J
ournаl of Аnаlyticаl Synergy аnd
Scientific Horizon
Volume 1, Issue 1, 2025
34
PLASTIK CHIQINDILARNI PARCHALAYDIGAN
MIKROORGANIZMLAR
Jo‘rayeva Marvarida Ziyodullayevna
Paxtachi Abu Ali ibn Sino nomidagi
jamoat salomatligi texnikumi o‘qituvchisi
Annotatsiya:
Plastik chiqindilar bugungi ekologik muammolarning eng
dolzarblaridan biri hisoblanadi. Ularning parchalanish muddati o‘ta uzoq bo‘lgani
sababli, atrof-muhitga zarar yetkazadi. Shunday sharoitda plastik materiallarni biologik
yo‘l bilan parchalay oladigan mikroorganizmlarni o‘rganish va amaliyotga joriy etish
muhim yo‘nalishga aylandi. Ushbu maqola plastik chiqindilarni parchalay oladigan
mikroorganizmlar haqida umumiy ma’lumotlar va ularning ahamiyatini tahlil qiladi.
Аннотация:
Пластиковые отходы являются одной из самых острых
экологических проблем сегодня. Поскольку они разлагаются очень долго, они
наносят вред окружающей среде. В таких условиях важным направлением стало
изучение и практическое применение микроорганизмов, способных биологически
разлагать пластиковые материалы. В статье представлена общая информация о
микроорганизмах, способных разлагать пластиковые отходы, и анализируется их
значение.
Аnnotаtion:
Plastic waste is one of the most pressing environmental problems
today. Due to their extremely long decomposition time, they cause harm to the
environment. In such circumstances, the study and implementation of microorganisms
that can biologically decompose plastic materials has become an important direction. This
article provides general information about microorganisms that can decompose plastic
waste and analyzes their importance.
J
ournаl of Аnаlyticаl Synergy аnd
Scientific Horizon
Volume 1, Issue 1, 2025
35
Kalit
so‘zlar
:
Plastik
chiqindilar,
bioparchalash,
mikroorganizmlar, Ideonella sakaiensis, ekologik muammo,
zamburug‘lar, gen muhandisligi, bioplastik, polimerlar, fermentlar.
Ключевые слова:
Пластиковые отходы, биодеградация,
микроорганизмы, Ideonella sakaiensis, экологическая проблема,
грибы, генная инженерия, биопластик, полимеры, ферменты.
Keywords:
Plastic waste, biodegradation, microorganisms, Ideonella sakaiensis,
environmental problem, fungi, genetic engineering, bioplastic, polymers, enzymes.
Plastik materiallar past narx va uzoq muddatli foydalanish imkoniyati tufayli sanoat
va kundalik hayotda keng qo‘llaniladi. Ammo bu materiallar tabiiy sharoitda juda sekin
parchalanadi. Natijada, millionlab tonna plastik chiqindilar tuproq, suv havzalari va
okeanlarni ifloslamoqda. Bu esa ekotizimga va organizmlarga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.
Plastikni
parchalaydigan
mikroorganizmlar
bugungi
kunda
muhim
masalalardan biri hisoblanadi.
Bioparchalash plastikni ekologik xavfsiz usulda qayta
ishlashning asosiy yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Parchalash jarayonida bakteriyalar,
zamburug‘lar va boshqa mikroorganizmlar ishtirok etadi. Quyida ushbu
mikroorganizmlarning ba’zilari keltiriladi: Xususan,
bakteriyalar -
Ideonella sakaiensis
bakteriyasi PET (polietilentereftalat) materiallarini fermentativ parchalay olishi
aniqlangan. U plastikni ozuqa manbai sifatida ishlatadi.
Zamburug‘lar -
Aspergillus
niger va Penicillium simplicissimum kabi zamburug‘lar plastik materiallarni fermentlar
yordamida qayta ishlashga qodir.
Aktinomitsetlar -
bu mikroorganizmlar kuchli
fermentativ faollikka ega bo‘lib, polietilen kabi materiallarni parchalaydi.
