Authors

  • Foziljonova Niholaxon Fayoz qizi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.jnci.124133

Keywords:

Kalit so‘zlar: Kriptovalyuta Blokcheyn Moliyaviy savodxonlik Talabalar So‘rovnoma.

Abstract

Annotatsiya. Ushbu maqolada kriptovalyutalar va blokcheyn texnologiyalarining talabalar moliyaviy savodxonligiga ta’siri o‘rganildi. So‘rovnoma asosida olingan natijalar talabalarning ushbu texnologiyalarga qiziqishi yuqori ekanligini, biroq bilim va amaliy tajriba darajasi yetarli emasligini ko‘rsatdi. Tadqiqot davomida talabalarning asosiy bilim manbalari internet va norasmiy manbalar ekani aniqlandi. Shuningdek, respondentlarning katta qismi kriptovalyuta asoslarini zamonaviy moliyaviy savodxonlikning muhim qismi deb hisoblashini bildirib o‘tdi. Maqolada ushbu yo‘nalishda o‘quv dasturlarini ishlab chiqish va amaliy mashg‘ulotlar tashkil etish bo‘yicha takliflar berilgan.


background image

JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS

https://scientific-jl.com/new

Volume–80_Issue-1_July-2025

157

157

KRIPTOVALYUTA VA BLOKCHEYN TEXNOLOGIYALARINING

TALABALARNING MOLIYAVIY BILIMLARIGA TA’SIRI

Foziljonova Niholaxon Fayoz qizi

Namangan davlat universiteti, Iqtisodiyot fakulteti,

Moliya sohasida boshqaruv yo‘nalishi 2-bosqich talabasi

Annotatsiya.

Ushbu maqolada kriptovalyutalar va blokcheyn texnologiyalarining

talabalar moliyaviy savodxonligiga ta’siri o‘rganildi. So‘rovnoma asosida olingan
natijalar talabalarning ushbu texnologiyalarga qiziqishi yuqori ekanligini, biroq bilim
va amaliy tajriba darajasi yetarli emasligini ko‘rsatdi. Tadqiqot davomida talabalarning
asosiy bilim manbalari internet va norasmiy manbalar ekani aniqlandi. Shuningdek,
respondentlarning katta qismi kriptovalyuta asoslarini zamonaviy moliyaviy
savodxonlikning muhim qismi deb hisoblashini bildirib o‘tdi. Maqolada ushbu
yo‘nalishda o‘quv dasturlarini ishlab chiqish va amaliy mashg‘ulotlar tashkil etish
bo‘yicha takliflar berilgan.

Abstract.

This article examines the impact of cryptocurrencies and blockchain

technologies on students’ financial literacy. Survey results revealed a high level of
interest among students in these technologies, though their knowledge and practical
experience remain insufficient. The study found that the primary sources of
information for students are the Internet and informal resources. Furthermore, the
majority of respondents believe that the basics of cryptocurrency should be considered
an essential component of modern financial literacy. The article provides
recommendations for developing educational programs and organizing practical
training in this field.

Аннотация.

В данной статье рассматривается влияние криптовалют и

технологии блокчейн на финансовую грамотность студентов. Результаты опроса
показали, что интерес студентов к этим технологиям высок, однако уровень
знаний и практических навыков остается недостаточным. Исследование
выявило, что основными источниками информации студентов являются
интернет и неофициальные ресурсы. Большинство респондентов отметили, что
основы криптовалюты следует рассматривать как важную часть современной
финансовой грамотности. В статье предложены рекомендации по разработке
образовательных программ и организации практических занятий в этой области.

Kalit so‘zlar:

Kriptovalyuta, Blokcheyn, Moliyaviy savodxonlik, Talabalar,

So‘rovnoma.


Kirish.

Zamonaviy

moliya

tizimida

kriptovalyutalar

va

blokcheyn

texnologiyalarining ahamiyati sezilarli darajada ortib bormoqda. Ushbu innovatsion


background image

JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS

https://scientific-jl.com/new

Volume–80_Issue-1_July-2025

158

158

yechimlar nafaqat pul o‘tkazmalari va investitsiyalar sohasida, balki smart-kontraktlar,
raqamli identifikatsiya hamda tarmoqli iqtisodiyot kabi yangi imkoniyatlarni yuzaga
keltirmoqda. Ayniqsa, yosh avlod uchun bu texnologiyalarni chuqur tushunish
moliyaviy savodxonlikni oshirish va kelajakdagi kasbiy imkoniyatlarni kengaytirish
nuqtai nazaridan muhim hisoblanadi. O‘zbekistonda ushbu sohaning rivojlanishi
dinamik tus olgan bo‘lsada, oliy taʼlim tizimida tegishli bilimlarni shakllantirish hali
boshlang‘ich bosqichda. Hozirgi kunda talabalar uchun kriptovalyuta va blokcheyn
asoslarini o‘rganish imkoniyatlari asosan nodavlat taʼlim platformalari va o‘z-o‘zini
o‘rgatish usullari bilan chegaralangan. Bu esa talabalarning ushbu sohaga bo‘lgan
qiziqishi bilan mavjud taʼlim resurslari o‘rtasidagi tafovutni kuchaytirmoqda. Xalqaro
tajriba shuni ko‘rsatadiki, rivojlangan mamlakatlardagi yetakchi universitetlar
blokcheyn texnologiyalarini ixtisoslashtirilgan ta’lim dasturlariga integratsiya qilgan.
O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalari uchun ham bu yo‘nalishda qadam tashlash
nafaqat talabalarning zamonaviy ko‘nikmalarini rivojlantiradi, balki mamlakatning
raqamli iqtisodiyotga o‘tish jarayonini tezlashtirishga xizmat qiladi. Ushbu
tadqiqotning asosiy maqsadi – O‘zbekiston oliy ta’lim kontekstida kriptovalyuta va
blokcheyn texnologiyalarini o‘qitishning dolzarb jihatlarini o‘rganish, so‘rov natijalari
asosida talabalar ehtiyojlarini aniqlash hamda universitetlar uchun amaliy tavsiyalar
ishlab chiqishdan iborat.

Metodologiya

. Ushbu tadqiqot 2025-yil iyul oyida Namangan davlat universiteti

(NamDU) talabalari orasida o‘tkazildi. Uning asosiy maqsadi – kriptovalyuta va
blokcheyn texnologiyalariga oid talabalar bilim darajasi, qiziqishi hamda ta’lim
ehtiyojlarini aniqlash orqali universitetda zamonaviy moliyaviy texnologiyalar
bo‘yicha ta’lim jarayonini takomillashtirish uchun amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan
iborat. Tadqiqot dizayni sifatida kross-seksional so‘rov usuli tanlandi va ma’lumot
yig‘ish Google Forms platformasi orqali onlayn tarzda amalga oshirildi. Respondentlar
sifatida NamDUning iqtisodiyot, axborot texnologiyalari (IT) va muhandislik
fakultetlarida tahsil olayotgan 1–4-kurs talabalari jalb qilindi. So‘rovnoma jami 85
nafar respondentni qamrab oldi, ulardan 46 nafari ayol va 39 nafari erkak talabalar edi.
So‘rovnoma uch asosiy bo‘limdan iborat bo‘ldi:

-

Demografik ma’lumotlar (jins, kurs, yo‘nalish);

-

Bilim darajasi bahosi (kriptovalyuta va blokcheyn tushunchalarini bilish

darajasini aniqlovchi savollar – 5 ballik Likert shkalasi asosida);

-

Ta’lim ehtiyojlari va amaliy tajriba (talabalarning ushbu sohalardagi o‘quv

kurslariga bo‘lgan qiziqishi va qatnashishga tayyorligi).

Masalan, respondentlardan “Kriptovalyuta tushunchasini qanchalik yaxshi

bilasiz?” (1 – umuman bilmayman, 5 – juda yaxshi bilaman) yoki “Agar universitetda
kriptovalyutaga oid kurs tashkil etilsa, qatnasharmidingiz?” kabi savollarga javob
berishlari so‘ralgan. Ma’lumotlarni tahlil qilish uchun diskriptiv statistik usullar (foiz


background image

JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS

https://scientific-jl.com/new

Volume–80_Issue-1_July-2025

159

159

ko‘rsatkichlari, o‘rtacha qiymatlar) va vizualizatsiya vositalari (stolbikli diagrammalar,
doira diagrammalari) qo‘llanildi. Shuningdek, talabalarning bilim darajasi fakultetlar
kesimida solishtirildi va bilim darajasi bilan qiziqish o‘rtasidagi mumkin bo‘lgan
bog‘liqliklar ko‘rib chiqildi.

Tadqiqot natijalari va tahlili.

