Авторы

  • Fattullayeva Mahzuna Maqsudovna
    Osiyo xalqaro universiteti o’qituvchisi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.iqro.76563

Ключевые слова:

FSMU pedagogik texnlogiya metod innovatsiya gap bo‘laklari innovatsion texnologiyalar interfaol uslublar axborot texnologiyalari interaktiv metodlar metodik ta'minot.

Аннотация

Mazkur maqolada ona tili darslarida innovatsion texnologiyalardan foydalanish,ta'lim jarayoni vaqtida interfaol uslublar,pedagogik va axborot texnologiyalarini o'quv darslari jarayoni vaqtida foydalanishga bo'lgan qiziqishini oshirish, ona tili fanini o'qitish jarayonini yanada shakllantirish borasida o'z isbotini kutayotgan bir qator dolzarb muammo va kamchiliklar haqida to'liq bayon etiladi. 


background image

JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 14, issue 02, 2025

ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431

www.wordlyknowledge.uz

ILMIY METODIK JURNAL

Fattullayeva Mahzuna Maqsudovna

Osiyo xalqaro universiteti o’qituvchisi

ONA TILI VA O‘QISH SAVODXONLIGI DARSLARIDA QO‘LLANADIGAN

INNOVASION PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALAR

Annotasiya:

Mazkur maqolada ona tili darslarida innovatsion texnologiyalardan

foydalanish,ta'lim jarayoni vaqtida interfaol uslublar,pedagogik va axborot texnologiyalarini

o'quv darslari jarayoni vaqtida foydalanishga bo'lgan qiziqishini oshirish, ona tili fanini o'qitish

jarayonini yanada shakllantirish borasida o'z isbotini kutayotgan bir qator dolzarb muammo va

kamchiliklar haqida to'liq bayon etiladi.

Kalit so‘zlar:

FSMU, pedagogik texnlogiya, metod, innovatsiya, gap bo‘laklari, innovatsion

texnologiyalar,interfaol uslublar,axborot texnologiyalari,interaktiv metodlar,metodik ta'minot.

Fan va ta'lim doimo birlikda va o‘zgarishda rivojlanadi. Ta’lim tizimini yanada rivojlantirish,

xorijiy mamlakatlarning tajribasini chuqur o‘rgangan holda zamonaviy metodlar va

texnologiyalar asosida o‘qitish masalalariga hukumatimiz tomonidan berilayotgan e'tibor juda

katta bo‘lmoqda. Innovatsion va pedagogik texnologiyalarning mamlakatimiz ta'lim sohasiga

kirib kelishi - bu ta'limda tub burulish davri bo‘ldi deb aytsak mubolag‘a bo‘lmaydi. Innovatsion

texologiya va metodlar bu o‘quv jarayonida asosiy boshqaruvchi - o‘qituvchi, boshqariluvchi -

o‘quvchifaoliyati birgalkda yo‘naltiriladi va bu jarayonda o‘qituvchidan ham o‘quvchidan ham

mustaqillik va ijodkorlik sifatlarini talab etadi.

Hozirgi kunda ta'lim tizimida qo‘llanilayotgan innovatsion texnologiya va metodlar

o‘quvchilarning yuksak bilim cho‘qqilarini egallab, ularni fikrlashga, o‘z shaxsiy va mustaqil

qarashlarga ega bo‘lishida katta ahamiyat kasb etmoqda. Har bir o‘qituvchi dars o‘tishdan oldin

darsda qo‘llaydigan innovatsion pedagogik texnologiyalarning har bir elementigacha puxta

o‘rganishi va tadqiq qilishi lozim. Pedagog - ya'ni bola yetaklovchi, bolaga faqat tayyor fikr

bermasligi kerak balki uning fikrini kengaytirishi, olamni o‘rganishga imkon beruvchi vositalarni

topa bilishga o‘rgatishi zarur. Biz bir necha zamonlar an'anabiy uslubda ish olib bordik. To‘g‘ri,

bu tizimda ham bolalarga billim berildi, o‘quvchilarning bilim, ko‘nikma va malakalari

shakllantirildi.

