Authors

  • Shoira Sulaymonova
    Jizzax viloyat Arnasoy tuman Axborot-kutubxona markazi, Axborot-bibliografiya xizmat rahbari

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.jassh.124093

Keywords:

Inklyuziv kutubxona nogironligi bo‘lgan shaxslar axborotga kirish imkoniyati cheklangan foydalanuvchilar raqamli texnologiyalar

Abstract

Mazkur maqolada nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun kutubxona xizmatlarining inklyuzivligini ta’minlash masalalari ko‘rib chiqiladi. Kutubxonalarning ijtimoiy adolat va axborotga teng huquqli kirishni ta’minlovchi muassasa sifatida roli tahlil qilinadi. Muallif kutubxonalarda mavjud muammolar, nogiron foydalanuvchilar ehtiyojlari va zamonaviy texnologiyalar imkoniyatlari asosida inklyuziv xizmatlar modelini ishlab chiqish bo‘yicha takliflar beradi. Maqolada xorijiy tajriba, mavjud huquqiy-me’yoriy baza va O‘zbekistondagi amaliy holat o‘rganiladi.


background image

J

ourn

а

l of

А

n

а

lytic

а

l Synergy

а

nd

Scientific

Horizon ISSN: 3060-5261 Impact faktor: 9.9

Volume 1, Issue 5, Series B 2025

36

NOGIRONLIGI BO‘LGAN SHAXSLAR UCHUN

INKLYUZIV KUTUBXONA XIZMATLARINI YARATISH

Sulaymonova Shoira Riskulovna

Jizzax viloyat Arnasoy tuman Axborot-kutubxona markazi,

Axborot-bibliografiya xizmat rahbari

E-mail:sulaymonovashoira743@gmail.com

Annotatsiya:

Mazkur maqolada nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun kutubxona

xizmatlarining

inklyuzivligini

ta’minlash

masalalari

ko‘rib

chiqiladi.

Kutubxonalarning ijtimoiy adolat va axborotga teng huquqli kirishni ta’minlovchi

muassasa sifatida roli tahlil qilinadi. Muallif kutubxonalarda mavjud muammolar,

nogiron foydalanuvchilar ehtiyojlari va zamonaviy texnologiyalar imkoniyatlari

asosida inklyuziv xizmatlar modelini ishlab chiqish bo‘yicha takliflar beradi.

Maqolada xorijiy tajriba, mavjud huquqiy-

me’yoriy baza va O‘

zbekistondagi amaliy

holat o‘rganiladi.

Kalit so‘zlar:

I

nklyuziv kutubxona, nogironligi bo‘lgan shaxslar, axborotga

kirish, imkoniyati cheklangan foydalanuvchilar, raqamli texnologiyalar

Аннотация:

В данной статье рассматриваются вопросы обеспечения

инклюзивности библиотечных услуг для лиц с инвалидностью. Анализируется

роль

библиотек

как

учреждений,

обеспечивающих

социальную

справедливость и равный доступ к информации. Автор предлагает разработать

модель инклюзивных услуг, основанную на существующих проблемах в

библиотеках, потребностях пользователей с ограниченными возможностями и

возможностях современных технологий. В статье исследуется зарубежный

опыт, существующая нормативно

-

правовая база и практическая ситуация в

Узбекистане.

Ключевые слова:

инклюзивная библиотека, люди с ограниченными

возможностями, доступ к информации, пользователи с ограниченными

возможностями, цифровые технологии


background image

J

ourn

а

l of

А

n

а

lytic

а

l Synergy

а

nd

Scientific

Horizon ISSN: 3060-5261 Impact faktor: 9.9

Volume 1, Issue 5, Series B 2025

37

Annotation:

This article examines the creation of inclusive

library services for people with disabilities. It analyzes the role of

libraries as institutions that ensure social justice and equal access to

information. The author identifies key issues faced in current library

systems and proposes a model for inclusive services based on user needs and modern

technologies. The paper discusses international best practices, relevant legal

frameworks, and the current situation in Uzbekistan.

