“Актуальные вопросы развития инновационно-
информационных технологий на транспорте” АВРИИТТ-2021
I-
Республиканская научно-техническая конференция
(Ташкент, 24-25 ноября 2021 года)
196
MYSQLNI ISHLAB CHIQISH VA BOSHQARISH VOSITALARI
Malohat GULYAMOVA,
Toshkent davlat transport universiteti. Transportda axborot tizimlari
va texnologiyalari
Ravshan ALIEV,
Toshkent davlat transport universiteti. Transportda axborot tizimlari
va texnologiyalari kafedrasi, professor
E-mail: alievravshan7@gmail.com
Marat ALIEV,
Toshkent davlat transport universiteti. Transportda axborot tizimlari
va texnologiyalari, professor
https://doi.org/10.47689/978-9943-7818-0-1-pp196-198
Annotatsiya:
Ushbu maqolada MySQL ma’lumotlar bazalari bilan ishlash
vositalarining eng ommaviy vositalari k
o‘rib chiqildi va ularning afzalliklari sanab
o‘tildi.
Kalit s
o‘zlar:
MySQL, Workbench, Navicat, PHPMyAdmin.
KIRISH
MySQL bazalarini boshqarish murakkab va kompleks jarayonni tashkil etadi. Uni
amalga oshirish uchun ixtisoslashtirilgan dasturlar yaratish talab etiladi. Bunday
dasturlar xoh endi ish faoliyatini boshlagan foydalanuvchilar b
o‘lsin, xoh tajribaga ega
b
o‘lgan dasturchilar bo‘lsin, MySQL bilan birdek samarali ishlash imkonini beradi.
Odatda, ularda ikkita alohida tarkibiy qismlar mavjud. Backend komponentlarida
maʼlumotlar relyatsion bazalariga kiritilgan maʼlumotlar joylashtiriladi. Frontend
komponentlari foydalanuvchilar interfeysi b
o‘lib, ularning foydalanishini o‘zi boshqaradi.
MySQL ning keng tarqalishi va ommaviylashishi sababli bugungi kunda bunday
dasturlar (instrumentlar) keng k
o‘lami namoyish etilmoqda. Bu tizim o‘zining qulayligi va
foydalanishda osonligi, hatto dasturlash bilimiga ega b
o‘lmagan foydalanuvchi ham
ishlatish imkoniga egaligi bilan ajralib, ommalashib bormoqda.
MySQL ma’lumotlar bazalari bilan ishlash uchun vositalar
Relyatsion ma’lumotlar bazasi (MB) – ma’lum bir algoritm bo‘yicha tartiblangan
ma’lumotlar majmuasidir. Vizual ravishda u jadval shaklida taqdim etiladi. SQL
(s
o‘rovlarni shakllantirish uchun maxsus til) tufayli ma’lumotlar olish, ma’lumotlar
bazalarini boshqarish, ular ustida amallar, administratsiyalash ishlari amalga oshadi.
Ularning faoliyati k
o‘pchilik teoriyasiga asoslangan bo‘lib, uning natijasida ko‘plab
obyektlarni bir butunga q
o‘shish mumkin. Axborot massivi to‘g‘ri tashkil etilganligini
ta’minlash uchun maxsus dasturiy ta’minotlardan foydalaniladi. MySQL boshqarish
dasturlari, xususan, quyidagi funksiyalarni bajarish imkonini beradi:
axborotni foydalanuvchiga zarur tartibda tuzish;
ma’lumotlarni boshqarish (o‘zgartirish, tuzatish, olib tashlash va boshqa);
zarur shaklda axborot olish uchun SQL s
o‘rovlarini shakllantirish;
zarur obyektlarni vizuallashtirish (masalan, jadvallar, diagrammalar va boshqa
shakllarda);
“Актуальные вопросы развития инновационно-
информационных технологий на транспорте” АВРИИТТ-2021
I-
Республиканская научно-техническая конференция
(Ташкент, 24-25 ноября 2021 года)
197
ma’lumotlar bazasini tashkil qilish.
