J
ournаl of Аnаlyticаl Synergy аnd
Scientific Horizon ISSN: 3060-5261
Volume 1, Issue 2, Series B 2025
70
ELEKTRON HUKUMAT: BYUROKRATIYA VA
KORRUPTSIYAGA QARSHI ATRIBUT
Suyunov Sunnatullo Quvondiqovich
Mirzo Ulug’bek nomidagi O’zbekiston Milliy Universiteti
Bakalavr 2-bosqich
E-mail:sunnatullosuyunov22@gmail.com
Annotatsiya:
Mazkur maqolada elektron hukumat fenomeni o’zi nima
ekanligidan tortib,uning byurokratiya va korrupsiya kabi siyosiy illatlarni
cheklashdagi ahamiyati tahlil qilinadi,hamda dunyoda elektron hukumat
platformalarining korrupsiya muammolarini hal qilishdagi o’rni to’grisida ma’lumot
beruvchi diagramma ham o’rin olgan. O’zbekiston Respublikasida elektron
hukumat faoliyati davomida hal etgan va etayotgan foydali jihatlari haqida ham
tahlil boradi. Muammolarni oshkor etish bilan cheklanmasdan,balki unga jahon
tajribasidan asosli yechimlar taklif etiladi.
Аннотация:
В данной статье анализируется феномен электронного
правительства: от его сути до значения в ограничении таких политических
проблем, как бюрократия и коррупция. Также представлен обзор
исследований, освещающих роль платформ электронного правительства в
решении проблем коррупции в мире. Кроме того, рассматриваются
положительные аспекты деятельности электронного правительства в
Республике Узбекистан и его достижения в этом направлении. Помимо
выявления существующих проблем, предложены обоснованные решения на
основе международного опыта.
Abstract:
This article analyzes the phenomenon of e-government, from its
definition to its importance in curbing political issues such as bureaucracy and
corruption. The article also includes research that highlights the role of e-
government platforms in addressing corruption issues worldwide. Additionally, it
examines the positive aspects and ongoing benefits of e-government in the Republic
J
ournаl of Аnаlyticаl Synergy аnd
Scientific Horizon ISSN: 3060-5261
Volume 1, Issue 2, Series B 2025
71
of Uzbekistan. Beyond identifying existing challenges, the article
proposes well-founded solutions based on international experience.
Kalit so’zlar: Elektron hukumat, byurokratiya, korrupsiya,
siyosiy Illat, tendentsiya
.
Ключевые
слова:
Электронное
правительство,
бюрократия, коррупция, политические пороки, тенденция.
Key words: E-government, bureaucracy, corruption, political flaws, trends.
Raqamli texnologiyalar hayotimizning har bir sohasida chuqur o‘rin olib
bormoqda. Davlat boshqaruvi ham zamon talablari bilan moslashib, fuqarolarga
xizmatlarni tez va shaffof taqdim etish uchun yangi yondashuvlarni tatbiq qilmoqda.
Elektron hukumat aynan shunday yondashuvlarning mahsuli bo‘lib, uning maqsadi
davlat xizmatlarini fuqarolar uchun oson va ochiq shaklda taqdim etishdir. Bu
tushuncha bir qarashda oddiygina texnologik o‘zgarishdek tuyulsa-da, aslida,
elektron hukumat tizimi davlat boshqaruvida inqilobiy o‘zgarishlarga yo‘l ochadi
hamda uning korrupsiya kabi siyosiy illatlarga qarshi turishida tayanch bo’lib xizmat
qiladi. Shunga qaramay, ba’zi tanqidchilar uni byudjet mablag‘larini samarasiz
ishlatish vositasi deb ko‘rishadi.
Mazkur maqolada elektron hukumat tushunchasi, uning jamiyatdagi siyosiy
illatlar, xususan korrupsiya va byurokratiyani kamaytirishga qaratilgan ijobiy
ta’sirlari tahlil qilinadi. Elektron hukumatga turlicha ta’riflar mavjud ba’zilar unga
davlat hokimiyatining zamon ruhiga adaptatsiyalashuvi natijasida vujudga kelgan
tendentsiya sifatida qarasa,boshqalar esa elektron hukumat bu shunchaki byudjet
mablag’larini suiiste’mol qilishni hohlovchi ba’zi amaldorlar qo’lidagi navbatdagi
ortiqcha loyiha deb hisoblaydi.
Aslida elektron hukumat bu yuridik shaxslardan tortib oddiy fuqarolarga
hukumat xizmatlarini ortiqcha ovvoragarchiliklarsiz taqdim etish,hamda ular bilan
J
ournаl of Аnаlyticаl Synergy аnd
Scientific Horizon ISSN: 3060-5261
Volume 1, Issue 2, Series B 2025
72
muloqot qilishning durust
vositasidir. Elektron hukumatni siyosiy
illatlarga qarshi atribut deb atar ekanmiz,avvalo siyosiy illat
tushunchasiga ta’rif berishni joiz deb bilaman.
Siyosiy illat – bu davlat boshqaruvi, siyosiy tizim, hukumat
faoliyati yoki jamiyatda bo’lib turadigan jarayonlarda yuzaga
keladigan va kishilarga zarar yetkazadigan siklli muammolarini takrorlanishiga
aytiladi. Siyosiy illatlar, odatda, korrupsiya, adolatsizlik, inson huquqlarining
buzilishi kabi hodisalarni o'z ichiga oladi.
Misol sifatida, agar davlatda lobbizm harakatlari kuchaysa, u holda jamiyatdagi
tenglik, adolatga salbiy ta'sir ko'rsatadi. Natijada, sodda fuqarolar manfaatlariga
ko’pincha shikast yetkaziladi va bu jamiyatda ishonchsizlik muhitiga olib keladi.
Bu esa jamiyatda stratifikatsiyaning avj olib,marginal qatlamlarning keskin
ko’payishiga olib kelish ehtimoli ham mavjud bo’lib qoladigan vaziyatga olib
kelishi mumkin.Siyosiy illatlarni kamaytirish uchun davlatda shaffoflikni oshirish,
adolatli qonunlar ishlab chiqish, fuqarolarning siyosiy jarayonlarga faol ishtirokini
qo'llab-quvvatlash lozim.
Elektron hukumat platformalarida iloji boricha barcha jarayonlar shaffoflik
prinsipi asosida tashkil etilishi tizimda siyosiy illatlarga qarshi fuqarolar va jamoat
birlashmalarinig ortiqcha rasmiyatchiliksiz davlat idoralari faoliyatini tom ma’noda
nazorat qilish imkoniyatini tug’dirishi hokimiyat tizimida byurokratiyaga qarshi
samarali vosita sifatida bosh rolga chiqadi.
Elektron hukumat fuqarolarga onlayn xizmatlarni masofadan turib ko’rsatish
orqali ularning uzog’ni yaqin qilish imkoniyatini ham paydo qilibligina qolmay
avtomatlashtirilgan jarayonlar va algoritmlar yordamida inson omili tufayli vujudga
1
O’ZBEK TILINING IZOHL
I LUG’ATI D XARFI.;«О‘zbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy nashriyoti.;TOSHKENT.;2013-
y.;654-b
J
ournаl of Аnаlyticаl Synergy аnd
Scientific Horizon ISSN: 3060-5261
Volume 1, Issue 2, Series B 2025
73
kelishi mumkin bo’lgan xatolari kamayadi, bu esa soxta ma'lumotlar
yoki korrupsiya imkoniyatlarini qisqartiradi
Elektron tizimlar orqali har bir jarayon va xizmatning tarixi
saqlanadi, bu esa korrupsiya va byurokratiya holatlarini nazorat
qilishni osonlashtiradi.Elektron hukumat platformalari natijalarni
tez va samarali tarzda taqdim etishi, fuqarolarning o'z fikrlarini bildirish
imkoniyatini berishi, hukumatning ishlash samaradorligini oshiradi.Umuman
olganda, elektron hukumatning ushbu jihatlari byurokratiya va korrupsiyaga qarshi
kurashda muhim rol o'ynaydi va davlat xizmatlarining sifatini oshirishga yordam
beradi.
2003-yildan 2015-yilga qadar elektron hukumat rivoji oqibatida korrupsiyani
qisqarishi borasida bir guruh Massachusets universiteti tadqiqotchilari tomonidan 57
mamlakatda panel ma’lumotlar o’rganildi
.Quyidagi 1-rasmga qarang:
Tushuntirish uchun shuni ayta olamanki chap tarafdagi nominal o’lchovlar
korrupsiyani -2 darajasidan 2 darajasigacha ifoda etgan,EHRI ya’ni Elektron
Hukumatl Rivojlanish Indeksi (0-75 ballik tizimida baholangan) yuqori bo’lgan
2
M
anoharan, Aroon P.; Melitski, James; Holzer, Marc (20 January 2022).
"Digital Governance: An Assessment of Performance and Best
Practices"
.
Public Organization Review
.
23
(1): 265–283.
3
Haoyu Zhao and Michael J. Ahn, University of Massachusetts, Boston, USA.” E-Government, Corruption Reduction
and the Role of Culture”.Public Organasition Review.7-8.
J
ournаl of Аnаlyticаl Synergy аnd
Scientific Horizon ISSN: 3060-5261
Volume 1, Issue 2, Series B 2025
74
mamlakatlar ko’rsatilgan gorizontal perspektivada esa korrupsiya
darajasi
nisbatan
elektron
hukumatlar
bo’lmagan
mamlakatlarnikidan ancha yaxshi ekanligini guvohi bo’lamiz.
Tahlil shuni ko‘rsatadiki, e-hukumat rivojlanishi barcha
mamlakatlarda korrupsiya darajalarining pasayishiga ijobiy ta'sir
ko’rsatsada,natija boshqa omillarga ham bog’liq.
O’zbekiston Respublikasida ham
2023-yil 31-dekabr holatiga YIDXP (Yagona Ijtimoiy Davlat Xizmatlari Portali)
foydalanuvchilari 8 mln nafarni tashkil etdi. Foydalanuvchilarning 56,2 foizi
erkaklar, 43,8 foizini ayollar tashkil etmoqda
Foydalanuvchilarning yosh bo‘yicha taqsimlanishi
Foydalanuvchi yoshi
Umumiy miqdordagi ulushi
18 yoshgacha
1,8 foiz
19-24 yosh oralig‘ida
18,6 foiz
25-34 yosh oralig‘ida
31,5 foiz
35-44 yosh oralig‘ida
23,4 foiz
45-54 yosh oralig‘ida
12,9 foiz
55 va undan yuqori
11,8 foiz
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) O‘zbekistonda davlat
xizmatlarini raqamlashtirish va fuqarolarga qulaylik yaratish uchun muhim
platforma hisoblanadi. Biroq, bu tizim joriy etilgandan beri turli muammolarga duch
kelgan.
Quyida my.gov.uz portali bilan bog‘liq asosiy muammolar keltirilgan:
1. Texnik muammolar
•
Muammo
: Portalning ilk yillarda ishlash barqarorligi past bo‘lgan, tizim
ko‘pincha texnik xatoliklar sababli ishlamay qolgan. Shuningdek, ba'zi
foydalanuvchilar uchun saytning yuklanish tezligi past bo‘lgan.
4
„Department.official.gov.uz“.2024-yil 1-aprelda asl nusxadan arxivlangan.15-b.
J
ournаl of Аnаlyticаl Synergy аnd
Scientific Horizon ISSN: 3060-5261
Volume 1, Issue 2, Series B 2025
75
2. Foydalanuvchilar uchun murakkab interfeys
•
Muammo
: Platforma ilk joriy qilinganida foydalanuvchi
interfeysi oddiy fuqarolar uchun murakkab va tushunarsiz bo‘lgan.
Bu esa ko‘plab foydalanuvchilarga xizmatlardan to‘liq foydalana
olmasliklariga sabab bo‘lgan.
3. Foydalanuvchilarning xabardor emasligi va axborot yetishmasligi
•
Muammo
: Dastlab foydalanuvchilarning portal orqali qanday xizmatlardan
foydalanishlari, qaysi hujjatlar talab qilinishi va xizmat narxlari haqida ma’lumot
yetarli darajada taqdim etilmagan.
4. Tizimning ishlashda kechikishi va davlat xizmatlari samaradorligi
•
Muammo
: Fuqarolar ba’zi xizmatlar uchun murojaat yuborganlarida uzoq
muddat kutishlariga to‘g‘ri kelgan. Bu davlat idoralari tomonidan ma'lumotlarning
tezkorlik bilan ko‘rib chiqilmasligi va qayta ishlash jarayonlari vaqt talab qilishi
bilan bog‘liq bo‘lgan.
Xulosa qilib aytadigan bo’lsak, My.gov.uz platformasi bugungi kunda
fuqarolarga ko‘plab davlat xizmatlarini onlayn tarzda olish imkonini yaratmoqda va
doimiy ravishda yaxshilanishlar kiritilmoqda. Bu jarayonlar davlat xizmatlarini
raqamlashtirishda katta ahamiyatga ega va tizim fuqarolar uchun yanada qulay,
tezkor va ishonchli bo‘lishini ta’minlamoqda.
Jahon tajribasida ko‘plab davlatlar elektron hukumat tizimlarini joriy etish
jarayonida turli muammolarga duch kelishgan va ularni hal qilish uchun samarali
yechimlar ishlab chiqqan. Estoniya kabi mamlakatlar raqamlashtirishda ilg‘or
hisoblanadi
. Ular markazlashgan va yuqori darajadagi xavfsizlikka ega elektron
hukumat infratuzilmasini yaratdi, bu tizimga barqaror va uzluksiz ishlash imkonini
5
United Nations. E-Government for the People. E-Government Survey 2012 Архивная копия от 22 декабря 2015
на Wayback Machine, ST/ESA/PAD/SER.E/150, ISBN 978-92-1-123190-8 «Table 7.1 E-government development
index»
J
ournаl of Аnаlyticаl Synergy аnd
Scientific Horizon ISSN: 3060-5261
Volume 1, Issue 2, Series B 2025
76
beradi.Portal
texnik
jihatdan
barqaror
ishlashi
uchun
markazlashgan, yuqori darajada himoyalangan server tizimiga
o‘tish, ehtimoliy yuklanishlarni hisobga olgan holda serverlar
quvvatini oshirish lozim.Tizimni muntazam monitoring qilish va
aniqlangan kamchiliklarni tezkorlik bilan hal etish barqarorlikni
ta'minlaydi. Shuningdek, texnik xizmatlar avtomatik ravishda tizimda mavjud
muammolarni aniqlash va yechish jarayonlarini joriy qilishi lozim.Janubiy Koreya
va Singapurda foydalanuvchilarning raqamli savodxonligi va qulay interfeys
yaratish ustuvor vazifalardan biri hisoblanadi. Bu mamlakatlarda interaktivlikka
urg‘u beriladi va portal dizayni foydalanuvchilar uchun maksimal qulay tarzda
yaratiladi.Daniya va Estoniya kabi mamlakatlarda elektron xizmatlar haqida
foydalanuvchilarni xabardor qilish uchun keng ko‘lamli axborot kampaniyalari olib
boriladi. Bu jarayonda ommaviy axborot vositalari, o‘quv dasturlari va treninglar
orqali fuqarolar raqamli xizmatlardan foydalanishga o‘rgatiladi.
Tizim xavfsizligini muntazam tekshirish va zaifliklarni aniqlash uchun
kiberxavfsizlik bo‘yicha doimiy auditlar o‘tkazish zarur.Avtomatlashtirilgan
jarayonlarni kengaytirish: Davlat xizmatlari jarayonlarida avtomatlashtirilgan
texnologiyalarni kengaytirish ish jarayonlarini tezlashtiradi. Yuqoridagi tajribalar va
yechimlar Mamlakatimiz rivoji uchun elektron hukumat platformasini yanada
samarali va qulay qilishda foydali bo‘lishi mumkin. Shu kabi yechimlar davlat
xizmatlarining sifatini oshirish, fuqarolar uchun qulaylik yaratish tizim
barqarorligini ta'minlash va albatta korupsiya va byurokratiyaga qarshi kurashish
uchun yordam beradi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI:
1.
O’ZBEK TILINING IZOHLI LUG’ATI D XARFI.;«О‘zbekiston milliy
ensiklopediyasi» Davlat ilmiy nashriyoti.;TOSHKENT.;2013-y.
J
ournаl of Аnаlyticаl Synergy аnd
Scientific Horizon ISSN: 3060-5261
Volume 1, Issue 2, Series B 2025
77
2.
M
anoharan, Aroon P.; Melitski, James; Holzer, Marc (20
January 2022).
"Digital Governance: An Assessment of
Performance and Best Practices"
.
Public Organization Review
.
3.
Haoyu Zhao and Michael J. Ahn, University of Massachusetts,
Boston, USA.” E-Government, Corruption Reduction and the Role
of Culture”.Public Organasition.
4.
Department.official.gov.uz“.2024-yil 1-aprelda asl nusxadan arxivlangan.
5.
United Nations. E-Government for the People. E-Government Survey
2012 Архивная копия от 22 декабря 2015 на Wayback Machine,
ST/ESA/PAD/SER.E/150, ISBN 978-92-1-123190-8 «Table 7.1 E-
government development index»
