Authors

  • Kamoliddin Usmonov
    “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo’jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti”
  • Zebuniso Sobirova
    Milliy tadqiqot universtiteti

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.jassh.71931

Keywords:

behi sharbat texnologiya oziq-ovqat sanoati saqlash konservatsiya biofaol moddalar antioksidantlar vitaminlar ekologik toza mahsulot.

Abstract

Mazkur maqolada behi mevasidan sharbat ishlab chiqarish texnologiyasi o‘rganildi. Maqolada behining kimyoviy tarkibi, oziq-ovqat sanoatida ahamiyati va uni qayta ishlash jarayonlari tahlil qilindi. Behi sharbati tayyorlashning turli usullari o‘rganilib, fizik-kimyoviy va organoleptik ko‘rsatkichlar asosida optimal texnologiya aniqlanadi. Mahsulotning saqlash muddati va sifat ko‘rsatkichlarini oshirish uchun konservatsiya usullari, past haroratda saqlash va tabiiy stabilizatorlardan foydalanish imkoniyatlari ko‘rib chiqildi. Shuningdek, sharbat tarkibidagi biofaol moddalar, antioksidantlar va vitaminlar saqlanishiga ta’sir etuvchi omillar tahlil qilindi. Natijada oziq-ovqat sanoati uchun yangi texnologik yechimlar yaratishga asos bo‘lib, ekologik toza va foydali mahsulot ishlab chiqarish imkoniyatlarini kengaytiradi.


background image

J

ournаl of Аnаlyticаl Synergy аnd

Scientific Horizon ISSN: 3060-5261
Volume 1, Issue 2, Series C 2025

32

BEHI MEVASIDAN SHARBAT TAYYORLASH

TEXNOLOGIYASI

Usmonov Kamoliddin Eshqulovich,

Sobirova Zebuniso Qobiljon qizi

“Toshkent irrigatsiya va qishloq xo’jaligini

mexanizatsiyalash muhandislari instituti”

Milliy tadqiqot universtiteti

Annotatsiya

. Mazkur maqolada behi mevasidan sharbat ishlab chiqarish

texnologiyasi o‘rganildi. Maqolada behining kimyoviy tarkibi, oziq-ovqat sanoatida

ahamiyati va uni qayta ishlash jarayonlari tahlil qilindi. Behi sharbati tayyorlashning

turli usullari o‘rganilib, fizik-kimyoviy va organoleptik ko‘rsatkichlar asosida

optimal texnologiya aniqlanadi. Mahsulotning saqlash muddati va sifat

ko‘rsatkichlarini oshirish uchun konservatsiya usullari, past haroratda saqlash va

tabiiy stabilizatorlardan foydalanish imkoniyatlari ko‘rib chiqildi. Shuningdek,

sharbat tarkibidagi biofaol moddalar, antioksidantlar va vitaminlar saqlanishiga

ta’sir etuvchi omillar tahlil qilindi. Natijada oziq-ovqat sanoati uchun yangi

texnologik yechimlar yaratishga asos bo‘lib, ekologik toza va foydali mahsulot

ishlab chiqarish imkoniyatlarini kengaytiradi.

Kalit so‘zlar

: behi, sharbat, texnologiya, oziq-ovqat sanoati, saqlash,

konservatsiya, biofaol moddalar, antioksidantlar, vitaminlar, ekologik toza

mahsulot.

Аннотатция

. В данной работе изучается технология производства сока

из айвы. В статье анализируются химический состав айвы, её значение в

пищевой промышленности и методы переработки. Рассматриваются

различные технологии экстракции сока, а оптимальный метод определяется на

основе физико-химических и органолептических показателей. Для повышения


background image

J

ournаl of Аnаlyticаl Synergy аnd

Scientific Horizon ISSN: 3060-5261
Volume 1, Issue 2, Series C 2025

33

срока хранения и качества продукции исследуются методы

консервации, хранение при низких температурах и

использование натуральных стабилизаторов. Кроме того,

анализируются

факторы,

влияющие

на

сохранение

биологически активных соединений, антиоксидантов и

витаминов в составе сока. В результате полученные данные способствуют

разработке новых технологических решений в пищевой промышленности,

расширяя возможности производства экологически чистой и полезной

продукции.

Ключевые слова

: айва, сок, технология, пищевая промышленность,

хранение, консервация, биологически активные соединения, антиоксиданты,

витамины, экологически чистый продукт.

Annotation

.This study examines the technology of quince (Cydonia oblonga)

juice production. The article analyzes the chemical composition of quince, its

significance in the food industry, and its processing methods. Various juice

extraction techniques are studied, and the optimal technology is determined based

on physicochemical and organoleptic indicators. To improve shelf life and quality

characteristics, preservation methods, low-temperature storage, and the use of

natural stabilizers are considered. Additionally, factors affecting the retention of

bioactive compounds, antioxidants, and vitamins in the juice are analyzed. As a

result, the findings contribute to the development of new technological solutions in

the food industry, expanding opportunities for producing eco-friendly and

nutritionally valuable products.

Keywords

: quince, juice, technology, food industry, storage, preservation,

bioactive compounds, antioxidants, vitamins, eco-friendly product.


background image

J

ournаl of Аnаlyticаl Synergy аnd

Scientific Horizon ISSN: 3060-5261
Volume 1, Issue 2, Series C 2025

34

Behi qadimdan insoniyat tomonidan yetishtirilgan va turli

maqsadlarda ishlatilgan qimmatli mevalardan biridir. O‘zining

xushbo‘y hidi, o‘ziga xos nordon-tetiklantiruvchi ta’mi va

shifobaxsh xususiyatlari bilan ajralib turadi. Behi ra’nodoshlar

oilasiga mansub bo‘lib, asosan Markaziy Osiyo, Kavkaz,

Ozarbayjon, Eron, Ukraina va O‘zbekiston kabi hududlarda yetishtiriladi.

O‘zbekistonda behi yetishtirish Farg‘ona vodiysida keng rivojlangan bo‘lib,

mamlakatdagi umumiy behizorlarning 80% ga yaqin qismi aynan shu hududga

to‘g‘ri keladi. Behi tarkibida suv (75–85%), uglevodlar (15–18%), organik kislotalar

(0.5–1.5%), tanin moddalar, vitaminlar (B1, B3, B6) hamda kaliy, kalsiy, rux va

foliy kislotasi mavjud. Ushbu tarkibiy elementlar behini inson salomatligi uchun

foydali mahsulot sifatida baholashga asos yaratadi. Xususan, behi sharbati organizm

uchun muhim bo‘lgan biofaol moddalar, antioksidantlar va efir moylari bilan boy

bo‘lib, ichki organlar faoliyatini yaxshilash va immunitetni mustahkamlashda

muhim rol o‘ynaydi. Behi mevasi qayta ishlashga yaroqli mevalar qatoriga kirib,

undan turli xil mahsulotlar, jumladan, murabbo, jem, kompot, sukat va sharbat ishlab

chiqariladi. Ayniqsa, behi sharbati o‘zining tabiiyligi, boy kimyoviy tarkibi va

ozuqaviy qiymati bilan ajralib turadi. Shu sababli ushbu mahsulot oziq-ovqat

sanoatida keng qo‘llaniladi. Ushbu maqolada behi sharbatini ishlab chiqarish

texnologiyasi chuqur o‘rganilib, xom ashyoni tayyorlash, sharbat olish usullari,

sifatni saqlash va mahsulot barqarorligini ta’minlash usullari tahlil qilinadi.

Shuningdek, ishlab chiqarish jarayonida qo‘llaniladigan innovatsion texnologiyalar

va tabiiy stabilizatorlar sharbat sifatiga qanday ta’sir qilishi ilmiy asosda ko‘rib

chiqiladi. Tadqiqot natijalari oziq-ovqat sanoati uchun yangi texnologik yechimlar

ishlab chiqishga hamda ekologik toza va foydali mahsulotlar ishlab chiqarish

imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qiladi.


background image

J

ournаl of Аnаlyticаl Synergy аnd

Scientific Horizon ISSN: 3060-5261
Volume 1, Issue 2, Series C 2025

35

Behi sharbatini ishlab chiqarish texnologiyasi.

Behi sharbati

ishlab chiqarish texnologiyasi bir necha asosiy bosqichlardan iborat

bo‘lib, har bir jarayon mahsulot sifatini ta’minlash va uning foydali

xususiyatlarini maksimal darajada saqlab qolishga xizmat qiladi.

Avvalo xomashyo tayyorlanadi. Behi mevasi yuvib, tozalanadi. Bu

jarayon MIKIM rusumli uskunasida amalga oshirilishi mumkin. Uskunada 1000 kg

gacha meva yuvishga mo’ljallangan bo’lib, 8-15tagacha cho’tkadan iborat. Bu

uskuna mevani yuvishda samarali va yuqori unumdorlikka ega hisoblanadi. Bu

uskunada mevalarni cho’tka bilan birgalikda mukammal yuvishga erishiladi. Sababi

behi mevasi ustki qismi mumdan tashkil topganligi uchun biz cho’tkali yuvishdan

foydalanishimiz maqsadga muvofiq bo’ladi. Keyingi bosqich esa maydalash va

ezish jarayoni bo’lib, bu bosqich TPP-ZZ25 rusumli maydalagichda amalga

oshiriladi. Bu bosqichda mevalarni maydalab, sharbat ajratishga tayyorlanadi. TPP-

ZZ25 maydalagich soatiga 2-3 tonnagacha mevani qayta ishlash quvvatiga ega va

zanglamaydigan po’latdan yasalgan. Keyingi jarayon sharbat ajratish ya’ni siqish

bosqichidir. Mevalardan sharbat tayyorlashda presslardan foydalanamiz va behi

mevasidan sharbat tayyorlashda esa Bucher HP5000 gidravlik press asosida yuqori

bosim ostida sharbat ajratishimiz mumkin. Sharbatni tiniq bo’lishi va ortiqcha qattiq

zarrachalardan tozalash uchun filtratsiya va tiniqlashtish jarayoni amalga oshiriladi.

Bunda Diemme Filtration kompaniyasining GHT-P modeli orqali yuqori samarali

ish bajarilishi mumkin. Bu bosqichda biz sharbatning tarkibidagi qattiq moddalarni

bartaraf qilishga erishiladi. Bilamizki, behi mevasi tarkibidagi tosh (skleroit)

hujayralari mavjudligi sababli yaxshi filtrlash lozim va buni aynan GHT-P modeli

amalga oshiradi. Keyingi bosqich goomogenizatsiya bo’lib, bu sharbatni yuqori

bosimda sharbat ichidagi zarrachalar parchalanib, teng taqsimlanadi bu maxsus

gomogenizator APV-1000 uskunada bajariladi. So’nggi jarayonlardan biri

sterilizatsiya jarayoni bo’lib, bu jarayon orqali sharbat tarkibidagi mikroblar va

mikroorganizmlarni yo’qotish, mahsulotni xavfsizlantirish uchun amalga oshiriladi.


background image

J

ournаl of Аnаlyticаl Synergy аnd

Scientific Horizon ISSN: 3060-5261
Volume 1, Issue 2, Series C 2025

36

Sterilizatsiya jarayoni 100-150 gradus issiqlikda amalga oshiriladi.

Sterilizatsiya jarayoni mahsulotni uzoq va sifatli saqlash uchun

amalga oshiriladi. Sharbatlar maxsus harorat va omborlarda 6-12

oygacha saqlanadi. Sterilizatsiya jarayoni Alfa Laval Steri Therm

DSI uskunasi orqali to’g’ridan-to’g’ri bug’ orqali sharbatni tezda

qizdirib, keyin sovutiladi. Bu usul orqali sharbatning ozuqaviy qiymati yaxshi

saqlanib qoladi. Behi sharbatini uzoq va sifatli saqlash uchun aseptik qadoqlash

usulidan foydalanamiz. Bunda tetropak qadoqlash materialidan foydalaniladi.

Tetropak qadoqlash materiali 5 ta qavatdan tashkil topgan bo’lib, sharbatlarni

qadoqlashda eng samarador material hisoblanadi. Bunda Tetro Pak A3/Flex

uskunasida bajariladi. Bu uskuna yuqori tezlikda ishlash imkoniyatiga ega va turli

hajmdagi qadoqlarni to’ldirish uchun mo’ljallangan. Oxirgi bosqich bu markirovka

va etiketkalash bo’lib, bunda mahsulot ishlab chiqarilgan sana va yaroqlilik muddati,

tarkibi, saqlash sharoiti va shu kabi ma’lumotlarni keltirib o’tish lozim. Buning

uchun avtomatik etiketkalash uskunalari ishlatiladi. Saqlash sharoiti maxsus

omborlarda 0-5 gradus haroratda namlik nazorat qilingan sharoitda saqlanadi.

Sharbat turiga qarab maxsus qo’shimchalar qo’shiladi. Masalan suyultirilgan

sharbatlarda suv va shakardan foydalanamiz. Sharbatning kislotaligini

muvozanatlashtirish uchun limon kislotasi yoki askorbin kislotadan foydalanamiz.

Agar sharbat quyultrilgan bo’lsa, pectin(E412) dan foydalaniladi. Sharbatni uzoqroq

saqlash uchun esa Kaliy sorbat, natriy benzoat kabi konservantlardan foydalaniladi.

Kaliy sorbat mog’orva achish jarayonini oldini oladi. Natriy benzoat esa bakteriya

va mikroorganizmlarni o’ldirish uchun xizmat qiladi.


background image

J

ournаl of Аnаlyticаl Synergy аnd

Scientific Horizon ISSN: 3060-5261
Volume 1, Issue 2, Series C 2025

37

1-2-rasm. Behi mevasidan sharbat olish uchun o’tkazilgan tajriba jarayoni.

Natija va ularning tahlili.

Behi mevasidan tabiiy sharbat tayyorlash jarayonida biz avval mevani

yaxshilab yuviladi va maydalanadi. Keyingi bosqichda esa maydalangan mevani

presslash jarayonini amalga oshiramiz. Presslash jarayonida behi mevasining

pulpasini 3 marotabagacha presslab sharbat siqib olishimiz mumkin. Har bir

operatsiyada yoqotishlar umumiy 5-30 % gacha bo’lishi mumkin. Meva yuvilganda

o’rtacha 4 % yo’qotish bo’ladi, bunda yaroqsiz va texnik shikastlangan mevalar

hisobiga bo’ladi. Maydalash jarayonida esa 4-7% qobiqlar, urug’lar hisobiga

yo’qotishlar yuzaga keladi. Presslash ya’ni sharbat ajratish jarayonida 10-20% gacha

yo’qotishlarni ko’rishimiz mumkin. Filtratsiya jarayonida esa 10%gacha

yo’qotishlar paydo bo’ladi, bunga sabab cho’kmalar va tolalar aynan fitratsiya

jarayonida yuzaga keladi. Shu tariqa, gomogenizatsiyada 1-3%, pasterizatsiyada 1-

5%, qadoqlash jarayonida esa 1%gacha yo’qotishlar yuzaga keladi. Tajriba

jarayonida umumiy 30 % yo’qotishlar bo’ldi. Pressdan siqib olingan sharbat 3

marotaba filtrlandi. Filtrlangan sharbat gomogenizatsiya qilib bir me’yorga keltirildi

so’ng sharbatimiz tabbiy usulda bo’lgani uchun 80 gradusda 50 soniya

pasterilizatsiya qilindi. Agar sharbatni uzoqroq muddat saqlamoqchi bo’lsak,

sterilizatsiya usulidan foydalanishimiz maqsadga muvofiq bo’ladi. Oxirgi jarayon

0.5 litr hajmda shisha bankalarga qadoqlandi. Sharbat tabiiy usulda tayyorlangni


background image

J

ournаl of Аnаlyticаl Synergy аnd

Scientific Horizon ISSN: 3060-5261
Volume 1, Issue 2, Series C 2025

38

uchun shisha bankalarga qadoqlash maqsadga muvofiq bo’ladi.

Chunki tabiiy sharbat tez iste’mol qilinganligi tufayli shisha

bankalarda qadoqlashimiz mumkin.

Jami 16 kg behi mevasi

Umumiy

yo’qotishlar

30%

Yuvish va saralash

4%

Maydalash

6%

Sharbat

ajratish,

presslash

10%

Filtratsiya

va

tiniqlashtirish

5%

Gomogenizatsiya

2%

Pasterilizatsiya

2%

Qadoqlash va saqlash

1%

16 kg behi mevasidan tayyorlangan sharbatda umumiy 11 litr sharbat hosil

bo’ldi. 11 litr sharbat 0.5litr hajmdagi shisha bankalarga jami 22 ta shisha banka

sarflandi.

3-rasm. Tabiiy behi sharbati.

Xulosa o’rnida aytish mumkinki,

hozirgi kunda O’zbekistonda behi mevasidan tayyorlangan sharbatlarni deyarli

uchratmaymiz. Bunga behidan sharbat tayyorlash texnologiyasidagi ba’zi

kamchiliklar yoki qiyinchiliklar sabab bo’lisi mumkin. Masalan, behi mevasida tosh


background image

J

ournаl of Аnаlyticаl Synergy аnd

Scientific Horizon ISSN: 3060-5261
Volume 1, Issue 2, Series C 2025

39

hujayralar va qattiq tolalar bo’lganligi sabab kam sharbat ajralishi

mumkin, bunda biz sifatli presslash uskunalaridan foydalanishimiz

maqsadga muvofiq bo’ladi. Yana bir sabab behidantayyorlangan

sharbat nordonligi yuqoriroq, ammo shirani muvozanatqilish uchun

yaxshi filtrlanish yoki shirin olma bilan kupajlangan sharbat olish

muammoning yechimi bo’ladi va shu bilan birga nordonlikni yo’qotish uchun

maxsus qiyom tayyorlab, qo’shishham muammoni yechimi bo’la oladi. Umumiy

olganda behi sharbati tayyorlash texnologiya biroz qiyin va ko’proq harajatlar talab

qlishi mumkin. Shunga qaramay, biz sifatli sharbat tayyorlay olsak, sharbat sifatiga

kafolatlansa, bu harajatlar o’z o’zini to’liq qoplay oladi. Behi sharbati ko’pgina

vitaminlari inson organizmi uchun foydali hisoblanib, biz behini sharbatini hatto

yo’talda ham qo’llashimiz mumkin. Behidan ajralgan chiqitlardan esa bizqayta

ishlab pektin olishga erishishimiz mumkin. Albatta, yaxshiva sifatli uskunalar

sharbat tayyorlanish jarayonidagi yo’qotishlarni kamaytirishga imkon beradi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI:

1. Shaumarov X.B. Islamov S.Ya. Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini saqlash va

birlamchi qayta ishlash texnologiyasi. Toshkent, 2011.

2. Bo‘riyev X.CH., Jo‘rayev R., Alimov O., Meva-sabzavotlarni saqlash va

ularga dastlabki ishlov berish (o‘quv qo‘llanma). – T.: ToshDAU, 2003.

3. Sindarov O.X Mevachilik va sabzavotchilik. Darslik.

4. Shaumarov X.B. Islamov S.Ya. Qishloq xo’jaligi mahsulotlarini saqlash va

birlamchi qayta ishlash texnologiyasi. Toshkent, 2011.

5 Tursunxo’jaev T.L. Qishloq xo’jaligi mahsulotlarini saqlash va qayta ishlash

texnologiyasi. - T., 2006.

References

Shaumarov X.B. Islamov S.Ya. Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini saqlash va birlamchi qayta ishlash texnologiyasi. Toshkent, 2011.

Bo‘riyev X.CH., Jo‘rayev R., Alimov O., Meva-sabzavotlarni saqlash va ularga dastlabki ishlov berish (o‘quv qo‘llanma). – T.: ToshDAU, 2003.

Sindarov O.X Mevachilik va sabzavotchilik. Darslik.

Shaumarov X.B. Islamov S.Ya. Qishloq xo’jaligi mahsulotlarini saqlash va birlamchi qayta ishlash texnologiyasi. Toshkent, 2011.

Tursunxo’jaev T.L. Qishloq xo’jaligi mahsulotlarini saqlash va qayta ishlash texnologiyasi. - T., 2006.