J
ournаl of Аnаlyticаl Synergy аnd
Scientific Horizon
Volume 1, Issue 1, Series С 2025
33
GENETIK MODIFIKATSIYALANGAN
ORGANIZMLAR(GMO)NING FOYDALARI VA
XAVFLARI
Jo‘rayeva Marvarida Ziyodullayevna
Paxtachi Abu Ali ibn Sino nomidagi
jamoat salomatligi texnikumi o‘qituvchisi
Annotatsiya :
Genetik modifikatsiya qilingan organizmlar (GMO) zamonaviy
biotexnologiyaning muhim yutuqlaridan biri sifatida qishloq xo‘jaligi, farmatsevtika
va boshqa sohalarda keng qo‘llanilmoqda. Ushbu maqolada GMOning afzalliklari
va salbiy ta’sirlari ilmiy nuqtai nazardan tahlil qilingan. GMO texnologiyasining
hosildorlikni oshirish, oziq-ovqat xavfsizligini ta'minlash va tabiiy resurslarni
tejashdagi roli ko‘rsatilgan. Shu bilan birga, GMO oziq-ovqat mahsulotlari inson
salomatligi va atrof-muhitga xavf tug‘dirishi mumkinligi ham qayd etilgan. Ushbu
maqola GMO texnologiyalarining foydalari va xavflarini muvozanatlash hamda
ularni ekologik va iqtisodiy jihatdan xavfsiz qo‘llash imkoniyatlarini o‘rganishga
qaratilgan.
Аннотация:
Генетически модифицированные организмы (ГМО) являются
одним из важнейших достижений современной биотехнологии и широко
используются в сельском хозяйстве, фармацевтике и других отраслях
промышленности. В статье анализируются преимущества и недостатки ГМО
с научной точки зрения. Показана роль ГМО-технологий в повышении
производительности, обеспечении продовольственной безопасности и
сохранении природных ресурсов. В то же время отмечается, что продукты
питания, содержащие ГМО, могут представлять опасность для здоровья
человека и окружающей среды. Целью данной статьи является установление
баланса между преимуществами и рисками ГМО-технологий и изучение
возможностей их экологически и экономически безопасного использования.
J
ournаl of Аnаlyticаl Synergy аnd
Scientific Horizon
Volume 1, Issue 1, Series С 2025
34
Аnnotаtion:
Genetically modified organisms (GMOs) are one of
the most important achievements of modern biotechnology and are
widely used in agriculture, pharmaceuticals and other fields. This
article analyzes the advantages and negative effects of GMOs from
a scientific perspective. The role of GMO technology in increasing
productivity, ensuring food security and saving natural resources is shown. At the
same time, it is noted that GMO food products may pose a threat to human health
and the environment. This article aims to balance the benefits and risks of GMO
technologies and explore the possibilities of their ecologically and economically safe
use.
Kalit so‘zlar:
GMO (Genetik modifikatsiya qilingan organizmlar), genetik
muhandislik, oziq-ovqat xavfsizligi, biotexnologiya, ekologik xavfsizlik, allergik
reaktsiyalar, farmatsevtika, transgen o‘simliklar.
Ключевые слова:
ГМО (генетически модифицированные организмы), генная
инженерия, безопасность пищевых продуктов, биотехнология, экологическая
безопасность, аллергические реакции, фармацевтика, трансгенные растения.
Keywords:
GMO (Genetically Modified Organisms), genetic engineering, food
safety, biotechnology, environmental safety, allergic reactions, pharmaceuticals,
transgenic plants.
Avvalo GMO o’zi nima ekanligi haqida gaplashadigan bo’lsak, Genetik
jihatdan o'zgartirilgan organizmlar texnologiyasi, organizmlarning genetik
materialini (DNK) o'zgartirish orqali ularning xususiyatlarini yaxshilash yoki yangi
xususiyatlar qo'shish jarayonidir. Bu texnologiya asosan qishloq xo'jaligida
ekinlarni yaxshilash, zararkunandalarga chidamli yoki kasalliklarga qarshi tura olish
qobiliyatini oshirish uchun ishlatiladi. Misol uchun, GMO texnologiyasi yordamida
bug'doy, makkajo'xori, soya kabi ekinlar yuqori hosildorlikka ega bo'lishi yoki
J
ournаl of Аnаlyticаl Synergy аnd
Scientific Horizon
Volume 1, Issue 1, Series С 2025
35
pestitsidlar va o'g'itlarga chidamli bo'lishi mumkin. Bunday
o'zgartirishlar ekinlarning o'sishi uchun zarur bo'lgan resurslarni
kamaytirishi, ularni yanada samarali va barqaror qilishga yordam
beradi.
Biroq,
GMO
texnologiyasi
atrof-
muhitga ta'siri, odamlar va
hayvonlar
salomatligiga
xavf
tug'dirishi
mumkinligi haqida ba'zi
bahslar mavjud. Shu bois,
bu
sohada
ilmiy
tadqiqotlar
va
regulyatsiyalar doimiy ravishda olib borilmoqda.
Hosildorlikni oshirish
- GMO o‘simliklariga zararli hasharotlar va
kasalliklarga chidamli genlar kiritilishi natijasida qishloq xo‘jaligida hosildorlikni
oshirishga erishiladi. Masalan, Bt geni kiritilgan makkajo‘xori zararli hasharotlarga
qarshi samarali himoya ko‘rsatadi.
Oziq-ovqat xavfsizligi -
Genetik modifikatsiya yordamida ozuqa moddalariga
boy mahsulotlar yaratish mumkin. Masalan, "Oltin guruch" loyihasi orqali
guruchning tarkibida A vitaminining provitamin shakli bo‘lgan beta-karotin miqdori
oshirilgan.
