Авторы

  • Ismoilov Husniddin
    Osiyo Xalqaro Universiteti Jismoniy madaniyat kafedrasi o’qituvchisi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.iqro.76534

Ключевые слова:

yugurish sakrash depsinish uchish faza texnika tezkik tayyorgarkik

Аннотация

Mamlakatimiz bundan 33 yil oldin o’z mustaqilligini elon qilib, tarixiy taraqqiyotning yangi bosqichiga qadam qo’ydi. O’tgan davr mobaynida bosib o’tgan murakkab, ayni paytda sharafli yo’limizga nazar tashlar ekanmiz, Vatanimiz ozodligi naqadar mashaqqatli va tinimsiz kurashlar, halqimizning qanday og’ir va fidokorona mehnati evaziga qo’lga kiritilgani, mustaqil taraqqiyotimiz davomida amalga oshirgan ishlarimiz, erishgan natijalarimiz beixtiyor ko’z o’ngimizdan o’tadi. Shuni alohida qayd etish kerakki, yurtimizda har bir sohada kabi jismoniy tarbiya va sportda tub islohotlar amalga oshirish, sohani rivojlantirishda muhim o`rin egallaydi. Bugungi kun yoshlari orasidan iqtidorli sportchilarni izlab topish hamda jahon miqyosidagi raqobatbardosh sportchilarni tarbiyalashning ustivor yo`nalishlariga etibor qaratilgan. Albatta, yengil atletika sohasida faoliyat olib borayotgan murabbiylar hamda mutaxassislar ham yurtimizda chiqarilayotgan Qarorlar, farmon va farmoyishlarda ham ayni sohada izlanishlar va tadqiqotlarni olib borishni taqozo etadi. Bu esa o`z o`rnida jismoniy tarbiya va sport sohasi bo`yicha kadrlar tayyorlash va sport sohasida zahira sportchilarni tayyorlash imkonini beradi.


background image

JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 14, issue 02, 2025

ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431

www.wordlyknowledge.uz

ILMIY METODIK JURNAL

Ismoilov Husniddin

Osiyo Xalqaro Universiteti

Jismoniy madaniyat kafedrasi o’qituvchisi

Email:

ismoilovhusniddin@oxu.uz

MAKTAB O`QUVCHILARINI UZUNLIKKA SAKRASH TEXNIKASINI

TAKOMILLASHTIRISH, FUNKTSONAL VA MASHG’ULOTLARINING NAZARIY

ASOSLARI

ANNOTATSIYA:

Mamlakatimiz bundan 33 yil oldin o’z mustaqilligini elon qilib, tarixiy

taraqqiyotning yangi bosqichiga qadam qo’ydi. O’tgan davr mobaynida bosib o’tgan murakkab,

ayni paytda sharafli yo’limizga nazar tashlar ekanmiz, Vatanimiz ozodligi naqadar mashaqqatli

va tinimsiz kurashlar, halqimizning qanday og’ir va fidokorona mehnati evaziga qo’lga

kiritilgani, mustaqil taraqqiyotimiz davomida amalga oshirgan ishlarimiz, erishgan natijalarimiz

beixtiyor ko’z o’ngimizdan o’tadi. Shuni alohida qayd etish kerakki, yurtimizda har bir sohada

kabi jismoniy tarbiya va sportda tub islohotlar amalga oshirish, sohani rivojlantirishda muhim

o`rin egallaydi. Bugungi kun yoshlari orasidan iqtidorli sportchilarni izlab topish hamda jahon

miqyosidagi raqobatbardosh sportchilarni tarbiyalashning ustivor yo`nalishlariga etibor

qaratilgan. Albatta, yengil atletika sohasida faoliyat olib borayotgan murabbiylar hamda

mutaxassislar ham yurtimizda chiqarilayotgan Qarorlar, farmon va farmoyishlarda ham ayni

sohada izlanishlar va tadqiqotlarni olib borishni taqozo etadi. Bu esa o`z o`rnida jismoniy tarbiya

va sport sohasi bo`yicha kadrlar tayyorlash va sport sohasida zahira sportchilarni tayyorlash

imkonini beradi.

