JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS
Volume–80_Issue-1_July-2025
127
127
KICHIK BIZNES VA XUSUSIY TADBIRKORLIKNI KLASTER
ASOSIDA RIVOJLANTIRISHNING HUDUDIY XUSUSIYATLARI
Jonibekov Zohirjon Davronbek o`g`li
Namangan davlat texnika universiteti talabasi
Mamlakatimiz iqtisodiyotining rivojlanishining eng muhim yo‘nalishi- sanoatni
yuksaltirish bo‘lib, unda yuqori o‘rinlardan birini paxta-to‘qimachilik sanoatini
rivojlantirish alohida ahamiyatga ega. Chunki, paxta-to‘qimachilik sanoatining
rivojlantirish uchun muhim omil hisoblangan xom-ashyo bazasi va zaruriy
infratuzilmalarning mavjudligidir. Ayniqsa, Namangan viloyatining yalpi hududiy
mahsulotining salmoqli qismini yengil sanoatga tegishli bo‘lgan korxonalar tomonidan
yetishtirib beriladi.
Namangan viloyatining ishlab chiqarish sohasida yangi tarmoqlar paydo bo‘lishi
bilan birga, sanoat tarmog‘ini xususan, paxta-to‘qimachilik sanoatini modernizatsiya
va diversifikatsiya qilish, texnologik yangilash, mavjud mahalliy xom-ashyodan
samarali foydalanish borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. 2016 yili
viloyatda yetishtirilgan paxta xom-ashyosini 31,5 foizi qayta ishlangan bo‘lsa, 2022
yilda bu ko‘rsatkich 100 foizni tashkil etdi.
Yengil sanoatni rivojlantirishning muhim yo‘nalishlaridan biri-yangi zamonaviy
paxta-to‘qimachilik sanoati korxonalarini barpo etishdir. Bu yo‘nalishda 2025 yilga
mo‘ljallangan dasturlarda bir qator yengil sanoat klasterlarini tashkil etish belgilangan.
Shu asosida viloyatning barcha tumanlarida yetishtirilayotgan paxta xom-ashyosini
qayta ishlashni chuqurlashtirish va aholiga zarur hisoblangan yengil sanoat
mahsulotlarini yetkazib berish bilan birgalikda xorijiy mamlakatlarga raqobatbardosh
mahsulotlarni eksport qilish ham belgilab qo‘yilgan.
Viloyat paxta-to‘qimachilik sanoatini rivojlantirishning ikkinchi muhim
yo‘nalishi-bu sanoat korxonalarini va tarmoqlarini diversifikatsiya qilishga hamda
eksport
salohiyatini
o‘stirishga
yo‘naltirilgan
tarkibiy
o‘zgarishlarni
chuqurlashtirishdan iboratdir. Bunga asosan paxta-to‘qimachilik sanoatining turli
bo‘g‘inlarini mutanosib ravishda rivojlantirish, bugungi kunda talab yuqori bo‘lgan
raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarishni kengaytirish orqali erishiladi. Masalan
bugungi kunda paxta-to‘qimachilik sanoatining trikotaj mahsulotlariga talab
yuqoriligini hisobga olib, bu yo‘nalishni jadalroq sur’atda rivojlantirish, ip-kalava
ishlab chiqarish korxonalarida qo‘shimcha ravishda trikotaj mahsulotlari ishlab
chiqaradigan liniyalarni ishga solish orqali paxta xom-ashyosini chuqur qayta ishlash
yo‘lga qo‘yiladi.
Paxta-to‘qimachilik sanoatini rivojlantirishning muhim yo‘nalishlaridan yana biri,
JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS
Volume–80_Issue-1_July-2025
128
128
korxonalardagi mavjud imkoniyatlarini aniqlash va ulardan samarali foydalanishni
yo‘lga quyish orqali mehnat unumdorligini oshirishga va ishlab chiqariladigan
mahsulotlarning tannarxini ma’lum darajada pasaytirishdir. Bu bilan birgalikda
mahsulot sifatini yaxshilash orqali raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarish yo‘lga
qo‘yiladi. 1-chizmada paxta-to‘qimachilik sanoatini rivojlantirishning muhim
yo‘nalishlari keltirilgan.
Chizma-1
1-chizma. Paxta-to‘qimachilik sanoatini rivojlantirishning muhim yo‘nalishlari.
Shuni ta’kidlash joizki, mamlakatimizning sanoat tarmoqlari ichida eng katta
qo‘shimcha qiymat yaratish bo‘yicha paxta-to‘qimachilik sanoati alohida ahamiyat
kasb etadi. Shuningdek, to‘qimachilik sanoati aholi bandligini ta’minlashning yetakchi
sohalaridan biri hisoblanadi. Ishlab chiqarish sohasining o‘zida deyarli 7000 ta
korxonada 200 mingdan ortiq ishchi-xodimlar mehnat qilayotganligi yuqoridagi
fikrimizning dalilidir. Yuqorida ta’kidlaganimizdek, paxta-to‘qimachilik sanoati
Namangan viloyati sanoatining eng rivojlangan tarmoqlaridan biri hisoblanadi. Viloyat
uchun bu tarmoqni yanada rivojlantirishning muhimligi, birinchi navbatda mahalliy
xom-ashyo bazasining mavjudligi, shuningdek, nisbatan yuqori mehnat sig‘imliligi
bilan bog‘liq. Bu esa bandlik va aholining turmush darajasini oshirish kabi muammolar
yechimini topishi nuqtai nazaridan ham muhim ahamiyat kasb etadi.
Mamlakatimizda bo‘lgani kabi Namangan viloyatida ham yangi ishlab chiqarish
munosabatlari qaror topayotgan bir sharoitda paxta-to‘qimachilik sanoati xom-
ashyosini yetishtirib beruvchi paxtachilikni rivojlantirish bo‘yicha bir qator chora-
tadbirlar amalga oshirilmoqda. Paxta ekiladigan yer maydonlari qisqarib borsada,
hosildorlikni oshirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Пахта-тўқимачилик саноатини
ривожлантириш йўналишлари
Меҳнат унумдорлигини ошириш,
маҳсулот таннархини пасайтириш
Тармоқда зарурий таркибий
ўзгаришларни амалга ошириш
Модернизация қилиш, техник ва
технологик жиҳатидан янгилаш
Янги замонавий пахта-
тўқимачилик корхоналарини
барпо этиш
ривожлантириш
йўналишлари
JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS
Volume–80_Issue-1_July-2025
129
129
Jadval 1
Namangan viloyatida paxta xom-ashyosini yetishtirish
dinamikasi, ming tonna*
T.r
Ko‘rsatkichlar
2018
2019
2020
2021
2022
1.
Paxta ekin
maydoni, ga
65606
63406
63406
63406
63406
2.
Paxta hosildorligi,
s/ga
24,5
30,7
33,4
33,8
35,1
3.
Paxta yalpi hosili,
ming tonna
160746
194559
211469
213827
222477
*Manbaa: Namangan viloyati qishloq xo‘jaligi boshqarmasi statistik ma’lumotlari.
Jadval ma’lumotlaridan ko‘rinib turibdiki, 2018-2022 yillar oralig‘ida viloyatda
paxta yetishtiriladigan maydonlar qisqarib borganligini kuzatish mumkin. Jumladan,
2018 yilda viloyatning 65606 gektar ekin maydonida 160746 tonna paxta yetishtirilgan
bo‘lsa, 2022 yilda mos ravishda 63406 gektar maydonda 222477 tonna paxta hosili
yetishtirilgan. 2018 yildagi ko‘rsatkichlarga asosan paxta maydonlari hosildorligini
pasayib ketishi va hosildorligi past yerlarga paxta ekilmaganligidir. Shuningdek,
viloyatning tog‘ oldi tumanlari bo‘lgan Chortoq va Chust tumanlarida paxta ekin
maydonlari qisqartirilishi natijasida yalpi hosil miqdori keskin kamaygan, shuningdek,
Namangan tumanining bir qismini Namangan shahriga qo‘shilishi hisobiga paxta ekin
maydonini qisqarishi natijasida yalpi hosil miqdori kamayganligini ko‘rish mumkin.
Namangan viloyatida klaster tizimini joriy etilmasdan oldin paxta hosildorligi 24,0
syentnerni tashkil etgan bo‘lsa, tarmoqqa klaster tizimini tadbiq etilishi natijasida
o‘rtacha hosildorlik 10,1 syentnerga ko‘tarilib, 2022 yilda 35,1 syentnerni tashkil etdi.
