TASHKILOT XODIMLARINING TIBBIY KO‘RIKDAN O‘TISH MUDDATINI NAZORAT QILUVCHI DASTUR YARATISH AHAMIYATI | Актуальные вопросы развития инновационно-информационных технологий на транспорте

TASHKILOT XODIMLARINING TIBBIY KO‘RIKDAN O‘TISH MUDDATINI NAZORAT QILUVCHI DASTUR YARATISH AHAMIYATI

Поделиться
Matvaliyev, D. (2022). TASHKILOT XODIMLARINING TIBBIY KO‘RIKDAN O‘TISH MUDDATINI NAZORAT QILUVCHI DASTUR YARATISH AHAMIYATI. Актуальные вопросы развития инновационно-информационных технологий на транспорте, 1(1), 202–208. https://doi.org/10.47689/978-9943-7818-0-1-pp202-208
Davron Matvaliyev, Toshkent davlat transport universiteti

magistratura talabasi

0
Цитаты
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Ushbu maqolada tashkilot xodimlarining tibbiy ko‘rikdan o‘tish muddatlarini nazorat qilish jarayonini optimallashtirish uchun ko‘rilayotgan chora- tadbirlar yoritilgan. Shuningdek, ushbu maqola ikki qismdan iborat bo‘lib, uning birinchi qismida tizim ish jarayonini qayd etib borish uchun muhim bo‘lgan ma’lumotlar bazasi tushunchalari, ularni boshqarish tizimi tushunchasi hamda ma’lumotlar bazasini shakllantirish jarayonlari keltirilgan. Shu bilan birgalikda, ikki qism dasturiy ta’minot yaratish ishlari va ularga qo‘yiladigan talablarni turli metodlar yordamida tashkil etishni nazarda tutadi.


background image

“Актуальные вопросы развития инновационно-

информационных технологий на транспорте” АВРИИТТ-2021

I-

Республиканская научно-техническая конференция

(Ташкент, 24-25 ноября 2021 года)

202

TASHKILOT XODIMLARINING TIBBIY K

O‘RIKDAN O‘TISH

MUDDATINI NAZORAT QILUVCHI DASTUR YARATISH

AHAMIYATI

Davron MATVALIYEV,

magistratura

talabasi, Toshkent davlat transport universiteti, Toshkent,

O‘zbekiston

Shoyatbek XAKIMOV,

assistent, Toshkent davlat transport universiteti, Toshkent,

O‘zbekiston

DOI:

https://doi.org/10.47689/978-9943-7818-0-1-pp202-208

Annotatsiya:

Ushbu maqolada tashkilot xodimlarining tibbiy k

o‘rikdan o‘tish

muddatlarini nazorat qilish jarayonini optimallashtirish uchun k

o‘rilayotgan chora-

tadbirlar yoritilgan. Shuningdek, ushbu maqola ikki qismdan iborat b

o‘lib, uning

birinchi qismida tizim ish jarayonini qayd etib borish uchun muhim b

o‘lgan

ma’lumotlar bazasi tushunchalari, ularni boshqarish tizimi tushunchasi hamda
ma’lumotlar bazasini shakllantirish jarayonlari keltirilgan. Shu bilan birgalikda, ikki
qism dasturiy ta’minot yaratish ishlari va ularga qo‘yiladigan talablarni turli metodlar
yordamida tashkil etishni nazarda tutadi.

Kalit s

o‘zlar.

Ma’lumotlar bazasi, veb-texnologiya, tibbiy ko‘rik, tashkilot

strukturasi, October CMS.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 19-mart kuni “Yoshlar

ma’naviyatini yuksaltirish va ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish bo‘yicha
5 ta muhim tashabbus” ining uchinchisida “Aholi va yoshlar o‘rtasida kompyuter
texnologiyalari va internetdan samarali foydalanishni tashkil etish” ning muhimligiga
e’tibor qaratildi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Oliy ta’lim tizimini yanada
rivojlantirish chora-tadbirlari t

o‘g‘risida”gi qaroriga ko‘ra Oliy ta’lim tizimini kelgusida

yanada takomillashtirish va kompleks rivojlantirish b

o‘yicha eng muhim vazifalar

etib 2017

–2021-yillarda oliy ta’lim muassasalarining moddiy-texnik bazasini

mustahkamlash va modernizatsiyalash, ularni zamonaviy

o‘quv-ilmiy laboratoriyalar,

zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari vositalari bilan jihozlash
kompleks chora-

tadbirlari belgilansin, deb ta’kidlangan [1].

