J
ournаl of Аnаlyticаl Synergy аnd
Scientific Horizon ISSN: 3060-5261
Volume 1, Issue 2, Series B 2025
108
“ XADICHA SULAYMONOVA VA XOTIN-QIZLAR
HUQUQLARI: KECHA VA BUGUN”
Avazbekova Ruxshona
ruxshonaavazbekova18@gmail.com
Toshkent davlat yuridik universiteti
Ommaviy huquq fakulteti 2-kurs talabasi
Annotatsiya:
Mazkur maqolada xotin-qizlar huquqlari va jamiyatda ayollar
huquqlarining himoya qilinishi shuningdek davlat boshqaruvida ayollarning
ishtiroki
tahlil
qilinadi.XX
asr
huquqiy
islohotlar
hayotida
Xadicha
Sulaymonovaning xotin-qizlar huquqlarini himoya qilish yo’lidagi faoliyati
o’rganiladi va bugungi kunda ushbu islohotlarning ahamiyatli jihatlari ushbu
maqoladan o’rin olgan.
Kalit so’zlar: Xadicha Sulaymonova, xotin-qizlar huquqlari, gender tengligi,
jamiyat, davlat, O’zbekiston.
Annotation
: This article analyzes women's rights and the protection of women's
rights in society, as well as the participation of women in state administration.
Khadicha Sulaimanova's work in the protection of women's rights in the life of legal
reforms of the 20th century is studied, and the important aspects of these reforms
today are presented in this article.
Key words
: Khadicha Sulaimanova, women's rights, gender equality, society, state,
Uzbekistan.
Аннотация
: В данной статье анализируются права женщин и защита прав
женщин в обществе, а также изучается деятельность Хадичи Сулаймановой в
сфере защиты прав женщин в жизни правовых реформ 20 века, а также
представлены важные аспекты этих реформ сегодня.
J
ournаl of Аnаlyticаl Synergy аnd
Scientific Horizon ISSN: 3060-5261
Volume 1, Issue 2, Series B 2025
109
Ключевые слова
: Хадича Сулайманова, права женщин,
гендерное равенство, общество, государство, Узбекистан.
Gender tengligi, xotin-qizlar huquqlari hamma vaqt eng
muhokamalarga boy mavzu bo’lib kelgan, o’tkan asrdan tortib hozirgi 2025-yilga
kelib ham bu mavzu o’z dolzarbligini yo’qotmagan. O’zbekiston gender tengligi
ko’rsatkichi ro’yxatida 2019-yildan boshlab qatnashishni boshladi. 2019-yildagi
statistik ma’lumotlarga ko’ra O’zbekiston gender tengligi ko’rsatkichi bo’yicha 189
mamlakat ichida 62-o’rinni egallagan. Birlashgan Millatlar Tashkilotining
Aholishunoslik jamg’armasi ekspertlarining fikriga ko’ra, O’zbekistondagi har
100000 ayoldan 29 tasi gender tengsizlik tufayli vafot etishi qayd etilgan. Ushbu
statistik ma’lumot huquqiy davlat hisoblangan O’zbekiston Respublikasi uchun
yuqori hisoblanadi va mamlakatda xotin-qizlar huquqlarini ta’minlash qanchalik
dolzarb muammo ekanligini ochib beradi.
O’zbekistonda ayollar huquqlari himoyasida muhim rol o’ynagan shaxslar
sanoqlidir. Ulardan biri O’zbekiston huquqshunoslik sohasiga katta hissa qo’shgan
ilk huquqshunos o’zbek olimasi, professor Xadicha Sulaymonovna Sulaymonova
hisoblanadi. Uning yoshlik davri Turkiston o’lkasida oktabr inqilobining ro’y
berishi, “Hujum” harakati natijasida ko’plab xotin-qizlarning o’z oila a’zolari
tomonidan o’ldirilgan paytlarga to’g’ri kelgan. Shunday vaxshiylik qurbonlaridan
birining qotili ustidan olib borilgan sud ishida qoralovchi sifatida Tojixon
Shodiyeva qatnashadi. Ayni shu voqealarni ko’rgan yosh Xadicha kelajakda
huquqshunoslik kasbini egallashni maqsad qilib qo’yadi. O’sha davrda ayollar
huquqlari, gender tengligi kabi tushunchalarning yo’qligi kelajakda Xadicha
Sulaymonovaning gender tengligi bo’yicha islohotlarni amalga oshirishiga turtki
bo’lgan bo’lsa ajab emas. Xadicha Sulaymonova huquq sohasiga kirib kelisha bilan
o’z oldiga huquqiy davlat qurish maqsadini qo’yadi. 1956-yilda O’zbekiston
J
ournаl of Аnаlyticаl Synergy аnd
Scientific Horizon ISSN: 3060-5261
Volume 1, Issue 2, Series B 2025
110
SSRning Adliya vaziri lavozimiga tayinlangandan so’ng, uning
huquqiy islohotlar davri boshlanadi. Uning islohotlarini to’rt
yo’nalishga bo’lish mumkin. Ushbu islohot yo’nalishlaridan biri
bevosita jamiyatda xotin-qizlar huquqlarini ta’minlash va gender
tengligiga erishish edi.
