J
ournаl of Аnаlyticаl Synergy аnd
Scientific Horizon ISSN: 3060-5261
Volume 1, Issue 2, Series C 2025
17
Shifokor etikasi va deontologiyasi asoslari
Toshkent tibbiyot akademiyasi 1-kurs talabasi
Mamasoatov Ozodbek Shamsiddin o ‘g ‘li
Annotatsiya:
Ushbu maqolada tibbiyotga kirish fanining "Tibbiy etika va
deontologiya asoslari" mavzusi masalalari bayon etilgan. Maqola tibbiyot sohasida
etika va deontologiya tushunchalarining ahamiyatini, ularning amaliyotda
qo‘llanilishi va tibbiy axloqiy qadriyatlarni rivojlantirishdagi rolini o‘rganadi.
Shuningdek, tibbiyot sohasidagi mutaxassislar va talabalar uchun tibbiy etikaning
asosiy printsiplari, shuningdek, tibbiy amaliyotda uchraydigan muammolar va ularni
hal qilish yo‘llari ko‘rib chiqilgan.
Kalit so‘zlari:
Etika, deontologiya, egrotogeniya, bioetika, adolatli munosabat.
Аннотация:
В этой статье излагаются вопросы темы "основы
медицинской этики и деонтологии" вводной науки в медицину. В статье
исследуется значение понятий этика и деонтология в области медицины, их
применение на практике и роль в развитии медицинских этических ценностей.
Также были рассмотрены основные принципы медицинской этики для
специалистов и студентов в области медицины, а также проблемы, с которыми
сталкивается медицинская практика, и пути их решения.
Ключевые слова:
этика, деонтология, эгротогения, биоэтика,
справедливое отношение.
Abstract:
This article outlines the issues of the topic "fundamentals of medical
ethics and deontology", an introductory science to medicine. The article examines
the meaning of the concepts ethics and deontology in the field of medicine, their
application in practice and their role in the development of medical ethical values.
They also discussed the basic principles of medical ethics for specialists and students
J
ournаl of Аnаlyticаl Synergy аnd
Scientific Horizon ISSN: 3060-5261
Volume 1, Issue 2, Series C 2025
18
in the field of medicine, as well as the problems faced by medical
practice and ways to solve them.
Keywords:
ethics, deontology, egrotogeny, bioethics, fair
treatment.
Shifokor etikasi
– bu shifokorlarning bemorlar, jamiyat va o'z o'rni bilan
bog'liq ahloqiy masalalarga nisbatan mas'uliyatli va adolatli munosabatini
o'rganadigan tarmoqdir. Bu etika, shifokorlar uchun professional va insoniy
javobgarlikni belgilaydi va ularning kasbiy faoliyatida aniq qoidalarga asoslanadi.
Shifokorning bemor bilan, bemor qarindoshlashlari bilan, shuningdek boshqa
tibbiyot xodimlari bilan muloqati, muloqat turlari, tibbiyot xodimlarining bemor
oldidagi majburiyati va ma’suliyati, tibbiyot xodimlarining siri, tibbiy xatoliklar,
yatrogeniya va eftenaziya tushunchalari keng yoritilgan. Aholiga davolash va
profilaktik yordamni tashkil etish va o‘tkazishda uchrayotgan kamchiliklarning
tibbiy muloqatga bog‘liq tomonlari, tibbiyot xodimlaring turli ta’ziqlarga uchrash
sabablari, ularning qonun bilan himoyalanish tamoillari ko‘rsatilgan. Tibbiyot
xodimlarining o‘z majburiyatini bajarish vaqtidagi yo‘l quygan tibbiy xatoliklar
(yatrogeniya) va ularni bartaraf etish, uning oldini olish chora tadbirlari, tibbiyot
sirlarini saqlashning bemor ruhiyatiga ta’siri turli usullarda bayon etilgan. Tibbiy
eftenaziya tushunchasi va turlari keng yoritilgan. Maqola asosan tibbiyot oliygohlari
talabalariga mo‘ljallangan, shuningdek, barcha bug‘indagi tibbiyot xodimlariga ham
foydali bo‘ladi degan umiddamiz
.
