Vol. 1 No. 1.2 ( B series) (2025)
Articles
EKOLOGIYA MUAMMOLARI: O‘ZBEKISTONDA ATROF-MUHITNI MUHOFAZA QILISH YO‘LLARI
Orol dengizi halokati, suv tanqisligi, cho‘llanish darajasining ortishi, tuproqning ifloslanishi va biologik xilma-xillikning yo'qolishi - bular Markaziy Osiyoda, xususan, O‘zbekistonda uchraydigan ekologik muammolar. Lekin, bu muammolar ichida inson hayoti uchun eng xavfli bo‘lgani bu changlanish darajasining ortishidir. Bundan mingyillar avval, ulug' bobokalonimiz Abu Ali ibn Sino "Agar chang bo'lmaganda edi, odamzot 1000 yil umr ko'rar edi" deb ta'kidlagan edi. Markaziy Osiyo hududi ekologik o‘zgarishlarga sezgir va nozik hisoblanadi. Shundoq ham, tabiiy joylashuvi jihatdan dengizdan uzoqda joylashgan va changish darajasi yuqori bo'lgan O‘zbekistonni bugungi kunda yashil hududlarning qisqartirilishi va tartibsizliklarning qurilishlar, sanoat zonalaridan chiqayotgan zaharli moddalar mamlakat havosini ifloslantirishga o‘z hissasini qo‘shyabdi.
YANGI KONSTITUTSIYADAGI O‘ZGARISHLARNING YOSHLAR HAYOTIDA TUTGAN O‘RNI
Ushbu maqolada yangi Konstitutsiyada kiritilgan o‘zgarishlarning yoshlar hayotiga ta’siri tahlil qilinadi. Asosiy e’tibor ta’lim, mehnat huquqlari, ijtimoiy himoya va yoshlarga oid davlat siyosatidagi yangiliklarga qaratilgan. Yangi normalar yoshlarning huquq va imkoniyatlarini kengaytirish, ularning jamiyatdagi rolini mustahkamlash hamda shaxsiy va kasbiy rivojlanishini qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltirilgan. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, Konstitutsiyaviy islohotlar yoshlarning huquqiy va ijtimoiy himoyasini kuchaytirib, ularning faol fuqarolik pozitsiyasini shakllantirishga xizmat qiladi.
“YASHIL IQTISODIYOT”NING O‘ZBEKISTON UCHUN DOLZARBLIGI
Ushbu tadqiqot O‘zbekistonda yashil iqtisodiyotni shakllantirish va rivojlantirish bo‘yicha xorijiy tajribani o‘rganishga bag‘ishlangan. Ushbu maqolada “Yashil iqtisodiyot” konsepsiyasining shakllanishi, rivojlanish bosqichlari, “yashil iqtisodiyot”ga o‘tish zaruriyati, omillari, tamoyillari, va indikatorlari tahlil etilgan. O‘zbekistonda “Yashil iqtisodiyot”ga o‘tish jarayonini moliyalashtirish, “yashil iqtisodiyot”ga o‘tish strategiyasining maqsadi, vazifalari, rivojlanish bosqichlari va ustuvor yo‘nalishlarining mazmuni bayon etilgan.
WHAT DO FLEXIBLE WORKERS WANT FROM MANAGERS?
This paper contributes to an emerging literature on the new style of management whose working process constitutes a hybrid affair that combines a physical office with a more flexible working style. Although teleworkers and the factors that affect them have been studied to some extent, many articles have focused on the experience of managers working remotely. This study aims to answer questions about what remote employees expect from managers, how they want to be managed, and what managers need to know when working with remote employees. After overview of the relevant literature on remote working, research method will be outlined, data will be presented and the study’s findings will be discussed and implications will be presented.
TEMPERAMENT TURLARI VA UNI O‘RGANISH METODIKASI
Ushbu maqolada temperament tushunchasi, uning turlari va psixologiyada o‘rganish metodikasi haqida batafsil ma’lumot berilgan. Temperamentning inson hayotiga ta’siri, uni o‘rganish usullari, shuningdek, pedagogika va psixologiya fanlaridagi tadqiqotlar asosida temperament turlari tavsiflanadi. Maqolada zamonaviy ilmiy manbalar va internet resurslari asosida fikr yuritiladi.