Authors

  • Olimov Saydullo
  • Dadajonova Mashxurabonu

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.jnci.114252

Keywords:

Kalit so‘zlar: Ijtimoiy tarmoq instagram telegram facebook psixologlar ijtimoiy tarmoqlarning salbiy va ijobiy tomonlari.

Abstract

Annotatsiya: Ushbu maqolada ijtimoiy tarmoqlarning ijobiy va salbiy ta’siri chuqur tahlil qilingan. Ijtimoiy tarmoqlarni ijobiy va salbiy ta’sir omillari ajratib ko‘rsatilib, yosh avlod ongiga ijtimoiy tarmoqlarning qanday yosinda ta’sir qilayotgani misollar asosida yoritildi. Ijtimoiy tarmoqlarning inson xulq-atvoriga ta’siri ko‘p qirrali va murakkab masala bo‘lib, u har bir shaxsning yoshi, ijtimoiy holati, ruhiy tayyorgarligi va axborot madaniyatiga bog‘liq. Bu jarayonni faqat taqiq va cheklovlar orqali emas, balki axborot savodxonligini oshirish, tanqidiy fikrlashni rivojlantirish, oilaviy va maktab tarbiyasini mustahkamlash orqali tartibga solish mumkin.


background image

JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS

https://scientific-jl.com/new

Volume–79_Issue-2_June-2025

109

109

IJTIMOIY TARMOQLARNING INSON XULQIGA TA’SIRI

Olimov Saydullo

Qo‘qon Universiteti talabasi

Dadajonova Mashxurabonu

Qo‘qon Universiteti Ta’lim fakulteti

Pedagogika va psixologiya kafedrasi o‘qituvchisi

Annotatsiya:

Ushbu maqolada ijtimoiy tarmoqlarning ijobiy va salbiy ta’siri

chuqur tahlil qilingan. Ijtimoiy tarmoqlarni ijobiy va salbiy ta’sir omillari ajratib
ko‘rsatilib, yosh avlod ongiga ijtimoiy tarmoqlarning qanday yosinda ta’sir qilayotgani
misollar asosida yoritildi. Ijtimoiy tarmoqlarning inson xulq-atvoriga ta’siri ko‘p
qirrali va murakkab masala bo‘lib, u har bir shaxsning yoshi, ijtimoiy holati, ruhiy
tayyorgarligi va axborot madaniyatiga bog‘liq. Bu jarayonni faqat taqiq va cheklovlar
orqali emas, balki axborot savodxonligini oshirish, tanqidiy fikrlashni rivojlantirish,
oilaviy va maktab tarbiyasini mustahkamlash orqali tartibga solish mumkin.

Kalit

so‘zlar:

Ijtimoiy

tarmoq,

instagram,

telegram,

facebook,

psixologlar,ijtimoiy tarmoqlarning salbiy va ijobiy tomonlari.


O‘zbekiston Respublikasi prezidenti

Sh.M.Mirziyoyev

ijtimoiy

tarmoqlar orqali

milliy va jahon adabiyot namunalarini keng targ‘ib qilish zarurligini, badiiy va ilmiy
merosni virtual makonda targ‘ib etish orqali yoshlar ongini mustahkamlash maqsad
qilganini bildirib, bu borada “ma’naviy immunitetni” mustahkamlashni alohida e’tirof
etgan.

Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 21 maydagi 139-sonli qarori ta’lim

muassasalarida mobil telefonlardan foydalanishni tartibga solish maqsadida qabul
qilingan. Ushbu qaror o‘quvchilarning dars jarayonida chalg‘imasligini ta’minlashga
qaratilgan. Masalan, telegram O‘zbekistonda eng ko`p foydalanuvchiga ega ijtimoiy
tarmoq bo`lib, undan 20 millionga yaqin odam foydalanadi. Ammo, afsuski, telegram
O‘zbekistonda kiberjinoyatlar eng ko‘p sodir etilayotgan platformaga aylangan. Bunga
chora sifatida esa, foydalanuvchi shaxsiy ma’lumotlarini o‘z telegram sahifasiga
joylamasligi va turli shubhali xabarlardan ogoh bo‘lishi so‘raladi.

