Авторы

  • Elov Ziyodullo Sattorovich
    Osiyo xalqaro universiteti professori, Psixologiya fanlari oktori (DSc)

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.iqro.104068

Ключевые слова:

ruhiy jarohat suitsid suitsidal ahloq qasd madaniy-diniy udum affekt stress depressiya qo‘rquv xavotir nafrat qahr-g‘azab quvonch baxt dezadaptatsiya alkogol narkotik chekish.

Аннотация

Maqolada deviant xulq-atvorli o‘smirlarda o‘z joniga qasd qilish ijtimoiy muammosi va uning sabablariga to‘xtalib o‘tilgan. O‘zini-o‘zi o‘ldirishni o‘rganishlar shuni ko‘rsatdiki, ularning soni ortishi yosh davrlari, jinsi, ijtimoiy ahvoli va hokazolar va lekin birinchi navbatda – kishi shaxsiyatining xususiyatlariga bog‘liq. Deviant xulqning yuzaga kelishi, uning yosh bilan bog‘liq xususiyatlari va sabablari misollarda tahlil qilingan. Shuningdek, ijtimoiy omillar orasida o‘zini-o‘zi o‘ldirishning qishloq joylariga nisbatan ko‘proq yirik shaharlarda sodir etilishi, professional va ijtimoiy maqomga bog‘liqligi yoritib berilgan.


background image

JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 15, issue 02, 2025

ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431

www.wordlyknowledge.uz

ILMIY METODIK JURNAL

Elov Ziyodullo Sattorovich

Osiyo xalqaro universiteti professori,

Psixologiya fanlari oktori (DSc)

DEVIANT XULQ-ATVORLI O‘SMIRLARDA SUITSID MUAMMOSI

Annotatsiya:

Maqolada deviant xulq-atvorli o‘smirlarda o‘z joniga qasd qilish ijtimoiy

muammosi va uning sabablariga to‘xtalib o‘tilgan. O‘zini-o‘zi o‘ldirishni o‘rganishlar shuni

ko‘rsatdiki, ularningsoni ortishi yosh davrlari, jinsi, ijtimoiy ahvoli va hokazolar va lekin birinchi

navbatda – kishi shaxsiyatining xususiyatlariga bog‘liq. Deviant xulqning yuzaga kelishi, uning

yosh bilan bog‘liq xususiyatlari va sabablari misollarda tahlil qilingan. Shuningdek, ijtimoiy

omillar orasida o‘zini-o‘zi o‘ldirishning qishloq joylariga nisbatan ko‘proq yirik shaharlarda

sodir etilishi, professional va ijtimoiy maqomga bog‘liqligi yoritib berilgan.

Kalit so‘zlar:

ruhiy jarohat, suitsid, suitsidal ahloq, qasd, madaniy-diniy udum, affekt, stress,

depressiya, qo‘rquv, xavotir, nafrat, qahr-g‘azab, quvonch, baxt, dezadaptatsiya, alkogol,

narkotik, chekish.

Аннотация:

Статья посвящена социальной проблеме суицида среди подростков с

девиантным поведением и его причинам. Исследования суицидов показали, что

увеличение их числа зависит от возраста, пола, социального положения и т. д. и прежде

всего от особенностей личности человека. На примерах анализируются возникновение

девиантного поведения, его возрастные особенности и причины. Также среди социальных

факторов суицид чаще встречается в крупных городах, чем в сельской местности, и связан

с профессиональным и социальным статусом.

Ключевые слова:

Психическая травма, суицид, суицидальная мораль, намерение,

культурно-религиозное воздействие, аффект, стресс, депрессия, страх, тревога, ненависть,

гнев, радость, счастье, дезадаптация, алкоголь, наркотики, курение.

Annanation

: The article focuses on the social problem of suicide among teenagers with deviant

behavior and its causes. Studies of suicides have shown that the increase in their number depends

on age, gender, social status, etc., and above all, on the characteristics of a person's personality.

The occurrence of deviant behavior, its age-related characteristics and reasons are analyzed in

examples. Also, among social factors, suicide is more likely to occur in large cities than in rural

areas, and is related to professional and social status.

Key words:

Mental injury, suicide, suicidal morality, intention, cultural-religious influence,

affect, stress, depression, fear, anxiety, hatred, anger, joy, happiness, maladjustment, alcohol,

drugs, smoking.

