“Актуальные вопросы развития инновационно-
информационных технологий на транспорте” АВРИИТТ-2021
I-
Республиканская научно-техническая конференция
(Ташкент, 24-25 ноября 2021 года)
198
buyruq qatori yordamida serverlarga ulanish;
ustunlarni, tashqi kalitlarni, shuningdek, triggerlarni va boshqalarni bir vaqtning
o‘zida tahrirlash bilan jadvallarni tiklash;
jadvaldagi ma’lumotlar massivini uchinchi tomon ma’lumotlar bazalari bilan
sinxronlashtirish.
SQL Maestro
для MySQL
– mashhur ma’lumotlar bazasini va tizimlarini
boshqarish hamda ishlab chiqish uchun vositadir. Foydalanuvchi uchun qulay grafik
interfeys SQL s
o‘rovlari va skriptlarini bajarish, foydalanuvchi imtiyozlarini boshqarish,
eksport qilish va ma’lumotlarning zaxira nusxalarini yaratish imkonini beradi.
Xulosa.
Xulosa qilib aytganda , zamonaviy dasturchilar MySQL-ni boshqarish
uchun eng keng k
o‘lamli vositalarni taklif qilishadi, bu ma’lumotlar bazalari bilan
ishlaydigan har bir kishiga
o‘zining ish tajribasiga va kerakli funksionallikka mos
keladigan ilovalarni tanlash imkonini beradi. Yangi foydalanuvchilar uchun , odatda ,
bepul PHPMyAdmin, SQL Maestro yoki HeidiSQL ilovalari kabi dasturiy ta’minotni
o‘rganishni boshlashi va keyin esa Workbench yoki Navicat kabi kuchliroq vositalarga
o‘tish tavsiya etiladi. Har bir dasturiy vositaning o‘z foydalanuvchisi bo‘lib, har kim o‘ziga
qulay b
o‘lgan vositani tanlaydi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR R
O‘YXATI:
1. Guliamova M.K., & Aliev R.M. (2021). Database Concept, Relevance and
Expert Systems. Scientific and Educational Areas Under Modern Challenges, 2021.
–
PP. 125
–127. Чебоксары: SCC “Interaktiv plus”.
2.
Куликов С.C. Работа с MySQL, MS SQL Server и Oracle в примерах // практ.
пособие. – 2021. – С. 602.
3.
Калинин М.С. Создание и администрирование виртуальной модели базы
данных. // статья в сборнике трудов конференции. 2015. – С. 153–156.
4.
Мартишин С.А., Симонов В.Л. Проектирование и реализация баз данных
в СУБД MySQL с использованием MySQL Workbench. // Учебное пособие. –2012.
ZAMONAVIY MA’LUMOTLAR BAZASI VA ULARNING TASNIFI
Malohat GULYAMOVA,
Toshkent davlat transport universiteti. Transportda axborot tizimlari
va texnologiyalari
https://doi.org/10.47689/978-9943-7818-0-1-pp198-201
Annotatsiya:
Maqolada ma
’lumotlar bazasining zamonaviy turlari o‘rganib
chiqildi, ularning afzalliklari va kamchiliklari k
o‘rildi hamda bayon etildi.
Kalit s
o‘zlar:
Ma
’lumotlar bazalari, SQL, NoSQL.
Kirish.
Ma’lumotlar bazasida (MB) saqlanadigan ma’lumotlar har qanday
ma’lumot bo‘lishi mumkin, masalan, ilova ma’lumotlari, mahsulot katalogi,
xaridorning shaxsiy ma’lumotlari, parollarning xash summasi. Ma’lumotlar bazasida
saqlanadigan ma’lumotlarni olish, shuningdek, bu ma’lumotlar ustida amallar bajarish
uchun ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimi (matnda MBBT deb yuritiladi)
“Актуальные вопросы развития инновационно-
информационных технологий на транспорте” АВРИИТТ-2021
I-
Республиканская научно-техническая конференция
(Ташкент, 24-25 ноября 2021 года)
199
ishlatiladi. MBBT
– bu turli foydalanuvchilar tomonidan MB tashkil etish, boshqarish,
nazorat qilish, ma’muriyat qilish va birgalikda foydalanish uchun belgilangan dasturiy,
til va boshqa vositalar majmuasidir [1, 2]. Bunday tizimlar, asosan, foydalanilayotgan
ma’lumotlar modeli bo‘yicha tasniflanadi. Jumladan, ma’lumotlarning relyatsiya
modelidan foydalanishga asoslangan MBlarni relyatsiya MBBTlari deb ataydi.
Ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimlari saqlanayotgan axborotni saralashga,
ma’lumotlar bazasini tashqi kalitlar yordamida o‘zaro bog‘lashga xizmat qiladi,
shuningdek,
o‘zgartirishlar va ro‘yxatdan o‘tkazilgan hisobot berishi mumkin [1, 3].