O’tkan XX asrda mamlakatimizda xotin-qizlar huquqlari, gender tengligi kabi
tushunchalar deyarli bo’lmagan desak adashmaymiz. “Hujum” harakatlaridan so’ng
esa bu yaqqol ko’zga tashlanib qoldi. O’zbekiston ayollari hayoti bilan tanishib,
“O’zbekistonning yangi ayoli” nomli kitob yozgan amerikalik olima Marianna
Kemp 1920-1930-yillarda Sovet hukumatining o’zbek ayollarini paranjidan
chiqarish siyosatini tanqid ostiga oladi. “Paranjidan chiqarish siyosati, ya’ni hujumni
amalga oshirgan o’zbeklarning ko’pi bu yo’l bilan ayollarni ozod qilamiz”, - deb
ishongan. Shu bois Sovet hukumati ayollar paranji tashlasin deganda ular
umryo’ldoshlarini shunday qilishga majbur qilganlar. Bunga qarshi oila a’zolar esa
paranji tashlagan ayollarni o’ldirishga tushgan. Ular nazarida bu gunoh bo’lgan.
Ko’plab xotin-qizlar hayoti ko’kka sovurilgan”,- deydi Marianna Kemp. Dunyo
hamjamiyati tomonidan tan olingan inson huquqlari ya’ni shaxsiy, siyosiy, ijtimoiy-
iqtisodiy huquqlar muayyan mamlakat fuqarosining ajralmas huquqlari hisoblanadi.
Biroq aynan XX asrning boshlarida mamlakatimizda xotin-qizlarning har bir
insonning tabiiy huquqi hisoblangan yashash huquqi ham himoya ostiga
olinmaganligini ko’rishimiz mumkin. XX asrning ikkinchi yarmiga kelib siyosiy
hayot jonlana boshladi va ayollarni davlat ishlarida ko’rish mumkin bo’ldi. Ushbu
ayollardan biri Xadicha Sulaymonova edi. Ushbu davrda Xadicha Sulaymonova
Oliy sud raisasi lavozimida faoliyat olib borar edi. Davlat ishida ishlash, islohotlar
amalga oshirish bilan bir vaqtda u ko’plab xotin-qizlarning ta’lim olishini
rag’batlantirib, ularning ilmiy faoliyatida ilmiy rahbar sifatida ko’mak beradi. Ular
J
ournаl of Аnаlyticаl Synergy аnd
Scientific Horizon ISSN: 3060-5261
Volume 1, Issue 2, Series B 2025
111
orasida sobiq Adliya vazirlaridan biri Vosiqova Mamlakat
Sobirovna uning birinchi aspiranti bo’ladi.
