Авторы

  • Yaxshiboyeva Gulbahor Oybek qizi
    p.f.f.d, (PhD) dot, “Xorijiy tillar” kafedrasi, Andijon davlat tibbiyot instituti.

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.iqro.68969

Ключевые слова:

CLIL metodi biologiya ximiya anatomiya tez tibbiy yordam Content and Language Integrated Learning Parameditsina yo’nalishi.

Аннотация

XXI asrda ta’lim tizimiga kirib kelgan yangicha tushunchalardan biri bu bilimlarning tez toʻplanishi, texnologiyalarning yangilanishi, tarmoqlar oʻrtasidagi chegaralarning yaqinlashishi natijasida uzluksiz ta’lim atamasi edi. Xalqarolashuv davrida tibbiyot sohasidagi ta’lim tizimida ham rivojlanish va o’zgarishlar ko’p uchramoqda.  Tibbiyot xodimlaridan, ayniqsa, talabalardan xalqaro toifadagi mutaxassislar bilan samarali muloqot qilish, ilmiy adabiyotlarni o'qish va tushunish, shuningdek, zamonaviy tibbiy texnologiyalarni o'zlashtirish uchun ingliz tilini bilish talab etiladi. Tadqiqotning ushbu qismida tibbiyot sohasida talabalarni tibbiy maqsadlarda ingliz tiliga o'qitishning pedagogik asoslari tahlil qilinadi.


background image

JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 14, issue 01, 2025

ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431

www.wordlyknowledge.uz

ILMIY METODIK JURNAL

Yaxshiboyeva Gulbahor Oybek qizi

p.f.f.d, (PhD) dot, “Xorijiy tillar” kafedrasi, Andijon davlat tibbiyot instituti.

(ORCID : 0000-0003-1022-2216)

UDK: 372.881.1

EMP YO’NALISHIDA INGLIZ TILINI O‘QITISHDA CLIL METODINING

AHAMIYATI

Annotatsiya:

XXI asrda ta’lim tizimiga kirib kelgan yangicha tushunchalardan biri bu

bilimlarning tez toʻplanishi, texnologiyalarning yangilanishi, tarmoqlar oʻrtasidagi

chegaralarning yaqinlashishi natijasida uzluksiz ta’lim atamasi edi. Xalqarolashuv davrida

tibbiyot sohasidagi ta’lim tizimida ham rivojlanish va o’zgarishlar ko’p uchramoqda. Tibbiyot

xodimlaridan, ayniqsa, talabalardan xalqaro toifadagi mutaxassislar bilan samarali muloqot qilish,

ilmiy adabiyotlarni o'qish va tushunish, shuningdek, zamonaviy tibbiy texnologiyalarni

o'zlashtirish uchun ingliz tilini bilish talab etiladi. Tadqiqotning ushbu qismida tibbiyot sohasida

talabalarni tibbiy maqsadlarda ingliz tiliga o'qitishning pedagogik asoslari tahlil qilinadi.

Kalit so’zlar:

CLIL metodi, biologiya, ximiya, anatomiya, tez tibbiy yordam, Content and

Language Integrated Learning,Parameditsina yo’nalishi.

Аннотация:

Одним из новых понятий, вошедших в систему образования в XXI веке, стал

термин «непрерывное образование» в результате быстрого накопления знаний,

обновления технологий и сближения границ между отраслями. В период

интернационализации в системе образования в области медицины происходит множество

событий и изменений. Медицинским работникам, особенно студентам, необходимо

знание английского языка для эффективного общения с международными экспертами,

чтения и понимания научной литературы, а также освоения современных медицинских

технологий. В данной части исследования анализируются педагогические основы

обучения студентов английскому языку для медицинских целей в сфере медицины.

Ключевые слова:

метод CLIL, биология, химия, анатомия, первая помощь,

интегрированное обучение по содержанию и языку, парамедицина.

Abstract:

One of the new concepts that entered the education system in the 21st century was the

term "lifelong education" as a result of the rapid accumulation of knowledge, updating of

technologies and convergence of boundaries between industries. During the period of

internationalization, many events and changes occur in the education system in the field of

medicine. Medical workers, especially students, need knowledge of English to effectively

communicate with international experts, read and understand scientific literature, and master

modern medical technologies. This part of the study analyzes the pedagogical foundations of

teaching students English for medical purposes in the field of medicine.

