdullajonovich
tarix fanlari boyicha f.f.d, PhD.
Q
o‘
qon Universiteti Ijtimoiy fanlar kafedrasi dotsenti.
Annotatsiya.
Maqolada O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli
islohotlar qatorida aholi bandligini ta’minlashda olib borilayotgan ishlar, jumladan
mustaqillikning dastlabki yillarida Farg’ona vodiysi viloyatlari misolida aholi ijtimoiy
hayotida tashqi migrat
siya jarayonlarining o‘rni ba’zi ilmiy mulohazalar orqali yoritib
berilgan.
Kalit so‘z va iboralar:
aholi bandligi, ishsizlik, migratsiya, mehnat
migratsiyasi, Xalqaro Mehnat Tashkiloti, Xalqaro Migratsiya Tashkiloti, emigratsiya,
ishchi kuchining yetishmasligi,
aholi sonining o‘sishi
, iqtisodiy qiyinchiliklar.
Аннотaция.
В статье рассматриваются проводимые в Узбекистане
масштабные реформы, направленные на обеспечение занятости населения, а
также роль внешней миграции в социальной жизни населения, на примере
Ферганской долины в первые годы независимости. Исследуются миграционные
процессы и их влияние на социальную жизнь населения через призму некоторых
научных размышлений.
Ключевые слова и выражения:
занятость населения, безработица,
миграция,
трудовая
миграция,
Международная
организация
труда,
Международная организация по миграции, эмиграция, нехватка рабочей силы,
рост численности населения, экономические трудности.
Abstract:
This article highlights the efforts being undertaken to ensure
employment as part of the wide-ranging reforms implemented in Uzbekistan. In
particular, it sheds light on the role of external migration processes in the social life of
the population during the early years of independence, using the regions of the Fergana
Valley as an example. The discussion is supported by certain scientific perspectives.
Key words and expressions:
employment, unemployment, migration, labor
migration, International Labour Organization, International Organization for
Migration, emigration, labor shortage, population growth, economic difficulties
.
Mustaqillik yillarida aholining ijtimoiy himoyalash tizimida tashqi
migratsiyaning o‘rni alohida ahamiyatga ega bo‘lib, oilalarning daromadlari ortishi
barobarida mamlakatning iqtisodi va demografik o‘zgarishlariga ham katta ta’sir qilib
kelmoqda.
Yurtboshimiz Sh.M.Mirziyoyev ta’kidlaganlaridek: –
“Bugungi kunda 2
Talqin va tadqiqotlar ilmiy-uslubiy jurnali
Impact Factor: 8.2 | 2181-
3035 | №
8(66)
~ 204 ~
million atrofidagi aholimiz ro‘zg‘orini tebratish uchun oilasi, ota
-onasi va
farzandlaridan uzoqda
–
chet mamlakatlarda mehnat qilmoqda. Musofir yurtda, turli
qiyinchilik va mashaqqatlarga chidab, halol mehnat qilib non topish, albatta, oson
emas. Biz chet ellarda daromad bilan birga tajriba va malaka ham orttirayotgan ana
shunday yurtdoshlarimizga rahmat aytishimiz kerak. Ular bizning farzandlarimiz, aka-
uka, jigarlarimizdir.”
[1]
Migratsiya so‘zi lotinchadan olingan bo‘lib, “ko‘chmoq” ma’nosini anglatadi va
aholining mamlakat ichidagi yoki bir davlatdan ikkinchisiga ko‘chishni bildiradi
[15].
Dunyo tajribasidan kelib chiqilganda migratsiyaning asosiy belgisi aholi yashash
joyiing o‘zgarishi bo‘lib, u kishilarning ish joyi yoki kasbining almashtirishi natijasida
sodir bo‘ladigan ijtimoiy hodisa hisoblanadi. Uning ijtimoiy
-iqtisodiy vazifasi esa
aholi harakatchanlik darajasini aniqlash hamda uni hududiy qaytadan tarqalishini
ta’minlashdan iboratdir.
