Authors

  • Sabina Hamroyeva
    Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Menejment fakulteti MO-58 guruh talabasi
  • Muxlisa Muhitdinova
    Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti “O`zbek va rus tillari” kafedrasi dotsenti.v.b

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.jassh.124096

Keywords:

bemor hikoyanavis dahshat jamiyat ijtimoiy davr qashshoqlik dramatizm savodsizlik.

Abstract

Ma'lumki ,har bir davrda ijtimoiy hayot muammolari dolzarb muammolardan biri boʻlib kelgan.Oʻtmish saboqlaridan bizga ayonki,taqdirning shafqatsiz hukmi qora xalqni shunchaki chetlab oʻtmagan.Abdulla Qahhor mana shunday,davr muammolarini,oʻzbek xalqining xx- asr boshlarida kechirgan qora kunlarini oʻzining hikoyalarida real badiiy tasvirlar bilan jonli tasvirlab bergan ijodkordir.Ushbu maqolada buyuk qalam sohibi,hikoyanavis Abdulla Qahhorning hikoyalari tahlilida ijtimoiy davr muammolari yoritilgan.


background image

J

ourn

а

l of

А

n

а

lytic

а

l Synergy

а

nd

Scientific

Horizon ISSN: 3060-5261 Impact faktor: 9.9

Volume 1, Issue 5, Series B 2025

4

ABDULLA QAHHOR HIKOYALARI TAHLILI

Hamroyeva Sabina Ismoil qizi

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti

Menejment fakulteti MO-58 guruh talabasi

sabinahamroyeva936@gmail.com

+998993774999

Rahbar:Muxlisa Sadriddinovna Muhitdinova

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti

“O`zbek va rus tillari” kafedrasi dotsenti

.v.b

Annotatsiya:

Ma'lumki ,har bir davrda ijtimoiy hayot muammolari dolzarb

muammolardan biri boʻlib kelgan.Oʻtmish saboqlaridan bizga ayonki,taqdirning

shafqatsiz hukmi qora xalqni shunchaki chetlab oʻtmagan.Abdulla Qahhor mana

shunday,davr muammolarini,oʻzbek xalqining

xx- asr boshlarida kechirgan qora

kunlarini oʻzining hikoyalarida real badiiy tasvirlar bilan jonli tasvirlab bergan

ijodkordir.Ushbu maqolada buyuk qalam sohibi,hikoyanavis Abdulla Qahhorning

hikoyalari tahlilida ijtimoiy davr muammolari yoritilgan.

Kalit so’zlar:

bemor, hikoyanavis, dahshat, jamiyat, ijtimoiy davr,

qashshoqlik, dramatizm, savodsizlik.

Аннотация:

известно ,что проблемы общественной жизни в каждый период

являлись одной из актуальных проблем.Из уроков прошлого нам становится

ясно,что жестокий приговор судьбы не просто обошел стороной черный

народ.Абдулла Кахор

-

таков творец,живо изобразивший в своих рассказах

проблемы эпохи,темные дни, которые пережил узбекский народ в начале

xx

века, реалистическими художественными образами.В этой статье

рассматриваются проблемы социальной эпохи в анализе историй великого

пера,рассказанависа Абдуллы каххора.


background image

J

ourn

а

l of

А

n

а

lytic

а

l Synergy

а

nd

Scientific

Horizon ISSN: 3060-5261 Impact faktor: 9.9

Volume 1, Issue 5, Series B 2025

5

Ключевые слова:

пациент, рассказчик, ужас, общество,

социальная эпоха, бедность, драма, неграмотность.

Abstract:

it is known that the problem of everyday life in each

period was one of the traces of an actual problem.It is clear from the

lessons of the wet village's past that the harsh verdict of the court did not just bypass

the black people.Abdullah Kahor is such a creator who vividly portrayed in his

stories the problem of the era, the dark days that the Uzbek people experienced at

the beginning of the 20th century, with realistic and artistic images.This article

examines the problem of the social epoch in the analysis of the history of the great

pen, narrated by Abdullah Kahhor.

Keywords:

patient, narrator, horror, society, social epoch, poverty, drama,

illiteracy.

Abdulla Qahhor

hajviy hikoyalar ustasi. U hajviy va yumoristik

hikoyalarida qahramonlar xarakteri, dunyoqarashi, fe’l

-atvoridagi ijtimoiy illat

sifatida bartaraf etilishi zarur bo‘lgan kamchiliklarni, ba’zan yengil

-yelpi tuzatish

bo‘lgan xato va yetishmovchiliklarni ko‘rsatadi.