Hozirgi kunga kelib O’zbekiston Respublikasi hukumati ayollar va
qizlarning huquq va erkinliklarini ta’minlash borasidan ulkan sa’y-
harakatlarni amalga oshirgan. Ushbu harakatlar orqali sezilarli
yutuqlarga erishilgan bo’lsa ham mamlakatning chekka qishloqlari va ba’zi
shaharlarda ham xotin-qizlar uchun teng imkoniyatlar yaratish ko’p mehnatni talab
qilmoqda. Yuqorida keltirgan statistik ma’lumotni yoda olsak unga ko’ra
O’zbekiston Respublikasi gender tengligi ko’rsatkichlari bo’yicha 2019-yildan
boshlab qatnasha boshlagan. Ayni shu 2019-yilda “Xotin-qizlar va erkaklar uchun
teng huquq va imkoniyatlar kafolatlari to’g’risida” gi O’zbekiston Respublikasi
qonuni qabul qilingan. Ushbu qonun doirasida xotin-qizlarning ta’lim sohasidagi
huquqlari, mehnat bozorida ishtirok etish imkoniyatlari, siyosiy va iqtisodiy
sohalardagi o’rni mustahkamlanmoqda. Shuningdek 2022-yilda yangi tahrirda
qabul qilingan Mehnat kodeksida mehnat munosabatlarida gender tengligini
ta’minlash bo’yicha qator normalar kiritildi. Chunki ayollarning ishga
joylashishidan to muayyan mansabga ko’tarilishigacha bo’lgan jarayon erkaklarga
nisbatan qiyinroq kechar edi. Hozirgi kiritilgan o’zgartirishlar ushbu tengsizlik
foizini kamaytirmoqda. Ta’lim sohasida esa qizlarning oliy ta’limga kirish
imkoniyatlarini oshirish maqsadida har yili 2000 grant ajratilmoqda, shuningdek
davlat oliy ta’lim muassasalari magistratura bosqichida ta’lim olayotgan xotin-
qizlarning to’lov-kontrakt mablag’larining Davlat budjetidan qoplab berilishi
tasdiqlangan. Siyosiy huquqlardan biri hisoblangan davlat va jamiyat boshqaruvida
ishtirok etishda ayollar faolligi kuchaytirildi, xususan O’zbekiston Respublikasi
Oliy Majlis Qonunchilik palatasida ayollar umumiy deputatlar sonining 40 foizini
tashkil etishi shart sifatida belgilab qo’yilgan. Biroq gender zo’ravonligiga qarshi
J
ournаl of Аnаlyticаl Synergy аnd
Scientific Horizon ISSN: 3060-5261
Volume 1, Issue 2, Series B 2025
112
kurash haligacha dolzarb va munozarali mavzu bo’lib qolmoqda.
Gender zo’ravonlik jismoniy, ruhiy, jinsiy, huquqiy zo’ravonlik
turlariga bo’linishi mumkin.
Gender zo’ravonlikka qarshi kurash xalqaro, davlat, jamiyat
miqiyosida olib borilishi kerak. O’zbekistonda davlat huquqiy
jihatdan gender tengsizlik va zo’ravonliklarga nisbatan jazo choralarini belgilab
qo’ygan. Biroq bizning mamlakatimizda jamoatchilik fikri va nazorati ham katta
kuch hisoblanadi. Shu sababli an’anaviy stereotiplarga qarshi kurashishda
jamoatchilik faollarining faoliyatini kuchaytirish lozim. Ayollarni faqatgina uy
bekasi sifatida emas, balki ijtimoiy hayotning barcha jabhalarida faol ishtirok
etuvchi shaxs sifatida gavdalantirish kerak. Eng asosiysi muammo bor joyda jim
qolmaslik shart.
Yuqorida keltirib o’tilgan xotin-qizlar huquqlarini ta’minlash sohasida amalga
oshirilgan barcha islohotlarning boshlovchisi bu Xadicha Sulaymonova hisoblanadi.
Uning faoliyati natijasida o’zbek ayollarining jamiyatda mavqei yaxshilandi, ta’lim
va ilmiy faoliyatda ishtiroki ortdi. Bugungi kunda ushbu yo’nalishda katta
o’zgarishlar ro’y bermoqda, ammo hali ham gender tengligini to’liq ta’minlash
qo’shimcha harakatlarni talab qiladi.
Xotin-qizlar huquqlari borasidagi kechagi kurash va bugungi taraqqiyot Xadicha
Sulaymonova kabi fidoyi insonlarning sa’y-harakatlari natijasidir. Shunday ekan,
uning ilmiy merosi va ijtimoiy faoliyatini targ’ib qilish va davom ettirish muhim
hisoblanadi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI:
1.
M.Xakimov, G’.Axmedov, A.Saidov Xadicha Sulaymonova - huquqshunos,
olima, davlat arbobi . - T.: O’ZBEKISTON 1993. - 151 b.
J
ournаl of Аnаlyticаl Synergy аnd
Scientific Horizon ISSN: 3060-5261
Volume 1, Issue 2, Series B 2025
113
2.
M.X, Hakimov Akademik Xadicha, - T.: “O’ZBEKISTON”,
1993. - 150 b.
3.
Marianne Kamp The New Woman in Uzbekistan, - “University
of Washington Press”, 2008.
4.
“Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar
kafolatlari to‘g‘risida” gi O’zbekiston Respublikasi Qonuni //
http://lex.uz//uz/docs/-4494849
5.
O‘zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi //
