INNOVATIVE RESEARCH IN SCIENCE
International scientific-online conference
22
MAKTABGACHA YOSHDAGI AQLI ZAIF BOLALARNING LUG‘AT
BOYLIGINI SHAKLLANTIRISH USULLARI
Nazokat Abidova
Toshkent davlat pedagogika universiteti Oligofr
enopedagogika kafedrasi dotsenti
S.Rixsiyeva
3- kurs talabasi
https://doi.org/10.5281/zenodo.15196025
Annotatsiya:
maktabgacha yoshdagi aqli zaif bolalarning lug’at
boyligini shakllantirish usullari, aqli zaif bolalar bilan olib boriladigan
korreksion ishlar, o’yin faoliyati, bolalarning so’z boyligini oshirish uchun
amalga oshiradigan faoliyat turlari haqida ma’lumot berilgan. Aqli zaif
bolalarning o’qish va mehnat faoliyatiga to’xtalib o’tilgan.
Kalit so’zlar:
maktabgacha yosh, aqli zaif, bola, korreksion ish, lug’at,
o’qish, mehnat, o’yin.
Аннотация: Приведены сведения о методах формирования
словарного запаса детей дошкольного возраста с задержкой
психического развития, коррекционной работе с детьми с задержкой
психического развития, игровой деятельности, видах деятельности по
расширению словарного запаса детей. Обсуждается учебная и трудовая
деятельность умственно отсталых детей.
Ключевые слова:
дошкольный возраст, умственно отсталый,
ребенок, коррекционная работа, словарь, чтение, труд, игра.
Abstract: Information is provided on the methods of forming the
vocabulary of preschool children with mental retardation, corrective work
with mentally retarded children, game activities, and types of activities to
increase children's vocabulary. The study and work activities of mentally
retarded children are discussed.
Keywords:
preschool age, mental retardation, child, corrective work,
vocabulary, study, work, game.
Aqli zaif bolalarga barcha faoliyat turlarining kech va to‘liqsiz
shakllanishi xarakterlidir. Bu taffakur va nutqning ma’lum darajadagi rivoji,
qobiliyat, diqqat, va o‘zining irodaviy xatti-harakatlarini maqsadga
yo‘naltirish malakasiga bog‘liq bo‘ladi. Amaliy harakatlarni talab etuvchi
faoliyat turi harakat doirasining rivojlanishidagi nuqsonlarni mavjudligi
sababli qiyinchilik bilan amalga oshadi. O‘z-o‘ziga xizmat, ovqat yeyish kabi
oddiy predmet-amaliy faoliyat turi ham aqli zaif o‘quvchilarda qiyinchilik
tug‘diradi. Ma’lum malaka va ko‘nikmalarni bu bolalarda tarbiyalash
INNOVATIVE RESEARCH IN SCIENCE
International scientific-online conference
23
uchun uzoq muddatli maqsadga yo‘naltirilgan ta’lim talab etiladi. Ular
harakatlar ketma-ketligini tez unutadilar, ularning ahamiyatini
tushunmaydilar. Shuning uchun barcha egallagan bilimi kattalar
yordamida so‘zlar vositasida o‘zaro faoliyatda takrorlanib turishi talab
etiladi.
Bog‘cha yoshidagi bolalarda to‘g‘ri xulq-atvorni shakllantirish
qiyinchilik tug‘diradi. Ularga xos aqliy kamchilik va zerikarli xayotiy tajriba
shart- sharoitni to‘g‘ri tushunish va adekvat baholashni qiyinlashtiradi.
Masalan, bolalar notanish odam bo‘lganda yugurish, baqirish, shovqin
qilish mumkin emasligini tushunmaydilar. Ayrim aqli zaif bolalar jim
o‘tiradilar, ota-onasi orqasiga berkinadilar, muloqatdan qochadilar. Bu
xususiyatlar kichik yoshli bolalarda kuzatiladi. Sog‘lom rivojlanuvchi bola
uchun bog‘cha yoshida asosiy faoliyat turi o‘yindir. Aqli zaif bola
rivojlanishida o‘yin katta o‘ringa ega bo‘lmaydi. Bu bog‘cha yoshidagi aqli
zaif bolalar o‘yin o‘ynashdan yiroq bo‘lishi bilan asoslanadi. Bola
rivojlanishi uchun ahamiyatli, lekin murakkab bo‘lgan syujetli-ro’lli o‘yin
ham aqli zaif bolalar uchun murakkablik qiladi.
