JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 16, issue 01, 2025
ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431
ILMIY METODIK
JURNAL
519
O‘rinova Maftuna No‘mon qizi,
Osiyo xalqaro universiteti o„qituvchisi
O‘ZBEK BOLALAR FOLKLORINI TASNIFLASH TAMOYILLARI
Annotatsiya.
Ushbu maqolada o„zbek bolalar folklori janrlarini tasniflashga doir ilmiy
yondashuvlar, xususan, folklorshunos Oxunjon Safarovning qarashlari asosida tizimli tahlil
berilgan. Dunyo folklorshunosligidagi (G.Vinogradov, O.Kapitsa, M.Melnikov, N.Isenbet va
boshqalar) va o„zbek folklorshunosligidagi (G„.Jahongirov) tasniflar bilan qiyosiy yondashuv
asosida O.Safarovning tasnifi uch asosiy guruhga ajratilib, har birining tarkibiy qismlari alohida
yoritilgan. O.Safarov tomonidan taklif etilgan tizimning afzalliklari, kamchiliklari va yangiliklari
xolis yoritilib, bolalar folklori bo„yicha olib borilgan ilmiy izlanishlarning metodik asoslari ochib
berilgan.
Kalit so‘zlar:
tasnif, janr, tur, erkalash qo`shiqlari, bolalar taqvimi, o„yin, qo`shiq, satira, yumor
Aннотация.
В данной статье представлен системный анализ научных подходов к
классификации жанров узбекского детского фольклора, в частности, на основе взглядов
фольклориста Охунжона Сафарова. На основе сравнительного подхода с классификациями
в мировом фольклоре (Г. Виноградов, О. Капица, М. Мельников, Н. Исенбет и др.) и
узбекском фольклоре (Г. Джахонгиров) классификация О. Сафарова разделена на три
основные группы, и отдельно выделены компоненты каждой. Объективно освещены
преимущества, недостатки и новации предложенной О. Сафаровым системы, раскрыты
методологические основы научных исследований детского фольклора.
Ключевые слова:
классификация, жанр, тип, колыбельные, детский календарь, игра,
песня, сатира, юмор
Annotation.
This article presents a systematic analysis of scientific approaches to the
classification of Uzbek children's folklore genres, in particular, based on the views of folklorist
Okhunjon Safarov. Based on a comparative approach with the classifications in world folklore
(G. Vinogradov, O. Kapitsa, M. Melnikov, N. Isenbet, etc.) and Uzbek folklore (G. Jahongirov),
O. Safarov's classification is divided into three main groups, and the components of each are
separately highlighted. The advantages, disadvantages and innovations of the system proposed by
O. Safarov are objectively highlighted, and the methodological foundations of scientific research
on children's folklore are revealed.
Keywords:
classification, genre, type, lullabies, children's calendar, game, song, satira, humor.
Dunyo folklorshunosligida bolalar folkloriga doir tasnif G.Vinogradov, O.Kapitsa,
M.Melnikov,
N.Isenbet,
N.Beyeshu,
R.N.Xashba,
M.O„zhan,
E.Taker
va
o„zbek
folklorshunosligida Gʻ.Jahongirovlar tomonidan amalga oshirilgan [3,17].
Oxunjon Safarov rus, tatar, moldavan, dog„iston, abxaz, tojik bolalar folkloriga taalluqli
barcha tasniflarni sinchiklab o„rgandi hamda ularning o„zbek bolalar og„zaki poetik ijodi bilan
umumiy va farqli jihatlarini tahlil qildi.
JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 16, issue 01, 2025
ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431
ILMIY METODIK
JURNAL
520
O.Safarov ana shu mulohazalari asosida yuzaga kelgan qarashlar va mavjud tasniflarga
suyanib, yarim asrga yaqin muddat davomida to„plagan o„zbek bolalar folkloriga oid materiallari
xarakteridan kelib chiqib, ularni quyidagicha uchta katta qismga ajratib o„rganishni ma‟qulladi:
1.
