Авторы

  • Kozimova Nigora Abduqahorovna
    Osiyo хalqaro universiteti o`qituvchisi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.iqro.76426

Ключевые слова:

Hissiy zo’riqish fenomeni psixodinamik yondashuv sotsiologik yondashuv kognitiv yondashuv interaksionistik yondashuv ekzistensial yondashuv.

Аннотация

Ushbu maqolada oliy talimda tahsil oladigan 1-kurs talabalarining o‘quv faoliyatidagi moslashuv jarayonidagi hissiy zo’riqish holatlari hamda buning oqibatida turli-tuman vaziyatlarga duch kelishlari haqida fikr yuritilgan. Shuningdek, talabalardagi yolg‘izlik holatlari bo‘yicha chet ellik olimlarning qilgan tadqiqot ishlaridan ma`lumotlar keltirilgan. 

 


background image

JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 14, issue 02, 2025

ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431

www.wordlyknowledge.uz

ILMIY METODIK JURNAL

Kozimova Nigora Abduqahorovna

Osiyo хalqaro universiteti o`qituvchisi

TA’LIM TIZIMIDAGI DOLZARB MUAMMOLAR OLIY TA’LIMDA TAHSIL

OLADIGAN 1-KURS TALABALARINING O‘QUV FAOLIYATIDAGI HISSIY

ZO’RIQISH XUSUSIYATLARI

Anotatsiya:

Ushbu maqolada oliy talimda tahsil oladigan 1-kurs talabalarining o‘quv

faoliyatidagi moslashuv jarayonidagi hissiy zo’riqish holatlari hamda buning oqibatida turli-

tuman vaziyatlarga duch kelishlari haqida fikr yuritilgan. Shuningdek, talabalardagi yolg‘izlik

holatlari bo‘yicha chet ellik olimlarning qilgan tadqiqot ishlaridan ma`lumotlar keltirilgan.

Kalit so‘zlar:

Hissiy zo’riqish fenomeni, psixodinamik yondashuv, sotsiologik yondashuv,

kognitiv yondashuv, interaksionistik yondashuv, ekzistensial yondashuv

.

Kirish.

Hozirgi kunda jamiyatimizda insonlarning tafakkuri va hayotga munosabati

o‘zgarmoqda. O‘tmish qoldiqlaridan voz kechgan jamiyatimiz a’zolari hayotida o‘z o‘rnini

yangicha ishonch ortib bormoqda. Kishilarmiz ongida demokratik qadriyatlar eng muhim yutuq

bu aholining shu jumladan yoshlarning faolligi oshayotgani, hayotimizni isloh etish va yangilash

zarurligiga, mamlakatimizning kelajagiga bo‘lgan qat’iy ishonchdir.

Ma’lumki, shaxs kamolga yetib borar ekan, unga atrofdagi tashqi muhit, shaxslararo

munosabatlar, ta’lim olayotgan muassasasi hamda oilaviy muhit tizimli ravishda ta’sir ko‘rsatadi.

Shu bois shaxs hayotida ijobiy tomonlar bilan bir qatorda salbiy jihatlar ham farqlanadi. Bu esa

o‘z-o‘zidan shaxsda emotsional holatlarda zo‘riqish, xavotirlanishni yuzaga kelishiga olib keladi

va shaxsning kamolga yetishiga to‘sqinlik qilib yol-izlikka mahkum qiladi.

Zamonaviy talaba o‘zining rivojlanish tendensiyalari va mazmuni jihatdan murakkab olamda

yashaydi. Talabalarning ruhiy holati har doim maktab psixologlari, o‘qituvchilari, ota-onalarning

diqqat-e’tiborida bo‘lgan. Ruhiy tushkunlik holatidagi bolalarda stress holatiga kuchli reaksiya

holati kuzatilib, ular nihoyatda emotsinal hamda hama narsani ko‘ngliga yaqin oladilar, oqibatda

ularning yolg‘izlik holatiga zaifligi kuchayib boradi. Bolaning og‘ir depressiv holati uning

shaxsiyatini keskin o‘zgartirib yuborishi mumkin.

