J
ournаl of Аnаlyticаl Synergy аnd
Scientific Horizon ISSN: 3060-5261
Volume 1, Issue 2, Series B 2025
57
YANGI KONSTITUTSIYADAGI O‘ZGARISHLARNING
YOSHLAR HAYOTIDA TUTGAN O‘RNI
Shavkatov Behruz Rustam o‘g‘li
Toshkent Davlat Iqtisodiyot Universiteti,
Bank ishi fakulteti 3-kurs talabasi
Annotatsiya:
Ushbu
maqolada
yangi
Konstitutsiyada
kiritilgan
o‘zgarishlarning yoshlar hayotiga ta’siri tahlil qilinadi. Asosiy e’tibor ta’lim, mehnat
huquqlari, ijtimoiy himoya va yoshlarga oid davlat siyosatidagi yangiliklarga
qaratilgan. Yangi normalar yoshlarning huquq va imkoniyatlarini kengaytirish,
ularning jamiyatdagi rolini mustahkamlash hamda shaxsiy va kasbiy rivojlanishini
qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltirilgan. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki,
Konstitutsiyaviy islohotlar yoshlarning huquqiy va ijtimoiy himoyasini kuchaytirib,
ularning faol fuqarolik pozitsiyasini shakllantirishga xizmat qiladi.
Kalit so‘zlar:
konstitutsiya, davlat suvereniteti, ijtimoiy davlat, referendum,
bandlik, pensiya tizimi.
Аннотация:
В этой статье анализируется влияние изменений,
внесенных в новую Конституцию, на жизнь молодежи. Основное внимание
уделяется инновациям в государственной политике в области образования,
трудовых прав, социальной защиты и молодежи. Новые нормы направлены на
расширение прав и возможностей молодежи, укрепление ее роли в обществе и
поддержку ее личного и профессионального развития. Результаты
исследования показывают, что конституционные реформы способствуют
укреплению правовой и социальной защиты молодежи, формированию у нее
активной гражданской позиции.
Ключевые слова:
Конституция, государственный суверенитет,
социальное государство, референдум, занятость, пенсионная система.
J
ournаl of Аnаlyticаl Synergy аnd
Scientific Horizon ISSN: 3060-5261
Volume 1, Issue 2, Series B 2025
58
Abstract:
This article analyzes the impact of the amendments
made to the new Constitution on the lives of young people. The main
focus is on innovations in public policy in the fields of education,
labor rights, social protection and youth. The new standards are
aimed at empowering young people, strengthening their role in
society, and supporting their personal and professional development. The results of
the study show that constitutional reforms contribute to strengthening the legal and
social protection of young people and the formation of their active citizenship.
Keywords:
Constitution, state sovereignty, welfare state, referendum,
employment, pension system.
Yangi konstitutsiya bu yangi qonun qoidalar va yangi nizomlarni o‘zida
mujassam etgan qonun- qoidalar majmuasidir. Bu konsitutsiyani qabul qilish
O‘zbekistonning barcha fuqarolari o‘z huquq va erkinliklariga, milliy va
umuminsoniy qadriyatlarga, davlat suveriniteti prinsiplariga sodiqligini tantanali
ravishda e’lon qilish demakdir. Har bir davlat fuqarolarining hayoti erkinligi sha’ni
qadr- qimmati oliy qadriyat hisoblanadigan insonparvar demokratik davlat bo‘lishi
lozim.Shundan kelib chiqib O‘zbekiston Respublikasida ham yangi O‘zbekistonni
qurishda 2023-yil 30-aprel
kuni o‘tkazilgan O‘zbekiston Respublikasi
referendumida umumxalq ovoz berish orqali yangi tahrirdagi O‘zbekiston
Respublikasi konstitutsiyasi qabul qilindi. Bu konstitutsiya 6 bo‘lim,27 bob va 155
ta moddadan iborat. 1-bo‘lim asosiy prinsiplar deb nomlanib, bo‘lim davlatimizning
suveriniteti, konsitutsiyaning xalq manfaatlariga xizmat qilishi, davlat organlarining
mansabdor shaxslar, jamiyat va fuqarolar oldida ma’sulligi kabi prinsiplar alohida
qayd etilgan.