Tabiiy resurslarni tejash -
GMO o‘simliklari kam suv, o‘g‘it yoki pestitsid
talab qilganligi sababli qishloq xo‘jaligida tabiiy resurslarni tejash imkonini beradi.
Bu, ayniqsa, qurg‘oqchilik hududlarida muhim ahamiyatga ega.
J
ournаl of Аnаlyticаl Synergy аnd
Scientific Horizon
Volume 1, Issue 1, Series С 2025
36
Farmatsevtikada qo‘llanilishi -
GMO yordamida insulin,
vaksinalar va boshqa farmatsevtik moddalar ishlab chiqariladi.
Masalan, genetik modifikatsiyalangan bakteriyalar insulin ishlab
chiqarishda ishlatiladi.
Ekologik foyda -
GMO ekinlarida pestitsidlar va gerbitsidlarni
kamroq qo‘llash tufayli kimyoviy moddalar bilan atrof-muhitning ifloslanishi
kamayadi.
Ammo shu o’rinda GMO texnologiyasining bir nechta xavflari ham
mavjud, xususan,
Allergik reaksiyalar -
GMO mahsulotlari tarkibida kiritilgan genlar ayrim
odamlar uchun allergen bo‘lishi mumkin. Masalan, boshqa organizmdan olingan
protein moddalar ba’zi odamlarda nojo‘ya ta’sirlarni keltirib chiqarishi mumkin.
Atrof-muhitga ta’siri -
GMO ekinlarining atrof-muhitga salbiy ta’siri
kuzatilishi mumkin. Masalan, genetik modifikatsiyalangan o‘simliklar tabiiy
biologik xilma-xillikni kamaytirishi va begona o‘tlar genetik chidamlilikka ega
bo‘lishiga olib kelishi mumkin.
Biologik xavflar -
GMO mahsulotlari uzoq muddat iste’mol qilinganida inson
salomatligiga ta’siri hali to‘liq o‘rganilmagan. Ba’zi tadqiqotlar ularning immun
tizimiga ta’sir qilishi mumkinligini ko‘rsatmoqda.
Genetik ifloslanish -
GMO o‘simliklaridan genlar tabiatdagi yovvoyi turlarga
o‘tib, genetik ifloslanishga olib kelishi mumkin. Bu esa ekologik muvozanatni
buzishi ehtimoli mavjud. Yana
iqtisodiy xavf
GMO texnologiyalari ko‘pincha yirik
kompaniyalar tomonidan nazorat qilinadi. Bu esa qishloq xo‘jaligida kichik
fermerlarning
raqobatbardoshligini
pasaytirishi
va
iqtisodiy
tengsizlikni
kuchaytirishi mumkin.
J
ournаl of Аnаlyticаl Synergy аnd
Scientific Horizon
Volume 1, Issue 1, Series С 2025
37
Xo’sh shu o’rinda savol tug’iladi, ushbu holatlarga
nisbatan Ilmiy va amaliy yechimlar mavjudmi?
•
GMO mahsulotlari iste’molchilar uchun xavfsiz bo‘lishini
ta’minlash uchun xalqaro va milliy darajada qattiq sinov va nazorat
tizimlari joriy etilishi lozim.
•
GMO ekinlarini yetishtirishda tabiiy turlarni himoya qilish uchun
maxsus ekologik choralar ko‘rilishi zarur.
•
GMO texnologiyalarining xavfsizligi bo‘yicha mustaqil va keng
qamrovli tadqiqotlar o‘tkazilishi kerak. Bu global muammolarni hal qilishda
xalqaro hamkorlikni ta’minlashga yordam beradi.
Xulosa qilib aytganda,
GMO texnologiyalari qishloq xo‘jaligi, farmatsevtika
va atrof-muhit sohalarida katta imkoniyatlar ochib bergan bo‘lsa-da, uning
xavflarini e’tiborsiz qoldirish mumkin emas. Ushbu texnologiyadan mas’uliyat bilan
foydalanish va uni doimiy ilmiy kuzatuv ostida saqlash GMOning foydalarini
maksimal darajada oshirish va xavflarini minimallashtirishga yordam beradi.
GMOning atrof-muhit va inson salomatligiga uzoq muddatli ta’sirini o‘rganish
bo‘yicha kelgusida tadqiqotlar davom ettirilishi lozim.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI
1. James, C. (2021). Global Status of Commercialized Biotech/GM Crops: 2020.
ISAAA Brief No. 55. ISAAA: Ithaca, NY.
2. National Academies of Sciences, Engineering, and Medicine. (2016). Genetically
Engineered Crops: Experiences and Prospects. Washington, DC: The National
Academies Press.
J
ournаl of Аnаlyticаl Synergy аnd
Scientific Horizon
Volume 1, Issue 1, Series С 2025
38
3. FAO (Food and Agriculture Organization). (2019). The State of
Food and Agriculture: Moving forward on food loss and waste
reduction. Rome: FAO.
4. Pérez-Massot, E., Banakar, R., Gómez-Galera, S., et al. (2013).
The contribution of transgenic plants to better health through
improved nutrition: Opportunities and constraints. Genes & Nutrition, 8(1), 29-41.
5. Bawa, A. S., & Anilakumar, K. R. (2013). Genetically modified foods: Safety,
risks and public concerns – a review. Journal of Food Science and Technology,
50(6), 1035-1046.
6. Mikkelsen, T. R., Andersen, B., & Jørgensen, R. B. (1996). The risk of transgene
spread. Nature, 380(6569), 31-32.