Keywords:

inclusive library, people with disabilities, access to information,

accessibility, digital technologies

XXI asrda kutubxonalar nafaqat axborot markazlari, balki jamiyatda ijtimoiy

tenglik va madaniy inklyuziya markazlariga aylanmoqda. Birlashgan Millatlar

Tashkilotining Bosh Assambleyasi tomonidan 2006-yil 13-dekabdagi 61/106-

rezolyusiyasi bilan qabul qilingan

“Nogironlar huquqlari tо‘g‘risidagi

Konvensiya”

hamda

“Nogironlar huquqlari tо‘g‘risidagi Konvensiyaga

Fakultativ protokol”

ana shu xalqaro hujjatlarning asosiylari hisoblanadi. Afsuski,

ko‘plab kutubxona tizimlarida nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun xizmatlar hali

ham cheklangan yoki yetarli darajada yo‘lga qo‘yilmagan.

Ho’sh,

inklyuziv

kutubxona

o’zi

nima?

Inklyuziv kutubxona

bu barcha foydalanuvchilar,

jumladan, nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun teng va to‘sqinliksiz axborot

xizmatlarini taqdim etuvchi muassasa. Uning asosiy maqsadi

barchaga axborot,

bilim va madaniy resurslardan foydalanish imkonini yaratish

, bu orqali ijtimoiy

tenglik va inklyuziyani ta’minlashdir.


background image

J

ourn

а

l of

А

n

а

lytic

а

l Synergy

а

nd

Scientific

Horizon ISSN: 3060-5261 Impact faktor: 9.9

Volume 1, Issue 5, Series B 2025

38

Misol uchun inklyuziv kutubxona o’zining alohida talablari

bo’ladi va ular quyidagilardir.

Ma’lumki,

jismoniy imkoniyatlari cheklangan shaxslar

uchun kutubxona xizmatlaridan foydalanish uchun

panduslar,

keng eshiklar, liftlar, past balandlikdagi javonlar va albatta nogiron aravachasida

harakatlanuvchi shaxslar uchun qulay muhit

yaratilgan bo’lishi lozim.

Buning

uchun yuqorida keltirilgan qulayliklar bo’lgandagina inklyuziv kutubxona

talablarining birinchi bosqich imkoniyati bajarilgan hisoblanadi. Keyingi va asosiy

talablardan biri bu m

avjud axborot resurslaridan foydalanishni moslashtirish va

ular quyidagilar bo’lishi mumkin:

b

rayl alifbosida kitoblar, ovozli (audio) kitoblar,

katta shriftli matnlar, k

ompyuter va mobil qurilmalarda ekranni o‘qib beruvchi

dasturlar

Shu bilan birgalikda, inklyuziv kutubxonada

texnologik yechimlar ham

inklyuzivlikning bir qismi bo’ladi. Masalan, ko’rish imkoniyatlarini kengaytirish

uchun e

kran kontrastini sozlash imkoniyati, ovoz va nutq imkoniyatlari uchun til va

nutqni avtomatik tarjima qilish tizimlari, onlayn xizmatlaridan oson foydalanish:

masofaviy kitob buyurtmasi, raqamli kataloglar ham shular jumlasidandir.

Inklyuziv kutubxonaning yana bir asosiy rollaridan biri bu kadrlar

tayyorgarligidir. Bunday kutubxona k

utubxonachilari

ning nogironligi bo‘lgan

foydalanuvchilar bilan muloqot va xizmat ko‘rsatish bo‘yicha treninglardan o‘tgan

bo‘lishi

va yordamchi til (masalan, ishorat (surdo) tili)ni biluvchi xodimlar

bo’lishi

inklyuziv kutubxona xizmatlarining asosiy imkoniyatlaridan biridir.