Keyingi pay

tlarda axborot resurslari davlatlarning о‘zaro bir-biriga qarshi

turishlari, geopolitik maqsadlari uchun bir maydon sifatida ham faol qо‘llanila
boshlandi. Bu hol ,ayniqsa,

zamonaviy axborot texnologiyalariga ega bо‘lgan

rivojlangan mamlakatlarga xos bо‘lib, bunday zamonaviy texnologiyalariga ega
bо‘lishlari ularning bu sohada sezilarli darajadagi ilg‘orliklarini ta’minlaydi.

Axborot-

kommunikatsiya tizimlarida ma’lumotlar almashinuvini samarali amalga

oshirishni tashkil etish bugungi rivojlangan jamiyatda katta ahamiyat kasb etadi.
Axborot texnologiyalarining jadal rivojlanib borishi jamiyat faoliyatining keng sohasida
turli axborot xizmatlarining vujudga kelishiga olib keldi. Ayniqsa, bank va boshqa
tо‘lov tizimlarida, davlat va jamiyat manfaatlari bilan bog‘liq muhim ma’lumotlarni
almashish hamda tahlil qilishda, tez va ishonchli ma’lumot almashinuvi talab
etiladigan tizimlarda tabiiy ravishda axborot muhofazasi masalalari dolzarbdir.
Haqiqatan ham, har qanday ma’lumot u yoki bu ma’noda axborot-kommunikatsiya


background image

“Актуальные вопросы развития инновационно-

информационных технологий на транспорте” АВРИИТТ-2021

I-

Республиканская научно-техническая конференция

(Ташкент, 24-25 ноября 2021 года)


203

tizimi foydalanuvchilarining manfaati bilan bo

g‘liq. Axborot muhofazasini ta’minlash:

huquqiy-me

’yoriy hujjatlar, texnik vositalar va kriptografik algoritmlar hamda

protokollar negizida yaratilgan dasturiy, apparat-dasturiy va apparat-texnik
vositalarni

birgalikda qо‘llash bilan samarali amalga oshiriladi.

Kompyuterlar va kompyuter tizimlari

– axborotlar tizimining muhim bо‘g‘imidir.

Internet tarmoqlari jamiyat faoliyatining barcha sohalarini qamrab olib, axborotlarni
tez va sifatli almashinuvini

ta’minlash jarayonlari texnologiyalarining rivojlanishida

ijobiy manba bо‘lib kelmoqda. Yuqorida keltirilgan asosli mulohazalardan kelib chiqib,
har qanday tashkilotlar xodimlar vazifalarini avtomatlashtirish, bu sohada zamonaviy
axborot-kommunikatsiya texnologiyalari imkoniyatlaridan foydalangan holda qulay
imkoniyatlar yaratish, har bir sohada rivojlanish, tezkorlik va ish sifatini oshirishga
xizmat qiladi. Shu jumladan, tashkilotlardagi xodimlar b

o‘limi vazifalarini ham asta-

sekin elektron tizimga

o‘tkazish uchun ba’zi takliflar ishlab chiqildi.

Barchaga ma’lumki, hozirda ko‘pgina tashkilotlarda xodimlar o‘z lavozimidan

kelib chiqib, olti oyda, bir yilda yoki ikki yilda bir marta majburiy tibbiy k

o‘rikdan

o‘tishlari shart. Ba’zi xodimlar oxirgi marta qachon tibbiy ko‘rikdan o‘tganlarini eslay
olmaydilar. Shundan s

o‘ng xodimlar bo‘limi inspektori doimiy ravishda har bir xodim

tibbiy anketasini qarab chiqishi, tibbiy k

o‘rikdan o‘tgan xodimlarning anketalarini

saralab olishi va ular bilan aloqaga chiqib, tibbiy k

o‘rikdan o‘tishlari lozimligi haqida

ogohlantirishi kerak b

o‘ladi. Bu esa o‘z navbatida, xodimlar bo‘limi ish jarayonini

o

g‘irlashtiradi.

