JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 14, issue 02, 2025
ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431
ILMIY METODIK JURNAL
R.S. Shukurov
Osiyo Xalqaro Universiteti
Jismoniy madaniyat kafedrasi professori
MUTAXASSISLIK FANLARIDAN TALABALARNI O‘ZLASHTIRISH
KO‘RSATKICHLARI TAHLILI
(BOKS TA’LIM YO‘NALISHI MISOLIDA)
Annotatsiya:
Maqolada, o‘quv mashg‘ulotlarida talabalar faoliyati, o‘zlashtirishining tahlili va
baholash tizimini takomillashtirish masalalari yoritilgan. Tadqiqotda innovatsion pedagogik
metodlar va interaktiv texnologiyalarni qo‘llash orqali talabalar o‘zlashtirish darajasini
yaxshilash mumkinligi ko‘rsatilgan. Jismoniy tayyorgarlik, jangovar harakatlar va o‘quv
musobaqalari orqali talabalar bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirish. Shuningdek, olingan
natijalar talabalarning o‘zlashtirishi turli darajalarda ekanligini va mashg‘ulotlar samaradorligini
oshirish uchun shaxsiy salohiyatni rivojlantirish zarurligini ta’kidlanadi.
Kalit so‘zlar:
modernizatsiya, resurs, individual, potentsial,yadro, razvedka, kredit, variatsiya.
Аннотация:
В статье рассматриваются вопросы анализа освоения студентами
дисциплины и совершенствования системы оценки. В исследовании показано, что
применение инновационных педагогических методов и интерактивных технологий
способствует улучшению уровня усвоения материала студентами. Физическая подготовка,
боевые действия и учебные соревнования способствуют развитию знаний и навыков
студентов. Кроме того, полученные результаты подчеркивают, что освоение материала
студентами происходит на разных уровнях и для повышения эффективности занятий
необходимо развивать личный потенциал студентов.
Ключевые слова
: модернизация, ресурсы, индивидуальный, потенциал, ядро, разведка,
кредит, вариация.
Abstract:
The article discusses the issues of analyzing students' mastery of the subject and
improving the evaluation system. The study shows that the application of innovative pedagogical
methods and interactive technologies helps improve the level of material comprehension by
students. Physical training, combat actions, and academic competitions contribute to the
development of students' knowledge and skills. Additionally, the results obtained emphasize that
students' mastery of the material occurs at different levels, and to enhance the effectiveness of
the lessons, it is necessary to develop students' personal potential.
Keywords
: modernization, resources, individual, potential, core, reconnaissance, credit,
variation.
Kirish.
Dunyoning muvaffaqiyatli iqtisodiy rivojlanishining tarkibiy qismi, ayniqsa, ta’lim
modelining innovatsion jarayonlarining o‘ziga xos xususiyatiga asoslanadi. Ta’lim tizimining
modernizatsiyasi iqtisodiy rivojlanishning muhim omiliga aylangan. Bugungi kunda Jahon ta’im
tizimida yangi metodlar, texnologiyalar va raqamli resurslar joriy etilmoqda. Yosh avlodga
zamonaviy bilimlarni yetkazish, shaxsning salohiyatini rivojlantirish va iqtisodiy rivojlanishga
hissa qo‘shish uchun ta’lim tizimida keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilmoqda.
JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 14, issue 02, 2025
ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431
ILMIY METODIK JURNAL
O‘zbekiston innovatsion taraqqiyot yo‘lida jadal rivojlanayotgan bir davrda, kelajak
bunyodkorlari, yoshlarning ijodiy g‘oyalari va iqtidorini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash
tizimi takomillashib bormoqda. Ularning bilim, ko‘nikma va malakalarini rivojlantirish, xalqaro
tajribalarni o‘rganish hamda mavjud tizimni qiyosiy tahlil qilish orqali samarali rivojlanishni
ta’minlash muhim ahamiyat kasb etmoqda. Ijtimoiy sohaning asosi hisoblangan taʼlim
tizimidagi oʻzgarishlar oliy taʼlimni isloh qilishning ustuvor yoʻnalishlarini belgilash, mustaqil
fikrlaydigan salohiyatli, yuqori malakali kadrlarni tayyorlash jarayonini sifat jihatidan yangi
bosqichga koʻtarish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston
Respublikasi oliy taʼlim tizimini 2030- yilgacha rivojlantirish kontseptsini tasdiqlash to‘g‘risida”
gi PF-5847-son farmoni sohadagi yangi islohotlar uchun dasturi amal boʻlib xizmat qilmoqda.
