Авторы

  • Fattullayeva Mahzuna Maqsudovna
    Osiyo xalqaro universiteti pedagogika va psixologiya kafedrasi o’qituvchisi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.iqro.104285

Ключевые слова:

Ta`limiy lug`atlar leksikografiya o`zbek va jahon lug`atchiligi ona tilini o`qitishda ta`limiy lug`atlarning ahamiyati ta`limiy lug`atlar yaratish tamoyillari.

Аннотация

Leksikografiya lug‘at tuzishning ilmiy asoslarini ishlab chiqish, lug‘at tuzish yo‘llarini o‘rganib, uni yaratish usullarini ishlash, davr taraqqiyoti talablarini qoniqtira oladigan lug‘atlar tilini asoslab berish kabi masalalar bilan shug‘ullanadi. Leksikografiya amaliyoti o‘ziga xos tashkiliy ishlarni uyushtirish, har bir tilning so‘z boyligini aniqlash, shu tildagi so‘zlarni kartotekaga yozib, tartibga solish, ana shu kartotekalar asosida kerakli lug‘atlar tuzishni o‘z oldiga qo‘yadi.


background image

JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 15, issue 02, 2025

ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431

www.wordlyknowledge.uz

ILMIY METODIK JURNAL

Fattullayeva Mahzuna Maqsudovna

Osiyo xalqaro universiteti pedagogika

va psixologiya kafedrasi o’qituvchisi

LUG‘AT TARKIBINING SHAKL VA MA’NO MUNOSABATI JIHATIDAN

TAVSIFLANISHI

Annotatsiya:

Leksikografiya lug‘at tuzishning ilmiy asoslarini ishlab chiqish, lug‘at tuzish

yo‘llarini o‘rganib, uni yaratish usullarini ishlash, davr taraqqiyoti talablarini qoniqtira oladigan

lug‘atlar tilini asoslab berish kabi masalalar bilan shug‘ullanadi. Leksikografiya amaliyoti o‘ziga

xos tashkiliy ishlarni uyushtirish, har bir tilning so‘z boyligini aniqlash, shu tildagi so‘zlarni

kartotekaga yozib, tartibga solish, ana shu kartotekalar asosida kerakli lug‘atlar tuzishni o‘z

oldiga qo‘yadi.

Kalit so‘zlar:

Ta`limiy lug`atlar, leksikografiya, o`zbek va jahon lug`atchiligi, ona tilini

o`qitishda ta`limiy lug`atlarning ahamiyati, ta`limiy lug`atlar yaratish tamoyillari.

Maktab ona tili darsliklarida o’quvchilarni tilimizning moddiy boyligi so’zlarning tarkibini tahlil

etishga o’rgatish muhim masalalardan biridir. Har bir o’zbek maktabi o’quvchisi o’z ona

tilisidagi so’zlarni ma‘noli bo’laklarga to’g’ri ajrata bilishi, o’zak va qo’shimchalarning birikish

qonuniyatlari, tub, yasama, tublashgan, soddalashgan, tublashayotgan so’zlar haqida zaruriy

ma‘lumotlarga ega bo’lishi lozim. So’z asosi o’zak lisoniy sathda leksemaga teng kelib, uning

lug’aviy ma‘nosi, o’z yoki ko’chma ma‘noda ekanligi, shakldoshlari, ma‘nodoshlari,

talaffuzdoshlari, o’z yoki o’zlashma qatlamga mansubligi, tarixiy yoki zamonaviyligini aniqlash

o’quvchining so’z tarkibi tahlilida leksikologiyadan; o’zak va qo’shimcha qo’shiluvida yuz

beradigan har xil fonetik jarayonlar fonetika, fonologiya, orfografiya, morfonologiyadan;

qo’shimchalarning vazifasi, tuzilishi, shakldoshlari, ma‘nodoshlarini aniqlash so’z yasalishi,

morfemika, morfologiyadan zaruriy bilimlarga ega bo’lishini talab etadi. Demak, o’zbek tilida