Ma'lumki, ona tili darslarida innovatsion texnologiyalardan foydalanishning yuzdan ortiq turi

mavjud boʼlib, ularning ayrimlari tajriba-sinovdan oʼtib, yaxshi natija ko'rsatgan. Keng

qoʼllaniladigan usullar – “Klaster”, “Aqliy hujum”, “Davom ettir”, “Taqdimot”, “Blits-soʼrov”,

“Muammoli vaziyat” kabilardan foydalanib, darsda keng ko'lamli natijalarga erishish mumkin.

Darsning oʼtilgan mavzuni soʼrash jarayonida “Sinkveyn”, “Teskari test”, “Aql

charxi”uslublarini, yangi mavzuni tushuntirish vaqtida “Insert”, “Pinbord”, “Zinama-zina”,

“Bumerang” texnologiyalarini, mavzuni mustahkamlash jarayonida “Venn diagrammasi”, “Baliq

skeleti”, “Nima uchun?”, “Qanday?”, “Konseptual jadval”, “Nilufar guli” kabi grafik tashkil

yetuvchilar hamda “Tushunchalar tahlili”, “T-jadval”, “Rezyume”, “Kungaboqar”, “Charxpalak”

metodlarini, uyga vazifa berishda “FSMU”, “Klaster”, “BBB” texnologiyalarini dars mobaynida

qoʼllash dars samaradorligini taʼminlab, oʼquvchilarning bilimini oshirishga yordam beradi.

O‘qituvchi ham o‘quvchi ham bir qobiqda harakat qildi, buni qoliplangan tizim desak ham

bo‘ladi, har ikkalasida ham ma'suliyat yo‘qoldi. Hozirgi kunda asosiy pedagogik texnalogiyalar

imperik, kognitiv, evristik, kreativ, inversion, adattiv, inkulyuziv va boshqa texnologiyalardir.


background image

JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 14, issue 02, 2025

ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431

www.wordlyknowledge.uz

ILMIY METODIK JURNAL

Dars jarayonida bu texnologiyalarni tanlay bilish - bu o‘qituvchining mahoratiga bog‘liq FSMU

texnologiyasi munozarali masalalarni hal etishda, bahs-munozaralar o‘tkazishda yoki o‘quv-

seminari yakunida (o‘quvchilarning o‘quv-seminari haqidagi fikrlarini bilish maqsadida) yoki

o‘quv rejasi asosida biron bo‘lim o‘rganib bo‘lingach qo‘llanishi mumkin, chunki bu texnologiya

o‘quvchilarning o‘z fikrini himoya qilishga, mustaqil va erkin fikrlash, o‘z fikrini boshqalarga

asosli ravishda ifoda etishga, ochiq holda bahslashishga, shu bilan bir qatorda o‘quvchilarning

o‘quv jarayonida egallagan bilimlarini tahlil etishga, qay darajada egallaganliklarini baholashga

hamda o‘quvchilarni bahslashish madaniyatiga o‘rgatadi. Ushbu texnologiya o‘quvchilarga

tarqatilgan oddiy qog‘ozga o‘z fikrlarini aniq va qisqa holda ifoda etib, tasdiqlovchi dalillar yoki

inkor etuvchi fikrlarni bayon etishga yordam beradi. Ushbu texnologiya bir necha bosqichda

o‘tkaziladi:

1-bosqichda: -o‘qituvchi o‘quvchilar bilan birga bahs mavzusini yoki muhokama etilishi kerak

bo‘lgan muammoni yoki o‘rganilgan bo‘limni belgilab oladi; -o‘qituvchi darsda avval har bir

o‘quvchi yakka tartibda ishlashi, keyin esa kichik guruhlarda ish olib borilishi, va nihoyat, dars

oxirida jamoa bo‘lib ishlanishi haqida o‘quvchilarga ma’lumot beradi; -dars davomida har bir

o‘quvchi o‘z fikrini erkin holda to‘liq bayon etishi mumkinligi eslatib o‘tiladi. 2-bosqichda: -har

bir o‘quvchiga FSMU texnologiyasining 4 bosqichi yozilgan qog‘ozlar tarqatiladi:

F (fikringizni bayon eting);

S (fikringiz bayoniga sabab ko‘rsating);

M (ko‘rsatgan sababingizni isbotlab misol (dalil) keltiring);

U (fikringizni umumlashtiring).

