J
ournаl of Аnаlyticаl Synergy аnd
Scientific Horizon
Volume 1, Issue 2, Series B 2025
10
TEMPERAMENT TURLARI VA UNI O‘RGANISH
METODIKASI
Axborot texnologiyalari va menejment universiteti
ijtimoiy fanlar fakulteti boshlang’ich ta’lim yo’nalishi
1-bosqish talabasi Sayfullayeva Fotima
Annotatsiya
: Ushbu maqolada temperament tushunchasi, uning turlari va
psixologiyada o‘rganish metodikasi haqida batafsil ma’lumot berilgan.
Temperamentning inson hayotiga ta’siri, uni o‘rganish usullari, shuningdek,
pedagogika va psixologiya fanlaridagi tadqiqotlar asosida temperament turlari
tavsiflanadi. Maqolada zamonaviy ilmiy manbalar va internet resurslari asosida fikr
yuritiladi.
Аннотация:
В данной статье подробно рассматривается понятие
темперамента, его виды и методы изучения в психологии. Анализируется
влияние темперамента на жизнь человека, его обучение, профессиональные
успехи и социальные взаимоотношения. Исследование основано на
педагогических и психологических трудах, а также на современных научных
источниках и интернет-ресурсах.
Annotation:
This article provides a detailed discussion of the concept of
temperament, its types, and methods of study in psychology. It analyzes the
influence of temperament on a person’s life, learning process, professional success,
and social interactions. The research is based on pedagogical and psychological
studies, as well as modern scientific sources and online resources.
Kalit so‘zlar
: Temperament, xolerik, sangvinik, flegmatik, melanxolik,
psixologik metodlar, individual xususiyatlar.
Ключевые слова:
Темперамент, холерик, сангвиник, флегматик,
меланхолик, психологические методы, индивидуальные особенности.
Keywords:
Temperament, choleric, sanguine, phlegmatic, melancholic,
psychological methods, individual characteristics.
J
ournаl of Аnаlyticаl Synergy аnd
Scientific Horizon
Volume 1, Issue 2, Series B 2025
11
Har bir inson o‘ziga xos xatti-harakatlari, hissiy reaktsiyalari
va ruhiy kechinmalariga ega. Bu jihatlar temperament bilan bog‘liq
bo‘lib, shaxsning tug‘ma individual xususiyatlarini belgilaydi.
Psixologiya fani temperamentni insonning hayotiy faoliyatiga,
o‘qishiga, kasbiy muvaffaqiyatiga va ijtimoiy munosabatlariga ta’sir
qiluvchi muhim omil sifatida o‘rganadi.
Temperament tushunchasi qadimgi yunon faylasuflari Gippokrat va Galen
tomonidan shakllantirilgan bo‘lib, zamonaviy psixologiya va nevrologiya
tomonidan ham chuqur o‘rganilgan. Gippokrat temperamentni organizmdagi to‘rtta
asosiy suyuqlik (qon, limfa, sariq safro, qora safro) nisbatiga bog‘liq deb hisoblagan.
Galen esa bu tushunchani tizimlashtirib, temperament turlarini aniqroq ajratib
bergan. Bugungi kunda temperament asosan biologik, genetik va nevrofiziologik
jihatdan o‘rganiladi.
Temperamentni o‘rganish inson psixologiyasini chuqurroq tushunish va unga
mos yondashish imkonini beradi. Ushbu maqolada temperament turlari, ularning
xususiyatlari va o‘rganish metodlari haqida batafsil ma’lumot beriladi. Xo’sh,
temperament tushunchasiga to’xtaladigan bo’lsak, bu shaxsning tug‘ma psixologik
xususiyatlari majmui bo‘lib, asosan nerv tizimining faoliyati bilan bog‘liq. Uning
asosiy belgilari:
hissiyotlar barqarorligi yoki o‘zgaruvchanligi, faollik darajasi,
moslashuvchanlik va tashqi ta’sirlarga bo‘lgan sezgirlikdan
iboratdir.
Zamonaviy psixologlar, jumladan, I.P. Pavlov temperamentni nerv tizimining
kuchi, harakatchanligi va muvozanatliligiga bog‘liq deb hisoblaydi. Demak,
temperament turlari borasida gaplshar ekanmiz, xolerik uning asosiy turlaridandir.
Xolerik temperamentga ega odamlar juda harakatchan, tezkor va hissiyotga boy
bo‘ladilar. Ular juda kuchli emotsiyalarga ega bo‘lib, o‘z his-tuyg‘ularini tez
namoyon etadilar. Bunday insonlar tez jahli chiqishi mumkin, lekin shu bilan birga
J
ournаl of Аnаlyticаl Synergy аnd
Scientific Horizon
Volume 1, Issue 2, Series B 2025
12
ijodiy va yetakchilik qobiliyatlariga ega bo‘ladilar. Mashhur xolerik
shaxslarga odatda, Aleksandr Makedonskiy, Napoleon Bonapartni
keltirish mumkin.
Ikkinchi turi esa
Sangvinik temperamenti
ya’ni bu quvnoq,
faol va ijtimoiy inson. Ular muloqotga kirishuvchan, yangi sharoitga
tez moslasha oladi. Ularning his-tuyg‘ulari doimiy emas, kayfiyat tez o‘zgarishi
mumkin. Ish faoliyatida samarali va tashabbuskor bo‘ladilar. Ushbu tur egalariga
esa mashhurlardan Jim Kerri,Vinsent Van Gog yaxshi namuna bo’la oladi.
Uchinchisi Flegmatik odamlar sokin, muvozanatli va sabrli bo‘ladilar.
Ular har qanday vaziyatda o‘zlarini nazorat qilishadi, his-tuyg‘ularini
tashqariga chiqarmaydilar. Ishda barqarorlik va tartibga katta e’tibor
qaratadilar.
Xususan, Albert Eynshteyn, Lev Tolstoy bu turning yaqqol misoli.
Va albatta, oxirgisi
Melanxolik
. Melanxolik odamlar nozik tabiatli, sezgir
va ichki dunyosi boy bo‘ladi. Ular tashvishlanishga moyil, kamgap va
xayolparast bo‘lishadi. Stressli vaziyatlarga chidamliligi past bo‘lishi mumkin.
Temperamentni o‘rganish uchun psixologiyada turli metodlar bor. Qisqacha
aytganda, bu usullar odamning fe’l-atvori, harakatlari va hissiyotlarini o‘rganib,
uning qaysi temperamentga mansub ekanini aniqlashga yordam beradi. Mana eng
asosiylari:.
Kuzatish, ekisperamental, testlar, suhbat, savollar va biografik metodlar orqali
o’rganish mumkin Kuzatish-voqelikdagi narsa va hodisalarni rejali, uzluksiz,
mukammal idrok qilish; voqelikni hissiy bilish uslubi. U hissiy bilishning omillari,
xususiyatlari, qonuniyatlari toʻgʻrisida dastlabki tasavvurlar hosil qilishga qaratilgan
inson faoliyati shaklidir. Kuzatishning qay darajada boʻlishi qoʻyilgan maqsadning
aniqligiga, kuzatilayotgan narsa va voqealar haqida oldindan bilimga ega boʻlishga,
J
ournаl of Аnаlyticаl Synergy аnd
Scientific Horizon
Volume 1, Issue 2, Series B 2025
13
kuchli, barqaror diqqat bilan faol fikrlashga va hokazoga bogʻliq.
Kuzatishda idrok va tafakkur uzviy bogʻlanadi. Kuzatishda tegishli
xulosalar chiqariladi, fakt, voqealar nazariy tahlil etiladi, farazlar
olgʻa suriladi. Kuzatishning obyektiv (tashqi Kuzatish) va subyektiv
(ichki, oʻzinioʻzi kuzatish) turlari mavjud. Kuzatish orqali
odamlarning diqqati, his-tuygʻulari, imoishoralari, sezgirligi, xulq-atvori, nutqi,
faoliyati, muomala maromi va boshqa o’rganiladi. Masalan, biror kishining
muammoga qanday munosabatda bo‘lishini yoki tez jahl ciqishi kuzatish orqali
uning temperamentini bilish mumkin.
2.Eksperiment -tajriba, sinab koʻrish fanda narsa va hodisalarni sezgi predmet
faoliyati bilan tadqiq qilish, o’rganishdir. Masalan, unga kutilmagan savol berish
yoki birdaniga stress holatiga tushirish orqali reaksiyasini tekshirish.
3.Testlar – Maxsus savollar yoki topshiriqlar orqali odamning xulq-atvorini
tahlil qilish. Masalan, Eysenck testi odamning ekstrovert yoki introvert ekanini,
qanchalik hissiyotga beriluvchanligini o‘lchaydi.
4.Suhbat – Oddiy muloqot orqali odamning gapirish uslubi, kayfiyat almashishi
va qiziqishlarini o‘rganish. Masalan, juda harakatchan va tez gapiradigan odam
xolerik yoki sangvinik bo‘lishi mumkin
5.Savollar – Odamga o‘z xulq-atvori haqida savollar beriladi. Masalan, “Siz
odamlar bilan tez chiqishasizmi?” yoki “Xafa bo‘lsangiz, uzoq vaqt unutmaysizmi?”
kabi savollarga javob berib, temperament turi aniqlanadi.
6.Biografik tahlil – Odamning hayot yo‘lini o‘rganib, uning qaysi
temperamentga ko‘proq mos kelishini aniqlash. Masalan, yoshligida juda faol
bo‘lib, keyinchalik ham shunday qolgan odam ehtimol, sangvinikdir.
Faoliyatning individual uslubi insonda o‘zidan o‘zi vujudga
J
ournаl of Аnаlyticаl Synergy аnd
Scientific Horizon
Volume 1, Issue 2, Series B 2025
14
Kelmaydi, u shaxs kamolotining barcha bosqichlarida (bog‘cha
ichidan
E’tiboran to kasbiy mahorat egallagunga qadar) shakllanib
boradi.
Insonning temperamenti faoliyatning individual uslubini tarkib toptiradi.
Xuddi shu boisdan, faoliyatning individual uslubi deyilganda shaxs
Uchun o‘ziga xos va muvaffaqiyatga erishishning maqsadga muvofiq
Yo‘llari individual tizimi tushuniladi
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI:
1.
Anvarjonov U. “Psixologiya asoslari”, Toshkent, 2019.
2.
Jalolov J. “Shaxs psixologiyasi”, Toshkent, 2021.
3.
Eysenck H. J. “The Biological Basis of Personality”, 1967
4.
Pavlov I. P. “Temperament va reflekslar”, Moskva, 1927.
5.
G‘ofurov A. “Pedagogik psixologiya”, Toshkent, 2020.
6.
– Pedagogika va psixologiya bo‘yicha ilmiy maqolalar
va manbalar.
7.
– Psixologiya fanining turli yo‘nalishlari bo‘yicha
tadqiqotlar va testlar.
8.
– O‘qituvchilar va talabalarga mo‘ljallangan
pedagogik materiallar.
9.
– Ruhiy salomatlik va temperamentning inson
hayotiga ta’siri bo‘yicha ma’lumotlar.
10.
Temperament va uni o’rganish tiplari
