Авторы

  • Nizomiddin Rajabov
    Buxoro Davlat Universiteti Oʻzbek tilshunosligi va jurnalistika kafedrasi doktaranti

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.irs.113151

Ключевые слова:

Variantlar dubletlar leksik munosabat leksik-lugʻaviy munosabat leksik-shakliy munosabat o‘z qatlam o‘zlashma qatlam ijtimoiy maqbullik donor til vositachi til qabul qiluvchi til parallellik

Аннотация

Ushbu maqolada tilshunoslikdagi ham leksik-lug‘aviy, ham leksik shakliy munosabatlar - antonimiya, sinonimiya, paronimiya, variantlilik hamda dublet hodisalarini o‘zaro farqlagan holda, umumiy jihatlari ham tahlilga tortilgan. Ularning paydo bo‘lish o‘rni, lingvistik hamda ijtimoiy ahamiyati hamda leksik munosabat turlari sifatidagi o’rni xususida fikrlar yuritilgan.


background image

INNOVATIVE RESEARCH IN SCIENCE

International scientific-online conference

128

TILSHUNOSLIKDAGI LEKSIK-LUG‘AVIY VA LEKSIK SHAKLIY

MUNOSABAT TURLARIDA UMUMIY HAMDA FARQLI JIHATLAR

Rajabov Nizomiddin Namoz o‘g‘li

Buxoro Davlat Universiteti

Oʻzbek tilshunosligi va jurnalistika kafedrasi doktaranti

https://doi.org/10.5281/zenodo.15746058

Annotatsiya:

Ushbu maqolada tilshunoslikdagi ham leksik-lug‘aviy, ham

leksik shakliy munosabatlar - antonimiya, sinonimiya, paronimiya, variantlilik
hamda dublet hodisalarini o‘zaro farqlagan holda, umumiy jihatlari ham tahlilga
tortilgan. Ularning paydo bo‘lish o‘rni, lingvistik hamda ijtimoiy ahamiyati
hamda leksik munosabat turlari sifatidagi o’rni xususida fikrlar yuritilgan.

Аннотация:

В статье анализируются как лексико-словарные, так и

лексико-формальные отношения в языкознании – антонимия, синонимия,
паронимия, вариантные и дублетные явления, проводится их
разграничение, а также анализируются их общие стороны. Высказываются
соображения об их месте происхождения, языковом и социальном
значении, а также об их роли как типов лексических отношений.

Annotation:

This article analyzes both lexical-dictionary and lexical formal

relations in linguistics - antonymy, synonymy, paronymy, variant and doublet
phenomena, distinguishing them from each other, and also their common
aspects. Thoughts are given about their place of occurrence, linguistic and social
significance, and their role as types of lexical relations.

Kalit so‘zlar

: Variantlar, dubletlar, leksik munosabat, leksik-lugʻaviy

munosabat, leksik-shakliy munosabat, o‘z qatlam, o‘zlashma qatlam, ijtimoiy
maqbullik, donor til, vositachi til, qabul qiluvchi til, parallellik

Ключевые слова:

Варианты, дублеты, лексическое отношение,

лексико-лексическое

отношение,

лексико-формное

отношение,

собственный слой, приобретенный слой, социальная приемлемость, язык-
донор, язык-посредник, язык-реципиент, параллелизм.

Key words:

Variants, doublets, lexical relation, lexical-lexical relation,

lexical-form relation, own layer, acquired layer, social acceptability, donor
language, intermediary language, recipient language, parallelism.