Kalit so’zlar:

yugurish,sakrash,depsinish,uchish,faza,texnika,tezkik,tayyorgarkik,

KIRISH

Yugurib kelib uzunlikka sakrash texnikasi tahlili

Yugurib kelib uzunlikka sakrash texnikasini, umuman uchta qismga bo`lish mumkin: yugurib

kelish, depsinish, uchish va yerga tushish. Yugurib kelish. Uzunlikka sakrashda yugurib kelish

sakrovchining optimal tezligini hosil qilish uchun xizmat qiladi. Bu turda yugurib kelish tezligi

ko`proq maksimal tezlikka yaqinlashadi, uni boshqa sakrash turlaridan farqli ravishda sportchi

rivojlantirishga qodir bo`ladi. Yugurib kelish uzunligi va yugurish qadamlari soni sportchining

individual xususiyatlariga va uning jismoniy tayyorgarligiga bogliq. Etakchi sportchilar yugurish

uzunligi 50 m bo`lganda 24 tagacha yugurish qadamlarini qo`llaydilar. Ayollarda bu qiymatlar

bir oz kamroq – yugurish uzunligi 40 m gacha bo`lganda 22 tagacha yugurish qadamlaridan

foydalanadilar. Yugurib kelishning o`zini shartli ravishda uch qismga ajratish mumkin:

yugurishning boshlanishi, yugurish tezligini olish, depsinishga tayyorlanish. Yugurib kelishning

boshlanishi har xil bo`lishi mumkin. Asosan, sportchilar quyidagi variantlardan foydalanadilar:

turgan joyidan va etib kelgan (yoki yugurib kelgan) joyidan, shuningdek, tezlikni asta-sekin olish

va keskin (sprintercha) boshlash bilan. Yugurib kelishning boshlanishi katta ahamiyatga ega,

chunki yugurish surati va maromini belgilab beradi. Sportchini yugurib kelishni standart tarzda

boshlashga va oldindan tayyorgarlik ko`rmasdan turib uni o`zgartirmaslikka o`rgatish zarur.

Turgan joyidan yugurib kelishni boshlashda sportchi harakatni nazorat chizigidan boshlaydi,

bunda u bir oyogini oldinga, ikkinchisini orqaga oyoq uchiga qo`yadi.


background image

JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 14, issue 02, 2025

ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431

www.wordlyknowledge.uz

ILMIY METODIK JURNAL

Bazi yuguruvchilar bunday holatda tana ogirligini goh oldinda turgan oyoqqa, goh orqada turgan

oyoqqa o`tkazib, bir oz oldinga-orqaga tebranishlarni bajaradilar. Sportchi yugurib kelishni

harakatdan (etib kelish yoki yugurib kelishdan) boshlayotgan paytda shu narsa muhimki, u

oldindan belgilab olgan oyogida nazorat chizigiga aniq tushishi kerak. Shuni yodda tutish

lozimki, yugurib kelishda yugurish qadamlari soni juft bo`lganda nazorat chizigiga depsinadigan

oyoq qo`yiladi va harakat siltanuvchi oyoqdan boshlanadi va, aksincha. Sportchi yugurib

kelishni boshlagandan so`ng yugurish tezligini olishga o`tiladi. Bu yerda yuguruvchi to`gri

yo`lka bo`ylab qisqa masofaga yugurish texnikasiga o`xshash yugurish qadamlarini bajaradi.

Qo`llar va oyoqlar harakatlari amplitudasi birmuncha kengroq, gavdaning egilishi 80o ga etadi,

yugurish oxiriga kelib vertikal holatni qabul qiladi. Bu paytda har bir qadamda yumshoq

depsinishga etibor qaratish lozim, o`z harakatlarini nazorat qilib borish va har tomonga

tebranmasdan bir chiziq bo`ylab yugurishni bajarish kerak. Depsinishga tayyorlanishda oxirgi 3-

4 yugurish qadamlarida sportchi o`zi uchun optimal tezlikni rivojlantirishi kerak. Yugurishning

bu qismi harakat suratining oshishi, yugurish qadam uzunligining bir oz kamayishi bilan

ifodalanadi, oyoq soni oldinga-orqaga harakat qilganida uning birmuncha yuqoriga ko`tarilishi

ortadi. Tizza bo`gimidan tekislangan depsinuvchi oyoq oxirgi qadamda orqaga “tiraluvchi”

harakat orqali butun oyoq tagi bilan depsinish joyiga qo`yiladi.

