J
ournаl of Аnаlyticаl Synergy аnd
Scientific Horizon ISSN: 3060-5261
Volume 1, Issue 2, Series B 2025
86
BREND YARATISH VA MARKETING STRATEGIYALARI
– O’ZBEK BOZORIDA MUVAFFAQIYATLI BREND
YARATISHNING ASOSIY TAMOYILLARI
Obidova A’loxon Sherzodjon qizi
Toshkent Davlat Iqtisodiyot Universiteti bakalavri
“Biznes boshqaruvi” yo’nalishi talabasi,
Annotatsiya
:
Ushbu maqolada muvaffaqiyatli brend yaratish va samarali
marketing strategiyalarini ishlab chiqish tamoyillari tahlil qilinadi. Brendning
o‘ziga xosligi, iste’molchilar bilan hissiy bog‘lanish o‘rnatish va raqobatbardosh
ustunlikni shakllantirish jarayonlari ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, bozorga kirish
strategiyalari, mijozlar sadoqatini oshirish usullari va zamonaviy marketing
vositalarining roli muhokama qilinadi. Mahsulot yoki xizmatning qiymatini
oshirishga qaratilgan innovatsion yondashuvlar ham yoritilib, global tajribalardan
olingan misollar keltiriladi.
Kalit so’zlar: brend, logotip, reklama, kontent, mijoz, tadbirkor, bozor.
Аннотация: В этой статье будут проанализированы принципы
создания успешного бренда и разработки эффективных маркетинговых
стратегий.
Рассматриваются
процессы
идентичности
бренда,
установления эмоциональной связи с потребителями и формирования
конкурентного преимущества. Также обсуждаются стратегии выхода на
рынок, методы повышения лояльности клиентов и роль современных
маркетинговых инструментов. Также освещаются инновационные подходы
к повышению ценности продукта или услуги и приводятся примеры из
глобального опыта.
J
ournаl of Аnаlyticаl Synergy аnd
Scientific Horizon ISSN: 3060-5261
Volume 1, Issue 2, Series B 2025
87
Ключевые слова: Бренд, логотип, реклама, контент,
клиент, предприниматель, рынок.
Abstract: This article will analyze the principles of creating a
successful brand and developing effective marketing strategies. The
processes of brand identity, establishing an emotional connection
with consumers and forming a competitive advantage are considered. Market entry
strategies, methods for increasing customer loyalty, and the role of modern
marketing tools are also discussed. It also highlights innovative approaches to
increasing the value of a product or service and provides examples from global
experience.
Keywords: Brand, logo, advertising, content, client, entrepreneur, market.
Bugungi raqamli davrda ijtimoiy tarmoqlar, marketing strategiyalari va biznes
rivojlanishiga hissa qo’shuvchi turli xil yondashuvlar tadbirkorlikning jadal
rivojlanishiga ulkan ijobiy ta’sir ko’rsatib kelmoqda. Samarali brend yaratish va uni
targ’ib qilish esa har bir biznes uchun katta ahamiyatga ega bo’libgina qolmay, uning
kelajagini belgilab ham beradi. Brend tushunchasi nima? Brend – bu bir
sotuvchining mahsulot yoki xizmatini boshqa sotuvchilarnikidan ajratib turuvchi
nom, atama, dizayn, belgi, tamg’a yoki boshqa xususiyat. Brendlar biznes,
marketing va reklama qilishda mahsulotni bozorda tanitish va brend kapitalini
qiymatini yaratish uchun xizmat qiladi. Brendni alohida ajratib turish va xaridorlarni
ushlab qolish bilan mijozlari, aksiyadorlari va tadbirkorlar manfaatiga xizmat qiladi.
Brend haqida izlanar ekanmiz, shaxsiy brend yaratish haqida ham biroz
to’xtalib ketsam. Shaxsiy brend nafaqat mashhur shaxslar uchun, balki har qanday
kasb egasi, hatto o’qituvchi yoki elektr ustasiga ham talabgir mutaxassis bo’lishda
yordam beradi. Xalqaro marketing professori Fillip Kotler bu boradagi o’zining
J
ournаl of Аnаlyticаl Synergy аnd
Scientific Horizon ISSN: 3060-5261
Volume 1, Issue 2, Series B 2025
88
qisqa va lo’nda fikri biznes olamida muhim ahamiyat kasb etadi:
“Brend tushunchasi marketingdagi muhim tushunchadir. Brend
bo’lmasangiz, mavjud emassiz. U holda siz kimsiz? Siz – oddiy
tovarsiz.”