So’zlarning ma’no munosabatiga ko‘ra so‘zlarning ikki tipi mavjud deya

baholanadi. Antonim so‘zlar shakli har xil ma’nosi esa bir-biriga zid, qarama-
qarshi bo‘lgan so‘zlardir. Bir so‘zning tasdiq va inkor, bo‘lishli va bo‘lishsiz
shakllari antonimiyani yuzaga keltirmaydi. Chunonchi:

keldi-kelmadi, o‘qi-

o‘qima, yozgan-yozgan emas, ketgan-ketgani yo‘q, ishchi-ishchi emas

. Bular bir

so‘zning turli shakllaridir. Antonimlar leksik − so‘z va so‘z o‘rtasidagi zidlik:

oq-


background image

INNOVATIVE RESEARCH IN SCIENCE

International scientific-online conference

129

qora, bor-kel…

, frazeologik:

ko‘zi yashnadi-qovoq tumshuq, ko‘kka ko‘tarmoq-

yerga urmoq

…, leksik-frazeologik:

qora-sutga chayib olinganday, xunuk-ilonni

og‘zidan chiqqanday

… va affiksal − so‘z yasovchi qo‘shimchalar o‘rtasidagi

antonimiya:

tuzli-tuzsiz, odobli\baodob-odobsiz\beodob, barvaqt-

bevaqt…bo‘ladi.

Antonim so‘zlar deyarli batcha mustaqil so‘z turkumlarida uchraydi. Ayniqsa
sifat va ravishlarda ko‘proq, fe’l va otlarda nisbatan kamroq uchraydi. O‘zaro
ma’noviy munosabatga kirishuvchi sinonimik qatorning ijobiy va salbiy
ottenkali ikki qutbi ham o‘zaro antonimlikni tashkil etadi. Lekin antonimiyada
qarama-qarshi ma’noli ikki so‘zning juftligi asosdir. Sinonimiyada esa mushtarak
ma’noga ega bo‘lgan so‘zlar qatori asosiy o‘rin tutadi. Til birliklari o‘rtasidagi
ma’nodoshlik

sinonimiya

deb yuritiladi. Sinonimiya yoki ma’nodoshlik faqat so‘z

doirasida o‘rganiladigan hodisa emas. Bu hodisa so‘z, ibora, yordamchi so‘z va
qo‘shimchalar orasida ham mavjud. Tilning qaysi birliklari o‘zaro ma’nodoshlik
munosabatiga kirishishiga ko‘ra sinonimiyaning to‘rtta asosiy ko‘rininshi
mavjud:

1.

Leksik sinonimiya.

2.

Frazeologik sinonimiya.

3.

Affiksal sinonimiya.

4.

Grammatik sinonimiya.

So‘z bilan so‘zning ma’nodoshligi

leksik sinonimiya

, ibora bilan ibora

o‘rtasidagi ma’nodoshlik

frazeologik sinonimiya

, so‘z yasovchi qo‘shimchalar

o‘rtasidagi ma’nodoshlik

affiksal sinonimiya

, grammatik ma’no ifodolovchi

qo‘shimchalar va qo‘shimcha bilan yordamchi so‘z, shuningdek, gap bo‘laklari,
so‘z birikmalari va gaplar o‘rtasidagi ma’nodoshlik

grammatik sinonimiya

deb

ataladi. Masalan, «barg» va «yaproq» so‘zlari leksik sinonimiyaga, «boshi
osmonga yetmoq» va « terisiga sig‘madi» iboralari frazeologik sinonimiyaga
misol bo‘la oladi. So‘z bilan ibora orasidagi sinonimiya leksik-frazeologik
sinonimiya deb ataladi:

g‘azablanmoq – tepa sochi tikka bo‘lmoq

.