G‘arbda talabalardagi yolg‘izlik shaxs bo‘lib yetishishning alohida sharti deb qabul qilingan.

Sharqda esa yolg‘izlik, tanholik, o‘z ma’naviy dunyosini boyitish tushunchasi bilan bog‘liq.

Shunday qilib, yolg‘izlik shaxsning rivojlanishi, yetuk inson bo‘lib yetishishida zaruriy

shartlardan biri bo‘lib qoldi.

Adabiyotlar tahlili.

Freydning shogirdi va izdoshi K. Xorni asabiy shaxslarni toifalashni

tavsiflash natijasida ularning har birida ko‘ngilchan, o‘zini chetga olgan, agressiv xarakterlarda

ifodalanadigan yolg‘izlik hissiga izoh beradi. Talabalardagi yolg‘izlikni tushuntirishda

psixodinamik yondashuv namoyandalaridan D.Zilburg, G. Sallivan, F. Fromm-Reyxman, Barton,

Ferrera, Rubens, Lidermanlar o‘z izlanish-larida diqqat-e’tiborni shaxsiy xarakter xislatlarining

qay biri yolg‘izlik hissini kechirishga olib kelishini aniqlashga qaratganlar. Ular qisman yoki

umuman tashqi omillarni e’tibordan chetda qoldirganlar.

1938 yilda D.Zilburg birinchi marta talabalardagi yolg‘izlikning psixologik tahlilini ilmiy

asoslab berishga hamda “yolg‘izlik” va “yakkalanish” tushunchalarining o‘rtasidagi farqni ochib


background image

JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 14, issue 02, 2025

ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431

www.wordlyknowledge.uz

ILMIY METODIK JURNAL

berishga urindi. Bunda u “yolg‘izlik” tushunchasini kimsasizlik sifatida, “tanholik”ni esa

kayfiyatga bog‘liq ravishda yuzaga keladigan me’yoriy holat deb talqin qiladi. D.Zilburgning

fikricha, “tanholik” insonning aniq bir shaxs bilan muloqotga ehtiyoj sezishi natijasida vujudga

keladi. “Yolg‘izlik” esa aksincha doimiylik ko‘rinishiga xos bo‘lib, yengib bo‘lmas hissiyot

hisoblanadi.

Talabalardagi yolg‘izlik hissiga oid konseptual asoslar Frida Fromm-Reyxmanning fikrlarida

batafsil bayon qilingan. Uning talabalardagi yolg‘izlik hissiga oid qarashlari ruhiy kasallarni

klinik tadqiq qilish natijasida ishlab chiqilgan. Shu sababli muallif yolg‘izlikni ikki tomonlama

tushunishni ilgari suradi. Bunda yolg‘izlik, bir tomondan, ruhiy ojiz insonlarni “hissiy

falajlangan va yordamga muhtoj odamlarga aylantirishi” va ikkinchi tomondan, sog‘lom

insonlardagi konstruktiv yolg‘izlik hissini farqlaydi. Ruhan ojiz insonlarni yolg‘izlik ahloqsiz

odamga aylantiradiki, bu uning ruhiy buzilishiga olib kelishi muqarrar. Olimaning ta’kidlashicha,

yolg‘izlikning shakllanishiga ona mehridan mahrum bo‘lish holati ham ta’sir ko‘rsatadi. Shu

o‘rinda Frida Fromm-Reyxman yolg‘izlik muammosini to‘lig‘icha o‘rganish murakkab hodisa

ekanligini uqtiradi.

R.Sleyter talabalardagi yolg‘izlikning manbai shaxsiy individualizm, ya’ni shaxsiyat-parastlik,

deb hisoblaydi. Har bir inson birga bo‘lishga va muloqot qilishga intiladi. Lekin “Har kim

o‘zi uchun” degan nuqtai nazarning mavjudligi natijasida muloqotga ehtiyoj qoniqarsiz tus oladi.

Olimning fikricha, mana shu holat talabalarda yolg‘izlanishga olib keladi.