Uchish. Sakrovchi tanasi depsinish joyidan uzilgandan so`ng uchish fazasi boshlanadi, bu

yerda hamma harakatlar muvozanatni saqlashga va yerga tushish uchun optimal sharoitlarni

yaratishga qaratiladi. Depsinish UOMga harakat yo`nalishini beradi, bu yo`nalish sakrovchi

tanasining boshlangich uchib chiqish tezligi kattaligi, uchib chiqish burchagi va uchib chiqish

balandligi bilan aniqlanadi. Jahonning etakchi sakrovchilari taxminan 9,4-9,8 m/s boshlangich

tezlikka erishadilar. UOMning ko`tarilish balandligi taxminan 50-70 sm ga teng. Sakrashning

uchish fazasi shartli ravishda uchta qismga bo`linadi: 1) ko`tarilish; 2) oldinga gorizontal

harakatlanish; 3) yerga tushishga tayyorlanish. Hamma turdagi sakrashlarda ko`tarilish bir xil

bo`ladi. U qadam tashlab turib uchishdan iborat. Depsinishdan so`ng itariladigan oyoq

birmuncha vaqt orqada tekis holda qoladi, siltanuvchi oyoq gorizontal darajasigacha tos-son

bo`gimidan bukilgan, boldir siltanuvchi oyoq soni bilan to`gri burchak ostida tizzadan bukilgan.

Gavda bir oz oldinga egilgan. Siltanuvchi oyoqqa qrama-qarshi bo`lgan qo`l tirsak bo`gimidan

salgina bukilgan va oldinda bosh darajasida turadi, boshqa qo`l yarim bukilgan holda orqaga

uzatilgan. Bosh tekis ushlanadi, yelka bo`shashtirilgan. Qo`llar va oyoqlarning etarlicha keng

amplitudada hamda erkin harakatlar bilan qarama-qarshi harakatlanishlari depsinish tugagandan

keyin gavdaning vertikal o`q atrofida aylanma harakatlarini qoplaydi. Keyin tanlangan sakrash

usuliga mos bo`lgan harakatlar bajariladi.

“Oyoqlarni bukib” usulida sakrashning uchish fazasi ham ijro etish, ham texnikasini

o`rganish uchun oddiy hisoblanadi. Yerdan ko`tarilgandan so`ng qadam tashlash holatida

depsinuvchi oyoq tizza bo`gimidan bukiladi va siltanuvchi oyoqqa olib kelinadi, yelka

muvozanatni saqlash uchun, shuningdek, qorin pressi mushaklari hamda oyoqlarni osilib turgan

holatda ushlab turuvchi sonlar old yuzasining ortiqcha zo`riqishini yo`qotish uchun bir oz orqaga

olinadi. Tirsak bo`gimlaridan bir oz bukilgan qo`llar yuqoriga ko`tariladi. UOM yo`nalishi

pastga tusha boshlagan paytda yelkalar oldinga chiqariladi, qo`llar oldinga-pastga harakat qilib

pastga tushiriladi, oyoqlar tizza bo`gimidan to`grilanib ko`krakka yaqinlashadi. Sakrovchi yerga

tushish uchun holatni egallaydi.

“Ko`krak kerib” usulida sakrash ancha murakkab bo`lib, uchishda malum bir harakat

koordinatsiyasini taqozo etadi. Yerdan ko`tarilgandan va qadam tashlashda uchishdan so`ng

siltanuvchi oyoq pastga-orqaga depsinuvchi oyoqqa tushiriladi. Oldinda turgan qo`l pastga

tushiriladi va boshqa qo`l bilan birlashtiriladi; qo`llar tirsak bo`gimlaridan to`grilanadi; keyin

orqaga harakatlangan holda yuqoriga ko`tariladi. Sakrovchi orqaga egilgan holatga o`tadi va shu

holatda uchish fazasining deyarli yarmini bosib o`tgan holda go`yo tanaffus ushlaydi. Keyin


background image

JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 14, issue 02, 2025

ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431

www.wordlyknowledge.uz

ILMIY METODIK JURNAL

ikkala oyoq tos-son va tizza bo`gimlaridan bukilgan holda oldinga ketadi, yelkalar bir oz oldinga

egiladi, qo`llar oldinga-pastga tushiriladi. Uchishning yakuniy qismida oyoqlar tizza

bo`gimlaridan tekislanadi, qo`llar orqaga uzatiladi. Sakrovchi yerga tushish uchun holat

egallaydi.

Sakrovchanlik qobiliyatlarini oshirishning o`ziga xos xususiyatlari

Sakrash tayorgarligi jarayonida ikkita parallel va o`zaro bogliq bo`lgan asosiy vazifalar

uzunlikka sakrash texnikasini uning ayrim elementlarini egallash hamda ularni takomillashtirish,

shuningdek, sakrovchining maxsus jismoniy sifatlari darajasini oshirish vazifalari hal etiladi.

Yengil atletikaning ushbu turi bilan tanishishda eng erta bosqichlaridan sakrash texnikasi

asoslarini o`zlashtirishda to`gri malaka hosil qilingandagina yuqori sport natijalarga erishish

mumkin. Yuqori tezlik va harakatlar aniqligi, sakrovchi depsinish paytida boshidan kechiradigan

katta zo`riqishlari uzunlikka sakrashni o`ziga xos xususiyati hisoblanadi. Depsinishda harakat

yo`nalishi o`zgarishi sababli tana-harakat apparatiga va depsinuvchi oyoqqa tushadigan yuklama

sportchi vaznidan 4-6 marta ko`proq bo`ldi. Shuning uchun sakrash texnikasini egallash va uni

takomillashtirish sakrovchining maxsus jismoniy tayorgarligi darajasini oshirishi bilan yaqindan

bogliq. Yugurib kelib uzunlikka sakrash texnikasini takomillashtirishda qator xususiy vazifalarni

hal etish zarur.

1. Yugurib kelish tezligini oshirish.

2. Yugurib kelish barkarorligigaerishish (ayniqsa, qadamlar boshida va oxirida).

3. Yugurib kelishning oxirgi qadamlarida depsinishga tayyorlanish vaqtida yugurish faolligini

saqlab qolish.

4. Depsinishda faolligini oshirish va oyoqni yerga qo`yishda tayanchni kamaytirish.

5. Uchish paytida yelka kamari, qo`llar faolligini va depsinishda oyoq bilan siltanish

amplitudasini oshirish sharoitida muvozanatga erishish.

6. Uchishda harakatini takomilashtirish, oyoq va qo`llar harakatlarida erkinlikka va keng

amplitudaga erishish.

7. Yerga tushishni aniqlash tanani kamaytirish oyoq qo`llarni ancha oldinlariga uririb turish.

8. Yugurib kelish va sakrashni takomilashtirish mashqi.

Yengil atletikachining funksional imkoniyatlarini rivojlantirish usuliyati

Umumiy jismoniy tayyorgarlikning muayyan darajasini taminlash sportchining funksional

imkoniyatlarini uning ixtisosligi uchun zarur yonalishda rivojlantirish asosi hisoblanadi. Bu

qoida yengil atletikaning barcha turlari uchun juda muhim sanaladi (M.S.Olimov). Gap yosh

sportchilar haqida ketganida, jismoniy tayyorgarlikning kerakli darajasiga erishish uchun

sarflanadigan vaqt hisobi oylar va haftalarda emas, balki yillarda olib borilishi lozim. Bu

maqsadga erishish yoli – asosan barcha harakat sifatlari: tezkorlik, kuch, tezlik-kuch, chidamlilik,

egiluvchanlik, koordinatsiya qobiliyatlarini rivojlantirishga qaratilgan jismoniy faollikning har

xil turlari bilan uygunlashgan izchil yoki bir vaqtdagi mashgulotlardir. Bunda tegishli harakat

sifatlarini rivojlantirish uchun ajratiladigan vaqt bilan texnikani takomillashtirishga sarflangan


background image

JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 14, issue 02, 2025

ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431

www.wordlyknowledge.uz

ILMIY METODIK JURNAL

vaqt orasidagi muayyan nisbatga rioya qilish shart. Yengil atletikaning har qanday turida

mukammal texnika egallansagina harakat sifati eng samarali darajada yuzaga chiqishi mumkin.

Quyida yengil atletika turlarining uch guruhi uchun sportchidagi xilma-xil qobiliyatlarni

rivojlantirish boyicha usuliy tavsiyalar taklif etiladi: 1) sprinterlar va govchilar uchun; 2)

sakrovchi va uloqtiruvchilar uchun; 3) orta, uzoq masofalarga yuguruvchilar va yuruvchilar

uchun. Birinchi guruh sportchilari uchun eng asosiy sifat – tezkorlik, ikkinchisi uchun – tezlik-

kuch qobiliyatlari, uchinchisi uchun esa chidamlilikdir. Sprinterlik va govlar osha yugurishda

tezkorlik u namoyon boladigan nisbatan mustaqil shakllarda ifodalanadi: oddiy harakat

reaksiyasi; harakatlar surati (chastotasi);harakatlarning keskinligi (gayriixtiyoriyligi) – tezlik

kuchi; majmuali ifodalangan tezkorlik. Sprinterlar va govchilarda oddiy harakat reaksiyasini

rivojlantirish uchun 5-10 s davomida sportchining signal (tovish yordami eshitish qobiliyati)

boyicha harakatlanishi bilan bogliq har xil mashqlar qollaniladi. Eng kop ishlatiladigan vositalar

– buyruq boyicha past yoki baland startdan 20-30 m ga maksimumning 95-100%i darajasidagi

shiddat bilan yugurish.

Takrorlar miqdori–3-4 marta, ular orasida dam olish–1 daq. atrofida. Seriyalar miqdori – 3-4 ta,

seriyalar orasida dam olish – 1-2 daq. Harakatlar suratini rivojlantirishda quyidagi mashqlardan

foydalanish mumkin: yorgalab yugurish – 30-40 m, tayanib turgan joyda yugurish – 10-20 s.,

qiya joyda yugurish (yolkaning ogish burchagi – 200 ) – 60-80 m, tortuvchi yordamida yugurish

– 30-60 m, qoyilgan belgilar boyicha yugurish – 30-50 m, ovozli-gromofon yordamida yugurish

– 15-30 s, shamol harakati boylab yugurish – 60-80 m va b. Barcha holatlarda yugurish tezligi

maksimal imkoniyatlarning 100% darajasida. Takrorlar orasidagi dam olish muddati – 3 daq.

Takrorlash va seriyalar miqdori – 3-4, seriyalar orasida dam olish – 8-10 daq. Sprinterlar va

govchilarda harakatlarning keskinligini (gayri-ixtiyoriyligini), yani tezlik-kuch sifatlarini

rivojlantirish vositalari sifatida ogirliklar bilan yugurish va sakrash mashqlarini bajarishni tavsiya

etish mumkin. Kesmalar uzunligi, odatda, 50 m dan oshmaydi. Ogirliklar sirasiga 3-7 kg

ogirlikdagi belboglar yoki boldirga taqiladigan 1-1,5 kg li manjetlarni kiritish mumkin.

Kesmalarni bosib otish tezligi maksimal imkoniyatlarning 80-90%iga teng. Bir seriyada takrorlar

soni – 3-4 marta, ular orasidagi dam olish–3-4 daq. Seriyalar miqdori – 2-5 ta, seriyalar orasidagi

dam olish – 8-10 daq. Bundan tashqari toqqa qarab, zina va minbarlarning pillapoyalari boylab,

shamolga qarab, “tortuvchi ot” bolib yugurish va h.k. – 10-20 s.

Tadqiqotda pedagogik kuzatuv va testlar

Pedagogik nazorat jarayonida texnik-taktik va jismoniy tayyorgarlik darajasi, musobaqalardagi

chiqishlarning xususiyat-lari, sport natijalarining dinamikasi, mashgulot jarayonining tuzilishi va

mazmuni kabilar baholanadi. Yengil atletikaning ko`pgina turlarida maksimal kuch omili nisbiy

ahamiyatga ega. Masalan, sakrovchilar kuch imkoniyatlarini sakrash xususiyatini hisobga olib

rivojlantiradilar. Ular uchun sportchining tana vaznini oshirmaydigan kuch tayyorgarligi usullari,

boglamlarning mustahkamlanishiga yordam beruvchi usullar, itarilish vaqtida tana qismlarining

tarangligiga ko`ra o`zaro tasiri imkoniyatlarini orttiruvchi harakat tizimlari (mushaklar, ularning

boglamlari, kenoton, paylar, suyak-boglam tuzilmalari – gadir-budurliklar va h.k.) hamda

harakatlarni bajarish, haddan ortiq yuklamalarni engish va sakrash quvvatini oshirishda muhim

bo`lgan tana azolari tizimlarini tanlab va uygun holda rivojlantirish hamda mustahkamlash

usullari juda muhim.

1. 30 m.ga startdan chiqib yugurish,

2. 30 m.ga yugurish,

3. 60 m.ga yugurish,


background image

JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 14, issue 02, 2025

ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431

www.wordlyknowledge.uz

ILMIY METODIK JURNAL

4. Turgan joydan uzunlikka sakrash,

5. Turgan joydan uch hatlab sakrash,

6. Uzunlikka sakrash.

XULOSA

Ilmiy uslubiy adabiyotlarda uzunlikka sakrovchi oquvchi-sportchilarni sakrash texnikasiga

o`rgatish samaraorligi o`rganib chiqildi. Lekin mashgulotlarni o`tkazishda mashgulot vositalari

bajarishni meyori mashqlar samaradorligi aniq ko`rsatilmaganliga tadqiqot davomida kuzatildi:

Mashgulot jarayonida bazi bir murabbiylar qisqa vaqt ichida jismoniy sifatlarni rivojlantirishni

jadallashtirishni maqsadga muvofiq deb bilishadi. Ammo tezroq malakali sportchilar

tayyorlashda maxsus va ixtisoslashgan mashqlarni zo`rma – zo`raki qo`llaydilar bu esa sportda

bazaviy tayyorgarligi bor sportchi oquvchilarga uncha tasir etmasligi mumkin. Shuning uchun

sport mashgulotlarini shugullanuvchi oquvchilar bilan o`tkazishdi qiziqarli va oquvchilarnining

jismoniy tayyorgarligiga mos ravishda taqsimlash, mashgulot yuklamasini togri qollashga

qaratiladi.Katta yuklamali mashgulotlar oquvchilarni tez charchashi va ularning organizmini

zo`riqishiga olib kelishi mumkin. Sport amaliyotida bunday holatlar uchrab turadi. Oquvchilarga

muntazam ravishda qo`llaniladigan yengil atletika darslari yoki sport pedagogik mahoratini

oshirish mashgulotlari oquvchilarni ushbu sport turiga qiziqishini so`ndirishi mumkin.

Foydalangan adabiyotlar

1. Ismoilov, H. (2024). ANALYSIS OF THE CRITERIA FOR SELECTING YOUNG

ATHLETES SPECIALIZING IN SPRINT DISTANCES. Journal of Universal Science Research,

2(10), 174–182. Retrieved from

https://inlibrary.uz/index.php/universal-scientific

research/article/view/59008

2. Ismoilov , H. (2024). YENGIL ATLETIKA FANIGA KIRISH VA YENGIL

ATLETIKANING RIVOJLANISH TARIXI. Medicine, Pedagogy and Technology: Theory and

Practice, 2(9), 725–737. Retrieved from

https://inlibrary.uz/index.php/mpttp/article/view/59544

3. Husniddin, I. (2025). QISQA MASOFALARGA YUGURISHNING TAHLILI VA

NATIJALARI.

