AYOLLARGA NISBATAN TAZYIQ VA ZOʻRAVONLIKNI OLDINI OLISH

Abstract

Ushbu maqolada tazyiq va zoʻravonlikka uchragan ayollarni qoʻllab-quvvatlash, ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ijtimoiy reablitatsiyani amalga oshirish oʻrganilgan. Maqolada BMTning ayollar huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisidagi deklaratsiyasi, shuningdek, amaliyotdagi o'zgarishlar tahlil qilinadi. Shuningdek, ayollar huquqlarini himoya qilishda jamiyat va davlat tashkilotlarning roli muhokama qilinadi.

Source type: Journals
Years of coverage from 2023
inLibrary
Google Scholar
doi
Branch of knowledge
CC BY f
43

Downloads

Download data is not yet available.
To share
Mamasolieva , G. (2025). AYOLLARGA NISBATAN TAZYIQ VA ZOʻRAVONLIKNI OLDINI OLISH. Talqin Va Tadqiqotlar, (1(59). Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/interpretation-research/article/view/78829
Gulnoza Mamasolieva , Guliston Davlat Pedagogika Instituti
Ijtimoiy –gumanitar fanlarni o‘qitish metodikasi(huquq ta’limi) yo‘nalishi 1- kurs magistranti
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

Ushbu maqolada tazyiq va zoʻravonlikka uchragan ayollarni qoʻllab-quvvatlash, ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ijtimoiy reablitatsiyani amalga oshirish oʻrganilgan. Maqolada BMTning ayollar huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisidagi deklaratsiyasi, shuningdek, amaliyotdagi o'zgarishlar tahlil qilinadi. Shuningdek, ayollar huquqlarini himoya qilishda jamiyat va davlat tashkilotlarning roli muhokama qilinadi.


background image

Talqin va tadqiqotlar ilmiy-uslubiy jurnali

Impact Factor: 8.2 | 2181-3035 | № 1(59)

~ 84 ~

AYOLLARGA NISBATAN TAZYIQ VA ZOʻRAVONLIKNI OLDINI OLISH

Mamasoliyeva Gulnoza

Guliston Davlat Pedagogika Instituti Ijtimoiy –gumanitar fanlarni o‘qitish

metodikasi(huquq ta’limi) yo‘nalishi 1- kurs magistranti


Annotasiya:

Ushbu maqolada tazyiq va zoʻravonlikka uchragan ayollarni

qoʻllab-quvvatlash, ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ijtimoiy
reablitatsiyani amalga oshirish oʻrganilgan. Maqolada BMTning ayollar huquqlarini
himoya qilish toʻgʻrisidagi deklaratsiyasi, shuningdek, amaliyotdagi o'zgarishlar
tahlil qilinadi. Shuningdek, ayollar huquqlarini himoya qilishda jamiyat va davlat
tashkilotlarning roli muhokama qilinadi.

Kalit so‘zlar:

ayollar huquqi, gender tenglik, tazyiq, zoʻravonlik, oilaviy

zoʻravonlik, zoʻravonlik turlari, qonunchilik, himoya orderi, Islom, psixologik
yordam, reabilitatsiya qilish.

Abstract:

This article examines the support of women who have suffered

oppression and violence, the protection of their rights and interests, and the
implementation of social rehabilitation. The article analyzes the UN declaration on
the protection of women's rights, as well as changes in practice. Also, the role of
society and state organizations in protecting women's rights is discussed.

Key words:

women's rights, gender equality, oppression, violence, family

violence, types of violence, legislation, protection order, Islam, psychological
support, rehabilitation.


Jamiyatning madaniy darajasi uning ayollarga bo‘lgan munosabati bilan

belgilanadi”. Shavkat Mirziyoyev.


Kirish.

“Birlashgan Millatlar Tashkiloti xotin-qizlarga jismoniy, jinsiy yoki ruhiy zarar

yoki azob-uqubatlarga olib keladigan yoki olib kelishi mumkin bo‘lgan, ushbu jinsga
nisbatan har qanday zo‘ravonlik harakatini, jumladan, bunday xatti-harakatlar bilan
tahdid qilish, majburlash yoki o‘zboshimchalik bilan ozodlikdan mahrum qilish
holatlari jamoat yoki shaxsiy hayotda bo‘lishida qat’iy nazar, ayollarga nisbatan
zo‘ravonlik deb ta’riflaydi”.