Odatda aqli zaif bolarda ma’noga ega bo‘lmagan o‘yin harakatlarini
kuzatish mumkin. Masalan, bola xonaning bir tomonidan ikkinchi tomoniga
mashinani sudrab ovoz chiqarib o‘ynaydi. Uning harakati va ovoz tovushli
harakatlari o‘zaro mos kelmaydi. Qizcha qo‘g‘irchoqni ovqatlantirib, uni
yuziga uradi yoki qo‘liga nima tushsa og‘ziga tiqadi. Ayrim xollarda 2-3
bolalar birlashib o‘ynaydilar. Masalan, bir bola mashina itarib o‘ynaydi.
Ikkinchi bola uni orqasidan yuradi. Bunday birga o‘ynash qisqa muddatli
bo‘lib, tez orada o‘rtada kelishmovchilik yuzaga keladi va ular bir-biridan
o‘yinchoqni tortib oladi.
Rasm chizish. Barcha normal rivojlanib borgan bolalar bog’cha yoshidan
boshlab chizishni yoqtiradilar avval ular qog‘ozda turli shakllari
tushiradilar. Keyinchalik ularda tanish predmetlar bilan o‘xshashlik
kuzatiladi, bolalar keyinchalik alohida obektlarni chizishga harakat
qiladilar.
Aqli zaif bolalarni tasviriy faoliyati sekin va o‘ziga xos shakllananadi.
Ularning rasmlarida diagnostik xarakterga ega harakatlar kuzatiladi. Maxsus
ta’limdan mahrum bolalar qobiliyati oddiy shakllarni chizishdan nariga
o‘tmaydi, faqat maktabgacha yoshidan o‘tgan bolalar rasmlarida predmetli
syujetli rasmlar kuzatiladi. Ular nomukammal qo‘pol xatolar bilan chizilgan
bo‘ladi.
INNOVATIVE RESEARCH IN SCIENCE
International scientific-online conference
24
Bolalar odamlar va qushlarni to‘rt oyoqli qilib chizadi. Bog‘cha
yoshidagi bolalarda maxsus rasm chizishga o‘rgatilayotganda boshqa holat
kuzatiladi. Ularning ko‘pchiligida potensial imkoniyatlarni ko‘rsatuvchi
muvaffaqiyatlar kuzatiladi.
Aqli zaif bolalar maktabida asosiy faoliyat turi o‘qishdan tashqari,
mehnat faoliyatidir. Topshiriqlar ruxiy rivojlanish nuqsonlarini
korrektsiyalash uchun shart-sharoit yaratadi. Oligofren o‘quvchilar asosan
kichik maktab yoshida o‘quvchilar qo‘yilgan maqsad asosida o‘z xatti
harakatlarini boshqara olmaydilar. Ular mehnat faoliyatiga uni tahlil
qilmagan holda kirishadilar. O‘quvchilar vazifani maqsadiga tushunmay,
harakat rejasini tuzmay bajaradilar. Vazifani bajarishda aqli zaif bolalar
murakkab faoliyatdan oson faoliyatga o‘tib ketadilar, ishga qiziqish bilan
yondashmaydilar, ishni nomigagina bajaradilar.
Aqli zaif bolalar o‘z imkoniyatlarini adekvat baholay olmaydi. Ular
odatda har qanday ishni bajarishda faoliyat usuli - operatsion tartibni
bilmasdan urinadilar. Aqli zaif o‘quvchilar o‘z faoliyat natijalariga tanqidiy
yondashmaydilar.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.Abduraxmonov F., Davletshin G.M. Odamlar bilan qanday muloqotga kirishish
va yoshdashish kerak. T.: 1996.
2.AnastaziA.Psixologicheskoye testirovaniye: V 2 KN. Per, s.ang: Pod.red.
K.M.Gurevicha, V.I.Lubovskogo. M.: Pedagogika. 1992.
3.Axmedova M. Shaxs psixodiagnostikasi. T.: 2006.