J
ournаl of Аnаlyticаl Synergy аnd
Scientific Horizon ISSN: 3060-5261
Volume 1, Issue 2, Series B 2025
59
TAHLIL VA NATIJALAR
Davlat
suveriniteti
deganda
biz
davlat
o‘z
mustaqilligiga,ramzlariga, hududiy tuzilishiga,tiliga ega bo‘lishini
chunamiz. Bu elementlar davlatning davlat deb nomlanishiga asosiy
ta’sir etuvchi omillar hisoblanadi. Yangi konstitutsiyamizning I bobi
ham davlat suveriniteti deb nomlanadi. Ya’ni bizning davlatimiz huquqiy,
demokratik va dunyoviy xususiyatiga ega boshqaruvning respublika shakliga ega
davlatdir.Shuningdek konsitutsiyamizning yangi tahrirdagi qonunchiligda yana bir
xususiyat ya’ni ijtimoiy davlat xususiyati ham qo‘shildi.
O‘zbekiston o‘zini
ijtimoiy
davlat
deb e’lon qilishi bilan, har bir fuqarosiga munosib turmush kechirishi uchun
shart-sharoit yaratish majburiyatini olmoqda. Bu – mavjud resurslarni ijtimoiy
adolat tamoyillari asosida taqsimlash, jamiyatda kuchli tabaqalanish avj olishiga
yo‘l qo‘ymaslik, eng zaif qatlamlar uchun ham sifatli ta’lim va tibbiyot
kafolatlanishi, samarali ijtimoiy himoya dasturlari ishlashi, imkoniyati cheklangan
va qo‘llovga muhtoj fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash, adolatli mehnat qonunchiligi va
jozibador pensiya tizimi kabilarni anglatadi. Oddiyroq aytganda, eng kambag‘al
oilaning bolalarida ham sog‘-salomat o‘sib-ulg‘ayib, yaxshi ta’lim olib,
farovonlikka erishish imkoniyati bo‘lishi kerak.Bu yangi tahrirdagi
konsitutsiyamizdagi o‘zgarishlardan biri. Bu moddaning kafolati qilib esa Yangi
konstitutsiyaning 154-moddasi bilan,
1-moddadagi qoidalarni qayta ko‘rib chiqish
mumkin emas
, deb belgilandi. Xuddi shuningdek, 154-moddaning o‘zidagi aynan
shu qoidadan iborat band ham qayta ko‘rib chiqilishi mumkin emas. Bundan shuni
xulosa qilishimiz mumkinki bizning davlatimiz Prezidentlik respublikasi sifatida o‘z
boshqaruvini davom ettiradi va monarxiya, islomiy davlatga aylanmaydi.
Shuningdek konstitsiyamizning 15-moddasiga ham o‘zgartirishilar kiritildi.15-
moddasida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi mamlakatning butun
hududida oliy yuridik kuchga ega, to‘g‘ridan to‘g‘ri amal qiladi va yagona huquqiy
makonning asosini tashkil etadi. Bunda esa Konstitutsiyamizga yozib qo‘yilgan
J
ournаl of Аnаlyticаl Synergy аnd
Scientific Horizon ISSN: 3060-5261
Volume 1, Issue 2, Series B 2025
60
normalar to‘g‘ridan- to‘g‘ri Oliy sud va sudlarda amal qiluvchi
hujjatga aylanishi ta’kidlab o‘tilgan.
Konsitutsiyamizga qarshi qilingan har qanday noqonuniy
xatti-harakatlar esa qonun oldida javobgarlikka tortilishiga olib
keladi. Konstitutsiya faqatgina mansabdor, davlat organlari
foydasiga emas balki butun xalq manfaatlarini himoya qiluvchi qonuniy norma
sifatida qaralishi lozim. Qonun oldida barcha teng huquqlidir. Konstitutsiya aynan
shu tamoyil nazoratini alohida tartibga soladi. Yangi tahrirdagi konstitutsiyaga
ijtimoiy, siyosiy, axborot sohalarida ham o‘zgartirishlar kiritildi. Ijtimoiy sohada
o‘qituvchilarga alohida e’tibor berildi.