G’ani Abdurahmonovning umumiy tahriri ostidagi “Hozirgi o’zbek

adabiy tili” kitobida sinonimiyaga nisbatan quyidagicha fikr yuritiladi:
“Tilshunos olimlar maʼno xususiyatlarini koʼzda tutib, sinonimlarga turlicha taʼrif
beradilar. Taʼrifning xilma-xilligi aslida sinonimik gruppadagi soʼzlarning
maʼnolariga qarashning bir xil emasligidan kelib chiqqan. Sinonimlarning har xil
aytilishi va har xil yozilishi bobida eʼtirozlar yoʼq. Maʼlum sinonimik toʼdaga
kirgan har bir soʼz oʼziga xos maʼno, xususiyat va maʼno ottenklariga ega
boʼlganidan keyin uning shakli — tovush sostavi, talaffuzi va yozilishi har xil
boʼlishi tabiiy. Demak, sinonimlar maʼnosini, mazmuniy qiymatini toʼgri anglash


background image

INNOVATIVE RESEARCH IN SCIENCE

International scientific-online conference

130

va shunga muvofiq ravishda toʼgʼri taʼrif berish gʼoyat muhimdir. Sinonimlarning
eng muhim va oʼziga xos belgisi unda maʼno asosiy va yetakchi rol oʼynashidadir.
Shuning uchun ham sinonimlar soʼzlarning maʼno kategoriyalaridan biri
hisoblanadi. Olimlar taʼrifida sinonimlar maʼnosiga alohida e’tibor berilishi bejiz
emas. Baʼzi olimlar maʼlum sinonimik gruppalardagi soʼzlarning maʼnolari
orasidagi bogʼlanishga, xususan umumiy maʼnoga ortiqcha baho berib, maʼnolari
bir xil soʼzlar sinonimlar, desalar, boshqalari sinonimlarning logik qiymatini
koʼzda tutib, bir xil yoki bir-biriga yaqin tushunchalarni ifodalovchi soʼzlar
sinonimlar deydilar. Bu taʼriflarga eʼtiroz bildiruvchilar sinonimlarning oʼziga
xos ottenkalarini asosga olib va u ottenkani tushunchaga bogʼlab, boshqacharoq
taʼrif berish gʼoyalarini ilgari suradilar: tushunchaning ottenkalarini ifodalovchi,
maʼnolari yaqin soʼzlar sinonimlardir; bir tushunchani ifodalaydigan va bir-
biridan yo maʼno ottenkalari, yo stilistik rang bilan, yoki har ikkala xususiyat
bilan farqlanadigan soʼzlar sinonimlardir.”

1

Bizningcha, sinonimlarni

ta’riflashda, ularning ko’proq ma’noviy jihatlari inobatga olingan, aslini olganda
ham, ma’nodoshlik hodisasiga nisbatan ma’no nuqtai nazaridan qarash juda ham
to’g’ri, biroq biz sinonimlarni unga yondosh hodisalar bilan qiyosan o’rganishni
maqsad qilgan ekanmiz bu hodisaning shakliy tomonini ham nazardan chetda
qoldira olmaymiz. Etibor berib qaraganda, tilda aynan bir til sathida
birliklarning aynan bir ma’noni ifodalovchi har xil ko’rinishlarining uchrashi
hodisasi hisoblangan variantlilik bir jihatdan tilning keng ifoda imkoniyatlariga
ega ekanligini ko‘rsatsa, ikkinchi jihatdan tilning ma’lum bir o’rinlarda mavjud
variantlarga bo‘lgan ehtiyojidan paydo bo’ladigan hodisa hisoblanadi.
Vaholanki, shuni ham takidlash joizki, variantlilik hodisasi tilshunoslikda
polisemiya(ko’p ma’nolilik), sinonimiya (ma’nodoshlik) va dubletlar qatorida
sanalib terminologiya sohasining azaliy muammolaridan bo’lib keladi va bir
guruh olimlar tomonidan salbiy holat sifatida baholalanib kelinadi. Biroq, shu
qarashlar bilan yonma- yon holatda boshqa bir guruh olimlarning fikrlari
o’zgacha munosabat kasb etadi. Ularning fikrlaricha, tildagi variantlilik til
birliklari, qolaversa, butun til sistemasining mavjudligi, faoliyat yuritishi hamda
evolutsiyasi, ya’ni tarixiy rivojlanishi mohiyatini yoritib beruvchi eng muqobil
tushuncha va termindir. Yana ushbu guruh tilshunoslari: Til fonetikasi va
morfologiyasidan boshlab semantik va stilistik qatlamlargacha bo‘lgan barcha
sathlarda uchraydigan variantlashuv hodisasi, haqiqatdan ham, tilning boyishi
va rivojlanishini ta’minlovchi muhim omillardan hisoblanadi. Aynan bir til

1

“Ҳозирги ўзбек адабий тили” фонетика, лексикология, морфодогия. Ўзбекистон ССР “Фан” нашриёти.