Shu sababli aynan mana shu jarayonlarni yengillashtirish uchun yuqoridagi

vazifani avtomatik ravishda bajaruvchi dasturni ishlab chiqishga kirishildi. Ish
jarayonlari uch bosqichda amalga oshirilayotgan b

o‘lib, ular quyidagilardan iborat:

– ish jarayoni yuzasida tahlillarni amalga oshirish;
– korxonada xodimlarning ishlash jarayonida bajarayotgan vazifasi uning

salomatligiga ta’sir darajasini inobatga olgan holda barcha xodimlar to‘g‘risida
ma’lumotlar bazasini shakllashtirish;

– xodimlar bo‘limi inspektori xodimlar tibbiy ko‘rikdan o‘tish vaqtlarini avtomatik

ravshda k

o‘rsatib turuvchi dasturiy ta’minotning foydalanuvchi qismini ishlab chiqish.

Birinchi bosqich.

Yuqorida aytilganidek, xodimlar korxonada turli lavozimlarda

va turli mehnat sharoitlarida ishlashlariga t

o‘g‘ri keladi, bu esa o‘z navbatida tibbiy

k

o‘rikdan o‘tish vaqtlari va muddatlari ishchilar o‘rtasida turlicha bo‘lishini taqazo

etadi. Bu jarayonni nazorat etish xodimlar b

o‘limi inspektoriga quyidagi vazifalarni

yuklaydi:

– har bir xodimning so‘nggi marta qachon tibbiy ko‘rikdan o‘tganini tahlil qilish;
– xodimlarning qaysi lavozimda ishlashi va bu lavozimda ishlovchi xodimlarni

tibbiy k

o‘rikdan o‘tish grafigi bo‘yicha saralash;

– xodimlarni tibbiy ko‘rikdan o‘tishining so‘nggi muddatini belgilash;
– har bir xodimni tibbiy ko‘rikdan o‘tish kerakligi haqida ogohlantirish.

Ikkinchi bosqich:

Dasturiy ta’minotni foydalanuvchilarning ko‘pligi va ixtiyoriy

qurilmadan ixtiyoriy joyda turib ishlata olish imkoniyatlarini yaratishga b

o‘lgan

ehtiyojlardan kelib chiqib, veb-platforma tizimi sifatida varianti tanlab olindi. Chunki
veb-platformadan foydalanish uchun dasturni har bir qurilmaga

o‘rnatish shart emas,

shunchaki serverga

o‘rnatish va veb-brauzer orqali ixtiyoriy qurilmada foydalanish

imkoni mavjud [2].


background image

“Актуальные вопросы развития инновационно-

информационных технологий на транспорте” АВРИИТТ-2021

I-

Республиканская научно-техническая конференция

(Ташкент, 24-25 ноября 2021 года)

204

Dasturning administrator qismi xodimlar b

o‘limi inspektorlari uchun yaratilgan

b

o‘lib, tizimga maxsus login va parol orqali kiriladi (1-rasm).

1-rasm. Xodimlar b

o‘limi inspektorining tizimga kirishi.

Tizimga kirilgach, “Xodimlar bo‘limi” menyusi tanlanadi. Ushbu sahifada

xodimlar, b

o‘limlar va lavozim ma’lumotlarini shakllantirish imkoniyatlari yaratilgan.

Xodimlar b

o‘limi inspektori ushbu sahifani tanlagach, birinchi bo‘lib yangi bo‘limlarini

ma’lumotlar bazasiga kiritishi talab etiladi. Buning uchun inspektor “Xodimlar” ichki
menyusini tanlaydi va “Yangi xodim” tugmachasini bosadi , quyida oyna orqali kiritadi
(2-rasm).

2-rasm. Tashkilot b

o‘limlari sahifasi.

Tashkilotda mavjud b

o‘limlarni bir-biriga bog‘liqlik strukturasi, ya’ni qaysi bo‘lim

qaysi b

o‘limga bo‘ysunadi yoki qaysi bo‘limlarni boshqaradi kabi strukturani

shakllantirish “Strukturani sozlash” tugmachasini bosish orqali yangi sahifaga o‘tish
hamda ushbu sahifada juda ham oson usulda: b

o‘limning ustiga sichqonchaning

chap tugmasini bosish va boshqaruvchi b

o‘lim ostiga olib kelib, sichqonchani qo‘yib

yuborish orqali amalga oshiriladi (2-rasm). Xodimlar b

o‘limi inspektori bo‘limlar

strukturasini shakllantirib b

o‘lgach, tashkilotda mavjud lavozimlar ma’lumotlarini

kiritishi lozim. Buning uchun inspektor “lavozimlar” ichki menyusini tanlaydi va “yangi
lavozim” tugmachasini bosadi, natijada quyidagi oyna hosil bo‘ladi (3-rasm).


background image

“Актуальные вопросы развития инновационно-

информационных технологий на транспорте” АВРИИТТ-2021

I-

Республиканская научно-техническая конференция

(Ташкент, 24-25 ноября 2021 года)


205

3-rasm. Yangi lavozim kiritish oynasi.

Lavozimlar sahifasida lavozimlarni kiritish,

o‘zgartirish, saralash, qidirish,

o‘chirish imkoniyatlari yaratilgan.

Yuqoridagi ma’lumotlar to‘liq kiritib bo‘lingach, tashkilotdagi xodimlar haqidagi

ma’lumotlarni kiritish talab etiladi. Yangi xodim ma’lumotlarini kiritish uchun xodimlar
sahifasida “Yangi xodim” tugmasi bosiladi va quyidagi oyna hosil bo‘ladi (4-rasm).

4-

rasm. Xodim ma’lumotlarini kiritish oynasi.

Xodimlar haqidagi boshlan

g‘ich ma’lumotlar quyidagilarni tashkil etadi:

familiyasi, ismi, sharifi;

tu

g‘ilgan sanasi;

pasport ma’lumotlari;

tibbiy k

o‘rikdan o‘tgan sanasi;

keyingi tibbiy k

o‘rik sanasi;

ishlayotgan b

o‘limi;

lavozimi.

Barcha ma’lumotlar klaviatura orqali kiritiladi, lekin bo‘lim va lavozimlar tanlov

orqali kiritiladi. Bundan tashqari ushbu sahifada “Excelga eksport qilish” va “Exceldan
import qilish” funksiyalari yaratilgan bo‘lib, birdaniga bir nechta xodim ma’lumotlarini
Microsoft Excel dasturiga alohida yaxlit fayl sifatida yuborish yoki Microsoft Excel
dasturida mavjud ma’lumotlarni birdaniga tizimga import qilish imkoniyatiga ega.[3]
Xodimlar ma’lumotlari to‘liq shakllantirilgach , xodimlar sahifasi quyidagi ko‘rinishga
keladi (5-rasm).


background image

“Актуальные вопросы развития инновационно-

информационных технологий на транспорте” АВРИИТТ-2021

I-

Республиканская научно-техническая конференция

(Ташкент, 24-25 ноября 2021 года)

206

5-rasm. Yaratilgan veb-platformaning foydalanuvchi qismi.

Tizim shundan s

o‘ng xodimlarni tibbiy ko‘rik muddatlaridan kelib chiqib,

avtomatik ravishda vaqt b

o‘yicha statuslarni ranglar orqali shakllantiradi. Bunda

yashil rang

–tibbiy ko‘rikdan o‘tish muddatiga hali ancha vaqt bor ekanligini, sariq

rang

– tibbiy ko‘rikdan o‘tish muddatiga bir oydan kamroq vaqt qolganligini, qizil rang

– xodim tibbiy ko‘rikdan o‘tishga kech qolganligini, to‘q qizil rang – tibbiy ko‘rikdan
o‘tish muddati bir yildan ko‘proq muddatga o‘tib ketganligini bildiradi.

Uchinchi bosqich.

Dasturning foydalanuvchi qismi veb-sayt k

o‘rinishida

yaratilgan b

o‘lib, ixtiyoriy xodim foydalanishi mumkin.[4] Tizimda faqatgina

xodimlarning tibbiy k

o‘rik muddatlari emas, balki xodimlar bo‘limining asosiy

vazifalari, strukturasi, ishchi xodimlari (b

o‘lim boshlig‘i, inspektorlar) haqida

ma’lumotlar berilgan.

Foydalanuvchi qismi 3 ta muhim sahifadan iborat. Bular: asosiy sahifa, xodimlar

sahifasi va aloqa sahifasi.

Asosiy sahifada xodimlar ish tavsifi, xodimlar b

o‘yicha mutaxassis vazifalari,

xodimlar b

o‘limi inspektorlarining vazifalari keltirib o‘tilgan (6-rasm).

6-rasm. Asosiy sahifa.


background image

“Актуальные вопросы развития инновационно-

информационных технологий на транспорте” АВРИИТТ-2021

I-

Республиканская научно-техническая конференция

(Ташкент, 24-25 ноября 2021 года)


207

Shuningdek, asosiy sahifada yuqoridagilardan tashqari tashkilotdagi xodimlar

soni b

o‘yicha umumiy statistikalar, xodimlar bo‘limi inspektorlari ma’lumotlari rasmlari

bilan birgalikda keltirib

o‘tilgan.[5]

Ikkinchi xodimlar sahifasida tashkilot xodimlarining umumiy r

o‘yxati va tibbiy

k

o‘rik holati haqidagi ma’lumotlar keltirilgan bo‘lib, ixtiyoriy xodim ushbu sahifa orqali

o‘zining yoki qo‘lostidagi xodimlarining tibbiy ko‘rikdan o‘tish muddatlarini ko‘rib,
nazorat qilish imkoniyatiga ega. (7-rasm)

7-rasm. Xodimlar sahifasi.

Bundan tashqari , ushbu sahifada qidiruv va saralash tizimlari mavjud b

o‘lib, bu

kerakli xodim ma’lumotlarinini qidirib topishda va bir xil statusli xodimlarni saralab
olishda keng imkoniyatlarni yaratadi (7-rasm).

Uchinchi sahifa “Biz bilan aloqa” sahifasi bo‘lib, ushbu sahifada foydalanuvchilar

xodimlar b

o‘limiga ixtiyoriy murojaatlarini yuborishlari mumkin bo‘ladi.

Veb-platformaning ostki qismida bir nechta muhim saytlarning veb-adreslari

ssilkalari[6] keltirilgan b

o‘lib, foydalanuvchilar ushbu ssilkalar orqali gov.uz,

kadr.edu.uz, lex.uz, edu.uz, mintrans.uz kabi muhim saytlarga

o‘tish imkoniyatiga

egadirlar.

XULOSA

Xulosa qilib shuni aytishimiz mumkinki, axborot texnologiyalarining har qanday

hayot faoliyat jarayonlarga kirib kelishi bu inson mehnatidagi unumdorlikni oshiribgina
qolmay, balki uning salomatligi va so

g‘lom mehnat sharoitlarida ishlashiga o‘z

hissasini q

o‘shadi. Tashkilot xodimlarining doimiy tibbiy ko‘rikdan o‘tish muddatlarini

avtomatik ravishda nazorat qilishni ta’minlovchi veb-platforma tashkilotlarda xodimlar
b

o‘limi inspektorlari va xodimlar ishlarini osonlashtirishga, o‘zaro aloqani

ta’minlashga, vaqtni tejashga va ish samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR R

O‘YXATI:

1.

О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 20-apreldagi № PQ–2909-

sonli “Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari tо‘g‘risida”gi qarori.

2. Guliamova M.K., & Aliev R.M. (2021). Database Concept, Relevance and

Expert Systems. Scientific and Educational Areas Under Modern Challenges, 2021,
– PP. 125–127. Cheboksari: SCC “Interaktiv plus”.

3. Tokhirov E., Aliev R. Improving the braking distance of the train before level

crossing // InterConf.

– 2020.


background image

“Актуальные вопросы развития инновационно-

информационных технологий на транспорте” АВРИИТТ-2021

I-

Республиканская научно-техническая конференция

(Ташкент, 24-25 ноября 2021 года)

208

4. Gulamov J., Shukurov F., Shokhidayeva Sh. Automated information system

for inventory accounting of a car depot warehouse // JournalNX-2021.

5. Nurmukhamedov T., Shukurov F., Khakimov Sh. Information technologies for

forecasting car depot inventory using correlation analysis // JournalNX-2021.

6. R. Aliev Analysis of controlling the state of track sections on lines with speed

and high-

speed train traffic German International Journal of Modern Science № 14,

2021.

– PP. 57–58.


TOSHKENT DAVLAT TRANSPORT UNIVERSITETI AXBOROT

TEXNOLOGIYALARI MARKAZI UCHUN ELEKTRON

BUYURTMALAR QABUL QILISH TIZIMINI ISHLAB

CHIQISHNING AHAMIYATI

Muxamadaziz RASULMUXAMEDOV,

f.-m.f.n., dotsent, Toshkent Davlat transport universiteti Transportda axborot

tizimlari va texnologiyalari kafedra mudiri

E-mail: mrasulmuxamedov@list.ru

Eldor ABDULLAYEV,

Toshkent davlat transport universiteti

Baxtiyor QO‘CHQOROV,

Toshkent davlat transport universiteti

DOI:

https://doi.org/10.47689/978-9943-7818-0-1-pp208-216

Annotatsiya:

Ushbu maqolada xizmat k

o‘rsatish sohasi bilan bog‘liq bo‘lgan

universitet b

o‘limining ish jarayonlarini optimallashtirish uchun ko‘rilayotgan chora-

tadbirlar yoritilgan. Shuningdek, ushbu maqola ikki qismdan iborat b

o‘lib, uning

birinchi qismida tizim ish jarayonini qayd etib borish uchun muhim b

o‘lgan

ma’lumotlar bazasi tushunchalari, ularni boshqarish tizimi tushunchasi hamda
ma’lumotlar bazasini shakllantirish jarayonlari keltirilgan. Shu bilan birgalikda ikki
qism dasturiy ta’minot yaratish ishlari va ularga qo‘yiladigan talablarni turli metodlar
yordamida tashkil etishni nazarda tutadi.

Kalit s

o‘zlar:

Ma’lumotlar bazasi, ma’lumotlar bazasini tashkil etish turlari,

dasturiy ta’minot, dasturiy ta’minot qurish strukturalari, FIFO, LIFO metodlari, Axborot
texnologiyalari markazi.

I. KIRISH

2017

–2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor

y

o‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Ilm, ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni

rivojlantirish yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturida belgilangan vazifalarga
muvofiq hamda iqtisodiyot tarmoqlari va davlat boshqaruvi tizimiga zamonaviy
axborot texnologiyalarini keng joriy etish va telekommunikatsiya tarmoqlarini
kengaytirish orqali respublika iqtisodiyotining raqobatbardoshligini yanada oshirish
maqsadida [1] keyingi vaqtda raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish b

o‘yicha izchil chora-

Библиографические ссылки

0‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 20-apreldagi № PQ-2909-sonli “Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari tо‘g‘risida”gi qarori.

Guliamova M.K., & Aliev R.M. (2021). Database Concept, Relevance and Expert Systems. Scientific and Educational Areas Under Modern Challenges, 2021, - PP. 125-127. Cheboksari: SCC “Interaktiv plus”.

Tokhirov E., Aliev R. Improving the braking distance of the train before level crossing // InterConf. - 2020.

Gulamov J., Shukurov F., Shokhidayeva Sh. Automated information system for inventory accounting of a car depot warehouse // JournalNX-2021.

Nurmukhamedov T., Shukurov F., Khakimov Sh. Information technologies for forecasting car depot inventory using correlation analysis // JournalNX-2021.

R. Aliev Analysis of controlling the state of track sections on lines with speed and high-speed train traffic German International Journal of Modern Science № 14, 2021. - PP. 57-58.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов