Авторы

  • O‘rinova Maftuna No‘mon qizi
    OXU o‘qituvchisi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.iqro.76564

Ключевые слова:

o‘yin obraz tasnif tizim mif ertak ramz.

Аннотация

Ushbu maqolada o‘zbek xalq bolalar o‘yinlari va ulardagi obraz masalasiga diqqat qaratilgan. Bir nechta o‘yin matni tahlili orqali o‘yin folklori obrazlari ochib berilgan. Natijada o‘zbek xalq bolalar o‘yin folklorida obrazlar  tasnifi va tizimi haqida xulosa chiqarilgan.


background image

JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 14, issue 02, 2025

ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431

www.wordlyknowledge.uz

ILMIY METODIK JURNAL

O‘rinova Maftuna No‘mon qizi

OXU o‘qituvchisi

O‘ZBEK XALQ BOLALAR O‘YINLARIDA OBRAZ MASALASI

Annotatsiya:

Ushbu maqolada o‘zbek xalq bolalar o‘yinlari va ulardagi obraz masalasiga diqqat

qaratilgan. Bir nechta o‘yin matni tahlili orqali o‘yin folklori obrazlari ochib berilgan. Natijada

o‘zbek xalq bolalar o‘yin folklorida obrazlar tasnifi va tizimi haqida xulosa chiqarilgan.

Kalit so‘zlar:

o‘yin, obraz, tasnif, tizim, mif, ertak, ramz.

Аннотация:

В данной статье рассматриваются узбекские народные детские игры и

проблема образности в них. Фольклорные образы игры раскрываются посредством

анализа нескольких игровых текстов. В результате сделан вывод о классификации и

системе образов в узбекском детском игровом фольклоре.

Ключевые слова:

игра, образ, классификация, система, миф, сказка, символ.

Annotation:

This article focuses on the issue of Uzbek folk children's games and the image in

them. The images of game folklore are revealed through the analysis of several game texts. As a

result, a conclusion is drawn about the classification and system of images in Uzbek folk

children's game folklore.

Keywords:

game, image, classification, system, myth, fairy tale, symbol.

Bolalar uchun har qanday detal obraz darajasiga koʻtarila oladi. Ular oʻzi minib yurgan novda-

choʻpni toychoq, oʻyinchoq qoʻgʻirchogʻini kelin obrazida tasavvur qilaveradilar. Bola tafakkuri

kattalar anglamagan yohud eʼtibor bermagan kichik narsalardan ham oʻzi uchun yangilik yarata

oladi.

Folklorshunos O.Safarov oʻyinlarni folkloriy hodisa sifatida oʻrganar ekan, oʻyinda harakatni

yuzaga keltiradigan soʻzning badiiy-estetik vazifasi mohiyatini har tomonlama tadqiq qilish

zarurligini taʼkidlaydi. Bunda xalq eʼtiqodi va magik tasavvurlari genezisiga nazar solish

lozimligiga eʼtiborni qaratadi. Olim oʻyin-qoʻshiqlar tarkibidagi har bir obraz shunchaki paydo

boʻlmaganligi, har birining oʻz vazifasi borligini taʼkidlaydi[1, 274].

Ho, kishma, kishma, kishma,

Bir la’li marjon kishma.

Marjonlarim bo‘ynimda,

Chechaklari zulfimda.

Zulfim bor-u, zulfim bor

Darvozaning qulfi bor.

Darvozani ochaylik,


background image

JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 14, issue 02, 2025

ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431

www.wordlyknowledge.uz

ILMIY METODIK JURNAL

Cho‘lga qarab qochaylik.

Cho‘lning yo‘li ingichka,

Guljon opam kelincha.

Qo‘llarida uzukcha,

Qoshlari bor suzukcha.

Uzukchani oldilar,

Sandiqchaga soldilar.

Sandiqchani bir tepdim,

Tillolari sochildi[2, 184].