Migratsiyaning tartibga solish va uning nazorat qilish, bu sohadagi xalqaro
konventsiyalarni ishlab chiqishda BMTning aholi nufuzi bo‘yicha Komissiyasi,
Xalqaro Mehnat Tashkiloti (XMT), Xalqaro Migratsiya Tashkiloti muhim rol
o‘ynaydi. Masalan, XMT tomonid
an 1962, 1975 va 1982-yillarda chiqarilgan
konventsiyalar xalqaro migratsiyaning tartibga soluvchi asosiy me’yoriy hujjatlar
hisoblanib, ularning asosiy moddalari migrantlarni ishga yollash, ularni huquq va
kafolatlari, noqonuniy migratsiya hamda uni oldini olish kabi masalalarni tartibga
soladi.
Mamlakatlararo migratsiya oqimi ko‘lami emigratsiya hududidagi ishsizlik,
aholi sonining o‘sishi, qashshoqlik, iqtisodiy qiyinchiliklar, immigratsiya mintaqasida
esa ishchi kuchining yetishmasligi, tezkor iqtisodiy o‘sish va bandlikning o‘sishi, ikki
hududlardagi ish haqi darajasining keskin farqi, hududiy joylashuv, til va madaniyat
darajasi kabi omillar bilan bevosita bog‘liqdir
[13.
–
С. 53
-60.]. Qoloversa, yer yuzida
aholi migratsiyasi tufayli terrorizm xavfining kuchayishi, etnik qatlamlar o‘rtasida
kel
ishmovchiliklar paydo bo‘lishi, mamlakatlardan yoshlar va malakali
mutaxassislarning chiqib ketishi kabi ijtimoiy-demografik xatarlarni yuzaga
keltirmoqda. Ayrim mamlakatlar uchun esa demografik vaziyatning yaxshilanishi,
oilalarni moddiy ta’minlash, davlatlar uchun pul o‘tkazmalari, iqtisodiyotda pul
tushumi, ishchi kuchi yetishmasligi yoki ortiqchaligi kabi muammolarning oldini
olishga yordam bermoqda.
Jahonda XX
asrning ikkinchi yarmidan boshlab ko‘plab rivojlangan davlatlarda
iqtisodiyotning gurkirab rivojlanishi natijasida ishchi kuchining yetishmasligi
migratsiya to‘lqining ortishiga xizmat qilgan. Xalqaro mehnat tashkilotining
ma’lumotlariga ko‘ra,
1970-1990-yillarda ishchi kuchini qabul qiluvchi bu kabi
mamlakatlar soni 39 tadan 67 taga yetgan[3.
–
С. 352.]
. Taraqqiy etgan mamlakatlar
uchun migrantlar bir tomondan arzon ishchi kuchi bilan ta’minlashga imkon bersa,
Talqin va tadqiqotlar ilmiy-uslubiy jurnali
Impact Factor: 8.2 | 2181-
3035 | №
8(66)
~ 205 ~
ikkinchi tomondan yuqori malakali mutaxassislar yetishmayotgan sohalarini kerakli,
munosib, bilimli xodimlar bilan to‘ldirishga yordam beradi.
Butun jahonda migrantlar soni yil sayin oshib borgan. Masalan, 2008-yilgi
ma’lumotlarna ko‘ra, 1960
-yilda migrantlarning soni yer yuzi aholisining 2,5foizi,
ya’ni 75 million kishini, 2005
-
yilda 3foizi, ya’ni 191
millionni va 2008-yilda esa 200
million kishini tashkil etgan[5.
–
С.25.]
.
XX asr oxiri XXI asr boshlarida Markaziy Osiyo mamlakatlaridan juda ko‘plab
aholi vakillari mehnat migratsiyasi natijasida o‘z davlatini tark etishga majbur bo‘lgan.
Buning sababi bizning fikrimizcha, SSSR parchalangandan so‘ng mintaqa
davlatlarning iqtiso
diy jihatdan ahvolining og‘irligi, ijtimoiy tanazzul va asosiysi
ishsizlik bo‘lgan.
Tashqi migratsiyaning asosiy sabablaridan biri bu oilalarning iqtisodiy
qiyinchiliklari, ishsizlik va daromad manbaining qoniqarli emasligida bo‘lib
qolmoqda. Ko‘plab sobiq sovet respublikalarida bo‘lgani singari O‘zbekistonda ham
tashqi migratsiya ikki yo
‘nalishda davom etib kelmoqda: ularning birinchisi, mehnat
migratsiyasi
–
ya’ni qaytib kelish va fuqarolikni saqlash sharti bilan; ikkkinchisi, etnik
migratsiya
–
ya’ni qaytib kelmaslik va fuqarolik saqlanmaslik sharti bilan.