Insonlar o’z rezyumelarini tuzgan kunlaridan boshlab, ular
mehnat bozoridagi tovarga aylanadi. Munosib maosh to’lanadigan yaxshi ishni
topish va talabgir bo’lish uchun nafaqat professional kabi rivojlanish, balki shaxsiy
brend ustida ishlash ham talab etiladi. Misol uchun: Telegram uni Misha Ivanov
emas, Pavel Durov yaratgani uchun, Apple bilan qandaydir Jon Tramp emas, Steve
Jobs shug’ullangani uchun e’tibor berishdi. Mazkur mahsulotning muvaffaqiyati
ularning yaratuvchilari bilan bevosita bog’liq. Eng muhimi esa shaxsiy brend
ishonchni oshiradi.
Brend yaratish bosqichlariga to’xtaladigan bo’lsam, ular asosan 6 ta
bosqichdan iborat. Har biriga qisqacha yondashsak:
•
Bozor va iste’molchilarni tahlil qilish: bozorni tahlil qilish, ya’ni
raqobatchilarning kuchli va zaif tomonlarini o’rganish. Maqsadli auditoriyani
aniqlashda esa iste’molchilar ehtiyojlari, xulq-atvor va xususiyatlarini o’rganish
lozim.
•
Brend strategiyasini ishlab chiqish: brendning asosiy maqsadi va tamoyillarini
aniqlash, hamda pozitsiyalashdan iborat.
•
Nom va visual identifikatsiyasiyasini yaratish: oson esda qoladigan, jarangdor
eshitiladigan, mahsulot mohiyatini aks ettiruvchi nom yaratish va brendning visual
ko’rinishini shakllantirish.
•
Brendni huquqiy himoya qilish: brend nomi va logotipini qonuniy himoya
qilish uchun tegishli tashkilotlarda ro’yxatdan o’tkazish.
•
Marketing kommunikatsiya strategiyasini ishlab chiqish: ijtimoiy tarmoqlarda
brendni reklama qilish.
J
ournаl of Аnаlyticаl Synergy аnd
Scientific Horizon ISSN: 3060-5261
Volume 1, Issue 2, Series B 2025
89
•
Brendni joriy etish va monitoring qilish: tayyorlangan
strategiya asosida brendni iste’molchilarga taqdim etish va bozor
faoliyatini kuzatib, tahlil qilib borish.
Brend faqatgina mahsulot yoki xizmat emas, balki mijozlar
ongida shakllangan tajriba va hissiyotlar majmuidir. Iste’molchilar
brend tanlash jarayonida o’z qadriyatlari, o’z ehtiyojlari va hissiy bog’liqliklariga
asoslanadi. Shuning uchun brend yaratishda mijozlar psixologiyasi bilan tanishib
chiqish maqsadga muvofiq. Brend tanlashda rang va dizaynga ahamiyat berish
lozim, sababi ranglar odam ongiga turlicha ta’sir qiladi va o’zgacha hissiyotlar
uyg’otadi. Misol uchun: qizil – tezkorlik, energiya va shijoatni ifodalaydi. Misol
uchun:
Coca-Cola, KFC
kabi brendlar bu rangdan foydalanadi. Ko’k – ishonch,
barqarorlik va professionallik ramzi.
Samsung, Facebook va Payme
kabi
kompaniyalarning tanlovi hisoblanadi. Oltin va qora – hashamat va yuqori sifat
belgisi
. Rolex, Lamborghini
kabi premium brendlar shu ranglarni tanlaydi. (2) Agar
brend imidji munosib tanlangan bo’lsa, bu mijozlarda ijobiy taasurot qoldiradi va
ularning ishonch va sadoqatini qozonadi. Misol uchun: Nike – sport kiyimi bo’lish
bilan birga, g’alaba va qat’iyat ramzi hamdir. Uning
“Just Do It”
shiori odamlarni
harakat qilishga ilhomlantiradi. (3). Apple – innovatsiya va kreativlik ramzi.
Kompaniya o’z mahsulotlarini
“mukammal dizayn va intellektual soddalik
” tamoyili
asosida ishlab chiqaradi. Iste’molchilar uchun brendga bog’lanish juda muhimdir va
olib borilgan izlanishlarga ko’ra: Brendga ishonch hosil qilgan mijozlarning
60%
dan ortig’i
, doimiy o’sha brenddan mahsulot sotib oladi. (3). Mijlarning
70%
i
yomon xizmat qilgan brenlarga qaytib bormaydi (4). Shaxsiy tajriba va do’stlarning
tavsiyasi iste’molchilarning
80%
qarorlariga ta’sir qiladi (5). Demak, mijozlar
psixologiyasi va ularning xulq-atvori brend yaratishda muhim ahamiyatga ega va
muvaffaqiyatli brend mijozlarda kuchli hissiy bog’liqlik yarata olishi kerak ekan.