Foydalanuvchilar
o‘z ehtiyojlari va ish ko‘lamidan kelib chiqqan holda, MySQL
ma’lumotlar bazalarini ishlab chiqish va boshqarish uchun ko‘plab vositalardan
foydalanishlari mumkin. Bulardan eng mashhurlari Workbench, Navicat, PHPMyAdmin,
dbForge Studio for MySQL, HeidiSQL, SQL Maestro, EMS SQL Manager va h.k.
Workbench.
Mac OS, Windows va Linux kabi eng ommabop OSni qoʻllab-
quvvatlay oladigan Workbench bugungi kunda eng ommabop va keng tarqalgan
hisoblanadi. Mazkur instrument bepulligi hamda juda k
o‘p foydalanuvchilarga egaligi
k
o‘ra keng yoyilmoqda. Ko‘rsatilgan tizimning asosiy afzalliklari quyidagilarni tashkil
etadi:
ma’lumotlar bazasini to‘liq boshqarishni amalga oshirish imkonini beradigan qulay
asbob-uskunalarning mavjudligi;
bazadagi axborotni grafik tarzda taqdim etish imkoniyati;
bazadagi axborot massivini tahrirlash imkoniyati;
MBning k
o‘plab maydonlari o‘rtasida aloqalarni shakllantirish faoliyatining
mavjudligi;
Reverse Engineering vositasi yordamida serverda saqlanayotgan axborotdan
jadval tuzilmasini tiklash imkoniyati;
SQL tahrirchisi mavjudliligi va u orqali serverga s
o‘rovlar jo‘natib, ma’lumotlarni
jadval k
o‘rinishida olish mumkinligi.
Navicat.
Navicat dasturi hozirgi kunda juda ommabopdir. Workbenchdan farqli
o‘laroq pulli dasturdir. Navicat afzalliklari deb quyidagilarni ajratish mumkin:
ma’lumotni grafik shaklda olish imkonini beradigan so‘rovlar tahrirchisi mavjudligi;
hisobotlarni yaratish, shuningdek, ma’lumotlarni import qilish, eksport qilish va
nusxa olish imkoniyati mavjudligi;
vazifalarni rejalashtirish vositasining mavjudligi;
SSH va HTTP protokollari b
o‘yicha tunnellashtirish.
PHPMyAdmin.
PHPMyAdmin
mashhur, bepul va ochiq kodli dasturdir.
Ma’lumotlar bazasini SQL buyruqlarisiz ham boshqarish imkoniyatini beradi, bu yangi
foydalanuvchilar uchun juda qulay. Bundan tashqari, PHPMyAdmin dasturga mualliflik
ishlanmalarini joylashtirish imkonini beradi, chunki unda tegishli litsenziya mavjud.
PHPMyAdmin bu web-interfeys b
o‘lib, uning yordamida siz MySQL serverini
boshqarishingiz, buyruqlarni bajarishingiz hamda brauzer orqali jadvallar va ma’lumotlar
bazalari tarkibini k
o‘rishingiz mumkin:
kunlik vazifalar uchun optimal faoliyat tizimi;
server tomonidan (brauzer orqali) ishlaydi;
intensiv rivojlanish.
dbForge Studio for SQL Server
– SQL Server ma’lumotlarini boshqarish,
administratsiyalash, taqdim etish va tahlil qilish uchun t
o‘liq funksional ishlab chiqish
muhitidir. Uning yordami bilan oddiy ishlarni osonlikcha avtomatlashtirish va vaqtni
tejash mumkin b
o‘ladi. Bugungi kunda MySQL uchun dbForge Studioning uch nashri
mavjud: Express, Standard va Professional, bu esa kerakli vositani tanlash imkonini
beradi. MySQL uchun DbForge Studio pulli hamda bepul versiyalarda mavjud.