Axloq
— kishilarning bir-birlariga, oilaga, jamiyatga bo‘lgan munosabatlarida
namoyon bo‘ladigan xatti-harakatlari, xulq-atvorlari, odoblari majmui. huquqdan
farqli ravishda axloq talablarini bajarish - bajarmaslik ma’naviy ta’sir ko‘rsatish
shakllari (jamoatchilik tomonidan baho berish, qilingan ishni ma’qullash yoki
J
ournаl of Аnаlyticаl Synergy аnd
Scientific Horizon ISSN: 3060-5261
Volume 1, Issue 2, Series C 2025
19
qoralash) bilan belgilanadi. axloqni etika fani o‘rganadi
. Odob
- bu
insonniy ijobiy fazilatlaridan biridir. “o‘zbek tilining izohli
lug‘ati”da:“odob - “adab” (arabcha)” deyiladi. va yana shu kitobda:
“adab (arabcha)-adabiyot, yaxshi tarbiya, ma’qul harakat. ijtimoiy
va shaxsiy hayotdagi yaxshi axloq, tarbiya, xushmuomilalik”
deyiladi. luqmoni hakimdan odobni qaerdan o‘rganding?”deb so‘rashganda, odobni
beadablardan o‘rgandim” deb javob bergan ekan. inson umri davomida o‘z odobini
yaxshilab bormog‘i lozim. odatda odob oldin o‘rganilib, undan so‘ng esa unga amal
qilinadi.
Etika
(yun. egpoz — xulq, odat) — axloq va uning shaxs hamda jamiyat
hayotidagi o‘rnini o‘rganuvchi falsafiy fan. Etika axloqshunoslikning falsafiy
nazariy muammolarini va axloqqa doir didaktik amaliy asarlarni o‘z ichiga oladi U
insoniyat o‘z tajribasi orqali erishgan donishmandlik namunalarini hikoyatlar,
hikmatlar, naqllar, maqollar tarzida bayon etadi, kishilarga axloqning mohiyatini
tushuntirib, falsafiy xulosalar chiqaradi, ularga axloqiy qonunqoidalarni o‘rgatadi.
Etikaning quyidagi mezoniy tushunchalari — kategoriyalari bor: fazilat va illat,
yaxshilik va yomonlik, halollik, rostgo‘ylik, kamtarlik, adolat, burch, vijdon, nomus,
ideal, baxt, hayotning ma’nosi va boshqalar Axloq inson va jamiyat hayotining
barcha (shaxsiy, jamoaviy, kasbiy va h. k.) jabhalarini qamrab olganligi tufayli uni
o‘rganuvchi Etika barcha fanlar bilan aloqador. Etika bu barcha insonlar orasidagi
muloqatdir. SHuningdek ummiy etika inson kasbiga ko‘ra bir qancha turlarga
bo‘linadi. Masalan sotuvchilar etikasi, sartoroshlar etikasi, o‘qituvchilar etikasi,
tibbiyot xodimlari etikasi (tibbiy etika)...
Deontologiya
- (deontologiya-burch degan ma’noni beradi, barcha kasblarda
deontologik yondoshuv to‘g‘risida fikr yuritiladi, lekin halq orasida deotologiya
atamasi ko‘pincha tibbiyot xodimiga tegishli degan tushuncha mavjud) tibbiyot
xodimi ( shu jumladan shifokor) ning bemor oldidagi majburiyatini va unga
J
ournаl of Аnаlyticаl Synergy аnd
Scientific Horizon ISSN: 3060-5261
Volume 1, Issue 2, Series C 2025
20
yuklangan ma’suliyatini, ya’ni bajarishi lozim bo‘lgan ishini
ifodalaydi.
Egrotogeniya
– bu bir bemorning ikkinchi bemorga
salbiy ta’siri, bu asosan shifoxona sharoitida yoki bemorni ko‘rishga
borgan vaqtdagi ta’siri natijasida kelib chiqadi. Bu omil ham
yatrogen kasalliklarga olib keladi.
Bioetika
– tabiatdagi tirik jonzotlarning o‘zoro muloqatidir. Ko‘pgina insonlar
bioetika va etika( umumiy muloqat) hamda tibbiy etika(faqat tibbiyotga bog‘liq
muloqat) ni farqlashda qiynaladi. Bioetika- bu bio-hayot, etika muloqat so‘zidan
kelib chiqqanligini yana bir esga olamiz, hayotda tirik jonzotlar 3 ta asosiy turga
bo‘linadi odamlar, hayvonlar(zamburug‘, virus...) va o‘simliklar. Bioetikatabiatdagi
tirik jonzotlarning o‘zoro bir biri bilan muloqati. Bunda asosiy o‘rinni odamlar
egallaydi. CHunki insonlar oliy nerv faoliyati yaxshi rivozlangan oliy mavjudot
sanalib, tabiatda hayvonlar va o‘simliklar ustidan xukmronlik qilmoqdalar. Insonlar
barcha tirik jonzotlar( insonlar bir-biriga nisbatan, hayvonlarga hamda,
o‘simliklarga nisbatan) mehr- murivatli bo‘lishi insoniylik tamoillaridan biridir.
Insonlar hayvonlarni xo‘rlashi, o‘simliklarni o‘sishiga to‘sqinlik qilish (agar inson
yashashiga halaqit bermasa...) jamiyatda qoralanadi. Bu insonni hayvon bilan
muloqati, ya’ni bioetikaning bir ko‘rinishidir. Shifokorning bemor bilan muloqatida
bemorni tuzalishga bo‘lgan ishonchini paydo qilish, davolanish samaradorligini
50% ga oshirishi mumkin. Bemorning shifokor bilan ijobiy muloqati bemorning
ruhiy-emotsional holatiga ta’sir etib, kayfyatini kutarilishga olib keladi, natijada
sog‘ayish tezlashadi, tushkunlikka tushishini oldini oladi. Bemorni davolash uchun
nafaqat dori-darmonlar va boshqa tibbiy muollojoalar, balkim muloqatning ham
muhum o‘rni bor.
Zamonaviy tibbiyotning bemorga g‘amxo‘rlik qilishda nafaqat dori-darmon,
yoki operativ aralashuv orqali balkim, bemorga psixologik ta’sir etishga ham
muxtojlik sezmoqda. Bu esa tibbiy axloq-obod normalarini mukammalashuvini
J
ournаl of Аnаlyticаl Synergy аnd
Scientific Horizon ISSN: 3060-5261
Volume 1, Issue 2, Series C 2025
21
talab etmoqda.
Bu tibbiy etika va deontologiyani o‘z ichiga oladi.
Tibbiy muloqat vaqtida tibbiyotga tegishli mutaxassisliklarga
tegishli ma’lumotlardan unumli foydalanish ijobiy natija beradi.
Talabalar qaysi etapda o‘qimasin bemorlar bilan muloqat qiladilar,
shuningdek kelgusi ish faoliyatida ham bemorlar bilan muloqat o‘z
dolzarbligini yo‘qotmaydi. Tibbiy etika axloqning ajralmas qismidir. Bioetika
insonni barcha tirik mavjudotlar (inson, hayvon va o‘simliklar) bilan
umuminsoniylik, raxm-shavqat fazilatlarini nomoyon etuvchi muloqatidir. Barcha
insonlar muloqatning ikki turidan foydalanadilar. Verbal ( to‘g‘ridan - to‘g‘ri
so‘zlashuv nutqi orqali) va noverbal (turli imo-ishoralar orqali) turlarga bo‘linadi.
SHu muloqat turlaridan tibbiyot xodimlari ham foydalaniladi. Tibbiy etika esa faqat
bemorlar bilan tibbiyot xodimlari o‘rtasida ( shuningdek bemor qarindoshlari va
tibbiyot xodimlari o‘rtasidagi , tibbiy xodimlar o‘zaro muloqatlari) gi ahloq-odob
mi’yoriy normasini ifodalaydi. Deontologiya esa shifokorning bemor oldida
bajarishi lozim bo‘lgan majburiyati yoki ish beruvchi oldidagi ma’suliyatini
ifodalaydi.
Tibbiy etika, madaniyat, axloq ko‘p jihatdan bir-biriga bog‘liq va sog‘liqni
saqlashning asosiy mezoni sifatida baholanadi. Tibbiy etika (lat. ethica, etika, yunon
tilidan. Ethice axloq, axloqni o‘rganish), yoki tibbiy deontologiya (yunon.
Deonburch degan ma’noni beradi) "deontologiya" atamasi so‘nggi yillarda
adabiyotda keng qo‘llaniladi) bu tibbiyot xodimlarining kasbiy vazifalarini
bajarishda axloqiy me’yorlar va xulq — atvor tamoyillari to‘plamidir. Tibbiy etika
deontologiyani birbiridan farqi shuki tibbiy etika –shifokorning bemor bilan
muloqatda hulq-atvori, deontologiya bajarishi lozim bo‘lgan majburiyatidir.
Birinchi marta "deontologiya" atamasi XIX asrda ingliz faylasufi Bentam tomonidan
kiritilgan. U o‘zining "deontologiya yoki axloqshunoslik" kitobida turli kasblarga
nisbatan burchta’limotining asosiy qoidalarini bayon qilgan. Tibbiy ma’noda tibbiy
J
ournаl of Аnаlyticаl Synergy аnd
Scientific Horizon ISSN: 3060-5261
Volume 1, Issue 2, Series C 2025
22
etika va deontologiya-bu tibbiyot xodimining bemorga nisbatan
huquqiy, kasbiy va axloqiy majburiyatlari va o‘zini tutish qoidalari
to‘g‘risidagi ta’limot. Bundan tashqari, deontologiya tibbiyot
xodimlari va bemorlarning qarindoshlari, shuningdek, tibbiyot
jamoasidagi hamkasblar o‘rtasidagi munosabatlar normalarini
belgilaydi .
Tibbiy deontologiya masalalari tibbiy etika bilan chambarchas bog‘liq. Axloq
- bu odamlarning axloqiy xulq-atvori normalari tizimi, ularning bir-biriga,
jamiyatga, Vatanga bo‘lgan majburiyatlari, yaxshilik va yomonlik haqidagi
umuminsoniy g‘oyalar asosida, shuningdek-axloq, axloq, mafkura shakllaridan biri
sifatida, uning mohiyati, tarixiy rivojlanish qonunlari va ijtimoiy hayotdagi o‘rni.
Tibbiy etika sog‘liqni saqlash xodimini kundalik ishda boshqaradigan, jamiyat va
har bir insonning sog‘lig‘ini saqlash va mustahkamlash yoki kasallik paytida uni
qaytarish ehtiyojlarini qondirishga qaratilgan axloqiy mezonlarning to‘liq
to‘plamini ko‘rib chiqadi. Turli xil tarixiy davrlarda dunyo xalqlari milliy, diniy,
madaniy va boshqa xususiyatlar tufayli turmush tarzi bilan bog‘liq tibbiy etika
to‘g‘risida turli xil fikrlarga ega edilar. Tibbiy axloq tarixi, tibbiyot xodimlarining
bemorlarning sog‘lig‘ini himoya qilish bo‘yicha axloqiy majburiyatlari ming
yilliklarga borib taqaladi va qadimgi Hind samihita axloqidan, Yaponiyaning ri-shu
tibbiyot kodeksidan, qadimgi yunon va qadimgi hind amrtarixidan kelib chiqqan
bo‘lib, unda tibbiyot xodimlariga rahmdil, xayrixoh, adolatli, sabrli, xotirjam bo‘lish
va hech qachon jahlini ko‘rsatmaslik haqida ko‘rsatmalar berilgan. Har bir shifokor
uchun zarur bo‘lgan ko‘plab fazilatlar haqida muhim fikrlar va bayonotlarni o‘z
ichiga olgan ko‘plab qadimiy yodgorliklar (Bobil, Misr, Xitoy, rus va boshqalar)
turli mamlakatlar va xalqlar shifokorlarining izlanishlari mulohazalarini tasdiqlaydi.
VII-XII asrlarda SHarqiy tiklanish davrining taniqli mutafakkirlari al-Ruhaviy, Ar-
roziy, Ibn Sino, Maymonid asarlarida tibbiy etika asoslari katta rivojlandi. IX asrda
J
ournаl of Аnаlyticаl Synergy аnd
Scientific Horizon ISSN: 3060-5261
Volume 1, Issue 2, Series C 2025
23
Al-Ruhaviy tomonidan taklif qilingan. Adab al-tabib (shifokorning
an’anaviy axloqi) asta-sekin tibbiyot fanining maqsad va vazifalarini
ma’naviy-axloqiy tushunish uchun bilim tizimiga aylandi. Umumiy
va sanitariya madaniyatining buyuk ma’rifatparvari, mafkurachisi
va targ‘ibotchisi Abu Ali Ibn Sino "Tib qonunlari " asarlarida ko‘p
asrlar davomida shifokorlarning asosiy axloqiy tarbiyasiga xizmat qilgan tibbiy
axloqning insoniy tamoyillarini bayon qildi. Ibn Sino shifokorning obro‘si nafaqat
uning bilimlari, ko‘nikmalari va tajribasiga, balki uning ma’naviy, axloqiy
qiyofasiga ham bog‘liq deb hisoblagan. SHifokor, uning fikriga ko‘ra, bemorga
yumshoq, mehribon, sezgir bo‘lishi kerak . SHarqiy Uyg‘onish davri
epidemiologiyasining asoschisi Ar-roziy "tibbiy aforizmlar" asarida davolanish
etikasi masalalariga to‘xtalib o‘tadi. Uning fikriga ko‘ra, o‘zini tibbiyot xizmatiga
bag‘ishlagan odam nafaqat ma’lumotli, balki, avvalambor, kamtarin, halol, rostgo‘y
va insonparvar, har qanday masalaning mohiyatini chuqur o‘rganishi kerak. Tibbiy
davolanishning axloqiy masalalari, shuningdek, fan tarixida Maymonid nomi bilan
tanilgan Abu Amran Mussa Ben Mamunning "shifokorning ibodati"asarida ham
bayon etilgan. Ushbu tarixiy hujjatning ma’naviy boshlanishi zamonaviy tibbiy etika
va deontologiyani rivojlantirish asoslarida kuzatilishi mumkin.
Ammo eng aniq
tibbiy axloq Gippokrat qasamyodida namoyon bo‘ladi, bu umuman tibbiy axloqning
rivojlanishiga katta ta’sir ko‘rsatdi va boshqa professional axloqiy tibbiy kodekslarni
yaratish uchun boshlang‘ich nuqtaga aylandi. Tibbiy deontologiya, ya’ni
shifokorning bemor oldidagi burchini bajarishdagi ma’sulyatini shifokorlik
qasamiyodi bilan mustahkamlangan. Birinchi shifokorlik qasamiyodini Gippokrat
yozgan va tobobat faniga kiritgan.
Hozirgi vaqtda yosh shifokorlar O‘zbekston
shifokorlari qasamiyodini qabul qiladilar, bu qasamiyod qonun bilan
mustahkamlangan.
J
ournаl of Аnаlyticаl Synergy аnd
Scientific Horizon ISSN: 3060-5261
Volume 1, Issue 2, Series C 2025
24
2018-yil 7 dekabrdagi 5590-sonli PQ («O‘zbekiston
Respublikasi sog‘liqni saqlash tizimini tubdan takomillashtirish
bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar to‘g‘risida») va shu PQ ga asosan
O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vazirining 2019-yilning
17-iyulida 161-sonli buyrug‘iga asosan, «Tibbiyot xodimlarining
odob-axloq kodeksi» tasdiqlangan.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI:
1.
Tibbiyot deontologiyasi xalqaro kodeksini Xalqaro vrachlar
jamiyati tasdiqlagan (1949, Jeneva).
2.
Qosimov E. Y., Shifokorning nutq madaniyati va bemor bilan
muloqot sanʼati, Toshkent, 2002.
3.
Wikipidia internet sayti.
4.
O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Tibbiyot
fakulteti ichki kasalliklar kafedrasi maxsus ilmiy jurnali.
