JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS
Volume–79_Issue-2_June-2025
125
125
AGRESSIV XULQ- ATVOR
Qo’qon Universiteti Ta’lim fakulteti
Pedagogika va Psixologiya o’qituvchisi
Olimov Saydullo
Qo’qon Universiteti talabasi
G’ofurjonova Umida
+998889573557
Annotatsiya
: Ushbu maqolada agressiv xulq-atvor , agressiyani tadqiq qilgan
jahon psixologlarining nazaryalari, tajriba natijalari va agressiyani keltirib
chiqaruvchi omillar haqida so’z boradi.
Kalit so’zlar:
Agressiya, shaxs, frustratsiya, affekt, nafrat, aversiv holat,
stressogen, stress.
Аннотация:
В статье рассматриваются агрессивное поведение, теории
мировых психологов, изучавших агрессию, экспериментальные результаты и
факторы, вызывающие агрессию.
Ключевые слова:
Агрессия, личность, фрустрация, аффект, отвращение,
аверсивное состояние, стрессоген, стресс.
Abstract:
This article discusses the theories of world psychologists who have
studied aggressive behavior, aggression, experimental results, and factors that cause
aggression.
Keywords:
Aggression, personality, frustration, affect, hatred, aversive state,
stressogen, stress.
Kirish
Shaxsga doir individual taraqqiyot samarasini hamda shaxslararo munosabatlarni
belgilovchi xulq-atvor va xatti-harakatlarning eng muhim xususiyatlaridan biri
agressivlikdir. Agressiya – bu odamlar, odamlar guruhiga nisbatan jismoniy va ruhiy
zarar yetkazishga qaratilgan individual yoki jamoaviy xatti-harakatlar majmui
hisoblanadi. Bugun insoniyat tarixi ishonchli tarzda shuni isbotlamoqdaki, agressiya
shaxs va jamiyat hayotining ajralmas qismiga aylanib bormoqda. Bundan tashqari,
agressiya ulkan tortishish kuchi va yuqumlilik xususiyatiga ega. Ko‘pchilik o‘zining
agressiv ekanini inkor etadi, ammo o‘zining kundalik hayotida esa, uni keng namoyish
qiladi. Aynan agressiv xulq-atvor shaxslararo nizolarning vujudga kelishiga va ularni
hal etishning asossiz yo‘llari paydo bo‘lishiga olib keladi. Insonlardagi shaxslararo
munosabatlarda namoyon bo‘luvchi xulq-atvor tiplaridan biri agressiyadir.
“Agressiya” tushunchasiga izoh berish qator qiyinchiliklarni tug‘diradi, chunki bu
atama ko‘plab xatti-harakat shakllarini ifodalaydi. . Odamlar biron kimsani agressiv
JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS
Volume–79_Issue-2_June-2025
126
126
shaxs sifatida tavsiflaganlarida, uni boshqalarni haqorat qiluvchi yoki badfeʼl, barcha
narsani o‘zi istaganidek qilishni istaydigan yoki o‘z g‘oyalarini qatʼiy himoya
qiladigan, yechimi yo‘q muammolar girdobiga o‘zini giriftor qiladigan inson kabi
taʼriflarni keltirishlari mumkin. Agressiya (lotincha aggressiō - hujum) - bu
odamlarning birgalikda yashashi me'yorlariga zid bo'lgan, hujum ob'ektlariga zarar
yetkazadigan, odamlarga jismoniy, ma'naviy zarar yetkazadigan yoki ularga psixologik
noqulaylik tug'diradigan motivatsiyalangan buzg'unchi xatti-harakatlar. Insonning
agressiv xatti-harakatlarga moyilligini turlicha tushuntirishga qaratilgan nuqtai
nazarlar ichida eng mashhuri U. Makdugoll, Z. Freyd, G. Marrey va boshqa
olimlarning «inson va hayvonlarda agressiyaning tug‘ma instinkti mavjud bo‘ladi»
degan qarashlaridir. Agressiv xulq-atvor haqidagi fikr- mulohazalar XX asr boshlarida
yuzaga keldi. Bu nazariya agressiya haqidagi dastlabki nazariya bo‘lib, unda
agressiyaning sababi frustratsiya nazariyasi bilan bog‘liq ravishda tahlil etilgan. Unga
ko'ra agressivlik frustratsiyaning oqibatidir. Bunday qarash birinchi marta D. Dollard
tomonidan ilgari surilgan. Ammo ushbu nuqtai nazar amaliyotda o‘z tasdig‘ini
topmadi. Agressiv xulq-atvor xususidagi ikkinchi nuqtai nazar L. Berkovichning
ijtimoiy bilish nazariyasida keltiriladi. Unga ko‘ra, maqsadga yo‘naltirilgan faoliyat
davomida vujudga keladigan to'siq shaxsda agressiv xatti-harakatlarni hosil qiladi.