Kirish:

Shubhasiz, inson ongi foniylikni mutanosib ravishda o‘zlashtirishga qodir emas, lekin,

shunday bo‘lsada, o‘zini o‘zi o‘ldirish ehtimolini ko‘rib chiqayotgan odam qanchalik agnostik va

skeptik bo‘lmasin, u beixtiyor o‘limdan keyingi, hatto yanada ma’qulroq hayot mavjudligini tan

oladi. O‘z-o‘zidan bu hali o‘zini-o‘zi o‘ldiruvchi shaxsning aqldan tashqari fikrlashi va voqeiy

bo‘lmagan narsalarni afzalroq ko‘rishini isbotlamaydi,lekin shu bilan bir vaqtda o‘zida o‘limdan

keyingi hayotga bo‘lgan ishonch har doim ko‘plab xalqlarning madaniy-diniy udumlari

predmetini tashkil qilib kelgan. Bunday holda, potensial o‘zini o‘zi o‘ldiruvchilar tafakkurining

irrasionalligi va xayoliyligi tushunarli bo‘ladi. O‘zini o‘zi o‘ldirish hodisa sifatida quyidagi

tarkibiy elementlar bilan tavsiflanishi mumkin. Birinchidan, bu qotillik. Ko‘p tillarda uning tub,


background image

JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 15, issue 02, 2025

ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431

www.wordlyknowledge.uz

ILMIY METODIK JURNAL

tashkil qiluvchi so‘zi "qotillik" hisoblanadi. Biroq, atamaning ikkinchi qismi "o‘zini-o‘zi" so‘zi

insonning o‘zi tomonidan sodir etilgan qotillikni nazarda tutadi. Boshqacha qilib aytganda, qotil

va qurbon bir kishining o‘zi bo‘lgan vaziyat yuzaga keladi. Demak, o‘zini-o‘zi o‘ldirishni

o‘limning uchta ajralmas elementi: o‘lish elementi, o‘ldirish elementi va qotillik qurboni

elementini anglatuvchi o‘ziga xos turi deb hisoblash mumkin.

Suitsid

(ing. suicide – o‘zini-o‘zi o‘ldirish) – kishi tomonidan kuchli ruhiy zo‘riqish holatida

sodir etiluvchi o‘zini o‘zi o‘ldirishholati; shaxsda ular mavjudligida shaxsiy hayoti oliy qadriyat

sifatida o‘z ma’nosini yo‘qotadigan o‘tkir ruhiy jarohat yetkazuvchi vaziyatlar ta’siri ostida ongli

ravishda hayotdan olib tashlash holati.

Hozirgi vaqtda suitsidal ahloq global jamoatchilik muammosi hisoblanadi. Rasmiy statistik

ma’lumotlarga qaraganda yer yuzida har yili 1 million 100 mingga yaqin odam o‘z joniga qasd

qilish bilan o‘z hayotiga yakun yasaydi.

Tahlillar va natijalar:

Ruhan sog‘lom odamlarda o‘zini-o‘zi o‘ldirish sabablariko‘pincha o‘tkir

ruhiy-shikastlovchi vaziyatlar va kamroq kelib chiqishi turlicha bo‘lgan cho‘zilgan ruhiy tanglik

yoki yashashning chidab bo‘lmas shart-sharoitlari bilan bog‘liq bo‘ladi. O‘zini o‘ldirish istagi

ruhiy-asab tizimi beqaror bo‘lgan shaxslarda, ayniqsa nevrotiklar va kuchli ta’sirlanuvchi,

kayfiyati o‘zgarib turuvchi psixopatlarda ko‘proq uchraydi. Ayrim mualliflar o‘zini o‘zi

o‘ldirishga moyillikni xarakterning, ularning fikricha, shoirlar, rassomlar, artistlarga xos bo‘lgan

alohida badiiy tipiga moyillik deb ta’kidlaydilar.

Ba’zan odamlar o‘zlarini yashashning qiyinligi va imkoniyatsizligi sabab bo‘lgan ekstremal

vaziyatlarda: masalan, konsentrasion lagerlardagi shafqatsiz sharoitlarda, qiynash, azoblash,

xo‘rlash va ochlik ta’siri ostida o‘zlarini o‘ldirishga urinadilar. O‘zini-o‘zi o‘ldirish to‘g‘risida

fikrlarga shuningdek, chidabbo‘lmaydigan og‘riq beruvchi og‘ir, davosiz kasalliklar – saraton

va ba’zi boshqa kasalliklar ham olib kelishi mumkin.