Ayollarga nisbatan tazyiq va zoʻravonlik masalasi nafaqat insonlarning, balki

butun jamiyatning rivojlanishiga jiddiy toʻsqinlik qiladigan global muammolardan
biridir. Tazyiq va zoʻravonlikning oldini olish esa inson huquqlari, gender tenglik va
ijtimoiy barqarorlikni taʼminlashning muhim sharti hisoblanadi. Ammo bugungi
kunda ayrim kimsalar ojiza qatlam vakilalariga o‘z zo‘ravonligini ko‘rsatishga


background image

Talqin va tadqiqotlar ilmiy-uslubiy jurnali

Impact Factor: 8.2 | 2181-3035 | № 1(59)

~ 85 ~

urinishmoqda. Bu kabi holatlar nafaqat xotin-qizlar ruhiyati, balki tazyiq va
zo‘ravonlik holatlari mavjud bo‘lgan oilada ulg‘ayayotgan farzandlar ruhiyatiga ham,
tarbiyasiga ham o‘zining salbiy ta’sirini ko‘rsatishi, shubhasiz. Bunday oilada o‘sib-
ulg‘ayayotgan bolalar o‘ziga ishonchsiz, qat’iyatsiz bo‘lib qolishi, jamiyatda o‘z
o‘rnini topishda qiyinchiliklarga duch kelishi mumkin. Mazkur mavzu jabrlangan
xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish hamda uning profilaktikasini
amalga oshirishning nazariy va amaliy jihatlarini hal etishga qaratilgan.

Material va metodlar

Ushbu maqola ayollarga nisbatan ishlatiladigan zo‘ravonlik va tazyiqning oldini

olishga doir masalalarni tahlil etishda ilmiy bilishning tarixiy, huquqiy, statistik,
huquqni qo‘llash amaliyoti usullaridan hamda rivojlangan xorijiy davlatlar tajribasi,
milliy va xalqaro huquqiy hujjatlardan foydalaniladi. “Ayollarga nisbatan
kamsitishlarga barham berish toʻgʻrisi” gi deklaratsiya, “ Xotin- qizlar huquqlarini
kamsitilishining barcha shakllariga barham berish toʻgʻrisida” gi konvensiya va
boshqa muhim manbalar tahlil qilindi. Shuningdek, ayollar huquqlarini himoya qilish
va ularga nisbatan tazyiq va zoʻravonlikni oldini olishdagi mavjud muammolar
oʻrganildi.

Adabiyotlar tahlili

1948 yil 10 – dekabrda qabul qilingan “Inson huquqlari umujahon

deklaratsiyasi” va O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida “Millati, dini, irqi,
jinsidan qat’iy nazar har bir insonning teng huquqli” ligi ta’kidlab o‘tilgan.

1967 yil 7 noyabrda BMT Bosh Assambleyasining 2263 (XXII) – rezolyusiyasi

bilan e’lon qilingan “Ayollarga nisbatan kamsitishlarga barham berish to‘g‘risida”gi
deklaratsiya qabul qilindi va ushbu deklaratsiya 11 moddadan iborat. Unda ayollar va
erkaklarning jamiyatning barcha sohalarida teng huquqliligi ta’minlash belgilanishi
bilan bir qatorda, barcha millat va elat vakillarini gender tenglik prinsipini to‘g‘ri
anglab yetishlari lozimligi qayd etilgan. “Ayollarga nisbatan kamsitishlarga barham
berish to‘g‘risida”gi deklaratsiyaning 3 –moddasida “Ayollarning to‘laqonli emasligi
g‘oyasiga asoslangan tushunchalarga barham berish, odatlar va boshqa amaliyotni
tugatishga jamoatchilik fikrini tayyorlash va milliy intilishlarni qaratish maqsadida
barcha tegishli choralar ko‘rilishi lozim”, deb belgilangan.