1

Ijtimoiy tarmoqlar bizning bir-biriga bog‘langan dunyomizning yurak urishiga

aylandi. Turli xil kelib chiqishi va yosh guruhlarini qamrab olgan milliardlab odamlar
ijtimoiy tarmoqlarni hayotlarining ajralmas qismi sifatida qabul qilishdi. Quyida
ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish bo‘yicha 2023 yilgi yangilangan statistik
ma'lumotlar keltirilgan: dunyo bo‘ylab 4.8 milliard ijtimoiy tarmoq foydalanuvchisi
bor, bu dunyo aholisining 59.9 foizini va barcha internet foydalanuvchilarining 92.7

1

https://rost24.uz/oz/news/2061



background image

JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS

https://scientific-jl.com/new

Volume–79_Issue-2_June-2025

110

110

foizini tashkil qiladi. O‘rtacha odam kuniga 2 soat 24 daqiqa vaqt sarflaydi. Eng ko‘p
ishlatiladigan ijtimoiy tarmoqlar va yuklab olish ko‘rsatkichlari bilan –
Facebook(10mlrd+), YouTube(10 mlrd+), WhatsApp(10 mlrd+) va Instagram(5
mlrd+). Ijtimoiy tarmoqlardan eng ko‘p foydalanadigan yosh guruhi 18-29 yosh.
Dunyodagi eng ommabop ijtimoiy media platformasi Facebook bo‘lib, oyiga 2.989
milliard faol foydalanuvchiga ega. YouTube ikkinchi eng mashhur ijtimoiy media
platformasi bo‘lib, oyiga 2.527 milliard faol foydalanuvchiga ega. WhatsApp uchinchi
eng mashhur ijtimoiy media platformasi bo‘lib, oyiga kamida 2 milliard faol
foydalanuvchiga ega. Instagram to‘rtinchi eng mashhur ijtimoiy media platformasi
bo‘lib, oyiga 2 milliard faol foydalanuvchiga ega. TikTok beshinchi eng mashhur
ijtimoiy media platformasi bo‘lib, oyiga 1.9 milliard faol foydalanuvchiga ega.
Odamlar televizor tomosha qilishdan ko‘ra ko‘proq vaqtini ijtimoiy tarmoqlarda
o‘tkazadi. Ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish rivojlangan mamlakatlarda eng yuqori.
Ijtimoiy tarmoqlardan qishloqlardagidan ko‘ra shahar aholisi ko‘proq foydalanadi.
Ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish yoshi kattalar orasida oshib bormoqda. Ijtimoiy
tarmoqlarning hayotimizdagi o‘rnini inkor qilib bo‘lmaydi. Biroq tahlikali jihatlariga
ham ko‘z yumolmaymizki, ijtimoiy tarmoqlarda vaqtimizni va ruhiy sog‘ligimizni ham
qurbon beryapmiz. Ijtimoiy tarmoqlar yangi hodisa bo‘lgani uchun uning atrofida hali
hanuz to‘liq tadqiqotlar olib borilmagan. Ayrim kishilar kundalik stress va
tashvishlardan uzoqlashish uchun ijtimoiy tarmoqlardan panoh topishga urinishadi.
Ammo taqdqiqotlar ijtimoiy tarmoqlar stressni ozaytirish uchun emas, aksincha, ruhiy
ziqlik va asabiylikni ortirish uchun xizmat qilishini ta’kidlaydi. Tadqiqotlar shuni
ko‘rsatadiki ijtimoiy tarmoqlardan foydalanadigan ayollarda erkakalarga qaraganda
ruhiy ziqlik ko‘proq kuzatiladi. Tadqiqotlar natijasida, ijtimoiy tarmoqlarga qaram
bo‘lgan kishilarda xavotir, vahima, asabiy tajanglik va behalovatlik boshqalarga
nisbatan ko‘proq aniqlandi. Yetti va undan ko‘proq ijtimoiy tarmoqlardan
foydalanadigan foydalanuvchilar umuman foydalanmaydigan va yoki 1-2 akkuantdan
foydalanadiganlardan ko‘ra ko‘proq xavotir hamda tajanglikda yuradilar. Ba’zi
tadqiqotlar ruhiy tushkunlik va ijtimoiy tarmoqlar orasida qat’iy bog‘liqlik
mavjudligini ko‘rsatsa-da, ayrim mutaxassislar ijtimoiy tarmoqlarni ruhiy
tushkunlikdan xalos etuvchi ijobiy jarayon sifatida ham baholashadi. Bunga sabab
ijtimoiy tarmoqlarda biz ko‘radigan reelslar, kontentlar va videolar boshqalarga
qilingan yaxshiliklar, ibratli videolar, sovg‘alar ulashish haqida bo‘lsa insonda
hotirjamlik va yaxshilik qilish kabi hislarni uyg‘otadi.

Internetning virtual makonida ma’lumotlarning mavjudligi insoniyat

rivojlanishining yangi bosqichi boshlanishi bilan bog‘liq. Internet manbalarining
ochiqligi va o‘sishi, onlayn xizmatlarning mashhurligi turli xil hayotiy vazifalarni
samarali hal qilish imkonini berdi. Hozirgi vaqtda yetuk va keksa odamlar ham ko‘p
narsalarni hal qilish uchun onlayn xizmatlardan faol foydalanmoqdalar. Ta’lim


background image

JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS

https://scientific-jl.com/new

Volume–79_Issue-2_June-2025

111

111

muassasalarining o‘qituvchilari, psixologlari va ota – onalar ijtimoiy tarmoqlarda
o‘quvchilarni ortiqcha vaqt o‘tkazish muammolaridan xavotirda. Virtual makonga
sho‘ng‘ish xulq - atvor va shaxsiy rivojlanishdagi o‘zgarishlarga oxir - oqibat sezilarli
darajada hissa qo‘shadi. Ijtimoiy tarmoqlar fikr almashish, ijtimoiy kommunikatsiya,
ma’naviy tarbiya, firibgarlik va ekstremizm kabi masalalarda yoshlar ongiga kuchli va
ikki yoqlama ta’sir ko‘rsatadi. Ijtimoiy tarmoqlar insonga ikki xil ta’sir ko‘rsatadi.
Ijobiy ta’sir: do‘st orttirish, diniy va maorifiy kontent, o‘zini namoyon qilish
platformasi. Salbiy ta’sir: internet qaramligi, qisqa muloqot oqimi, yolg‘on axborot,
ekstremistik, diniy yoki dunyoviy kontent.

O‘tgan asrning oxirida (90-yillar) keng tarqalishi bilan ajralib turadigan ijtimoiy-

madaniy muhit barcha turdagi axborot resurslari va ularga cheksiz kirish tezda
shakllanmoqda. Internetda axborot manbalarining ochiqligi va o‘sishi onlayn
xizmatlarning mashhurligi, bir tomondan, turli xil hayotiy vazifalarni samarali hal
qilish imkonini beradi, boshqa tomondan, foydalanuvchilar tomonidan ommaviy
virtual makonda o‘tkaziladigan vaqt o‘sish omillariga aylanadi. Ijtimoiy tarmoqlarning
mavjudligi va gadjetlarning tarqalishi, virtual rejimda nazoratsiz qolish imkoniyatlarini
taqdim etadi. Har xil turdagi internetga qaramlik insonning umumiy hayotiy
potentsialining pasayishiga salbiy ta'sir qiladi. Amaliyot shuni ko‘rsatadiki, internetga
qaramlik nafaqat bolalar va yoshlar shuningdek, yetuk va hatto keksa odamlarga ham
ta’sir qiladi. 2019 yil oxirida boshlangan vaziyat bilan yanada og‘irlashmoqda
ehtiyojni yangilagan global COVID-19 pandemiyasi barcha yosh guruhlari vakillari
tomonidan ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish kutilmagan va oldindan aytib
bo‘lmaydigan o‘zgarishlarga olib keldi. Axborot inqilobi z-avlod sotsializatsiyasi
jarayoniga ayniqsa kuchli ta’sir ko‘rsatdi, 2003 yildan keyin tug‘ilganlar butunlay
boshqacha tarzda ijtimoiylashdi. Zamonaviy dunyoda Internetning keng tarqalishi
quyidagilarga olib keladi, shaxsiyatning o‘ziga xos, nisbatan alohida fazilatlarini
shakllantirish, ego-shaxsning o‘ziga xos xususiyatlarini berish va tuzilishda haqiqiy
o‘ziga xoslik mavjudligi haqida gapirishga imkon beradi.

