Authors

  • Shoira Sulaymonova
    Jizzax viloyat Arnasoy tuman Axborot-kutubxona markazi axborot-bibliografiya xizmat rahbari

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.jassh.124092

Keywords:

kutubxona kitob oilaviy kitobxonlik kitobga qiziqish mutolaa madaniyatini shakllantirish.

Abstract

Ushbu maqolada  maktab o`quvchilarida mutolaa madaniyatini shakllantirish o`quvchilarda kitobga bo`lgan qizishiqishini oshirish  oilaviy kitobxonlik  haqida fikr yuritilgan.


background image

J

ourn

а

l of

А

n

а

lytic

а

l Synergy

а

nd

Scientific

Horizon ISSN: 3060-5261 Impact faktor: 9.9

Volume 1, Issue 5, Series B 2025

45

MAKTAB O’QUVCHILARIDA MUTOLAA

MADANIYATINI SHAKLLANTIRISHDA

KUTUBXONACHI, OTA-

ONA VA O’QITUVCHILAR

HAMKORLIGI

Sulaymonova Shoira Riskulovna

Jizzax viloyat Arnasoy tuman Axborot-kutubxona

markazi axborot-bibliografiya xizmat rahbari

Annotatsiya:

Ushbu maqolada maktab o`quvchilarida mutolaa madaniyatini

shakllantirish o`quvchilarda kitobga bo`lgan qizishiqishini oshirish oilaviy

kitobxonlik haqida fikr yuritilgan.

Аннотация:

В

данной статье рассматриваются вопросы формирования

культуры чтения у школьников, повышения интереса к книгам у учащихся,

семейного чтения.

Abstract:

This article discusses the issues of forming a reading culture

among schoolchildren, increasing interest in books among students, and family

reading.

Kalit so`z:

kutubxona kitob, oilaviy kitobxonlik, kitobga qiziqish, mutolaa

madaniyatini shakllantirish.

Ключевые слова:

Библиотечная книга, семейное чтение, интерес к

книге, формирование культуры чтения.

Keywords:

Library book, family reading, interest in books, formation of

reading culture.

Kutubxona -

bu o’rganishga tayyor bo’lgan barcha odamlarni birlashtiradigan

platforma. Bunda yoshlar va maktab o’quvchilarida kitob mutolaa qilish qobiliyatini


background image

J

ourn

а

l of

А

n

а

lytic

а

l Synergy

а

nd

Scientific

Horizon ISSN: 3060-5261 Impact faktor: 9.9

Volume 1, Issue 5, Series B 2025

46

shakllantirishda o’qituvchi, kutubxonachi va ota

-onalar muhim rol

o’ynaydi. Bu o’quvchilarning bilimini oshirish va kengaytirishga

ham yordam beradi. XXI asr texnika rivojlangan bir davrda,

o’quvchilarning kitob mutolaa qilish madaniyatini rivojlantirish

hozirgi kundagi dolzarb muammolardan biri bo’lib qolmoqda. Ho’sh, hozirgi kunda

nega o’quvchilarda kitob mutolaasi juda kam? Buning bir necha sabablari bor.

Buning sabablaridan biri odamlarning bo’sh vaqtlari uchun kitob mutolaasiga

raqobatdosh bo’ladigan

striming xizmatlari hamda ijtimoiy tarmoq chatlari kabi

raqamli ko’ngilochar variantlarning ko’payishidir. Albatta, bu jarayon kelajagimiz

bo’lgan yosh avlodga o’z ta’sirini ko’rsatmay qolmaydi. Misol uchun, uyda bo’sh

vaqtini o’tkazayotgan kattalar farzandlariga namuna bo’lishadi. Ya’ni ular kitob

o’qishsa, farzandlar ham ularga taqlid qilishadi. Ota

-onalarining ijtimoiy tarmoqda

vaqtini o’tkazganini yoki striming (jonli efir)da muloqot qilayotganini ko’rgan

farzandlar o’zlarini e’tiborsiz qolayotganini his

qilishadi va albatta ularda kitob

mutolaasi o’rnini gadjetlar egallaydi. Bundan tashqari, turmush tarzi, ish tartibi va

ta'lim ustuvorliklaridagi o'zgarishlar ham rol o'ynashi mumkin. Shunga qaramay,

shuni ta’kidlash kerakki, ko‘pchilik hali ham kitob o‘q

ishni qadrlaydi va zavqlanadi,

nashriyot sanoati esa rivojlanishda davom etmoqda.

Jumladan, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 13 sentyabrdagi

“Kitob mahsulotlarini nashr etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi

va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ’ib qilish bo’yicha kompleks chora

-

tadbirlar d

asturi to’g’risida” PQ 3271

-

sonli qarori ham o’quvchilarda mutolaa

madaniyatini shakllantirish qanchalik muhim ekanligini ko’rsatadi.

[1]

Bunda kutubxonachi, ota-

onalar va o’qituvchilarning hamkorligi va ularning

vazifalarini belgilab olishimiz zarur.

Har birimiz, qaysi kasb egasi bo’lmaylik, qaysi sohada ishlamaylik imkon va

sharoitimizdan kelib chiqib, kitob bilan muayyan darajada muloqotda bo’lamiz.


background image

J

ourn

а

l of

А

n

а

lytic

а

l Synergy

а

nd

Scientific

Horizon ISSN: 3060-5261 Impact faktor: 9.9

Volume 1, Issue 5, Series B 2025

47

Darhaqiqat, kitob insonni yerdan ko’kka ko’taruvchi, uning

ma’naviy

quvvatini oshiruvchi buyuk kuchdir. U insoniyatning

tarixiy xotirasi, ma’naviy

-

ma’rifiy olami, ilmiy zaminini

mustahkamlovchi, kelajakni yorqin ko’rsatib borishga qodir

mash’ala hisoblanadi. Albatta, kitob bu –

ziyo, uni tarqatuvchisi esa bu

kutubxonachidir. Ular kutubxona ma'lumotlar bazasini tashkil qiladi. Odamlarga

materiallar va resurslarni topishga yordam beradi. Ularning mas'uliyati ular

ishlaydigan kutubxonaga qarab farq qilishi mumkin. Masalan, yirik kutubxonalarda

kutubxonachilar odatda ma’muriya

t, IT boshqaruvi yoki bolalar kutubxonasi kabi

ma’lum bir sohaga ixtisoslashgan bo’ladi. Bunda biz jamoat va maktab kutubxona

kutubxonchilariga katta ma’suliyat yuklagan holda maktab o’quvchilarida mutolaa

madaniyatini shakllantirishda o’qituvchi va ota

-on

alar bilan to’g’ridan

-

to’g’ri

muloqotda maqsadni belgilab olish zarur. Kutubxonachi buning uchun xafta

kunlarini o’quvchilar sinfi va yoshiga doir qiziqarli viktorina hamda loyihalar bilan

boyitadi. Ishlab chiqilgan rejali loyihalar ota-

onalar va o’qituvch

ilar bilan

hamkorlikda o’quv muasassalarida joriy qilinadi. Masalan, “Otam, onam, kitob,

men: birgalikda

kitob oilasi” loyihasi oilada kitobxonlikni targ’ib qilish

maqsadida, kutubxona va joylarda yoshlarga ota-onasi uchun kitob olishi tavsiya

qilinadi y

oki aksincha yoshi kattalar uchun farzandi va turmush o’rtog’iga kitob

olishi tavsiya qilinadi. Kitob o’qishga ma’lum bir muddat kerak bo’lishi sababli

bunday loyihalarni haftada bir marta o’tkazish maqsadga muvofiqdir. Xaftaning

boshqa kuniga kitob o’qish

viktorinalarini tashkil qiladi va ularni rag’batlantirib

boradi hamda xafta yakuni bo’yicha ota

-

onalar va o’qituvchilar ishtirokida faol

o’quvchilarni yutuqli sovrinlar bilan mukofatlaydi.

