Авторы

  • Bektoshev G’iyosiddin Saxriddin o’g’li
    Shahrisabz davlat pedagogika instituti 2-kurs talabasi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.iqro.72091

Ключевые слова:

Temuriylar davri Nizomiddin Shomiy Klavixo Mo’g’ul etnonimi etnoslar sartlar turklar tojiklar hunarmandlar.

Аннотация

Mazkur maqolada Amir Temur va Temuriylar davrida Movarounnahr hamda qo‘shni hududlarda yashagan aholining etnik tarkibi tahlil qilinadi. Temuriylar imperiyasi tarkibidagi turli xalqlar, ularning kelib chiqishi, etnik xilma-xilligi va ijtimoiy hayotdagi o‘rni tadqiq etiladi. Shuningdek, Amir Temurning yurishlari va davlat siyosati natijasida aholi tarkibida yuz bergan o‘zgarishlar, etnik guruhlarning o‘zaro ta’siri hamda madaniy aloqalari yoritiladi.


background image

JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 14, issue 02, 2025

ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431

www.wordlyknowledge.uz

ILMIY METODIK JURNAL

Shahrisabz davlat pedagogika instituti

Tarix kafedrasi, PhD Mahmudov

Dilshod taqrizi ostida

Bektoshev G’iyosiddin Saxriddin o’g’li

Shahrisabz davlat pedagogika instituti 2-

kurs talabasi

Email:

bektoshevgiyosiddin03@gmail.com

AMIR TEMUR VA TEMURIYLAR DAVRIDA AHOLINING ETNIK TARKIBI

Annotatsiya:

Mazkur maqolada Amir Temur va Temuriylar davrida Movarounnahr hamda

qo‘shni hududlarda yashagan aholining etnik tarkibi tahlil qilinadi. Temuriylar imperiyasi

tarkibidagi turli xalqlar, ularning kelib chiqishi, etnik xilma-xilligi va ijtimoiy hayotdagi o‘rni

tadqiq etiladi. Shuningdek, Amir Temurning yurishlari va davlat siyosati natijasida aholi

tarkibida yuz bergan o‘zgarishlar, etnik guruhlarning o‘zaro ta’siri hamda madaniy aloqalari

yoritiladi.

Kalit so’zlar:

Temuriylar davri, Nizomiddin Shomiy, Klavixo, Mo’g’ul etnonimi, etnoslar,

sartlar, turklar, tojiklar, hunarmandlar.

Аннотация:

В статье анализируется этнический состав населения, проживавшего в

Моваруннахре и соседних областях в период правления Амира Темура и Тимуридов.

Изучены различные народы империи Тимуридов, их происхождение, этническое

разнообразие и роль в общественной жизни. Также освещены изменения в структуре

населения в результате походов Амира Темура и государственной политики,

взаимодействие этносов и культурные связи.

Ключевые слова:

период Тимуридов, Низамиддин Шами, Клавихо, монгольский этноним,

этнос, сарты, тюрки, таджики, ремесленники.

Abstract:

This article analyzes the ethnic composition of the population living in Movarounnahr

and neighboring areas during the period of Amir Temur and Timurids. The various peoples of

the Timurid Empire, their origin, ethnic diversity and their role in social life are studied. Also,

the changes in the structure of the population as a result of Amir Temur's campaigns and state

policy, the interaction of ethnic groups and cultural relations are covered.

Key words:

Timurid period, Nizamiddin Shami, Claviho, Mongolian ethnonym, ethnos, Sarts,

Turks, Tajiks, artisans.

KIRISH:

Amir Temur va Temuriylar davri (XIV asr oxiri – XV asr) mintaqa tarixida muhim o‘rin tutadi.

Bu davrda mintaqada siyosiy barqarorlik o‘rnatilib, iqtisodiy va madaniy taraqqiyot yuksaldi.