Nihoyat, agressiv xulq-atvorning kelib chiqish sabablari haqidagi eng zamonaviy
nuqtai nazar bilishning kognitiv nazariyasi bilan bog‘liq holda ifodalanadi. Bu
konsepsiyada agressiv harakatlar quyidagi jarayonlarning natijasi sifatida baholanadi:
1. Subyektning o'z agressiv xulq-atvorini ijobiy deb baholashi.
2. Frustratsiyaning mavjudligi.
3. Affekt yoki stress tipidagi emotsional qo‘zg‘alishning kuchliligi.
D.Bassning fikricha, agressiv harakatlarni uchta shkalaga asoslangan holda
tasvirlash mumkin: jismoniy – verbal, faol – sust va to‘g‘ri egri. Ularning
kombinatsiyalari sakkizta ehtimolga yaqin kategoriyalarni berib, ular asosida ko‘plab
agressiv harakatlarni tushuntirish mumkin. [1.Международный научный журнал №
2 (100), часть 2 «Научный импульс» сентябр, 2022]
R. Kratchfild va N. Livson agressiyaning bir-birini inkor etmaydigan ikki xil
tavsifini ishlab chiqqanlar. Birinchisi, xulq-atvorning tashqi alomatlariga asoslanadi va
unga ko‘ra «Agressiya kimgadir ziyon yetkazuvchi xulq-atvorning har qanday
ko‘rinishidir». Ikkinchisi, odamning ichki niyatlari bilan bog‘liq bo'lib, insonni
harakatga undovchi kuchlarni o‘rganish bilan anglash mumkin bo`lgan holatlar bilan
mushtarakdir, ya’ni, «Agressiya boshqa bir insonga ziyon yetkazishni maqsad qilib
olgan har qanday xatti-harakatdir». Agressiyaning yuqorida zikr etilgan tavsiflariga
monand tushunchalarga tayangan ko‘plab psixologlar agressiyani jonli olamning
yashash uchun kurash bilan bog‘liq uzviy tavsifsi deb hisoblaydilar. Chuqur psixologik
yondashuvlar tajovuzning instinktiv xususiyatini tasdiqlaydi. Bunday holda,
JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS
Volume–79_Issue-2_June-2025
127
127
tajovuzkorlik har qanday shaxsning tug'ma va ajralmas mulki bo'lib tuyuladi. Bu
yondashuvning eng ko'zga ko'ringan vakillari psixoanalitik va etologik maktablardir
(K.Yung, Z.Freyd, G.Xartman, E.Kris, K.Lorens, Ardrey, Morris). Psixoanaliz
vakillari tajovuzni odamlarda "o'lim instinkti"ning namoyon bo'lishi bilan bog'laydilar
(Tanatos, soya). K. Lorenz "odamlardagi tajovuzkorlik, xuddi boshqa yuqori umurtqali
hayvonlardagi kabi spontan instinktiv istakdir" deb hisoblaydi. Qanday holatlarda biz
agressiyani namoyon qilamiz? Agressiv reaksiyalar mexanizmini ishga soladigan
quyidagi omillar mavjud: aversiv holatlar, hayajon, ommaviy madaniyat va guruhiy
kontekst. . Aversiv holatlar: og`riq, chidab bo‘lmas jazirama issiq, hujumkor xulq,
tiqilinch. Og`riq-zamonaviy etika tamoyillari tadqiqot maqsadlarida og`riq stimulidan
foydalanishni qat’iy ravishda cheklaydi. Tadqiqotchi Natan Ezrin kalamushlarning
panjasiga og`riq beruvchi elektr zaryadlarini beradigan elektrodlarni o‘rnatgan.
Tadqiqotdan maqsad, zaryad berib, kalamushlar bir-birlariga yaqinlashishlari bilan
tokni o‘chirib, ijobiy hamkorlikni mustahkamlashni ko‘zda tutish edi. Lekin tok
berilishi bilan kalamushlar darg‘azab holatda bir-birlariga tashlanishdi. Xuddi shu
holatni tulki, xo‘roz, yenot, timsoh, daryo qisqichbaqasi kabi ko‘plab turlarda ham
kuzatish mumkin. Jismoniy og`riqdan tashqari "psixologik og`riq"ni - masalan,
o‘rgatilgan kaptarlar tumshug‘i bilan maxsus diskni cho‘qib mukofot uchun don
olishga o‘rgatib, uni ololmaganlarida paydo bo‘ladigan hujumkorlik, urushqoqlik
ko‘rinishida kuzatish mumkin. "Psixologik og`riq" - biz frustratsiya deb ataydigan
holatning o‘zidir. Og`riq odamlarda ham agressiyani kuchaytiradi. Har birimiz
boshimiz qattiq og‘riganda, yoki oyog‘imizning katta barmog‘ini urib olganimizda
shunga o‘xshash reaksiyani eslashimiz mumkin. Leonard Berkovis Viskonsin
universiteti talabalarida shunday tajriba o‘tkazgan. Talabalar qo‘llarini iliq suvga yoki
o‘ta sovuq suvga solib turishlari kerak bo‘lgan. Keyinchalik qo‘llarini sovuq suvga
solib turgan talabalar asta-sekin o‘zlarida asabiylik orta borganligini, yoqimsiz tovush
chiqarayotgan boshqa tekshiriluvchini so‘kib yuborishga ham tayyor bo‘lganliklarini
eslashgan. Xulosa shunday bo‘lganki, aversiv holatlar frustratsiyaga nisbatan
agressiyani ishga soluvchi samaraliroq mexanizm hisoblanar ekan. Har qanday aversiv
hodisa, u amalga oshmagan umid bo‘ladimi, shaxsiy haqorat yoki jismoniy og`riq
bo‘ladimi, emotsional portlashga sabab bo‘lishi mumkin. Hattoki azobli depressiv
holat ham dushmanlik agressiv xulqining paydo bo‘lish ehtimolini orttiradi. Jazirama
issiq. O‘z vaqtida Gippokrat Gretsiyadagi yuqori madaniyatni hozirgi Germaniya va
Shvetsiyadagi yovvoyilik axloqi bilan taqqoslab, buning sababi yevropaning keskin
iqlimida deb bilgan edi. Yoqimsiz hid, tamaki tutuni, havoning ifloslanishi – agressiv
xulqqa sabab bo‘lishi mumkin. Laboratoriyada normal va issiq, dim xonalarda
so‘rovnoma to‘ldirgan tekshiriluvchilar, issiq, dim xonada ularda toliqish, agressiv
holatlar paydo bo‘lganligini, har qanday begona odamning paydo bo‘lishi ularning
g`ashiga tekkanligini aytishgan. Tekshirishlar shuningdek, jazirama issiq
JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS
Volume–79_Issue-2_June-2025
128
128
qasoskorlikning namoyon bo‘lishiga sabab bo‘lishi mumkin, degan xulosani beradi.
Hayotda jaziramaning agressiv xulqqa sabab bo‘lishini quyidagi misollardan ko‘rish
mumkin: "Amerikaning 79 ta shahrida 1967 - 1971 yillar oraliğidagi ommaviy
tartibsizliklar jazirama kunlarda sodir bo‘lgan. "Xyuston (Texas) da jazirama havoda
zo‘ravonlik bilan bog‘liq jinoyatlar sodir qilinish ehtimoli ortadi. "G‘arbiy Yevropada
zo‘ravonlik bilan bog‘liq jinoyatlar faqat issiq kunlardagina emas, yilning issiq
davrlarida ham ko‘proq sodir qilinadi. Kreyg Anderson, Bred Bushmen va Ralpf
Grumlar XXI asrning o‘rtalarida havo temperaturasining ortishi AQShda har yili 115
000 og‘ir jinoyatlar sodir qilinishiga sabab bo‘ladi, deb hisoblaydilar. Temperatura va
agressivlik o‘rtasidagi bevosita aloqani tasdiqlash qiyin bo‘lsa ham, yuqori
temperatura hayajonga sabab bo‘lishi aniq, odamlar jaziramada asabiyroq bo‘ladilar.