Erkаlаsh
qо„shiqlаri.
Bungа
аllа, аytim-оlqish, оvutmасhоq, erkаlаmа,
qiziqmасhоqlаrni kiritib, ulаrdа erkаlаsh leytmоtiv bо„lgаnligini tа‟kidlаydi. Оlim erkаlаsh
pоeziyаsi nаmunаlаrini ijrо mаqsаdi, о„rni vа bоlа yоshigа munоsаbаtigа kо„rа ikki guruhgа
аjrаtаdi. Birinchisi, beshik qо„shiqlаri bо„lib, ungа аllаlаr, etnоgrаfik mаzmundаgi аytim-
оlqishlаr(uch yоshni tо„ldirgunchа аytilаdi) kirsа, ikkinchisi suyish qо„shiqlаri deb аtаlib,
erkаlаmа, оvutmасhоq, qiziqmасhоq, qаytаrmасhоq(6-7 yоshgа tо„lgunchа аytilаdi) kаbi
jаnrlаrni о„z iсhigа оlаdi.
2. Bоlаlаr tаqvimi vа uni ifоdа etuvchi mаrоsim qо„shiqlаri. Bundа kаttаlаr bоlаlаrning
tаbiаtgа bо„lgаn munоsаbаtini shаkllаntirishdа fаоl ishtirоk etishаdi. Bаhоr, yоz, kuz, qish
mаvsumlаri bilаn bоg„liq bundаy qо„shiqlаrning bir qismi ijtimоiy-siyоsiy tаrаqqiyоt tаqоzоsigа
kо„rа kаttаlаr repertuаridаn bоlаlаr repertuаrigа о„tib qоlgаn. Qоlаversа, ibtidоiy
аjdоdlаrimizning аnimistik vа tоtemistik e‟tiqоdlаri аsоsidа shаkllаnib, endilikdа о„shа mоhiyаtni
yо„qоtgаn yаlinсhоq vа hukmlаgiсh jаnrlаri bоlаlаr repertuаridа sаqlаnib qоlgаn.
3. Bоlаlаrning о„z ijоdkоrligi vа ijrосhiligi hоsilаsi bо„lgаn qо„shiqlаr vа о„yinlаr. Bu
turkum о„zbek bоlаlаr fоlklоrining аsоsini tаshkil qilаdi. Ulаr sо„z vа hаrаkаtning ishtirоkigа
kо„rа ikki kаttа guruhgа bо„linаdi: а) bоlаlаrning mаishiy qо„shiqlаri; b) bоlаlаrning о„yin
fоlklоri [4, 85]
Mazkur tasnif O.Safarovning 2007-yilda oliy ta‟lim dargohlari uchun nashr qilingan o„quv
qo„llanmasida keltirilgan. Olim bolalar folkloriga doir asosiy ilmiy-nazariy qarashlarini “O„zbek
bolalar poetik folklorining janriy tarkibi va badiiyati” mavzusidagi doktorlik dissertatsiyasida
(1985) to„liq ifodalagan. Bu dissertatsiya mazmuni monografiya sifatida nashr qilingan. Unda
bolalar folklori olim tomonidan uch katta tarkibga ajratiladi. Birinchi va ikkinchi tasnif aynan bir
xillikka ega, ammo uchinchi tasnifda farqli jihatlarni ko„rish mumkin. Bu tasnifda bolalar
ijrochiligi o„z ichida 4 guruhga bo„lingan:
1. O„yin komponenti bilan bog„liq qo„shiqlar(chorlama, cheklashmachoq, guldur-gup,
sanama, o„yin-qo„shiq va tarqalish qo„shiqlari kiritilgan).
