Авторы

  • Axrorjon Nuriddinov
    Osiyo Xalqaro Universiteti Jismoniy madaniyat kafedra o’qituvchisi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.iqro.83186

Ключевые слова:

Strategiya sport mashg‘ulotlari kuch tezkorlik chidamlilik chaqqonlik asosiy mashg'ulotlar

Аннотация

Ushbu tezisda yosh yengil atletikachilarni ko‘p yillik tayyorgarlik jarayonlarini turli bosqichlarda mashg‘ulotlarni tashkil qilish, yuklamalar hajmini to‘g‘ri rejalashtirish shug‘ulanuvchilarni saralash, umumiy va maxsus jismoniy tayyorgarligi nisbatlarini taqsimlash, texnik-taktik tayyorgarligini takomillashtirish siklari (mikro, -mezo, - makrosikl), musobaqa oldi tayyorgarligi, musobaqa faoliyati, sport formasini ushlab turish va tiklovchi vositalardan foydalanish asosida organizmni tiklash kabi omillar bilan mashg‘ulot jarayonini boshqarish talab etadi.


background image

JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 15, issue 01, 2025

ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431

www.wordlyknowledge.uz

ILMIY METODIK JURNAL

Axrorjon Nuriddinov

Osiyo Xalqaro Universiteti

Jismoniy madaniyat kafedra o’qituvchisi

nuriddinovaxrorjonbahodirugli@oxu.uz

10-12 YOSHLI YENGIL ATLETIKACHI BOLALARNING JISMONIY

TAYYORGARLIGI KO‘RSATKICHLARI DINAMIKASI

Anatatsiya

: Ushbu tezisda yosh yengil atletikachilarni ko‘p yillik tayyorgarlik jarayonlarini turli

bosqichlarda mashg‘ulotlarni tashkilqilish, yuklamalar hajmini to‘g‘ri rejalashtirish

shug‘ulanuvchilarni saralash, umumiy va maxsus jismoniy tayyorgarligi nisbatlarini taqsimlash,

texnik-taktik tayyorgarligini takomillashtirish siklari (mikro, -mezo, - makrosikl), musobaqa oldi

tayyorgarligi, musobaqa faoliyati, sport formasini ushlab turish va tiklovchi vositalardan

foydalanish asosida organizmni tiklash kabi omillar bilan mashg‘ulot jarayonini boshqarish talab

etadi.

Kalit so'zlar:

​ ​ Strategiya, sport mashg‘ulotlari, kuch, tezkorlik, chidamlilik, chaqqonlik,

asosiy mashg'ulotlar

Kirish

Surxondaryo viloyati 10-12 yoshli yengil atletikachi o‘g‘il bolalarning kuchlilik sifatini aniqlash

maqsadida 1kg og‘irlikdagi to‘ldirma to‘pni ikki qo‘llab uloqtirish bo‘yicha nazorat guruhi

a’zolari tajriba avvalida 5,59±1,22 metr, tajriba guruhi o‘g‘il bolalari 5,12±1,25 metr natijani

ko‘rsatdi. Har ikki guruh natijalari qiyosiy solishtirilganda ishonchlilik darajasi t=1,04 (p>0,05)

ni namoyon etdi. Tajriba boshida har ikki guruh a’zolarining qayd etgan ko‘rsatkichlari bir-biriga

yaqin bo‘lib, deyarli katta farq qilmadi.

Jismoniy tayyorgarlik darajasini aniqlash maqsadida 10-12 yoshli yengil atletikachi o‘g‘il

bolalardan keyingi test, ya’ni turgan joydan uzunlikka sakrash bo‘yicha olingan natijalar

quyidagicha bo‘ldi: nazorat guruhi o‘g‘il bolalari tadqiqotning boshida 163,59±26,83 sm, tajriba

guruhining o‘g‘il bolalari esa 161,13±26,39 sm natijani ko‘rsatdi. Nazorat va tajriba guruhi

o‘g‘illari ko‘rsatgan amaldagi natijalar o‘zaro solishtirilganda ishonchlilik darajasi t=1,17

(p>0,05) ni ko‘rsatdi. O‘tkazilgan test yuzasidan ko‘rsatilgan natijalarni tahlil qilish davomida

shuni alohida aytish joizki, har ikki guruh o‘g‘il bolalarining natijalari bir-biriga yaqin ekanligi

namoyon bo‘ldi.