Shuningdek, 1980 yil 1 martda imzolangan, 30 moddadan iborat “Xotin – qizlar

huquqlarini kamsitilishining barcha shakllariga barham berish to‘g‘risida”gi
Konvensiya qabul qilingan. Ushbu konvensiya shiori “... mamlakatning to‘liq
rivojlanishi, butun dunyoda farovonlik va tinchlik ishi barcha sohalarda ayollarning
erkaklar bilan baravar mumkin qadar ko‘proq ishtirok etishlarini talab qiladi” deb
belgilangan. Konvensiyaning 1 –moddasida “Mazkur Konvensiyaning maqsadi
o‘laroq “xotin – qizlarning kamsitilishi” tushunchasi, har qanday farq, jinsiy
belgilariga ko‘ra istisno qilish, cheklash tan olmaslik, yo‘qqa chiqarish yoki


background image

Talqin va tadqiqotlar ilmiy-uslubiy jurnali

Impact Factor: 8.2 | 2181-3035 | № 1(59)

~ 86 ~

bo‘shashtirishga yo‘naltirilgan, ayollar foydalanayotgan yoki amalga oshirayotgan
har qanday siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy, fuqaroviy va boshqa sohada oilaviy
sharoitidan qat’i nazar erkak va ayollarga tenglik asosida inson huquqlari va asosiy
erkinliklar berilishini anglatadi”, deb ayol huquqlari qonuniy jihatdan qayd etilgan.

Olamlarning Buyuk tarbiyachisi bo‘lmish Alloh taolo Islom dinining muqaddas

kitobi Qur’oni Karimning Niso surasi 19 – oyati “Ular bilan tinch – totuv yashanglar.
Agar ularni yomon ko‘rsangizlar ham (sabr qilib inoq holda yashayveringlar). Zero
sizlar yomon ko‘rgan narsada Alloh ko‘p yaxshiliklarni qilib qo‘ygan bo‘lishi
mumkin” ni nozil qildi. Jannatning gul-u rayhonlari bo‘lmish farzandlarimizni
tarbiyalab, voyaga yetkazuvchi ayollarga nisbatan erlari tomonidan zo‘ravonlik, kuch
ishlatish kabi holatlarning ro‘y berayotgani juda ayanchli holat. Teleekranlarda,
internet sahifalarda ko‘rishning o‘zida insonda nafrat qo‘zg‘atuvchi, odamlarning
ko‘plab e’tirozlariga sabab bo‘layotgan holatlar kun sayin ko‘paymoqda. Sahih
hadislarga ko‘ra, Abdulloh ibn Zam’a roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Birortangiz o‘z ayolini qulni kaltaklagandek
kaltaklamasin» dedilar. Bu bilan Islom dinida ayol kishining qadr –qimmati
yuqoriligi yana bir bor ta’kidlangan.

Ayollarning jamiyat hayotidagi o‘rnini oshirish va mustahkamlash borasida

bugungi kunda ko‘plab islohotlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, O‘zbekiston
Respublikasi Prezidentining 2018 yil 2 fevral kuni “Xotin –qizlarni qo‘llab –
quvvatlash va oila institutini mustahkamlash sohasidagi faoliyatni tubdan
takomillashtirish chora – tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5325-sonli Farmoni,
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 7 martdagi “Xotin-qizlarning
mehnat huquqlari kafolatlarini yanada kuchaytirish va tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-
quvvatlashga oid chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-4235-son qarori, 2019 yil 2
sentabr kuni “Xotin – qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar
kafolatlari to‘g‘risida” O‘RQ-552-sonli Qonuni qabul qilingan. Mamlakatimizda
xotin-qizlarga nisbatan zo‘ravonlik bilan bog‘liq huquqbuzarliklar profilaktikasini
samarali tashkil etish maqsadida “Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya
qilish to‘g‘risida”gi Qonun (2020-y.) qabul qilinib, xotinqizlarni tazyiq va
zo‘ravonlikdan himoya qilishning asosiy ustuvor yo‘nalishlarini belgilab berdi.
Mazkur Qonunning qabul qilinishi: birinchidan, xotin-qizlarni tazyiq va
zo‘ravonlikdan himoya qilish borasida faoliyat olib boruvchi subyektlarning vazifa va
vakolatlarini; ikkinchidan, oila-turmushdagi zo‘ravonlikdan jabrlanuvchining
huquqlarini himoya qilishni, uchinchidan, ushbu sohada faoliyat olib boruvchi
subyektlarning vakolatlarini; to‘rtinchidan, himoya orderini berish amaliyotini;
beshinchidan, zo‘ravonlikdan jabrlanuvchilarga yordam ko‘rsatish bo‘yicha maxsus
markazlarni yaratishning huquqiy asoslarini belgilab berdi. Shuningdek, Oʻzbekiston
Respublikasi Konstitutsiyasi 42- moddasida xomiladorligi yoki bolasi borligi sababli