Agar bunda ong xiralashmasdan qolgan bo‘lsa, unda azob-uqubatlarga barham berish haqida

tabiiy istak paydo bo‘ladi. Ko‘pincha o‘zini-o‘zi o‘ldirishlar va ularning urinishlari turli

depressiyalar, psixologik va ijtimoiy omillarga bog‘liq. Ulardan eng ko‘p tarqalgani yolg‘izlik,

sherigi yoki yaqin kishisini yo‘qotish, muvaffaqiyatsizlik yoki toptalgan mavqei,

obro‘sizlantiruvchi vaziyat, hayotiy manbaini yo‘qotish, bankrotlik va hokazolardir. Demak,

o‘zini saqlash instinktining buzilishi va o‘zini o‘ldirish istagi, bir tomondan sub’ektning ruhiy

faoliyatidagi qanday o‘zgarishlar chuqur affektga olib kelishiga, ikkinchi tomondan esa - ijtimoiy

shart-sharoitlar va shaxsning individual xususiyatlariga bog‘liq bo‘ladi. Aslida, his-hayajonli–

affektiv ta’sirchan registrni "yoqib qo‘yish" nafaqat ruhiyatning chuqur, balki onggacha bo‘lgan

yanada yuqoriroq darajadagi tuzilmasidan kelib chiqadi. Shunday qilib, bu o‘rindahis-hayajonli

ta’sirchanlikning murakkab apparati mavjudligi to‘g‘risida so‘z yuritish mumkin. Bu

ta’sirchanlikning darajalari chuqurroq (

qo‘rquv, xavotir, nafrat, qahr-g‘azab, quvonch, baxt

)

yoki nozikroq (

qayg‘u, g‘amginlik, estetik tashvishlar va hokazolar

) bo‘ladi.

Ma’lumki, odam ma’lum darajada o‘zining ichki dunyosini yaratadi va shuning uchun o‘zini o‘zi

o‘ldirish haqida qaror qabul qilishning boshlang‘ich nuqtasini aniqlash muhimdir. Agar

dinamikadagi qaror qabul qilish jarayonini modellashtirishga harakat qilsak, unda ko‘p narsa

vaziyatdan chiqishning iloji yo‘qligini oqlash bilan bog‘liq bo‘ladi. Boshqacha aytganda,

g‘ayriixtiyoriy, ko‘p holda irrasional turtkiga bo‘ysuna turib, odam uni batamom oshkora –

rasional sabablar bilan oqlashgaharakat qiladi. Biroq, mazkur holatda g‘ayriixtiyoriy o‘zini o‘zi

o‘ldirish fikri tashqi, oshkora omillar tahlilidan ko‘ra ancha muhimroq bo‘ladi.


background image

JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 15, issue 02, 2025

ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431

www.wordlyknowledge.uz

ILMIY METODIK JURNAL

Suitsidal xulq-atvorli shaxslarning aksariyat qismi uchun kishining hodisalarga ta’sirchanligi

turlicha ekanligi xosdir. K.Menninger tomonidan keltirilgan misollarga murojaat qilamiz: qiz

soch turmagi ko‘ngildagidek chiqmaganidan so‘ng o‘zini o‘ldiradi; erkak kishi uni golf o‘ynash

imkoniyatidan mahrumetilganidan so‘ng hayotidan voz kechadi; ayol ikki marta poezdga kech

qolganidan keyin o‘zini-o‘zi o‘ldirishga ahd qiladi; bola sevimli kanareykasining o‘limini

ko‘tara olmay, o‘zini o‘ldirishga qo‘l uradi. Ta’sirchanlikning bir xil emasligi o‘zini-o‘zi

o‘ldirishni sodir etayotgan shaxsning hissiy yoki ruhiy jihatdan yetilmaganligi va yetilmay

qolganligi (

infantilligi

) bilan belgilanadi [1].

O‘zini-o‘zi o‘ldirishni o‘rganishlar shuni ko‘rsatdiki, ularning soni ortishi yosh davrlari, jinsi,

ijtimoiy ahvoli va hokazolar va lekin birinchi navbatda – kishi shaxsiyatining xususiyatlariga

bog‘liq. Erkaklar orasida o‘zini-o‘zi o‘ldirish soni ayollarga nisbatan ko‘proq kuzatiladi. Shu

bilan bir vaqtda erkaklar o‘zini osish, o‘qotar qurol ishlatish kabi «ishonchliroq» bo‘lgan

usullarni qo‘llasa, ayollar ko‘proq katta dozada dorilar qabul qilishni afzal ko‘radilar, ya’ni ular

go‘yo o‘zlarining o‘limdan keyingi tashqi ko‘rinishlari haqida qayg‘uradilar. Erkaklarorasidagi

o‘zini-o‘zi o‘ldirishning maksimal soni o‘spirinlik yoshiga (16-18 yosh) to‘g‘ri keladi, bu yoshda

ko‘pincha ma’naviy mezonlar va da’volar ortishi kuzatiladi, ayollarda esa – klimaks davriga (40-

45 yosh), yuqori darajada asabiylik va kayfiyat o‘zgarishi, qarilikning ilk alomatlari paydo

bo‘lishi, ayrim umidlarning yo‘qolishi bilan boruvchi organizmning fiziologik qayta tuzilishi

sodir bo‘ladigan davrga to‘g‘ri keladi.