Тошкент-1996.


background image

INNOVATIVE RESEARCH IN SCIENCE

International scientific-online conference

131

birligining turli o‘rinlarda uning eng munosib variantlari vositasida ifodalanishi
darajasi, shubhasiz, tilning boy ifoda imkoniyatlari ko‘rsatkichi bo‘lib ham
xizmat qila oladi degan fikrdalar.

2

Tilshunos H. Jamolxonov o’z tadqiqotlarida paronim so’zlar xususida

fikr yuritar ekan paronimlarni so'z variantlari bilan qorishtirmaslik kerak
ekanligini alohida ta’kidlaydi. Paronimlar bir so'z turkumiga mansub bir necha
leksemalardir: san’at va sanoat kabi. Variantlar esa bir leksemaning turli
ko'rinishlari, xolos, deydi va tomosha va tamosho, do'ppi va to’ppi, gado va
gadoy, shohi va shoyi

3

kabi misollarni keltirish orqali dalillaydi. Bizning

fikrimizcha ham, paronimlar va variantlar orasidagi munosabatni
oydinlashtirish juda muhim. Ko’p hollarda paronimiya va variantlilik
hodisalarining bir-biri bilan qorishtirilgan jihatlarini uchratamiz. Variantlilik bir
so‘zni birdan ortiq variantda talaffuz etish va qo‘llashdir. Masalan, tomosha-
tomosho-tamosha kabilar bir so‘zning uch varianti hisoblanadi. Ular ham o‘zaro
ayrim tovush orqaligina farqlanib, juda o‘xshash talaffuz qilinadi. Lekin ularning
biri me’yor bo‘lib, qolganlari uning fonetik buzib talaffuz etilishidir. Semantik
tomoni ham bitta bo‘lib, me’yor deb hisoblangan variantida qayd etiladi. Qolgan
variantlari esa shu semantika bilan o‘zgarishsiz qo‘llanadi. Xuddi shunga
o‘xshash ora va aro, gado va gadoy, demak va demoq kabi juftliklar ham bir
so‘zning ikki varianti hisoblanadi. Paronimiyada esa har bir komponent o‘z
semantikasiga ega bo‘ladi. “O‘zbek tili sinonimlarining izohli lug‘ati”da ham
odobli (adabli), baravar (barobar) kabi so‘zlar kiritilgan. Ammo muallif bunday
so‘zlarni sinonim emas, balki so‘z varianti ekanligini ko‘rsatish uchun qavs
ichiga olgan. So‘z variantlari asosan shu tilga xos leksik birliklar doirasida
bo‘ladi. Ular ma’no jihatdan bir-biridan farq qilmaydilar. Ana shu xususiyatlari
bilan so‘z variantlari sinonimlardan ham, dubletlardan ham farq qiladi desak
noto’g’ri bo’lmaydi.

Rus tilshunosi V.V. Morkovkin so'zni asl shaklida va morfologik

shakllanishida bo'linmaslik bilan ajralib turadigan asosiy lingvistik birlik sifatida
belgilaydi. Olimning fikricha, obyektlar belgilar va munosabatlarni belgilash
uchun xizmat qiladi (yoki holatlarning ifodalari uchun) va nutqda lingvistik
ahamiyatga ega variantlar shaklida namoyon bo'ladi. Yana, olim, shuni ham
ta’kidlaydiki, lingvistik ahamiyatga ega o'zgaruvchanlikka, ya'ni mavjudlikka
tasodifiy emas, balki juda tushunarli va muntazam davom etadigan hamda

2

Юсупов Отабек Якубович “Ўзбек тилига араб ва форс тилларидан ўзлашган лексик дублетлар таҳлили”

Хорижий филология. No2, 2020.