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023- yil 21- dekabrdagi PQ-401-son

qarori asosida 2024 yil davomida chora tadbirlar rejasi asosida oilalarda

kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish maqsadida “ Kitobxonlik oiladan boshlanadi,

kitobxon ona - kitobx

on bola” g`oyasi va Kitobxon onalar kuni Oila va xotin –


background image

J

ourn

а

l of

А

n

а

lytic

а

l Synergy

а

nd

Scientific

Horizon ISSN: 3060-5261 Impact faktor: 9.9

Volume 1, Issue 5, Series B 2025

48

qizlar qo`mitasi, Respublika Ma`naviyat va ma`rifat markazi,

O`zbekiston Milliy kutubxonasi, O`zbekiston Yozuvchilar

uyushmasi, yoshlar siyosati va sport vazirligi bilan hamkorlikda har

oyda O`zbekiston Milliy kutubxonasi va viloyat shahar, tuman

axborot kutubxona markazlari va mahallalarida yuqori saviyada tashkil qilinib

kelinmoqda.

[2]

Oilaviy kitobxonlik faoliyati Tarbiyaning barcha mezon va unsurlari, avvalo,

oilada shakllantirilganidek, kitobxonlik madaniyatini tarbiyalashda ham oilaning

o’rni nihoyatda kattadir. Shu boisdan, ota

-

onalar farzandlariga kitob o’qisa, bolalar

kitobxon bo

’lishadi. Ota

-

onaning ma’naviy darajasi, axloqiy qarashlari bevosita

farzandga ham ko’chib o’tadi, farzandlar shaxsiyatida aks

-sado beradi. Binobarin,

kitobxonlik, badiiy adabiyotga muhabbat hamda inson ma’naviy tafakkurini

tarbiyalaydi. Darhaqiqat, ulug’

ma’rifatparvar Abdulla Avloniy aytganidek:

“Tarbiya biz uchun yo hayot

- yo mamot, yo najot

yo halokat, yo saodat

yo

falokat masalasidir”.

O`zbek oilalarida kitobga muhabbat, kitobni asrab avaylab saqlash va

kitobxonlik qadimiy an`analardan bo`lib, xalqimiz ma`naviy kamolotida muhim

o`rin tutib kelayotir. Kitobxonlik

ma`naviy komillik asoslaridan sanaladi.

[3:165]

Zero, kitobxonlik- mehnatdir, inson ma`naviyatini yuksaltiradigan, aqliy mehnat

sifatida katta qunt va diqqatni, sabr va bardoshni talab etadi, inson shuurini

mushohadaga va mulohaza yuritish iqtidorini shakllantiradi, fikrni charxlaydi,

teranlashtiradi. Tabiiyki , oilaviy kitobxonlikka tashabbus hamisha kattalar tarafida

bo`ladi. Bunda bobolar va buvilar bolalarga ertaklar aytib berishi yoki ota

onalarning kitobxonligi ayricha ahamiyat kasb etadi. Rus adibi A.S. Pushkin

iste`dodining kurtak ochishida buvisi Arina Radionovna nechog`lik katta rol

o`ynagan bo`lsa, bolalik kunlarida, uyqusiz tunlarida buvisi so`ylab bergan ertaklar

Hamid Olimjonda shoirlik iste`dodining uyg`onishida shu qadar katta rol

o`ynaganini inkor etib bo`lmas haqiqatdir.

[3:174]


background image

J

ourn

а

l of

А

n

а

lytic

а

l Synergy

а

nd

Scientific

Horizon ISSN: 3060-5261 Impact faktor: 9.9

Volume 1, Issue 5, Series B 2025

49

Ha, ota-bobolarimiz kitobni shu qadar ulug` muhabbat bilan

o`qigan, asrab

avaylagan, unga chinakam ixlos qo`yib qo`ygan

kitobdagi

so`zni

muqaddas

bilib

e`tiqodini,

iymonini

mustahkamlagan kitobning mo`jizaviy qudratiga ishonib amal qilib

yashagan. Shu tariqa kitobsevarlik ota

bobolarimizning qon

qoniga singigan,

savodi bor yoki yo`qligidan qat`iy nazar, kitobni qo`liga olgan zahoti uni ko`zlariga

surtib tavof etgan.