Ijtimoiy omillar orasida o‘zini-o‘zi o‘ldirishning qishloq joylariga nisbatan ko‘proq yirik

shaharlarda sodir etilishi, professional va ijtimoiy maqomga bog‘liqligini ta’kidlash mumkin.

Ayni vaqtda o‘zida o‘zini-o‘zi o‘ldirishlar soni Shvesiya, Yaponiya kabi iqtisodiy rivojlangan

mamlakatlarda Osiyo va Afrikaning qoloq davlatlaridagiga nisbatan ancha ortiqdir.

O‘z joniga qasd qilishning biologik determinantlari orasida shu holatni ta’kidlash zarurki,

ruhiyati og‘ir buzilgan odamlar ruhan sog‘lom individlarga nisbatan ko‘proq o‘zini-o‘zi

o‘ldirishni sodir etadilar.

Tadqiqotchilarning fikriga ko‘ra, o‘z joniga qasd qilish shaxsning ijtimoiy-ruhiy dezadaptatsiyasi

natijasi hisoblanib, bunda odam ushbu yuzaga kelgan sharoitlarda bundan buyon o‘zi uchun

mavjud bo‘lish imkoniyatini ko‘rmaydi. Shaxs dezadaptatsiyasining ehtimoliyligi jamiyatdagi

ijtimoiy-iqtisodiy beqarorlik davrlarida ob’ektiv ravishda ortadi, bu esa o‘zini-o‘zi o‘ldirish

statistikasida o‘zining haqiqiy aksini topadi. Ayniqsa, ijtimoiy ko‘tarilish pasayish bilan

almashganda «umidlarni yo‘qotish vaqti» keskin bo‘lib qoladi, bu esa jamiyat ongining krizisini

chuqurlashtiradi, jamiyat a’zolariga zulmkor ta’sir o‘tkazadi va uning zaifroq a’zolarining

ixtiyoriy ravishda hayotdan voz kechishiga yordam beradi. Bu esa tanazzulni boshidan

o‘tkazayotgan va rivojlanish istiqboliga ega bo‘lmagan jamiyatda ko‘proq namoyon bo‘ladi.

Dezadaptatsiyaning keskin holati og‘ir kasalliklar, hayotdagi omadsizliklar, yaqin odamini

yo‘qotish oqibatida yuzaga kelishi mumkin. Har qanday holatda shaxsning ijtimoiy-ruhiy

dezadaptatsiyasi og‘irligi va chuqurligini baholashning uchta tarkibiy qismini ko‘rib chiqish

mumkin:

odatiy turmush sharoitlarining jiddiy buzilishi;

ularning inson tomonidan talqin qilinishi (hayotiy sinish, ilojsiz vaziyat, shaxsiy halokat

yoki og‘ir, lekin o‘tib ketuvchi holatdir);

moslashish uchun istak yoki harakat qilishga tayyorlik (hayotdan charchash, «hayotni qayta

boshlash»ni istamaslik, bu haqda kelgan fikrdan nafratlanish yoki hayotiy yo‘nalishlarini qayta

ko‘rib chiqishga tayyor turish, vaziyatni uddalash).


background image

JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 15, issue 02, 2025

ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431

www.wordlyknowledge.uz

ILMIY METODIK JURNAL

Xulosa:

O‘zini-o‘zi o‘ldirish o‘z ahamiyati va psixologik sabablariga ko‘ra farqlanadi. Ular

negizida ko‘pincha ongli yoki ongsiz ravishda yaqin insonlariga bo‘lgan tuyg‘uga yoki

jamoatchilikfikriga apellyatsiya-sabab, atrofdagilardan yordam va madad olishga intilish yotadi.