Oliy ta’lim muassasalarida o‘quv mashg‘ulotlarini samarali tashkil etish va talabalar bilimini
oshirish, ta’lim tizimining samaradorligini oshirishda muhim omil hisoblanadi. Mashg‘ulotlarda
innovatsion pedagogik metodlar, interaktiv texnologiyalar va individual yondashuvlar, talabalar
faolligini oshirib mavzularni chuqurroq o‘rganishga va akademik o‘zlashtirishni yaxshilashga
yordam beradi.
Talabalar akademik o‘zlashtirishi – egallagan bilim, ko‘nikma va malakalarning to‘laligi,
chuqurligi, ongliligi hamda mustahkamligi darajasini anglatuvchi pedagogik mezondir.
O‘zbekistonda talabalar o‘zlashtirishini yuqori sifat darajasiga olib chiqish milliy ta’lim tizimi
oldida turgan eng muhim vazifalardandir. Chunki talabalarning intellektual rivojlanishi hamda
kasbiy tayyorgarligi ularning akademik o‘zlashtirish darajalariga bevosita bog‘liq [2].
Shuni alohida ta’kidlab o‘tish joizki, talabalarning akademik muvaffaqiyati o‘qituvchningi
kompetentsiyasi va o‘quv materiallarini taqdim etish usuliga ham bog‘liq.
Tadqiqot maqsadi.
Talabalarni “O‘quv-mashq bosqichida mashg‘ulotlarni tashkil etish” fani
bo‘yicha o‘zlashtirish ko‘rsatkichlari tahlil qilishdan iborat.
Tadqiqot usullari.
Ilmiy-uslubiy adabiyotlar tahlili, pedagogik kuzatuv, pedagogik tahlil,
pedagogik testlash, pedagogik tajriba, matematik statistika usullaridan foydalanilgan.
Ilmiy-uslubiy adabiyotlar tahlili.
Ta’lim natijasiga erishishning eng muhim shartlaridan biri bu talabaning butun o‘qish
davrida bilim olish va fanlarni sifatli o‘zlashtirish bilan mashg‘ul bo‘lishidir. Akademik
o‘zlashtirish orqali talaba ilmiy faoliyatining dinamikasi barqarorligini yoki beqarorligini
ko‘rsatishi mumkin. XX asrning ikkinchi yarmi va XXI asr boshlarida ko‘plab pedagog va
psixologlar tomonidan o‘quv faoliyatining miqdoriy ko‘rsatkichlar (ballar) bilan ifodalangan
o‘zlashtirish darajasi o‘rganilganda – ta’limning sifati talabalar akademik o‘zlashtirishida
ko‘proq aks etishi ta’kidlandi[3].
“Akademik o‘zlashtirish” ilmiy atama sifatida ilmiy muomalaga nisbatan yaqinda kiritilgan.
Mashhur rus psixologi B.G. Ananiev nafaqat o‘quv faoliyatini ob’ektiv baholash, balki
samaradorlikning sub’ektiv tomoni haqida ham gapirgan birinchi tadqiqotchilardan biridir.
Akademik o‘zlashtirish - bu ta’lim yutuqlarini sub’ektiv-shaxsiy ma’noda aks ettiruvchi va
ob’ektiv holat (rasmiylashtirilgan, shu jumladan o‘quv natijalarining tuzilishi “bilish”,
“o‘rganish”, “egallash”) bilan bog‘liq bo‘lmagan murakkab xususiyatdir. Akademik o‘zlashtirish:
ta’lim olish jarayonining rang-barangligini o‘zida aks ettiradi; ta’lim olishga tayyorgarlik
jarayonida erishilgan yutuqlarni, shuningdek unga erishish jarayonini ham aks ettiradi;
dinamikada talabalar tomonidan ko‘rsatilgan natijalarning barqarorligi yoki beqarorligini o‘z
ichiga oladi; natijalarga erishish shartlarini o‘z ichiga oladi; talabaning o‘zi uchun ta’lim natijasi
nimani anglatishi va u bunga qanchalik erishganligi haqidagi fikrini aks ettiradi [1].
JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 14, issue 02, 2025
ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431
ILMIY METODIK JURNAL
Shaxsning o‘zini - o‘zi boshqarishning muvaffaqiyati shaxsiy potentsial bilan belgilanadi,
bu shaxsning asosini yoki “yadrosini” ifodalovchi shaxsiy xususiyatlarning tizimli tashkil etilishi
sifatida belgilanishi mumkin
(D.A. Leontyev). O‘quv muvaffaqiyati va
o‘z-o‘zini samaradorligi darajasi qiyinchiliklarga duch kelganda ishlatiladigan engish
strategiyalarining konstruktivligi bilan sezilarli darajada bog‘liq[4].