so’z tarkibi, so’zning ma‘noli qismlari deganda o’zak va qo’shimcha tushuniladi. Ammo

morfema terminini, aytilganidek, so’zning barcha ma‘noli qismlariga nisbatan qo’llashga o’zbek

tilining milliy tabiati to’sqinlik qiladi, shuning uchun tilimizda faqat qo’shimchaga nisbatan

morfema terminini qo’llash maqsadga muvofiqdir. Nutqimizda rus, arab, fors, shuningdek,

yevropa tillaridan o’zlashgan so’zlar nihoyatda ko’p bo’lib, ularning ayrimlari o’zbek tilida

ma‘noli qismlarga ajralish imkoniyatiga ega bo’lsa (shaxs-iy-at, ma‘mur-iyat, ma‘naviy-at, fikr-

an, shakl-an), aksariyati flektiv tabiatini to’la saqlagan (siyosat, falsafiy, artillerist, kooperativ,

mifologiya, modifikatsiya, mexanizm, mexanik, mexanist, mexanizatsiya). O’zlashma so’zlarni

tarkibini ajratish biroz munozarali. Chunki, aslida yasama holicha kirib kelgan o’zlashma so’zlar

tub so’z sifatida qabul qilinishi, tarkibidan morfema ajratilmasligi lozim. Ammo ularning

ayrimlari tilimizda shunchalik keng qo’llanadiki, maktab o’quvchilari ularni o’z yoki o’zlashma

ekanligini ilg’ay olmaydilar. Shu bois o’zlashma so’zlarning o’zak va qo’shimchalarini ajratish

imkoni borlari, o’zbekcha affiks olib yasalganlari lug’atda ma‘noli qismlarga ajratilib berilgan:

medal-li, ma‘mur-iy-at-chi-lik, ma‘lum-ot, maskirovka-siz, ideal-lashtirish, aspirant-lik, adab-iy-

ot, jism-an, moliya-viy, madaniy-at, mas‘ul-iyat. Tillarni kuzatishdan ma‘lumki, morfologik

ko’rsatkichlar yo mustaqil ma‘noli leksemalardan, yoki har xil qo’shimchalarning o’zaro birikib

yangi qo’shimcha hosil qilish usulidan shakllanadi. Ko’pgina so’zlar qo’shilib ketishi natijasida

ikkinchi qism morfemaga aylanib ketishi mumkin: gapir (gap ur), tupir (tuf ur), supur (suv ur),

berkit (berk et), to’lat (to’la et), bo’shat (bo’sh et), yo’qot (yo’q et), yo’qol (yo’q o’l), aytoladi

(ayta oladi), ketaver (keta ber), ketvormoq (ketib yubormoq), boryapti (borib yotibdi). So’z

tarkibi lug’ati o’rni bilan imlo lug’ati vazifasini ham o’tay oladi. Chunki so’zlarning tarkibiy


background image

JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 15, issue 02, 2025

ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431

www.wordlyknowledge.uz

ILMIY METODIK JURNAL

tuzilishi haqida qat‘iy bilimga ega bo’lish, o’zakka turli vazifadagi morfemalar qo’shilishi

natijasida yuz beradigan fonetik o’zgarishlarni anglab olish, shubhasiz, yozuvdagi har xilliklarni

bir shaklga keltirishga yordam beradi. O’zakni ajrata bilish, so’z tarkibidagi tovush

o’zgarishlarini fahmlash so’zni to’g’ri yozishga imkon beradi. Shu sababli so’z tarkibi o’quv

lug’atida ayrim so’zlarning etimologiyasi, ya’ni kelib shiqishiga ishora qilib ketish lozim:

anglashilmovchilik (ong-la-sh-il-ma-vchilik), sanoqsiz (son-a-q-siz), atoqli (ot-a-q-li) kabi.