4.Axmedova M. Shaxs xususiyatlarini о‘rganish metodikasi. T.: 2009.
5.Batashev A., Alekseyeva I., Mayorova YE. Diagnostika professionalno vajnix
kachestv. - Piter.: 2007.
6.N. Q.Abidova Autizm spektrli bolalarni o`qitish va tarbiyalash/o‘quv
qo‘llanma.Toshkent – 2023 y.
7.N. Q.Abidova Autizm spektrli bolalarni o`qitish va tarbiyalash/o‘quv
qo‘llanma.Toshkent – 2023 y.
8.Qutbiddinov A. N. THE TECHNOLOGY OF FORMING GEOMETRIC CONCEPTS IN
PRIMARY CLASS STUDENTS WITH INTELLECTUAL DEFECTS BASED ON THE
INNOVATION IDEA //INTEGRATION CLUSTER" ON THE BASIS OF
INTERDISCIPLINARY RELATIONSHIPS." International Scientific and Current
Research Conferences. – 2022.
9.Qutbiddinov A. N. THE TECHNOLOGY OF FORMING GEOMETRIC CONCEPTS IN
PRIMARY CLASS STUDENTS WITH INTELLECTUAL DEFECTS BASED ON THE
INNOVATION IDEA" INTEGRATION CLUSTER" ON THE BASIS OF
INNOVATIVE RESEARCH IN SCIENCE
International scientific-online conference
25
INTERDISCIPLINARY RELATIONSHIPS //International Scientific and Current
Research Conferences. – 2022. – С. 241-247.
10.Abidova, N. K. (2023). Psychological and pedagogical study of children with
autism. Oriental Journal of Education, 3(03), 61-65.
11.Qutbiddinov, A. N. (2022). Technology of forming geometric concepts in
primary class students with intellect defects on the basis of" integration Cluster".
Journal of Pharmaceutical Negative Results, 6461-6466.
12.Nazokat, A. (2023). Autizm spektori buzilgan o ‘quvchilarning bilish
faoliyatining o ‘ziga xos xususiyatlari. Journal of Academic Research and Trends
in Educational Sciences, 412-415.
13.Abidova, Nazokat. "Positive effects of formation of knowledge, skills and skills
on the basis of interdisciplinary relations." Academicia: An International
Multidisciplinary Research Journal 11.3 (2021): 2505-2510.
14.Qutbiddinovna A. N. AUTIZM SPEKTORLI BOLALARDA IJTIMOIY-MAISHIY
MALAKALARNI RIVOJLANTIRISH: doi. org/10.5281/zenodo. 10555394 //ILM-
FAN YANGILIKLARI KONFERENSIYASI. – 2024. – Т. 1.№. 1.
15.Obidova, B., & Abidova, N. Q. (2023). RUHIY RIVOJLANISHI SUSTLASHGAN
BOLALAR LUGAT BOYLIGINI RIVOJLANTIRISH. QO‘QON UNIVERSITETI
XABARNOMASI, 417-419.
16.Abdupattayeva, D., and N. Q. Abidova. "IMKONIYATI CHEKLANGAN
BOLALALRNI INKLUZIV TA’LIMGA KIRITISH UCHUN ULARNING OTA-
ONALARINI TAYYORLASH YO ‘LLARI." QO ‘QON UNIVERSITETI XABARNOMASI
(2023): 758-760.
17.No‘monjonova, R., & Abidova, N. Q. (2023). IMKONIYATI CHEKLANGAN
YOSHLARNI OILAVIY HAYOTGA TAYYORLASH. QO‘QON UNIVERSITETI
XABARNOMASI, 448-450.
18.Sharobidinova F., Abidova N. Q. AUTIZMGA EGA BOLALARNI PSIXOLOGO-
PEDAGOGIK O‘RGANISH //QO‘QON UNIVERSITETI XABARNOMASI. – 2023. – С.
761-763.
19.Ubaydullayeva M., Abidova N. Q. O‘ZBEKISTONDA AQLI ZAIF BOLALARNI
ERTA
TASHXIS
QILISH
MUAMMOLARI
//QO‘QON
UNIVERSITETI
XABARNOMASI. – 2023. – С. 764-766.