3

Jamolxonov H. “Hozirgi o’zbek adabiy tili” Toshkent. –Talqin. 2005


background image

INNOVATIVE RESEARCH IN SCIENCE

International scientific-online conference

132

harakatlanuvchi variantlar shaklida qarash lozimdir. Shuningdek, so'zning
o'zgaruvchanlik qobiliyati hammavaqt uning mavjudligida namoyon bo’ladi.

Bir so’z turli shakllarda har xil davrlarda turli tillar orqali kirib kelishi

mumkin. Ba’zi so’zlar shakl va ma’no uyg’unligini saqlab qolishi va ba’zilari esa
yo’qotishi mumkin. Bunday so’zlar esa tilshunoslikda leksik dubletlar deb
ataladi. Leksik dubletlar eng qadimiy va keng qamrovli leksiko-semantik
kategoriyalardan biri hisoblanadi. Leksik dubletlar deb, bir tilda ikki yoki undan
ortiq umumiy kelib chiqish tarixiga ega bo’lgan, ayrim paytlarda qayta
o’zlashtirish natijasida til lug’at boyligi tarkibiga kirgan, semantik jihatdan bir xil
yoki turli davrlarda ma’no jihatdan farqlanishlarga uchragan va talaffuzi bir-
biriga yaqin bo’lgan so’z juftliklariga aytiladi. Leksik dubletlarning eng ko’p
tarqalgan turi bu etimologik dubletlar hisoblanadi. Shunga o’xshash ta’riflarni
ko’plab tadqiqotlarda goh u , goh bu qirralarini uchratish mumkin. Mavjud
manbalarda dubletlar va variantlarga berilgan ta’riflar hamda keltirilgan
misollar shu qadar bir – biri bilan chalkashib ketganki, hattoki, bir tilshunos
variant sifatida keltirgan misollarni boshqa bir tilshunos dublet sifatida
baholagan holatlarni ko’rishimiz mumkin. Qolaversa, bu ikki hodisaning bir
vaqtning o’zida sinonim so’zlar bilan ham bog’liq vaziyatlarda chalkashliklar
kuzatilyotganligi bor gap. Shunday ekan mazkur vaziyatda ushbu til
birliklarining o’zaro chegaralarini qatiy belgilab olish ehtiyoji mavjud. Birinchi
navbatda O‘zbek tilidagi leksik dubletlar masalasi Sh.Raxmatullayev (2006),
A.Hojiyev (1981), R.Qo‘ng‘urov (1980), E.Begmatov (1985), M.Mirtojiyev (2010),
I.Qo‘chqortoyev (1977), B.Daniyarov (2020) va boshqalarning asarlarida u yoki
bu darajadagi tafsilotlari yoritilgan. O.Yusupov (2020) esa ingliz va o’zbek
tillaridagi dubletlarning funksional-semantik va lingvokultrologik tadqiqini olib
borgan.

4

U. Tursunov va boshqalar hammuallifligida yozilgan “Hozitgi o‘zbek

adabiy tili” darsligida esa quyidagicha firk bildiradi: Agar lersik birliklar har
jihatdan teng kelsa, ular o‘zaro farq qilmasa, leksik dubletlar yuzaga keladi. Bu
hodisa absolyut sinonim deb ham yuritiladi. Masalan: agitatsiya-tashviqot,
propaganda-targ‘ibot, tema-mavzu kabilar. Hozirgi oʼzbek adabiy tilining lugʼat
sostavidagi oʼz va oʼzlashma qatlam materiallari koʼp hollarda arabcha, tojikcha
va oʼzbekcha soʼzlarning tilda parallel holda yashab qolganligini ham koʼrsatadi.
Parallel yashovchi dublet va sinonimlar maʼlum stilistik vazifa oʼtaydi, narsa va
hodisalar haqidagi tushuncha va tasavvurlarning maʼlum qirralarini
konkretlashtirish, yaʼni soʼz maʼnolarining differentsiatsiyasi uchun xizmat