Ayniqsa, Movarounnahr va Xuroson hududlarida turli etnik guruhlar yashagan bo‘lib, ularning

o‘zaro aloqalari jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy hayotida muhim rol o‘ynagan.​

Amir Temur

asos solgan imperiya tarkibida turkiy, forsiy, arab, hind va boshqa ko‘plab xalqlar mavjud edi.

Ushbu etnik xilma-xillik davlat boshqaruvi, harbiy tuzilma, hunarmandchilik, savdo va

madaniyat sohalarida o‘z aksini topdi. Temuriylar davrida turli xalqlarning birgalikda yashashi

va faoliyati natijasida madaniy almashinuv kuchayib, ilm-fan va san’at rivojlandi.


background image

JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 14, issue 02, 2025

ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431

www.wordlyknowledge.uz

ILMIY METODIK JURNAL

MATERIALLAR VA USLUBLAR:

Amir Temur tarixi yoritilgan aksariyat manbalarda sarkardaning zafarli yurishlari, davrning

siyosiy manzaralari aks etgan bo’lishiga qaramay, ularda qisman etnik ma’lumotlar ham o’rin

olgan. Forsiy manbalarda Movarounnahr aholisining umumiy soni, guruhlarga bo’linish holati

to’g’risida ma’lumotlar keltirilmagan. Ammo tarixiy voqealar bayonida etnoslarning nomlari,

yashagan hududi, yetakchilari, ko’chirilgan yoki ko’chib o’tgan hududlari to’g’risida qaydlar

mavjud. Manbalardagi etnik ma’lumotlar qisman aynan biror etnik guruh xususida to’g’ridan-

to’g’ri ma’lumot (sulduzlar tumani, jaloyirlar joylashuvi va boshq.) bersa, aksariyat hollarda

shaxs ismlari bilan birga keltiriladi (amir Muayyad arlot, amir Bayon sulduz va boshq.). Forsiy

manbalarning barchasi ham Movarounnahr etnik manzarasini to’liq tiklash mumkin bo’lgan

etnik ma’lumotlarni qamrab olmagan. Ayrim manbalarda etnik ma’lumotlar juda kam. Jumladan,

G’iyosiddin Ali Yazdiy asarida Movarounnahr bilan bog’liq o’nga yaqin etnonimlar tilga olingan.

Nizomiddin Shomiyda etnik ma’lumotlar birmuncha ko’proq bo’lib, yigirmaga yaqin etnonimlar

aks etgan. Amir Temur davri keng qamrovda yoritilgan asar Sharafiddin Ali Yazdiyning

“Zafarnoma”sida Movarounnahr bilan bog’liq o’ttizdan ortiq etnonimlar qayd etilgan. Muiniddin

Natanziyning asari ham etnik ma’lumotlarga boy bo’lib, unda yigirmaga yaqin etnonimlar sanab

o’tilgan. Temuriylar davrida yaratilgan yana bir qancha forsiy manbalarda Amir Temur davridagi

etnik holat xususida ma’lumotlar mavjud.

NATIJALAR VA MUHOKAMALAR:

Amir Temur davri yoritilgan forsiy manbalarning aksariyatida harbiy-siyosiy jarayonlarda arlot,

sulduz, barlos, jaloyir, nayman, keroyit, arkanut, qang’li, qavchin, dug’lot, nukuz, qipchoq,

toyjiyut (toyjiut), apardiy, qo’ng’irot, makrit, mang’it, bahrin, qishliq, arg’un, tag’ochi, axtachi,

o’yrot, qiyot, qutchi (quchchi, qushchi), qozoq, turkman, uyg’ur, turk, tojik (tozik), Mo’g’ul, 110

yasovur, xazora, nekudar, arab, qora tatar, tatar kabi etnonimlar ko’p bor eslatilgan. Shuningdek,

manbalarda ba’zi o’rinlarda aholiga nisbatan joy nomini qo’llash hollari ham uchraydi. Masalan:

samarqandlik, xorazmlik va boshq. Forsiy manbalarda Movarounnahr aholisining asosi turku

tojik iborasi bilan eslatiladi. Bu nom ba’zi o’rinlarda faqat o’troq aholiga nisbatan qo’llangan

holatlar ham mavjud. Shuningdek, manbalarda turku tojik Mo’g’ulu tojik shaklida ham almashib

kelgan.[1] Muiniddin Natanziy amir Husaynning mag’lub etilishi voqealari bayonida “barcha

amirlar va qolgan Mo’g’ulu tozik amir Husayndan dilgir bo’ldi”, degan ma’lumotni keltiradi. Bu

yerda XIV asr 60-70 yillarida mintaqa harbiy-siyosiy hayotida muhim o’rin tutgan amirlar va

ularning qo’shini nazarda tutilmoqda. Unda qo’shindagi askarlar turkiy yoki Mo’g’ul etnik kelib

chiqishga ega bo’lishidan qat’iy nazar Mo’g’ul etnonimi bilan ifodalangan. Shuningdek,

manbalarda turk, tojik, Mo’g’ul etnonimlari alohida qo’llangan holatlar ham ko’p. Turk etnonimi

manbalarda keng va tor ma’nolarda keltirilgan. Tor ma’noda biror qabilaning etnik kelib

chiqishini ifodalasa, keng ma’noda xalqqa yoki qo’shinga nisbatan umumiy nom sifatida

qo’llangan. Tojiklar (tozik shaklida ham uchraydi) Movarounnahrning asosiy aholisi sifatida

mintaqaning turli hududlarida, jumladan Buxoro, Samarqandda turkiy aholi bilan yonma-yon

istiqomat qilgan.[2] Manbalar va tadqiqotlarda Amir Temur qo’shinining asosini turkiy va

Mo’g’ul xalqlari tashkil etgani, tojiklardan ham alohida bo’linmalar tuzilib, “Lashkari tojik” deb

nomlangani to’g’risida ma’lumotlar mavjud. Shuningdek, Amir Temurning tojiklardan maxsus

ayg’oqchilari bo’lgani va ular qo’shni davlatlardagi harbiy-siyosiy vaziyat xususida ma’lumot

berib turgani “Zafarnoma”da eslatiladi. Bu davrda Farg’ona, Toshkent va Xorazm aholisining

katta qismi sart deb atalgan. Sart etnik nom bo’lmay, muqim yashovchi aholining yig’indi nomi

bo’lgan.[3] V.V. Bartoldga ko’ra, sart atamasi tojik ma’nosini beradi. Ammo sartlarning bir

qismi kelib chiqishi turklashgan sug’diylar bo’lgan. O’rta Osiyodan sharqiy o’lkalarga savdo

uchun borganlar etnik mansubligidan qat’iy 111 nazar, sartlar deb atalgan. Mahmud Qoshg’ariy

sart atamasini “savdogar” ma’nosida izohlagan. Bobur fors-tojik tilida so’zlashuvchi xalqlar

sartlardir, deydi. Demak, sart atamasini bir xalqqa tegishli deb bo’lmaydi. Umumiy ma’noda sart


background image

JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 14, issue 02, 2025

ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431

www.wordlyknowledge.uz

ILMIY METODIK JURNAL

o’troq yashab, savdo-sotiq va hunarmandchilik bilan shug’ullangan tojik va turkiylarga nisbatan

qo’llangan.[4] Amir Temur istilo etgan mamlakatlardan, asosan, Old Osiyo mamlakatlaridan, bir

guruh aholini Movarounnahrga ko‘chirib keladi. Klavixoning so‘rab olgan maʼlumotlariga ko‘ra,

ko‘chirib kelinganlar soni yuz mingdan oshiqroq bo‘lgan (Klavixonnig Movarounnahrga

ko‘chirib kelinganlar haqidagi maʼlumotida ziddiyatlik mavjud: bir yerda ko‘chirib kelinganlar

soni yuz mingdan oshiq deyilsa, ikkinchi yerda ularning soni ikki yuz mingdan oshiq deb

ko‘rsatilgan). Ko‘chirib kelinganlar qatorida Klavixo arablarni, turklarni, armanlarni tilga oladi;

eronliklar ham oz bo‘lmagan, albatta. Ko‘chirib kelinganlar asosan hunarmand – kosiblar, olim –

fuzalolar va boshqalar bo‘lgan. Masalan, Damashqdan Amir Temur har xil ipakli matolarni

to‘qiydigan hunarmandlarni, zardo‘zlarni, quruvchi – muhandislarni, tosh yo‘nuvchilarni, otish

qurollarini yasaydigan ustalarni va shularga o‘xshash toifadagi hunarmandlarni ko‘chirib kelgan

edi.[5] XV asrda o‘tgan tarixchi Fasih Xavofiyning qayd qilishicha, Xorazmdagi quruvchilar va

hunarmand ustalar qatorida yurt oqsoqollari va bu yurtning nomdor kishilari ham ko‘chirilgan.

Shahrisabzda qad ko‘targan Oq Saroy Xorazmdan ko‘chirib kelingan ustalar ko‘li bilan qurilgan.

Ko‘chirib keltirilganlar asosan Samarqandga, uning atroflariga, hamda Zarafshon vohasining bir

qancha boshqa rayonlariga joylashtirilgan edi. Movarounnahr hududining etnik tarkibi har xil

bo‘lgan bo‘lsa hamki, Amir Temur ularni birlashtirdi, barcha aholini jalb qilib mamlakatning

iqtisodiy va madaniy taraqqiyotini rivojlantirdi, davlatning siyosiy mavqeini jahon darajasiga

ko‘tarishga erishdi.[6]

XULOSA:

Xulosa qilib aytish mumkinki, Temur va temuriylar davrida Movarounnahrda o’zbek

ajdodlarining asosini turg’un yashovchi turk tilli aholi tashkil qilgan. Mazkur hududda yashovchi

turk tilli aholining eron tilli aholi bilan asrlar davomida aralashib, qorishib kelishi jarayonida IX-

X asrlarda, keyinchalik o’zbek nomini olgan, alohida xalq (elat) shakllanadi. O’zbek elatining

tarkibiga ilk o’rta asrlardagi turk tilli qabilalar ham qirgan. Bular, Temur va uning vorislari

davrida ham qabila nomlarini va urug’-aymoqlarga bo‘linish tartibini saqlab qolish bilan birga,

xo’jaliklardagi va moddiy madaniyatlaridagi ayrim xususiyatlarini ham saqlab qolgan edilar.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:

1. Sharafiddin Ali Yazdiy. Zafarnoma. Toshkent, 1997.

2. Muiniddin Natanziy. Muntahab ut-tavorix. Toshkent, 2010.

3. Nizomiddin Shomiy. Zafarnoma. Toshkent, 1996.

4. Ibn Arabshoh. Amir Temur tarixi. I-II, Toshkent, 1994.

5. B. Ahmedov. Amir Temur. Toshkent, 1996.

6. Muhammadjonov A. Amir Temur saltanati. Toshkent, 1996.

Библиографические ссылки

Sharafiddin Ali Yazdiy. Zafarnoma. Toshkent, 1997.

Muiniddin Natanziy. Muntahab ut-tavorix. Toshkent, 2010.

Nizomiddin Shomiy. Zafarnoma. Toshkent, 1996.

Ibn Arabshoh. Amir Temur tarixi. I-II, Toshkent, 1994.

B. Ahmedov. Amir Temur. Toshkent, 1996.

Muhammadjonov A. Amir Temur saltanati. Toshkent, 1996.

Наиболее читаемые статьи этого автора (авторов)