Natijada solishtirilayotgan yilga nisbatan 27 ming tonna qo‘shimcha paxta xom-
ashyosi yig‘ishtirib olindi. Buning asosiy sababi klaster tizimidagi tadbirkorlik
sub’yektlarini yuqori manfaatdorligini uzviyligidir. Chunki, paxta xom-ashyosiga
buyurtmachi ham, uni yetishtiruvchi va qayta ishlovchi, iste’molchilarga yetkazib
beruvchi ham klaster tizimining o‘zida mujasamlashadi.
2017 yilda viloyatda yetishtirilgan paxta xom-ashyosini 34,7 foizi qayta ishlangan
edi. Paxtachilik majmuasini rivojlantirishga qaratilgan chora-tadbirlar tufayli
mamlakatimizning barcha hududlarida bo‘lgani kabi viloyatda ham paxta-
to‘qimachilik klasterlarini tashkil etilishiga alohida e’tibor qaratildi. Natijada 2022
yilda yetishtirilgan paxta xom-ashyosining 100 foizi viloyatning paxta-to‘qimachilik
klasterlarida qayta ishlanishiga erishildi.
Viloyatda dastlabki paxta-to‘qimachilik klasteri O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasining “Paxta-to‘qimachilik ishlab chiqarishlari va klasterlari faoliyatini
tashkil etish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 2018 yil 31 martdagi
253-sonli qaroriga binoan tashkil etilgan. Aynan ushbu qaror bilan viloyatda ilk paxta-
JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS
Volume–80_Issue-1_July-2025
130
130
to‘qimachilik klasteri-“Textile Finance Namangan” MCHJ tashkil etildi. Mazkur
jamiyatga sinov-tajriba tarzida viloyatning Uchqo‘rg‘on tumani tanlanib, maxsus qaror
bilan biriktirib berildi. Dastlabki yillardanoq klaster usulida ishlab chiqarish jarayonini
samarali tashkil etish, ishlab chiqarish xarajatlarini qisqartirish, paxta xom-ashyosini
sotishni kafolatlash, ishlab chiqaruvchilar mehnatini rag‘batlantirish imkoniyatlari
yuzaga keldi.
2018 yilning o‘zida klaster korxonasi tomonidan 5 ta zamonaviy chigit ekish
seyalkalari olib kelindi. 9436 gektar yer maydoniga chigit ekilib, o‘z vaqtida
agrotexnika qoidalari asosida ishlov berildi va 26524 tonna paxta xom-ashyosi
yetishtirildi, hosildorlik o‘rtacha 28,1 syentnerni tashkil etdi.
2019 yilda viloyatda yana 4 ta paxta-to‘qimachilik klasterlari tashkil etildi. Ularga
paxta xom-ashyosini yetishtirib beruvchi 8 ta tumandagi 55182 gektar maydonda
faoliyat yuritayotgan fermer xo‘jaliklari biriktirildi.
"Art Soft tex cluster" fermer xo‘jaligi tomonidan viloyatning Mingbuloq va Pop
tumanlaridagi 419 ta fermer xo‘jaliklaridagi 23218 gektar, “Toshbuloq Teks” MCHJ
QK tomonidan Namangan tumanida 117 ta fermer xo‘jaliklaridagi 5550 gektar,
“Uchkurgan Textile” QK MCHJga Uychi tumanidagi 151 ta fermer xo‘jaliklaridagi
5869 gektar, “Namangan To`qimachi” MCHJga Chortoq tumanidagi 45 ta fermer
xo‘jaliklarining 1067 gektar va Chust tumanidagi 228 ta fermer xo‘jaliklarining 4004
gektar yer maydonlarida paxta xom-ashyosini yetishtirish belgilandi. Shuningdek,
“Iftixor Kiyim Sanoat” MCHJga Norin tumanidagi 143 ta fermer xo‘jaliklaridagi 6038
gektar yer maydoni biriktirildi. 2020 yilda yana 2 ta tumandagi, ya’ni Kosonsoy
tumanidagi 172 ta fermer xo‘jaliklarining 3955 gektar yer maydoni “Namangan Paxta
Teks” MCHJga, To‘raqo‘rg‘on tumanidagi 91 ta fermer xo‘jaliklarining 4269 gektar
maydoni “Namangan To`qimachi” MCHJga biriktirildi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Paxta-to‘qimachilik ishlab
chiqarishini yanada rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora tadbirlar to‘g‘risida”gi
2018 yil 19 sentyabrdagi 744-sonli qarori bilan 2020 yilda viloyatning 10 ta tumanidagi
63406 gektar yer maydonida paxta xom-ashyosini yetishtiruvchi barcha fermer
xo‘jaliklari to‘laligicha klaster korxonalariga biriktirib berildi. 2022 yilga kelib
viloyatda 7 ta paxta-to‘qimachilik klaster korxonalari faoliyat yuritib kelmoqda va ular
quyidagilar: "Art Soft Holding" MCHJ, “Namangan To`qimachi” MCHJ, “Toshbuloq
Teks” MCHJ QK, “Namangan Paxta Teks” MCHJ, “Textile Finance Namangan”
MCHJ, “Uchkurgan Textile” QK MCHJ, “Iftixor Kiyim Sanoat” MCHJ.
Namangan viloyatida tashkil etilgan paxta-to‘qimachilik klasterlari o‘z oldiga
qo‘ygan maqsadlarini amalga oshirish uchun quyidagi vazifalarni bajaradi:
1). Paxta va boshqa qishloq xo‘jaligi ekinlari yetishtirishning strategik va ustivor
yo‘nalishlarini belgilash hamda muvofiqlashtirishni samarali tizimlari va usullarini
joriy etish;
JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS
Volume–80_Issue-1_July-2025
131
131
2). Xorijiy mamlakatlar va korxonalar bilan iqtisodiy, texnikaviy, texnologik va
sarmoyaviy hamkorlikni yo‘lga qo‘yish;
3). Paxta-to‘qimachilik mahsulotlariga ichki va xorij bozorlaridagi talab va taklifni
muntazam o‘rganib borish asosida raqobat strategiyasini belgilash;
4). Klaster tarkibidagi tadbirkorlik korxonalari faoliyatiga yangi texnologiyalar va
menejmentning ilg‘or usullarini joriy etish;
Yuqorida ta’kidlaganimizdek, klasterlar-qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini
yetishtirish, qayta ishlash va sotish jarayonlarini yagona bir zanjirga birlashtiruvchi,
yuqori texnologik innovatsiyalardan foydalanish bilan bir qatorda, qishloq xo‘jaligi
mahsulotlarini ichki va tashqi bozorlarda raqobatbardoshligini oshirish, qishloq
hududlarida infratuzilma majmuasini shakllantirish va rivojlantirishning muhim
omilidir. Shuningdek, klaster tizimidagi tadbirkorlik sub’yektlari qishloq xo‘jaligi
mahsulotlari sifatini yaxshilashga, ekologik sofligini ta’minlaydigan xo‘jalik
sub’yektlari bo‘lib hisoblanadi.
Klasterlarni joriy etish orqali qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish, saqlash
va qayta ishlash jaryonlarida ularni sifati buzilishining ham oldi olinadi hamda bu
jaryonlarga xizmat qiladigan infratuzilmalar tizimi shakllanadi. Shu maqsadda
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 5 sentyabrdagi
“Namangan viloyatining Mingbuloq va Pop tumanlarida agrosanoat klasterlarini
tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 736-sonli qaroriga asosan “Art soft
Holding” mas’uliyati cheklangan jamiyati tashkil etildi. Bundan ko‘zlangan maqsad
Namangan viloyatining agrar tarmog‘ini yanada rivojlantirishga to‘g‘ridan-to‘g‘ri
investisiyalarni keng jalb qilish, ilg‘or texnologiyalarga asoalangan infratuzilmalarni
yaratish, iqtisodiy va eksport salohiyatini oshirish, yagona texnologik zanjirga
biriktirilgan korxonalar majmuini tashkil etish orqali viloyatda yetishtirilgan qishloq
xo‘jalgi mahsulotlarini qayta ishlashni chuqurlashtirish, yangi ish o‘rinlarini yaratish
va tarmoqda mehnat unumdorligini oshirishdir.
Namangan viloyatidagi paxta-to‘qimachilik klasterlarining bosh maqsadi
zamonaviy to‘qimachilik sanoatini shakllantirish, paxta xom-ashyosini qayta ishlash,
chuqur qayta ishlovchi korxonalar bilan paxta xom-ashyosini yetishtiruvchi fermer
xo‘jaliklarining uzviy bog‘liqligini ta’minlash, ushbu jarayonlarga xorijiy
investisiyalarni jalb qilishni rag‘batlantirish, klaster tizimida mehnat unumdorligini va
ish haqini oshirish hisoblanadi.