“Ho kishma” o‘yini qizlar tomonidan bir-biriga yuzma-yuz turib, qo‘lma-qo‘l ushlashib,

chapdan-o‘ngga yoki o‘ngdan-chapga qarab, sakrab-sakrab o‘ynaladi. Matnda kelinchak obrazi

tasvirini ko‘rish mumkin. Marjon, zulf, uzuk, suzuk qosh, sandiqcha, tilla kabi detallar kelinga

ishora qilgan. O‘zbek xonadonlarida qizlarning yoshligidan ularga sarpo-suruv yig‘ish odatga

aylangan. Ota-ona yaxshi niyat qilib qiziga sandiq oladi va voyaga yetguncha uni sep bilan

to‘ldiradi. Har bir qiz kelin bo‘lish orzusida yashaydi. Shu bois qizaloqlar o‘yin-qo‘shig‘ida

kelinchak obrazi yetakchilik qiladi. Kelinning bo‘ynida marjon, zulfi taralgan, taqinchoqlar bilan

ziynatlangan, demak, to‘y bo‘lish arafasida. Mazkur o‘yin-qo‘shiq yor-yor matni ta’sirida

yaratilgan bo‘lishi mumkin. To‘y marosimlarida katta-yu kichik birga xursandchilik qilishadi.

Kelinga aytilgan yor-yor keyinchalik ishtirokchi qizaloqlar nutqiga ham o‘tgan. Zero, o‘yin

matnidagi tasvirlar yor-yor turkumidagi o‘xshatishlarni esga soladi.

E’tiborni tortgan yana bir jihat o‘yin-qo‘shiqda sandiq obrazining berilishidir. Sandiq milliy

buyumlardan biri hisoblanadi. Folklor asarlarida sandiq sir-sinoatli ashyo sifatida talqin qilinadi.

“Kuntug‘mish” dostonida Xolbeka jo‘natgan sandiq dostonning keyingi voqealari rivojiga turtki

beradi yoxud bolajonlarning sevimli “Zumrad va Qimmat” ertagida tilla bilan to‘ldirilgan qizil

sandiq, ikki ajdaho yotgan oq sandiq qahramonlarning mukofoti va jazosi sifatida beriladi.

O‘yin-qo‘shiqda keltirilgan sandiq esa tilla bilan to‘la: “Sandiqchani bir tepdim, Tillolari

sochildi”. Bu kelinga kuyov tomonidan beriladigan mahr pulini eslatadi.

“Otilgan do‘ppini kim olib keladi?”, “Malakcha bog‘i”, “Tepdim sandiq ochildi”, “Chumoli,

chumoli” kabi o‘yin-qo‘shiqlarda ham sandiq obrazi keltiriladi. Faqat ularda sandiq ochilib,

ichidan bodom to‘kilishi tasviri berilgan. Bodom boylik, baxt-saodat, farzand, muhabbat ramzini

ifodalagani bois milliy libos va do‘ppilarda ham aks ettiriladi. Demak, o‘yin-qo‘shiqlarda

sandiqning tilla yoki bodom bilan to‘la holda tasvirlanishi baxtli va farovon hayotga ishora qiladi.

Shunday qilib, o‘yin-qo‘shiqlardagi sandiq obrazi chiroyli xulq-odobi sabab qahramon qizlarga

tuhfa qilingan qizil sandiq ta’sirida shakllangan bo‘lishi mumkin.

Mazkur parchadagi darvoza detaliga ham eʼtibor berish lozim: “Zulfim bor-u, zulfim bor,

Darvozaning qulfi bor. Darvozani ochaylik, Choʻlga qarab qochaylik”. Aslida oʻyin-qoʻshiqning

bu qismi “Quvlashmachoq” matnidan oʻzlashib qolgan. Darvoza bir bosqichdan ikkinchi

bosqichga oʻtish jarayonini, choʻlga – bepoyon cheksizlikka qochish imkoni tugʻilganini

bildiradi. Navbatchi oʻyinchi esa ularni tutishi lozim. “Ho kishma” oʻyinida boʻlsa qulfi bor


background image

JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 14, issue 02, 2025

ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431

www.wordlyknowledge.uz

ILMIY METODIK JURNAL

darvoza kelin boradigan yangi xonadon ramzi. Kelin oʻz vazifalarini chiroyli bajarsa, oʻsha uyda

uzoq va baxtli umr kechiradi. Zero, choʻlning bepoyon va cheksizligi shunga ishora qilmoqda.

Bolalar tomonidan “Oltin darvoza” oʻyin-qoʻshigʻi qiziqib oʻynalgan. Bunda ikki bola qoʻllarini

bir-biriga berib, darvoza hosil qilishadi va navbatda turgan bolalarni undan tez-tez oʻtkazishadi.