Bugungi kunda soddalashish, tublashish, yaxlitlashish kasb etgan va bu jarayonni boshidan

kechirayotgan o’zbecha so’zlar tarkibi tahlil qilinmaydi, ular bir o’zakka teng keladi: qizg’ish,

qishloq, kungay, kunduzi, kurtak, yo’rg’a, yiring, qopqoq. Tarkibida egalik, kelishik shakllari

yaxlitlangan ayrim ravishlar, modal so’zlar ham ma‘noli qismlarga ajralmaganligi bois tarkibi

tahlil etilmaydii: kunda, birga, birdan, yaqinda, kechasi, kunduzi,to’satdan, zimdan, qo’qqisdan,

haqiqatdan, chamasi, aftidan, afsuski. Har bir so’zning ma‘noli bo’laklarga ajratilishi undagi

qismlarning hozirgi o’zbek adabiy tilida o’zaro munosabatga kirisha olish xususiyatiga

asoslanadi. So’zning tarkibini ajratishda, avvalo o’zak ajratilib, uning lug’aviy ma‘nosi

aniqlanadi. O’zakka qaysi qo’shimcha turi qo’shilmasin, u har doim o’zakdagi ma‘no bilan

aloqador bo’ladi va yangi so’z yasalganda ham o’zakning ma‘nosi saqlanib qoladi. Masalan,

suvoqchilik so’zining tarkibi suva+q+chi+lik. Ushbu kasb-hunar bilan bog’liq soha otining

o’zakdagi suvash harakati bilan aloqasi uzilmagan. Yuqorida aytilganidek, qo’shimchalar

serqirra mohiyat bo’lib, turli belgilariga ko’ra turli guruhlarga mansub bo’ladi. So’z tarkibi

tahlilida ular quyidagi shartli belgilar bilan ko’rsatiladi: - o’zak; - so’z yasovchi ko’shimcha; -

lug’aviy shakl hosil qiluvchi (shakl yasovchi) qo’shimcha; ^- sintaktik shakl hosil qiluvchi (so’z

o’zgartiruvchi) qo’shimcha; ◊- murakkab qo’shimcha; °- shakldosh (omonim) qo’shimcha; *-

ma‘nodosh (sinonim) qo’shimcha; #- zid ma‘noli (antonim) qo’shimcha; ∩- talaffuzdosh

(paronim) qo’shimcha; Leksikografiya lug‘at tuzishning ilmiy asoslarini ishlab chiqish, lug‘at

tuzish yo‘llarini o‘rganib, uni yaratish usullarini ishlash, davr taraqqiyoti talablarini qoniqtira

oladigan lug‘atlar tilini asoslab berish kabi masalalar bilan shug‘ullanadi. Leksikografiya

amaliyoti o‘ziga xos tashkiliy ishlarni uyushtirish, har bir tilning so‘z boyligini aniqlash, shu

tildagi so‘zlarni kartotekaga yozib, tartibga solish, ana shu kartotekalar asosida kerakli lug‘atlar

tuzishni o‘z oldiga qo‘yadi. Shuni aytib o‘tish kerakki, kishilarning yodda tutib qolish qobiliyati

naqadar kuchli bo‘lmasin, tildagi barcha so‘zlarni, ularning xilma-xil ma’nolarini esda saqlash

mumkin emas. Shuning uchun ham kishilarning madaniy hayotida turli xildagi lug‘atlarning

ahamiyati juda kattadir. Kishilarning ana shunday madaniy ehtiyojlarini qondirish uchun (turli

xildagi lug‘atlar tuzilgan va tuzilmoqda. Hozirgi kunda ikki tillik, ko‘p tillik tarjima lug‘atlari,

izohli lug‘atlar, terminologik lug‘at, tarixiy lug‘at, etimologik lug‘at, chet tillardan o‘tgan so‘zlar

lug‘ati, dialektologik lug‘at, frazeologik lug‘at, ideomatik kabi lug‘atlar kishilarning madaniy

ehtiyojini qondirish uchun xizmat qilmoqda. Lekin bunday lug‘atlarning xilma-xilligi va turli

maqsadlarda tuzilganligi foydalanish jarayonini qiyinlashtiradi. Shuning uchun keyingi paytda

jahonda universal lug‘at tuzishning turli ko‘rinishlari paydo bo‘lmoqda. Buni axborot

texnologiyalarining rivoji, kitobiy lug‘atlarga qaraganda elektron lug‘atlarning imkoniyati

ko‘proq ekanligi va bunday lug‘atlar uchun lingvistik ta’minot ehtiyoji bilan izohlash mumkin.