background image

Talqin va tadqiqotlar ilmiy-uslubiy jurnali

Impact Factor: 8.2 | 2181-3035 | № 1(59)

~ 87 ~

ayollarni ishga qabul qilishni rad etish, ishdan boʻshatish va ularning ish haqini
kamaytirish taqiqlanadi. Ayollar huquqlari kafolatlanganda, ayollar mehnat bozorida
faol ishtirok etish imkoniyatiga ega bo'ladilar. Bu esa iqtisodiy o'sishga, oilaviy
daromadlarning oshishiga va umumiy farovonlikka olib keladi.

Bugungi kunda dunyoning yuzdan ortiq mamlakatlarida xotin-qizlarga nisbatan

tazyiq va zo‘ravonlikning oldini olish bo‘yicha qonunlar qabul qilingan bo‘lib,
AQSH, Kanada, Buyuk Britaniya, Shvetsiya, Fransiya, Avstraliya kabi davlatlar
o‘zining tajribasi va o‘ziga xos jihatlari bilan ajralib turadi. AQSHda ayollarga
nisbatan zo‘ravonlikka qarshi kurash bo‘yicha quyidagi amaliyot mavjud: a) oiladagi
zo‘ravonlik jabrlanuvchilari uchun 1,5 ming ta markazlar, alohida uylar mavjud; b)
kecha-yu kunduz faoliyat yurituvchi “ishonch telefon”lari tashkil qilingan; d) oilada
zo‘rlik ishlatishning oldini olishga qaratilgan maxsus rejalar ishlab chiqilib samarali
profilaktik choralarni amalga oshirishga alohida e’tibor qaratiladi; e) yakka tartibdagi
profilaktikasi yaxshi yo‘lga qo‘yilgan.

Kanada davlati oiladagi zo‘ravonlikning oldini olish bo‘yicha quyidagi tajribalar

mavjud: 1. Krizis markazlari tashkil etilib, ularning soni ehtiyojdan kelib chiqib
ko‘paytirilgan. 2. Sog‘liqni saqlash vazirligida oiladagi zo‘ravonlik holatlarini tahlil
qiladigan va umumlashtiradigan markaz ochilgan. 3. Mamlakatda oiladagi
zo‘ravonlikning salbiy jihatlarini ko‘rsatuvchi 50dan ortiq filmlar tayyorlangan va 26
namoyish qilingan. 4. “Yuzma-yuz” deb nomlangan oiladagi zo‘ravonlik holatlarini
yoritib boruvchi ijtimoiy nashr joriy qilingan. 5. Ijtimoiy himoya xodimlarini
tayyorlash programmalari tuzilgan.

Shvetsiya davlatida oiladagi zo‘ravonlikni oldini olish bo‘yicha quyidagi

tajribalar mavjud: a) oiladagi zo‘ravonlik holatlarining oldini olishning eng asosiy
usullari sifatida ayollar o‘zlarining huquq va erkinligini to‘liq bilishi hamda undan
foydalanishi talab etiladi; b) parlament a’zolarining yarmiga yaqini ayollarni tashkil
etadi; d) mamlakatda ikkala jins ham qog‘ozda, ham hayotda teng huquqlarga egadir;
e) “Erkaklarning ayollarga nisbatan zo‘ravonligining oldini olish va oldini olish
bo‘yicha Milliy strategiya” qabul qilinib, amalga oshirilishi lozim bo‘lgan barcha
chora-tadbirlar hukumat darajasida belgilab qo‘yilgan.