Ilmiy izlanishlar va kelajak istiqbollari
Hozirgi vaqtda plastik chiqindilarni parchalaydigan mikroorganizmlarni aniqlash va
ularni sanoat miqyosida qo‘llash bo‘yicha tadqiqotlar olib borilmoqda. Gen muhandisligi
yordamida
mikroorganizmlarning
fermentativ
faoliyatini
kuchaytirish
ustida
J
ournаl of Аnаlyticаl Synergy аnd
Scientific Horizon
Volume 1, Issue 1, 2025
36
ishlanmoqda. Shuningdek, mikroorganizmlar asosida bioplastik
ishlab chiqarish texnologiyalari rivojlanmoqda. Olimlar 5 yil avval
Yaponiyadagi plastik chiqindilarni qayta ishlash zavodi hududidagi
tuproqdan olingan namunalarda mikroblarning yangi turini kashf
qilishdi – ular plastik bilan oziqlanar ekan. Hozirda bunday
mikroorganizmlarning yashash makoni tobora kengayib boryapti.
Mikroblar o‘zidan chiqaradigan fermentlar yordamida plastikni chiritishga qodir.
Olimlar okeanlar, dengizlar va quruqlikdagi bunday mikroblar DNKsini fermentlar
xossasini o‘rganish uchun tadqiq qildilar. O‘rganishlar natijasida 10 turdagi plastikni
yemira oladigan 30 mingga yaqin ana shunday fermentlar borligi aniqlandi. Olingan
namunalar bunday fermentlar mavjudligi, zichligi va miqdori quruqlik yoki suv
havzasining qanchalik zararlanganligiga bog‘liq ekanligini ko‘rsatdi. O‘rta yer dengizi va
Tinch okeanining janubiy
sohillarida bunday fermentlar ko‘pligi aniqlangan, chunki
aynan shu hududlarda plastik chiqindilar ko‘lami juda katta.
Biroq olimlar faqatgina bioorganizmlarga tayanib qolmaslik zarurligini
ta’kidlashmoqda. 2018-yilda amerikalik tadqiqotchilar plastmassani 20 foizga ko‘proq va
tezroq chiritib yuboradigan sun’iy fermentni ixtiro qilishgandi. Oradan ikki yil o‘tib, ular
fermentni yanada kuchaytira olishdi – endilikda bu sun’iy organizmlarning foydalilik
koeffitsiyenti 6 baravarga ko‘proq, ya’ni ular plastik chiqindilarni avvalgidan tezroq «yeb
qo‘yishadi».
Shri-
Lankadagi Kelaniya universiteti olimlari kesilgan daraxtlarni yo‘q qiladigan
qo‘ziqorinlardan plastik chiqindilarga qarshi kurashda foydalanish mumkinligini
aniqladi.
Tadqiqot natijalari PLOS One jurnalida chop etildi.
Ushbu mikroorganizm yog‘ochga qattiqlik beradigan juda bardoshli organik polimer
bo‘lgan ligninni parchalash uchun
fermentlarni ishga soladi. Tadqiqot uchun olimlar
J
ournаl of Аnаlyticаl Synergy аnd
Scientific Horizon
Volume 1, Issue 1, 2025
37
chirigan qattiq daraxtlardan 50 ta qo‘ziqorin namunalarini ajratib
olishdi. Keyin ular namunalarni ikkita asosiy guruhga bo‘lishdi:
birinchisi past zichlikdagi polietilenga, qolganlari esa daraxtlar va
plastmassa aralashmasiga qo‘yilgan.
45 kundan keyin ma’lum
bo‘ldiki, ikkala tajribada qo‘ziqorinlar polietilenni yemirgan.
Dunyoda insonlar har yili 300 million tonnadan ortiq chiqindi “ishlab chiqaradi”. Bu
chiqindilarning ko‘pi biologik ravishda parchalanmaydigan materiallardan iborat. Ular
yer yuzasidagi ekotizimlarni ifloslantirib, tuproq, suv va havoning sifatini buzadi. Keling,
qaysi chiqindi qancha muddatda chirishini bilib olaylik:
•
Oziq-ovqat – 4-6 hafta;
•
Qog‘oz – 1 oydan 2 yilgacha;
•
Sigaret qoldig‘i – 10-20 yil;
•
Plastik paket – 10-20 yil;
•
Plastik stakan – 50 yil;
•
Batareya – 100 yil;
•
Alyumin banka – 80-200 yil;
•
Plastik baklajka – 450 yil;
•
Bir martalik taglik – 550 yil;
•
Shisha – taxminan 1 million yil.