Kognitiv yondashuvga ko‘ra inson o‘z yolg‘izligini nafaqat his qilishi, balki ongli tarzda

anglashi lozim. Kognitivistlar talabalardagi yolg‘izlikning vujudga kelish sabablarini yoritishda

keng yondashuvga asoslanadilar. Ular bunda shaxs taraqqiyotidagi o‘tmish va hozirgi kun

tajribalarining ta’sirini e’tibordan chetda qoldirmaydilar.

Kognitiv yondashuvning yirik namoyandalari amerikalik ijtimoiy psixologlar Enn Peplo va

Deniyel Perlmanlardir. Ular empirik tadqiqotlar orqali talabalardagi yolg‘izlik kechinmasi va

o‘z-o‘zini past baholash o‘rtasidagi aloqani ochib berganlar. Talabalardagi yolg‘izlikni

tushuntirishda E.Peplo “Attributsiya” (ya’ni o‘ziga xos xususiyat, belgi, alomat) nazariyasini

ilgari surgan. Agar individ o‘zini “yolg‘iz insonman” degan aniq atributsiyaga yo‘naltirsa,

undagi yolg‘izlik hissi ko‘payadi va mustahkamlanadi. Boshqacha qilib aytganda, shaxsiy

yolg‘izligini anglash va yolg‘izlikka oid ichki kechinmalarni faollashtirish (samoatributsiya –

o‘z-o‘zida belgilarni shakllantirish) inson hayotida mazkur hodisaning mavjudligiga olib keladi.

Shaxsning hayotiy olami quyidagi to‘rtta ekzistensional imkoniyatlarni ro‘yobga chiqarishga

yo‘-naltirilgan:

1) Individ taqdirining noyobligi, tug‘ma “Men”ni dolzarblashtirish;

2) Insonga o‘zining mavjud ekanligini aniqlash va kechinmalarini sharhlashda foydalaniladigan

qadriyat va g‘oyalardan iborat an’ana va madaniyat;

3) Boshqa kishilar bilan munosabatlarni tashkil etish, guruhlarga kirish va rollarni bajarish bilan

bog‘liq individning ijtimoiy muhiti;

4) Kishining boshqalar bilan “Men-sen” munosabatlarini o‘rnatishi. Boshqalarni idrok etish.

Talabalardagi yolg‘izlik hissi shaxsning o‘zaro munosabatlariga aloqador sub’ektiv

standartlarning o‘zgarishi bilan kuchayishi yoki susayishi mumkin. O‘zaro munosabatlarning

sub’ektiv standartlari ikki xil usul bilan shakllanadi.


background image

JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 14, issue 02, 2025

ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431

www.wordlyknowledge.uz

ILMIY METODIK JURNAL

Birinchidan, o‘tgan tajriba bizda qoniqish va baxtiyorlik hissini vujudga keltiradigan o‘zaro

ta’sirlar haqidagi tasavvurni shakllantiradi. Ijtimoiy munosabatlar mazkur umumiy standartlar

bilan taqqoslanadi, agar ijtimoiy hayot avvalgidan yomon bo‘lsa o‘zini baxtsiz his qiladi.

Ikkinchidan, ijtimoiy o‘zaro munosabatlarni taqqoslash o‘ziga-o‘zi baho berishga ham ta’sir

ko‘rsatadi. O‘zaro munosabatlarning ijtimoiy shaxsiy standartlari qat’iy belgilangan emas, vaqt

o‘tishi bilan o‘zgarib boradi.

Bu o‘zgarishlar ko‘plab omillar ta’sirida ro‘y beradi.

A) kishining yoshiga bog‘liq tarzda ijtimoiy o‘zaro munosabatlarga bo‘lgan shaxs ehtiyojlari

o‘zgaradi. G. Shixining fikricha, kasbiy faoliyatda tezda yuqori cho‘qqilarni zabt etganlar

hayotining o‘rtalariga borib bo‘shashishi, yangi do‘st va tanishuv aloqalariga ehtiyoj sezishi

mumkin.