Jahonda universal lug‘at tuzish uchun bir qancha kopsepsiyalar mavjud. Lug‘at tuzuvchilar

“Universal lug‘at” atamasini ham har xilda tushunishadi. Masalan, rus tilida maktab o‘quvchilari

uchun yaratilgan universal lug‘atda bir necha lug‘atlarlarning jamlanmasi tushinilgan. Unda

boshlang‘ich maktab o‘quvchilari uchun beshta lug‘at turlari jamlanib nashr etilgan: orfografik

izohli lug‘at, frazeolagizmlar lug‘ati, inglizcha va ruscha lug‘at hamda sinonim, antonim va

omonimlar lug‘ati. Lug‘atning har bir qismi maktab dasturlari asosida ishlab chiqilgani

ta’kidlangan. Lekin beshta lug‘at deb kiritilgan bo‘lsa-da, har bir qismda ikki-uch lug‘at turlarini

birlashtirilgani ham ko‘ramiz. Masalan, orfografik va izohli lug‘at bir qismda, sinonim, antonim

va omonimlar bitta qismda jamlanganini ko‘ramiz. Lug‘at illyustratsiyalar bilan boyitilgan. Jami

576 sahifadan iborat. Yana bir maktab o‘quvchilari uchun rus tilida 2009- yilda nashr etilgan

universal lug‘at ma’lumotnoma (spravochnik) ko‘rinishida tuzilgan. Unda ham yuqoridagi kabi

bir necha lug‘atlar jamlanib qo‘yilgan, xolos: orfografik, izohli, frazeologik, etimologik, so‘z


background image

JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 15, issue 02, 2025

ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431

www.wordlyknowledge.uz

ILMIY METODIK JURNAL

yasalishi, sinonim, antonim va omonimlar lug‘ati. Lug‘at annotatsiyasida lug‘at noodatiy

ko‘rinishda ekanligi, lekin ko‘p aspektli juda samarali o‘quv vositasi ekanligi ta’kidlangan.

Lug‘at 752 sahifani tashkil etadi. Bulardan tashqari ham ko’plab maktab o’quvchilari uchun

universal lug’atlar tuzilgan. Yuqoridagi kabi ko‘rinishdagi universal lug‘atlar faqat maktab

o‘quvchilari uchun tuzilmay, balki ko‘rinishda ham tuzilgan.

XULOSA

:

Ma’nodoshlikning so‘zlar asosida yuzaga kelgan turi leksik (lug‘aviy) sinonimlar deyiladi.

Masalan, nomus -vijdon, dangasa - yalqov - ishyoqmas – tanbal so‘zlari leksik sinonimlardir.

Bunday so‘zlar, odatda, bir xil so‘z turkumiga mansub bo‘ladi. Ularning bir umumiy ma’no

doirasida bog‘lanishi esa, sinonimik qator deb yuritiladi. Masalan, vaqt-payt-zamon-fursat-

mahal-chog‘-kez-mavrid-palla- muddat-dam so‘zlari o‘zaro sinonimik qator hosil qilgan.

Sinonim qator tuzishda asos qilib olingan so‘z dominanta (bosh so‘z) deb yuritiladi. Dominanta

odatda uslubiy jihatdan betaraf va umumiste’mol so‘zlaridan bo‘lib, sinonim so‘zlar lug‘atida

birinchi o‘rinda beriladi. Masalan, yuz - bet - aft - bashara - turq - chehra - oraz - ruxsor

sinonimik qatoridagi yuz so‘zi betaraf - dominanta bo‘lib, aft, bashara turq salbiy, oraz, chehra,

ruxsor esa ijobiy munosabat ifodalash uchun xizmat qiladi. Xususan, polisemantik so‘z o‘zining

har bir ma’nosi bilan boshqa-boshqa sinonim qatorda ishtirok etib, uni boyitadi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. qizi

Fattullayeva,

M.

M.

(2024).

INSONNING

XULQ-ATVORI

VA

MOTIVATSIYASI. Methods of applying innovative and digital technologies in the educational

system, 1(2), 301-306.

2. Fattullayeva,

M.

M.

(2024).

O

‘QUVCHILARNING

KOMMUNIKATIV

KOMPETENSIYALARINI

SHAKLLANTIRISHDA

ERTAKLAR

O

‘QITISHNING

NAZARIY VA METODIK ASOSLARI. PEDAGOG, 7(4), 243-248.

3. qizi Fattullayeva, M. M. (2024). YOSH VA PSIXOLOGIK RIVOJLANISH:

BOLALIKDAN KATTALIKKA QADAR. Methods of applying innovative and digital

technologies in the educational system, 1(2), 295-300.

4. qizi Fattullayeva, M. M. (2024). PSIXOLOGIYANING UMUMIY TUSHUNCHASI VA

ASOSIY SOHALARI. Methods of applying innovative and digital technologies in the

educational system, 1(2), 289-294.

5. qizi Fattullayeva, M. M. (2024). INSONNING HISSIY TAJRIBALARI VA ULARNI

BOSHQARISH. Methods of applying innovative and digital technologies in the educational

system, 1(2), 307-312.

6. qizi Fattullayeva, M. M. (2024). INSON PSIXIKASINING RIVOJLANISH

BOSQICHLARI. Methods of applying innovative and digital technologies in the educational

system, 1(2), 313-318.

7.

qizi Fattullayeva, M. M. (2024). O ‘QUVCHILARNI BADIIY USLUBDAGI

MATNLARNI YARATISHGA

O ‘RGATISH. PEDAGOG, 7(5), 653-663.

8.

Maqsudovna, F. M. (2025). BOSHLANG ‘ICH SINFDA LIRIK ASARLAR USTIDA

ISHLASH

METODIKASI.

YOSH

OLIMLAR,

MAGISTR

VA

IQTIDORLI

TALABALARNING ILMIY FAOLIYATINI OSHIRISHDA ULARGA QARATILGAN

KREATIV G ‘OYALAR, YECHIM VA TAKLIFLAR, 2(24), 25-28.

9.

Maqsudovna, F. M. (2025). BOSHLANG ‘ICH SINFLARDA SINTAKTIK

TUSHUNCHALAR USTIDA ISHLASH METODIKASI. PEDAGOGIK TADQIQOTLAR

JURNALI, 2(2), 446-449.

10.

Fattullayeva, M. (2024). O ‘QUVCHILARNING SO ‘Z BIRIKMASI, GAP USTIDA

ISHLASH KO ‘NIKMASINI O ‘STIRISH. Medicine, pedagogy and technology: theory and

practice, 2(9), 534-542.


background image

JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 15, issue 02, 2025

ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431

www.wordlyknowledge.uz

ILMIY METODIK JURNAL

11.

Maqsudovna, F. M. (2025). ONA TILINING JAMIYATDAGI O ‘RNI VA

AHAMIYATI. Modern digital technologies in education: problems and prospects, 2(2), 48-53.

12.

Maqsudovna,

F.

M.

(2025).

PEDAGOGIK

TEXNOLOGIYALAR

VA

INNOVATSIYALAR. Modern digital technologies in education: problems and prospects, 2(2),

42-47.

13.

Maqsudovna, F. M. (2025). MOTIVATSIYA VA O ‘QUV FAOLIYATINI RAG

‘BATLANTIRISH. Modern digital technologies in education: problems and prospects, 2(2), 36-

41.

14.

Maqsudovna, F. M. (2025). O ‘QITISH METODLARI VA USULLARI. Modern digital

technologies in education: problems and prospects, 2(2), 31-35.

15.

Maqsudovna,

F.

M.

(2025).

TA'LIM

VA

TARBIYANING

ASOSIY

TAMOYILLARI. Modern digital technologies in education: problems and prospects, 2(2), 25-30.

Библиографические ссылки

qizi Fattullayeva, M. M. (2024). INSONNING XULQ-ATVORI VA MOTIVATSIYASI. Methods of applying innovative and digital technologies in the educational system, 1(2), 301-306.

Fattullayeva, M. M. (2024). O ‘QUVCHILARNING KOMMUNIKATIV KOMPETENSIYALARINI SHAKLLANTIRISHDA ERTAKLAR O ‘QITISHNING NAZARIY VA METODIK ASOSLARI. PEDAGOG, 7(4), 243-248.

qizi Fattullayeva, M. M. (2024). YOSH VA PSIXOLOGIK RIVOJLANISH: BOLALIKDAN KATTALIKKA QADAR. Methods of applying innovative and digital technologies in the educational system, 1(2), 295-300.

qizi Fattullayeva, M. M. (2024). PSIXOLOGIYANING UMUMIY TUSHUNCHASI VA ASOSIY SOHALARI. Methods of applying innovative and digital technologies in the educational system, 1(2), 289-294.

qizi Fattullayeva, M. M. (2024). INSONNING HISSIY TAJRIBALARI VA ULARNI BOSHQARISH. Methods of applying innovative and digital technologies in the educational system, 1(2), 307-312.

qizi Fattullayeva, M. M. (2024). INSON PSIXIKASINING RIVOJLANISH BOSQICHLARI. Methods of applying innovative and digital technologies in the educational system, 1(2), 313-318.

qizi Fattullayeva, M. M. (2024). O ‘QUVCHILARNI BADIIY USLUBDAGI MATNLARNI YARATISHGA O ‘RGATISH. PEDAGOG, 7(5), 653-663.

Maqsudovna, F. M. (2025). BOSHLANG ‘ICH SINFDA LIRIK ASARLAR USTIDA ISHLASH METODIKASI. YOSH OLIMLAR, MAGISTR VA IQTIDORLI TALABALARNING ILMIY FAOLIYATINI OSHIRISHDA ULARGA QARATILGAN KREATIV G ‘OYALAR, YECHIM VA TAKLIFLAR, 2(24), 25-28.

Maqsudovna, F. M. (2025). BOSHLANG ‘ICH SINFLARDA SINTAKTIK TUSHUNCHALAR USTIDA ISHLASH METODIKASI. PEDAGOGIK TADQIQOTLAR JURNALI, 2(2), 446-449.

Fattullayeva, M. (2024). O ‘QUVCHILARNING SO ‘Z BIRIKMASI, GAP USTIDA ISHLASH KO ‘NIKMASINI O ‘STIRISH. Medicine, pedagogy and technology: theory and practice, 2(9), 534-542.

Maqsudovna, F. M. (2025). ONA TILINING JAMIYATDAGI O ‘RNI VA AHAMIYATI. Modern digital technologies in education: problems and prospects, 2(2), 48-53.

Maqsudovna, F. M. (2025). PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALAR VA INNOVATSIYALAR. Modern digital technologies in education: problems and prospects, 2(2), 42-47.

Maqsudovna, F. M. (2025). MOTIVATSIYA VA O ‘QUV FAOLIYATINI RAG ‘BATLANTIRISH. Modern digital technologies in education: problems and prospects, 2(2), 36-41.

Maqsudovna, F. M. (2025). O ‘QITISH METODLARI VA USULLARI. Modern digital technologies in education: problems and prospects, 2(2), 31-35.

Maqsudovna, F. M. (2025). TA'LIM VA TARBIYANING ASOSIY TAMOYILLARI. Modern digital technologies in education: problems and prospects, 2(2), 25-30.