Darvoza yopilishiga toʻgʻri kelib qolgan bola oʻyindan chiqadi. Qoʻshiq matni quyidagicha:

Oltin darvozadan,

Bolalar oʻtsinlar.

Hammasini qoʻyamiz,

Bittasini qoʻymaymiz.

Darvoza, darvoza,

Oltin qulfli darvozadan

Hammani oʻtkazamiz.

Faqat, faqat bir kishini

Oʻtkazmaymiz, oʻtkazmaymiz.Darvoza – bola tafakkuridagi gʻayrioddiy makon oraligʻidagi

oʻtish vositasi. Undan hamma ham oʻtolmasligi ravshan. Chunki “bittasini” qoʻyishmaydi.

Bizningcha, bu oʻyin xalqning diniy qarashlari asosida shakllangan boʻlishi mumkin (jannat va

doʻzax eshiklari haqidagi tasavvur-tushunchalar taʼsirida). Darvozadan oʻta olmagan oʻsha bir

kishi doʻstlari bilan kelisha olmaydigan urushqoq, badfeʼl, boshqalarga yoqmaydigan bola

boʻlishi mumkin. Oltin darvozadan oʻtish uchun esa u yaxshi tarafga oʻzgarishi zarur. “Boʻrilar

va echkilar”, “Gʻozlarim”, “Ot sugʻorish”, “Laylak uchdi”, “Choʻpon va shoqol” kabi qator

oʻyinlarda hayvon obrazlari ishtirok etadi. Ularning aksari ajdodlarimizning totemistik qarashlari

asosida shakllangan.

“Chittigul”, “Boychechak”, “Oppoqjon”, “Gunafsha” kabilarda esa gul va oʻsimliklar obrazi

yetakchilik qiladi.

Xulosa sifatida aytish mumkinki, tahlillar davomida O.Safarov tomonidan toʻplangan oʻyin-

qoʻshiqlarning obrazlar tizimi nihoyatda boy ekanligi anglashildi. Ularni quyidagicha guruhlash

mumkin:

1. Inson(shaxs)lar koʻrinishidagi obrazlar(kelinchak, boboycha, buvi, dada, oyi, aka-opa, uka-

singil, choʻpon).

2. Jonivorlar obrazi(mushuk, sichqon, gʻoz, ot, boʻri, echki, oʻrdak, ayiq, ninachi).

3. Oʻsimliklar obrazi(daraxtlar, gullar, kartoshka, sholgʻom ).

4. Predmetlar obrazi(tosh, sandiq, darvoza, oʻyinchoq, arra, tesha, bolta).

Foydalanilgan adabiyotlar:


background image

JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 14, issue 02, 2025

ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431

www.wordlyknowledge.uz

ILMIY METODIK JURNAL

1. Ruziyeva, M. Y. (2020). About color symbols in folklore. Journal of critical reviews. ISSN-

2394-5125 VOL, 7.

2. Ruziyeva, M. Y., & Aslonova, S. S. (2021). Theoretical and Practical Foundations of

Teaching Folklore In Primary School. Middle European Scientific Bulletin, 10.

3.

Lyro-epic literary fairy tales in uzbek children's literature

MY Ruziyeva, S Lobar

4. Yoqubovna, R. M. (2017). Expression of Attitude to Colors in Turkic National Ritual

Songs. ANGLISTICUM. Journal of the Association-Institute for English Language and

American Studies, 6(1), 54-68.

5. Yokubovna, R. M. (2020). About color symbols in folklore. JCR, 7(17), 461-466.

6. Ruziyeva, M. Y., & Lobar, S. (2023). Lyro-epic literary fairy tales in uzbek children's

literature.

7. Bahrievna, P. N., & Ro'ziyeva, M. Y. (2023). Reforms and Innovations in the Educational

System in Uzbekistan. American Journal of Public Diplomacy and International Studies (2993-

2157), 1(6), 47-51.

8. Ro'ziyeva, M. Y. (2020). COLOR SYMBOLISM IN UZBEK FOLKLORE. Theoretical &

Applied Science, (5), 277-284.

9. Ruzieva, M. Y. (2022). SYMBOLISM OF MYTH, SYMBOL AND COLOR. Ann. For.

Res, 65(1), 2719-2722.

10. Ruzieva, M. (2016). Colour and its psychoanalytical interpretation in folklore. Язык и

культура (Новосибирск), (23), 127-130.

11. Xaqqulova,

D.

(2024).

ABDURAHMON

GO

‘ZAL–

YASSAVIYSHUNOS. PEDAGOG, 7(6), 8-15.

12. Xaqqulova, D. (2024). ADABIYOTSHUNOS OLIM ABDURAHMON GO

‘ZALNING TADQIQOTLARI XUSUSIDA. PEDAGOG, 7(5), 548-555.

13. XAQQULOVA, D. (2023). BADIIYLIK MASALALARI TADQIQIDA OLIM

MAHORATI. Наука и технология в современном мире, 2(5), 5-11.

14. Abduvasiyevna, X. D. (2024). SO ‘Z TUZILISHI VA SO ‘Z YASASH. The latest

pedagogical and psychological innovations in education, 1(2), 261-266.

15. Abduvasiyevna, X. D. (2024). NUTQ MADANIYATI VA OG ‘ZAKI

MULOQOT. The latest pedagogical and psychological innovations in education, 1(2), 255-

260.

16. Abduvasiyevna, X. D. (2024). MATN TAHLILI VA MAZMUNNI TUSHUNISH. The

latest pedagogical and psychological innovations in education, 1(2), 279-284.

Библиографические ссылки

Ruziyeva, M. Y. (2020). About color symbols in folklore. Journal of critical reviews. ISSN-2394-5125 VOL, 7.

Ruziyeva, M. Y., & Aslonova, S. S. (2021). Theoretical and Practical Foundations of Teaching Folklore In Primary School. Middle European Scientific Bulletin, 10.

Lyro-epic literary fairy tales in uzbek children's literature

MY Ruziyeva, S Lobar

Yoqubovna, R. M. (2017). Expression of Attitude to Colors in Turkic National Ritual Songs. ANGLISTICUM. Journal of the Association-Institute for English Language and American Studies, 6(1), 54-68.

Yokubovna, R. M. (2020). About color symbols in folklore. JCR, 7(17), 461-466.

Ruziyeva, M. Y., & Lobar, S. (2023). Lyro-epic literary fairy tales in uzbek children's literature.

Bahrievna, P. N., & Ro'ziyeva, M. Y. (2023). Reforms and Innovations in the Educational System in Uzbekistan. American Journal of Public Diplomacy and International Studies (2993-2157), 1(6), 47-51.

Ro'ziyeva, M. Y. (2020). COLOR SYMBOLISM IN UZBEK FOLKLORE. Theoretical & Applied Science, (5), 277-284.

Ruzieva, M. Y. (2022). SYMBOLISM OF MYTH, SYMBOL AND COLOR. Ann. For. Res, 65(1), 2719-2722.

Ruzieva, M. (2016). Colour and its psychoanalytical interpretation in folklore. Язык и культура (Новосибирск), (23), 127-130.

Xaqqulova, D. (2024). ABDURAHMON GO ‘ZAL–YASSAVIYSHUNOS. PEDAGOG, 7(6), 8-15.

Xaqqulova, D. (2024). ADABIYOTSHUNOS OLIM ABDURAHMON GO ‘ZALNING TADQIQOTLARI XUSUSIDA. PEDAGOG, 7(5), 548-555.

XAQQULOVA, D. (2023). BADIIYLIK MASALALARI TADQIQIDA OLIM MAHORATI. Наука и технология в современном мире, 2(5), 5-11.

Abduvasiyevna, X. D. (2024). SO ‘Z TUZILISHI VA SO ‘Z YASASH. The latest pedagogical and psychological innovations in education, 1(2), 261-266.

Abduvasiyevna, X. D. (2024). NUTQ MADANIYATI VA OG ‘ZAKI MULOQOT. The latest pedagogical and psychological innovations in education, 1(2), 255-260.

Abduvasiyevna, X. D. (2024). MATN TAHLILI VA MAZMUNNI TUSHUNISH. The latest pedagogical and psychological innovations in education, 1(2), 279-284.

Наиболее читаемые статьи этого автора (авторов)