“O‘jar”

hikoyasida mashhur

o‘zbek artisti Mirshohid Mirqobilovning uyida bo‘lib o‘tgan voqeani

tasvirlaganman. Voqeaning ishtirokchilari Mirshohid, uning o‘n ikki yoshlar

chamasidagi o‘g‘li va o‘zim. Sirasini aytganda, voqea hikoyaning zamirida bo‘lgan

ma’noga ega emas edi. Kuldirishga g‘oyatda mohir bo‘lgan Mirshohid hikoyada

ko‘rsatilganidek masxara darajasida “nodon”lik qilgani yo‘q, shu rolni “o‘ynagan”,

shu bilan mening xayolimni o‘sha vaqtda band qilib yurgan mavzuga shakl topi

b

bergan edi”,

-

deb hikoya tarixi bilan kitobxonni tanishtirib o‘tadi

1

Adibning “O‘jar”

hikoyasi yozuvchining badiiy mahorati va hayotni chuqur tahlil qilish qobiliyatini

1

1. A. Qahhor. Asror bobo va O‘jar (hikoya). –

T., Adabiyot uchqunlari, 2018


background image

J

ourn

а

l of

А

n

а

lytic

а

l Synergy

а

nd

Scientific

Horizon ISSN: 3060-5261 Impact faktor: 9.9

Volume 1, Issue 5, Series B 2025

6

ko‘rsatadigan asarlaridan biridir. Hikoya o‘zbek xalqining

xarakteriga xos jihatlar, inson ruhiyatining murakkabligi va oddiy

hayotning qiziqarli tasvirlari bilan boyitilgan. Undagi so‘z qo‘llash

mahorati, ya’ni kam so‘z qo‘llab, olam

-

olam ma’no

-mazmun bilan

boyitilganligini ko‘rishimiz mumkin. Hikoyadagi qahramonlar o‘jar keksalarning

hayotga bo‘lgan qarashlari va o‘ziga xos xarakterlari jonli tasvirlangan. Ularning har

biri o‘ziga xos va o‘zbek xalqining ma’naviy dunyosini aks ettiradi. Asarning bosh

qahramonlari Qutbiddinov va Zargarovlar ham bir-

birlariga yon qo‘shni, ham

dilkash oshna bo‘lishadi. Hikoyani tahlil qilar ekanmiz, ularning o‘zaro muloqot

jarayonida evfemizlarning hikoya qahramonlarini fikrlash doirasini, ularning

munosabatlarini ifodalaydi. Asarda ikki ulfatchi yig‘

ilgan vaqtida har doim ikki

mavzudan chetga chiqmasligi: biri

shu ketishda shahrimiz yana ellik yildan keyin

qanday bo‘lar ekan; ikkinchisi –

so‘nggi vaqtlarda fan kishilarni yoshartirish

to‘g‘risida nega indamay qo‘ydi?

Bu safargi o‘tirishida ular “Bola tarbiyasi” mavzusida juda ham qizg‘in suhbat

olib boradi. Asardagi har yomonning bir “ammo”si bo‘lishi kerak, har yaxshining

bir “lekin”i birikmasini maishiy evfemizmlar turiga kiritishimiz mumkin. Bu gap

orqali yozuvchi

inson har doim mukammal bo‘la olmasligini, har bir yomon

insonning ham qandaydir yaxshi tomoni borligini, yaxshining esa yomon tomoni

mavjudligini kitobxonga uqtirmoqchi bo‘ladi. “O‘jar” hikoyasi inson va jamiyat

munosabatlaridagi ziddiyatlarni ko‘rsatadi.

Asardagi evfemizmlarni tahlil qilar ekanmiz, aroqqa nisbatan oq ichmoq

so‘zini ishlatilganligiga guvoh bo‘lamiz. Bundan tashqari, asarda shaxmat o‘ynash

to‘g‘risida juda ham qizg‘in bahs bo‘lib o‘tadi. Shaxmatning ijobiy va zararli

tomonlarini ikki oshna birbirlariga tushuntiradi. Bu orqali yozuvchi

qahramonlarning hayoti va turmush tarzini ham ifodalab o‘tadi. Ularning ichki

kechinmalari, o‘z fikrlarida qat’iylik qilishi, boshqalarning maslahatlariga quloq


background image

J

ourn

а

l of

А

n

а

lytic

а

l Synergy

а

nd

Scientific

Horizon ISSN: 3060-5261 Impact faktor: 9.9

Volume 1, Issue 5, Series B 2025

7

solmaslik kabi jihatlari ochib beriladi. Asarda shaxmat o‘ynash

natijasida miyaning suyilib qolishi kabi evfemik birikmadan

bilishimiz mumkinki, Qutbiddinov va Zargarov shaxmat haqida

yetarlicha ma’lumotga ega emas. Ular o‘zlaring mulohazalari bilan

bolalarining shaxmat o‘ynashiga yo‘l qo‘ymaydi. Hikoyada ijtimoiy ziddiyatlar,

xususan, avlodlar o‘rtasidagi tafovutlar va munosabatlar bevosita aytilmasdan,

evfemistik ifodalar orqali tasvirlangan. Masalan, “Zamon o‘zgardi” yoki “Hozirgi

yoshlar boshqacha

” kabi

iboralar jamiyatdagi o‘zgarishlarni yumshoqroq va

kinoyali tarzda aks ettiradi. Bu yozuvchining ijtimoiy masalalarni mulohazali va

estetik tarzda ifodalash mahoratini ko‘rsatadi. Keksa va yosh avlod o‘rtasidagi

munosabatlar hikoyada bevosita tanqid qilinmasdan, evfemizmlar orqali

tasvirlangan. Masalan, “Bizning paytimizda bunday emas edi” iborasi avlodlar

o‘rtasidagi, qarashlardagi farqni ko‘rsatadi, lekin bu ayblash sifatida emas, balki

yumshoq bir xotira sifatida berilgan.