J
ournаl of Аnаlyticаl Synergy аnd
Scientific Horizon ISSN: 3060-5261
Volume 1, Issue 2, Series B 2025
90
Endi esa O’zbekistondagi millionlab odamlar biladigan va
sevadigan, mashhur brendlarni ko’zdan kechirsak. O’zbekiston
bozorida qaysi brendlar eng muvaffaqiyatli? Yurtimizda har yili
mahalliy bozorda muvaffaqiyatli ishlayotgan brendlar, marketing
jamoalari va ekspertlarini aniqlaydigan, qo’llab-quvvatlaydigan va
rag’batlantiradigan “Yil brendi” professional mukofoti o’tkaziladi. Bunda
Telegram-bot orqali iste’molchilar xalqona ochiq ovoz beradilar va 2021-yil
umumiy hisobda 300 000 kishi qatnashgan. G’olib bo’lgan brendlar esa
quyidagicha: Express24, Rozmetov, Safia&café-bakery, Chaykof, Ishonch
do’konlar tarmog’, Texnomart, Apelsin, Everest Education, Beeline, Sarkor
Telecom, Medline, Murat Buildings, Korzinka va Havas. Ushbu brendlar
O’zbekiston bozorida iste’molchilar orasida yuqori e’tirofga ega.
Har bir sohaning muvaffaqiyat cho’qqilari bo’lgani kabi, qiyinchiliklari ham
bo’ladi. Brend yaratishda ham bir qancha muammolarga duch kelish mumkin.
O’zbekiston bozorida mahalliy va xalqaro brendlar soni ortib borgani sayin yangi
brendlarning raqobatbardoshligini ta’minlash ham qiyinlashmoqda. Bu esa bozorga
kirib kelishdan oldin, bozorni yaxshilab tahlil qilish va brendni boshqa brendlardan
ajratib turuvchi noyob takliflarni ishlab chiqishni talab etadi. Yangi brend yaratish
va uni targ’ib qilish katta moliyaviy sarmoyani talab etadi. Bu holat ayniqsa kichik
biznes va start-uplar uchun moliyaviy qiyinchiliklarni yuzaga keltiradi. Bosqichma-
bosqich strategiyasini qo’llash, marketing usullaridan samarali foydalanish va
investorlardan mablag’ jalb qilish orqali muammoga qisman yechim topish mumkin.
O’z navbatida raqamli marketing bilan bog’liq muammolar ham yo’q emas. Misol
uchun: algoritmlar va platformalar doimiy yangilanib turadi, bu esa brendlarning
moslashishini qiyinlashtiradi. Marketing bo’yicha mutaxassislarni jalb qilish,
doimiy o’qitish va yangi tendensiyalarni kuzatib borish orqali raqamli
marketingdagi o’zgarishlarga moslashish mumkin. Yangi brendlar uchun
J
ournаl of Аnаlyticаl Synergy аnd
Scientific Horizon ISSN: 3060-5261
Volume 1, Issue 2, Series B 2025
91
iste’molchilar ishonchini qozonish oson emas va sifatli mahsulot va
xizmat ko’rsatish, mijozlar bilan ochiq va samimiy muloqot
o’rnatish, shuningdek, ijtimoiy mas’uliyatli loyihalarda ishtirok
etish ishonchni oshirishi mumkin. Bu jarayon esa vaqt izchil
strategiyani talab qiladi. Bozorda barqarorlikka erishish uchun esa
bozorni doimiy monitoring qilish, mijozlar fikrini o’rganish va brend strategiyasini
mos ravishda yangilab borish zarur. Misol tariqasida hozirgi kunda O’zbekistonning
yetakchi brendlari bo’lgan
Korzinka
va
Texnomart
kompaniyalarining marketing
strategiyalari va mijozlarni jalb etish yo’lida olib brogan harakatlarini tahlil qilsak.
Korzinka asosan
sifatli xizmat va keng assortiment
,
ijtimoiy tarmoqlarda faollik
,
ijtimoiy mas’uliyatli loyihalar
marketing strategiyalaridan foydalanadi. Korzinka
o’z mijozlariga keng turdagi mahsulotlar taklif etadi, bu esa xaridorlar ehtiyojini
to’liq qondirishga yordam beradi.
va
kabi platformalardan
muntazam ravishda, yangiliklar, aksiyalar va foydali maslahatlar berib borishda
foydalanadi, bu esa mijozlar bilan yaqin aloqani ta’minlaydi. Shu bilan birga,
Korzinka turli xayriya tadbirlari va ijtimoiy loyihalarda ishtirok etib, brend imidjini
mustahkamlaydi.
Texnomart – maishiy texnika va elektronika mahsulotlarini sotuvchi yirik
savdo tarmog’idir. U quyidagi marketing strategiyalarini qo’llaydi
: Raqamli
marketing
– Texnomart
Telegram
va
kabi ijtimoiy tarmoqlarda faol
bo’lib, mijozlarga doimiy ravishda aksiyalar va yangi mahsulotlar haqida xabar
berib boradi.
Influencer marketing –
kompaniya mashhur blogerlar yordamida o’z
mahsulotlarini keng auditoriyaga tanitadi.
Aksiya va chegirmalar –
mijozlarni jalb
qilish uchun doimiy yangiliklar, mavzumiy chegrmalar va aksiyalar o’tkazadi.
Brendning muvaffaqiyati uning o’ziga xosligi va iste’molchilarga qanday
qadriyatlar taqdim etishi bilan bog’liq. Bu esa brendning bozorda boshqa
raqobatchilardan ajratib turadi.
J
ournаl of Аnаlyticаl Synergy аnd
Scientific Horizon ISSN: 3060-5261
Volume 1, Issue 2, Series B 2025
92
Xulosa o’rnida yosh tadbirkorlar uchun bir qancha tavsiyalarni
ko’rib chiqsak, har bir tadbirkor bozorga kirishdan oldin
raqobatchilar, iste’molchilar ehtiyojlari, talablari va bozor
tendensiyalarini tahlil qilishi, brendni to’g’ri joylashtirishiga
yordam beradi.
Mahsulot va xizmat sifatini doimiy yuqori darajada saqlash va mijozlar fikr -
mulohaza hamda takliflarini inobatga olish brendga bo’lgan ishonchni oshiradi.
Brend nomi va logotipi oddiy, sodda, esda qolarli va maqsadli auditoriyaga mos
bo’lishi lozim. Milliy – madaniy xususiyatlarni inobatga olish brendning mahalliy
bozorda muvaffaqiyatini oshiradi.
Brend yaratish murakkab, ammo samarali rejalashtirilsa katta muvaffaqiyat
keltiradigan jarayon hisoblanadi. Zamonaviy raqobatbardosh bozorda brend nafaqat
yaxshi mahsulot yoki xizmat bilan emas, balki uning ortidagi hikoya, strategiya va
iste’molchilar bilan hissiy bog’liqlik uzra ham muvaffaqiyat qozonadi. Shuning
uchun tadbirkorlar doimiy izlanishda bo’lishlari hamda innovatsiyalar, kreativ
marketing yondashuvlari va barqarorlik bilan o’z brendlarini rivojlantirishlari lozim.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI:
1.
Devid Aaker
Tovar kapitalini boshqarish
(1991-yil Vikipediya)
2.
Hemphill, C. (2003). Branding and Psychology of Colors. New York: Oxford
Press.
3.
Kotler, P. (2017). Marketing Management. Pearson Education.
4.
Edelman Trust Barometer (2021). Consumer Behavior Trends.
5.
Harvard Business Review (2020). Why Customers Leave and How to Win
Them Back.
6.
Nielsen Report (2019). The Power of Word of Mouth in Branding.
J
ournаl of Аnаlyticаl Synergy аnd
Scientific Horizon ISSN: 3060-5261
Volume 1, Issue 2, Series B 2025
93
7.
Shaxsiy brend nima uchun kerak va uni qanday yaratish
mumkin?
https://daryo.uz/2022/03/14/o%25ca%25bbzbekistonning-eng-
muvaffaqiyatli-brendlarini-yil-brendi-mukofoti-e%25ca%25bclon-
8.
Brendni boshqarish - uniwork.buxdu.uz
9.
Brend turlari va yaratish bosqichlari. Nauchniyimpuls.ru
10.
Brend yaratish va brendning turlari. researchgate.net
11.
O’zbekistonning eng muvaffaqiyatli brendlarini “Yil brendi” mukofoti e’lon
qiladi.
https://daryo.uz/2022/03/14/o%25ca%25bbzbekistonning-eng-
muvaffaqiyatli-brendlarini-yil-brendi-mukofoti-e%25ca%25bclon-qiladi
12.
O’zbek tilida nom yaratishning milliy-madaniy xusuiyatlari. tsuull.uz
13.
Raqamli iqtisodiyot asoslari – Renessans ta’lim universiteti. Renessans-
edu.uz