Olib borilgan tadqiqot natijalari talabalarning

kriptovalyuta va blokcheyn texnologiyalari borasidagi qiziqishi, bilim darajasi hamda
ushbu sohaga oid o‘quv kurslariga bo‘lgan ehtiyojlarini aks ettirdi. Birinchi navbatda,
respondentlarning 51,8 foizi agar kriptovalyuta kursi tashkil qilinsa, “albatta
qatnashaman” degan fikrni bildirgan. Yana 40 foiz talaba “ehtimol qatnashaman” deb
javob bergan. Bu esa talabalar orasida bunday kurslarga umumiy qiziqish darajasi 90
foizga yaqin ekanini ko‘rsatadi. Ushbu raqamlar talabalarning kriptovalyuta va
blokcheyn sohasida bilim olishga tayyor ekanligini ifodalaydi. Kriptovalyutalar
haqida, 30,6 foiz talaba internet maqolalari va bloglardan ma’lumot olgan. Yana 30,6
foizi esa do‘stlar va tanishlardan bilib olishgan. Atigi 12,9 foiz talaba esa rasmiy ta’lim
dasturlaridan xabar topishgan. Bu ko‘rsatkichlar talabalarning ushbu yo‘nalishdagi
bilimlari asosan norasmiy va o‘z tashabbuslariga asoslanayotganini anglatadi.

(Diagramma muallif tomonidan ishlab chiqilgan)


Bilim darajasi bo‘yicha 5 ballik tizimda baholash shuni ko‘rsatdiki, faqatgina 11,8

foiz talaba o‘zini ushbu sohada yaxshi bilimga ega (4-5 ball) deb hisoblaydi. 38,8 foizi
esa uni deyarli tushunmasligini (1-2 ball) bildirgan. Blokcheyn texnologiyalari
bo‘yicha vaziyat nisbatan ijobiyroq: 54,1 foiz talaba o‘z bilimlarini o‘rtacha (3 ball)
darajada deb baholagan. Bu esa talabalar kriptovalyutadan ko‘ra blokcheyn
tushunchasi bilan ko‘proq tanish ekanini anglatadi.

0

10

20

30

40

50

60

1

2

3

4

5

BILISH DARAJASI

Kriptovalyuta tushunchasi

Blokcheyn texnologiyasi

NFT va DeFi tizimlari


background image

JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS

https://scientific-jl.com/new

Volume–80_Issue-1_July-2025

160

160

(Diagramma muallif tomonidan ishlab chiqilgan)


Talabalarning 30,6 foizi kriptovalyutalarni moliyaviy savodxonlikni oshirishga

yordam beruvchi vosita sifatida baholagan. Biroq amaliy tajriba darajasi past bo‘lib,
62,4 foiz talaba qisman foydali lekin cheklangan ta’sirga ega ekanini bildirgan. Kripto-
hamyon ochgan talabalar ulushi 48 foiz, kriptovalyutalar haqida faqatgina nazariy
tushunchaga ega bo’lgan talabalar 21,2 foiz, NFT savdosi bilan tanish talabalar esa 5
foizdan oshmagan. Bu holat amaliy mashg‘ulotlarga bo‘lgan ehtiyojni ko‘rsatadi.

(Diagramma muallif tomonidan ishlab chiqilgan)


Tadqiqot shuningdek, talabalarning 52,9 foizi kriptovalyuta asoslarini zamonaviy

Kriptovalyuta

sotish/sotib olish

tajribasi

26%

Faqat nazariy bilaman

21%

Kripto-hamyon

ochish va foydalanish

48%

NFT savdosi haqida

tushuncha

5%

Moliyaviy

savodxonlikning

ajralmas qismi

32%

Ehtimol, lekin

ixtiyoriy modul

sifatida

53%

Yo'q bu mavzu hali

ishonchli emas

15%


background image

JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS

https://scientific-jl.com/new

Volume–80_Issue-1_July-2025

161

161

moliyaviy savodxonlikning ajralmas qismi deb hisoblashini, 31,8 foizi esa buni
ixtiyoriy kurs sifatida o‘qish yetarli ekanini ta’kidlaganini aniqladi. Bu esa
talabalarning ko‘pchiligi ushbu sohaga oid bilimlarni kengroq qamrab olish tarafdori
ekanligini anglatadi. Shuningdek, DeFi (markazlashtirilmagan moliya) va NFT
(noalmashinuv tokenlari) kabi murakkab tushunchalar borasida talabalar orasida katta
bo‘shliq mavjudligi aniqlangan. Respondentlarning 48,2 foizi bu tizimlarni umuman
tushunmasligini (1 ball), faqat 2,4 foizi esa yaxshi tushunishini (5 ball) bildirgan. Bu
esa ushbu sohada kengroq tushuntirish ishlarini olib borish zarurligini ko‘rsatadi.

Xulosa.

O‘tkazilgan tadqiqot kriptovalyuta va blokcheyn texnologiyalariga

bo‘lgan qiziqishning talabalar orasida sezilarli darajada kuchli ekanini ko‘rsatdi.
Respondentlarning aksariyati ushbu sohalarni o‘rganishga tayyor bo‘lib, bu ularning
raqamli moliya vositalarini o‘zlashtirishga intilayotganidan dalolat beradi. So‘rov
natijalari talabalarning bilim manbalari asosan internet va ijtimoiy aloqalar bilan
cheklanganini, rasmiy manbalardan foydalanish esa kamligini aniqladi. Bu esa
chuqurroq tushuncha va amaliy tajribaga ega bo‘lish uchun yanada tizimli o‘rganishga
ehtiyoj borligini ko‘rsatmoqda. Ayniqsa, DeFi, NFT kabi murakkab tizimlarda
talabalarning bilim darajasi past ekani ushbu yo‘nalishlarda o‘quv resurslari va amaliy
mashg‘ulotlar imkoniyatlarini kengaytirish zaruriyatini bildiradi. Umuman olganda,
kriptovalyuta va blokcheyn texnologiyalarini o‘rganish talabalarning moliyaviy
savodxonligini oshirish, ularni global raqamli iqtisodiyot talablariga tayyorlash va
kelajakda raqamli moliyaviy vositalardan samarali foydalanish imkoniyatlarini
yaratishga xizmat qilishi mumkin.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:

1. Nakamoto, S. (2008). Bitcoin: A Peer-to-Peer Electronic Cash System.
https://bitcoin.org/bitcoin.pdf
2. Tapscott, D., & Tapscott, A. (2016). Blockchain Revolution: How the Technology Behind
Bitcoin Is Changing Money, Business, and the World. Penguin.
3. Chen, Y., & Bellavitis, C. (2020). Blockchain disruption and decentralized finance: The
rise of decentralized business models. Journal of Business Venturing Insights, 13, e00151.
4. World Economic Forum (2021). Cryptocurrencies: A Guide to Getting Started.
https://www.weforum.org
5. Karimov, I. (2023). Kriptovalyutalar va blokcheynning moliyaviy tizimlarga ta’siri.
O‘zbekiston Iqtisodiyoti Jurnali, 2(45), 55-61.
6. OECD (2022). Financial literacy and the role of digital assets. OECD Publishing.
7. European Central Bank (2021). Crypto-assets: developments and policy implications.
8. Rahmanov, U. (2024). Talabalarda moliyaviy savodxonlikni oshirishda zamonaviy
texnologiyalar. Moliyaviy Tadqiqotlar, 3(12), 25-33.
9. Investopedia. (2023). What is Blockchain Technology? https://www.investopedia.com
10.

CoinMarketCap

(2024).

Global

Cryptocurrency

Market

Overview.

https://coinmarketcap.com

References

Nakamoto, S. (2008). Bitcoin: A Peer-to-Peer Electronic Cash System. https://bitcoin.org/bitcoin.pdf

Tapscott, D., & Tapscott, A. (2016). Blockchain Revolution: How the Technology Behind Bitcoin Is Changing Money, Business, and the World. Penguin.

Chen, Y., & Bellavitis, C. (2020). Blockchain disruption and decentralized finance: The rise of decentralized business models. Journal of Business Venturing Insights, 13, e00151.

World Economic Forum (2021). Cryptocurrencies: A Guide to Getting Started. https://www.weforum.org

Karimov, I. (2023). Kriptovalyutalar va blokcheynning moliyaviy tizimlarga ta’siri. O‘zbekiston Iqtisodiyoti Jurnali, 2(45), 55-61.

OECD (2022). Financial literacy and the role of digital assets. OECD Publishing.

European Central Bank (2021). Crypto-assets: developments and policy implications.

Rahmanov, U. (2024). Talabalarda moliyaviy savodxonlikni oshirishda zamonaviy texnologiyalar. Moliyaviy Tadqiqotlar, 3(12), 25-33.

Investopedia. (2023). What is Blockchain Technology? https://www.investopedia.com

CoinMarketCap (2024). Global Cryptocurrency Market Overview. https://coinmarketcap.com