Surxondaryo viloyati 10-12 yoshli yengil atletikachi o‘g‘il bolalarning jismoniy tayyorgarligi

ko‘rsatkichlari dinamikasi.


background image

JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 15, issue 01, 2025

ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431

www.wordlyknowledge.uz

ILMIY METODIK JURNAL

10-12 yoshli yengil atletikachi o‘g‘il bolalarning tezkor-kuch sifati dinamikasini aniqlash

maqsadida turgan joyidan uch hatlab sakrash bo‘yicha nazorat guruhi a’zolari tajriba boshida

539,08±89,07 sm, tajriba guruhi o‘g‘il bolalari esa 535,18±89,63 sm natijani amalda namoyon

qildi. Shundan so‘ng har ikkala guruh a’zolarining natijalarini o‘zaro solishtirganimizda

ishonchlilik darajasi t=1,01 (p>0,05) ga teng ekanligini ko‘rsatdi. Qayd etilgan natijalardan shuni

yaqqol ko‘rishimiz mumkinki, har ikki guruhning ko‘rsatkichlari deyarli uncha farq qilmaydi.

Boshlang’ich tayyorgarlik guruhlarida shug’ullanuvchi 10-12 yoshli yengil atletikachi o‘g‘il

bolalarning asosiy sifatlaridan biri bo‘lgan egiluvchanlikni aniqlash maqsadida tik turgan holda

oldinga egilish testi bo‘yicha nazorat guruhi a’zolari tajriba boshida 6,20±1,26 sm, tajriba guruhi

o‘g‘il bolalari esa 5,69±1,25 sm natijani amalda ko‘rsatdi. Shundan keyin esa har ikkala guruh


background image

JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 15, issue 01, 2025

ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431

www.wordlyknowledge.uz

ILMIY METODIK JURNAL

a’zolarining natijalarini o‘zaro solishtirganimizda ishonchlilik darajasi t=1,13 (p>0,05) ga teng

ekanligini ko‘rsatdi. Qayd etilgan natijalardan shuni aniq anglashimiz mumkinki, har ikki

guruhning ko‘rsatkichlari bir-biriga deyarli yaqin bo‘lib,ko‘p farq qilmaydi.

10-12 yoshli yengil atletikachi o‘g‘il bolalarning qo‘l kuchini aniqlash maqsadida turnikda

tortilish testi bo‘yicha nazorat guruhi 12 nafar a’zolari tadqiqot boshida 5,15±1,07 marta, tajriba

guruhi 12 nafar o‘g‘il bolalari esa 4,70±1,12 marta turnikka tortilib, o‘zaro qayd etgan

ko‘rsatkichlar tahlil qilinib solishtirilganda ular orasidagi ishonchlilik darajasi t=1,04 (p>0,05) ga

teng ekanligini namoyon qildi. Ishonchlilik darajasi shuni ko‘rsatib turibdiki, nazorat va tajriba

guruhi orasidagi farq juda kichikligi ma’lum bo‘ldi.

Olib borilgan tadqiqotning 10-12 yoshli yengil atletikachi o‘g‘il bolalarda chidamlilik jismoniy

sifatining rivojlanish dinamikasini qayt etish uchun o‘tkazilgan pedagogik testlash natijalari

quyidagicha bo‘ldi: 10-12 yoshli yengil atletikachi o‘g‘il bolalardan 6-daqiqalik yugurish

bo‘yicha nazorat guruhi tajriba boshida 1130,67±187,34 metr, tajriba guruhi o‘g‘il bolalari esa

1125,02±188,63 metr natijani ko‘rsatdi. Shundan so‘ng har ikkala guruh a’zolarining natijalarini

o‘zaro solishtirganimizda ishonchlilik darajasi t=1,01 (p>0,05) ga teng ekanligini ko‘rsatdi. Qayd

etilgan natijalardan shuni aniq ko‘rishimiz mumkinki, har ikki guruhning ko‘rsatkichlari bir-

biriga deyarli yaqin bo‘lib, uncha ko‘p farq qilmaydi.

Foydalangan adabiyotlar:

1. Nuriddinov,

A.

(2024).

FUTBOLNING

ASOSIY

TAMOYILLARI

VA

STRATEGIYALARNI BAHOLASH.

2. Nuriddinov, A. (2024). FUTBOLDAGI ASOSIY VA YORDAMCHI MOTORIK

XUSUSIYATLARI.

3. Nuriddinov,

A.

(2024).

BUGUNGI

MASHXUR

DIETLARNING

SPOR

TUSHUNCHASIGA TA'SIRI.

4. Nuriddinov, A. (2024). FUTBOLDA FIZYOLOGIK HUSUSIYATLAR VA

CHIDAMLILIK.

5. Bahodir o'g'li, A. N. (2024). TRAINING OF YOUNG ATHLETES IN DIFFERENT

CLIMATE CONDITIONS. Confrencea, 10, 102-108.