Shuningdek, xo‘jalik yurituvchi sub’yektlarni zaruriy resurslar bilan ta’minlash,
ta’lim va innovasion yo‘nalishda qo‘llab-quvvatlash va boshqa butlovchi qismlarni
yetkazib beruvchi bir qator firmalar, o‘quv va innovasion ilmiy markazlar bilan o‘zaro
integratsiya asosida faoliyat yuritishi zarurdir.
Klasterlarning asosiy vazifalari sifatida quyidagilar belgilandi:
-tuproq unumdorligini oshirish, ekin yerlaridan oqilona hamda samarali
JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS
Volume–80_Issue-1_July-2025
132
132
foydalanish va bu borada chora-tadbirlar belgilash, uni amalga oshirish;
-ilm fanning ilg‘or yutuqlarini, paxta xom-ashyosi, boshoqli don va boshqa qishloq
xo‘jaligi ekinlarini yetishtirishning zamonaviy usullarini, ilg‘or innovasion
agrotexnika hamda suvni tejaydigan texnologiyalarni joriy etish;
-to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investisiyalarni jalb etgan holda qishloq xo‘jaligi
mahsulotlarini yetishtirish hamda chuqur qayta ishlashning samarali usullari va
texnologiyalarini qo‘llash;
-xom-ashyoni chuqur qayta ishlash orqali raqobatbardosh sifatli eksportbop
mahsulotlarni ishlab chiqarish;
-issiqxona komplekslarini rivojlantirish;
-logistika xizmatlaridan samarali foydalanishni yo‘lga qo‘yish;
-ilmiy va ta’lim muassasalari bilan hamkorlikda qishloq xo‘jaligi ekinlarini
yetishtirish, seleksiya hamda urug‘chilik yo‘nalishida yangi navlarni va duragay
urug‘larni yaratish sohasida ilmiy tadqiqot ishlarini o‘tkazish.
Klaster zanjirining so‘nggi bo‘g‘ini-iste’mol bozori bo‘lib hisoblanadi. Bunda
asosiy e’tibor xorij bozoriga qaratilishi lozim. Chunki, jahon to‘qimachilik bozorida
o‘zbek milliy mahsulotlari salmog‘ini ko‘paytirish hamda raqobatbardoshligini
oshirishga alohida e’tibor beriladi.
Paxta-to‘qimachilik klasterlarida mahsulot ishlab chiqarishni ko‘paytirish va uni
iqtisodiy samaradorligini oshirishga bir qator omillar ta’sir etadi:
Tabiiy omillar
-hududning iqlim sharoiti, relyefi, geografik joylashuvi, tuproq
tuzilishi, o‘simliklar va hayvonot dunyosi, yer usti va osti zahiralari, yer maydoni
zahiralari, mineral xom-ashyo zahiralari, ekologik vaziyat.
Iqtisodiy omillar
-ishlab chiqarish quvvatlari, ishlab chiqarish infratuzilmasi,
ijtimoiy infratuzilma, bozor infratuzilmasi, investision faollik, aholi va mehnat
resurslari soni, ichki talab, innovatsiya, boshqaruv tizimi, mahalliy byudjet va
hokazolar.