Jismoniy tarbiya va sport darslarida talabalarning o‘zlashtirish ko‘rsatkichlari jismoniy
tayyorgarlik jarayonining samaradorligini baholashda muhim rol o‘ynaydi. O‘zlashtirish
ko‘rsatkichi talabaning mashq qilishdagi muvaffaqiyatini, jismoniy sifatlarini rivojlantirishni va
ko‘nikmalarni amalda qo‘llash darajasini ko‘rsatadi. Umumiy jismoniy tayyorgarlik mashqlari,
maxsus yo‘nalishga oid mashqlar, shuningdek zarur jismoniy sifatlarni rivojlantirish uchun
maxsus jihozlar yordamida bajariladigan mashqlar bokschining sport ustaligi darajasini
muvaffaqiyatli takomillashtirish uchun asos bo‘lib xizmat qiladi[5].
Koordinatsion qobiliyatlar, egiluvchanlik, kuch, tezlikni rivojlantirishga qaratilgan gimnastik
mashqlar har bir yosh bokschining mashg‘ulotida albatta qo‘llanilishi kerak. An’anaviy ravishda
ular tanani qizdirishda qo‘llaniladi, ba’zan esa kuch qobiliyatlarini yoki egiluvchanlikni
rivojlantirish maqsadida maxsus mashg‘ulotlarning ikkinchi yarmida qo‘llaniladi, ayrim mushak
guruhlari va bo‘g‘imlarni rivojlantirish uchun [6].
Yuqoridagi ilmiy-uslubiy adabiyotlar tahlili shuni ko‘rsatadiki, talabalarning o‘quv
fanlarini o‘zlashtirishi, ularning o‘quv faoliyatidagi samaradorlik va barqarorlik, nafaqat bilim
olish jarayoniga tayyorgarlik, balki shaxsning o‘zini-o‘zi boshqarish qobiliyatiga ham bog‘liq.
Amaliy mashg‘ulotlarda jismoniy tayyorgarlik mashqlari talabalarning umumiy rivojlanishidagi
o‘rni muhim bo‘lib, bu jarayonlarning muvaffaqiyatli amalga oshirilishi sport faoliyatining
yuqori natijalariga olib keladi. Ta’limdagi muvaffaqiyat shaxsiy xususiyatlarning tizimli
rivojlanishiga asoslanadi va shu bilan birga, ilmiy baholash metodlari orqali talabalarning o‘qish
jarayonidagi yutuqlarini yanada yaxshilashga erishiladi.
O‘zlashtirishni aniqlash va baholash.
Talabalar o‘zlashtirishini aniqlash va baholash uchun (M.M.Ibragimov, 2024) baholash
me’zonidan foydalanildi:
Jismoniy tayyorgarlik;
uzoq masofalarda jang olib borishda razvedka harakatlariga hamda aldamchi harakatlar;
o‘rta masofalarda jang olib borishda manyovr qilish harakatlari: masofali manyovr
harakatlar;
yaqin masofalarda jang olib borishda hujum harakatlari;
o‘quv musobaqa janglari(shartli jang);
maxsus jismoniy tayyorgarlik;
ikkitalik zarbalar va ulardan himoyalanishlar.
Tadqiqotning tashkil qilinishi.
JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 14, issue 02, 2025
ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431
ILMIY METODIK JURNAL
Tadqiqot 2024-2025 o‘quv yilining kuzgi jarayoni (sentyabr-yanvar) oylarida sport faoliyati
(boks) ta’lim yo‘nalishining 2 kursida, “O‘quv-mashq bosqichida mashg‘ulotlarni tashkil etish”
fani amaliy mashg‘ulotlari jarayoni hamda oraliq, yakuniy nazoratlarida talabalarning
o‘zlashtirish ko‘rsatkichlari nazorat qilindi va
o‘rganildi. Mashg‘ulotlar Buxoro davlat
universiteti huzuridagi “Boks” zalida olib borildi.
Fanning o‘quv dasturida amaliy mashg‘ulot miqdori 90 soat/3-kredit/ tashkil etib, amaliy
mashg‘ulotlar 14 ta mavzudan iborat bo‘lib, har birida bir nechta mavzu mavjud:
1.Umum rivojlantiruvchi mashqlar bo‘yicha mashg‘ulotlarni o‘tkazish.
2.O‘quv musobaqa janglari(shartli jang).