2. So„z-o„yinlar(tez aytish, topishmoq, chandish).
3. Qo„shiqlar(qiqillama, ikkilik, uchlik, to„rtlik shaklidagi turli qo„shiqlar).
4. Bolalarning yumoristik va satirik qo„shiqlari[4,56].
Bunda o„yin va qo„shiqning ichki turlari alohida-alohida raqamlangan. Shuningdek,
uchinchi bo„limning “Qo„shiqlar” deb nomlanishi g„oyat umumiy bo„lib, unga bolalarning
yumoristik va satirik qo„shiqlarini ham kiritish mumkin. Holbuki, 4-raqamda ular yana alohida
guruhlangan. Tasnifda bolalar ijrochiligi dastavval o„yin va qo„shiq singari ikki katta guruhga
ajratilib, so„ngra ularning ichki tuzilishi alohida berilsa, maqsadga muvofiq bo„lar edi.
Bizningcha, nisbatan keyin amalga oshirilgan tasnifot (2007) bolalar folklori tarkibi ixchamlik va
soddalik prinsipida ochib berilgani bois oson tushunishga sabab bo„ladi. Qolaversa, tarqalish
qo„shiqlari bir so„zdan iborat “tarqalmachoq” istilohiga almashtirilgani, suyish qo„shiqlariga
yangi qaytarmachoq janri kiritilgani ham ahamiyatga molik. Ko„rinadiki, O.Safarov bolalar
JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 16, issue 01, 2025
ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431
ILMIY METODIK
JURNAL
521
folklorshunosligining yangi qirralarini kashf etish, bu sohani yanada rivojlantirish maqsadida
tinimsiz izlanishda bo„lgan.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
Фольклор – бебаҳо хазина. Нашрга тайѐрловчи Н.Сафарова. – Тошкент: Муҳаррир, 2010. –
Б. 274.
2.
Бойчечак. Тўпловчи ва нашрга тайѐрловчилар Сафаров О., Очилов К. – Тошкент: Ғафур
Ғулом номидаги адабиѐт ва санъат нашриѐти, 1984. – Б. 184.
3.
Сафаров О. Бухоро фольклорини тўплаш ва ўрганиш тарихидан. //Ўзбек тили ва адабиѐти.
2003 йил, 1-сон. – Б. 10.
4.
Сафаров О. Ўзбек болалар поэтик фольклори. – Тошкент: Ўқитувчи, 1985. – Б. 21-23.
5.
Maftuna, U. (2023). Artistic interpretation of scientific achievements in the novel" Signs of the
End Times" by Chingiz Aitmatov.
6.
Xaqqulova,
D.
(2024).
ABDURAHMON
GO
„ZAL–
YASSAVIYSHUNOS.
PEDAGOG
,
7
(6), 8-15.
7.
Xaqqulova, D. (2024). ADABIYOTSHUNOS OLIM ABDURAHMON GO „ZALNING
TADQIQOTLARI XUSUSIDA.
PEDAGOG
,
7
(5), 548-555.
8.
XAQQULOVA,
D.
(2023).
BADIIYLIK
MASALALARI
TADQIQIDA
OLIM
MAHORATI.
Наука и технология в современном мире
,
2
(5), 5-11.
9.
Abduvasiyevna, X. D. (2024). SO „Z TUZILISHI VA SO „Z YASASH.
The latest
pedagogical and psychological innovations in education
,
1
(2), 261-266.
10.
Abduvasiyevna, X. D. (2024). NUTQ MADANIYATI VA OG „ZAKI MULOQOT.
The
latest pedagogical and psychological innovations in education
,
1
(2), 255-260.
11.
Abduvasiyevna, X. D. (2024). MATN TAHLILI VA MAZMUNNI TUSHUNISH.
The latest
pedagogical and psychological innovations in education
,
1
(2), 279-284.
12.
Abduvasiyevna, X. D. (2024). GAP TUZILISHI VA UNING TURLARI.
The latest
pedagogical and psychological innovations in education
,
1
(2), 267-272.
13.
Abduvasiyevna, X. D. (2024). ONA TILIDA IMLO QOIDALARI.
The latest pedagogical
and psychological innovations in education
,
1
(2), 273-278.