O‘zbekiston aholisi migratsiyasining 60
-70
foizi Rossiya Federatsiyasiga to‘g‘ri
kelib, bu ikki mamlakat o‘rtasidagi aloqalar respublikalar iqtisodiy taraqqiyotiga
sezilarli darajada ta’sir ko‘rsatgan. Shu bilan birga Boltiqbo‘yi mamlakatlari, Belarus,
Ukraina, Kavkazorti mintaqalari bilan tashqi migratsiyasi boshqa hududlarga nisbatan
zaif kechgan. Markaziy Osiyoda respublikalarida esa Qozog‘iston bilan migratsiya
almashinuvida O‘zbekiston ijobiy yutuqlarga erishgan. Lekin shuni ta’kidlash kerakki,
shu vaq
tga qadar Rossiyada ishlagan migrantlar Qozog‘istondagilarga nisbatan
yuqoriroq maosh olib kelgan. Masalan, birgina ayol migrantlar orasida bu holat ko‘rib
o‘tilsa, Rossiyada eng ko‘p maoshni uy xizmatkori (oyiga 400
-500 AQSH dollari) va
savdo (300-700 AQS
H dollari) sohasida band bo‘lganlar migrant ayollar, eng kamini
esa uy-
joy kommunal xo‘jaligida va qishloq xo‘jaligida ishlovchilar oladi (200
-300
AQSH dollari oralig‘ida). Tibbiyot va ta’lim sohasidagi ayollar esa 500
-600 AQSH
dollari va ba’zan undan ko‘proq maosh oladilar. Qozog‘istonda qurilish sohasida (bu
holat juda kamdan-kam
–
E.R.) ishlagan ayolar bir oyda o‘rtacha 700
-900 AQSH
dollari, uy xizmatkori sohasida 200-
300, qishloq xo‘jaligida esa mavsum so‘ngida bir
oilaga 1000 dan 3000 AQSH dollarigacha maosh berilgan[11.
–
С. 41
-42.].
Shuning uchun ham migrantlar asosan Rossiyaning deyarli barcha hududlarida
yuqori malaka talab qilinmaydigan ish o‘rinlari, qishloq va uy
-joy qurilishi (23 foiz),
savdo-sotiq (18 foiz), xizmatlar (19
foiz), qishloq xo‘jaligi, sanoat va transportda
faoliyat olib borgan[9.
–
С.39.]
.
Farg‘ona vodiysida ham bu jarayonlar mustaqillikning dastlabki yillardan buyon
davom etib kelgan. Mamlakatimizning boshqa hududlarida bo‘lgani singari vodiyda
Talqin va tadqiqotlar ilmiy-uslubiy jurnali
Impact Factor: 8.2 | 2181-
3035 | №
8(66)
~ 206 ~
ham ishsizlik natijasida aholi turmush darajasining pasayishi migratsiyaning asosiy
omillaridan biri bo‘ldi. Birinchi o‘n yilliklarda vodiy aholisi asosan, qo‘shni
mamlakatlarga mehnat qilish uchun borgan bo‘lsa, keyinchalik davlatlar o‘rtasidagi
shartnomalar asosida uzoq mamlakatlarga ham chiqa boshlagan. Jumladan, 1995-
2004-
yillar oralig‘ida Koreya Respublikasiga uchun 9,5 ming kishi, AQSH,
Malayziya, BAA kabi iqtisodiyoti yuqori bo‘lgan mamlakatlarga vaqtinchalik ishlab
kelish uchun yuborilgan[14.
–
Б.55
.]. Iqtisodchi olimlar mehnat migrantlarining
ijtimoiy tarkibi o‘rganib quyidagi xulosalarga kelgan: Rossiya Federatsiyasi erkaklar –
81 foiz, ayollar
–
67,3
foiz, Qozog‘iston erkaklar –
12,3 foiz, ayollar
–
10,0 foiz,
Turkiya erkaklar
–
2,5 foiz, ayollar
–
17,6 foiz, Janubiy Koreya erkaklar
–
2,4 foiz,
ayollar
–
1,4 foiz, Birlashgan Arab Amirliklari erkaklar
–
0,2 foiz, ayollar
–
1,6 foiz,
Amerika Qo‘shma Shtatlari erkaklar
–
0,3 foiz, ayollar
–
0,4 foizni tashkil qilgan[2].
