J
ournаl of Аnаlyticаl Synergy аnd
Scientific Horizon ISSN: 3060-5261
Volume 1, Issue 2, Series C 2025
10
ICHKI SEKRETSIYA BEZLARI ANATOMIYASI
Mamasoatov Ozodbek Shamsiddin o‘g‘li
Toshkent tibbiyot akademiyasi 1-kurs talabasi
Annotsiya:
Ushbu maqola sekretsiya bezlari tuzilishi va vazifalari.
Qalqonsimon bez, gipofiz bezlari, ayrisimon bezlarning anatomik tuzilishi va
ularning funksiyalari asosida yoritildi.
Kalit so‘zlari:
Timus, dexter, sinister, glandula, capsula fibrosa, ektoderma,
akromegaliya
Аннотация:
эта статья посвящена строение и функции секреторных
желез. Выделены на основании анатомического строения щитовидной железы,
гипофиза, отдельных желез и их функций.
Ключевые слова:
тимус, Декстер, зловещий, железистая железа,
капсульная фиброза, эктодерма, акромегалия
Annotation:
This article is devoted to the structure and function of secretory
glands. They are distinguished based on the anatomical structure of the thyroid
gland, pituitary gland, individual glands and their functions.
Keywords:
thymus, Dexter, sinister, glandular gland, capsular fibrosis,
ectoderm, acromegaly
Ichki sekretsiya bezlari
o‘zida sekret chiqaruvchi naylari bo‘lmasligi bilan
tashqi sekretsiya bezlaridan farq qiladi. Ichki sekretsiya bezlarida ishlangan sekret
(gormon) bevosita qonga shimiladi. Shuning uchun bunday bezlar endokrin
(endocrino - ajrataman) bezlari deb ham ataladi.
J
ournаl of Аnаlyticаl Synergy аnd
Scientific Horizon ISSN: 3060-5261
Volume 1, Issue 2, Series C 2025
11
Ichki sekretsiya bezlari odam organizmining turli joylarida
o‘rashngan bo‘lib, ular funksiyalariga qarab (hajmlari garchand
kichkina bo‘lsa-da) juda ko‘p qon tomirlar bilan ta'minlangan.
Jumladan, buyrak usti beziga uch juft qon tomir orqali qon kelsa,
qalqonsimon bezga to‘rt-beshta qon tomir keladi. Shu bilan birga,
endokrin bezlarni juda ko‘p nerv tolalari innervatsiya qiladi. Ular endokrin bezlarni
idora qiluvchi markazlar bilan bog‘lanib turadi. Shunday qilib, bir tomondan
endokrin bezlar funksiyasini nerv sistemasi boshqarib tursa, ikkinchi tomondan
qonga shimilgan gormonlar, o‘z navbatida, nerv sistemasiga ta'sir qiladi. Ichki
sekretsiya bezlari turlicha bo‘ladi. Shuning uchun organizm funksiyalarining
gormonal regulatsiyasi demasdan, balki neyrogumoral regulatsiya deb atalishi
maqsadga muvofiqdir.
Organizmning normal faoliyati uchun gormonlar qon tarkibida muayyan
miqdorda bo‘lishi lozim. Gormonlar miqdorining qonda kamayish holatiga
gipofunksiya deyilib, bu vaqda turli kasalliklar paydo bo‘ladi. Gormonlar qon
tarkibida butun organizmga tarqalib, u yoki bu jarayonga o‘z ta'sirini ko‘rsatadi.
Qalqonsimon bez (glandula thyroidea) toq bez bo‘lib, bo‘yin sohasida
hiqildoqning qalqonsimon tog‘ayi bilan kekirdakning yuqoridagi 3-4 tog‘ay halqasi
oldida joylashgan.
Taqasimon shakldagi bez katta odamlarda 30-50 g, chaqaloqlarda 1,8-2,5 g
bo‘ladi. Bolalarning keyingi o‘sish davrlarida 10-15 g gacha kattalashadi. Qarilik
davrida uning asta-sekin kichiklashishi kuzatiladi. Ammo bezning katta-kichikligi
buqoq kasalligi bor odamlarda boshqacha bo‘ladi, ya'ni kattalashib og‘irligi, hatto
1-1,5 kg ni tashkil etadi.
Qalqonsimon bezning o‘ng (lobus dexter) va chap (lobus sinister)
bo‘lakchalari, oraliq qismi bo‘yin (isthmus gl. thyroidei) orqali o‘zaro qo‘shiladi.
J
ournаl of Аnаlyticаl Synergy аnd
Scientific Horizon ISSN: 3060-5261
Volume 1, Issue 2, Series C 2025
12
Taxminan 25-30 foiz odamlarda bezning bo‘ynidan tepaga qarab
joylashgan (lobus pyramidalis) piramidasimon bo‘lagi uchraydi.
Bezni o‘rab turgan fibroz pardadan (capsula fibrosa) o‘sib
kirgan o‘simtalar (trabekulalar) bez ichkarisini bo‘lakchalarga
ajratadi.
Bez bo‘lakchalari pufakchalar follikulalar) dan iborat bo‘lib, uning ichki yuzasi
kubsimon hujayralar bilan qoplangan.
Follikulalar tarkibida quyuq kolloid moddasi bo‘lib, uning tarkibida yodga boy
aminokislotalar, oqsil bo‘ladi. Bez tarkibida yod qon plazmasi tarkibiga nisbatan
300 marta oshiq bo‘ladi. Bezning yuzasini qon tomir to‘rlari va nerv chigallari
(adashgan nerv tolalari) qoplab turadi.
Qalqonsimon bezning orga tanachalari (glandula parathyroidea) to‘rtta, ba’zan
beshta bo‘lib, qalqonsimon bez yon bo‘laklarining orqa yuzasiga ikki juft - glandula
parathyroidea superior (bir juft, glandula parathyroidea inferior (bir juft) bo‘lib
yopishib yotadi. Endokrin bezlar ichida eng kichik bolgan bu bezlarning uzunligi 6
mm, kengligi 4 mm, qalinligi 2 mm ga teng. Har bir bez qon tomirlariga boy parda
bilan o ‘ ralgan. Gormonlari kalsiy va fosfor almashinuvini bajaradi.
Ayrisimon bez
( buqoq bezi, timus thymus) ikki bo‘lak (lobus dexter – o‘ng
va lobus sinister - chap bo‘lak)dan tuzilgan bo‘lib, biriktiruvchi to qimalar vositasida
o‘zaro qo‘shilgan. Bez ko‘krak qafasining tepa qismida (to‘sh suyagi dastasining
orqa tomonida) o‘ng va chap mediastinal plevra oralig‘ida joy-lashgan.
Bezning yuqori, o‘tkir qismi bo‘yinning kekirdak oldi fassiyasi oralig‘idan
(bolalarda 1-1,5 cm) chiqib turadi va to‘sh-til osti hamda to‘sh-qalqonsimon
mushaklar orqasida joylashadi. Ayrisimon bezning oldingi sirti qavariq holda bo‘lib,
to‘sh suyagining dastasi va qisman tanasining orqasida (I-IV qovurg‘alar tog‘ay
sathida) joylashgan. Bezning orqasida perikardning yuqori qismi, aorta va o'pka
J
ournаl of Аnаlyticаl Synergy аnd
Scientific Horizon ISSN: 3060-5261
Volume 1, Issue 2, Series C 2025
13
stvoli, aorta ravog‘i va undan tarqaluvchi yirik tomirlar, chap yelka-
bosh va yuqori kovak venalar joylashgan.
Ayrisimon bez tashqaridan yupqa nozik biriktiruvchi
to‘qimadan iborat kapsula (capsula thymi) bilan o‘ralgan bo‘lib,
undan bez ichiga bir qancha to‘siqlar (septa interlobulares) o'tadi va
bez parenximasini mayda bo‘lakchalarga bo‘ladi. Har bir bo‘lakchaning tashqi qismi
postloq modda (cortex thymi)dan iborat bo‘lib, toq rangda, mag'iz moddali (medulla
thymi) markaziy qismi esa och rangda. Bo‘lakchalarning asosini ikki xil tor -
epitelial va retikulyar to‘r hosil qilishi ayrisimon bezning farqli belgilaridan biridir.
Bu torda limfotsitlar (bu yerda timotsitlar deb ham yuritiladi) joylashgan bo lib, ular
miqdori po'stloq moddada mag'iz modda-ga nisbatan birmuncha ko'p. Shuning
uchun bu to‘q rangda. Bez bo‘lakchalarining markazida konsentrik joylashgan yassi
epiteliy hujayralar to‘dasi - timus tanachalari (corpusculum thymi yoki Gassal
tanachalari) joylashgan. Ayrisi-mon bez embrional taraqq iyotda asosan III jabra
cho‘ntaklaridan juft o‘siqlar sifatida rivojlanadi.
Timus kurtaklari kaudal tomon o‘sib yo‘g‘onlashadi, cho‘ziladi va bir-biri bilan
yaqinlashadi. Kurtakning ingichka, uzun, yuqori "ductus thymopharyngeus" deb
ataluvchi qismi asta-sekin yo golib, pastki qismidan ayrisimon bez rivojla-nadi.
Embrional taraqiyotning 5-oyida ayrisi-mon bez bir qancha bo lakchalardan iborat
ekan-ligini ko rish mumkin. Bezning massasi yoshga qarab o'zgaradi. Jumladan,
yangi tug‘ilgan bolada 12 g, balog‘atga yetish oldida 30-40 g gacha bo‘ladi.
Balog‘atga yetgach, bez asta-sekin qayta kichrayib boradi. 25 yoshda 25-30 g, 60-
70 yoshlarda burishib, 6-15 g bo‘lib qoladi va yog‘ to‘qimasiga aylanadi, lekin
tamomila yo‘q bo‘lib ketmay, mayda orolchalar kabi to'sh suyagining orqasida
saqlanib qoladi. Miyaning pastki ortig‘i (hypophysis - gipofiz) oval shakldagi kichik
(og‘irligi 0,3-0,5 g) bez bo‘lib, miya asosidagi kulrang do‘mboqqa, voronkasimon
oyoqchaga osilib turadi. Bez kalla ponasimon suyagining turk egari chuqurchasida
J
ournаl of Аnаlyticаl Synergy аnd
Scientific Horizon ISSN: 3060-5261
Volume 1, Issue 2, Series C 2025
14
joylashgan. Miyaning pastki ortig‘i old va orqa bo‘laklardan tashkil
topgan. Bezning oldingi bo‘lagi bez epiteliy hujayralaridan tuzilgan
va shuning uchun ham u adenogipofiz (adenohypophysis
ektodermadan o'sadi) bo‘lagi deb ataladi. Bezning orqa bo‘lagi
(neurohypophysis) old miyaning ostidan III qorincha tubidan bo‘rtib
o‘sib chiqadi. Shuning uchun bezning orqa qismida nerv to‘qima elementlari
uchraydi.
Oldingi
qismdan
ishlanib
chiqgan
somatotrop,
prolaktin,
adrenokortikotrop, gonadotrop gormonlar organizmning turli funksiyasiga ta'sir
qiladi. Jumladan, somatotrop gormon organizmning umumiy o sishiga ta'sir ko
rsatadi. Agar somatotrop gor-mon ko proq ta'sir qilsa, odam haddan tashqari o‘sib
ketishi (akromegaliya) mumkin. Prolaktin gormoni ko‘krak bezidan sut chiqishini
kuchaytiradi va ayollar tuxumdonidagi sariq tanacha faoliyatiga ta’sir etadi.
Adrenokortikotrop gormon buyrak usti bezining po‘stloq qismi faoliyatiga
ta'sir etib, undan gormon chiqishini kuchaytiradi. Gonadotrop gormon jinsiy bezlar
(tuxumdon, moyak) funksiyasini faollashtiradi.
Bezning oldingi bo‘lagi orqa tomonida joylashgan hujayralardan ajralgan
gormon odam terisi rangiga ta'sir qiladi.
Bezning orqa bo‘lagidan ajralgan gormonlar aslida ko'rish do‘mbog'ining ostki
qismidan ajralib, voronkasimon oyoqcha orqali pastga tushadi va bezda to‘planadi.
Gormon bezdan gonga o‘tib, buyrak naychalarida siydikning qayta so‘rilishini
tezlatadi, bachadon qisqarishini, ko‘krak bezidan sut (bola emayotganda) chiqishini
kuchaytiradi.
Ortiqsimon tana
(corpus pineale yoki epiphysis cerebri, miya ortiqi) bosh
miyadagi to rt do 'mboqning yugorisida, ikkita do ‘mboq o'rtasida joylashgan
moshdek (og'irligi 0,2 g) dumaloq bez bo‘lib, ko‘rish do‘mbog‘iga (comissura
habenularum) yuganchalar yordamida tutashib turadi. Bez uni o‘rab turgan parda
J
ournаl of Аnаlyticаl Synergy аnd
Scientific Horizon ISSN: 3060-5261
Volume 1, Issue 2, Series C 2025
15
o‘siqlari (trabekulalar) bilan bo‘lakchalarga ajralgan. Bez yangi
tug‘ilgan bolalarda 7-10 mg ni tashkil etsa, 10 yoshlarga borganda
uning og'irligi de-yarli ikki baravar oshadi. Qarilik davrida bez
tarkibida ohak moddasi to‘planadi.Epifiz gormoni jinsiy bezlarning
rivojlanishini me' yorda ushlab turadi. Bez faoliyati susaysa, jinsiy
bezlar tezroq rivolanib, qiz va o‘g‘il bolalar ertaroq balog‘atga yetadi. Ortiqsimon
bez III qorincha tepa qismidan rivojlanadi. Buyrak usti bezi (glandula suprarenalis)
qalpoq shaklida, o‘ng va chap buyrak ustida joylashgan bo‘lib, unda old (fascies
anterior), orqa (fascies posterior) va pastki (fascies renalis) yuzalar tafovut etiladi.
Bezning og‘irligi 3-5 g. Tashqi yuzasi g‘adir-budur, uning old tomonida egatcha-
darvoza (hilus) ko‘rinib turadi.
Bezni qoplab turgan pardadan chiqgan o simta-lar uni bir nechta bo laklarga
ajratadi. Bez tashqi sarg'imtir po'stloq (cortex) va ichkarisida joy-lashgan goramtir
miya (medulla) qismidan tu-zilgan. Po'stloq qismi va miya qismi tuzilishi,
rivolanishi va bajaradigan ishi jihatidan bir-biridan farq qiladi. Bezning og'irligi
yangi tug'ilgan bolalarda 3-4 g bo'lsa, 8-10 yoshlarga borib 1-1,5 marta kattalashadi,
20 yoshlik davrda esa bezning og'irligi o'rtacha 11-13 g ga tenglasha-di. Qarilik
davriga borganda bez hajmi asta-sekin kamaya boshlaydi.
Postloq qismi mezodermadan rivojlanib, turli gormonlar ishlab chiqaradigan
qon tomir va nervlarga boy epiteliy hujayralardan paydo bo‘lgan uchta sohadan
iborat. Bezning bu qismidan ishlanib chiqadigan aldosteron gormoni organizmda
suv-tuz almashinishi jarayoniga ta'sir etsa, gidrokortizon gormoni oqsil, yog' va
uglevod almashinishi jarayonida ishtirok etib, organizmning kasalliklarga qarshilik
ko‘rsatish kuchini oshiradi, yallig‘lanishning tez tuzalishini ta'minlaydi. Bezda
ishlangan jinsiy gormonlar esa jinsiy bezlarga ta'sir etadi. Buyrak usti bezi po'stloq
gismining faoliyati pasaygan vaqda organizmning turli kasalliklarga qarshilik
J
ournаl of Аnаlyticаl Synergy аnd
Scientific Horizon ISSN: 3060-5261
Volume 1, Issue 2, Series C 2025
16
ko‘rsatish qobiliyati ham pasayadi, hatto kasallikka olib keladi
(odam terisi bronza rangiga o‘xshab qoladi).
Aksincha, bezning po‘stloq qismi funksiyasi ortganda jinsiy
bezlarning gormon ishlab chiqarish faoliyati kuchayadi va
o‘spirinlar tezroq balog‘atga yetadi.
Bezning miya qismi ektodermadan (simpatik tugunlari o‘sadigan joydan)
rivojlanadi. Bu qismga adrenalin yoki xromaffin sistemasi deyiladi. Bezning miya
qismidan adrenalin va noradrenalin gormonlari ishlanadi. Adrenalin yurak qisqarish
faoliyatini oshiradi, qon tomirlarni sig‘adi. Ichak devorlarining siqilish qobiliyatini
(ichak peristaltikasini) pasaytiradi. Bronxlarni kengaytiradi.
Innervatsiyasi:
n.splanchnicus major plexus coeliacus.
Qon tomirlari:
a.suprarenalis superior (a. phrenica inferior), media (aorta
abdominalis) et inferior (a.renalis).
Xullas, ichki sekretsiya bezlari organizmni o‘zi ishlab chiqargan maxsus
gormonlar orqali gumaral boshqarishda ishtirok etuvchi organizm sistemasi ekan.
Ichki sekretsiya bezlari ishlab chiqarilgan gormonlar qonga chiqib organizmga
tarqaladi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI:
1.
Odam anatomiyasi darslik U.M.Mirsharapov, Z.Sh.Sodiqova,
S.M.Ahmedova, X.X.Pulatov.
2.
Wikipidia internet sayti.
3.
Sun’iy intellect internet platformasi.
4.
Odam anatomiyasi darlik atlas N.K.Ahmedov.
