BUXORO XONLIGI IQTISODIYOTIDA SOLIQLARNING O’RNI VA TA’SIRI

Abstract

Mazkur maqolada Buxoro xonligining iqtisodiy tizimida soliqlarning o‘rni va ta’siri tahlil qilinadi. Xonlik davrida soliqlar davlat moliyasining asosiy manbalaridan biri bo‘lib, ijtimoiy va iqtisodiy hayotga sezilarli ta’sir ko‘rsatgan. Maqolada soliqlar tizimi, ularning turlari va yig‘ilish usullari hamda aholi va ishlab chiqarishga ta’siri keng yoritiladi. Shu bilan birga, soliqlarning agrar soha, savdo-sotiq va hunarmandchilikka ta’siri tahlil qilinadi.

Source type: Journals
Years of coverage from 2023
inLibrary
Google Scholar
f
28-30
47

Downloads

Download data is not yet available.
To share
Bektoshev G’iyosiddin Saxriddin o’g’li. (2025). BUXORO XONLIGI IQTISODIYOTIDA SOLIQLARNING O’RNI VA TA’SIRI. IQRO Journal, 14(01), 28–30. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/iqro/article/view/69384
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

Mazkur maqolada Buxoro xonligining iqtisodiy tizimida soliqlarning o‘rni va ta’siri tahlil qilinadi. Xonlik davrida soliqlar davlat moliyasining asosiy manbalaridan biri bo‘lib, ijtimoiy va iqtisodiy hayotga sezilarli ta’sir ko‘rsatgan. Maqolada soliqlar tizimi, ularning turlari va yig‘ilish usullari hamda aholi va ishlab chiqarishga ta’siri keng yoritiladi. Shu bilan birga, soliqlarning agrar soha, savdo-sotiq va hunarmandchilikka ta’siri tahlil qilinadi.


background image

JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 14, issue 01, 2025

ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431

www.wordlyknowledge.uz

ILMIY METODIK JURNAL

Bektoshev G’iyosiddin Saxriddin o’g’li

Shahrisabz davlat pedagogika instituti 2-kurs talabasi

BUXORO XONLIGI IQTISODIYOTIDA SOLIQLARNING O’RNI VA TA’SIRI

Annotatsiya:

Mazkur maqolada Buxoro xonligining iqtisodiy tizimida soliqlarning o‘rni va

ta’siri tahlil qilinadi. Xonlik davrida soliqlar davlat moliyasining asosiy manbalaridan biri bo‘lib,

ijtimoiy va iqtisodiy hayotga sezilarli ta’sir ko‘rsatgan. Maqolada soliqlar tizimi, ularning turlari

va yig‘ilish usullari hamda aholi va ishlab chiqarishga ta’siri keng yoritiladi. Shu bilan birga,

soliqlarning agrar soha, savdo-sotiq va hunarmandchilikka ta’siri tahlil qilinadi.

Kalit so‘zlar:

Buxoro xonligi, iqtisodiyot, soliqlar tizimi, davlat moliyasi, hunarmandchilik,

savdo-sotiq, soliq turlari, zakot, xiroj.

Abstract:

This article analyzes the role and impact of taxes in the economic system of the

Bukhara Khanate. During the Khanate, taxes were one of the main sources of state finances and

had a significant impact on social and economic life. The article covers the system of taxes, their

types and collection methods, and their impact on the population and production. At the same

time, the impact of taxes on agriculture, trade and crafts is analyzed.

Key words:

Khanate of Bukhara, economy, tax system, state finance, crafts, trade, types of taxes,

zakat, khiroj.

Аннотация:

В статье анализируется роль и влияние налогов в экономической системе

Бухарского ханства. В период ханства налоги были одним из основных источников

государственного финансирования и оказывали значительное влияние на социальную и

экономическую жизнь. В статье дается комплексный обзор налоговой системы, ее видов и

методов взимания, а также ее влияния на население и производство. Одновременно

анализируется влияние налогов на аграрный сектор, торговлю и ремесла.

Ключевые слова:

Бухарское ханство, экономика, налоговая система, государственные

финансы, ремесла, торговля, виды налогов, закят, хиродж.

Kirish.

