Vol. 1 No. 1.2 ( B series). (2025)
Articles
YANGI GEOSIYOSIY MUAMMOLAR KONTEKSTIDA MARKAZIY OSIYODA INTEGRATSIYA JARAYONLARI
Mazkur maqolada Markaziy Osiyoda integratsiya jarayonlari yangi geosiyosiy muammolar kontekstida tahlil qilinadi. Mintaqaviy hamkorlikning rivojlanish bosqichlari, mavjud to‘siqlar va istiqbollar o‘rganilib, Rossiya-Ukraina mojarosi, Afg‘onistondagi beqarorlik va yirik davlatlarning ta’siri asosiy geosiyosiy omillar sifatida baholanadi. Shuningdek, iqtisodiy, transport va xavfsizlik sohalarida integratsiyani rivojlantirish bo‘yicha tavsiyalar beriladi.
FAMILY CONFLICTS AND THEIR CAUSES
Mazkur maqolada oilaviy nizolarning mohiyati, ularning tasnifi va asosiy sabablariga ilmiy yondashuv asosida baho berilgan. Oilaviy ziddiyatlarning kelib chiqish omillari sifatida muloqot yetishmovchiligi, moliyaviy muammolar, shaxsiy manfaatlarning to‘qnashuvi, tarbiya uslublaridagi tafovutlar, qarindoshlar bilan bog‘liq muammolar va ishonchsizlik kabi jihatlar tahlil qilingan. Shuningdek, oilaviy nizolarni oldini olish bo‘yicha samarali chora-tadbirlar taklif etilgan. Ushbu tadqiqot natijalari oilaviy barqarorlikni mustahkamlashga qaratilgan ilmiy va amaliy ahamiyatga ega.
BREND YARATISH VA MARKETING STRATEGIYALARI – O’ZBEK BOZORIDA MUVAFFAQIYATLI BREND YARATISHNING ASOSIY TAMOYILLARI
Ushbu maqolada muvaffaqiyatli brend yaratish va samarali marketing strategiyalarini ishlab chiqish tamoyillari tahlil qilinadi. Brendning o‘ziga xosligi, iste’molchilar bilan hissiy bog‘lanish o‘rnatish va raqobatbardosh ustunlikni shakllantirish jarayonlari ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, bozorga kirish strategiyalari, mijozlar sadoqatini oshirish usullari va zamonaviy marketing vositalarining roli muhokama qilinadi. Mahsulot yoki xizmatning qiymatini oshirishga qaratilgan innovatsion yondashuvlar ham yoritilib, global tajribalardan olingan misollar keltiriladi.
PARENT-CHILD RELATIONSHIPS AND PARENTING STYLES WITHIN THE FAMILY
Bilamizki, Ota-onalar bilan bola o'rtasidagi munosabatlar oilaning asosiy va markaziy qismi hisoblanadi. Bu munosabatlarning sifatli bo'lishi, bola shaxsiyatining rivojlanishiga katta ta'sir ko'rsatadi. Oila tarbiyasi esa, bola hayotidagi dastlabki ta'sirchan muhitni yaratadi. UShbu maqolada esa Oilada ota onalarning munosabatlari va tarbiya uslublari, shu bilan birgalikda, ularning farzandlarining kelajakdagi ta'siri haqida yoritilgan.
ELEKTRON HUKUMAT: BYUROKRATIYA VA KORRUPTSIYAGA QARSHI ATRIBUT
Mazkur maqolada elektron hukumat fenomeni o’zi nima ekanligidan tortib,uning byurokratiya va korrupsiya kabi siyosiy illatlarni cheklashdagi ahamiyati tahlil qilinadi,hamda dunyoda elektron hukumat platformalarining korrupsiya muammolarini hal qilishdagi o’rni to’grisida ma’lumot beruvchi diagramma ham o’rin olgan. O’zbekiston Respublikasida elektron hukumat faoliyati davomida hal etgan va etayotgan foydali jihatlari haqida ham tahlil boradi. Muammolarni oshkor etish bilan cheklanmasdan,balki unga jahon tajribasidan asosli yechimlar taklif etiladi.
“ XADICHA SULAYMONOVA VA XOTIN-QIZLAR HUQUQLARI: KECHA VA BUGUN”
Mazkur maqolada xotin-qizlar huquqlari va jamiyatda ayollar huquqlarining himoya qilinishi shuningdek davlat boshqaruvida ayollarning ishtiroki tahlil qilinadi.XX asr huquqiy islohotlar hayotida Xadicha Sulaymonovaning xotin-qizlar huquqlarini himoya qilish yo’lidagi faoliyati o’rganiladi va bugungi kunda ushbu islohotlarning ahamiyatli jihatlari ushbu maqoladan o’rin olgan.
СТРАТЕГИЧЕСКИЙ ПОДХОД И АНАЛИЗ ТЕНДЕНЦИЙ РАЗВИТИЯ ГАСТРОНОМИЧЕСКИХ ФЕСТИВАЛЕЙ: НА ПРИМЕРЕ ТУРЦИИ
Цель данной статьи заключается в анализе уровня развития гастрономического туризма в Турецкой Республике, порядка проведения гастрономических фестивалей, а также рассмотрении мер, применяемых для развития туристической отрасли. В статье проведён SWOT-анализ туристического потенциала страны и влияние гастрофестивалей на развития туризма. В процессе исследования использовались статистические данные, которые были обработаны и проанализированы.