O‘zbekiston Respublikasida o‘qituvchining
mehnati jamiyat va davlatni rivojlantirish, sog‘lom, barkamol avlodni shakllantirish
hamda tarbiyalash, xalqning ma’naviy va madaniy salohiyatini saqlash hamda
boyitishning asosi sifatida e’tirof etiladi.Davlat o‘qituvchilarning sha’ni va qadr-
qimmatini himoya qilish, ularning ijtimoiy va moddiy farovonligi, kasbiy jihatdan
o‘sishi to‘g‘risida g‘amxo‘rlik qiladi.Shu tariqa, ustozlar huquq sohasi vakili
bo‘lmagan, lekin oliy qonunda alohida tilga olingan yagona kasb egalariga aylandi.
Konstitutsiyada nomi keltirilgan o‘qituvchilardan boshqa kasb egalarining
barchasi – huquq sohasi vakillari (sudyalar, prokurorlar va advokatlar). Boshqa
holatlarda kasb egalari emas, sohalar haqida gap ketgan (masalan, ommaviy axborot
vositalari, turli jamoat birlashmalari).Bundan esa o‘qituvchilarga qonuniy tomondan
ham qo‘llab-quvvatlash ko‘rsatilmoqda. Har bir inson ta’lim-tarbiyani oiladan so‘ng
albatta maktabda o‘rganadi.
Bu qonunning mazmun mohiyati, shundan iboratki o‘qituvchilarni kamsitish,
turli xil tuhmatlar qilish kabi holatlarga uchraganida endi jiddiy qonuniy choralar
ko‘rilishi ta’kidlab o‘tilgan. O‘qituvchilar mehnatini ularga nisbatan oylik ish
haqisini bosqichma-bosqich ko‘tarish orqali rag‘batlantirish lozimligi ya’ni davlat
tomonidan moddiy ta'minlov qilinishi ham yozilgan. O‘qituvchi xalqning har bir
yosh farzandini turli xil sohalarga qiziqitirish orqali uning dunyoqarashini, tevarak-
J
ournаl of Аnаlyticаl Synergy аnd
Scientific Horizon ISSN: 3060-5261
Volume 1, Issue 2, Series B 2025
61
atrofidagi muhitni yaxshilashda juda katta ahamiyatga egaligi uning
sog‘lom jamiyatni shakllantirish, davlatni rivojlantirishga turtki
bo‘ladi. Bu esa ularning o‘z kasblariga bo‘lgan fidoyiligini
oshirishga xizmat qiladi.
Konstitutsiyamizning ushbu qonuni kelajakda ta’lim sifatini
rivojlantirishga xizmat qilishiga ishhonishimiz mumkin. Konstitutsiyamizning
siyosiy o‘zgarishlardan biri bu Senatlarning sonini 100 tadan 65 taga tushishi, ya’ni
14 ta hududdan 6 nafardan emas, 4 nafardan senator saylanadi, prezident tomonidan
tayinlanadigan senatorlar soni 16 nafardan 9 nafarga qisqaradi. Bu o‘zgarish 2024-
yilda bo‘ladigan parlament saylovi vaqtida kuchga kiradi. Qonunchilik palatasi
deputatlari sonini (150 nafar) oshirmaslikka, o‘zgarishsiz qoldirishga qaror qilindi.
Bu qonunda davlat byudjetining xarajatlari qismini biroz bo‘lsa-da qisqartirish va
ushbu qisqartirish natijasida yig’ilgan mablag‘larni ijtimoiy sohaga yo‘naltirish
nazarda tutilgan. Bu ishlab chiqilgan qonun ijtimoiy davlat tuzishga qaratilganligiga
yana bir o‘ziga xos xususiyat sifatida e’tirof etishimiz mumkin.
Konstitutsiyada
belgilab
qo‘yilgan
qonunlar
butun
O‘zbekiston
Respublikasida so‘zsiz amal qilinishi lozim. Har bir inson sog‘lom turmush tarzini,
farovon hayot yo‘lini tanlashida unga albatta konstitutsiyamizda belgilab qo‘yilgan
huquqlaridan samarali foydalanishi yordam beradi. Konstitutsiyamizning 7-bobi
aynan bizning ya’ni millatidan qat’iy nazar O‘zbekiston fuqarolarining huquq va
erkinliklari keltirib o‘tilgan. 25-modda yashash huquqi bu moddaning mazmuni har
bir inson tinch va farovon hayot kechirishi va bu narsa qonun orqali muhofaza
qilinishi haqida yozib o‘tilgan va ushbu moddada O‘zbekiston Respublikasida o‘lim
jazosi taqiqlanadi jumlasi ham keltirib o‘tilgan. Bu bizning dinimizga nomutanosib
bo‘lgan qonunnga qarshi qonun sifatida ishlaydi. O‘lim jazosi bekor qilinishi eng
to‘g‘ri qonuniy islohotlardan biri hisoblanadi. 26-modda. Har bir inson sha’ni qadr-
qimmatiga hic kim tajovuz qilishi mumkin emas .
J
ournаl of Аnаlyticаl Synergy аnd
Scientific Horizon ISSN: 3060-5261
Volume 1, Issue 2, Series B 2025
62
Hech qanday asos shaxsning qadr-qimmatini kamsitishga
asos bo‘la olmaydi. Bunda har bir inson erkin fikrlash o‘zi hohlagan
turmush tarzida yashashi mumkin va u to‘liq mustaqil hayot
kechirishi lozim.Yoxud shaxs tomonidan kamsitilishi, uning
roziligisiz ilmiy va tibbiy tajribalar o‘tkazlishi mumkin emas. 29-
moddada esa har kim malakali yuridik yordam olish huquqi kafolatlanishi keltirib
o‘tilgan, ushbu qonunning ijrosi sifatida biz fuqarolarimizning huquqiy
savodxonligini oshirishda ko‘maklashadigan yurist-konsul xodimlarini ish
faoliyatini keltirishimiz mumkin. Davlat xizmatlari agentligi markazlarida ushbu
qonunning ijrosi sifatida yurist-konsul xodimlari faoliyati yo‘lga qo‘yilgan ya’ni
bundan ko‘rinib turibdiki ushbu xodimlar xalqqa xizmat ko‘rsatib qonunning xalq
uchun inson manfaatlari uchun ishlayotganiga yaqqol misol bo‘la
oladi.Huquqlarimiz faqat siyosiy ijtimoiy xarakterga emas balki iqtisodiy, madaniy
va ekologik xarakterga ham egadir. 41-modda.
Har bir shaxs mulkdor bo‘lish huquqiga ega, bunda inson shaxsiy firma yoki
korxonasidan yoki ma’lum bir vaqtlar jamlangan mablag‘lar evaziga olingan
foydaga ko‘char yoki ko‘chmas mulk sotib olgan holda mulkdor bo‘lishi nazarda
tutilgan. Bankka qo‘yilgan omonatlari, uning kirim-chiqim operatsiyalari hech
kimga yoritilmagan holda sir saqlanishi lozim. Xomlador ayol ish beruvchi
tomonidan bo‘shatib yuborilishi mumkin emas, xomiladorligi yoki yosh bolasi
borligi sababli ayollarni ishga qabul qilishni rad etish, ishdan bo‘shatish va ularning
ish haqisini kamaytirish taqiqlanadi (42-modda).
Hozirgi kunda statistik ko‘rsatkichlarga nazar tashlasak rivojlangan
mamlakatlarda aholi jon boshiga 6 ming dollarga to‘g‘ri keladi. Bu qonunning asl
mohiyati homlador ayol ham ishlashga zaruriyati borligi va bu uning oilaviy
budjetiga ma’lum bir salbiy omillarni ta’sirini kamaytirishning asosiy omili sifatida
ishtirok etishi natijasida vujudga kelishini ifodalab beradi. Ushbu qonun ham
iqtisodiy huquqlarimizdan biri hisoblanadi. Hammamizga ma’lumki davlat xalq
J
ournаl of Аnаlyticаl Synergy аnd
Scientific Horizon ISSN: 3060-5261
Volume 1, Issue 2, Series B 2025
63
uchun xizmat qilishi lozim. Insonning tinch, farovon, barkamol
hayot kechirishi albatta davlat bilan bog‘liq. Davlat ushbu vaziyatda
aholining kasbiy malakaviy, salohiyatini, mutaxassislik yo‘nalishini
hisobga olgan holda aholini bandligini ta’minlashi va ishsizlik,
kambag‘allik kabi ko‘rsatkichlarni qisqartirish choralarini ko‘rishi
lozim. Ushbu islohotlar amalida davlat yosh kadlarni qayta tayyorlov o‘quv kurslari
va malaka oshirish institutlarini tashkil qilishi lozimligi ham O‘zbekiston
Respublikasining 43-moddasida keltirib o‘tilgan.
