J
ournаl of Аnаlyticаl Synergy аnd
Scientific Horizon ISSN: 3060-5261
Volume 1, Issue 2, Series B 2025
46
“YASHIL IQTISODIYOT”NING O‘ZBEKISTON UCHUN
DOLZARBLIGI
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti
Raqamli iqtisodiyot fakulteti
Raqamli statistika (tarmoqlar va sohalar)
3-bosqich talabasi Shamiradova Sabina Byashim qizi
e
-
mail:
Annotatsiya:
Ushbu tadqiqot O‘zbekistonda yashil iqtisodiyotni shakllantirish
va rivojlantirish bo‘yicha xorijiy tajribani o‘rganishga bag‘ishlangan. Ushbu
maqolada “Yashil iqtisodiyot” konsepsiyasining shakllanishi, rivojlanish
bosqichlari, “yashil iqtisodiyot”ga o‘tish zaruriyati, omillari, tamoyillari, va
indikatorlari tahlil etilgan. O‘zbekistonda “Yashil iqtisodiyot”ga o‘tish jarayonini
moliyalashtirish, “yashil iqtisodiyot”ga o‘tish strategiyasining maqsadi, vazifalari,
rivojlanish bosqichlari va ustuvor yo‘nalishlarining mazmuni bayon etilgan.
Kalit so‘zlar:
yashil iqtisodiyot, iqtisodiyotni rivojlantirish, strategiya, qayta
tiklanadigan energiya manbalari, ekologik texnologiyalar, innovatsiyalar.
Аннотация:
Данное исследование посвящено формированию зеленой
экономики в Узбекистане и посвящен изучению зарубежного опыта развития.
В данной статье рассмотрено формирование концепции «Зеленая экономика»,
этапы развития «зеленой экономики» анализируются необходимость,
факторы, принципы и показатели перехода к «экономике». Описано
финансирование процесса перехода к «зеленой экономике» в Узбекистане,
цели, задачи, этапы развития и приоритеты стратегии перехода к «зеленой
экономике».
J
ournаl of Аnаlyticаl Synergy аnd
Scientific Horizon ISSN: 3060-5261
Volume 1, Issue 2, Series B 2025
47
Ключевые слова:
зеленая экономика, экономическое
развитие, стратегия, возобновляемые источники энергии,
экологические технологии, инновации.
Abstract:
This research is about formation of green economy
in Uzbekistan and dedicated to the study of foreign experience in
development. In this article, the formation of the "Green economy" concept, stages
of development, "green the necessity, factors, principles and indicators of the
transition to "economy" were analyzed. Financing of the process of transition to the
"green economy" in Uzbekistan, the purpose, tasks, development stages and
priorities of the strategy of transition to the "green economy" are described.
Key words:
green economy, economic development, strategy, renewable
energy sources, ecological technologies, innovations.
“Yashil iqtisodiyot” – bu atrof-muhitga zarar yetkazmaydigan va tabiiy
resurslardan oqilona foydalanishni ta’minlaydigan iqtisodiy model. Bu o‘tish
nafaqat ekologik masalalrni hal qilish, balki iqtisodiy va ijtimoiy jihatlarini ham
yaxshilashga qaratilgan. “Yashil iqtisodiyot” (sustainable or green economy) hozirgi
zamonning eng muhim iqtisodiy modellari qatorida bo‘lib, u atrof-muhitni himoya
qilish, tabiiy resurslarni samarali boshqarish va iqtisodiy o‘sishni ekologik xavfsiz
yo‘llar bilan ta’minlashga qaratilgan. Bugungi kunda O‘zbekiston uchun “yashil
iqtisodiyot”ga o‘tish dolzarb masalalardan biridir, chunki mamlakat tabiiy
resurslarga boy bo‘lishiga qaramay, barqaror rivojlanish uchun bir qator
muammolarga duch kelmoqda.
“Yashil iqtisodiyot bo‘yicha chet ellik olimlar bir qancha izlanishlar olib
brogan va ushbu konsepsiya jahon miqyosida keng tadqiq etilgan mavzulardan biri
hisoblanadi. Quyida bir nechta izlanishlar va olimlar fikrlarini ko‘rib chiqamiz:
J
ournаl of Аnаlyticаl Synergy аnd
Scientific Horizon ISSN: 3060-5261
Volume 1, Issue 2, Series B 2025
48
1.
Nicholas Stern Britaniyalik iqtisodchi va olim “stern
Review on the Economics of Climate Change” (2006) deb
nomlangan hisobotni tayyorlagan. Ushbu tadqiqotda u global iqlim
o‘zgarishining iqtisodiy jihatlarini tahlil qilgan. Shuningdek, u o‘z
tadqiqotida “yashil iqtisodiyot”ga o‘tishni tezlashtirish zarurligini
va buni kechiktirish esa qimmatga tushishi haqida yozgan.
2.
Robert Costanza ekologik iqtisodiyot sohasida yetakchi olimlardan
biridir. U “Ekologik iqtisodiyot” atamasini ommalashishida muhim rol o‘ynagan.
Bundan tashqari, tabiat xizmatlari, ya’ni ekotizimlarning iqtisodiy qiymatini
o‘lchashga ham katta e’tibor qaratgan. Uning tadqiqotlari yashil iqtisodiyot
konsepsiyasining asosiy nazariy manbalaridan biri hisoblanadi.
3.
Herman Daly ekologik iqtisodiyot asoschilardan biri bo‘lib, “Barqaror
rivojlanish” va “Statik iqtisodiyot” tushunchalarini kiritgan. Herman Daly, iqtisodiy
o‘sishni cheksiz davom ettirish mumkin emasligini, resurslar cheklanganligini va
iqtisodiyot ekologiy qonunlariga rioya qilish kerakligini ta’kidlaydi. Uning ishlari
“yashil iqtisodiyot” nazariyasining rivojlanishiga katta hissa qo‘shgan.
4.
Tim Jackson “Prosperity Without Growth” (O‘sishsiz farovonlik) asari
orqali tanilgan. U “yashil iqtisodiyot”ni ekologik va inson farovonligi bilan bog’liq
o‘zgarishlar orqali amalga oshirish mumkinligini ta’kidlaydi.
5.
Amory Lovins qayta tiklanuvchi energiya va energiya samaradorligi
bo‘yicha tadqiqotlari bilan mashhur. U “Rethinking energy” va “Natural
Capitalism” kitoblari orqali “yashil iqtisodiyot”ni ilgari surgan. Lovinsning asosiy
g’oyasi shundaki, barqaror iqtisodiyotga o‘tish orqali mamlakat nafaqat ekologik
zararlarni kamaytiradi, balki iqtisodiy jihatdan ham foyda oladi.
6.
Paul Hawken “Natural Capitalism: Creating the Next Industrial
Revolution” (Tabiiy Kapitalizm: Keyingi Sanoat Inqilobi) kitobi orqali “yashil
iqtisodiyot”ga hissa qo‘shgan. U sanoat va ishlab chiqarish jarayonlarini ekologik
jihatdan barqaror qilgan holda iqtisodiy rivojlanishga erishish mumkinligini
J
ournаl of Аnаlyticаl Synergy аnd
Scientific Horizon ISSN: 3060-5261
Volume 1, Issue 2, Series B 2025
49
ta’kidlaydi. Bu olimlarning izlanishlari “yashil iqtisodiyot”ning
nazariy va amaliy jihatlarini keng qamrab oladi va ushbu sohada
keying tadqiqotlar uchun muhim asos yaratdi.
METODOLOGIYA
O‘zbekiston uchun “yashil iqtisodiyot”ga o‘tish hozirgi va kelajakdagi barqaror
rivojlanish maqsadlariga erishish nuqtai nazaridan juda dolzarbdir. “Yashil
iqtisodiyot”ga o‘tishimizning quyidagi muhim omillarga bog’liq:
1.
Iqlim o‘zgarishi va ekologik muammolar. O‘zbekiston mintaqasidagi
qurg’oqchilik, suv resurslarining yetishmovchiligi, Orol dengizining qurishi kabi
ekologik muammolar mamlakatimiz iqtisodiyotiga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda.
“yashil iqtisodiyot” iqlim iqlim o‘zgarishining salbiy oqibatlarini kamaytirishga
qaratilgan strategiyalarni qo‘llab quvvatlaydi. Masalan, qayta tiklanuvchi energiya
manbalaridan foydalanish va suvni tejash texnologiyalarini joriy etish. Global iqlim
o‘zgarishi bo‘yicha Nicholas Stern “Stern review on the Economics of Climate
change” (2006) deb nomlangan hisobotni tayyorlagan. Bu hisobotda iqlim
o‘zgarishining salbiy oqibatlarini tahlil qilgan.
2.
Energiya manbalariga bog’liqlikni kamaytirish. Yurtimizning
iqtisodiyoti ko‘p jihatdan qazilma yoqilg’ilariga, xususan gaz va neftga bog’liq.
O‘zbekiston energetika va mineral resurslarga, jumladan, tabiiy gaz, oltin, mis, uran
va ko‘mir zaxiralariga boy 30 ta davlat qatoriga kiradi. Hozirgi kunda O‘zbekiston
Respublikasi hududida 5ta neftgazli (Ustyurt, Buxoro-Xiva, Hisor, Surxondaryo va
Farg‘ona) va 4ta neft va gazga istiqbolli (Xorazm, O‘rta-Sirdaryo, Markaziy-
Qizilqum va Zarafshon) mintaqalari ajratilgan hamda ularda 270ta neft va gaz
konlari ochilgan.15 mart kuni tashkil etilgan «Yangi konlarni ochish orqali
uglevodorodlar ishlab chiqarish hajmini oshirish, ishlab chiqarish jarayoniga
zamonaviy texnologiyalar va uskunalarni joriy etish borasida belgilangan chora-
tadbirlar» mavzusidagi matbuot anjumanida shu haqda ma'lumot berilgan.
J
ournаl of Аnаlyticаl Synergy аnd
Scientific Horizon ISSN: 3060-5261
Volume 1, Issue 2, Series B 2025
50
Ta'kidlanishicha, so‘nggi ikki yilda 11ta neft va gaz konlari ochilib,
uglevodorod xom-ashyo zaxiralari o‘sgan.«Prezident qarori bilan
tasdiqlangan dasturga muvofiq, 2019 yilda 2D va 3D seysmik-
qidiruv ishlarini o‘tkazish, 16ta yangi obektni burg‘ilashga
tayyorlash, 15ta yangi maydonda burg‘ilash ishlarini boshlash va
85ta izlov-qidiruv quduqlarini qurilishi bilan tugatish rejalashtirilgan», — deyiladi
«O‘zbekneftgaz» AJ xabarida. Ma'lumot uchun, bugungi kunda «O‘zbekneftgaz»
AJ qarashli korxonalar tomondan 154ta konda uglevodorod xom-ashyosi qazib
chiqariladi. Oxirgi ikki yilda yangi Besqal'a, Quyi Surg‘il, Uchtepa, Chordarboza
Mirkomilquduq, Savatli, Shimoliy Suzma, Jayron, Tegirmon, G‘arbiy Tegirmon va
Uzunshor konlari o‘zlashtirilib, ishga qo‘shildi va 148 ta yangi quduqlar
burg‘ilangan.
1-jadval
Ushbu
1-jadvalda
O‘zbekiston
Respublikasi
yoqilg`i
va
energiya
energosamaradorligini (dastlabki,) 2023-yil statistikasini ko‘rishimiz mumkin (1000
tonna neft ekvivalentida). Iqtisodiy model tabiiy resurslar bilan ta’minlanganligidan
mamlakat faol foydalanadi, ammo bu yondashuv mamlakat uchun qimmatga
tushmoqda.
J
ournаl of Аnаlyticаl Synergy аnd
Scientific Horizon ISSN: 3060-5261
Volume 1, Issue 2, Series B 2025
51
Aholi uchun bu resurslardan olinadigan foyda chegaralangan,
atrof-muhitga salbiy ta’siri esa juda yuqori. 2016-yildagi so‘nggi
natijalarga ko‘ra, keng tarqalgan yer degradatsiyasi yalpi ichki
mahsulotning 4 foiziga teng yo‘qotishlarga olib kelgan. O‘zbekiston
butun dunyoda suvdan samarasiz foydalanuvchi davlatlar qatorida
turadi, bunga sabab mamlakatdagi qishloq xo‘jaligi sohasidir.
2-jadval
2016 – 2023-yillarda respublikamizda elektr energiyasi ishlab chiqarish
ko‘rsatkichlari:
2016 – 2023-yillarda respublikamizda elektr energiyasi ishlab chiqarish
ko‘rsatkichlari:
–
2016-yil – 59,0 mlrd kVt
⋅
soat;
–
2017-yil – 60,7 mlrd kVt
⋅
soat;
–
2018-yil – 62,8 mlrd kVt
⋅
soat;
–
2019-yil – 63,6 mlrd kVt
⋅
soat;
–
2020-yil – 66,4 mlrd kVt
⋅
soat;
–
2021-yil – 71,3 mlrd kVt
⋅
soat;
J
ournаl of Аnаlyticаl Synergy аnd
Scientific Horizon ISSN: 3060-5261
Volume 1, Issue 2, Series B 2025
52
–
2022-yil – 74,3 mlrd kVt
⋅
soat;
–
2023-yil – 78,0 mlrd kVt
⋅
soat*.
2023-yilda elektr energiyasi ishlab chiqarish hajmi 2016-
yildagiga nisbatan 19 mlrd kVt
⋅
soat yoki 32,2 foiz ko‘pni tashkil
etdi. O‘zbekistonda yiliga 60 mlrd. KVt / s elektr energiyasi ishlab chiqariladi,
shundan 10% gidroelektrostantsiyalar va 90% issiqlik elektr stantsiyalari tomonidan
ishlab chiqariladi.
3.
Resurslarni samarali boshqarish. “yashil iqtisodiyot” tabiiy
resurslardan oqilona foydalanishni taqozo etadi. Mamlakatimizda suv
resurslari muammosi juda dolzarb, ayniqsa qishloq xo‘jaligi sektorida.
Qishloq xo‘jaligi suvni tejash texnologiyalari va ilg’or sug’orish tizimlari
joriy etilishi resurlarini boshqarishga yordam beradi.
4.
Yangi ish o‘rinlari va iqtisodiy o‘sish “Yashil iqtisodiyot”ga
o‘tish yangi sohalarni rivojlantirish va yangi ish o‘rinlari yaratishga yordam
beradi. MAsalan, qayta tiklanuvchi energiya, chiqindilarni qayta ishlash va
ekologik toza texnologiyalar sohasida yangi imkoniyatlar ochiladi. Bu
jarayon O‘zbekistonning iqtisodiy o‘sishini mustahkamlashga hissa qo‘shadi
va aholi bandligini oshirish imkonini beradi.
5.
Xalqaro majburiyatlar va integratsiya. O‘zbekiston global iqlim
o‘zgarishi bo‘yicha Parij kelishuvi kabi xalqaro bitimlarga qo‘shilgan. Bu
kelishuvlar doirasida yurtimiz uglerod izini kamaytirish va ekologik
barqarorlikni ta’minlash bo‘yicha maqsadlarni amalga oshirishga majbur.
“Yashil iqtisodiyot”ga o‘tish ushbu majburiyatlarni bajarishda yordam beradi
va O‘zbekistonning xalqaro arenada ekologik masalalarda faol ishtirok
etishiga zamin yaratadi.
6.
Sog’liqni saqlash va hayot sifati. “Yashil iqtisodiyot” faqatgina
iqtisodiy rivojlanishni emas, balki jamiyat salomatligini yaxshilashni maqsad
J
ournаl of Аnаlyticаl Synergy аnd
Scientific Horizon ISSN: 3060-5261
Volume 1, Issue 2, Series B 2025
53
qiladi. Atrof-muhit ifloslanishining kamayish va tabiiy resurslardan
toza foydalanish aholining umumiy sog’lig’iga ijobiy ta’sir
ko‘rsatadi. Toza havo, toza suv va ekologik toza oziq-ovqat
mahsulotlari hayot sifatini oshiradi.
7.
Investitsiyalar va texnologiyalar. “Yashil iqtisodiyot”
xalqaro investitsiyalar va texnologiyalarni jalb qilish uchun ham qulay sharoit
yaratadi. Xalqaro moliyaviy tashkilotlar va davlatlar “yashil iqtisodiy”
loyihalarni qo‘llab-quvvatlashga tayyor. Bu esa davlatimiz uchun yangi
texnologiyalarni joriy etish va iqtisodiyotga xorijiy investitsiyalarmi jalb
qilish imkonini beradi.
“Yashil iqtisodiyot”ga o‘tish yurtimiiz uchun iqlim o‘zgarishi ta’sirini
kamaytirish, resurslarni samarali boshqarish, yangi ish o‘rinlarini yaratish va
xalqaro majburiyatlarni bajarish uchun muhim. Bu yo‘nalishdagi chora-tadbirlar
nafaqat iqtisodiy o‘sishga, balki aholi farovonligi va sog’lig’ini yaxshilashga
ham xizmat qiladi. Bundan tashqari, O‘zbekiston “yashil iqtisodiyot”ga o‘tishda
bir qator muvaffaqiyatli tajribaga ega bo‘lgan davlatlardan andaza olishi
mumkin. Quyida ba’zi mamlakatlarni keltiramiz:
1.
Germaniya “yashil iqtisodiyot” va qayta tiklanuvchi energiya
manbalaridan foydalanish sohasida dunyoda yetakchi davlatlaridan biri
hisoblanadi. U Energiewende (eenrgetik o‘zgarish) deb nomlangan milliy
strategiyani ishlab chiqqan bo‘lib, bu strategiya orqali ko‘mir va atom
energiyasidan voz kechib, qayta tiklanadigan energiya manbalariga o‘tishni
maqsad qilgan. Germaniya quyosh va shamol energetikasi bo‘yicha katta
yutuqlarga erishgan, bu esa energiya samaradorligini oshirish va atrof-
muhitga zarar yetkazmasdan iqtisodiy o‘sishni ta’minlashga yordam beradi.
2.
Janubiy Koreya 2008-yilda “Yashil o‘sish” (Green Growth)
strategiyasini e’lon qilib, iqtisoodiy rivojlanishni ekologik barqarorlik bilan
J
ournаl of Аnаlyticаl Synergy аnd
Scientific Horizon ISSN: 3060-5261
Volume 1, Issue 2, Series B 2025
54
bog’lashga intilgan. Ushbu strategiya asosida Koreya qayta
tiklanuvchi energiyaga sarmoya kiritib, energiya samaradorligini
oshirish va ekologik texnologiyalarni rivojlantirishga yo‘naltirilgan
bir qator islohotlarni amalga oshirgan.
3.
Daniya shamol energiyasi va energiya samaradorlgigi
bo‘yicha dunyoda yetakchilik qilmoqda. U elektr energiyasining katta qismini
shamol elektr stansiyalari orqali ta’minlaydi va energiya iste’molining
sezilarli qismini qayta tiklanadigan manbalardan oladi. Daniya yashil
texnologiyalar va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida ham katta
yutuqlarga erishgan.
4.
Xitoy 2000-yillardan boshlab yashil iqtisodiyotga katta e’tibor
qaratib, ekologik toza texnologiyalarni rivojlantirish va karbonat chiqindilarni
kamaytirishga yo‘naltirilgan strategiyalarni joriy qildi. Xitoy qayta
tiklanadigan energiya ishlab chiqarishda global yetakchilikni qo‘lga kiritdi va
keng ko‘lamda yashil texnologiyalarga sarmoya kiritdi.
5.
Shvetsiya “yashil iqtisodiyot” bo‘yicha duyodagi eng ilg’or
davlatlardan biri bo‘lib, u tabiyy resurslardan foydlanishning samaradorligini
oshirish, uglerod chiqindilarini kamaytirish va energiya ta’minotini qayta
tiklanuvchi manbalarga asoslashda katta muvaaffaqiyatga erishgan.