Hikoyadan o‘rin olgan yana bir evfemik ma’no moliya tili so‘zi orqali adib

daromad hosil qilish va uni sarflashda ishlatiladigan pulni kinoyaviy tarzda emas,

balki yumshoqroq holda ifodalashga harakat qilgan. Evfemizmlarni tahlil qilar

ekanmiz, asarda makt

ablarga nisbatan tarbiya o‘choqlari birikmasining ishlatilishi

orqali yozuvchi asar qahramonlarining kinoyali tarzida ifodalaydigan fikrini

yumshoq tarzda ochib bergan. “O‘jar” hikoyasi inson va jamiyat munosabatlaridagi

ziddiyatlarni ko‘rsatadi. Hikoya orqali yozuvchi inson tabiatidagi o‘jarlik, o‘z

fikridan qaytmaslikning jamiyatdagi o‘rni va uning salbiy oqibatlarini badiiy tahlil

qiladi. “O‘jar” hikoyasida evfemizmlar hikoyaning badiiy kuchini oshirish bilan

birga qahramonlarning ichki dunyosini chuqurroq ochishga yordam beradi.

Yozuvchi evfemistik iboralar orqali murakkab ijtimoiy va insoniy muammolarni

yumshoq, xalqona va hazilomuz tarzda ifodalab, kitobxonni asarni tahlil qilishga va


background image

J

ourn

а

l of

А

n

а

lytic

а

l Synergy

а

nd

Scientific

Horizon ISSN: 3060-5261 Impact faktor: 9.9

Volume 1, Issue 5, Series B 2025

8

mulohaza yuritishga chorlaydi. Bu evfemizmlar hikoyaga tabiiylik

va hayotiylik baxsh etadi.

1-rasm:

Abdulla

Qahhor

“O’jar” hikoyasi

2

A.Qahhor hikoyalarini shunchaki

yozmaydi, balki jamiyatda bo’layotgan

nohaqliklar,

odamlar

o’rtasidagi

adolatsizliklar kuchli satira ostida

yoritiladi va buning yechimi kitobxon

ixtiyoriga topshiriladi . Bundan tashqari

, adib epigraflardan ham mohirona

foydalanadi. Bu orqali kitobxon asar

mazmunini darrov anglab oladi. Aynan

biz tahlil qilmoqchi bo’lgan

“Anor”

hikoyasi uchun qo’llangan epigrafni olaylik:

“Uylar to’la non, och

-

nahorim bolam, Ariqlar to’la suv, tashnai zorim ,

bolam”.

Ya’ni uylarda non bor, lekin och, ariqlar suvga to’lib yotganda , suvga

tashna bo’lgan bolam, deyapti. Asar urush payti yozilgani uchun, sobiq sovet

tuzumidan qiynalgan xalq tasvirlangan. Uylarda non, ariqlarda suv bo’lsada , lekin

tinchlik bo’lmasa , dem

ak bu xalqning qorni och deya tahlil qilishimiz mumkin.

Asar tahliliga keladigan bo’lsak, birinchi navbatda A. Qahhor “Anor” hikoyasi

uchun nega bu epigrafni tanladi? Yuqorida aytib o’tganimizdek urush tufayli yuzaga

kelgan ochlik, kambag’allik, nochorlik sabab o’g’rilikka qo’l urgan kishi obrazini

gavdalantirish uchun, albatta. Asarda voqealar rivoji Turobjonning xotini anorga

boshqorong’i bo’lishidan boshlanadi. O’sha davrdagi ijtimoiy holat, ocharchilik,

2

Muallif tomonidan yaratilgan


background image

J

ourn

а

l of

А

n

а

lytic

а

l Synergy

а

nd

Scientific

Horizon ISSN: 3060-5261 Impact faktor: 9.9

Volume 1, Issue 5, Series B 2025

9

nochorlik, kambag’allik sabab Turobjon ayoliga bir dona anorni olib

kela olmaganligi, keyin esa o’g’irlik qilishga majbur bo’lishini adab

kuchli satira ostida ifodalab beradi. Bundan ko’rinib turibdiki,

asarda eng yomon, katta illatlardan-

kambag’allik, noc

horlik, hamda

ijtimoiy tengsizlik kabi dolzarb mavzular yoritilgan. Asardagi quyidagi parchani

olaylik: -

Axir, boshqorong’i bo’l, evida bolda!

-

dedi do’ppisini qoqmasdan

boshiga kiyib, -

anor, anor... Bir qadoq anor falon pul bo’lsa! Saharmardondan

suv tas

hib, o’tin yorib , o’t yoqib bir oyda oladiganim o’n sakkiz tanga pul.

Akam bo’lmasa, ukam bo’lmasa..

. Ushbu parchada Turobjonning holati, ijtimoiy

ahvoli qay darajada ekanligini hech qanday ta’riflarsiz fahmlab olish mumkin. Endi

boshqa bir parchaga e’tiborimizni qarataylik:

-

Umringda necha marta asal

yegansan? O’zim umrimda bir marta yeganman: Shokir qandolatchi asal

qiyom qil dirayotganda qozoniga ammamning jo’jasi tushib ketgandi, shu

jo’jani yalaganman...

Bu parchada Turobjon anor o’rniga asal olib k

eladi, lekin

asalni ham o’zini puliga olmaydi. Xo’jayiniga sovg’a qilingan asaldan ozrog’ini

so’rab oladi. Adib bu parcha orqali jamiyatdagi ijtimoiy tengsizliklarni ochib beradi.

Ya’ni ba’zi bir mansabdor shaxslar o’z foydalari uchun oddiy xalqdan foydala

nadi.

Natijada davlat tepasida turgan mansabdor shaxslarning qorni to’q, oddiy xalq och

qolib ketavergan. Abdulla Qahhor bu asariga “Anor” nomini tanlar ekan, o’sha davr

tuzumi, ocharchilik, nochorlik holatlaridan kelib chiqqan holda anor mevasini tansiq

m

eva sifatida ko’rishimiz mumkin. O’sha davrda odamlar bir burda nonga zor bo’lsa

, anor ular uchun shunchaki orzu edi. Buni quyidagi parchadan bilib olishimiz

mumkin: - Mushak , - dedi Turobjon, -

Mullajon qozining bog’ida . Mullajon qozi

beshik to’yi qilg

an. Xotin indamadi.

Shahardan to’ralar hamchiqqan,

- dedi

Turobjon yana. Xotin yana indamadi. U

mullajon qozining bog’ini ko’rgan emas,

ammo ta’rifini eshitgan. Bu bog’ni ko’z oldiga keltirib ko’rdi: bog’ emas, anorzor ...


background image

J

ourn

а

l of

А

n

а

lytic

а

l Synergy

а

nd

Scientific

Horizon ISSN: 3060-5261 Impact faktor: 9.9

Volume 1, Issue 5, Series B 2025

10

2-

rasm: Abdulla Qahhor “Anor” hikoyasi

3

A.Qahhorning

Dahshat

hikoyasiga to

xtalsak, bu asar o

sha

davrdagi

xalq

hayoti

va

ayollarning

ruhiy

holatlari

tasvirlangan. Voqealar jarayoni

Olimbek dodxoning uyi va

qabristonda

bo‘lib

o‘tadi.

Hikoyaning

boshlanishi

Olimbek dodxoning uyidagi

sakkiz xotini va atrofda ko‘z

ochirmayotgan kuzak shamoli

bilan boshlanadi. Bu parchaning

boshlanishida

Dodxoning

tasbehni

o‘girayotgani

tasvirlangan.

3-rasm: Abdulla Qahhor

“Dahshat” hikoyasi

4

Tasbeh Dodxo uchun ko‘ngilni tinchlantiradigan, xotirjamlik beradigan narsa

hisoblanadi. Ammo shunga qaramay, uning xayoli go‘ristonda va qo‘rquvini

kuchaytiruvchi vahimali fikrlarda edi. Go‘ristonning “vahimali” va “xunuk”

sifatlarida ishlatilishi Dodx

o qalbini bezovta qilayotgan, o‘limni va u bilan bog‘liq

qo‘rquvni ta’kidlaydi.Voqealar davomida eshikka nimadir keilib uriladi va bo’yra

bo’lib chiqadi. “Gapdan gap chiqib Nodirmohbegim bir voqeani aytib berdi.

3

Muallif tomonidan tayyorlangan

4

Muallif tomonidan tayyorlangan


background image

J

ourn

а

l of

А

n

а

lytic

а

l Synergy

а

nd

Scientific

Horizon ISSN: 3060-5261 Impact faktor: 9.9

Volume 1, Issue 5, Series B 2025

11

Bola edim. Rahmatli dadam gap yer edilar. Bir mehmonxona

yigit...

Mana

shunaqa

shamol kechasi

ekan.

«Hozir kim go‘ristonga

borib, Asqar ponsotning

go‘riga

pichoq

sanchib

keladi?»

-

degan gap bo‘lipti.

Shunda bir kishi pichog‘ini

qinidan

sug‘urib:

«Men

sanchib kelaman»

, -depti.

Bitta qo‘ydan garov bog‘lashib

yo‘lga tushipti. Jo‘ralari hali

kutishar emish -

yo‘q, hali

kutishar emish -

yo‘q; tong

otipti, uyida ham yo‘q emish; go‘ristonga borib qarashsa, Asqar ponsotning go‘ri

oldida o‘lib yotgan emish! Bechora go‘rga pichoq sanchganida etagini qo‘shib

sanchgan ekan, qaytay desa etagidan birov tortganday bo‘lgan

-

da...”

Nodirmohbegimning aytib bergan voqeasi inson ruhiyatidagi qo‘rquv va

o‘zo‘zini ruhiy jihatdan yengish qiyinligini ko‘rsatadi. Bu voqea xalq og‘zaki

ijodidan kelib chiqqan, mistik va qo‘rqinchli hikoyalarga o‘xshaydi. Bu kabi

hikoyalar o‘quvchiga hayajon

va vahima hissini uyg‘otadi.

Shuningdek, bunday voqealar jamiyatdagi odatlarni, xalqning ruhiy

dunyosini aks ettiradi. A.Qahhor ushbu tasvir orqali o‘z asarida xalqning axloqiy va

ruhiy dunyosiga chuqur kirib borishga muvaffaq bo‘lgan.

Ushbu voqeadan keyin bosh qahromomlar o’zaro bahs bog’lashadi. Natijada

Unsin qabiristinga borib qumg’onda choy damlab kelish sharti berildi. Unsin bu


background image

J

ourn

а

l of

А

n

а

lytic

а

l Synergy

а

nd

Scientific

Horizon ISSN: 3060-5261 Impact faktor: 9.9

Volume 1, Issue 5, Series B 2025

12

bahsdan qo’rqmadi, chunki ota

-

onasini oldiga,ya’ni Ganjiravonga

ketish umidi bor edi. Uni birgina so’z olg’a yurishga yordam berdi

:

“O‘likning joni yo‘q!”.

“Go‘riston to‘g‘risida dodxo nimalar eshitgan bo‘lsa,Unsin

ham shuni eshitgan, shamol kechasi dodxo xayolida go‘riston qandoq dahshatli

bo‘lsa, uning xayolida ham shunday dahshatli, lekin shundoq bo‘lsa ham, tiriklar

go‘ristoni bo‘lgan bu dargohning dahshati oldida o‘liklar go‘ristonining dahshati

unga dahshat ko‘rinmas, bundan tashqari, ertagayoq Ganjiravonga jo‘nash, ota

-

onasini, dugonalarini ko‘rish umidi uning boshiga hech qanday fikr

-xayolni

yo‘latmas edi”

Yuqoridagi satirda dahshat so’zi besh marta takrorlanga. Unsin go‘ristonning

bu dahshatli tasvirini qabul qilmaydi, uning uchun tiriklar dunyosidagi muammolar

ko‘proq ahamiyatli. U go‘ristonning o‘limdan ham kuchliroq ramzini tiriklar

go‘ristoni, ya’ni o‘zining hayoti bilan bog‘laydi. O‘limga emas, hayotga bo‘lgan

mehr - Unsinning yaqin kelajakda ota-

onasi va dugonalari bilan ko‘rishish istagi

uning boshini o‘lim haqida xayollardan chalg‘itadi va umid bilan to‘ldiradi.

Shu davrda ayollarga bo’lgan munosabat yomon munosabatda bolishgan,

shuning uchun Unsin hato o’lishini bila turib, katta tavakalga qo’l chozdi.

Budunyodan ozod bo’lib oldi. Unsindan keyin Olimbek dodxoning katta xotini

Nodirmohbegim ikkala mushtini uch marta yerga qadadi; keyin:

«Bu dargohni endi

yelkamning chuquri ko‘rsin»

,deb chiqib ketdi.


background image

J

ourn

а

l of

А

n

а

lytic

а

l Synergy

а

nd

Scientific

Horizon ISSN: 3060-5261 Impact faktor: 9.9

Volume 1, Issue 5, Series B 2025

13

4-

rasm: Abdulla Qahhor “Bemor” hikoyasi

Qisqa so`zda ko`p ma`no ifodalash mahoratiga ega bo`lgan

hikoyanavisimizning o`zi yashab o`tgan davr bilan bog`liq turli

mavzulardagi

ijtimoiy va tarbiyaviy jihatdan katta

ahamiyat kasb etuvchi hikoyalaridan

biri bu-

“Bemor”

5

hikoyasi. Hikoya

kichik

hajmli

va

ixchamgina

bo`lishiga qaramasdan unda butun bir

davrnining og`ir va zalvorli muhiti

tasvirlangan.

Dastlab, asar yozilgan yilga

e`tibor qaratadigan bo`lsak, hikoya

1936-yilda yozilgan. Ushbu yilda

O`zbekiston sobiq SSSR davlatining

mustamlakachilik botqog`iga botib

bo`lgan edi. Mamlakatimiz har sohada izdan chiqqan, nafaqat tibbiyot, ta`lim, balki

iqtisodiy tomondan o`sish ham to`xtab qolgan edi. Insonlar och-nahor, bir burda

nonga zor bo`lib bir chekkada xor-u zorlik tortib o`lib ketishar, biror kasb bilan

shug`ullanay desa, hech bir kasb orqali oila ro`zg`orini tebrata olmasdi. Shu sababli

ham insonlar pul topish ilinjida o`g`rilik, firibgarlik kabi illatlarni o`zlariga kasb

qilib olgan edi.

“ Sotiboldining xotini og`rib qoldi. Sotiboldi kasalni o`qitdi

- bo`lmadi,

tabibga ko`rsatdi. Tabib qon oldi. Betobning ko`zi tinib, boshi aylanadigan bo`lib

qoldi. Baxshi o`qidi. Allaqanday bir xotin kelib tolning xipchini bilan savaladi,

5


background image

J

ourn

а

l of

А

n

а

lytic

а

l Synergy

а

nd

Scientific

Horizon ISSN: 3060-5261 Impact faktor: 9.9

Volume 1, Issue 5, Series B 2025

14

tovuq so`yib qonladi…”. Ushbu parchada bir amallab “

tabib

nomini olgan kimsa, yuqorida aytilgandek, ayolning nima kasal

bilan og`riyotganini bilmay turib undan qon oldi. Buning oqibatida

esa betobning

“ko`zi tinib, boshi aylanadigan bo`lib”

qoladi.

Hatto o`zi ham kim ekanligini bilmaydigan allaqanday bir xotin kelib uni savalaydi.

Ulardan so`ng xonadonga baxshi keladi.

U xotinning yonida o`tirib bir narsalar o`qiydi, lekin u o`qigan narsalar

bemorning dardiga em bo`ladimi - yo`qmi, uni zarracha bo`lsa ham qiziqtirmaydi.

Axir ochlik azobidan qiynalib, og`ir ahvolda yotgan bemordan ham qon oladimi,

mushtdekkina joni shunday azobli dardni zo`rg`a ko`tarib yurgan bir bechorani ham

xipchin bilan savalaydimi? Bu soxta “tabiblar”ga bemorning o`lishi

-yu qolishining

qizig`i yo`q, ular faqat pul uchun shunday razilliklarga qo`l urgan edi.

Holbuki, ular bunday

“davolash usuli”

ni birgina Sotiboldining xotini emas,

balki o`sha atrofdagi yuzlab bechoralar ustida qo`llaydi. Baxshi esa qayerga

chaqirilsa, qaysi kasalga ro`para kelsa, hammasiga ko`r-ko`rona yodlab olgan

narsalarini o`qib, chiqib ketavergan. Ko`ryapsizki, mana shunday majruh davr

muhiti butun jamiyatni, kishilar ong-u shuurini johillik bilan butunlay band qilib

olgan.

“Shaharda bitta doktorxona bor….Doktorxona deganda Sotiboldining

ko`z oldiga izvosh va oq podshoning surati solingan 25 so`mlik pul kelar edi”

.

Endi hikoyaning mana shu joyiga e`tibor qaratadigan bo`lsak, o`z - o`zidan bir savol

tug`iladi. Nega butun boshli katta shaharda birgina kasalxona faoliyat yuritadi?

Yuqorida aytib o`tilgandek bu davr 20- asrning dastlabki yillari bo`lib, Chor

Rossiyasi tomonidan bosib olingan o`lkada tibbiyot masalalarini hal qilishga deyarli

e`tibor berilmas edi, chunki xalq moliyaviy jihatdan juda qashshoq bo`lib,

qishloqlardagi dehqonlar, shaharlardagi hunarmandlarning kuni bo`yi og`ir mehnat

qilib topgan va yig`gan boyliklari chetga tashib ketilardi. Shuning uchun ham


background image

J

ourn

а

l of

А

n

а

lytic

а

l Synergy

а

nd

Scientific

Horizon ISSN: 3060-5261 Impact faktor: 9.9

Volume 1, Issue 5, Series B 2025

15

iqtisodiy nochorlik kishilar turmush darajasining tobora pasayib

borishiga, aholi o`rtasida turli kasalliklar keng tarqalib, oddiy

betoblik ortidan odamlar bevaqt hayotdan ko`z yumib ketishiga

sabab bo`ldi.

Har davrda bo`lgani kabi aynan mana shu yillarda ham aholi o`rtasida

tabaqalanish keng avj olib, tibbiy xizmatdan faqatgina chor amaldorlar, harbiylar va

mahalliy boylargina foydalana olar edi. Bunday sharoitda esa Sotiboldiga o`xshagan

oddiy xalqning nochor odamlari kasalxonaga borib shifo topishni emas, balki

doktorxona uchun 25 so`mlik pul topish ilinjida yurar edi. Shunday paytda

Sotiboldining birgina najoti xo`jayini - Abdug`aniboy edi. Lekin afsuski,

kambag`alni tuyani ustida ham it qopadi deganlaridek bu inson ham Sotiboldiga

yordam qo`lini cho`zishdan bosh tortadi. Omborda qulab ketgan qoplar ostida qolib

o`ladigan ahvolga kelgan vaqtda shahardagi kasalxonani ham nazariga ilmay

markaziy shaharga, ya`ni Simga borib davolanib kelishga pul topgan bu bag`ritosh

kimsa xizmatkorining ayoli yosh o`lib ketishi, norasida bir farzand yetim qolib ona

mehriga zor bo`lib o`sishi mumkinligini bila turib zarracha yordam ko`rsatishga

yaramaydi. Axir Abdug`aniboyga o`xshagan razil va xasis kimsalarni boy qilgan,

ularning o`zlari xohlagandek maishat qilishi, betob bo`lganda istagan joylariga borib

davolanib kelishi uchun yetarlicha mablag` bilan ta’minlagan Sotiboldi va unga

o`xshaganlarning og`ir va mashaqqatli mehnati emasmidi? Nahotki shu bir qiymatga

arzimaydigan pul inson hayotidan azizroq bo`lsa?.

E`tibor berib qaraydigan bo`lsak, o`sha davrda butun boshli jamiyat bor, bitta

bo`lsa ham doktorxona bor, tabib bor, baxshi bor, qo`lida harom pullar o`ynagan

boylar va amaldorlar bor, qanday mehnat bo`lsa qilishga tayyor bo`lgan Sotiboldi

bor, lekin bularning hech birida bemor uchun najot yo`q. Hikoya davomida na

Sotiboldining, na ayolining qarindosh - urug`lari, qo`ni - qo`shnilari haqida so`z

yuritiladi.


background image

J

ourn

а

l of

А

n

а

lytic

а

l Synergy

а

nd

Scientific

Horizon ISSN: 3060-5261 Impact faktor: 9.9

Volume 1, Issue 5, Series B 2025

16

Bu qarindosh yoki qo`shnilarning yo`qligidan emas, balki

yordam beruvchilarning yo`qligidan dalolatdir. Chunki bunday og`ir

zamonda birovning birov bilan ishi yo`q, qarindoshlar narida tursin

hatto farzand otasini tanimaydigan darajada hamma o`z kunini

qanday kechirshni o`ylardi. Shu boisdan ham qashshoqlikning botqog`iga botib

qolgan shunday ayanchli nochor muhitda tashqaridan boshqalarning ovozi emas,

balki gadoning sadaqa so`rab baqirgan tovushi eshitiladi. Hikoyaning mazmun -

mohiyati, ta`sir kuchi hali bu bilan ham tugamaydi.

O`limi yaqinlashib qolgan ayoli uchun biror najot topa olmagan Sotiboldi

qo`shi kampirning maslahati bilan endi to`rt yashar qizchasining saharlab turib

uyqusiragan holda qiladigan duosiga umidvor bo`ladi. Bemorning “ko`ngliga armon

bo`lmasin deb” chily

osin o`qitishadi. So`nggi damda qilinayotgan ishlarning

barchasi bemorning o`lib qolmasligi uchun edi. Chunki o`lgan kishini so`nggi

yo`lgan kuzatish uchun ham qanchadan qancha urf-odatlarni o`z o`rniga qo`yib

o`tkazish talab etiladi. Bularning barchasi esa pul evaziga bo`ladigan ishlar edi.

Yozuvchi aynan mana shu pul davr kishilarini imkoniyatlardan mahrum etish bilan

bir qatorda insondagi eng muqaddas tuyg`ular-insoniylik, rahmshavqat, insof, imon

kabi tuyg`ulardan ham bir yo`la ayirayotganini yoritib bergan.

Asardagi qahramonlar ruhiyatiga to`xtaladigan bo`lsak, hikoyaning bosh

qahramoni Sotiboldini kambag`alligi va chorasizligi tufayli asarning boshidan

yakunigacha juda tushkun ahvolda ko`ramiz. Og`ir kasallikdan aziyat chekayotgan

ayolining holatini ilojsiz kuzatayotganligi, uni tuzatish uchun qo`lida bor

imkoniyatidan foydalansa-da umr yo`ldoshini bu azoblardan qutqarishga ojiz

qolganligi sababli ham bu obrazni o`sha davrdagi imkoniyatlari cheklangan, o`z

haqqini talab qila olmaydigan, nochorlikning changalida ezilayotgan insonlarning

tipik vakili deya olishimiz mumkin.


background image

J

ourn

а

l of

А

n

а

lytic

а

l Synergy

а

nd

Scientific

Horizon ISSN: 3060-5261 Impact faktor: 9.9

Volume 1, Issue 5, Series B 2025

17

Hikoyadagi yana bir obraz - Abdug`aniboy orqali

insoniylikni bir chetga surib qo`yib oddiy insonlarga tepadan

qaraydigan, odamgarchilik, rahm, insof kabi insoniy xislatlarni bir

pulga sotadigan ma`naviy qashshoq kimsa sifatida tasvirlangan.

Bundan tashqari asardagi “tabib”, baxshi, bemorni xipchin bilan savalagan ayol kabi

obrazlar pul uchun hech narsadan tap tortmaydigan, tuban va razil kimsalarning

umumlashma variantidir.

Bir so`z bilan aytganda hikoyada insonni qashshoqlik emas, loqaydlik,

ilmsizlik, ma`naviy tubanlik kabi illatlar halokatga yetaklashi qisqa va sermazmun

gaplar bilan isbotlab berilgan. Asar muallifi bu hikoya orqali umidsizlik yoki

tushkunlikni targ`ib etmaydi, aksincha, u inson ruhiyatining kuchi va chidamliligini,

shu bilan birga, qiyinchiliklarga duch kelganda shaxslarning maqsad va chora yo`lini

topish qobiliyati qay darajada yuksalishi mumkinligini namoyish etadi. Abdulla

Qahhorning mushohadali hayot haqiqatlarini o`zining kichik jussasida mujassam

qilgan bu qisqa hikoyasi bugungi kunda ham o`z salmog`i va o`rnini yo`qotmay

kelayotganining asosiy sabablaridan biri shuki, undan olinadigan xulasa hozirda

ham bir qancha insoniy tuyg`ulardan yiroqlashib borayotgan yangi davr kishilari

uchun ibrat vazifasini o`tayotganligidir.