Mamlakat makroiqtisodiy ko‘rsatkichlaridan bir bu bandlik darajasi. Bandlik
darajasi o‘z navbatida mamlakat ishlab chiqarish salohiyati, eksport va import
hajmiga ta’sir o‘tkazadi. Davlat shu masalalarda aholining ishsiz qismi huquqlarini
himoya qilish vazifasini o‘z zimmasiga olishi yozib qo‘yilgan. Har bir bola 18
yoshga to‘lgunga qadar ota- ona qarmog‘ida hisoblanadi. Hech kim uni 18 yoshga
to‘lmagunicha ishga jalb qilishga haqli emasdir. Chunki bola yoshligidan mehnatga
jalb qilinishi uning sog‘lig‘iga aqliy salohiyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Shuning
uchun O‘zbekiston Respublikasi Konsitutsiyasining 44-moddasida: Bolalar
mehnatining bolaning sog‘lig‘iga, xavfsizligiga axloqiga aqliy va jismoniy
rivojlanishiga xavf soluvchi shu jumladan uning ta’lim olishiga to‘sqinlik qiluvchi
har qanday shakllari taqiqlanishi haqida yozilgan.Huquqlarimiz bilan birga
O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining burchlari ham Konsitutsiyamiz qomusida
yozib o‘tilgan. Ulardan eng asosiysi bu 59-modda: Barcha fuqarolar Konsitutsiyada
belgilab qo‘yilgan burchlarini bajaradilar.
Fuqaro konsitutsiyada keltirib o‘tilgan qonunlarga rioya qilish va ushbu
qonunlarga zid keladigan noqonuniy harakatlar qimasligi, xalqimizning tarixiy,
ma’naviy, tabiiy merosini asrab avaylashi, qonunda belgilab qo‘yilgan moddaga
ko‘ra harbiy yoki muqobil xizmatni o‘tashi majburligi bular barchasi O‘zbekiston
Respublikasi davlatining furqarolarining burchlaridir.Burchimiz Vatanga nisbatan
muhabbat, komillik sari intilish turli xil diniy ekstremistik, terroristik oqimlardan
J
ournаl of Аnаlyticаl Synergy аnd
Scientific Horizon ISSN: 3060-5261
Volume 1, Issue 2, Series B 2025
64
yiroq bo‘lishga da’vat etadi. Biz ham o‘z burchlarimizni to‘g‘ri
bajargan holda Vatanga munosib farzand bo‘lish,uning kelajagi
rivoji uchun o‘z hissasini qo‘sha oladigan darajada ilmiy salohiyatli,
kasbiy malakali, o‘z yo‘nalishining yetuk mutaxassisi bo‘lish kabi
xususiyatlarni o‘zida mujassamlashtirgan kadr bo‘lib yetishishimiz
uchun barcha imkoniyatlar yetarli. Prezidentimiz tashabbuslari bilan harbiy mudofaa
sohasidagi vatanparvar, xalqparvar, jasur,mard o‘g‘lonlarimiz ham ana shu
Konstitutsiyamizda keltirib o‘tilgan burchlarini sharafli ado etgan holda munosib
rag‘batlantirib kelinmoqda. Konsitutsiyamizning 12-bobida esa Prezidentimiz
ta’kidlaganlaridek “Investitsiya bo‘lmasa iqtisodiyot rivojlanmaydi” [3].
Ushbu jumla jalb qilingan xorijiy mablag‘lar haqida, iqtisodiyotni
rivojlantirish uchun qilingan iqtisodiy islohotlar natijasidir. Investitsiya va
ishbilarmonlik muhitini davlat o‘z kafilligiga olgan holda qulay muhit yaratib
berishi kerak.Ushbu qonun Konstitutsiyamizning 67-moddasida keltirib o‘tilgan.
Haqiqatda ham investitsiya muhitining shakllanishi mamlakat iqtisodiy o‘sishiga
yuqori darajada ta’sir o‘tkazadi. Tarmoq sohalariga kiritilgan investitsiya samarali
chiqishi uchun ham investitsiya muhiti juda muhim hisoblanadi. Shuning uchun
O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 25-dekabrda qabul qilingan “Investitsiyalar
va investitsiyalar faoliyati to‘g‘risida”gi (yangi tahrirda) qonuni ham aynan
davlatning ushbu vazifasini belgilab o‘tilganligidan dalolat beradi. Bu qonunning asl
maqsadi O‘zbekistonda qulay investitisiya muhitini yaratish va chet ellik investorlar
uchun turli xil imtiyozlar berishdan iborat. Shunindek konstitutsiyamizning ushbu
bobida tadbirkorlar barcha turdagi tarmoq sohalarida faoliyat yurita olishi
mumkinligi (qonunga zid bo‘lmagan taqdirda), monopol korxonalar davlat
tomonidan tartibga solib turilishi haqida ham keltirib o‘tilgan
Davlatimizning eng kichik bo‘g‘ini bu oiladir. Oila, jamiyat davlat
muhofazasida bo‘lishi lozimligi, ularni davlat o‘z himoyasiga olishi, davlat oila
rivojlana olishi uchun qulay iqtisodiy, ijtimoiy, huquqiy shart-sharoitlar yaratib
J
ournаl of Аnаlyticаl Synergy аnd
Scientific Horizon ISSN: 3060-5261
Volume 1, Issue 2, Series B 2025
65
berishi kerakligi nazarda tutilgan. Buning misoli qilib biz har yili
davlat tomonidan kam ta’minlangan oilalarga birlamchi ehtiyojlarini
qondirish uchun xizmat qiladigan moddiy yordam ko‘rsatishi, ularga
kiyim-kechak. o‘quv qurollari berishini olishimiz mumkin.Bundan
tashqari yosh oilalarga davlat tomonidan subsidiyalar ajratilshi ham
ushbu qonunning ijrosi bo‘lib xizmat qilayotganligiga ishonsak bo‘ladi.Davlatimiz
yoshlarni ham turli jabhalarda rag‘batlantiradi.Misol qilib turli xil tanlovlar, startap
loyihalari, olimpiadalarni olishimiz mumkin.
Ushbu rag‘batlantirishlarni qonuniy kafolati sifatida esa biz O‘zbekiston
Repsublikasi konstitutsiyasining 79-moddasini olishimiz mumkin. Davlat
yoshlarning intellektual, ijodiy, jismoniy va axloqiy jihatdan shakllanishi hamda
rivojlanishini ta’minlaydi, ularning jamiyat va davlat hayotidagi faol ishtirok etishini
rag‘batlantiradi. Hozirgi globallashuv jarayonida ma’lumotlar juda katta tezlikda
tarqalmoqda. Ushbu ma’lumotlarning aniqlilik, ishonchlilik darajasi esa qonun
tomonidan tartibga solinishi lozimligi davr talabidir. O‘zbekiston Respublikasi
Konstitutsiyasining 81-moddasida: Ommaviy axborot vositalari erkinligi va ular
qonunga muvofiq ish olib borishlari to‘g‘risida yozilgan. Bunda ommaviy axborot
vositalari o‘zi taqdim etadigan axborotning ishonchliligi uchun javobgarligi belgilab
qo‘yilgan.
Yangi tahrirdagi Konstitutsiyadagi eng dolzarb o‘zgarishlardan yana biri
Prezidentning vakolat muddati 5 yildan 7 yilga uzaytirilishi, Prezident bosh vazir
nomzodini taqdim etishdan oldin parlamentga kirgan barcha partiyalarning
fraksiyalari bilan maslahatlashuvlar o‘tkazishi belgilanishi, bosh vazirni tayinlash
va unga ishonchsizlik votumi bildirishda Senatning ishtiroki bekor qilinishi,
Qonunchilik palatasi qonunlar bo‘yicha qo‘shimcha vakolat olishi kabi
o‘zgartirishlar kiritildi. 1-o‘zgarish bu Prezidentning vakolat muddati ilgari 5 yil
endi esa 7 yil bo‘lishi, deputatlar nomzodni uch marta rad etsa, prezident bosh
vazirni tayinlab, Qonunchilik palatasini tarqatib yuborishga haqli, ilgari esa bosh
J
ournаl of Аnаlyticаl Synergy аnd
Scientific Horizon ISSN: 3060-5261
Volume 1, Issue 2, Series B 2025
66
vazir nomzodini Qonunchilik palatasida eng ko‘p o‘rinni egallagan
partiya taklif qilar, prezident ma’qullagach, nomzod ikki palata
tomonidan tasdiqlanishi talab etilardi.
Bu ham yangi konsitutsiyamizdagi islohotlardan biri
hisoblanadi. Eng oxirgi yangilik hokimlar kengash raisligidan
ketadi,
mahalliy davlat boshqaruvida vakillik va ijro etuvchi organlar bir-biridan
ajratilmoqda, bu boradagi eski tartib hokimiyatning bo‘linish va hokimiyat
bo‘g‘inlarining o‘zaro tiyib turish prinsipiga zid. Bosh qomusning yangi tahririga
asosan, bunga barham berilib, mahalliy kengashlar saylanadigan vakillik organlari,
hokimliklar esa ijro organlari deb belgilanmoqda. Yangi tahrirdagi konstitutsiya shu
kabi o‘zgarishlarni o‘zida mujassamlashtirgan yangi qonundir. Ushbu qonun 2023-
yil 1-maydan boshlab kuchga kirdi. Konstitutsiya barcha inson, shaxs, jamiyatdagi
turli xil huquqbuzarliklar, jinoyatchilik, isyongarchilik, inqiroz, urush, siyosiy
muammolar, davlatchilik munosabatlari, sud-huquq tizimlari, mamlakat ichki
siyosatining barcha jabhalari, tashqi siyosat kabi masalalarni tartibga soluvchi
qonunlar mexanizmidir.
Xulosa qilib aytadigan bo’lsak,
Konstitutsiya har bir davlat taraqqiyotining
poydevori bo‘lgan huquqiy, siyosiy va mafkuraviy hujjat – mamlakatning Asosiy
qonuni hisoblanadi.
Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar insonning sha’ni, qadr-
qimmati, huquq va erkinliklari bundan buyon barcha sohalarda ustuvor ahamiyat
kasb etishini qat’iy qoidaga aylantirish, bir so‘z bilan aytganda, “Inson qadri uchun”
g‘oyasini hamda bugungi islohotlarning bosh tamoyili bo‘lgan “Inson – jamiyat –
davlat” degan yondashuvlar asosida amalga oshirilmoqda.
Yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 2023 yil 30 aprel
kuni o‘tkazilgan O‘zbekiston Respublikasi referendumida umumxalq ovoz berish
orqali qabul qilinib, joriy yilning 1-may sanasidan kuchga kirdi.
Ushbu
Konstitutsiyamizning matni olim-u mutaxassislar tomonidan faqat kabinetlarda
J
ournаl of Аnаlyticаl Synergy аnd
Scientific Horizon ISSN: 3060-5261
Volume 1, Issue 2, Series B 2025
67
yaratilmadi. Balki, dastavval ikki bosqichda xalqimizning fikri,
takliflari o‘rganildi, shundan so‘nggina Konstitutsiya loyihasi
tayyorlandi. Avvallari esa Konstitutsiya qabul qilishda dastlab
loyiha ishlab chiqilib, keyin xalq muhokamasiga qo‘yilardi.
Konstitutsiya loyihasi referendumga chiqarilishidan oldin loyiha
jamoatchilikning keng qatlamlari tomonidan muhokamadan o‘tkazilib, buning
natijasida 220 mingdan ortiq takliflar kelib tushgan.
Bunday muhokama
mamlakatimiz tarixida hech qachon bo‘lmagan.Konstitutsiyaviy qonun loyihasi
ushbu takliflar asosida shakllangib, ushbu Konstitutsiyani tom ma’noda “Xalq
Konstitutsiyasi” deb aytish mumkin. Zero, Konstitutsiya loyihasi fuqarolardan kelib
tushgan
220 mingdan ortiq takliflar asosida shakllantirildi.
Konstitutsiya ham
mazmunan, ham shaklan mutlaqo yangi Konstitutsiya bo‘lmoqda. Konstitutsiyaning
moddalari 128 tadan 155 taga ko‘payib, normalari 275 tadan 434 taga, ya’ni 65
foizdan ko‘proqqa oshdi.
Konstitutsiyada O‘zbekiston – suveren, demokratik,
huquqiy va ijtimoiy davlat ekani qat’iy belgilab qo‘yilmoqda. Konstitutsiyada
kambag‘allikni qisqartirish, bandlikni ta’minlash, ishsizlikdan himoya qilish
bo‘yicha, umuman davlatning ijtimoiy sohadagi majburiyatlari bilan bog‘liq
Konstitutsiyadagi normalar 3 barobar ko‘paytirildi.