Jazirama issiq agressiv fikr va hissiyotga sabab bo‘ladi. Hujumkor xulq boshqa
odamning hujumkor xulqi, masalan, jismoniy og‘riq yetkazish yoki haqorat
agressiyaning eng kuchli qo‘zğovchilari hisoblanadi. Tadqiqotchilar, Styuart Teylor,
Harold Dengenrink, Hobuki va Toshxiro Kamberalar atayin haqoratlash va og‘riq
yetkazish qasd olish niyatidagi javob reaksiyasiga sabab bo‘lganligini o‘rganishgan.
Tiqilinch - bitta odamga to‘g‘ri keladigan fazoning yetarli emasligini sub’yektiv his
qilish demakdir. Tiqilinch stressogen omil hisoblanadi. Avtobusdagi ur-yiqit,
avtomobil yo‘lidagi probkada imillab yurish, talabalar yotoqxonasidagi o‘rinlar
tiqilinchligi vaziyatning nazorat qilib bo‘lmasligi hissining yuzaga kelishiga sabab
bo‘ladi. Qafasdagi kalamushlar, oroldagi bug‘ular va odamlar o‘rtasida farq bo‘lsa
ham, har holda aholi ko‘p yashaydigan shaharlarda jinoyat ko‘proq sodir bo‘ladi va
odamlar bunday shaharlarda ko‘proq distress – kuchli psixik zo‘riqishni his qiladilar.
Hulosa qilib aytadigan bo`lsak agressiyaga oid ilmiy tadqiqotlar hozirgi kunda ham
jadallik bilan olib borilmoqda. [3.https://].
Chunki inson ruhiyatining chegaralarini anglab yetish fan oldida turgan eng
muhim vazifalardan biridir. Agressiv xulq-atvor paydo bo'lishida ko‘pgina omillar
ishtirok etadi, shu bilan birga individual va yosh xususiyatlari, tashqi jismoniy va
ijtimoiy sharoitlar. Masalan, agressivlikni quyidagi sharoitlar ta’minlashi mumkin,
shovqin, jazira, tiqislik, ekologik muammolar, ob-havo sharoitlari va h. Ushbu
muammoning ko‘pgina tadqiqotchilarining fikiicha, shaxsning agressiv xulq-
atvorining shakllanishida asosiy rolni bevosita uning atrofidagi ijtimoiy muhit
o'ynaydi. Agressiv xulq-atvorning xarakteri ko‘pgina holatlarda insonning yosh
xususiyatlari bilan belgilanadi. Yoshning har bir bosqichi rivojlanishning maxsus
alohida vaziyatiga ega va shaxsga m a’lum talablar qo‘yadi. Yoshning talablariga
adaptatsiya odatda agressiv xuiq-atvoming turli namoyishlari bilan kuzatiladi. Ma’lum
bo’lishicha kichik yoshdagi bolalar agar tez-tez, baland ovozda va biror narsa talab
qilib yig‘lasalar, ularning tabassum qilishi kuzatilmasa, aloqa qilmasa shu orqali
agressivlik xususiyatlarini namoyon etadilar. Psixoanalitik tadqiqotlar go‘daklarning
JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS
Volume–79_Issue-2_June-2025
129
129
talablari inobatga olinmayotganda kechayotgan katta
g‘azab miqdori haqida ma’lum qilishini ta’kidlashadi. Shu bilan birga shunday
fakt ma’lumki, kichik bolalarda ona muhabbatini saqlab qolish uchun, yangi tug‘ilgan
ukasi yoki singlisiga nisbatan vahshiylik namoyish etishga moyillik kuzatiladi.
Agressiv xulq-atvorning o‘smir yoshidagi maxsus xususiyati - kattalar avtoritetining
qo’llashi fonida tengdoshlari guruhiga bog’langanligi. Ushbu yoshda agressiv bo’lish
“kuchli bo’lish yoki kuchli ko‘rinish” ma’nosini anglatadi. Har qanday o‘smir guruhi,
lider tomonidan qo’llab-quvvatlaydigan, o’zining afsonalari va udumlariga ega.
Masalan, a’zolikka qabul qilish udumlari keng tarqalgan (yoki yangi kelganlarni
sinovdan o‘tkazish). Ko‘zga tashlanadigan guruh “uniformasi” (umuman o‘smirlar
modasi ham) udumlar xarakteriga ega. Udumlar guruhga tegishlilik hissiyotini
kuchaytiradilar va o ‘smirlarga xavfsizlik hissiyotini beradilar, biroq, afsonalar
ularning hayot faoliyatining asosi bo'lib qoladi. Afsonalar guruhdagi ichki guruh va
tashqi agressiyasini oqlash uchun keng qo’llaniladi. Masalan, guruh a’zosi
bo’lmaganlarga nisbatan har qanday agressiya quyidagi gaplar bilan oqlanadi - “ular
bizni sotdilar... biz o‘zimizni himoya qilishimiz kerak...biz hammani bizni hurmat
qilishga majbur qilishimiz kerak”. Guruh afsonasi bilan ruhlantirilgan zo’ravonlik
o‘smirIarda o‘z kuchini tasdiqlash, qahramonlik va guruhga sodiqlik shaklida kechadi.
Umuman olganda, bola va o‘smir shaxsining rivojlanishi uchun agressiv
namoyishlarning o‘zi unchalik xavfli emas, balki ularning natijalari va atrofdagilarning
noto‘g‘ri reaksiyasi xavflidir. Agar zo’ravonlik - e’tibor, hukmronlik, tan olish, pul,
boshqa huquqlarni bersa, bolalarda va o’smirlarda kuch ustivorligiga asoslangan xulq-
atvor shakllanishi mumkin, bu esa katta insonlarning ham ijtimoiy faoliyat asosini
tashkil etishi mumkin (masalan, kriminal guruhlarda). Atrofdagilarning agressiyani
kuch bilan bosishga intilishi kutilgan natijaga emas, balki qarama-qarshi natijaga olib
kelishi mumkin.[2.https://]
Xulosa o’rnida shuni aytish joizki , agressiv xulq-atvor odatda ichki muammolar,
stress va hissiy boshqaruvning yetishmasligidan kelib chiqadi. Bunday xulqni yengish
uchun esa shaxsiy rivojlanish va hissiy salomatlikka e'tibor qaratish muhimdir.
Shunday qilib, agressivlikka qarshi kurash keng qamrovli narsalarni talab qiladi .
Bunga ta'lim - tarbiya, sog'lom ijtimoiy muhit va shaxsiy mas'uliyatni kuzatish mumkin
. Agar har bir inson agressivlikning qo'llab- quvvatlanishidan himoyalanish o'z
hissasini qo'shishsa, jamiyatda tinchlik va hamjihatlikni ta'minlash mumkin bo'ladi.
Foydalanilgan adabiyotlar va internet manbalari:
1. Международный научный журнал № 2 (100), часть 2 «Научный импульс»
сентябр, 2022 SHAXS RUHIYATIDAGI AGRESSIV HULQ-ATVORNING
NAZARIY ASOSLARI Axmadaliyeva Shaxnoza Maxamadxanifovna Andijon tuman
16-maktab amaliyotchi psixologi .
JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS
Volume–79_Issue-2_June-2025
130
130
2.
https://namdu.uz/media/Books/pdf/2024/07/10/NamDU-ARM-9716-
Xulqi_ogishni_bolalar_psixologiyasi.pdf
3. https://www.samdu.uz/uz/news/21966.
4. Olimov, S. S. (2023). BOSHQARUV MUAMMOSINI O ‘RGANISHNING
ZAMONAVIY TALABLARI. Educational Research in Universal Sciences, 2(12),
245-248.
5. Soxobjonovich, Olimov Saydullo. "TALABALARDA BOSHQARUV
FAOLIYATINING PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI VA ISTIQBOLLARI."
Analysis of International Sciences 2.2 (2024): 51-57.
6. Soxobjonovich, O. S. (2024). FAVQULOTDA VAZIYATLARDA
FUQAROLARNI BOSHQARISH VA BIRINCHI PSIXOLIGIK YORDAM. Analysis
of International Sciences, 2(1), 111-115.
7. Soxobjonovich, O. S. (2024). BOSHQARUV SOXASI IJTIMOIY-
PSIXOLOGIK YONDASHUVLAR TAHLILI. Kokand University Research Base,
343-347.