[3:175]

Shunday ekan kitob mutolaa madaniyatini shakllantirishda

oila nafaqat muhim balki asosiy ildiz sifatida qarashimiz lozim.

Oilaviy kitobxonlik madaniyatiga ega bo’lish uchun quyidagi tavsiyalarni

e’tiborga olish nazarda tutiladi:

Ular o’qishni xohlagan narsani tanlashiga imkon bering;

-

Yoshga mos kitoblarni tanlang;

-

Faqat yotishdan oldin emas, balki har kuni ularga kitob o’qib bering,

shunda

ularning kitob o’qish hayotning bir qismi ekanligiga munosabatini rivojlantirasiz;

-

Ularni oldida ko’proq bosma ya’ni haqiqiy kitoblarni o’qing;

-

Kitoblar har doim, hamma xonada mavjud bo’lsin. Badiiy, fantastik va hatto

rasmli kitoblar;

-

SIZ O'QING! Bir necha bo'sh daqiqalaringiz bo'lsa, birinchi variant sifatida

o'zingizni telefon yoki televizor pultini ko'tarmaslikka majburlang. Buning o'rniga

kitob yoki jurnalga murojaat qiling. Agar siz hech bo'lmaganda o'zingiz

xohlagancha o'qimasangiz, ular buni ko'rishadi va siz qilgan boshqa hech narsa

muhim emas.

-

Doimiy ravishda kutubxonaga borib turing. Kitob aksiya va tanlovlarida

ishtirok eting. Bolalar o'z kitoblarini tanlash uchun yetarlicha ulg’ayganlarida,

ularga kutubxona kartasini oling va har hafta yangi kitob olish quvonchini his

qilishlariga imkon bering. O'zingizga ham yangi kitob oling;

[5]


background image

J

ourn

а

l of

А

n

а

lytic

а

l Synergy

а

nd

Scientific

Horizon ISSN: 3060-5261 Impact faktor: 9.9

Volume 1, Issue 5, Series B 2025

50

O’rta yoshli kitobxon farzand uchun esa unga tengdosh

qahramonlar taqdiri aks etgan, hayotiy, xayoliy-fantastik voqealar

tasvirlangan, ko’ngil kechinmalari jonlantirilgan asarlarni tavsiya

qilinadi. Misol uchun Xudoyberdi To`xtaboyevning “Sariq devni

minib”, “Sariq devning o`limi”, Hojiakbar Shayxovning “Rene jumbog`i”, Jozef

Redrayd Kiplingni “Maugli”, Joan Roulingni “Garri Potter” Jonatan Sviftning “

Gulliverining sayohatlati”, Mark Tvenning “Tom Soyerning sarguzashtlari” kabi

sarguzasht kitoblar o`quvchilarni o`ziga jalb qiladi hamda kitob mutolaasiga

qiziqishi yanada ortib boradi.

Farzandlarning o’qish darajasi va tinglash darajasi boshqacha ekanligini hech

qachon unutmasligimiz zarur. Ilg’or kitoblarni o’qiyotganimizda, hikoyalarga

muhabbat uyg’otamiz, yangi lug’at bilan tanishamiz va bolalarni umrbod

kitobxonlarga aylantiradigan motivatsiyani shakllantirib boramiz va oilada

farzandlarimizda kitob mutolaasiga bo`lgan qiziqish ortib boradi.

Har bir oilalarda kattami kichikmi shaxsiy kutubxonalar mavjud, bu hol albatta

qoniqarli holat. Shaxsiy kutubxonalarni tashkil qilishda biz kattalar ota

onalar,

bobo-

buvilar yosh avlodga namuna sifatida oiladagi har bir farzandning tug’ilgan

kunida yoki maktabda tanlovlarda erishgan yutuqlarida ularni rag`batlantirgan

holda o`zlarining sevimli kitoblarini sovg`a qilishimiz kerak.

Shaxsiy kutubxonada o`zbek adabiyotimizning durdona asarlaridan

Xudoyberdi To`xtaboyevning “Sariq devni minib”, “Besh bolalai yigitcha”, “Sariq

devni o`limi”, O`tkir Xoshimovning “Dunyoning ishlari”, “ Daftar hoshiyasidagi

bitiklar”, “Ikki eshik orasi”,

Abdulla Qodriyning “O`tgan kunlar”, “Mehrobdan

chayon”, Cho`lponning “ Kecha va Kunduz”, Abdulla Qahhorning “ Sinchalak”,

Tohir Malikning “ Shaytanat” , “Tafakkur gulshani”, Muhammad Yusuf, Xalima

Xudoyberdiyeva, Zulfiya, Erkin Voxidov, Abdulla Oripov, To`ra Sulaymonlarning

sheriy to`plamlari har bir o`zbek xanodonlarining shaxsiy kutubxonasining

javonlaridan va ko`ngillaridan joy olgan sevimli adiblarimizning kitoblaridir.

[4:360]


background image

J

ourn

а

l of

А

n

а

lytic

а

l Synergy

а

nd

Scientific

Horizon ISSN: 3060-5261 Impact faktor: 9.9

Volume 1, Issue 5, Series B 2025

51

Dunyodagi har qaysi iqtisodiy rivojlangan davlat borki, aholisi

kitob mutolaasi bo’yicha yetakchi o’rinlarni egallab turadi. Misol

uchun,

Mamlakatlar bo‘yicha yiliga o‘rtacha o‘qiladigan kitoblar

haqidagi ko‘pchilik hisobotlar, o‘qishga sarflangan vaqtni

ko‘rsatadi. Birinchi beshlikdan Hindiston, Tailand, Xitoy, Filippin va Misr joy

olgan.

[6]

Albatta, iqtisodiy o’sish uchun aholi savodxonligi muhim rol o’ynaydi va

bu esa kitob mutolaasiga borib taqaladi. Davlatimiz tomonidan kitob mutolaasi va

kitobxonlik madaniyatini shakllantirishga doir bir qancha ishlar amalga

oshirilmoqda va buning uchun ota-

onalar, kutubxonachilar va o’qituvchilar

hamkorligi o’ta muhimdir.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’Y

XATI

1.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 13 sentyabrdagi

“Kitob mahsulotlarini nashr etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi

va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ’ib qilish bo’yicha kompleks chora

-

tadbirlar dasturi to’g’risida” PQ 3271

-sonli qarori;

2.

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023- yil 21- dekabrdagi PQ-

401-son qarori

3.

O.Safarov,

M.Maxmudov,

Oila

ma’naviyati.

Toshkent

“MA’NAVIYAT” 2009, 248 b.

4.

D.G’aniyeva. Ta’lim tizimidagi axborot

-kutubxona jarayonlarini

axborotlashtirishni tashkil etish boshqarish, “Yangi asr avlodi” Toshkent 2013 380

b.

5.

https://worldpopulationreview.com/country-rankings/average-books-read-per-year-by-

country

6.

https://www.educationworld.com/teachers/7-tips-encourage-your-students-read

References

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 13 sentyabrdagi “Kitob mahsulotlarini nashr etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ’ib qilish bo’yicha kompleks chora-tadbirlar dasturi to’g’risida” PQ 3271-sonli qarori;

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023- yil 21- dekabrdagi PQ-401-son qarori

O.Safarov, M.Maxmudov, Oila ma’naviyati. Toshkent “MA’NAVIYAT” 2009, 248 b.

D.G’aniyeva. Ta’lim tizimidagi axborot-kutubxona jarayonlarini axborotlashtirishni tashkil etish boshqarish, “Yangi asr avlodi” Toshkent 2013 380 b.