Xususan, Konstitutsiyada har
kimning uy-joyli bo‘lish huquqi belgilandi. Ushbu normaning amal qilishi har bir
fuqaro, jumladan, yosh oilalarning o‘z boshpanasiga ega bo‘lishini ta’minlab,
kishilarning hayotdan rozilik darajasini oshiradi.
Shu bois yangi tahrirdagi
Konstitutsiyamizning 47-moddasida “Aholining ijtimoiy jihatdan ehtioyjmand
toifalarini uy-joy bilan ta’minlash tartibi qonunda belgilandi”, degan yangi
insonparvar norma mustahkamlandi.
Bundan tashqari, hech kim sudning qarorisiz va qonunga zid tarzda uy-
joyidan mahrum etilishi mumkin emasligi, uy-joyidan mahrum etilgan mulkdorga
uy-joyning qiymati hamda u ko‘rgan zararlarning o‘rni qonunda nazarda tutilgan
J
ournаl of Аnаlyticаl Synergy аnd
Scientific Horizon ISSN: 3060-5261
Volume 1, Issue 2, Series B 2025
68
hollarda va tartibda oldindan hamda teng qiymatda (bozor
qiymatida) qoplanishi ta’minlanishi kafolatlandi.
Konstitutsiyamiz to‘liq xalqning huquqiy ehtiyojlariga mos
ravishda qabul qilinganligining bevosita guvohimiz. Ushbu
qonunimiz bizdan keyingi avlod uchun ham ustuvor, barqaror
ishlashining guvohi bo‘lamiz. Mustaqil davlatning mustaqil qonuniyati har bir
jabhada davlat organlari, huquqni muhofaza qiluvchi organlar, sud tizimlari kabi
organlar bilan hamkorlikda amalga oshirilishidan yiroq bo‘laylik. Chunki qonun-
qoida chegarasida bo‘lgan inson, fuqaro aynan to‘g‘ri yo‘lda ya’ni muvaffaqiyatga
erishishga qadam qo‘yilgan maqsadning mevasidir. Har bir ishda hikmat bor
deganlaridek qonunni qabul qilishdan maqsad sog‘lom, tinch, barqaror, huquqiy
bililmlarni o‘zida mukammallashtirgan, jamiyatda yetuk inson bo‘lib yetishishga
ko‘maklashadigan xalqni qurishimiz lozim.
Buni albatta birnchi navbatda ushbu soha vakillarini kasbiy malakasini
oshirishi ularni ushbu kasbga qayta tayyorlash, adolatli sud-huquq tizimini yuritish,
jabrlanuvchilar uchun qonun ishlayotganini isbotlash maqsadida fuqarolar, jamoat
birlashmalari, ta’lim kabi sohalarda ko‘proq profilaktik tadbirlar o‘tkazgan holda
amalga oshirishimiz lozim. Har jabhada qonun ustuvorligini ta’minlash bu
davlatning ham burchi ham maqsadi ham vazifasidir.Konsitutsiyam- mening
huquqim, burchim va majburiyatim. Konstitutsiya bu mening amaliyotda
qo‘llaydigan hayot qonunlarimning qonuniy ifodasidir. Qonun uchun kurashmoq
xalq uchun kurashmoqdir. O‘z huquqingizni poymol qilishlariga yo‘l qo‘ymang.
Zero, barcha huquqlaringiz qonun himoyasidadir.
J
ournаl of Аnаlyticаl Synergy аnd
Scientific Horizon ISSN: 3060-5261
Volume 1, Issue 2, Series B 2025
69
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI
1.
Yangi konstitutsiya. 10 ta asosiy o‘zgarish
nomli maqolasi. 02.05.2023-yil.
2.
O‘zbekiston Respublikasi qonunchilik
ma’lumotlarining milliy bazasi rasmiy sayti.
3.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning birinchi
Toshkent xalqaro investitsiya forumidagi nutqi. 05.03.2020-yil.
4.
O‘zbekiston Respublikasining “Investitsiyalar va investitsiya faoliyati
to‘g‘risida”gi qonuni. 25.12.2019-yil.