Buxoro xonligi o'z davrida nafaqat siyosiy va madaniy markaz, balki iqtisodiy jihatdan ham

mintaqaning muhim davlatlaridan biri hisoblangan. Xonlikning iqtisodiy tizimi asosan qishloq

xo’jaligi, hunarmandchilik va xalqaro savdo bilan bog'liq bo'lib, uning samaradorligi davlat

boshqaruvi va soliqlar tizimiga bevosita bog'liq edi. Soliqlar davlatni moliyaviy ta’minlash

vositasi sifatida nafaqat davlatning ichki siyosatini amalga oshirishda, balki xonlikning iqtisodiy

mustahkamligini saqlab qolishda ham muhim ahamiyat kasb etgan. Xonlikda joriy etilgan

soliqlar tizimi murakkab bo‘lib, u aholi va iqtisodiy faoliyatning turli sohalarini qamrab olgan.

Soliq turlari, ularni yig‘ish jarayonlari va ulardan foydalanish davlatning moliyaviy siyosatini

belgilab bergan. Shu bilan birga, soliqlar xonlik aholisining ijtimoiy hayotiga va turmush tarziga

jiddiy ta’sir ko‘rsatgan. Soliqlarning haddan ziyod og‘irligi ijtimoiy norozilikka, ayrim hollarda

esa qo‘zg‘olonlarga sabab bo‘lgan bo‘lsa, adolatli va tizimli soliq siyosati davlatning

barqarorligiga xizmat qilgan.

Tatqiqot metodologiyasi:


background image

JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 14, issue 01, 2025

ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431

www.wordlyknowledge.uz

ILMIY METODIK JURNAL

Qiyoslash, taqqoslash, solishtirish.

Adabiyotlar tahlili:

Mavzuni yoritish uchun bir nechta ilmiy asar va maqolalardan, shu bilan birga xorijiy

adabiyotlardan ham keng foydalanildi. Jumladan, Bahodir Eshovning “O’zbekistonda davlat va

mahalliy boshqaruv tarixi”, Ziyodulla Muqimovning ”Shayboniylar davlati va huquqi”, Akbar

Zamonov va Kozimbek To’xtabekovning “Buxoro xonligida siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy

jarayonlar”, Akbar Zamonovning “Buxoro xonligi tarixi” va boshqa bir qancha adabiyot va

manbalar taxlil qilindi.

Muhokama va natijalar:

Buxoro xonligi devonxonasida moliyaviy va soliq ishlari hisobi bo’yicha maxsus daftarlar

mavjud bo’lib, ularda turli soliqlar, ijara to’lovlari, ma’lum maxsulotlar savdosidan tushgan

daromadlar qayd etib borilgan. Soliq to’lovchilarning asosiy qismi dehqonlar bo’lib, siyosiy

beqarorlik davridagi iqtisodiy inqirozlar tufayli yirik zodagonlar shaharliklardan ham yirik

soliqlar undirganlar. XVI asrda soliqlarning katta qismi mahsulot sifatida olingan.[1] Bu davrda

soliq to’lovchi fuqorolar raiyat ahli deb atalgan va ular turli soliqlardan tashqari jarimalar ham

to’lab turishgan. Shayboniylar davrida ham, ashtarxoniylar davrida ham asosiy soliq bu xiroj

bo’lgan. Xazinani ham boyitib turgan soliq xiroj hisoblangan. XVI-XVIII asr yozma manbalarda

bu atama “mol”, moli-jihot”, o’proq “xiroj” sifatida tilga olingan. Xirojning miqdori shariatga

qarab 1/3, 1/4, 1/5, ayrim holarda esa 1/2 qilib belgilangan. Xususiy mulk yerlaridan hosilning

1/10 miqdorida soliq undirilib u ushr solig’i deb atalgan. Xiroj asosan yetishtirilgan ekinlarning

yuqorida ko’rsatilgan miqdorda mahsulot ko’rinishda olingan. Xirojdan tashqari “doimiy”,

“qonuniy” va “favqulodda” kabi o’lpon va bojlar ham bo’lib ular asosan urushlar davrida olingan

uning ham asosiy to’lovchisi dehqonlar edi. Urush harakatlari davrida dehqonlar va

hunarmandlardan olinadigan soliq “avarizot” deb atalib, u qisman pul bilan undirilgan. Bundan

tashqari markaziy hokimyat vakilari uchun ham qo’shimcha solig’ olingan.[2] Ko’chmanchi

chorvador axolidan ham soliqlar olingan. Ular o’z qo’ralari hisobdan qo’y to’lashgan. Otlar

hisobdan 1 biya ko’rnishda olpon to’lashgan. Shuningdek, ko’chmanchi chorvador axoli, harbiy

yurishlar vaqtida o’z ot-ulovi, kiyim-aslahasi, oziq-ovqati bilan urishga askar yetkazib berish

majburyati ham bo’lgan. urush harakatlari davrida asosan o’troq axolidan oshlig’(oshlik) solig’i

olingan. Bu soliq doimiy soliq turiga kirmasdan urushlar davrida olingan va bu qo’shinni oziq-

ovqat bilan taminlash uchun sariflangan. Buga qo’shmcha sifatida baida tag’or deb ataluvchi

soliq ham olingan va bu ham oziq-ovqat bilan taminlash uchun ishlatilgan. Bu soliqlarning

barchasi qatiy belgilab qo’yilmagan bo’lib, hukumdorning xoxishga ko’ra undirilgan.[3] Buxoro

xonligida shayboniylardan keyin davlat tepasiga kelgan ashtarxoniylar davrida ham mamlakatni,

davlat xazinasini boyitish uchun soliqlarning turi va miqdori oshirilgan. Jumladan, xiroj, ixrojot,

boj kabi soliqlar qatorida har xil kichik va katta soliqlar ham bo‘lgan. Ayniqsa, Subxonqulixon

taxtga kelganida soliqlarning turi ko‘paydi. Uning davrida yetti yillik soliqlarni oldindan, bir

yilda yig‘ish bo‘yicha maxsus farmon e’lon qilindi. Xonning bunday qarori aholini qiyin ahvolga

solib qo‘ydi, yanada qashshoqlashuviga sabab bo‘ldi. Chunki mamlakatda asosiy soliq

to‘lovchilar dehqonlar, hunarmanddar, savdogar chorvadorlar bo‘lishgan. Aholi soliq to‘lashdan

tashqari mamlakatda uyushtiriladigan turli tadbirlarga, majburiy ishlarga jalb qilingan,

qo‘shimcha jarimalar ham solingan. Buxoro xonligida ham, boshqa joylarda bo‘lgani kabi, xon

marhamat ko‘rsatganlar va yetakchi din peshvolari hamda xon imtiyoz bergan shaxslar barcha

soliqlardan ozod qilingan. Urush harakatlari davrida asosan o‘troq aholidan oshlig‘ (oziq-ovqat)

solig‘i undirilgan. Bu soliq doimiy bo‘lmasa-da, harakatdagi qo‘shinni saqlash, uni oziq-ovqat

bilan, otlarini yem-xashak bilan ta’minlash maqsadida pul yoki mahsulot shaklida yig‘ilgan.

Shuningdek, qo‘shin ta’minoti uchun “tag‘or” deb ataluvchi oziq-ovqat, “g‘allot” deb atalgan

mahsulot solig‘i ham undirilgan. Oziq-ovqat soliqlarining miqdori qat’iy belgilanmagan bo‘lib,


background image

JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 14, issue 01, 2025

ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431

www.wordlyknowledge.uz

ILMIY METODIK JURNAL

ularning miqdorini hukmdorlarning o‘zlari qo‘shin ehtiyojidan kelib chiqib belgilaganlar.

Bundan tashqari aholi turli majburiyatlarni bajarishi lozim bo‘lgan. Masalan, mulkdorlar

ma’muriyatini boqish, harbiylarning vaqtincha to‘xtashida ularning oziq-ovqati va boshqa

harajatlari uchun yig‘iladigan yig‘imlar, suv ta’minoti bilan bog‘liq majburiyatlar shular

jumlasidandir.[4] XVI-XVII asrlarda soliqlarning juda ko’p turlari bo’lgan, ammo ularni uch

asosiy guruhga bo’lish mumkin: feodal majburiyatlar-yasoq, davlatga to’lanadigan asosiy

soliqlar, harbiy sharoit vujudga kelganda yoki davlat pulga muhtoj bo’lib qolganda olinadigan

yig’imlar.[5] Soliq to’lashdan bosh tortgan jamoa yoki qabila boshliqlari qattiq jazolanganlar.

Xattoki qatl jazosi ham qo’llanilgan. Abdullaxon II ning Xoja Saidga yozgan maktublaridan

birida Markaziy Afg’oniston, Mug’on, Darayi Suf atroflarida yashab kelayotgan Buxoro

xonligiga tobe bo’lgan qabilalarining davlat xazinasiga to’lashi kerak bo’lgan oziq-ovqat

soliqlarini bajarmaganligi, ilgari esa ular Balx xonligiga tobe bo’lgan davrda 12.000 qo’y to’lab

turganligi ko’rsatilgan. “Bu kishilar, deyiladi xatda, bizga ko’p zarar yetkazdilar, ular muqarari

solig’ini to’lashlari lozim edi, ammo uch yilgacha to’lamay keldilar, uning miqdori 36.000

qo’yga yetdi”.[6] Buxoro xonligi iqtisodiyoti o‘ziga xos feodal tuzumga asoslangan bo‘lib,

soliqlar davlat byudjetini shakllantirishda asosiy manbalardan biri sifatida muhim ahamiyatga

ega edi. Soliq tizimi, asosan, yerga egalik shakllariga va aholining iqtisodiy faoliyatiga bog‘liq

holda shakllantirilgan. Ushbu tizim xonlikning iqtisodiy barqarorligini ta’minlash bilan birga,

uning ijtimoiy va siyosiy hayotiga ham sezilarli ta’sir ko‘rsatgan.

Xulosa.

Xonlikda yig‘ilgan soliqlar asosan davlat harbiy xarajatlarini qoplash, saroy xarajatlarini

ta’minlash, ijtimoiy sohani rivojlantirish va davlat boshqaruvini mustahkamlash maqsadida

ishlatilgan. Shu bilan birga, soliqlarning og‘irligi ba’zi hollarda dehqonlar va hunarmandlarning

iqtisodiy ahvoliga salbiy ta’sir ko‘rsatgan, bu esa ba’zan noroziliklarning kelib chiqishiga sabab

bo‘lgan. Buxoro xonligi tajribasi shuni ko‘rsatadiki, samarali soliq tizimi davlatning iqtisodiy va

siyosiy barqarorligini ta’minlashda muhim vosita hisoblanadi. Shu bilan birga, soliq tizimi

aholining iqtisodiy faoliyatini rag‘batlantiruvchi va ortiqcha yuk bo‘lmaydigan darajada

muvozanatlashtirilishi zarur. Bu xonlikning o‘z davrida iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishiga

xizmat qilgan muhim saboqlarni o‘z ichiga oladi.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Bahodir Eshov “O’zbekistonda davlat va mahalliy boshqaruv tarixi”, Yangi asr avlodi –

Toshkent 2019

2. Akbar Zamonov “Buxoro xonligi tarixi”, Toshkent 2021

3. Akbar Zamonov va Kozimbek To’xtabekov “Buxoro xonligida siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy

jarayonlar” Toshkent 2018

4.https://www.google.com/search?q=buxoro+xonligida+soliq+tizimi+haqida&sca

5. A.Saidov, J.Toshqulov “O’zbekiston davlati va huquqi”, Toshkent 1995

6. Сайидаҳмедоп И. Письма Шейбанидов — важный исторический источник. // Дисс. на

соиск. канд. ист. наук. Ташкент, стр. -1992. 39.

7. Ziyodulla Muqimov “Shayboniylar davlati va huquqi” Adolat, Toshkent 2007

References

Bahodir Eshov “O’zbekistonda davlat va mahalliy boshqaruv tarixi”, Yangi asr avlodi – Toshkent 2019

Akbar Zamonov “Buxoro xonligi tarixi”, Toshkent 2021

Akbar Zamonov va Kozimbek To’xtabekov “Buxoro xonligida siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlar” Toshkent 2018

https://www.google.com/search?q=buxoro+xonligida+soliq+tizimi+haqida&sca

A.Saidov, J.Toshqulov “O’zbekiston davlati va huquqi”, Toshkent 1995

Сайидаҳмедоп И. Письма Шейбанидов — важный исторический источник. // Дисс. на соиск. канд. ист. наук. Ташкент, стр. -1992. 39.

Ziyodulla Muqimov “Shayboniylar davlati va huquqi” Adolat, Toshkent 2007