Bu holda o‘z joniga qasd qilish harakatlari namoyishkorona tus olishi, haqiqiy yoki taqlid

bo‘lishi yoki shantaj (

qo‘rqitish

) bo‘lishi mumkin. Ular ko‘pincha birovning ko‘zi oldida yoki

birontasi kelib qolishidan bir necha daqiqa oldin sodir etiladi, ularning usuli ko‘pincha jiddiy

tahdidni ifodalamaydi – uncha ko‘p bo‘lmagan miqdorda dori tabletkalari qabul qilinadi, teri

uncha chuqur bo‘lmagan darajada kesiladi,ingichka yoki eski arqon qo‘llaniladi, eshiklar ochiq

qoldiriladi.

Ahamiyatiga ko‘ra, o‘z joniga qasd qilish yolg‘izlik, og‘ir judolik va hokazolar natijasida o‘zini

o‘zi o‘ldirayotgan kishining hayotdan to‘liq chetlashganligidan farqli o‘laroq o‘zini-o‘zi

o‘ldiruvchilarning hayotga kirishganligini bilvosita bildirgan holda, qilmishning, ziddiyatli

vaziyatdan chiqib ketishning paradoksal xarakteriga ega bo‘lishi mumkin (bahsdagi so‘nggi, rad

etib bo‘lmaydigan dalil kabi). So‘nggi holatda yashab ketishga imkon qoldirmaydigan qo‘pol va

ishonchli usullar tanlanadi. O‘zini-o‘zi yemiruvchi axloqqa bir qator hollarda quyidagilar ham

kiradi [2]:

alkogolga, narkotiklar va chekishga ruju qo‘yish;

ataylab ortiq darajada ish bilan ko‘mib tashlash;

qaysarlik bilan davolanishni istamaslik;

transport vositalarini xavfli usulda, ayniqsa mast holda boshqarish;

jangovar harakatlar zonalariga borishga astoydil intilish;

o‘zini oqlamaydigan xavf bilan bog‘liq holda sportning ayrim turlariga qiziqish (alpinizm,

parashyutli sport va hokazo).

Tom ma’noda o‘zini qiynash va qurbon qilish, shafqatsiz ishlatish bilan o‘tkaziladigan ba’zi

diniy marosimlar, urushlar, ya’ni odamlarning yakka yoki ommaviy qirilishiga yoki o‘zini-o‘zi

yo‘q qilishiga olib keluvchi auto va geterota jovuzkor harakatlar o‘zini-o‘zi yemiruvchi deb

hisoblanadi.

O‘z joniga qasd qilishning so‘nggi nuqtasi hisoblanadigan o‘zini o‘zi yemiruvchi axloqning bir

qator o‘zaro bir-biriga o‘tuvchi shakllari mavjud. Ularga quyidagilar kiradi:

O‘z joniga qasd qiluvchi axloq – bu o‘zini hayotdan mahrumqilish to‘g‘risidagi tasavvurlar bilan

belgilanadigan va yo‘naltiriladigan ruhiy aktlarning har qanday ichki yoki tashqi shakllaridir.

O‘z joniga qasd qiluvchi axloq ikkita asosiy: ichki va tashqi shaklda namoyon bo‘ladi. Ichki

shakllarga o‘z joniga qasd qilishda bo‘lganidagi fikrlar (tasavvurlar, tashvishlar); o‘z joniga qasd

qilish harakatlari (maqsadlar, niyatlar); tashqi shakllarga - o‘z joniga qasd qiluvchi ko‘rinishlar;

o‘z joniga suiqasd qilishga urinishlar kiradi[3].

O‘z joniga qasd qilish borasidagi fikrlar (tasavvurlar, tashvishlar) – hayotning qadri, mazmuni

yo‘qligi to‘g‘risidagi passiv mulohazalar ("yashashga arzimaydi", "hayotda baxt yo‘q",

"yashamayapsan, balki mavjudsan, xolos»), shuningdek o‘z o‘limi mazmunidagi tasavvurlar,

fantaziyalar, lekin o‘zini hayotdan mahrum qilish emas ("o‘lsam yaxshi bo‘lardi", "uxlab qolsam

va uyg‘onmasam"). O‘z joniga qasd qilish borasidagi fikrlar me’yorida deyarli hamma

odamlarda biron-bir ziddiyat yoki ruhiy shikastlovchi hodisa hal bo‘lmasligini anglaganda paydo

bo‘ladi, lekin, ular o‘z joniga qasd qilish an’analariga o‘tmaydi. O‘z joniga qasd qilish

an’analariga (maqsadlar, niyatlar) - faol va jiddiy mulohazalar, o‘z joniga qasd qilish rejasini

ishlab chiqish, o‘zini o‘zi o‘ldirishni sodir qilish usullari, vaqti, uni sodir qilish joyini belgilashni

kiritish mumkin.