Bu raqamlar chiqindilarni boshqarish naqadar muhimligini va har birimizning atrof-
muhitga mas’uliyatimizni anglash zarurligini anglatadi. Plastik materiallar uzoq vaqt
davomida mikroplastiklar shaklida atrof-muhitga tarqalib, oziq-ovqat zanjiriga kirib
boradi. Bu esa inson salomatligi uchun ham jiddiy xavf tug‘diradi. Afsuski, ko‘plab
chiqindilarni qayta ishlash tizimlarining yo‘qligi va beparvolik natijasida ular muhitda
uzoq yillar qolib ketadi. Bunday holat esa ekologik inqirozga olib kelishi mumkin: tuproq,
J
ournаl of Аnаlyticаl Synergy аnd
Scientific Horizon
Volume 1, Issue 1, 2025
38
suv va havo ifloslanadi, hayvon va o‘simliklar zarar ko‘radi va
bioxilma-xillikga salbiy ta’sir qiladi.
Chiqindilar belgilangan joylarga tashlanganida ham ularni
to‘plash va maxsus maydonlarga olib ketish uchun maxsus xodim va
texnikalar ishlatiladi. Agar chiqindilar ajratilmasdan tashlansa, organik va noorganik
chiqindilar katta-katta chiqindi tog‘larini hosil qiladi. Organik chiqindilar chirib, metan
gazini hosil qiladi va bu gazni ajratib olish imkoniyati bo‘lmaganligi sababli vaziyat
yanada yomonlashadi. Oxir-oqibat, chiqindilar shunchaki ko‘milib, yer ostiga
joylashtiriladi, ammo ularda tabiiy parchalanish jarayoni yuz bermaydi.
Birinchi qadam – chiqindilarni saralab tashlashni oddiy amaliyotga aylantirishdir.
Plastik, shisha, metall va organik chiqindilar alohida yig‘ilsa, ularni qayta ishlash
osonlashadi. Misol uchun, plastik materiallarni qayta ishlash orqali yangi mahsulotlar
ishlab chiqarish mumkin, shisha idishlar esa to‘liq qayta ishlanadi va yana foydalanishga
yaroqli holga keltiriladi. Organik chiqindilar kompostlanib, o‘g‘it sifatida foydalanilishi
mumkin, bu esa tuproqni boyitadi va tabiiy resurslardan samarali foydalanishga yordam
beradi.
Chiqindilarni kamaytirishning yana bir yo‘li iste’mol odatlarini o‘zgartirishdir.
Masalan, bir martalik plastik idish va paketlar o‘rniga qayta ishlanadigan material yoki
ko‘p marta ishlatiladigan sumkalardan foydalanish mumkin. Har birimiz o‘z kundalik
hayotimizga kichik o‘zgarishlar kiritish orqali chiqindilarni kamaytirish, ularni to‘g‘ri
boshqarishga hissa qo‘shamiz. Qirg‘izistonning barcha hududlarida polietilen paketlar
o‘rniga qog‘oz paketlarga o‘tilishi ancha oldin rejalashtirilgandi. Ayrim hududlar bu
borada qonunchilik o‘zgarishini kutib ham o‘tirgani yo‘q. Iyun oyidayoq Issiqko‘l
viloyatida
prezident
farmoniga
asosan
polimer
paketlarni
ishlatish
allaqachon taqiqlangandi.
J
ournаl of Аnаlyticаl Synergy аnd
Scientific Horizon
Volume 1, Issue 1, 2025
39
Joriy etilgan tartibga ko‘ra, viloyat hududida plastik paketlarni
ishlab chiqarish, sotish va ulardan foydalanish mumkin emas.
Bundan ko‘zlangan maqsad: mashhur Issiqko‘lni saqlab qolish, ko‘l
akvatoriyasida yildan yilga yomonlashib borayotgan ekologik
muhitni yaxshilashdan iborat. Qozog‘iston 2025-yildan plastik
paketlardan butunlay voz kechishi e’lon qilingan. 2019-yilda Qozog‘iston ekologiya,
geologiya va tabiiy resurslar vazirligi, “Otamakon” tadbirkorlar milliy palatasi hamda
ekologik muassasalar assotsiatsiyasi tomonidan imzolangan memorandumda polietilen
paketlardan foydalanishni bosqichma bosqich qisqartirish ko‘zda tutilgan.