Muhokama va Natijalar

Zo‘ravonlik esa qonun bilan ta’qiqlangan ma’naviy, ruhiy va jismoniy zarar

yetkazuvchi harakatlarni shaxs xohish irodasiga qarshi ravishda amalga oshirishdir.
Zo‘ravonlikning ko‘rinishlari turlicha bo‘lib, 2019 yil 2 sentabrdagi O‘zbekiston
Respublikasining “Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish to‘g‘risida“
Qonunida zo‘ravonlikning to‘rt asosiy turi belgilangan. Bular:

1. Jismoniy zo‘ravonlik;
2. Ruhiy zo‘ravonlik;
3. Jinsiy zo‘ravonlik;


background image

Talqin va tadqiqotlar ilmiy-uslubiy jurnali

Impact Factor: 8.2 | 2181-3035 | № 1(59)

~ 88 ~

4. Iqtisodiy zo‘ravonlik
Jismoniy zo‘ravonlik - Og‘irligi turli darajada bo‘lgan tan jarohatlari yetkazish,

xavf ostida qoldirish, hayoti xavf ostida qolgan shaxsga yordam ko‘rsatmaslik,
zo‘ravonlik xususiyatiga ega boshqa huquqbuzarliklar sodir etish, jismoniy ta’sir
o‘tkazish yoki bunday ta’sir o‘tkazishning o‘zga choralarini qo‘llash bilan tahdid
qilish. Jismoniy zo‘ravonlikka shapaloq tortish, tepish, turtkilash, musht bilan urish;
zarb bilan itarib yuborish; turli o‘tkir buyum va narsalarni otish; qurol bilan xavf
solish yoki yaralash; uydan chiqishga jismonan yo‘l qo‘ymaslik; kechasi uxlashga
qo‘ymaslik kabilarni misol keltirishimiz mumkin.

Ruhiy zo‘ravonlik deganda, xotin-qizlarni haqoratlash, ularga tuhmat qilish,

tahdid qilish, ularning sha’nini, qadr-qimmatini kamsitish, reproduktiv sohada
nazorat qilish, o‘z xavfsizligi uchun xavotir uyg‘otgan, o‘zini himoya qila olmaslikka
olib kelgan yoki ruhiy sog‘lig‘iga zarar yetkazgan harakat (harakatsizlik) tushuniladi.

Jinsiy zo‘ravonlikka - xotin-qizlarning roziligisiz shahvoniy xususiyatga ega

harakatlarni sodir etish, shuningdek zo‘rlik ishlatish yoki zo‘rlik ishlatish bilan tahdid
qilish yoxud ayol jinsidagi voyaga yetmagan shaxslarga nisbatan axloqsiz harakatlar
sodir etish orqali uchinchi shaxs bilan jinsiy aloqa qilishga majburlash kabilar misol
bo‘ladi.

Iqtisodiy zo‘ravonlik deganda esa, xotin-qizlarning normal yashash va kamol

topish uchun oziq-ovqat, uy-joy hamda boshqa zarur shart-sharoitlar bilan
ta’minlanishga bo‘lgan huquqini, mulk huquqini, ta’lim olish hamda mehnatga oid
huquqini amalga oshirishni cheklashga olib keladigan harakat (harakatsizlik)
tushuniladi.

Ushbu zo‘ravonliklarning barcha turi afsuski ayrim oilalardan uchrab turibdi.

Hozirgi kunda dunyo miqyosida har uch ayoldan biri jismoniy yoki jinsiy zo‘ravonlik
qurboni bo‘lmoqda. Odam savdosi qurbonlarining 71 foizi – ayollar. Reproduktiv
yoshdagi ayollar orasida o‘lim holati va nogironlikni keltirib chiqaruvchi asosiy
sabablardan biri – ularga nisbatan zo‘ravonlikning qo‘llanilishi.

Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti maʼlumotlariga koʻra, dunyodagi har uchinchi

ayolga hayoti davomida oʻz umr yoʻldoshi tomonidan jismoniy tazyiq oʻtkaziladi.
Turmush qurgan ayollarning 30 foizi hamrohi tomonidan zoʻravonlik holatlariga
duch kelganlari haqida maʼlum qiladi. Ayollar oʻlimining 38 foizi ularning turmush
oʻrtogʻi tomonidan amalga oshiriladi va zoʻravonlikka duch kelgan ayollarning 42
foizigina muammo haqida ochiq soʻzlaydi. Aksariyat holatlarda zoʻravonlik qurboni
sharmandalik va turli gap soʻzlardan qoʻrqib jim yurishga majbur boʻladi. Bunday
vaziyatda qolgan ayollarning indamasligiga bir necha sabab boʻladi, kimlardir
moliyaviy yordamsiz qolishdan qoʻrqsa, boshqalari farzandlari va oʻz hayoti uchun
xavfsiraydi.


background image

Talqin va tadqiqotlar ilmiy-uslubiy jurnali

Impact Factor: 8.2 | 2181-3035 | № 1(59)

~ 89 ~

Insonparvarlik tamoyillarini va axloq mezonlarini o‘ziga shior qilib olgan

dunyoviy dinlar kabi Islom dini ham zo‘ravonlikning barcha ko‘rinishlariga qarshi.
Ayollar qadr – qimmatini ta’kidlab o‘tuvchi oyat va hadislar bisyor. Abdulloh ibn
Zam’a roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:
«Birortangiz o‘z ayolini qulni kaltaklagandek kaltaklamasin» dedilar. Chunki inson
hayoti, uning sha’ni va g‘ururi oliy ne’mat sifatida berilgan. Uni nafaqat boshqa
insonlar, balki o‘sha insonning o‘zi ham beqadr qilishiga haqqi yo‘q. Shuningdek,
Sa’d ibn Abu Vaqqos roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: “Rasululloh sollallohu
alayhi vasallam: “Allohning vajhini istab nafaqa qilsang, unga albatta ajr olasan,
hatto ayolingning og‘ziga solib qo‘ygan narsang uchun ham”, dedilar”. Demak,
Allohning rizoligini topish oila mustahkamligi va xotirjamligi bilan erishilar ekan.
Oila a’zolariga iqtisodiy yoxud ruhiy tomondan aziyat yetkazish esa eng tuban,
pastkash odamlar ishidir.

“Ayol baxtli boʻlsa jamiyat baxtlidir. Keyingi yillarda mamlakatimizda xotin-

qizlarning huquq va manfaatlarini, gender tenglikni taminlash, oila, onalik va
bolalikni himoya qilish, ayollar oʻrtasida tadbirkorlikni rivojlantirish, ular uchun
yangi ish oʻrinlarini yaratish, mehnat hamda turmush sharoitlarini yaxshilash davlat
siyosatining ustuvor yoʻnalishiga aylandi” deb taʼkidlaydilar Prezidentimiz Shavkat
Mirziyoyev. Davlat va jamoat arbobi, Oʻzbekistonda Gender tengligini taminlash
komissiyasi aʼzosi Saida Mirziyoyeva 2020-yil 17-18 fevral kunlari Dubayda boʻlib
oʻtgan Butunjahon ayollar forumida ishtirok etdi va u yerda nutq soʻzladi,
„Oʻzbeksistonning yangi strategiyasida inson huquqlarini taʼminlash muhim
jihatlaridan biridir, bunga esa xotin qizlar huquqlarini taʼminlamasdan erishib
boʻlmaydi. Ayollar Oʻzbekistonning iqtisodiy va ijtimoiy taraqqiyotiga katta hissa
qoʻshgan, lekin ularning mehnati doim ham munosib baholanmagan. Shu bois, bugun
Prezidentimizning xotin qizlar jamiyatdagi oʻrnini oʻzgartishga qaratilgan doimiy say
harakatlari tufayli mamlakatimizdagi gender vaziyat oʻzgardi".

Har yili butun dunyo bo‘ylab “Xotin-qizlarga nisbatan zo‘ravonlikka qarshi 16

kun” nomi ostida kampaniya o‘tkaziladi. Ushbu kampaniya ayollarga nisbatan
zo‘ravonlik inson huquqlariga zid harakat ekanini ifodalovchi fikr bilan ramziy
bog‘langan ikki voqea 25 noyabr – Xalqaro xotin-qizlarga nisbatan zo‘ravonlikni
bartaraf etish kunida boshlanib, 10 dekabr – Xalqaro inson huquqlari kunida
yakuniga yetadi. O‘zbekistonda ushbu kampaniya 2011 yildan buyon “Uydagi
osoyishtalikdan dunyodagi tinchlik sari” shiori ostida muvaffaqiyatli o‘tkazilmoqda.
2020 yil 26 noyabr kuni “Xotin-qizlarga nisbatan zo‘ravonlikka qarshi 16 kun”
kampaniyasining bu yilgi ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi va ushbu tadbirda “COVID-
19 pandemiyasining xotin – qizlarga nisbatan ta’siri: uning oqibatlarini yumshatish
bo‘yicha ko‘rilgan chora – tadbirlar, olingan saboqlar va keyingi qadamlar”
mavzusida onlayn uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Ma’lumki, 2020 yil 4 yanvardan boshlab


background image

Talqin va tadqiqotlar ilmiy-uslubiy jurnali

Impact Factor: 8.2 | 2181-3035 | № 1(59)

~ 90 ~

tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlangan xotin –qizlarga nisbatan himoya orderi joriy
etildi. Bundan tashqari, jabrlangan xotin-qizlarni reabilitatsiya qilish, ularga
psixologik, ijtimoiy, huquqiy va moddiy ko‘mak ko‘rsatish, shu holatdan chiqishi
uchun kasb-hunar o‘rgatish, mehnatga jalb qilish maqsadida barcha hududlarda
Ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish markazlari faoliyati yo‘lga qo‘yildi.
Xotin-qizlarni himoya qilishda ichki ishlar organlari ayollar masalalari bo‘yicha
inspektorlari

lavozimi

joriy

etildi.

Shuningdek,

xotin-qizlarga

nisbatan

huquqbuzarliklarning oldini olishda ularning muammolari haqida o‘z vaqtida xabar
topish va tegishli idoralar bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish ishlari ham amalga
oshirilmoqda.

Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi xabariga ko‘ra, 7 oy ichida 3592

nafar xotin – qizlarga himoya orderi berilgan. Vazirlik ma’lumotiga ko‘ra, himoya
orderlari berilgan hududlar Toshkent shahri, Toshkent viloyati, Buxoro viloyatlari
soni boshqalarga nisbatan ko‘p. Joriy yil 20 aprel holatiga ko‘ra, oilaviy
zo‘ravonlikdan jabr ko‘rgan 14 nafar ayol farzandlari bilan Andijon, Buxoro, Jizzax,
Samarqand, Surxondaryo viloyatlaridagi Reabilitatsiya va moslashtirish markazlariga
joylashtirildi. Ularga kerakli huquqiy, psixologik, tibbiy yordam ko‘rsatib
kelinmoqda. Bu statistik ma’lumotlar inson o‘z ustida ishlab, g‘azabini jilovlashni
o‘rganmagunigacha shayton vasvasasidan holi bo‘la olmaydi. O‘zini, atrofidagilarini,
jamiyatini uyatli holatga solib qo‘yaverishini ko‘rsatmoqda. Zero, baxtli bo‘lish,
farovon hayot kechirish har birimizning o‘z qo‘limizda.

“O‘zbekistonda 2030-yilga qadar gender tenglikka erishish strategiyasi” qarorlar

qabul qilish va ijro etishning barcha sohalarida hamda darajalarida xotin-qizlar va
erkaklar o‘rtasida tenglik tamoyilini tatbiq etishga keng qamrovli yondashuvni
nazarda tutadi. Shuningdek, Strategiya erkaklar va ayollarning teng huquqlari va
imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarish uchun shart-sharoit yaratish hamda insonning
fundamental huquqlariga rioya qilish maqsadida iqtisodiy, siyosiy va ijtimoiy
hayotda gender tenglik targ‘ib qilinishini ta’minlashga xizmat qiladi. Strategiyada
barcha uchun teng huquqli va sifatli ta’limni ta’minlash, qishloq joylarida qizlarning
oliy ma’lumotga ega bo‘lishi, xotin-qizlar gender tengligiga erishish, zo‘ravonlikka
yo‘l qo‘ymaslik, odam savdosining oldini olish kabi masalalar qamrab olingan.

Xulosa

Ayollarga nisbatan tazyiq va zoʻravonlikni oldini olish – inson huquqlarini

himoya qilish, jamiyat barqarorligini taʼminlash va adolatli muhit yaratish yoʻlidagi
muhim qadamdir. Ushbu muammoni hal qilish uchun davlat organlari, fuqarolik
jamiyati, ommaviy axborot vositalari va har bir shaxsning birgalikdagi saʼy-
harakatlari talab etiladi.

Qonunchilikni kuchaytirish, taʼlim orqali xabardorlikni oshirish va gender

tenglikni targʻib qilish orqali biz zoʻravonlikning ildiziga qarshi samarali kurasha


background image

Talqin va tadqiqotlar ilmiy-uslubiy jurnali

Impact Factor: 8.2 | 2181-3035 | № 1(59)

~ 91 ~

olamiz. Ayollarga hurmat va teng imkoniyatlar taʼminlangan jamiyat esa iqtisodiy va
madaniy rivojlanish uchun mustahkam poydevor yaratadi. Shunday ekan, barchamiz
bu masʼuliyatni his qilib, harakat qilishimiz zarur, chunki xavfsiz va adolatli
jamiyatni qurish har birimizning qoʻlimizda“.Hamma odamlar o‘z qadr-qimmati
hamda huquqlarida erkin va teng bo‘lib tug‘iladilar. Ularga aql va vijdon ato
qilingan, binobarin bir-birlariga nisbatan birodarlik ruhida munosabatda bo‘lishlari
kerak” deb taʼkidlanadi Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasida.


Adabiyotlar roʻyxati:

1. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. 2023- yil.
2. Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi.
3.

“Ayollarga nisbatan kamsitishlarga barham berish to‘g‘risida”gi

deklaratsiyasi.

4. “Xotin – qizlar huquqlarini kamsitilishining barcha shakllariga barham berish

to‘g‘risida”gi Konvensiyasi.

5. O‘zbekiston Respublikasining “Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan

himoya qilish to‘g‘risida“ Qonuni.

6. “2030-yilga qadar gender tenglikka erishish strategiyasi”. Senat yalpi majlisi.

Gazeta.uz.

7. Mirziyoyev. Sh.M. Yangi Oʻzbekiston Taraqqiyot Strategiyasi. Toshkent.:

Oʻzbekiston. 2023.

8. Qur’oni Karim. Tarjima va izohlar muallifi Shayx Alouddin Mansur.

“Cho‘lpon” nashriyoti, Toshkent - 1992-yil.

9.“Rasululloh sollallohu alayhi vasallam». Tarjimon: Shayx Muhammad Sodiq

Muhammad Yusuf. “HILOL-NASHR” nashriyoti. Toshkent - 2018-yil.

10. Mamasoliyeva Gulnoza Abdurahmon qizi. (2024, November 3). YANGI

OʻZBEKISTONDA

AYOLLAR

HUQUQLARI

KAFOLATLANISHINING

HUQUQIY ASOSLARI VA IJTIMOIY AHAMIYATI. 347-351.

References

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. 2023- yil.

Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi.

“Ayollarga nisbatan kamsitishlarga barham berish to‘g‘risida”gi deklaratsiyasi.

“Xotin – qizlar huquqlarini kamsitilishining barcha shakllariga barham berish to‘g‘risida”gi Konvensiyasi.

O‘zbekiston Respublikasining “Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish to‘g‘risida“ Qonuni.

“2030-yilga qadar gender tenglikka erishish strategiyasi”. Senat yalpi majlisi. Gazeta.uz.

Mirziyoyev. Sh.M. Yangi Oʻzbekiston Taraqqiyot Strategiyasi. Toshkent.: Oʻzbekiston. 2023.

Qur’oni Karim. Tarjima va izohlar muallifi Shayx Alouddin Mansur. “Cho‘lpon” nashriyoti, Toshkent - 1992-yil.

“Rasululloh sollallohu alayhi vasallam». Tarjimon: Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf. “HILOL-NASHR” nashriyoti. Toshkent - 2018-yil.

Mamasoliyeva Gulnoza Abdurahmon qizi. (2024, November 3). YANGI OʻZBEKISTONDA AYOLLAR HUQUQLARI KAFOLATLANISHINING HUQUQIY ASOSLARI VA IJTIMOIY AHAMIYATI. 347-351.