Key words:

CLIL method, biology, chemistry, anatomy, first aid, integrated learning in content

and language, paramedicine.

Ingliz tili mutaxassislari til o’rganish muhimliligi jihatdan axborot texnologiyalari va tibbiyot

singari ikki sohaga e'tibor qaratdi. IT tibbiyotga qaraganda nisbatan yangi soha va ingliz tili

ushbu sohaning butun rivojlanishi davomida asosiy til bo'lib kelgan. Tibbiyotda esa ingliz tili


background image

JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 14, issue 01, 2025

ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431

www.wordlyknowledge.uz

ILMIY METODIK JURNAL

XX asrning ikkinchi yarmida keng qo'llanila boshlandi. Hozirgi kunda O’zbekistonda tibbiyot

sohasida ingliz tilidagi nashrlar soni keskin oshdi va Scopusda indekslangan barcha jurnallarning

80% ingliz tilida nashr etiladi. [http://www.researchtrends.com/issue- 31 November-2012/the-

language-of-future-scientific-communication/. Accessed: 20-09-2014.]. Ingliz tili tibbiyot

sohasida aynan zamonaviy yangi sohalaridan biri bo’lgan parameditsina yo’nalishida olib

borilayotgan ko'plab xalqaro konferentsiyalar va xalqaro toifadagi milliy jurnallarning rasmiy tili

hamdir.

Tibbiy maqsadlarda ingliz tilini o‘qitish, shu jumladan, fanlararo bog‘liqlik (interdisciplinary

connection) va CLIL (Content and Language Integrated Learning) metodlari, hozirgi kunda

tibbiyot sohasida muhim o‘rin egallamoqda. Bu metodlarning ahamiyati va samaradorligi

kelajakdagi shifokorlik kasnb=bini egallamoqchi bo’lgan talabalarning ingliz tilini o‘rganish

jarayonini yanada samarali va amaliy qilishga yordam beradi. Почему врачам надо учить

английский

[URL:

https://www.geniusenglish.ru/kakie-

preimushhestva-daet-znanie-

anglijskogoyazyka/. Ushbu metodlar nafaqat til o‘rgatish, balki parameditsina yo’nalishida tahsil

olayotga talabalarga o‘rgatilayotgan sohaning mazmuni va amaliyoti haqida chuqur tushuncha

berish imkoniyatini yaratadi.

Fanlararo bog‘liqlik, ya'ni bir nechta fanlarni integratsiyalash, ingliz tilini o‘rgatishda juda

muhim metodologik yondashuvdir. Tibbiyotga oid kontentni ingliz tilida o‘rganish, talabalar

uchun tilni o‘rganishning amaliy va real kontekstini taqdim etadi. Masalan, tibbiy atamalarni

o‘rganish faqatgina lingvistik o‘rganishdan iborat bo‘lmay, balki ularning qanday ishlatilishini,

qanday diagnostik va terapevtik jarayonlarga aloqadorligini tushunishga yordam beradi.

Tibbiyotdagi o‘quv materiallarini ingliz tilida o‘rganish, talabalarga bu tilni nafaqat nazariy,

balki amaliy jihatdan ham egallash imkonini beradi. Bu yondashuv talabalarni yangi lug‘at va

grammatik tuzilmalarni o‘rganishga yordam beradi, shu bilan birga tibbiyot fanidagi bilimlarni

chuqurroq o‘zlashtirishga olib keladi. Parameditsina yo’nalishida tahsil olayotgan talabalarga

ingliz tili o’qitishda 3 ta muhum tamoyilni olish mumkin.

1. Tibbiy ingliz tilini o‘qitishda fanlararo bog‘liqlik yordamida talabalarga real hayotiy tibbiy

vaziyatlarni tushunishga yordam beradi. Masalan, fiziologiya, anatomiya, psixologiya,

biotexnologiya, favqulotda vaziyatda qutqaruv va boshqa sohalarning o‘zaro aloqalarini

o‘rganish orqali, talabalar nafaqat ingliz tilini o‘rganadilar, balki ularni amaliy tibbiy kontekstda

qo‘llashni ham o‘rganadilar.