6. Bahodir o'g'li, A. N. (2024). MAIN TOOLS AND METHODS OF TRAINING YOUNG

ATHLETES. Confrencea, 10, 157-162.

7. Axrorjon, N. (2024). SPORTDAGI INNOVATSIYALAR KOMPILYATSIYA

TADQIQOTI.

8. Nuriddinov, A. (2024). THE IMPORTANCE OF ATHLETICS TEACHERS'USE OF

EDUCATIONAL TECHNOLOGY. American Journal Of Social Sciences And Humanity

Research, 4(04), 15-21.

9. Nuriddinov, A. (2024). BLOCKCHAIN APPLICATIONS IN THE SPORTS

INDUSTRY. PEDAGOG, 7(5), 21-30.

10. Nuriddinov, A. (2024). BASIC AND AUXILIARY MOTOR CHARACTERISTICS IN

FOOTBALL. Modern Science and Research, 3(2), 479-489.

11. Nuriddinov, A. (2024). EVALUATİON OF BASİC FOOTBALL PRİNCİPLES AND

STRATEGİES. Modern Science and Research, 3(2).

12. Nuriddinov, A. (2024). EVALUATİON OF BASİC FOOTBALL PRİNCİPLES AND

STRATEGİES. Modern Science and Research, 3(2).

13. Nuriddinov, A. (2024). THE INFLUENCE OF TODAY'S POPULAR DIETS ON THE

CONCEPT OF SPORTS. Modern Science and Research, 3(2), 513-520.

14. Nuriddinov, A. (2023). Sport sotsiologiyasi: uning o'tmishdan hozirgi kungacha rivojlanishi

va kelajakka umidlari. Research and Publications, 1(1), 74-85.


background image

JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 15, issue 01, 2025

ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431

www.wordlyknowledge.uz

ILMIY METODIK JURNAL

15. Fuss, F. K., Subic, A., & Ujihashi, S. (Eds.). (2007). The impact of technology on sport II.

CRC Press.

Библиографические ссылки

Nuriddinov, A. (2024). FUTBOLNING ASOSIY TAMOYILLARI VA STRATEGIYALARNI BAHOLASH.

Nuriddinov, A. (2024). FUTBOLDAGI ASOSIY VA YORDAMCHI MOTORIK XUSUSIYATLARI.

Nuriddinov, A. (2024). BUGUNGI MASHXUR DIETLARNING SPOR TUSHUNCHASIGA TA'SIRI.

Nuriddinov, A. (2024). FUTBOLDA FIZYOLOGIK HUSUSIYATLAR VA CHIDAMLILIK.

Bahodir o'g'li, A. N. (2024). TRAINING OF YOUNG ATHLETES IN DIFFERENT CLIMATE CONDITIONS. Confrencea, 10, 102-108.

Bahodir o'g'li, A. N. (2024). MAIN TOOLS AND METHODS OF TRAINING YOUNG ATHLETES. Confrencea, 10, 157-162.

Axrorjon, N. (2024). SPORTDAGI INNOVATSIYALAR KOMPILYATSIYA TADQIQOTI.

Nuriddinov, A. (2024). THE IMPORTANCE OF ATHLETICS TEACHERS'USE OF EDUCATIONAL TECHNOLOGY. American Journal Of Social Sciences And Humanity Research, 4(04), 15-21.

Nuriddinov, A. (2024). BLOCKCHAIN APPLICATIONS IN THE SPORTS INDUSTRY. PEDAGOG, 7(5), 21-30.

Nuriddinov, A. (2024). BASIC AND AUXILIARY MOTOR CHARACTERISTICS IN FOOTBALL. Modern Science and Research, 3(2), 479-489.

Nuriddinov, A. (2024). EVALUATİON OF BASİC FOOTBALL PRİNCİPLES AND STRATEGİES. Modern Science and Research, 3(2).

Nuriddinov, A. (2024). EVALUATİON OF BASİC FOOTBALL PRİNCİPLES AND STRATEGİES. Modern Science and Research, 3(2).

Nuriddinov, A. (2024). THE INFLUENCE OF TODAY'S POPULAR DIETS ON THE CONCEPT OF SPORTS. Modern Science and Research, 3(2), 513-520.

Nuriddinov, A. (2023). Sport sotsiologiyasi: uning o'tmishdan hozirgi kungacha rivojlanishi va kelajakka umidlari. Research and Publications, 1(1), 74-85.

Fuss, F. K., Subic, A., & Ujihashi, S. (Eds.). (2007). The impact of technology on sport II. CRC Press.

Наиболее читаемые статьи этого автора (авторов)