B) o‘zini-o‘zi anglashning yuqori darajasi-ga ega insonlar guruhida muloqotda bo‘lgan kishilarda

asta-sekin o‘zining ijtimoiy mu-nosabatlarini yuqori baholashi va o‘z oldiga yangi maqsadlar

qo‘yishiga undashi mumkin.

S) moslashuv jarayoni ham shaxsning ijtimoiy o‘zaro munosabatlar namunasining ta’sirini

oshirishi mumkin. Hayoti mazmunli va samarali kechgan inson o‘zaro munosabatlardan yuqori

darajadagi qoniqishni kutadi.

Yolg‘izlik va depressiya

bir-biri bilan uzviy bog‘liqdir. Yolg‘izlikning fazoviy o‘lchovi ancha

murakkab bo‘lib, o‘zini-o‘zi idrok qilishning 3 ta shaklini ifodalash maqsadida qo‘llaniladi:

1) o‘zini yaxlit reallik − fazo va tabiatnining bir qismi deb idrok qilish;

2) o‘zini hayotni ilohiy va sirli sohalariga aloqadorligini anglash;

3) o‘z taqdirining noyobligiga yoki buyuk tarixiy maqsadlarga aloqador ekanligiga ishonch.

Mazkur jihatlarning hech bo‘lmaganda bittasi mavjud bo‘lsa ham fazoviy yolg‘izlik namoyon

bo‘lishi mumkin.

Madaniy yolg‘izlik kichik guruhlarda ham namoyon bo‘lishi mumkin. Inson o‘zining madaniy

qadriyatlariga umumqabul qilingan madaniyatni mos kelmasligini anglaganda ro‘y beradi.

Yolg‘izlikning bu tipi juda katta ijtimoiy o‘zgarishlar ro‘y berayotgan jamiyat uchun

xosdir.talabalardagi yolg‘izlik holatlari quyidagi jarayonlarda namoyon bo‘ladi:

Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak “Talabalarda ijtimoiy-psixologik yolg‘izlik tuyg‘usining

namoyon bo‘lishi” natijasida quyidagi xulosalarni berish mumkin:

- Shaxsdagi yolg‘izlik holati xavotirlanish va depressiya hamda hissiy zo‘riqish holatlari bilan

bog‘liq bo‘lishi;

- Talabalardagi emotsionallik ularda yolg‘izlikni yuzaga keltiruvchi omillardan sanalishi;

- Talabalarda o‘quv faoliyati va kundalik tashvishlarni ko‘payishi ularda depressiya holatlarini

keltirib chiqarishi;


background image

JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 14, issue 02, 2025

ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431

www.wordlyknowledge.uz

ILMIY METODIK JURNAL

-Talabalarda yuzaga keladigan kattalik hissi, mustaqillikka erishish tom ma’noda hissiy-

emotsional zo‘riqishlarni keltirib chiqaradi;

- Talabalar o‘quv faoliyatidan qoniqmaslik, berilgan topshiriqlarni o‘z vaqtida bajarmaslik,

o‘quv topshiriqlarini me’yoridan ortib ketishi ularda depressiyani va undan keyin yolg‘izlik

holatlarini keltirib chiqaradi;

Yolg‘izlik jamiyatning barcha ijtimoiy tizimlariga xos bo‘lgan ko‘p qirrali hodisa

bo‘lib, ekzistensial, fenomenologik, shaxsiy va ijtimoiy tomonlarini o‘zida aks ettiradi.

Uni tahlil qilishning murakkabligi ushbu hodisaning ikkilik labilligi bilan belgilanadi.

Ya’ni, inson borlig‘ining qarama-qarshiliklarga to‘la individual va ijtimoiy qobig‘i

ham yolg‘izlik hodisasi refleksi tufayli yuzaga keladi.