Ushbu statistik ma’lumotlardan ham ma’lum bo‘lmoqdaki, qo‘shni mamlakatlardan
tashqari endi Respublika aholisi uzoq Sharq mamlakatlari va AQSH ga migrant sifatida
borishgan. Ularning aksariyati mamlakatlar o‘rtasidagi tuzilgan shartnomalar asosida
yuborilgan. Masalan, 2006-yilda Koreya Respublikasi Mehnat vazirligi bilan
imzolangan Memorandum asosida Koreya Respublikasi ish beruvchilari rasmiy
mehnat shartnomasiga binoan fuqarolarni u yerga ishga jo‘natib kelmoqda.
Respublikamizdan ishga ketuvchilarning 90
foizi o‘zbek va qolgan 10
foizi boshqa
millatga mansub bo‘lib, ular asosan qishloq joylarda istiqomat qiladi
[16]. U yerga har
yili ishga borish uchun o‘n mingdan ortiq odam hujjat topshiradi. Quyidagi jadvalda
2009 va 2010-
yillarda Farg‘ona vodiysidan Koreya Res
publikasiga yuborilgan
migrantlar salmog‘i keltirilgan
[17].
1-jadval
№
Viloyat nomi
2009-yil
2010-yil
1
Andijon
5000
8500
2
Namangan
1000
3800
3
Farg‘ona
4000
4500
O‘zbekiston Respublikasining mustaqilligining dastlabki yillarida vodiyning
uch viloyatida ham ayollar va erkaklarning mehnat migranti sifatida chetga chiqib
ketishlari u qadar yuqori bo‘lmagan. Masalan, Andijon viloyatida xorijga chiqib ketgan
ayollar umu
miy salmog‘i 6
foizni, erkaklar 12 foizni, Namangan viloyatida ayollar
6,5 foiz, erkaklar 8
foizni, Farg‘ona viloyatida bu ko‘rsatkich 8,9
foizga 10,4 foizni
tashkil etgan[17].
Vodiydagi mahalliy aholining chetga chiqib ketishining (asosan, qo‘shni
mamlakatlar Qozog‘iston va Rossiya Federatsiyasiga) asosiy sababi mintaqa
oilalarining moddiy yetishmovchiliklar natijasida vujudga kelgan[6]
. Chunki ko‘p
hollarda o‘z oilasini iqtisodiy jihatdan qo‘llab
-
quvvatlash uchun xorijga yo‘l olgan
Talqin va tadqiqotlar ilmiy-uslubiy jurnali
Impact Factor: 8.2 | 2181-
3035 | №
8(66)
~ 207 ~
erkaklarning katta qismi u yerlarda o‘zlari og‘ir ahvolga tushib qol
gan. Va yaxshi
yashash uchun o‘sha mamlakatning fuqaroligini olishga va o‘sha yerda qolib ketishga
majbur bo‘l
gan.
Davlat shartnomasi asosida yuborilgan mehnat migrantlarning bir qismi
xorijdagi korxonalarda ishni tashkil etish, uni boshqarish, bozor iqtisodiyoti
ko‘nikmalarini shakllantirish, zamonaviy bilimlarni egallash, texnologik tajriba va
malakalarini boyitib qaytgan. Shuningdek, ishchi kuchini eksport qilish respublika
valyuta tushumlarining sezilarli manbai bo‘lib qoladi va natijada mamlakatda bu
daromad hisobiga yangi ish o‘rinlarini barpo etish imkoniyati ortadi
[7.
–
С.136.]
.
Vodiy aholisining chetga chiqib ketishining asosiy sabablaridan yana biri
yuqorida ta’kidlanganidek, bu ishsizlik bo‘lib, uning asosini quyidagi toifadagi kishilar
tashkil qilgan:
–
mustaqillikdan keyin ishlab chiqarishning qisqarishi, joylarda yirik sanoat
korxonalarining yopilishi, hisobiga o‘z kasbini o‘zgartirishga majbur bo‘lgan shaxslar;
–
ilgargi ish joylaridan bo‘shab yangi ish topolmayotgan ishchilar;
–
mehnat bozoriga endigina kirib kelgan kishilar va oliygohlarni tamomlagan
mutaxassislar;
–
uzoq tanaffusdan so‘ng mehnat bozoriga qaytgan shaxslar
(bola tarbiyasi bilan
shug‘ullangan ayollar va ozodlikdan mahrum etilganlarning muddati tugagan
qismi)[10.
–
Б. 80.]. Shuningdek, qishloq xo‘jaligi sohasidagi amalga oshirilgan
islohotlar ham vodiy aholisining katta qismini ishsizlikka olib keldi.
Mustaqillikning dastlabki yillarida vodiy aholisini ish bilan ta’minlanganligi
darajasi ta’sir etish omillariga ko‘ra o‘ziga xosligi bilan Respublikaning boshqa
mintaqalaridan farqlanib turgan. Bular aholi o‘sish suratlarining barqarorligi, yoshlar
salmog‘ining ko‘pligi, aholi va mehnat resurslarini nisbatan zich joylashganligi, yer
-
suv resurslarining cheklanganligi, o‘zlashtiriladigan yerlarning qolmaganligi, sanoat
tarmoqlarida ish bilan band aholining boshqa hududlarga nisbatan ortiqligi kabilarda
yaqqol
namoyon bo‘lgan
[8. .
–
Б. 98.]. Shuningdek, Farg‘ona vodiysida mehnatga
layoqatli aholi ham ko‘pchilikni tashkil qilgan holda Andijon viloyatida 1309,1 ming
kishi, Namangan viloyatida 151,9 ming kishi, Farg‘ona viloyatida esa 1 mln 572,8
ming kishini tashkil etgan[4.
–
С. 91.]
. Mintaqada mehnatga layoqatli aholi zich
joylashgan bo‘lib, o‘rtacha bir kvadrat kilometr maydonga 216,9 kishi to‘g‘ri kelgan.
Bu holat Xorazm viloyati va Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududlaridan 22,6 marta,
Zarafshon hududlaridan 12,9 marta, Sirdaryo va Jizzax viloyatlari joylashgan
Mirzacho‘l mintaqasidan 6,1 marta, Surxondaryo va Qashqadaryo viloyatlarini o‘z
ichiga oladigan janubiy mintaqadan 4,7 marta, Tosheknt mintaqasidan esa 1,3 marta
ko‘p demakdir
[12.
–
С. 35.]
. Bu esa vodiyda ijtimoiy infratuzilmani yaxshilash, keng
aholi qatlamlarining ehtiyojini qondirish uchun yangidan-
yangi ish o‘rinlarini yaratish
va ularning sonini muntazam ko‘paytirish zarurligini anglatadi.
Talqin va tadqiqotlar ilmiy-uslubiy jurnali
Impact Factor: 8.2 | 2181-
3035 | №
8(66)
~ 208 ~
Xulosa qilib aytganda, istiqlol yillarida butun Respublikada bo‘lgani singari
Farg‘ona vodiysida migratsiya jarayonlari faol kechdi. Bu mintaqaning ko‘pmillatliligi
va mustaqillikdan so‘ng sodir bo‘lgan turli ijtimoiy
-iqtisodiy va siyosiy sabablar bilan
bo
g‘liq bo‘ldi.
Istiqlol yillarida butun Respublikada bo‘lgani singari Farg‘ona vodiysida
migratsiya jarayonlari faol kechdi. Bu mintaqaning ko‘pmillatliligi va mistaqillikdan
so‘ng sodir bo‘lgan turli ijtimoiy
-
iqtisodiy va siyosiy sabablar bilan bog‘liq bo‘ldi.
Aholining ishsizlik darajasining ortib borishi va turmush darajasining pastligi kabi
omillar tashqi migratsiya jarayonlarini ortib borishi olib keldi.
2017-yildan keyingi davrda amalga oshirilgan ijtimoiy sohadagi islohotlar, aholi
bandligini ta’minlash tizimining takomillashuvi, yangi ish o‘rinlarining yaratilishi,
urbanizatsiya jarayonlarining kuchayishi natijasida ichki migratsiya oqimida qishloq
ahol
isining shaharlarga ko‘chib o‘tishi ortib bordi. Shuningdek, aholining tashqi
mirgatsiya jarayonlari tartibga solindi, chet davlatlarga ish izlab chiquvchilar, hamda
doimiy yashash uchun ko‘chib ketuvchilar soni keskin qisqardi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:
1. Sh.M.Mirziyoyev. Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati
–
O‘zbekiston
Liberal-
demokratik partiyasining o‘n birinchi s’ezdidagi nutqi. Toshkent, 2023 yil 30
may.