Tojikistonda ham plastik paketlarni butunlay taqiqlash masalasi muhokama
qilinmoqda. Qayd etilishicha, mamlakatimizdagi eng yirik gipermarketlardan birida har
oyda 1,5 tonna polietilen paket ishlatiladi. 1 kg plastmassadan taxminan 220 ta paket
chiqishi inobatga olinsa, respublika aholisi bir oylik iste’moli uchun qancha plastmassa
sarf bo‘lishini taxmin qilish qiyin emas. 2022-yilning 17 oktabr kuni tojikistonlik
ekologlar Sirdaryo qirg‘oqlaridan 50 qop chiqindi yig‘ishdi, ularning 95 foizi plastik
chiqindilar edi.
Ochiq manbalardagi ma’lumotlarga ko‘ra, Turkmanistonda ekologik tashkilotlar va
ko‘ngillilar tomonidan fuqarolar sayr qilish uchun boradigan tabiiy hududlarda plastik
chiqindilarni yig‘ish bo‘yicha aksiyalar o‘tkazib kelinadi.
Shu bilan birga, mamlakatda oziq-ovqat, meva-sabzavot mahsulotlarini qadoqlash
va tashish uchun ishlatiladigan plastik mahsulotlarni ishlab chiqarish faoliyati kengayib
bormoqda. Natijada respublikada yiliga 500 tonna chiqindini qayta ishlash
zarurati yuzaga kelgan, ularning katta qismi polietilendan ishlab chiqarilgan
mahsulotlarning chiqindilaridan iborat. Shu sababli Turkmanistonda Chiqindilar bilan
ishlash sohasida milliy strategiya ishlab chiqilgan.
J
ournаl of Аnаlyticаl Synergy аnd
Scientific Horizon
Volume 1, Issue 1, 2025
40
Plastik chiqindilar bugungi ekologik inqirozning asosiy
sabablaridan biri bo‘lib, ularni bioparchalash muhim yechimlardan
biri hisoblanadi. Mikroorganizmlar, ayniqsa bakteriyalar va
zamburug‘lar, plastik materiallarni fermentlar yordamida parchalay
olishi aniqlangan. Ushbu biologik usul nafaqat atrof-muhitni
plastikdan tozalashga, balki chiqindilarni qayta ishlash orqali iqtisodiy samaradorlikka
ham erishishga imkon beradi.
Xulosa
qilib aytadigan bo’lsak,
plastik
chiqindilarni
parchalaydigan
mikroorganizmlarni o‘rganish ekologik muhitni toza saqlash va chiqindilarni
kamaytirishda muhim ahamiyatga ega. Ushbu yo‘nalishdagi tadqiqotlarni rivojlantirish
orqali atrof-muhitga salbiy ta’sirni kamaytirish va barqaror rivojlanishga erishish
mumkin. Kelajakda gen muhandisligi va mikrobiologik tadqiqotlarni rivojlantirish orqali
plastikni parchalaydigan mikroorganizmlarning samaradorligini oshirish, ularni sanoat
darajasida qo‘llash va ekologik muvozanatni tiklash mumkin. Ushbu yo‘nalishda davom
etadigan izlanishlar atrof-muhitni himoya qilish va barqaror rivojlanish yo‘lidagi muhim
qadam bo‘ladi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:
1.
Yoshida S., Hiraga K., Takehana T., eta. (2016). A bacterium that degrades and
assimilates poly(ethylene terephthalate). Science, 351(6278), 1196-1199.
2.
Urbanek A. K., Rymowicz W., Mirończuk A. M. (2018). Degradation of plastics and
plastic-degrading bacteria in cold marine habitats. Applied Microbiology and
Biotechnology, 102(17), 7669-7678.
3.
https://kun.uz/34398063#:~:text=Olimlar%205%20yil,natijasida%20hududning%20
4.
Chiqindilarni boshqarish va mavjud muammolar yechimi borasida amalga
oshirilayotgan ishlar. S.Tursunov. O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi
J
ournаl of Аnаlyticаl Synergy аnd
Scientific Horizon
Volume 1, Issue 1, 2025
41
Qonunchilik palatasi deputati //
Chiqindilarni boshqarish va mavjud
muammolar yechimi borasida amalga oshirilayotgan ishlar
5.
Jamshid Niyozov, journalist. Kun.uz.news. Qirg‘iziston
polietilen paketlardan voz kechmoqda. Markaziy Osiyoning boshqa
davlatlarida vaziyat qanday?