Talabalardagi ruhiy zo‘riqish kayfiyati natijasida xulqning buzilishi, bizda ruhiy zo‘riqish

holatining delinkvent varianti sifatida ajratib ko‘rsatiluvchi holatga muvofiq keladi. Ruhiy

zo‘riqishga duchor bo‘lgan talabalar doimiy ravishda yomon kayfiyatda yuradilar, yig‘loqi

bo‘ladilar, atrof-muhit bilan ta’sirlashganda xafalikni namoyon qiladilar, yoshligidanoq badjahl

va noijtimoiy harakatlarga moyil bo‘ladilar. Shuningdek, talaba yoshidagi bolalarda ruhiy

zo‘riqish holatlarining nisbatan tipik holatlarining namoyon bo‘lishi ham ko‘zga tashlanadi.

Talabalar bunday paytda lanj, so‘lg‘in bo‘ladilar, atrofda sodir bo‘layotgan voqealarga hech

qanday munosabat bildirmagan holda o‘z o‘rinlarida jim yotadilar, sababini tushuntira olmagan

holda vaqti-vaqti bilan yig‘laydilar. Uyqu va uyg‘oqlik holatlarining vaqti o‘zgarib qoladi,

ishtahasi yo‘qoladi, tana og‘irligi borgan sayin kamayib boradi, ayrim holatlarda alimentar

distrofiya rivojlana boshlaydi.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Kozimova, N. A. (2023). BUGUNGI TA’LIM TIZIMIDA ZAMONAVIY O‘QUVCHI

SHAXSINING IJTIMOIY VA PSIXOLOGIK JIHATLARI.

Educational Research in Universal

Sciences

,

2

(10), 44-46.V

2. Abduqahhorovna, N. K. (2023). PSIXOLOGIK KONSULTATSIYAGA MUROJAAT

QILUVCHI OTA–ONALARNING FARZAND TARBIYASI MUAMMOLARINI O

‘RGANISHDA HADISLARDAN TERAPIYA SIFATIDA FOYDALANISH.

3. Kozimova, N. (2023). USE OF HADITHS AS THERAPY IN STUDYING THE

PROBLEMS OF RAISING CHILDREN OF PARENTS APPLYING FOR PSYCHOLOGICAL

CONSULTATION.

Modern Science and Research

,

2

(9), 61-63.

4. Kozimova, N. A. (2023). BUGUNGI TA’LIM TIZIMIDA O’QUVCHI–YOSHLARNI

ZAMONAVIY KASBLARGA YO’NALTIRISH VA KASB–HUNAR TANLASHNING

IJTIMOIY VA PSIXOLOGIK JIHATLARI.

PEDAGOG

,

6

(5), 739-741.

5. Kozimova, N. A., & Ulug’ova, S. M. (2023). ZAMONAVIY PSIXOLOGIK

KONSULTATSIYA,

UNING

TURLARI

VA

UNGA

MUROJAAT

QILISH

SABABLARI.

Scientific Impulse

,

1

(6), 1679-1682.

6. Nigora Kozimova Abduqahorovna. (2023). Modern psychological consultation, its types

and reasons for applying to it. American Journal of Public Diplomacy and International Studies

(2993-2157),

1(9),

129–131.

Retrieved

from

http://grnjournal.us/index.php/AJPDIS/article/view/1343

7. Kozimova, N. A. (2023). Techniques and methods used in the process of psychological

counseling.

American Journal of Public Diplomacy and International Studies (2993-2157)

,

1

(10),

338-341.

8. Kozimova, N. A. (2023). PERSONALITY TYPES.

American Journal of Public Diplomacy

and International Studies (2993-2157)

,

1

(10), 372-377.


background image

JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 14, issue 02, 2025

ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431

www.wordlyknowledge.uz

ILMIY METODIK JURNAL

9. Kozimova, N. A. (2023). Psixologik konsultatsiya bosqichlari.

TECHNICAL SCIENCE

RESEARCH IN UZBEKISTAN

,

1

(5), 90-95.

10. Kozimova, N. A., & Ulugova, S. M. (2022). Classification of a Group of Staff for

Psychological Conseling and Referral to It.

Texas Journal of Multidisciplinary Studies

,

7

, 175-

177.

11. Kozimova, N. A. (2024). OTA-ONALIK PSIXOLOGIYASI.

TECHNICAL SCIENCE

RESEARCH IN UZBEKISTAN

,

2

(1), 119-125.