2.
Абдураҳмонова Г., Мухитдинов Э. Аҳолини иш билан бандлигини
оширишда ташқи меҳнат миграциясининг аҳамияти // Иқтисодиёт ва иннавацион
технологиялар. №
4,2018.
3.
География мирового хозяйства. Учебник для студентов высших учебных
заведений, обучающихся по направлению 021000 –
География/ ред. проф. Н. С.
Мироненко. –
М.:
Издателство «Трэвэл Медия Интернешнл», 2012. –
С.
352.
4.
Демографический ежегодник Узбекистана, –Ташкент,
2004.
–С.
91.
5.
Мировая миграция в 2008 году: регулирование подвижности трудовых
ресурсов и условиях развития глобалной экономики, МОМ, –
Женева, 2008. –
С.25.
6.
Мамадиев Р. Четга чиқиб кетаётганлар аёллар ҳисобига кўпайяпти //
Наманган ҳақиқати. –
2012 йил,
55-
сон.
7.
Максакова Л.П. Миграция и рынок труда в странах Средней Азии. Брейд
-
Стайл.–Ташкент
.
–
С.136.
8.
Маллабоев Т., Ҳайдаров С., Икромова М. Фарғона иқтисодий райони
саноат тугунларида меҳнат ресурсаридан фойдалиниш муаммолари// Ўзбекистон
аҳолиси ва меҳнат ресурслари. –Т.,Унверситет, 1992.–
Б.
98.
Демографический
ежегодник Узбекистана, –Ташкент,
2004.
–С.
91.
Talqin va tadqiqotlar ilmiy-uslubiy jurnali
Impact Factor: 8.2 | 2181-
3035 | №
8(66)
~ 209 ~
9.
Олимова С. Адаптация трудовых мигрантов из стран Централной Азии
в Россию: рол образования. В кн.: «Этнические ситуации и конфликты в
государствах СНГ и Балтии. Ежегодный доклад Сети этнологического
мониторинга и раннего предупреждения конфликтов», 2005. Под ред. В.
Тишкова и Е. Филипповой. –
М., УОП ИЭА РАН, 2006.
-
С.39
.
10.
Рахматуллаев Ш. Ҳозирги ўтиш даври ва ишсизлик муаммоси (Фарғона
водийси шаҳарлари мисолида) //Ижтимоий фикр. Инсон ҳуқуқлари. Ўзбекистон
гуманитар журнали. №1. –
2001,
–
Б.
80.
11.
Регионалный отчет «Оценка нужд и потребностей женщин трудящихся
мигрантов: Централная Азия и Россия». ЮНИФЕМ –
2009.
–
С. 41
-42.
12.
Социалное развитие и уровен жизни населения в Узбекистане. Стат.
сбор. –Тошкент, 2006.
–
С.
35.
13.
Трофимов Е.А. Миграционные аспекты формирования рынка труда на
современном этапе // Проблемы жизнеобеспечения и социалной защиты
населения в регионе. –
Иркутск, 1997. –
С. 53
-60.
14.
Убайдуллаев Р., Ата
-
Мирзаев О., Умарова Н. Ўзбекистонда демографик
жараёнлар ва аҳоли бандлиги.–
Тошкент: Унверситет, 2006.–
Б.55.
15.
Юдина Т.Н. Миграция. Словар основных терминов. –
М.: Издателство
РГСУ; Академический Проект,
2007.
–
С.24.; Yana qarang: Денисенко М.Б.,
Ионцев В.А., Хорев Б.С. Миграциология. –
М.: Издателство МГУ,1989.
16.
Ўзбекистон Республикаси Меҳнат ва аҳолини ижтимоий муҳофаза
қилиш вазирлигининг 2008 йил 31
-
декабргача бўлган маълумотлари.
17.
O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish
vazirligi Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligining 2009-2010 yillardagi
statistik ma’lumotlari asosida muallif tomonidan tayyorlandi.