Xulosa qilib aytganda,oʻzbekning atoqli va zabardast yozuvchisi oʻtkir qalam

sohibi Abdulla Qahhor davr bilan hamnafas yashadi.Ijodkor oʻz manfaatlari yoʻlida

qalam tebratmadi, u xalq dardi bilan birga yashadi.Qahhor hikoyalarida gʻaflat

uyqusida yotgan ,o

ʻzligini tanib ulgurmagan oʻzbek xalqiga murojaat

qildi.Davrining dolzarb muammolarini real tasvirlar orqali ba'zida kulgili satira

ba'zida achchiq dramatizm bilan fosh qilib ,kitobxonlar qalbiga kirib bordi.


background image

J

ourn

а

l of

А

n

а

lytic

а

l Synergy

а

nd

Scientific

Horizon ISSN: 3060-5261 Impact faktor: 9.9

Volume 1, Issue 5, Series B 2025

18

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI:

1.Abdulla Qahhor .Asarlar.Besh jildlik.Birinchi jild ."Gʻafur

Gʻulom nomidagi Adabiyotva sa'nat nashriyoti" Toshkent 1987

2.Marxabo Qoʻchqorova Abdulla Qahhor

- istiqlol

adabiyotshunosligi koʻzgusida (monografiya) Toshkent : Akademnashr,2018

3.Marxabo Qoʻshqorova " Badiiy soʻz va ruhiyat manzaralari" ."Muharrir

"nashriyoti . Toshkent 2011 .Ozod Sharafiddinov asarlarida Abdulla Qahhor

shaxsiyati 99-bet

4.Marxabo Qoʻchqorova " Oʻtmishdan ertaklar tadqiqi" Yangi asr avlodi

Toshkent. 2016

5. “Anor” qissa va hikoyalar to`plami. A.Qahhor. G`afur G`ulom nomidagi

nashriyot-matbaa uyi. Toshkent-2012

6. 6-sinf Adabiyot darsligi 1-qism (2017)- Toshkent, Ma`naviyat, 108-118-

betlar.

7

. Karimov N. va boshqalar. XX asr oʻzbek adabiyoti tarixi.

-

T.: „Oʻqituvchi“,

1999. - B.500.

8. Bahor Bahriddinovna Turaeva. (2021). THEORETICAL AND POETIC

PECULIARITIES OF THE CHRONOTOPE IN THE NOVEL “THE PLACE OF
THE SKULL” BY CH. AITMATOV. PalArch’s Journal of Archaeology of Egypt /

Egyptology,

18(5),

84-103.

Retrieved

from

https://archives.palarch.nl/index.php/jae/article/view/7570

9. Sobirov Anvar Kuvandikovich. (2019). Inversion as a stylistic instrument in

poetic

speech.

Proceedings

of

The

ICECRS,

3.

https://doi.org/10.21070/icecrs.v3i0.297

References

Abdulla Qahhor .Asarlar.Besh jildlik.Birinchi jild ."Gʻafur Gʻulom nomidagi Adabiyotva sa'nat nashriyoti" Toshkent 1987

Marxabo Qoʻchqorova Abdulla Qahhor - istiqlol adabiyotshunosligi koʻzgusida (monografiya) Toshkent : Akademnashr,2018

Marxabo Qoʻshqorova " Badiiy soʻz va ruhiyat manzaralari" ."Muharrir "nashriyoti . Toshkent 2011 .Ozod Sharafiddinov asarlarida Abdulla Qahhor

shaxsiyati 99-bet

Marxabo Qoʻchqorova " Oʻtmishdan ertaklar tadqiqi" Yangi asr avlodi Toshkent. 2016

“Anor” qissa va hikoyalar to`plami. A.Qahhor. G`afur G`ulom nomidagi nashriyot-matbaa uyi. Toshkent-2012

6-sinf Adabiyot darsligi 1-qism (2017)- Toshkent, Ma`naviyat, 108-118-betlar.

Karimov N. va boshqalar. XX asr oʻzbek adabiyoti tarixi. - T.: „Oʻqituvchi“,

- B.500.

Bahor Bahriddinovna Turaeva. (2021). THEORETICAL AND POETIC PECULIARITIES OF THE CHRONOTOPE IN THE NOVEL “THE PLACE OF THE SKULL” BY CH. AITMATOV. PalArch’s Journal of Archaeology of Egypt / Egyptology, 18(5), 84-103. Retrieved from https://archives.palarch.nl/index.php/jae/article/view/7570

Sobirov Anvar Kuvandikovich. (2019). Inversion as a stylistic instrument in poetic speech. Proceedings of The ICECRS, 3. https://doi.org/10.21070/icecrs.v3i0.297