12. Kozimova, N. A. (2024). PSYCHOLOGICAL CHARACTERISTICS OF EMOTIONAL

TENSION IN

ADAPTATION

TO STUDY ACTIVITY

OF FIRST LEVEL

STUDENTS.

МЕДИЦИНА, ПЕДАГОГИКА И ТЕХНОЛОГИЯ: ТЕОРИЯ И ПРАКТИКА

,

2

(2),

311-317.

13. Kozimova, N. A. (2024). Psychological aspects of emotional stress in adaptation to

educational activities. Multidisciplinary Journal of Science and Technology, 4(3), 136-140.

Библиографические ссылки

Kozimova, N. A. (2023). BUGUNGI TA’LIM TIZIMIDA ZAMONAVIY O‘QUVCHI SHAXSINING IJTIMOIY VA PSIXOLOGIK JIHATLARI. Educational Research in Universal Sciences, 2(10), 44-46.V

Abduqahhorovna, N. K. (2023). PSIXOLOGIK KONSULTATSIYAGA MUROJAAT QILUVCHI OTA–ONALARNING FARZAND TARBIYASI MUAMMOLARINI O ‘RGANISHDA HADISLARDAN TERAPIYA SIFATIDA FOYDALANISH.

Kozimova, N. (2023). USE OF HADITHS AS THERAPY IN STUDYING THE PROBLEMS OF RAISING CHILDREN OF PARENTS APPLYING FOR PSYCHOLOGICAL CONSULTATION. Modern Science and Research, 2(9), 61-63.

Kozimova, N. A. (2023). BUGUNGI TA’LIM TIZIMIDA O’QUVCHI–YOSHLARNI ZAMONAVIY KASBLARGA YO’NALTIRISH VA KASB–HUNAR TANLASHNING IJTIMOIY VA PSIXOLOGIK JIHATLARI. PEDAGOG, 6(5), 739-741.

Kozimova, N. A., & Ulug’ova, S. M. (2023). ZAMONAVIY PSIXOLOGIK KONSULTATSIYA, UNING TURLARI VA UNGA MUROJAAT QILISH SABABLARI. Scientific Impulse, 1(6), 1679-1682.

Nigora Kozimova Abduqahorovna. (2023). Modern psychological consultation, its types and reasons for applying to it. American Journal of Public Diplomacy and International Studies (2993-2157), 1(9), 129–131. Retrieved from http://grnjournal.us/index.php/AJPDIS/article/view/1343

Kozimova, N. A. (2023). Techniques and methods used in the process of psychological counseling. American Journal of Public Diplomacy and International Studies (2993-2157), 1(10), 338-341.

Kozimova, N. A. (2023). PERSONALITY TYPES. American Journal of Public Diplomacy and International Studies (2993-2157), 1(10), 372-377.

Kozimova, N. A. (2023). Psixologik konsultatsiya bosqichlari. TECHNICAL SCIENCE RESEARCH IN UZBEKISTAN, 1(5), 90-95.

Kozimova, N. A., & Ulugova, S. M. (2022). Classification of a Group of Staff for Psychological Conseling and Referral to It. Texas Journal of Multidisciplinary Studies, 7, 175-177.

Kozimova, N. A. (2024). OTA-ONALIK PSIXOLOGIYASI. TECHNICAL SCIENCE RESEARCH IN UZBEKISTAN, 2(1), 119-125.

Kozimova, N. A. (2024). PSYCHOLOGICAL CHARACTERISTICS OF EMOTIONAL TENSION IN ADAPTATION TO STUDY ACTIVITY OF FIRST LEVEL STUDENTS. МЕДИЦИНА, ПЕДАГОГИКА И ТЕХНОЛОГИЯ: ТЕОРИЯ И ПРАКТИКА, 2(2), 311-317.

Kozimova, N. A. (2024). Psychological aspects of emotional stress in adaptation to educational activities. Multidisciplinary Journal of Science and Technology, 4(3), 136-140.