3.Uzoq masofalarda jang olib borishda razvedka harakatlariga hamda aldamchi
harakatlarga o‘rgatish uslublari.
4. O‘rta masofalarda jang olib borishda manyovr qilish harakatlari: masofali manyovr
harakatlariga o‘rgatish uslublari.
5. Yaqin masofalarda jang olib borishda hujum harakatlarini rivojlantirish harakatlariga
o‘rgatish uslublari.
6. Maxsus jismoniy tayyorgarlik bo‘yicha mashg‘ulotlar.
7. O‘quv musobaqa janglari(shartli jang).
8. Sport o‘yin mashg‘ulotlari.
9. Ikkitalik zarbalar va ulardan himoyalanishlar.
10.Seriya zarbalar va ulardan himoyalanishlar.
11.Bokschilarni jismoniy va psixologik sifatlarini tarbiyalash
12. Texnik tayyorgarlikni takomillashtirish
13.Muvozanat va uni tarbiyalash (statik va dinamik muvozanat)
14.Jismoniy qobiliyatlarni tarbiyalash (chaqqonlik, tezkorlik, chidamlilik, egiluvchanlik,
kuch).
Talabaning fan bo‘yicha o‘zlashtirishini baholash tartibi (1-jadval).
1-jadval
Baholash turlari
ON-1
ON-2
YaN
Jami
30
30
40
100
ON-1
(birinchi oraliq nazorati)*
ON-2
(ikkinchi oraliq nazorati)*
YaN
(yakuniy nazorati)*
JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 14, issue 02, 2025
ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431
ILMIY METODIK JURNAL
Tadqiqot natijalari va ularni muhokama qilish.
Talabalarni “O‘quv-mashq
bosqichida mashg‘ulotlarni tashkil etish” fani bo‘yicha akademik o‘zlashtirshini amaliy o‘quv
mashg‘ulotlarining jismoniy tayyorgarlik, uzoq masofalarda jang olib borishda razvedka
harakatlari, aldamchi harakatlarga o‘rgatish uslublari, o‘rta masofalarda jang olib borishda
manyovr qilish harakatlari: masofali manyovr harakatlariga o‘rgatish uslublari, yaqin
masofalarda jang olib borishda hujum harakatlarini rivojlantirish harakatlariga o‘rgatish uslublari,
o‘quv musobaqa janglari(shartli jang), maxsus jismoniy tayyorgarlik va ikkitalik zarbalar va
ulardan himoyalanishlar mavzularini o‘zlashtirishi: bilim, konikma va malakalari aniqlandi (2-
jadval).
2-jadval
Talabaning o‘zlashtirishi ko‘rsatkichlari tahlili (n-14)
№
Nazorat
topshiriqlari
Nazorat turlari
ON-1
_
X
σ
V, %
1.
Jismoniy tayyorgarlik;uzoq masofalarda
jang olib borishda razvedka harakatlariga
hamda
aldamchi
harakatlar;
o‘rta
masofalarda jang olib borishda manyovr
qilish harakatlari; masofali manyovr
harakatlar; yaqin masofalarda jang olib
borishda hujum harakatlari.
38
12.33
32.47
2.
Nazorat
topshiriqlari
ON-2
_
X
σ
V, %
Jismoniy
tayyorgarlik;
yaqin
masofalarda jang olib borishda hujum
harakatlari;
o`quv musobaqa
janglari(shartli jang);
maxsus
jismoniy tayyorgarlik;
ikkitalik
zarbalar va ulardan himoyalanishlar.
38.57
12.82
33.26%
3.
Nazorat
topshiriqlari
YaN
_
X
σ
V, %
Jismoniy tayyorgarlik; yaqin, o‘rta,
uzoq masofalarda jang olib borishda
razvedka, hujum, harakatlariga hamda
aldamchi harakatlar(shartli jang).
26.5
10.56
39.84%
2-jadvalda, talabalarning o‘quv mashg‘ulotlari jarayoni hamda nazorat turlarida o‘zlashtirish
ko‘rsatkichlari ko‘rishimiz mumkin. ON-1 nazoratida o‘rtacha (X) 38, natijalar o‘rtacha darajada
barqaror ekanligini ko‘rsatadi. Standart og‘ish 12.33 va variatsiya koeffitsienti 32.47%, farqlar
kichik va natijalar bir-biriga yaqin.
ON-2 nazoratida esa o‘rtacha (X) 38.57, o‘zlashtirish biroz yaxshilanganini ko‘rsatadi. Standart
og‘ish 12.82 va variatsiya koeffitsienti 33.26%, farqlar kattaroq va natijalar o‘zgaruvchan.
JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 14, issue 02, 2025
ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431
ILMIY METODIK JURNAL
Yakuniy nazoratda esa o‘rtacha (X) 26.5, talabalarning o‘zlashtirishi o‘rtacha darajada, lekin
farqlar sezilarli. Variatsiya koeffitsienti (V%) 39.84%, talabalar orasida katta xilma-xillik va
o‘zgaruvchanlik mavjudligini anglatadi. Bu natijalar, talabalar o‘zlashtirishi turli darajalarda ega
ekanligini ko‘rsatadi.
ON-1, ON-2 va YaN lar natijlarini individual tahlili shuni ko‘rsatadiki, o‘quv mashg‘ulotlarida
faol qatnashgan, mavzularni yaxshi o‘zlashtirgan va nazoratlarni a’lo darajada topshirgan
F.Sharipova, Sh.Husenov, A.Jo‘rayevlar ko‘rsatkichlari yuqori. Kuzatishlar, pedagogik tajriba va
tahlil natijalari guruh talabalaridan R.To‘xtamurodov, N.Zavqidinov va Z.Hayotovlarning
o‘zlashtirish ko‘rsatkichlari boshqa talabalarga nisbatdan past darajada ekanligi aniqlandi.
Xulosa
O‘quv mashg‘ulotlarini samarali tashkil etish, talabalar o‘zlashtirish darajasini oshirishda
muhim ahamiyat kasb etadi. Jismoniy tayyorgarlik va jangovar harakatlarga oid mashqlar
talabalar bilim va ko‘nikmalarini rivojlantiradi. Biroq, talabalarning o‘zlashtirish darajasi,
o‘qituvchining kompetentsiyasi va o‘quv materiallarini taqdim etish usuliga bevosita bog‘ldir.
Olib borilgan tadqiqot najijalari shuni ko‘rsatadiki
“O‘quv-mashq bosqichida
mashg‘ulotlarni tashkil etish” fani amaliy mashg‘ulotlarining ON-1 nazoratida talabalarning
o‘zlashtirish darajasi o‘rtacha bo‘lib, natijalar kichik farqlarga ega ekanligini tasdiqladi. ON-2
nazoratida esa o‘rtacha o‘zlashtirish biroz yaxshilanishini ko‘rsatadi, ammo natijalar
o‘zgaruvchan. Yakuniy nazoratda talabalar orasida katta farqlar mavjudligi va o‘zgaruvchanlikni
bildiradi.
Talabalarni o‘zlashtirishini yaxshilash uchun mashg‘ulotlarda innovatsion pedagogik metodlar
va interaktiv texnologiyalarni keng qo‘llashni taqozo etadi. Shuningdek, talabalar yuqori
natijalarga erishishi uchun ularning shaxsiy salohiyatini rivojlantirish va mashg‘ulotlarga
qiziqishini oshirish zarur. O‘quv mashg‘ulotlarining samaradorligi talabalarning o‘zini-o‘zi
boshqarish qobiliyatlariga ham bog‘liq. Ta’lim tizimidagi islohotlar, innovatsion metodlar va
pedagogik yondashuvlar orqali talabalarning akademik muvaffaqiyatini oshirishga erishish
mumkin.
Adabiyotlar
1.Ananyev B.G. O problemakh sovremennogo chelovekoznaniya // Sankt-Peterburg: Piter,
2001. 272 s.
2.Jabborova M.A. Talabalar akademik o’zlashtirishining nazariy metodologik talqini // Ta’lim
va innovatsion tadqiqotlar. №5-2023 317-324 b.
3.Rubin, Yu. B. Sovremennoye oborazovaniye: kachestvo, standarty, instrumenty / Yu. B.
Rubin. - 2-e izd. - Moskva: Market DS, 2009. -330 s. Link to PDF
4. Mutagarova L. R. Nekotorye priyomy samoregulyatsii emotsional'nogo i fizicheskogo
sostoyaniya uchashchikhsya na urokakh fizicheskoy kultury kak sposob povysheniya
akademicheskoy uspevamosti // Permskiy pedagogicheskiy zhurnal. – 2012. – №. 3. – S. 33-38.
5. Strel'nikov V. A. Podgotovka bokserov razryadnikov [Training boxers arresters]. Ulan-Ude,
2012. (In Russian).
6. Selitrenikova T. A. K voprosu sovershenstvovaniya trenirovochnogo protsessa bokserov na
etape nachal'noy podgotovki // Gaudeamus. – 2019. – T. 18. – №. 2 (40). – S. 71-78.