O‘zbekiston “yashil iqtisoodiyot”ga o‘tishda Germaniya, Janubiy Koreya,
Daniya, Xitoy va Shvetsiya kabi davlatlardan andoza olsa bo‘ladi. Ushbu
davlatlarning har biri qayta tiklanadigan energiya, energiya samaradorligi, ekologik
innovatsiyalar va yashil iqtisodiyotga o‘tish bo‘yicha turli muvaffaqiyatli
tajribalarga ega. Ushbu tarjaribalarni o‘rganish orqali O‘zbekiston “yashil
iqtisodiyot”ga o‘tishda o‘zining milliy strategiyalarini ishlab chiqishi va
muvaffaqiyatga erishishi mumkin.
J
ournаl of Аnаlyticаl Synergy аnd
Scientific Horizon ISSN: 3060-5261
Volume 1, Issue 2, Series B 2025
55
Xulosa sifatida shuni ta’kidlash mumkinki
, “Yashil
iqtisodiyot”ga o‘tish mamlakatimiz uchun nafaqat ekologik, balki
iqtisodiy jihatdan ham dolzarbdir. Bu jarayon yurtimizning barqaror
rivojlanishini ta’minlash, tabiiy resurslarni asrash va iqtisodiyotni
diversifikatsiya qilish maqsadida “yashil iqtisodiyot” yo‘nalishidagi
siyosat va invesetitsiyalarni kengaytiridhi zarur. O‘zbekistonda uzoq muddatli
istiqbolli “yashil iqtisodiyot”ga o‘tish strategiyasida ham asosiy to‘rtta ustuvor
yo‘nalishlar belgilangan bo‘lib asosiy etibor energiya samaradorligini oshirishga,
qayta tiklanuvchi energiya manbalarini o‘zlashtirishga, iqlim o‘zgarishlari oqibatiga
moslashish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, “yashil iqtisodiyot”ni
rivojlantirishning iqtisodiy mexanizmlarini ishlab chiqishga qaratilgan. Pirovardida
ta’kidlash lozimki, kelajakda iqtisodiyot taraqqiyotini innovatsion texnologiyalarsiz
tasavvur etib bo‘lmaydi. Bu yo‘nalishda esa muqobil energiya manbalaridan
foydalanish alohida ahamiyatga ega. Demak, davlatimiz rahbarining yangi qarori
asosida bu borada boshlangan ishlar miqyoslari yanada kengayadi, samaradorligi esa
ortaveradi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:
1.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi stat.uz agentligi
sayti
2.
O‘zbekiston respublikasi Elektr energiyasi vazirligi sayti
3.
Yormonqulova Nargiza Ikromjon qizim Qo‘qon Universiteti
Xalqaro turizm va iqtisodiyot kafedrasi o‘qituvchisi “Yashil iqtisodiyotga
o‘tishning ahamiyati va O‘zbekistonda yashil iqtisodiyotga o‘tish
strategiyasi”
4.
“Yashil iqtisodiyot” darsligi mualliflari N.H.Hakimov,
O.M.Ahmedov, A.A.Abdumalikov, Z.B.Sharipova
J
ournаl of Аnаlyticаl Synergy аnd
Scientific Horizon ISSN: 3060-5261
Volume 1, Issue 2, Series B 2025
56
5.
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va
kambag’allikni qisqartirish vazirligi (O‘zR ITKQV), Jahon banki va
Markaziy Osiyo Mintaqaviy ekologik markazi (MOMEM)
xodimlarining manbasi
6.
Axmatov
Shoxrux
Tog’aymurot
o‘g’li
O`zMU
“Makroiqtisodiyot” kafedrasi magistranti “O‘zbekistonda yashil iqtisodiyotni
shakllantirish va rivojlantirishda xorij tajribasini o‘rganish”
7.
Nicholas Stern “Stern Review on the Economics of Climate
change” (2006) hisoboti
8.
Tim Jackson “Prosperity Without Growth” (O‘sishsiz
farovonlik)
9.
Amory Lovins “Rethinking Energy” va “Natural Capitalism”
10.
Paul Hawken “Natural Capitalism: Creating the Next Industrial
Revolution” (Tabiiy Kapitalizm: Keyingi sanoati inqilobi)