Xulosa.

Ijtimoiy tarmoqlarning inson xulq-atvoriga ta’siri ko‘p qirrali va

murakkab masala bo‘lib, u har bir shaxsning yoshi, ijtimoiy holati, ruhiy tayyorgarligi
va axborot madaniyatiga bog‘liq. Bu jarayonni faqat taqiq va cheklovlar orqali emas,
balki axborot savodxonligini oshirish, tanqidiy fikrlashni rivojlantirish, oilaviy va
maktab tarbiyasini mustahkamlash orqali tartibga solish mumkin.

Har bir ne’mat

insonga xizmat qilishi uchun yaratilgan. Ulardan o‘z o‘rnida va me’yorda
foydalanishga e’tibor berilmasa ne’matlar zararga aylanadi. Axir aytishadi-ku “asalni
ham ozi shirin” deb.




background image

JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS

https://scientific-jl.com/new

Volume–79_Issue-2_June-2025

112

112

Foydalanilgan adabiyotlar va internet manbalari:

1.

Asqarova.D. “Ijtimoiy pedagogika” Ma’ruzalar matni.Namangan.2008y.

2.

Juraev.X. “Axborot xavfsizligi va yoshlar”.

3.

Karimova.G. “Ijtimoiy tarmoqlar va yoshlar tarbiyasi”

4.

Karimova V.M. Ijtimoiy psixologiya Т. “Fan va texnologiyalar”, 2012.

5.

Karimova V.M. Psixologiya T,. A.Qodiriy , 2002 y.

6.

Ochilov.M. Salomova.D. “Raqamli jamiyatda yoshlar muammolari”

7.

Yusupova.D. “Internet va ijtimoiy tarmoqlarning psixologik ta’siri”

8.

To‘laganova.T.Q “Tarbiyasi qiyin o‘smirlar”.Toshkent-2005y.

9.

Asilova Sanobar & Baxtiyorjonova Mashxurabonu. (2024). “Ta’lim
muassasalarida xulqi og‘ishgan bolalar bilan psixolog faoliyati”

10.

Usmonova Nargiza & Dadajonova Mashxurabonu. (2023). “O‘smirlardagi axloqiy
– idealning rivojlanish xususiyati”

11.

https://rost24.uz/oz/news/2061

References

Asqarova.D. “Ijtimoiy pedagogika” Ma’ruzalar matni.Namangan.2008y.

Juraev.X. “Axborot xavfsizligi va yoshlar”.

Karimova.G. “Ijtimoiy tarmoqlar va yoshlar tarbiyasi”

Karimova V.M. Ijtimoiy psixologiya Т. “Fan va texnologiyalar”, 2012.

Karimova V.M. Psixologiya T,. A.Qodiriy , 2002 y.

Ochilov.M. Salomova.D. “Raqamli jamiyatda yoshlar muammolari”

Yusupova.D. “Internet va ijtimoiy tarmoqlarning psixologik ta’siri”

To‘laganova.T.Q “Tarbiyasi qiyin o‘smirlar”.Toshkent-2005y.

Asilova Sanobar & Baxtiyorjonova Mashxurabonu. (2024). “Ta’lim muassasalarida xulqi og‘ishgan bolalar bilan psixolog faoliyati”

Usmonova Nargiza & Dadajonova Mashxurabonu. (2023). “O‘smirlardagi axloqiy – idealning rivojlanish xususiyati”

Most read articles by the same author(s)