Agar biz ommabop ma’lumotlar bazalari o‘rtasidagi farqlarni solishtiradigan
b
o‘lsak, u foydalanuvchi uchun qanchalik qulayligini va uning kengaytirilishini hisobga
olish kerak, shuningdek, foydalanilgan mahsulotlar bilan axborot tizimiga
muammosiz integratsiya qilinishiga ishonch hosil qilish kerak [2, 4].
1-rasm. DB-
Engines reytingi ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimlarini
mashhurligi b
o‘yicha top 10 taligi. [3]
Yuzlab SQL va NoSQL ma’lumotlar bazalari mavjud. Ularning ba’zilari mashhur,
ba’zilari haqida esa ma’lumot yetarli emas, ba’zilari ishlatishda o‘zining oddiyligi va
qulayligi bilan ajralib tursa, ba’zilari foydalanish uchun noqulay. Bunday vaziyatda tabiiy
savol tu
g‘iladi: qaysi ma’lumotlar bazasini tanlash kerak? Bunga javob berish uchun
ma’lumotlar bazasi yordamida nimaga erishmoqchi ekanlikni hal qilish kerak. Qaror
qabul qilishda har bir ma’lumotlar bazasi nimani taklif etishi mumkin ekanligini e’tirof
etish zarur. Umuman olganda, bir xil maqsadlarga erishish mumkin b
o‘lgan bir nechta
turlar mavjud. Bu turlarning bir necha keng tarqalganlarini k
o‘rib chiqamiz.
Relyatsion
ma’lumotlar bazasi.
Har bir ma’lumotlar bazalari bilan ishlagan
dasturchi yoki foydalanuvchi ushbu turdagi ma’lumotlar bazasidan ishni boshlaganligi
aniq. Bu dastur ommaviyligi va keng tarqalganligi bilan k
o‘pchilik foydalanuvchilar
e’tiboriga tushgan. Bunday MB ma’lumotlarni muayyan turdagi muayyan ustunlarga ega
relyatsion jadvallarida saqlash imkonini beradi. Relyatsion jadvallar normallashtirish va
birlashtirish uchun juda qulay.
Relyatsion modelning afzalliklari foydalanuvchi tomonidan tushunishning soddaligi
va qulayligi, foydalanilgan yago
na ma’lumot konstruktsiyasi “jadval” ekanligi,
“Актуальные вопросы развития инновационно-
информационных технологий на транспорте” АВРИИТТ-2021
I-
Республиканская научно-техническая конференция
(Ташкент, 24-25 ноября 2021 года)
200
ma’lumotlarning to‘liq mustaqilligi, relyatsion ma’lumotlar bazasi o‘zgargarganda
dasturdagi
o‘zgarishlar minimal bo‘lishi, so‘rovlarni tashkil qilish va amaliy dasturiy
ta’minotni yozish uchun tashqi xotirada ma’lumotlar bazasining maxsus tashkil etilishini
bilishning hojati y
o‘qligi va h.k. Relyatsion model bir qancha kamchiliklarga ham egadir.
Masalan, har sohani har doim “jadvallar” ko‘rinishida namoyish etish mumkin emas,
mantiqiy dizayn natijasida k
o‘plab “jadvallar” paydo bo‘ladi, bu esa ma’lumotlar
strukturasini tushunishni qiyinlashtiradi, MB nisbatan katta hajmdagi tashqi xotirani
egallaydi, ma’lumotlarga kirishning nisbatan past tezligi va h.k.
Hujjatga asoslangan ma’lumotlar bazalari.
Hujjatga yo
‘naltirilgan ma’lumotlar
bazasi
– bu ierarxik ma’lumotlar tuzilmalarini (hujjatlarni) saqlash uchun maxsus
m
o‘ljallangan ma’lumotlar bazasi va , odatda, NoSQL yondashuvi yordamida amalga
oshiriladi. Ular yozuvlarni JSON formatida saqlashga imkon beradi. Ushbu formatda har
qanday kalit uchun murakkab qiymat yaratish va darhol bitta yozuvga butun ma’lumotlar
tuzilmasini kiritish mumkin.
Bunday ma’lumotlar bazasiga misol qilib MongoDBni
keltirish mumkin.
Bunday MBlarning afzalliklari relyatsion ma’lumotlar bazalari bilan solishtirganda,
katta hajmdagi ma’lumotlarni indekslashda va ko‘p sonli so‘rovlarni o‘qishdagi yuqori
unumdorlik, SQL yechimlari bilan solishtirganda masshtabni osonlashtirish,
ma’lumotlarning “sxemasini” o‘zgartirish qulay: yangi maydonlarni qo‘shish uchun
yangilash operatsiyalarini bajarish shart emas, strukturalanmagan ma’lumotlarni
saqlashda muammo b
o‘lmaydi, obyekt haqidagi barcha ma’lumotlarni saqlash uchun
yagona joy: kamroq
“qo‘shilish” operatsiyalari, ma’lumotlar bazasi bilan aloqa qilish
uchun oddiy interfeys (kalit → qiymat, SQL yo‘q).
Kamchiliklari esa tranzaksiyaviy nazorat logikasining mavjud emasligi va
ma’lumotlarni qayta ishlash uchun qo‘shimcha dasturlashtirish tilidan foydalanish
zarurligidadir.
Xotiradagi ma’lumotlar bazalari (IMDB – In-memory Database).
Xotiradagi
ma’lumotlar bazasi kompyuter ma’lumotlarini saqlashda, asosan, tezkor xotiraga
tayanadigan ma’lumotlar bazalarini boshqarish tizimidir. U disk saqlash mexanizmi
foydalaniladigan MBBT fonida ajratiladi. Bunday MB larga misol qilib Redis,
Tarantool, Apache Igniteni keltirishimiz mumkin.
Bunday MB asosiy afzalliklariga, diskdan yozish va
o‘qish nuqtayi nazaridan
IMDBlar diskka asoslangan MBBTlarga qaraganda tezroqligi, IMDB ma’lumotlarni
qattiq diskda samarali saqlash mumkinligini aytish joiz. Diskka asoslangan DMBBT,
odatda, qattiq disklar bilan unchalik samarali ishlamaydi va SSD (yoki SAS yoki flesh-
xotira kabi boshqa tezkor xotirani) talab qilishi kiradi. Kamchiliklariga esa IMDB,
odatda, bir nechta protsessor yadrolari b
o‘ylab yaxshi ishlamasligi, agar barcha
ma’lumotlar RAMga mos kelmasa, IMDB ishlamasliklari va h.k.lar kiradi.
Keng ustunli ma’lumotlar bazalari.
Ushbu ma’lumotlar bazalari ma’lumotlarni
qattiq disk yoki SSDda kalit/qiymat yozuvlari k
o‘rinishida saqlaydi. Ushbu yechimlar
sistemada joylashgan minglab umum
iy serverlardagi peytabaytlik ma’lumotlarni
boshqarish uchun yaxshi masshtablashtirishga m
o‘ljallangan.Ular SSTable
arxitekturasini ifodalaydi. Ushbu arxitektura ikkita foydalanish holati uchun
m
o‘ljallangan: kalitlarga tezkor kirish va yuqori tezlik bilan yozish. Bunday MB larga
misol qilib Vertica, Clickhouselarni keltirish mumkin.
“Актуальные вопросы развития инновационно-
информационных технологий на транспорте” АВРИИТТ-2021
I-
Республиканская научно-техническая конференция
(Ташкент, 24-25 ноября 2021 года)
201
XULOSA
Yuqoridagi fikrlardan kelib chiqqan holda shunday xulosa qilishimiz mumkinki,
deyarli har qanday vazifani istalgan turdagi ma’lumotlar bazasi bilan bajarish
mumkin. Avvalambor, bu qanchalik tez muddatda va optimallashgan b
o‘lishi
kerakligini aniqlab olish zarur. Dasturchi
o‘zi o‘rgangan va unga qulay bo‘lgan MBBT
tanlashi, uning vaqtini qisqartirishi va ish jarayonining unumdorligini oshirishi aniq.
Har bir MB ning afzalliklari b
o‘lgani kabi o‘ziga yarasha kamchiliklari ham bor.
Shundan kelib chiqqan holda, har bir foydalanuvchi q
o‘yilgan masalaga individual
yondashgan holda hamda berilgan mabla
g‘dan kelib chiqib, o‘z tanlovini amalga
oshirishi maqsadga muvofiq.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR R
O‘YXATI:
1. Guliamova M.K., & Aliev R.M. (2021). Database Concept, Relevance and
Expert Systems. Scientific and Educational Areas Under Modern Challenges, 2021.
– PP. 125–127. Чебоксары: SCC “Interaktiv plus”.
2. Tokhirov E., Aliev R. Improving the braking distance of the train before level
crossing // InterConf.
– 2020.
3.
Бурмистров А.В., Белов Ю.С. Недостатки реляционных баз данных //
Электронный журнал: наука, техника и образование. 2015. № 3 (3). – С. 25–34.
4.
Драч В.Е., Родионов А.В., Чухраева А.И. Выбор системы управления
базами данных для информационной системы промышленного предприятия //
Электромагнитные волны и электронные системы. – 2018. – Т. 23. – № 3. – С.
71
–80.
5. Knowledge Base of Relational and NoSQL Database Management Systems.
URL: https://db-engines.com/en/ranking.