O‘ZBEKISTONDA KOREYS TILINI O‘RGANUVCHILAR SONINING OSHISHIGA TA’SIR QILUVCHI OMILLAR

Abstract

Ushbu maqolada O‘zbekistonda koreys tiliga bo‘lgan qiziqishning ortib borishi va bunga ta’sir qiluvchi omillar tahlil qilinadi. Tadqiqot koreys tilining ommaviylashuviga sabab bo‘luvchi asosiy omillar – Janubiy Koreyaning iqtisodiy aloqalari, madaniy ta’siri (K-pop, K-dramalar, filmlar), ta’lim grantlari va ish imkoniyatlari kabi jihatlarni o‘z ichiga oladi. Shuningdek, o‘quvchilarning koreys tilini o‘rganishdagi motivatsiyasi, duch kelayotgan qiyinchiliklari va ushbu tilni o‘rganishga ta’sir qiluvchi omillar bo‘yicha statistik ma’lumotlar keltiriladi. Shu bilan birga O’zbekiston va Koreya madaniy aloqalarini yanada yaxshilashga qaratilgan ishlarning tahlili va shunga qo’shimcha tarzda uni yaxshilash uchun fikrlar mulohazalar beriladi.

Journal of analytical synergy and scientific horizon
Source type: Journals
Years of coverage from 2024
inLibrary
Google Scholar
https://zenodo.org/records/16744128
CC BY f
130-136

Downloads

Download data is not yet available.
To share
Shahrizoda Sayfiyeva. (2025). O‘ZBEKISTONDA KOREYS TILINI O‘RGANUVCHILAR SONINING OSHISHIGA TA’SIR QILUVCHI OMILLAR. Journal of Analytical Synergy and Scientific Horizon, 1(1), 130–136. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/jassh/article/view/132023
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

Ushbu maqolada O‘zbekistonda koreys tiliga bo‘lgan qiziqishning ortib borishi va bunga ta’sir qiluvchi omillar tahlil qilinadi. Tadqiqot koreys tilining ommaviylashuviga sabab bo‘luvchi asosiy omillar – Janubiy Koreyaning iqtisodiy aloqalari, madaniy ta’siri (K-pop, K-dramalar, filmlar), ta’lim grantlari va ish imkoniyatlari kabi jihatlarni o‘z ichiga oladi. Shuningdek, o‘quvchilarning koreys tilini o‘rganishdagi motivatsiyasi, duch kelayotgan qiyinchiliklari va ushbu tilni o‘rganishga ta’sir qiluvchi omillar bo‘yicha statistik ma’lumotlar keltiriladi. Shu bilan birga O’zbekiston va Koreya madaniy aloqalarini yanada yaxshilashga qaratilgan ishlarning tahlili va shunga qo’shimcha tarzda uni yaxshilash uchun fikrlar mulohazalar beriladi.


background image

SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE

THE

FUTURE STARTS WITH US: TOWARDS THINKING,
TECHNOLOGY AND SUSTAINABLE DEVELOPMENT

V

О

LUME 1. ISSUE 1. 2025

130

O‘ZBEKISTONDA KOREYS TILINI

O‘RGANUVCHILAR SONINING OSHISHIGA TA’SIR

QILUVCHI OMILLAR

Shahrizoda Sayfiyeva Bekmurod qizi

shahrizodasayfiyeva045@gmail.com

O’zbekiston davlat Jahon tillari unversiteti

Sharq filalogiyasi fakulteti, 1-kurs talabasi

Annotatsiya:

Ushbu maqolada O‘zbekistonda koreys tiliga bo‘lgan

qiziqishning ortib borishi va bunga ta’sir qiluvchi omillar tahlil qilinadi. Tadqiqot

koreys tilining ommaviylashuviga sabab bo‘luvchi asosiy omillar –

Janubiy

Koreyaning iqtisodiy aloqalari, madaniy ta’si

ri (K-pop, K-

dramalar, filmlar), ta’lim

grantlari va ish imkoniyatlari kabi jihatlarni o‘z ichiga oladi. Shuningdek,

o‘quvchilarning koreys tilini o‘rganishdagi motivatsiyasi, duch kelayotgan

qiyinchiliklari va ushbu tilni o‘rganishga ta’sir qiluvchi omillar bo‘yicha statistik

ma’lumotlar keltiriladi. Shu bilan birga O’zbekiston va Koreya madaniy aloqalarini

yanada yaxshilashga qaratilgan ishlarning tahlili va shunga qo’shimcha tarzda uni

yaxshilash uchun fikrlar mulohazalar beriladi.