HeidiSQL
yana bir bepul dastur b
o‘lib, uni PHPMyAdminga muqobil hisoblasa
b
o‘ladi. Ushbu vosita quyidagi xususiyatlarni taqdim etadi:
“Актуальные вопросы развития инновационно-
информационных технологий на транспорте” АВРИИТТ-2021
I-
Республиканская научно-техническая конференция
(Ташкент, 24-25 ноября 2021 года)
198
buyruq qatori yordamida serverlarga ulanish;
ustunlarni, tashqi kalitlarni, shuningdek, triggerlarni va boshqalarni bir vaqtning
o‘zida tahrirlash bilan jadvallarni tiklash;
jadvaldagi ma’lumotlar massivini uchinchi tomon ma’lumotlar bazalari bilan
sinxronlashtirish.
SQL Maestro
для MySQL
– mashhur ma’lumotlar bazasini va tizimlarini
boshqarish hamda ishlab chiqish uchun vositadir. Foydalanuvchi uchun qulay grafik
interfeys SQL s
o‘rovlari va skriptlarini bajarish, foydalanuvchi imtiyozlarini boshqarish,
eksport qilish va ma’lumotlarning zaxira nusxalarini yaratish imkonini beradi.
Xulosa.
Xulosa qilib aytganda , zamonaviy dasturchilar MySQL-ni boshqarish
uchun eng keng k
o‘lamli vositalarni taklif qilishadi, bu ma’lumotlar bazalari bilan
ishlaydigan har bir kishiga
o‘zining ish tajribasiga va kerakli funksionallikka mos
keladigan ilovalarni tanlash imkonini beradi. Yangi foydalanuvchilar uchun , odatda ,
bepul PHPMyAdmin, SQL Maestro yoki HeidiSQL ilovalari kabi dasturiy ta’minotni
o‘rganishni boshlashi va keyin esa Workbench yoki Navicat kabi kuchliroq vositalarga
o‘tish tavsiya etiladi. Har bir dasturiy vositaning o‘z foydalanuvchisi bo‘lib, har kim o‘ziga
qulay b
o‘lgan vositani tanlaydi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR R
O‘YXATI:
1. Guliamova M.K., & Aliev R.M. (2021). Database Concept, Relevance and
Expert Systems. Scientific and Educational Areas Under Modern Challenges, 2021.
–
PP. 125
–127. Чебоксары: SCC “Interaktiv plus”.
2.
Куликов С.C. Работа с MySQL, MS SQL Server и Oracle в примерах // практ.
пособие. – 2021. – С. 602.
3.
Калинин М.С. Создание и администрирование виртуальной модели базы
данных. // статья в сборнике трудов конференции. 2015. – С. 153–156.
4.
Мартишин С.А., Симонов В.Л. Проектирование и реализация баз данных
в СУБД MySQL с использованием MySQL Workbench. // Учебное пособие. –2012.
ZAMONAVIY MA’LUMOTLAR BAZASI VA ULARNING TASNIFI
Malohat GULYAMOVA,
Toshkent davlat transport universiteti. Transportda axborot tizimlari
va texnologiyalari
https://doi.org/10.47689/978-9943-7818-0-1-pp198-201
Annotatsiya:
Maqolada ma
’lumotlar bazasining zamonaviy turlari o‘rganib
chiqildi, ularning afzalliklari va kamchiliklari k
o‘rildi hamda bayon etildi.
Kalit s
o‘zlar:
Ma
’lumotlar bazalari, SQL, NoSQL.
Kirish.
Ma’lumotlar bazasida (MB) saqlanadigan ma’lumotlar har qanday
ma’lumot bo‘lishi mumkin, masalan, ilova ma’lumotlari, mahsulot katalogi,
xaridorning shaxsiy ma’lumotlari, parollarning xash summasi. Ma’lumotlar bazasida
saqlanadigan ma’lumotlarni olish, shuningdek, bu ma’lumotlar ustida amallar bajarish
uchun ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimi (matnda MBBT deb yuritiladi)