PEDAGOGIK TADQIQOTLAR JURNALI

,

3

(1), 745-749.

4. Husniddin, I. (2025). YENGIL ATLETIKA MASHQLARINI О ‘RGATISH

METODIKASI.

PEDAGOGIK TADQIQOTLAR JURNALI

,

3

(1), 760-767.

5.Husniddin, I. (2025). YUQORI SINF O'QUVCHILARINI YENGIL ATLETIKA SPORT

TURIGA

INTELEKTUAL

QIZIQISHINI

OSHIRISH

YO'LLARI.

PEDAGOGIK

TADQIQOTLAR JURNALI

,

2

(2), 278-283.

6. Исмаилов, Х. (2025). ПЛАНИРОВАНИЕ СТРУКТУРЫ И СОДЕРЖАНИЯ

ЛЕГКОАТЛЕТИЧЕСКИХ ТРЕНИРОВОК.

PEDAGOGIK TADQIQOTLAR JURNALI

,

2

(2),

135-143.

7. Ikramov, A. A., & ISMAILOV, H. (2022). WAYS TO INCREASE THE INTELLECTUAL

INTEREST

OF

HIGH

SCHOOL

STUDENTS

IN

THE

SPORT

OF

ATHLETICS.

THEORETICAL & APPLIED SCIENCE Учредители: Теоретическая и

прикладная наука

, (4), 560-564.


background image

JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 14, issue 02, 2025

ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431

www.wordlyknowledge.uz

ILMIY METODIK JURNAL

8. Husniddin, I. (2025). YENGIL ATLETIKA MASHQLARINING UMUMIY

HARAKTERISTIKASI.

PEDAGOGIK TADQIQOTLAR JURNALI

,

3

(1), 735-739.

9. Husniddin, I. (2025). JISMONIY TARBIYA SOG'LOM TURMUSH TARZINING

ASOSI.

PEDAGOGIK TADQIQOTLAR JURNALI

,

3

(1), 131-135.

10.

2(5),

300–304.

Retrieved

from

Ismoilov, H.

(2023).

YOSH

YENGIL

ATLETIKACHILARDA SPORT BILAN BOG‘LIQ JAROHATLARGA OLIB KELADIGAN

OMILLAR. Educational Research in Universal Sciences, 2(5), 750–754. Retrieved from

http://erus.uz/index.php/er/article/view/2771

11. Husniddin, I. (2025). O'ZBEKISTONDA SPORTNI RIVOJLANTIRISH.

PEDAGOGIK

TADQIQOTLAR JURNALI

,

3

(1), 750-754.

12. Husniddin, I. (2025). YENGIL ATLETIKANING METODOLOGIYASI.

PEDAGOGIK

TADQIQOTLAR JURNALI

,

3

(1), 755-759.

13. Husniddin, I. (2025). MUSOBAQA DAVRIDA YENGIL ATLETIKACHILARNING

PSIXOLOGIK TAYYORGARLIGINI YAXSHILASH.

PEDAGOGIK TADQIQOTLAR

JURNALI

,

3

(1), 740-744.

14. Husniddin, I. (2025). YENGIL ATLETIKA BOYICHA MUSOBAQALARNI TASHKIL

ETISH VA OTKAZISH.

PEDAGOGIK TADQIQOTLAR JURNALI

,

3

(1), 768-772.

15. Ismoilov , H. N. o‘g‘li. (2023). YENGIL ATLETIKA O‘QITUVCHILARINING TA’LIM

TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANISHINING AHAMIYATI. Educational Research

Universal Sciences,

http://erus.uz/index.php/er/article/view/2637

16. Husniddin, I. (2024). YENGIL ATLETIKA BOYICHA MUSOBAQALARNI TASHKIL

ETISH VA OTKAZISH.

Международный журнал научных исследователей

,

9

(1), 170-173.

Библиографические ссылки

Ismoilov, H. (2024). ANALYSIS OF THE CRITERIA FOR SELECTING YOUNG ATHLETES SPECIALIZING IN SPRINT DISTANCES. Journal of Universal Science Research, 2(10), 174–182. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/universal-scientific research/article/view/59008

Ismoilov , H. (2024). YENGIL ATLETIKA FANIGA KIRISH VA YENGIL ATLETIKANING RIVOJLANISH TARIXI. Medicine, Pedagogy and Technology: Theory and Practice, 2(9), 725–737. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/mpttp/article/view/59544

Husniddin, I. (2025). QISQA MASOFALARGA YUGURISHNING TAHLILI VA NATIJALARI. PEDAGOGIK TADQIQOTLAR JURNALI, 3(1), 745-749.

Husniddin, I. (2025). YENGIL ATLETIKA MASHQLARINI О ‘RGATISH METODIKASI. PEDAGOGIK TADQIQOTLAR JURNALI, 3(1), 760-767.

Husniddin, I. (2025). YUQORI SINF O'QUVCHILARINI YENGIL ATLETIKA SPORT TURIGA INTELEKTUAL QIZIQISHINI OSHIRISH YO'LLARI. PEDAGOGIK TADQIQOTLAR JURNALI, 2(2), 278-283.

Исмаилов, Х. (2025). ПЛАНИРОВАНИЕ СТРУКТУРЫ И СОДЕРЖАНИЯ ЛЕГКОАТЛЕТИЧЕСКИХ ТРЕНИРОВОК. PEDAGOGIK TADQIQOTLAR JURNALI, 2(2), 135-143.

Ikramov, A. A., & ISMAILOV, H. (2022). WAYS TO INCREASE THE INTELLECTUAL INTEREST OF HIGH SCHOOL STUDENTS IN THE SPORT OF ATHLETICS. THEORETICAL & APPLIED SCIENCE Учредители: Теоретическая и прикладная наука, (4), 560-564.

Husniddin, I. (2025). YENGIL ATLETIKA MASHQLARINING UMUMIY HARAKTERISTIKASI. PEDAGOGIK TADQIQOTLAR JURNALI, 3(1), 735-739.

Husniddin, I. (2025). JISMONIY TARBIYA SOG'LOM TURMUSH TARZINING ASOSI. PEDAGOGIK TADQIQOTLAR JURNALI, 3(1), 131-135.

2(5), 300–304. Retrieved from Ismoilov, H. (2023). YOSH YENGIL ATLETIKACHILARDA SPORT BILAN BOG‘LIQ JAROHATLARGA OLIB KELADIGAN OMILLAR. Educational Research in Universal Sciences, 2(5), 750–754. Retrieved from http://erus.uz/index.php/er/article/view/2771

Husniddin, I. (2025). O'ZBEKISTONDA SPORTNI RIVOJLANTIRISH. PEDAGOGIK TADQIQOTLAR JURNALI, 3(1), 750-754.

Husniddin, I. (2025). YENGIL ATLETIKANING METODOLOGIYASI. PEDAGOGIK TADQIQOTLAR JURNALI, 3(1), 755-759.

Husniddin, I. (2025). MUSOBAQA DAVRIDA YENGIL ATLETIKACHILARNING PSIXOLOGIK TAYYORGARLIGINI YAXSHILASH. PEDAGOGIK TADQIQOTLAR JURNALI, 3(1), 740-744.

Husniddin, I. (2025). YENGIL ATLETIKA BOYICHA MUSOBAQALARNI TASHKIL ETISH VA OTKAZISH. PEDAGOGIK TADQIQOTLAR JURNALI, 3(1), 768-772.

Ismoilov , H. N. o‘g‘li. (2023). YENGIL ATLETIKA O‘QITUVCHILARINING TA’LIM TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANISHINING AHAMIYATI. Educational Research Universal Sciences, http://erus.uz/index.php/er/article/view/2637

Husniddin, I. (2024). YENGIL ATLETIKA BOYICHA MUSOBAQALARNI TASHKIL ETISH VA OTKAZISH. Международный журнал научных исследователей, 9(1), 170-173.