Kalit so‘zlar:

Koreys tili, O‘zbekiston, til o‘rganish, K

-pop, koreys

madaniyati, xalqaro hamkorlik, ta’lim, grantlar, til kurslari

Аннотация:

В данной статье анализируется растущий интерес к

корейскому языку в Узбекистане и факторы, влияющие на него. Исследование

охватывает такие аспекты, как основные факторы, способствующие

популяризации корейского языка –

экономические связи Южной Кореи,

культурное влияние (

K-pop, K-

драмы, фильмы), гранты на образование и

возможности трудоустройства. В нем также приводится статистика мотивации


background image

SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE

THE

FUTURE STARTS WITH US: TOWARDS THINKING,
TECHNOLOGY AND SUSTAINABLE DEVELOPMENT

V

О

LUME 1. ISSUE 1. 2025

131

учащихся к изучению корейского языка, трудности, с которыми

они сталкиваются, и факторы, влияющие на изучение этого

языка. В то же время будет дан анализ работы, направленной на

дальнейшее улучшение культурных связей Узбекистана и Кореи, а также

отзывы о том, как ее улучшить.

Ключевые слова:

Корейский язык, Узбекистан, изучение языка,

K-pop,

корейская культура, международное сотрудничество, образование, гранты,

языковые курсы.

Abstract:

This article analyzes the growing interest in the Korean language in

Uzbekistan and the factors influencing it. The study covers such aspects as the main

factors contributing to the popularization of the Korean language

South Korea's

economic ties, cultural influence (K-pop, K-dramas, films), educational grants and

employment opportunities. It also provides statistics on students' motivation to learn

Korean, the difficulties they face, and the factors that influence learning the

language. At the same time, an analysis of the work aimed at further improving

cultural ties between Uzbekistan and Korea will be given, as well as feedback on

how to improve it.

Keywords:

Korean language, Uzbekistan, language learning, K-pop, Korean

culture, international cooperation, education, grants, language courses.

Bugungi kunda bir nechta xorijiy tilni o’rganish tobora muhim ahamiyat kasb

etmoqda. Chet tilini bilish ish bilan ta’minlash imkoniyatlarini ochishdan tashqari,

odamlar bilan haqiqiy aloqa o’rnatishga va turli madaniyatlar, joylar va turmush

tarzi haqida k

o’proq bilishga yordam beradi. Bu borada ko’plab olimlar o’z

munosabatlarini bildirishgan. Mana shunday olimlardan biri, amerikalik tilshunos


background image

SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE

THE

FUTURE STARTS WITH US: TOWARDS THINKING,
TECHNOLOGY AND SUSTAINABLE DEVELOPMENT

V

О

LUME 1. ISSUE 1. 2025

132

Edvard Sapir tilning inson tafakkuri va madaniyatiga ta’siri haqida

shunday degan edi: "Til

bu inson tafakkuri va madaniyatini

shakllantiruvchi kuchli omildir. Har bir til o‘ziga xos dunyoqarashni

ifodalaydi va shu tilda so‘zlashuvchilar ongiga ta’sir ko‘rsatadi." Uning fikricha, til

nafaqat muloqot vositasi, balki inson dunyoqarashi va fikrlash tarzini ham

shakllantiradi. Shu sababli, har bir til o‘zining noyob madaniy va ijtimoiy

xususiyatini aks

etadi. Buning yaqqol misoli sifatida so‘nggi yillarda

ma

mlakatimizda nadaqat O’zekistonda balki butun dunyoda koreys tiliga bo‘lgan

qiziqish sezilarli darajada oshdi. Bunga Janubiy Koreyaning iqtisodiyotida tutgan

o’rni, madaniy mahsulotlarining (K

-pop, K-dramalar) asosan yoshlar orasida keng

ommaviylashuvi,

ta’lim va ish imkoniyatlari kabi bir qancha omillar sabab

bo‘lmoqda.

Janubiy Koreyaning global iqtisodiyotga ta’siri shundaki, Samsung, Hyundai,

LG, Lotte kabi yirik kompaniyalarning jahon bozoridagi muvaffaqiyatidan ham

ko’rish mumkin. 1997

-

yil sentabr oyida Venchur biznesini qo’llab

-quvvatlash

bo’yicha maxsus qonun qabul

qilingandan so’ng to’rtta eng yirik konlomeratlar

-

Samsung, Hyundai, LG, va SK-

va boshqalar o’z faoliyatni boshladi. 2004

- yilga

kelib fan va texnalogiyani rivojlantirishga jami investitsiyalar 19 milliard dollar

yetdi va bu mamalakat yalpi ichgi mahsuotining 2,85 foizini tashkil etdi.

Shu bilan birga Samsung, Hyundai, LG, Lotte kabi kompaniyalar Koreyaning

iqtisodiy qudratini namoyish etadi va global bozorlar orqali koreys tilining

tarqalishiga ta’sir ko‘rsatadi. Ular faqat texnologiya yoki sanoat sohalarida emas,

balki madaniy almashuv va til o‘rganishda ham muhim rol o‘ynaydi. Ularning

muvaffaqiyati Koreya madaniyatiga global e’tibor qaratmoq

da. Misol sifatida K-pop

musiqalarining yoshlar o’rtasida keng targib qilinishi tilni o’rganishga bolgan

qiziqishni oshirishning yana bir yo’li. Qo’shimcha tarzda shunday deyish mumkinki,


background image

SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE

THE

FUTURE STARTS WITH US: TOWARDS THINKING,
TECHNOLOGY AND SUSTAINABLE DEVELOPMENT

V

О

LUME 1. ISSUE 1. 2025

133

K-

popning global ta’siri orqali Koreyaning "Hallyu" (Koreya to‘lqini)

madaniyati tarqalmoqda. Shu o’rinda savol tug’iladi K

-

pop o’zi nima?

K-pop

(inglizcha Korean Pop) Janubiy Koreya madaniyatining bir

qismi sifatida Janubiy Koreyada paydo boʻlgan mashhur musiqa shakli. U an'anaviy

koreys musiqasi ildizlariga qo'shimcha ravishda pop, hip-hop, R&B, eksperimental,

rok, jaz, gospel, reggi, elektron raqs, folklor, country, disko va klassika kabi

dunyoning turli uslublari va janrlarini o'z ichiga oladi. K-pop janri 1990-yillarda

shakllana boshlagan bo‘lib, Seo Taiji and Boys guruhi 1992

-yilda Janubiy Koreya

musiqiy sahnasini o‘zgartirgan. Ularning musiqasi G‘arb uslubidagi pop va hip

-hop

elementlarini Koreya an‘anaviy musiqasi bilan uyg‘unlashtirgan edi.Koreya san’ati

va madaniyati dunyoning turli burchaklarida faol ravishda qabul qilinmoqda. 1990-

yillarning oxiri va 2000-

yillarning boshlarida ko’plab guruhlar mashhurlikka

erishdi. 2000-

yillarning o‘rtalaridan boshlab, K

-pop xalqaro sahnada tanila

boshladi. 2010-yillarga kelib esa BIGBANG, Girls' Generation, EXO, BTS,

BLACKPINK kabi guruhlar orqali global fenomenga aylandi. Misol uchun,

BTS

va

BLACKPINK

kabi guruhlar global miqyosda rekordlar o‘rnatmoqda va Koreya

madaniyatini jahon bo‘ylab targ‘ib qilmoqda. Koreya iqtisodiyotiga K

-popning

ta’siri juda katta. "Hallyu" (Koreya to‘lqini) orqali K

-pop, Koreyaning madaniy

eksportini 2021-yilda 12,3 milliard dollarga etkazdi. Bu nafaqat musiqani, balki

modani, kosmetikani, televizion seriallarni va boshqa madaniy mahsulotlarni ham

o‘z ichiga oladi. Aynan mana shunday omillar koreys tili organishga bo’lgan

qiziqishni yanada oshirishga xizmat qilmoqda.

Koreya Respublikasi O„zbekistonning mustaqilligini birinchilardan bo’lib,

ya’ni 1991

-

yilning oxirlarida tan olgan, diplоmatik aloqalar 1992

-yil 29-yanvarda

o’rnatilgan. O’tgan 30 yillik davr mobaynida har ikki tomon davlat rahbarlari

o’rtasida oliy darajadagi 17 ta uchrashuv o„tkazilgan. Ushbu uchrashuvlarning har

birida tomonlar siyosiy, savdo-

iqtisоdiy, madaniy

-gumanitar aloqalarni


background image

SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE

THE

FUTURE STARTS WITH US: TOWARDS THINKING,
TECHNOLOGY AND SUSTAINABLE DEVELOPMENT

V

О

LUME 1. ISSUE 1. 2025

134

rivojlantirish yuzasidan muhim ahamiyatga ega bo„lgan kelishuvlarga

erishganlar. Mamlakatimiz rahbari Islom Karimovning 1992-1995-

1999-yillarda Koreya Respublikasiga va Koreya Respublikasi

prezidentining 1994-

yilda Oʻzbekistonga rasmiy tashriflari chogʻida imzolangan

hujjatlar oʻzaro hamkorlikning huquqiy poydevorini yaratdi. Bir necha yillar

davomida nafaqat ikki mamlakat rahbarlari balki siyosatshunoslar ham ko’rishib

turishadi. Masalan, Koreya Milliy assambleyasi spikeri Pak Byon Sok 2021-yil 5-

aprel ku

ni rasmiy tashrif bilan Oʻzbekistonga keldi. Ushbu tashrifda Senat raisi

Tanzila Norboyeva va Qonunchilik palatasi spikeri Nurdin Ismoilovning Koreya

Milliy assambleyasi spikeri Koreya Pak Byon Sok bilan uchrashuvlarini oʻtkazilgan.

1999-

yilda oʻzaro tovar

aylanmasi hajmi salkam 526,8 mln. AQSH dollariga yetdi.

Koreya Respublikasi Oʻzbekistondan paxta tolasi, ip gazlama, kalava ip, elektr

asbob-

uskuna, xom teri, ipak, kimyoviy oʻgʻit olib, Oʻzbekistonga transport

vositalari, elektr va mexaniq jihozlar, qora metall, kauchuk va rezina mahsulotlari,

boʻyoqlar, turli xil jihoz va apparatlar, toʻqimachilik mahsulotlari yuboradi.

Oʻzbekistonda koreys sarmoyasi ishtirokidagi 80 ga yaqin korxona boʻlib, ular

transport, elektronika, telekommunikatsiya, aloqa, toʻqima

chilik kabi sohalarga

mansub. „OʻzDEU avto“, „OʻzDEUelektroniks“, „Kabul

-

Oʻzbek kompani LTD“,

„OʻzSamsoʻngelektroniks“ kabi qoʻshma korxonalar shu jumlaga kiradi. Aynan

mana shunday korxonalarda faoliyat yuritishni maqsad qilgan insonlar avvalo

koreys tili

ni boshlang’ich darajada bo’lsa ham bilish talab etiladi. Yana bir tilni

o’rganishga bo’lgan sabablaridan biri bu katta maosh hisoblanadi. Yetkazib berish

xizmati (Pedal)

O‘rtacha maosh: Yetkazib beruvchilar, ayniqsa, oziq

-ovqat va onlayn

buyurtmalar bilan shug‘ullanuvchi xodimlar, kunlik daromad sifatida 150,000 von

(taxminan 110-115 dollar) dan 300,000 von (220-230 dollar) gacha olishi mumkin.

Ish haqi xodimning ish soatl

ari va tajribasiga bog‘liq. Soatiga hisoblaganda o‘rtacha


background image

SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE

THE

FUTURE STARTS WITH US: TOWARDS THINKING,
TECHNOLOGY AND SUSTAINABLE DEVELOPMENT

V

О

LUME 1. ISSUE 1. 2025

135

20,000 von (taxminan 15-

16 dollar) atrofida. Ko‘p ishlash va kechki

smenalar qo‘shimcha daromad keltiradi. Sharoitlar: Yetkazib berish

xizmati odatda faol va tezkor mehnat talab etadi. Ishchilar ko‘pincha

mototsikl yoki avtomobillar yordamida buyurtmalarni yetkazadilar, bu esa kechki

smenalarda va katta buyurtmalar paytida yaxshi daromad keltirishi mumkin. Oz

miqdorda bo’lsada koreys tilida gaplasha olish talab qilinadi.Aynan mana shuning

uchun ham tilni o’rganishga bo’lgan qiziqishlar tobora otrib, o’quvma

rkazlarning

tashkil qilinishiga sabab bo’lmoqda.

XULOSA

Hozirgi kunda koreys tiliga bo‘lgan qiziqish juda ortib bormoqda. Bu tilni

o‘rganishga bir nechta asosiy sabablar mavjud. Eng avvalo, Janubiy Koreya

madaniyati butun dunyoda mashhur bo‘lib bormoqda. Masalan, koreys seriallari

(doramalari), musiqasi (K-pop)

, filmlari va oshxonasi yoshlar orasida katta e’tibor

qozonmoqda. Shuning uchun ko‘plab yoshlar koreys tilini o‘rganib, sevimli

san’atkorlari yoki seriallarini tarjimasiz tushunishni istashadi.

Bundan tashqari, ta’lim va ish imkoniyatlari ham muhim sabab hisoblanadi.

Janubiy Koreyada xorijiy talabalar uchun keng imkoniyatlar mavjud. Ko‘plab grant

dasturlari, zamonaviy universitetlar va xalqaro tan olinadigan diplomlar bu tilni

o‘rganishga undaydi. Shuningdek, Koreyada ishlash yoki o‘z biznesini yo‘lga

qo‘ymoqchi bo‘lganlar uchun koreys tilini bilish katta afzallik hisoblanadi. Yana bir

muhim sabab

bu shaxsiy rivojlanish. Yangi til o‘rganish inson tafakkurini

kengaytiradi, xotira va diqqatni oshi

radi. Til o‘rganish orqali inson boshqa millat

madaniyatini tushunadi, o‘z qarashlarini boyitadi. Xulosa qilib aytganda, koreys

tilini o‘rganish madaniy zavq, ta’lim, ish va shaxsiy o‘sish kabi ko‘plab ijobiy

tomonlarga ega. Shu sababli har yili minglab in

sonlar bu tilni o‘rganishga qaror

qilmoqda.


background image

SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE

THE

FUTURE STARTS WITH US: TOWARDS THINKING,
TECHNOLOGY AND SUSTAINABLE DEVELOPMENT

V

О

LUME 1. ISSUE 1. 2025

136

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI:

1.

"Language: An Introduction to the Study of Speech" (1921)

2.

„Корея Миллий ассамблеяси спикери Ўзбекистонга келди —

фото“.

Bugun.uz. 2021-yil 12-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil
5-aprel.

3.

Hartong, Jan Laurens. Musical terms worldwide: a companion for the musical
explorer. Semar Publishers, 2006

15-bet.

4.

Laurie, Timothy (2016), „Toward a Gendered Aesthetics of K

-

Pop“, Global

Glam and Popular Music : Style and Spectacle from the 1970s to the 2000s:
214

231

5.

Obid Hakimov “The Korea Post” jurnali. O‟zbekiston Koreya iqtisodiy

hamkorlik istiqbollari.

https://review.uz/post/uzbekistan-koreya-perspektiv-

ekonomicheskogo

6.

https://uzbekjamiyati.wordpress.com/2018/03/18/koreyada-ish-haqqi-
maosh-oylik/

References

"Language: An Introduction to the Study of Speech" (1921)

„Корея Миллий ассамблеяси спикери Ўзбекистонга келди — фото“. Bugun.uz. 2021-yil 12-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 5-aprel.

Hartong, Jan Laurens. Musical terms worldwide: a companion for the musical explorer. Semar Publishers, 2006 — 15-bet.

Laurie, Timothy (2016), „Toward a Gendered Aesthetics of K-Pop“, Global Glam and Popular Music : Style and Spectacle from the 1970s to the 2000s: 214–231

Obid Hakimov “The Korea Post” jurnali. O‟zbekiston Koreya iqtisodiy hamkorlik istiqbollari. https://review.uz/post/uzbekistan-koreya-perspektiv-ekonomicheskogo

https://uzbekjamiyati.wordpress.com/2018/03/18/koreyada-ish-haqqi-maosh-oylik/