2. Fanlararo yondashuv, ingliz tilini o'qitishda tibbiyotning turli sohalarini birlashtirish orqali,

talabalarga tibbiy terminologiyaning chuqur tushunchasini shakllantirishga yordam beradi.

Masalan, anatomiya va fiziologiya fanlarini ingliz tilida o'rgatish orqali talabalar tibbiy

terminlarni o'zlashtirish bilan birga, ilmiy tadqiqotlarni ham ona tilida, ham ingliz tilida

tushunish va muhokama qilish qobiliyatlarini rivojlantiradilar.

3. Fanlararo yondashuv tibbiyot sohasidagi mutaxassislar uchun muhim bo'lgan yangi

ko'nikmalarni, xususan, ilmiy munozaralar olib borish, tibbiy maqolalarni tahlil qilish va

bemorlar bilan samarali muloqot qilish ko'nikmalarini rivojlantirishga yordam beradi. Bu esa,

ingliz tilini o'rgatish samaradorligini oshiradi.

Parameditsina sohasida tibbiy ingliz tilini o'qitishda fanlararo yondashuvni quyidagi usullar

orqali amalga oshirish mumkin: avvalo, tibbiy maqolalar, kasallik tarixi, tibbiy xulosalari va

bemorlar bilan muloqotda ishlatiladigan terminlarni o'rganish orqali sohaning nazariy bilimlarini

mustahkamlash. Ingliz tili darslari davomida o’rganilgan bilimlarni amaliyotda qo’llashga urg’u

berish, ya'ni bemorlar bilan muloqot, test natijalarini tahlil qilish va tibbiy muhokamada ingliz

tilini qo’llash ko’nikmalarini rivojlantiriladi. Asosiysi, tibbiy kontekstda muammolarni hal qilish


background image

JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 14, issue 01, 2025

ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431

www.wordlyknowledge.uz

ILMIY METODIK JURNAL

va ilmiy tadqiqotlarni tahlil qilish jarayonida tanqidiy fikrlash va mustaqil fikrlash qobiliyatlarini

rivojlantirish orqali fanlararo bog’liqlikni mustahkamlanadi.

Parameditsina yo’nalishida ingliz tilini o'qitishda samarali natijalarga erishish uchun turli xil

pedagogik usullar qo'llaniladi. Bular orasida real hayot vaziyatlariga asoslangan muloqot

mashqlari, rol o’ynash va guruhdagi ishlar orqali tilni amalda qo'llashga yo’naltirilgan

kommunikativ yondashuv muhim o’rin tutadi. Bundan tashqari, tibbiy hisobotlar yozish, bemor

tarixini tuzish yoki ma’ruza tayyorlash kabi aniq vazifalarni bajarish jarayonida tilni o’rganishga

qaratilgan vazifaga asoslangan o'qitish ham keng qo’llaniladi. Tibbiy mavzularni ingliz tilida

o’tish orqali tilni va tibbiy bilimlarni bir vaqtda o'zlashtirish imkonini beruvchi CLIL (Content

and Language Integrated Learning) usuli ham samarali hisoblanadi. Har bir talabaning ingliz tili

o’rganish uslubi va extiyojlarini hisobga oladigan differensial o'qitish yondashuvi ham muhim

ahamiyatga ega. Nihoyat, multimedia materiallar, onlayn ma’lumotlar va tibbiy simulyatsiyalar

kabi zamonaviy texnologiyalar o’qitish jarayonini yanada qiziqarli va samarali qilish imkonini

beradi.

Bugungi kunda CLIL (Content and Language Integrated Learning) metodining tibbiyot

ta'limidagi samaradorligi tilshunoslar tomonidan turli jihatlardan ijobiy baholanmoqda. Tibbiyot

sohasida tahsil olayotga talabalarga ingliz tilini o’qitishda CLILning asosiy ustunliklari

quyidagilar: birinchidan, tilning amaliy qo'llanilishiga urg'u berilishi, ya'ni talabalar tibbiy

terminologiyani amalda o'rganib, o'z mutaxassisliklariga bog'liq real vaziyatlarda qo'llashlari;

ikkinchidan, til va tibbiy kontentning mukammal integratsiyasi, bu esa talabalarga tibbiy

bilimlarni ingliz tilida o'rganish imkoniyatini beradi; uchinchidan, CLILning kognitiv

rivojlanishga ijobiy ta'siri – chuqurroq fikrlash, tahlil qilish va muammolarni hal qilish

ko'nikmalarini rivojlantiradi; to'rtinchidan, lingvistik va madaniy to'siqlarni bartaraf etishda

yordam beradi va o'quv jarayoniga ijobiy motivatsiya qo'shadi. Ammo, CLILning samarali

qo'llanilishi uchun onlayn kurslar, qo'llanmalar va boshqa didaktik materiallar kabi sifatli

resurslarning mavjudligi muhim ahamiyatga ega.

Tibbiyot sohasida ingliz tilini o'qitishning pedagogik asoslari, umumiy ingliz tilini o'qitishdan

farq qilib, maxsus sohaviy bilim va ko'nikmalarni talab qiladi. Bu yerda pedagogning til

o'rgatishdan maqsadi shunchaki ingliz tilini o’rgatish emas, balki talabalarda ingliz tilini tibbiy

amaliyotda samarali qo'llash qobiliyatini shakllantirishdir. Aynan tibbiyot sohasida

paramediklarga ingliz tili o’rgatishda quyidagicha yondashish mumkin:

Ingliz tili darslarini boshlashdan oldin va ularga o’quv material tanlash davomida pedagog

aniq maqsadlarni belgilashi lozim: O'qitishning maqsadi aniq va qisqa muddatga moslashtirilgan

bo'lishi kerak. Masalan, ingliz tili darsi davomida olgan bilimlarini yordamida talabalar tibbiy

adabiyotni o'qish, tibbiy hisobotlar yozish, bemorlar bilan muloqot qilish, xalqaro

konferentsiyalarda ishtirok etish va boshqa tibbiy mutaxassislar bilan ingliz tilida muloqot qilish

qobiliyatlarini rivojlantirishlari kerak.

Parameditsina yo’nalishida tahsil olayotgan talabalarni ingliz tili darajasi va ehtiyojlarini

to’g’ri baholash ham zarurdir. Talabalarning ingliz tili darajasini aniqlash uchun diagnostik

testlar, suhbatlar va anketalardan foydalanish mumkin.

Aynan parameditsina sohasida tahsil olayotgan talabalarga ingliz tilini o’rgatish maqsadida

ishlab chiqilgan o’quv rejasiga alohida ahamiyat berish kerak. Bu orqali parameditsina sohasida

tahsil olayotgan talabalarning ehtiyojlariga va ularning til darajasiga moslashtiriladi.

Parameditsina yo’nalishidagi o’quv reja tibbiy terminologiya, grammatika, so'z boyligi, o'qish,

yozish, tinglash va gapirish ko'nikmalarini qamrab olishi kerak.

Fanlararo bog‘liqlik (CLIL, Content and Language Integrated Learning) metodini ingliz tilini

o‘rgatish jarayonida qo‘llash, talabalarga tilni o‘rganish bilan birga, akademik yoki mavzuga oid


background image

JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 14, issue 01, 2025

ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431

www.wordlyknowledge.uz

ILMIY METODIK JURNAL

bilimlarni ham o‘zlashtirish imkonini beradi. CLIL metodini tibbiyot sohasida ingliz tilini

o‘rgatishda qanday amalga oshirish mumkinligi haqida ushbu jadvalda ko’rish mumkin.

Til va sohaviy mazmunni birlashtirish

CLIL metodining asosiy tamoyili tilni

o‘rganish jarayonini boshqa mutaxassislik

fanlar (biologiya, ximiya, anatomiya, tez tibbiy

yordam va boshqalar) bilan integratsiyalashdir.

Masalan, parameditsina yo’nalishida ingliz

tilini o‘rgatishda anatomiya yoki fiziologiya

fanlari orqali mavzularni o‘rganish mumkin.

Talabalar ingliz tilida tibbiy terminlar va

iboralarni o‘rganish bilan birga, tibbiy

bilimlarni ham chuqurlashtiradilar.

Ko‘nikmalarni rivojlantirish

Ingliz tilini o‘rganishda CLIL metodini

qo‘llash, nafaqat til o‘rgatish, balki talabada

ingliz tilida matnni o‘qish, tinglash, yozish va

gapirish kabi til ko‘nikmalarini rivojlantirishga

ham imkon beradi. Shu bilan birga, fanni turli

tildagi adabiyotlar yordamida o‘rganish uchun

zarur bo‘lgan tahlil qilish, muammo yechish va

sintez qilish kabi ko‘nikmalarni ham oshiradi.

Motivatsiya va qiziqish

Fanlararo bog‘liqlik metodining eng katta

afzalliklaridan biri, parameditsina yo’nalishida

tahsil olayotgan talabalarga ingliz tilini

o‘rganish jarayonini hayotiy, amaliy va

qiziqarli qilishdir. Talabalar ingliz tilini

o‘rganishni nafaqat dars jarayonida balki turli

fanlarda, real hayotda ham qo‘llashlari

mumkin, bu esa sohaviy motivatsiyani

oshiradi.

Kross-kultural o‘rganish

CLIL metodi umumiy ingliz tilini o‘rgatishda

qo‘llash talabalarga faqat ingliz tilini

o‘rganishni emas, balki turli madaniyatlarni

ham tushunish imkoniyatini beradi. Masalan,

ingliz tilidagi tarixiy mavzularni o‘rganish

orqali, talabalar ingliz tilining madaniy

kontekstini ham o‘rganadilar, bu esa tilni

chuqurroq anglashga yordam beradi.

Dars

jarayonida

innovatsion

yondashuvlar

CLIL

metodini

qo‘llashda

pedagoglar

innovatsion

yondashuvlarni,

interfaol

metodlarni

va

texnologiyalarni

faol

ishlatishlari

mumkin.

Masalan,

parameditsinaga dars o’tish jarayonida ingliz

tilidagi video materiallar, onlayn resurslar va

turli tibbiyot sohasiga oid o‘yinlarni qo‘llash

orqali talabalarni faollashtirishi mumkin.


background image

JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 14, issue 01, 2025

ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431

www.wordlyknowledge.uz

ILMIY METODIK JURNAL

Til o‘rganishning kontekstual yondashuvi

Parameditsina sohasida CLIL metodida til

o‘rganish kontekstual ravishda, ya'ni real

hayotdagi vaziyatlar asosida amalga oshiriladi.

Talabalar ingliz tilini faqat grammatika va

lug‘at o‘rganish sifatida emas, balki uni o‘zaro

aloqada va muloqotda ishlatish imkoniyatiga

ega bo‘ladilar.

Kognitiv va akademik rivojlanish

Parameditsina

sohasida

ingliz

tiliga

yondashuvda CLIL metodining yana bir

muhim afzalligi shundaki, u talabalarga

o‘zlarining kognitiv (ongli) va akademik

rivojlanishini oshirishga yordam beradi. Ingliz

tilini o‘rganish jarayonida, talaba mavzu bilan

tanishib, yangi bilimlarni qabul qilishi,

shuningdek, xalqaro bilimlarga tayangan holda

yuqori darajadagi fikrlash va muammolarni hal

qilish ko‘nikmalarini rivojlantiradi.

Yuqoridagilardan kelib chiqib aytish mumkinki CLIL metodi yordamida parameditsina

yo’nalishi talabalariga sohaviy ingliz tilini o’rgatish har tomonlama pedagog kadr uchun ham

bo’lg’usi paramedik uchun ham ahamiyatlidir.
Xulosa: Tibbiy maqsadlarda ingliz tilini o‘rgatishda fanlararo bog‘liqlik va CLIL metodlarining

ahamiyati juda katta. Ular tibbiyot talabalari uchun ingliz tilini o‘rganishni faqatgina til o‘rganish

jarayoni emas, balki amaliy, ijodiy va ilmiy yondashuvlarni o‘z ichiga olgan kompleks jarayonga

aylantiradi. Bu metodlar talabalarni faqat tibbiy atamalarni o‘rganish bilan cheklanmay, balki

ularni real hayotdagi vaziyatlarda qo‘llashga tayyorlaydi, bu esa ularni xalqaro tibbiyot

hamjamiyatiga muvaffaqiyatli kirishiga yordam beradi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati:

1. Афанасьев В.Г. Системность и общество. М. : Политиздат, 1980. 368 с.

2. Булаева С.В., Исаева О.Н. Система мирового образования: современные тенденции

развития : монография. Рязань : Ряз. гос. ун-т им. С.А. Есенина, 2012. 128 с.

3. Салми Дж. Создание университетов мирового класса : пер. с англ. М. : Весь Мир, 2009.

132 с.

4. Чистохвалов В.Н. Современная образовательная политика России : учеб. пособие. М. :

РУДН, 2008. 246 с.

5. Кузьминов Я., Фрумин И., Овчарова Л. Двенадцать решений для нового образования :

доклад Центра стратегических разработок и высшей школы экономики. М. : ЦСР, НИУ

«ВШЭ», 2018. 106 с. Глобализация, интернационализация и интеграция в области

образования как факторы формирования мировой образовательной системы

6. Глосикова О. Онтологическая сущность коэволюции социокультурной реальности и

природы : монография. Минск : Технопринт, 2004. 190 с.

7. Молевич Е.Ф. Введение в социальную глобалистику : учеб. пособие. Самара : Бахрах-М,

2007. 160 с.


background image

JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 14, issue 01, 2025

ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431

www.wordlyknowledge.uz

ILMIY METODIK JURNAL

8. Лопухова Ю.В. Толерантность в контексте глобализации // Известия Самарского

научного центра Российской академии наук. Т. 11, №4(4). Самара : СамНЦ РАН, 2009. С.

862–867.

9. Бадарч Д., Сазонов Б.А. Актуальные вопросы интернациональной гармонизации

образовательных систем : монография. М. : Бюро ЮНЕСКО в Москве ; ТЕИС, 2007. 190 с.

10. Кузовенкова К.О. Теоретические аспекты проблемы интернационализации высшего

образования в современном мире // Самарский научный вестник. Т. 7, № 2 (23). Самара :

СГСПУ, 2018. С. 252–256.

11. Мансурова С.Е. Общенаучный феномен интеграции в современном образовании //

История и педагогика естествознания. № 3. М. : Обракадемнаука, 2014. С. 16–20.

12. Фейдл Ч., Бялик М., Триллинг Б. Четырехмерное образование. М. : Сколково, 2015.

210 с

Библиографические ссылки

Афанасьев В.Г. Системность и общество. М. : Политиздат, 1980. 368 с.

Булаева С.В., Исаева О.Н. Система мирового образования: современные тенденции развития : монография. Рязань : Ряз. гос. ун-т им. С.А. Есенина, 2012. 128 с.

Салми Дж. Создание университетов мирового класса : пер. с англ. М. : Весь Мир, 2009. 132 с.

Чистохвалов В.Н. Современная образовательная политика России : учеб. пособие. М. : РУДН, 2008. 246 с.

Кузьминов Я., Фрумин И., Овчарова Л. Двенадцать решений для нового образования : доклад Центра стратегических разработок и высшей школы экономики. М. : ЦСР, НИУ «ВШЭ», 2018. 106 с. Глобализация, интернационализация и интеграция в области образования как факторы формирования мировой образовательной системы

Глосикова О. Онтологическая сущность коэволюции социокультурной реальности и природы : монография. Минск : Технопринт, 2004. 190 с.

Молевич Е.Ф. Введение в социальную глобалистику : учеб. пособие. Самара : Бахрах-М, 2007. 160 с.

Лопухова Ю.В. Толерантность в контексте глобализации // Известия Самарского научного центра Российской академии наук. Т. 11, №4(4). Самара : СамНЦ РАН, 2009. С. 862–867.

Бадарч Д., Сазонов Б.А. Актуальные вопросы интернациональной гармонизации образовательных систем : монография. М. : Бюро ЮНЕСКО в Москве ; ТЕИС, 2007. 190 с.

Кузовенкова К.О. Теоретические аспекты проблемы интернационализации высшего образования в современном мире // Самарский научный вестник. Т. 7, № 2 (23). Самара : СГСПУ, 2018. С. 252–256.

Мансурова С.Е. Общенаучный феномен интеграции в современном образовании // История и педагогика естествознания. № 3. М. : Обракадемнаука, 2014. С. 16–20.

Фейдл Ч., Бялик М., Триллинг Б. Четырехмерное образование. М. : Сколково, 2015. 210 с