4

Юсупов Отабек Якубович “Ўзбек тилига араб ва форс тилларидан ўзлашган лексик дублетлар таҳлили”

Хорижий филология. No2, 2020.


background image

INNOVATIVE RESEARCH IN SCIENCE

International scientific-online conference

133

qiladi. Hozirgi oʼzbek adabiy tilidagi sinonimik uyalarning koʼpini oʼzbekcha
soʼzlarning oʼzlashma dubletlari va variantlari tashkil

qiladi. Leksikologiyada so‘zlar, asosan, ikki jihatdan − shakl va ma’no

munosabatiga ko‘ra turlarga ajratilib o‘rganiladi. Birdan ortiq so‘zning shakliy
o‘xshashligi paronimiya deyiladi. Shu shakliy o‘xshashlik tovushlarga asoslanadi.
Tilshunoslikda bu hodisani ikki xil tushunish bor − biri tor, ikkinchisi keng.
Paronimiyani tor tushunuvchilar, uni bir o‘zakdan yuzaga keladi deb qaraydilar.
Masalan,

yoriq-yorug‘, qurt-qurut, quyilmoq-quyulmoq

kabilar. Paronomiyani

keng tushunuvchilar uni so‘zlarning umuman yaxshi talaffuziga ega bo‘lishi deb
qaraydilar. Masalan,

apelyatsiya-operatsiya, abzal-afzal

kabilar. Ko‘pchilik

tilshunoslar keyingi nuqtai nazarni yoqlaydilar. Ikki leksemani o‘zaro paronim
deyish uchun (yunoncha − para “yonidagi”, onuma − “ism”) ular: 1) yasama
leksemalar bo‘lishi; 2) ayni bir semadan yasalagan bo‘lishi; 3) ayni bir turkumga
mansub bo‘lishi; 4) yasovchi morfemalarning mazmun planida umumiylik
bo‘lishi; 5) yasovchi morfemalarni ifoda plani jihatdan o‘xshash bo‘lishi kerak.
Ham ma’no jihatdan, ham talaffuz jihatdan o‘xshashligi mavjud bo’lgan
paronimlarni farqlash va o‘z o‘rnida ishlatish ma’lum qiyinchilik tug‘diradi.
Lekin paronimlar ancha sodda talablar asosida ham belgilanadi: fonemalar
tizimida faqat bir fonemasi bilan farqlanib turadigan ikki leksema o‘zaro
paronim deb qaraladi. Xulosa qilib aytganda, O‘zbek tilida sinonim, dublet,
variant tushunchalari bir-biri bilan uzviy bog‘liqdir, o‘z navbatida turli
jihatlariga ko‘ra farqlanadi. Shu jihatdan, til lug‘at boyligining asosini tashkil
etuvchi sinonim, dublet, variant hodisalarini bir-biridan farqlash lozim. Zero,
ular ma’noviy munosabati jihatidan deyarli bir o‘rinda tursa-da, uslubiy
xususiyati, shakily tomonlariga ko‘ra o‘zaro tafovutga ega. Buni tilshunos olimlar
o‘z asarlarida har doim qayd etganlar.

Tilshunos olim I.Qo‘chqortoyev ta’biri bilan aytganda, nutq jarayonida

muayyan maqsad uchun tanlangan so‘z biror tomonidan bizni qoniqtirmasa,
uning asl sinonimi yoki sinonimlarigana emas, balki uning variant yoxud
dubletini ongli ravishda qidirishga odatlanamiz

5

Sinonimlarda uslubiy bo’yoqdirlik kuchli bo’ladi. Ular fikrning ta’sirchan va

ravon ifodalashini ta’minlaydi. Dublet ichki manbadan, yoki tashqi manbadan
adabiy tilga o’zlashib me’yorlashgan so‘zlardir. Albatta, adabiy tilda o‘z muqobili
bo‘lgani holda. Variantlar esa bir so‘zning bir necha xil ko‘rinishidir. Ularning
ham adabiy tilda o‘z o‘rni bor. Shuningdek, ular sinonimlarning yadro qatlamini
tashkil etuvchi omillardan hisoblanadi. Shuni ha ta’kidlash kerarkki, dubletlar

5

Qo‘chqortoyev I. Lug‘aviy sinonimik vositalar va ularning asosiy turlari. O‘TA, 1984. 40son.


background image

INNOVATIVE RESEARCH IN SCIENCE

International scientific-online conference

134

variantlardan farqli o‘laroq o‘tkinchi hodisa deb baholaydi ko’pchilik
tilshunoslar bu masalaga ham o’z navbatida chuqurroq yondashib mulohazali
yakdil fikrga kelish ahamiyatlidir. Adabiyotning badiy tasvir vositasi sifatida
tilda dubletlar va variantlar yashaydi. Ammo, dubletlar masalasida hanuz ba’zi
ikkilanishlar mavjud. Ba’zi ilmiy adabiyotlarda dublet va absolyut yoki to‘liq
sinonimlar bir tushuncha sifatida baholansa, ba’zi qarashlarda variantlarning
dublet deb atalishi holatlari kuzatiladi.

Bizningcha, dubletlar absolyut yoki to‘liq sinonim ham, variant ham emas.

Ular faqat tildagi yangilanishlar, o‘zgarishlar natijasida iste’molda bor so‘zning

boshqa muqobillari paydo bo‘lishi bilan yuzaga kelgan hodisadir. Muqobili

mavjud bo’lgan dubletlar sekin – asta o’z muqobiliga o’rin bo’shatadi. Tilda (o’z
qatlamda) muqobili bo’lmagan dubletlar istiqbolli dubletlar hisoblanib o’sha til

lug’at tarkibidan o’rin oladi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

Азим Ҳожиев. “Тилшунослик терминларининг изоҳли луғати”

Тошкент. «Ўзбекистон миллий енсиклопедияси» Давлат илмий нашриёти.
2.

Ҳозирги ўзбек адабий тили Ўзбекистон ССР “ФАН” нашриёти

Тошкент-1996. Абдураҳмонов Ғ. умумий таҳрири остида.
3.

Qo‘chqortoyev I. Lug‘aviy sinonimik vositalar va ularning asosiy turlari.

O‘TA, 1984. 40son.
4.

Rahmatullayev Sh. “Hozirgi o’zbek adabiy tili” darslik. Toshkent.

”Universitet”.2006.
5.

Jamolxonov H. “Hozirgi o’zbek adabiy tili” Toshkent. –Talqin. 2005

Библиографические ссылки

Азим Ҳожиев. “Тилшунослик терминларининг изоҳли луғати” Тошкент. «Ўзбекистон миллий енсиклопедияси» Давлат илмий нашриёти.

Ҳозирги ўзбек адабий тили Ўзбекистон ССР “ФАН” нашриёти Тошкент-1996. Абдураҳмонов Ғ. умумий таҳрири остида.

Qo‘chqortoyev I. Lug‘aviy sinonimik vositalar va ularning asosiy turlari. O‘TA, 1984. 40son.

Rahmatullayev Sh. “Hozirgi o’zbek adabiy tili” darslik. Toshkent. ”Universitet”.2006.

Jamolxonov H. “Hozirgi o’zbek adabiy tili” Toshkent. –Talqin. 2005