O‘zbekiston kutubxonalarida mavjud holat

O‘zbekiston kutubxonalarida nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun

inklyuziv

xizmatlarni rivojlantirish bo‘yicha dastlabki bosqichdagi harakatlar mavjud

, ammo

ularni tizimli deb atashga

hali erta. Quyida mavjud holat bo‘yicha asosiy jihatlar

keltiriladi:


background image

J

ourn

а

l of

А

n

а

lytic

а

l Synergy

а

nd

Scientific

Horizon ISSN: 3060-5261 Impact faktor: 9.9

Volume 1, Issue 5, Series B 2025

39

Jismoniy infratuzilma jihatidan k

o‘pgina kutubxonalar

(ayniqsa, mahalliy va qishloq kutubxonalari) jismoniy imkoniyati

cheklangan shaxslar uchun moslashtirilmagan: Panduslar (nogiron

aravachasi uchun yo‘laklar

) yetarli emas yoki mavjud emas, liftlar

ko‘pchilik binolarda yo‘q,

k

irish eshiklari va o‘quv zallari nogiron fo

ydalanuvchilar

uchun qulay emas, Yangi qurilayotgan yoki rekonstruksiya qilinayotgan

kutubxonalarda universal dizayn prinsiplari hali keng tatbiq qilinmagan.

Axborot resurslarining mavjudligi jihatidan brayl alifbosida adabiyotlar soni

cheklangan va faqat yirik kutubxonalardagina mavjud (masalan, Respublika ko‘zi

ojizlar kutubxonasi). Audio kitoblar fondi

keng emas, asosan ko‘zi ojizlar uchun

maxsus kutubxonalarda mavjud. Internet orqali foydalaniladigan raqamli

platformalarda aksariyat materiallar imkoniyati cheklangan foydalanuvchilarga

moslashtirilmagan. Shu qatorda kutubxona xodimlarining inklyuziv xizmatlar

bo‘yicha maxsus tayyorgarligi

ko‘pchilik hollarda mavjud emas.

Masalan: Ishorat

tili, maxsus ehtiyojli foydalanuvchilar bilan muloqot texnikasi kabi ko‘nikmalar

yetishmaydi.

Ba'zi yirik kutubxonalarda nogironlar bilan ishlash bo‘yicha

maxsus

bo‘limlar

faoliyat yuritadi, lekin bu tizim keng tarqalmagan. Kutubxonachilarning

inklyuziv xizmat ko‘rsatish bo‘yicha malakasi hali yetarli darajada emas. So‘nggi

yillarda trening va o‘quv kurslari o‘tkazilmoqda, ammo keng qamrovli emas.

Shu bilan birga inklyuziv kutubxona bo’yicha i

jobiy qadamlar va tashabbuslar

ham amalga oshirilmoqda. Misol uchun,

Respublika ko‘zi ojizlar kutubxonasi

faoliyati ijobiy namunadir

bu yerda brayl resurslar, audio-kitoblar, maxsus texnika

mavjud.

Ba’zi

universitet kutubxonalari (masalan, Toshkent davlat yuridik

universiteti, Nizomiy nomidagi pedagogika universiteti) o‘z kutubxonalarini

imkoniyati cheklangan talabalarga moslashtirishni boshlagan. Ijtimoiy loyihalar va

xalqaro grantlar orqali nogironlar uchun mobil ilovalar yoki audio materiallar

yaratilmoqda (lekin keng ko‘lamda emas).


background image

J

ourn

а

l of

А

n

а

lytic

а

l Synergy

а

nd

Scientific

Horizon ISSN: 3060-5261 Impact faktor: 9.9

Volume 1, Issue 5, Series B 2025

40

O‘zbekistondagi kutubxonalar inklyuzivlik yo‘lida

muayyan

qadamlarga ega bo‘lsa

-da

, hali to‘liq qamrovli tizimga ega emas.

Jismoniy infratuzilma, raqamli texnologiyalar, kutubxonachilar

malakasi va xizmatlar dizayni sohalarida tub islohotlar va davlat

darajasida qo‘llab

-quvvatlash zarur.

Mazkur sohadagi mavjud muammolar va yechimlar

ni xulosa qiladigan bo’lsak,

Muammolar

Hududiy kutubxonalarda inshootlar inklyuziv emas, moslashgan adabiyotlar

yetishmaydi, xodimlar yetarli tayyorgarlikka ega emas, jamiyatdagi umumiy ong va

yondashuv hali to‘liq shakllanmagan

.

Yechimlar

Kutubxonalar infratuzilmasini moslashtirish uchun davlat grantlari va xususiy

homiylikni jalb etish, i

nklyuziv xizmat ko‘rsatish bo‘yicha kutubxonachilarni tizimli

o‘qitish

, brayl, audiokitob va elektron resurslar fondini kengaytirish, mahalliy

aholiga inklyuzivlik bo‘yicha targ‘ibot tadbirlarini o‘tkazish

,

O‘zbekiston

kutubxonalarida inklyuzivlik yo‘nalishida islohotlar davom etmoqda va kelajakda

barcha kitobxonlar uchun yanada qulay, teng imkoniyatli sharoitlar yaratishga

qaratilgan.

Xorijiy tajribalar (AQSh, tajribasi)

Universal xizmat prinsipi.

Amerika kutubxonalari assotsatsiyasi (ALA) “Accessibele to All” tamoyiliga

amal qiladi. Nogironligi bo`lgan shaxslar uchun maxsus o`rinlar, tinglash

qurilmalari, Brayl printerlari va ekran o`quvchi dasturlari mavjud.

AQSHda ko‘plab jamoat kutubxonalari, masalan, Nyu

-York jamoat

kutubxonasi va Los-Anjeles jamoat kutubxonasi, inklyuzivlik tamoyillarini faol

amalga oshiradi. Ularda:

Nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun liftlar, maxsus kirish yo‘laklari, ovozli va

Brayl shriftidagi kitoblar mavjud.


background image

J

ourn

а

l of

А

n

а

lytic

а

l Synergy

а

nd

Scientific

Horizon ISSN: 3060-5261 Impact faktor: 9.9

Volume 1, Issue 5, Series B 2025

41

Ko‘zi ojizlar uchun audio kitoblar va ekran o‘quvchi dasturlar

(screen reader) taklif etiladi.

Til va madaniy xilma-xillikni

qo‘llab

-quvvatlash maqsadida

ko‘p tilli kitoblar va dasturlar yaratilgan.

Britaniyada kutubxonalar "Universal Access" (Umumiy kirish) konsepsiyasiga

amal qiladi. Kutubxonalarda autizmga ega bolalar uchun maxsus tinch zonalar va

sensor xonalar mavjud.

Kitob tanlashda o‘quvchilarga maxsus yo‘riqnomalar

beriladi.

Imkoniyati cheklangan foydalanuvchilar uchun “mobil kutubxona” xizmati

yo‘lga qo‘yilgan (masalan, uyga kitob yetkazib berish).

Skandinaviya mamlakatlari (Shvetsiya, Norvegiya, Daniya)da kutubxona

tizimi "hammani qamrab olish" prinsipiga asoslangan.

Kutubxona xodimlari maxsus inklyuzivlik bo‘yicha tayyorgarlikdan o‘tgan.

Interaktiv o‘yin maydonchalari, oilaviy o‘quv dasturlari mavjud.

Ruhiy salomatlik bo‘yicha maslahat va qo‘llab

-quvvatlash xizmatlari

ko‘rsatiladi.

Dunyo tajribasidan ko‘rinib turibdiki, inklyuziv kutubxona nafaqat

infratuzilmani moslashtirish, balki xodimlarning tayyorgarligi, texnologiyalardan

foydalanish va foydalanuvchilarga nisbatan g‘amxo‘rlik

madaniyatini

shakllantirishni ham talab qiladi. Shu

yo‘sinda, O‘zbekiston kutubxonalari uchun

xorijiy tajribalarni o‘rganish va moslashtirish, milliy madaniyat va ehtiyojlarga mos

innovatsion yondashuvlarni joriy etish dolzarb vazifa bo‘lib qolmoqda.

Inklyuziv kutubxonalarni

rivojlantirish bo‘yicha takliflar

Infratuzilmani moslashtirish uchun nogironlar aravachasi foydalanuvchilari

uchun panduslar (ramplar), keng eshiklar va maxsus hojatxonalar qurish.

Yoshi katta va ko‘zi ojiz kishilar uchun lift va maxsus tutqichlar o‘rnatish.

Binoda shovqinni kamaytirish uchun maxsus ovoz yutuvchi materiallar

ishlatish.


background image

J

ourn

а

l of

А

n

а

lytic

а

l Synergy

а

nd

Scientific

Horizon ISSN: 3060-5261 Impact faktor: 9.9

Volume 1, Issue 5, Series B 2025

42

Axborot resurslarini moslashtirish uchun brayl alifbosidagi

kitoblar va nashrlarni ko‘paytirish.

Audiokitoblar fondini kengaytirish (shu jumladan o‘zbek va

rus tillarida).

Ekran o‘quvchi dasturlar (screen reader) o‘rnatilgan kompyuter va planshetlar

qo‘yish.

Undan tashqari xodimlarni tayyorlash uchun xodimlarga inklyuziv xizmat

ko‘rsatish bo‘yicha maxsus o‘quv kurslarini o‘tkazish

, n

ogironligi bo‘lgan, keksalar

va bolalar bilan ishlash psixologiyasi bo‘yicha treninglar. Ishchilarga ishora tili

asoslarini o‘rgatish.

Nogironligi bor hamda imkoniyati cheklanganlar uchun madaniy va ijtimoiy

tadbirlarni tashkil qilish.

Nogironligi bo‘lgan san’atkorlar va yozuvchilar ish

tirokida

uchrashuvlar o‘tkazish, «Hammani qamrab oluvchi o‘qish kuni», «Bra

yl kitob

haftaligi» kabi maxsus tadbirlar. Bolalar uchun interaktiv va sensorli o‘quv

mashg‘ulotlarini yo‘lga qo‘yish.

Jamiyatni hamma uchun teng imkoniyatlardan foydalanish maqsadida

hamkorlik va jamoatchilikni jalb qilish. Nogironlar jamiyatlari, ijtimoiy tashkilotlar

va mahalla qo‘

mitalari bilan hamkorlik qilish, xususiy sektor (homiylar) va xalqaro

tashkilotlar bilan grant va loyiha asosida ishlash, universitetlar va ilmiy markazlar

bilan inklyuziv xizmatlarni rivojlantirish bo‘yicha tadqiqotlar olib borish.

Xulosa sifatida

aytib o’tishimiz joizki, i

nklyuziv kutubxona

bu nafaqat fizik

jihatdan moslashgan bino, balki jamiyatdagi hammani teng qabul qilish madaniyati

demakdir. Yuqoridagi takliflar amalga oshirilsa, kutubxonalar har bir fuqaro uchun

haqiqiy axborot va madaniyat markaziga aylanishi mumkin.

Nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun inklyuziv kutubxona xizmatlari yaratilishi

bu nafaqat axborotga kirish masalasi, balki inson huquqlari va ijtimoiy adolatni

ta’minlash vositasidir. Buning uchun tizimli yondashuv va jamiyatning barch

a

qatlamlari ishtiroki muhimdir.


background image

J

ourn

а

l of

А

n

а

lytic

а

l Synergy

а

nd

Scientific

Horizon ISSN: 3060-5261 Impact faktor: 9.9

Volume 1, Issue 5, Series B 2025

43

Inklyuziv kutubxona zamonaviy jamiyatning ijtimoiy adolat,

tenglik va har bir fuqaroning huquqlarini

ta’minlashga qaratilgan

eng muhim madaniy va ma’rifiy markazlaridan biridir. Xorijiy

tajriba shuni ko‘rsatmoqdaki, inklyuziv yondashuv nafaqat

infratuzilmani moslashtirish, balki axborot resurslarini diversifikatsiya qilish,

xodimlarning malakasini oshirish va yangi texnologiyalarni joriy etishni ham talab

qiladi.

Bunday kutubxonalar imkoniyati cheklangan shaxslar, yoshi katta kishilar,

bolalar va turli ijtimoiy guruhlar uchun o‘ziga xos qulay va ochiq muhit yaratib,

ularni bilim va madaniyat manbalariga yaqinlashtiradi. Shu yo‘l bilan kutubxonalar

aholining barcha qatlamlarini yagona axborot maydonida birlashtirish va ijtimoiy

integratsiyani kuchaytirishda muhim o‘rin tutadi.

O‘zbekiston sharoitida ham inklyuziv kutubxonalarni rivojlantirish, xorijiy

tajribani o‘rganish va milliy qadriyatlar bilan uyg‘unlashtirish orqali jamiyatda

kitobxonlik va axborot madaniyatini yanada rivojlantirish mumkin. Shu bois,

inklyuziv kutubxonalar

bugun va kelajak uchun dolzarb va istiqbolli yo‘nalish

sifatida qaralishi lozim.

FOYDALINILGAN ADABIYOTLAR RO’YHATI

1.

O’.Nosirov, Kutubxona –

axborot xizmati nazariyasi va amaliyoti

“Toshkent

-

2023”

164-bet

2.

Jenkins, C., & Mates, B. (2020).

Library Services for People with

Disabilities: A Guide for Librarians and Service Providers

. Chicago: ALA

Editions.

3.

Шведова, Н. И. (2021). Инклюзивные библиотечные услуги:

международный опыт и перспективы развития в СНГ. //

Библиотечное дело

,

№4, с. 15–

22.


background image

J

ourn

а

l of

А

n

а

lytic

а

l Synergy

а

nd

Scientific

Horizon ISSN: 3060-5261 Impact faktor: 9.9

Volume 1, Issue 5, Series B 2025

44

4.

Мамашева, М. А. (2023). Nogironligi bo‘lgan

foydalanuvchilar uchun axborot xizmatlari samaradorligi. //

Axborot kutubxona jurnali

, №1, 35–

42-

бет.

5.

Ергашев, Ш. (2022). Raqamli kutubxonalar va

nogironlar uchun imkoniyatlar. //

Zamonaviy kutubxonachilik muammolari

, 2-son.

6.

World Health Organization (WHO). (2011).

World Report on

Disability

. Geneva: WHO Press.

References

O’.Nosirov, Kutubxona – axborot xizmati nazariyasi va amaliyoti “Toshkent - 2023” 164-bet

Jenkins, C., & Mates, B. (2020). Library Services for People with Disabilities: A Guide for Librarians and Service Providers. Chicago: ALA Editions.

Шведова, Н. И. (2021). Инклюзивные библиотечные услуги: международный опыт и перспективы развития в СНГ. // Библиотечное дело, №4, с. 15–22.

• Мамашева, М. А. (2023). Nogironligi bo‘lgan foydalanuvchilar uchun axborot xizmatlari samaradorligi. // Axborot kutubxona jurnali, №1, 35–42-бет.

• Ергашев, Ш. (2022). Raqamli kutubxonalar va nogironlar uchun imkoniyatlar. // Zamonaviy kutubxonachilik muammolari, 2-son.

• World Health Organization (WHO). (2011). World Report on Disability. Geneva: WHO Press.