background image

JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 15, issue 02, 2025

ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431

www.wordlyknowledge.uz

ILMIY METODIK JURNAL

Tashqi axloqda o‘z joniga qasd qilish maqsadini bevosita amalga oshirish niyati namoyon

bo‘lishi mumkin. Deyarli hamma o‘z joniga qasd qiluvchilar bu davrda u yoki bu shaklda o‘z

joniga qasd qilish maqsadini yaqinlari, do‘stlari yoki hamkasblaridankimgadir ishora yoki hazil

shaklida (o‘z joniga qasd qilish ko‘rinishlari) namoyon qilishi mumkin. Holbuki, ularning qariyb

15% ga yaqini buni ochiq va oshkora qilishadi. Odatda, o‘z joniga qasd qilish maqsadining

ochiqchasiga aytilishi atrofdagilar tomonidan namoyishkorona-shantaj qilish deb qabul qilinadi

yoki umuman e’tiborga olinmaydi. Biroq ularga past baho bermaslik kerak. Barcha holatlarda

bunday fikrlar mavjud bo‘lganda, mutaxassis maslahati talab etiladi. O‘z joniga qasd qilish

an’analarining o‘z joniga qasd qilish ko‘rinishlariga o‘tishi qarorni bevosita amalga oshirishga –

o‘z joniga qasd qilishga urinishni sodir etishga chaqiruvchi iroda komponentining (

tarkibiy

qismining

) maqsadiga qo‘shilishdan darak beradi[4].

O‘z joniga suiqasd qilish (urinish) – o‘zini-o‘zi o‘ldirish yoki shantaj yo‘li bilan hayotdan ketish

maqsadida o‘zini hayotdan mahrum qilish vositalari orqali ongli ravishda ish ko‘rishdir. O‘zini

o‘zi o‘ldirishga urinishlar o‘zini o‘ldiruvchiga bog‘liq bo‘lmagan, ya’ni o‘limga olib

kelmaydigan jarohat, arqonning uzilib ketishi, o‘z vaqtida ko‘rsatilgan tibbiy, reanimasion

yordam va shu kabilar sababli har doim ham o‘lim bilan yakun topavermaydi.

Biron-bir a’zoni jarohatlash – ma’lum yakuniy maqsadlar bilan (xizmatdan bo‘shash, jinoiy

javobgarlikdan qochish, nogironlik bo‘yicha nafaqa olish, sug‘urta) qasddan o‘ziga jarohat

yetkazish. Ba’zan bunday harakatlar yaqqol namoyon bo‘lgan ruhiy affekt holatidagi shaxslar

tomonidan sodir qilinadi va shaxs ruhiy azoblarining yengillashishiga yo‘l sifatida xizmat qilishi

mumkin. (

Ko‘pincha bu bilaklar sohasini kesishda ifodalanadi

). Boshqa holatda biron-bir a’zoni

jarohatlash ruhiy bemor shaxslar tomonidan vasvasali sabablarga ko‘ra sodir etilishi mumkin.

Namoyishkorona-shantaj maqsadida o‘ziga jarohat yetkazish harakatlari, biron-bir a’zosiga

jarohat yetkazishda noto‘g‘ri mo‘ljal olish, ehtiyotsizlik yoki tasodif oqibatidahalokatli bo‘lishi

va o‘lim bilan yakunlanishi mumkin.

Presuitsid – o‘z joniga qasd qilish fikriga kelishdan uni ro‘yobga chiqarishga urinishgacha

bo‘lgan vaqt oralig‘i, ya’ni o‘z joniga qasd qilishdan oldingi ruhiy holatning o‘zidir. Presuitsid

deganda, aksariyat psixologlar shaxsning o‘z joniga qasd qilish aktini sodir etishning me’yoriga

nisbatan yuqori ehtimolini shart qiluvchi holatini nazarda tutadilar. Uning davomiyligi daqiqalar

(

o‘tkir presuitsid

) yoki oylar (

surunkali presuitsid

) bilan hisoblanishi mumkin[5].

Postsuitsid - o‘z joniga qasd qilishdan keyingi holat yoki postsuitsidal davr.

Suitsidal xavf - bu shaxsning o‘zini o‘zi o‘ldirishga potensial ravishda tayyorligi, shaxsning o‘z

joniga qasd qildiruvchi va o‘z joniga qasd qildirishga olib kelmaydigan omillarningnisbatidir[6].

Xarakterida senzitiv-shizoid xislatlar: odamovilik, kamgaplik, vazminlik, norasmiy aloqalar

o‘rnatishning qiyinligi, ko‘proq guruhli emas, balki yakka faoliyatga moyillik va, kamtarlik,

ziddiyatsizlik, tajovuzkorlikning uncha yuqori bo‘lmagan darajasi, yuqori sezuvchanlik,

jizzakilik ustun bo‘lgan shaxslarning armiyada dezatapsiyalanish ehtimoli kuchlidir. O‘zlarining

intizomliligi, ijrochiligiga qaramay, ular jamoada past mavqega ega bo‘ladilar, hamkasblar

orasida uncha mashhur bo‘lmaydilar, mayda birlashgan guruhlarga kirmaydilar, faqat bir-ikki

hamkasblari bilan yaqin bo‘ladilar, ba’zan umuman do‘stlari bo‘lmaydi, o‘zlariga

qo‘mondonlarining e’tiborini jalb qilmaydilar. Pirovard natijada bu jamoa va alohida harbiy

xizmatchilar tomonidan ruhan ajratib qo‘yilishiga, chetlatilishiga va tajovuzkorlikka olib keladi.

Bo‘linmada samarali tarbiyaviy ishlar olib borilmasa, bunday askarlarda tushkunlik, g‘amginlik,

ilojsizlik holati kuchayadi, o‘ziga baho berishi va o‘zini hurmat qilish tuyg‘usi pasayadi, bu esa

o‘zini-o‘zi o‘ldirish to‘g‘risida qaror qabul qilishga moyillik tug‘diradi.

O‘zini-o‘zi o‘ldirishga undovchi oilaviy omillar:


background image

JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 15, issue 02, 2025

ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431

www.wordlyknowledge.uz

ILMIY METODIK JURNAL

yosh bolaligida otaning yo‘qligi;

ota-ona oilasida onaning bolaga e’tiborining yetishmasligi;

ota-onalar nufuzining yo‘qligi;

oiladagi matriarxal uslubdagi munosabatlar;

hissiy portlashlar va bolaga jismoniy jazo berish yordamida o‘zini ko‘rsatishga intilayotgan

zaif katta odamning haddan ortiq avtoritarliligi;

ajrashgan oilalar;

ota-onalari yoki yaqin qarindoshlari o‘z joniga qasd qilgan yoki o‘z joniga qasd qilishga

uringanlar [7].

O‘z joniga qasd qilish genezisida oilaning, kishiga eng yaqin ijtimoiy muhitning rolini hisobga

olmaslik mumkin emas. Er-xotin, ota-onalar va bolalar o‘rtasidagi o‘zaro oilaviy munosabatlar

xarakteri shaxsning ijtimoiy-ruhiy dezadaptatsiyasi rivojlanishida favqulodda ahamiyatga ega.

Oila ichidagi muhit shaxsning suitsidogen ko‘rinishlarini samarali qoplash, silliqlashtirishga qodir,

lekin kuchaytirishi yoki hatto qo‘zg‘atishi mumkin.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Амбрумова А.Г., Пустовалова Л.И. Семейная диагностика в суицидологической

практике. – М., 1983.

2. Ruxiyeva X.. Voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklar va suitsid holatlari

profilaktikasi. O‘quv qo‘llanma. Toshkent 2021.

3. З.С.Элов.

ДЕВИАНТ ХУЛҚ-АТВОРЛИ ЎСМИРЛАРДА КУЗАТИЛАДИГАН

ПСИХОЛОГИК ЎЗГАРИШЛАРНИНГ ЁШ БИЛАН БОҒЛИК ХУСУСИЯТЛАРИ (Вояга

етмаганларга ижтимоий ёрдам кўрсатиш маркази тарбияланувчилари мисолида

).

PEDAGOGIK MAHORAT 2022 №6 1 (№), 72-75

4. З.С.Элов. Қадимги халқлар урф-одатлари ва ривожланган жамиятда ўз жонига қасд

қилишнинг ижтимоий психологик сабаблари. Тарих ва бугун (қадимги халқлар урф –

одатлари ва бугунги замон). Жамият ва инновациялар. Тошкент. (10) 2021

5. З.С.Элов. Суицид – ўз жонига қасд қилиш ижтимоий психологик муаммо сифатида.

CONFERENCE ON SOCIAL AND HUMANITARIAN RESEARCH. 2021

6. З.С.Элов. Замонавий жамиятда суицид (ўз жонига қасд қилиш) муаммолари.

Eurasian journal of Law, Finance and Applied Sciences 1 (2(2021): EJLFAS), 26-28

7. Z.S.Elov.

PSYCHOLOGICAL INFLUENCE OF SPEECH DISORDERS AND THE

CAUSES THAT CAUSE THEM ON THE CHILD'S PSYCHE

. Academicia Globe: Inderscience

Research 1 (VOLUME 3, ISSUE 1, JANUARY-2022

8. З.С.Элов.

ДЕВИАНТ ХУЛҚ-АТВОРЛИ ЎСМИРЛАР ОРАСИДА СУИЦИДАЛ

АҲЛОҚ ТУШУНЧАСИ ВА ИЛМИЙ ТАҲЛИЛЛАР

. Педагогик ва психологик

тадқиқотлар. 2023 №1 170-178

9. З.С.Элов. ДЕВИАНТ ХУЛҚ-АТВОРЛИ ЎСМИРЛАРДА КУЗАТИЛАДИГАН

ПСИХОЛОГИК ЎЗГАРИШЛАРНИНГ ЁШ БИЛАН БОҒЛИК ХУСУСИЯТЛАРИ (Вояга

етмаганларга ижтимоий ёрдам кўрсатиш маркази тарбияланувчилари мисолида)

PEDAGOGIK MAHORAT 2022 №6 72-75

Z.S.Elov.

O‘SMIRLIK DАVRIDА SHАХS ХULQ–АTVОRIDА KUZАTILАDIGАN

RЕАKSIYALАRNING PSIХОLОGIK TА’SIRI

. PSIXOLOGIYA ILMIY JURNAL 1 (1, 2022),

27-29

Библиографические ссылки

Амбрумова А.Г., Пустовалова Л.И. Семейная диагностика в суицидологической практике. – М., 1983.

Ruxiyeva X.. Voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklar va suitsid holatlari profilaktikasi. O‘quv qo‘llanma. Toshkent 2021.

З.С.Элов. ДЕВИАНТ ХУЛҚ-АТВОРЛИ ЎСМИРЛАРДА КУЗАТИЛАДИГАН ПСИХОЛОГИК ЎЗГАРИШЛАРНИНГ ЁШ БИЛАН БОҒЛИК ХУСУСИЯТЛАРИ (Вояга етмаганларга ижтимоий ёрдам кўрсатиш маркази тарбияланувчилари мисолида). PEDAGOGIK MAHORAT 2022 №6 1 (№), 72-75

З.С.Элов. Қадимги халқлар урф-одатлари ва ривожланган жамиятда ўз жонига қасд қилишнинг ижтимоий психологик сабаблари. Тарих ва бугун (қадимги халқлар урф – одатлари ва бугунги замон). Жамият ва инновациялар. Тошкент. (10) 2021

З.С.Элов. Суицид – ўз жонига қасд қилиш ижтимоий психологик муаммо сифатида. CONFERENCE ON SOCIAL AND HUMANITARIAN RESEARCH. 2021

З.С.Элов. Замонавий жамиятда суицид (ўз жонига қасд қилиш) муаммолари.

Eurasian journal of Law, Finance and Applied Sciences 1 (2(2021): EJLFAS), 26-28

Z.S.Elov. PSYCHOLOGICAL INFLUENCE OF SPEECH DISORDERS AND THE CAUSES THAT CAUSE THEM ON THE CHILD'S PSYCHE. Academicia Globe: Inderscience Research 1 (VOLUME 3, ISSUE 1, JANUARY-2022

З.С.Элов.ДЕВИАНТ ХУЛҚ-АТВОРЛИ ЎСМИРЛАР ОРАСИДА СУИЦИДАЛ АҲЛОҚ ТУШУНЧАСИ ВА ИЛМИЙ ТАҲЛИЛЛАР. Педагогик ва психологик тадқиқотлар. 2023 №1 170-178

З.С.Элов. ДЕВИАНТ ХУЛҚ-АТВОРЛИ ЎСМИРЛАРДА КУЗАТИЛАДИГАН ПСИХОЛОГИК ЎЗГАРИШЛАРНИНГ ЁШ БИЛАН БОҒЛИК ХУСУСИЯТЛАРИ (Вояга етмаганларга ижтимоий ёрдам кўрсатиш маркази тарбияланувчилари мисолида) PEDAGOGIK MAHORAT 2022 №6 72-75

Z.S.Elov. O‘SMIRLIK DАVRIDА SHАХS ХULQ–АTVОRIDА KUZАTILАDIGАN RЕАKSIYALАRNING PSIХОLОGIK TА’SIRI. PSIXOLOGIYA ILMIY JURNAL 1 (1, 2022), 27-29

Наиболее читаемые статьи этого автора (авторов)