-Har bir o‘quvchi yakka tartibda tarqatilgan qog‘ozdagi FSMU ning 4 bosqichini o‘z fikrlarini

yozma bayon etgan holda to‘ldiradi.

3 -bosqichda: -har bir o‘quvchi o‘z qog‘ozlarini to‘ldirib bo‘lgach, o‘qituvchi ularni kichik

guruhlarga bo‘linishlarini iltimos qiladi yoki o‘zi turli guruhlarga bo‘lish usullaridan

foydalangan holda o‘quvchilarni kichik guruhlarga bo‘lib yuboradi; -o‘qituvchi har bir guruhga

FSMU texnologiyasining 4 bosqichi yozilgan katta formatdagi qog‘ozlarni tarqatadi; -o‘qituvchi

kichik guruhlarga har birlari yozgan qog‘ozlardagi fikr va dalillarni katta formatda

umumlashtirgan holda 4 bosqich bo‘yicha yozilishini taklif etadi.

4 -bosqichda: -kichik guruhlarda avval har bir o‘quvchi o‘zi yozgan har bir bosqichdagi fikrlari

bilan guruh a’zolarini tanishtirib o‘tadi. Guruh a’zolarining barcha fikrlari o‘rganilgach, kichik

guruh a’zolari ularni umumlashtirishga kirishadi; -guruh a’zolari FSMU ning 4 bosqichini har

biri bo‘yicha umumlashtirib uni himoya qilishga tayyorgarlik ko‘radilar; -fikrlarni

umumlashtirish vaqtida har bir o‘quvchi o‘z fikrlarini himoya etishi, isbotlashi mumkin.

5 -bosqichda: -kichik guruhlar umumlashtirilgan fikrlarni himoya qiladilar: guruh vakili har bir

bosqichni alohida o‘qiydi (iloji boricha izoh bermagan holda). Ba’zi bo‘limlarni isbotlashi, ya’ni

guruhning aynan nima uchun shu fikrga kelganini aytib o‘tishi mumkin. 6-bosqichda: -o‘qituvchi

darsga yakun yasaydi, bildirilgan fikrlarga o‘z munosabatini bildiradi; -quyidagi savollar bilan

o‘quvchilarga murojaat qiladi: a) Ushbu dars yordamida nimalarni bilib oldingiz va nimalarni

o‘rgandingiz? b) Ushbu dars qanday samara berdi? s) Ushbu mavzu o‘quvchilarda qanday

xislatlarni tarbiyalaydi, nimalarni shakllantiradi, ularning qanday fazilatlarini rivojlantiradi?

IZOH: Yuqorida keltirilgan savollar o‘qituvchi tomonidan har bir darsning mazmuni,

maqsadidan kelib chiqqan holda o‘quvchilarga berilishi mumkin.


background image

JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 14, issue 02, 2025

ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431

www.wordlyknowledge.uz

ILMIY METODIK JURNAL

Xulosa:

Xulosa qilib aytganda, ona tili darslarida innovatsion texnologiyalardan foydalanishdan assosiy

maqsad, o'quvchilarni mustaqil, erkin fikrlashga, izlanishga, har bir masalaga ijodiy yondashish,

mas'uliyatni sezish, tahlil qilish ona tili darslarini yanada kengaytirish ushbu yo'lda innovatsion

texnologiya va metodlardan foydalanishni kuchaytirishdir. Innovasion texnologiyalarnii ta'lim

jarayoniga joriy qilish, ta'lim samaradorligini yanada shakllantirish uchun tinimsiz izlanish

hozirgi kunning ehtiyojiga aylanmoqda. Yangi texnologiyalarni ta'lim jarayoniga tatbiq qilish

pedagoglar oldida turgan muammolardan biri hisoblanadi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. qizi

Fattullayeva,

M.

M.

(2024).

INSONNING

XULQ-ATVORI

VA

MOTIVATSIYASI.

Methods of applying innovative and digital technologies in the educational

system

,

1

(2), 301-306.

2. Fattullayeva,

M.

M.

(2024).

O

‘QUVCHILARNING

KOMMUNIKATIV

KOMPETENSIYALARINI

SHAKLLANTIRISHDA

ERTAKLAR

O

‘QITISHNING

NAZARIY VA METODIK ASOSLARI.

PEDAGOG

,

7

(4), 243-248.

3. qizi Fattullayeva, M. M. (2024). YOSH VA PSIXOLOGIK RIVOJLANISH:

BOLALIKDAN KATTALIKKA QADAR.

Methods of applying innovative and digital

technologies in the educational system

,

1

(2), 295-300.

4. qizi Fattullayeva, M. M. (2024). PSIXOLOGIYANING UMUMIY TUSHUNCHASI VA

ASOSIY SOHALARI.

Methods of applying innovative and digital technologies in the

educational system

,

1

(2), 289-294.

5. qizi Fattullayeva, M. M. (2024). INSONNING HISSIY TAJRIBALARI VA ULARNI

BOSHQARISH.

Methods of applying innovative and digital technologies in the educational

system

,

1

(2), 307-312.

6. qizi Fattullayeva, M. M. (2024). INSON PSIXIKASINING RIVOJLANISH

BOSQICHLARI.

Methods of applying innovative and digital technologies in the educational

system

,

1

(2), 313-318.

7.

qizi Fattullayeva, M. M. (2024). O ‘QUVCHILARNI BADIIY USLUBDAGI

MATNLARNI YARATISHGA

O ‘RGATISH.

PEDAGOG

,

7

(5), 653-663.

8.

Maqsudovna, F. M. (2025). BOSHLANG ‘ICH SINFDA LIRIK ASARLAR USTIDA

ISHLASH METODIKASI.

YOSH OLIMLAR, MAGISTR VA IQTIDORLI TALABALARNING

ILMIY FAOLIYATINI OSHIRISHDA ULARGA QARATILGAN KREATIV G ‘OYALAR, YECHIM

VA TAKLIFLAR

,

2

(24), 25-28.

9.

Maqsudovna, F. M. (2025). BOSHLANG ‘ICH SINFLARDA SINTAKTIK

TUSHUNCHALAR USTIDA ISHLASH METODIKASI.

PEDAGOGIK TADQIQOTLAR

JURNALI

,

2

(2), 446-449.

10.

Fattullayeva, M. (2024). O ‘QUVCHILARNING SO ‘Z BIRIKMASI, GAP USTIDA

ISHLASH KO ‘NIKMASINI O ‘STIRISH.

Medicine, pedagogy and technology: theory and

practice

,

2

(9), 534-542.

11.

Maqsudovna, F. M. (2025). ONA TILINING JAMIYATDAGI O ‘RNI VA

AHAMIYATI.

Modern digital technologies in education: problems and prospects

,

2

(2), 48-53.

12.

Maqsudovna,

F.

M.

(2025).

PEDAGOGIK

TEXNOLOGIYALAR

VA

INNOVATSIYALAR.

Modern digital technologies in education: problems and prospects

,

2

(2),

42-47.

13.

Maqsudovna, F. M. (2025). MOTIVATSIYA VA O ‘QUV FAOLIYATINI RAG

‘BATLANTIRISH.

Modern digital technologies in education: problems and prospects

,

2

(2), 36-

41.

14.

Maqsudovna, F. M. (2025). O ‘QITISH METODLARI VA USULLARI.

Modern digital

technologies in education: problems and prospects

,

2

(2), 31-35.


background image

JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 14, issue 02, 2025

ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431

www.wordlyknowledge.uz

ILMIY METODIK JURNAL

15.

Maqsudovna,

F.

M.

(2025).

TA'LIM

VA

TARBIYANING

ASOSIY

TAMOYILLARI.

Modern digital technologies in education: problems and prospects

,

2

(2), 25-

30.

16.

Maqsudovna, F. M. (2025). BOSHLANG ‘ICH SINFLARDA XALQ OG ‘ZAKI IJODI

USTIDA ISHLASH METODIKASI.

PEDAGOGIK TADQIQOTLAR JURNALI

,

3

(1), 644-648

Библиографические ссылки

qizi Fattullayeva, M. M. (2024). INSONNING XULQ-ATVORI VA MOTIVATSIYASI. Methods of applying innovative and digital technologies in the educational system, 1(2), 301-306.

Fattullayeva, M. M. (2024). O ‘QUVCHILARNING KOMMUNIKATIV KOMPETENSIYALARINI SHAKLLANTIRISHDA ERTAKLAR O ‘QITISHNING NAZARIY VA METODIK ASOSLARI. PEDAGOG, 7(4), 243-248.

qizi Fattullayeva, M. M. (2024). YOSH VA PSIXOLOGIK RIVOJLANISH: BOLALIKDAN KATTALIKKA QADAR. Methods of applying innovative and digital technologies in the educational system, 1(2), 295-300.

qizi Fattullayeva, M. M. (2024). PSIXOLOGIYANING UMUMIY TUSHUNCHASI VA ASOSIY SOHALARI. Methods of applying innovative and digital technologies in the educational system, 1(2), 289-294.

qizi Fattullayeva, M. M. (2024). INSONNING HISSIY TAJRIBALARI VA ULARNI BOSHQARISH. Methods of applying innovative and digital technologies in the educational system, 1(2), 307-312.

qizi Fattullayeva, M. M. (2024). INSON PSIXIKASINING RIVOJLANISH BOSQICHLARI. Methods of applying innovative and digital technologies in the educational system, 1(2), 313-318.

qizi Fattullayeva, M. M. (2024). O ‘QUVCHILARNI BADIIY USLUBDAGI MATNLARNI YARATISHGA O ‘RGATISH. PEDAGOG, 7(5), 653-663.

Maqsudovna, F. M. (2025). BOSHLANG ‘ICH SINFDA LIRIK ASARLAR USTIDA ISHLASH METODIKASI. YOSH OLIMLAR, MAGISTR VA IQTIDORLI TALABALARNING ILMIY FAOLIYATINI OSHIRISHDA ULARGA QARATILGAN KREATIV G ‘OYALAR, YECHIM VA TAKLIFLAR, 2(24), 25-28.

Maqsudovna, F. M. (2025). BOSHLANG ‘ICH SINFLARDA SINTAKTIK TUSHUNCHALAR USTIDA ISHLASH METODIKASI. PEDAGOGIK TADQIQOTLAR JURNALI, 2(2), 446-449.

Fattullayeva, M. (2024). O ‘QUVCHILARNING SO ‘Z BIRIKMASI, GAP USTIDA ISHLASH KO ‘NIKMASINI O ‘STIRISH. Medicine, pedagogy and technology: theory and practice, 2(9), 534-542.

Maqsudovna, F. M. (2025). ONA TILINING JAMIYATDAGI O ‘RNI VA AHAMIYATI. Modern digital technologies in education: problems and prospects, 2(2), 48-53.

Maqsudovna, F. M. (2025). PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALAR VA INNOVATSIYALAR. Modern digital technologies in education: problems and prospects, 2(2), 42-47.

Maqsudovna, F. M. (2025). MOTIVATSIYA VA O ‘QUV FAOLIYATINI RAG ‘BATLANTIRISH. Modern digital technologies in education: problems and prospects, 2(2), 36-41.

Maqsudovna, F. M. (2025). O ‘QITISH METODLARI VA USULLARI. Modern digital technologies in education: problems and prospects, 2(2), 31-35.

Maqsudovna, F. M. (2025). TA'LIM VA TARBIYANING ASOSIY TAMOYILLARI. Modern digital technologies in education: problems and prospects, 2(2), 25-30.

Maqsudovna, F. M. (2025). BOSHLANG ‘ICH SINFLARDA XALQ OG ‘ZAKI IJODI USTIDA ISHLASH METODIKASI. PEDAGOGIK TADQIQOTLAR JURNALI, 3(1), 644-648