Paxta-to‘qimachilik klasterlarini yanada rivojlantirish va uning viloyatda
yaratilayotgan yalpi hududiy mahsulotdagi hissasini oshirishga qaratilgan chora-
tadbirlarni belgilash va uni amalga oshirish bugungi kunning dolzarb masalallaridan
biridir. Ma’lumki, bozor iqtisodiyoti xo‘jalik yuritishning samarali yo‘llaridan
foydalanishni talab etadi. Bu esa turli materiallar, xom-ashyo va boshqa iqtisodiy
resurslardan tejab-tergab foydalanishni, mavjud texnika va asbob-uskunalardan unumli
foydalanishni, xodimlarni mehnat unumdorliklarini oshirishni, mahsulot birligiga
to‘g‘ri keladigan xarajatlarni kamaytirishni pirovardida korxona ishlab chiqarish
samaradorligini oshirishni ta’minlaydi. Yuqoridagilardan ko‘rinib turibdiki, ishlab
chiqarish samaradoligini oshirishga bir qancha omillar ta’sir etadi:
Fan-texnika taraqqiyotini jadallashtirish va uning natijalarini zudlik bilan ishlab
chiqarishga joriy etish;
JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS
Volume–80_Issue-1_July-2025
133
133
Ishlab chiqarishni oqilona tashkil etish, ixtisoslashtirish va kooperatsiyalash;
Xodimlarni rag‘batlantirish va ularning faolligini oshirish;
Mavjud tabiiy, moddiy va mehnat resurslaridan oqilona, tejab-tergab
foydalanish, arzon sifatli xom-ashyo va energiya turlarini, qishloq xo‘jaligi
ekinlarining yangi hosildor navlarini, xususan paxta urug‘chiligida hosildor navlarni
topib, ishlab chiqarishda foydalanish;
Xodimlar bilim saviyasini, kasbiy malakasini oshirish, yetuk ishchi va
mutaxassislarni tayyorlash;
Ma’lumki, paxta-to‘qimachilik klasterlarini barqaror ishlashi va rivojlanishi
paxta xom-ashyosini yetishtiruvchi xo‘jaliklar faoliyatiga bevosita bog‘liq. Shuni
hisobga olgan holda paxtachilikni rivojlantirish va uni iqtisodiy samaradorligini
oshirishga ta’sir etuvchi quidagi omillar tizimini keltirish mumkin.
Namangan viloyatida paxta-to‘qimachilik klasterlari faoliyatini baholashda va
iqtisodiy samaradorlik darajasini aniqlashda quyidagi omilli ko‘rsatkichlardan
foydalanish maqsadga muvofiq deb o‘ylaymiz:
Moliyaviy omillar bo‘yicha:
-klaster tarkibiga kiruvchi korxonalar foydasini ko‘paytirish-sof foyda;
-korxonada ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirish-sotilgan mahsulotlar hajmida
xarajatlarni hissasi, 1 so‘m sotilgan mahsulot uchun sraflangan xarajatlar. Mahsulotni
ishlab chiqarish xarajatlari-bu korxonaning ishlab chiqarish va tijorat faoliyatini
amalga oshirishda zarur bo‘lgan omillar uchun sarflangan mablag‘larning pulda aks
ettirilishidir. Ular mahsulot tannarxi ko‘rsatkichida namoyon bo‘lib, barcha moddiy
xarajatlar, mahsulotni ishlab chiqarish va sotish xarajatlari, mehnatga haq to‘lash
xarajatlarining puldagi ifodasidir.
-paxta-to‘qimachilik klasterlari mahsulotlarini milliy va jahon to‘qimachilik
bozoridagi hissasini ortishi va mahsulot sotishdan olinadigan daromad miqdori.
Ichki va tashqi bozordagi xaridorlar omili bo‘yicha:
-paxta-to‘qimachilik klasterlari tomonidan sotilgan tovar mahsulotlari miqdori va
undan olinadigan daromad miqdori.
Paxta-to‘qimachilik klasterlarida ichki ishbilarmonlik muhiti:
-klasterlar tomonidan zamonaviy va yangi asbob-uskunalar sotib olish -
shuningdek, asosiy kapitalning balans qiymati;
-korxona xarajatlarini kamaytirish chora-tadbirlari tizimini joriy etish- ishlab
chiqarilgan mahsulot tannarxida operasion xarajatlar hissasi;
-korxonada ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar tarkibi va assortimenti-mahsulot
turlarini yangilash holati;
Paxta-to‘qimachilik klasterlarida ta’lim va kadrlar salohiyatini oshirish;
-klasterlar tarkibiga kiruvchi korxonalardagi mavjud mehnat jamoalarini saqlab
qolish-ishchi xodimlar soni;
JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS
Volume–80_Issue-1_July-2025
134
134
-korxonada mehnat unumdorligi va ish haqini oshirish o‘rtasidagi optimal nisbatni
ta’minlash-1 ishchiga to‘g‘ri keladigan mahsulot hajmi va unga o‘rtacha ish haqi
miqdorini mutanosibligi;
-korxonada mehnat qilayotgan ishchi-xodimlarning o‘z ishidan qoniqish darajasini
oshirish-ishlab chiqarish jarayonida vujudga keladigan salbiy holatlar oldini olish;
Bugungi kunda paxta-to‘qimachilik klasterlarini rivojlanishiga va ularni
iqtisodiy samaradorlikka erishishlariga ta’sir etuvchi yuqoridagi omillarni e’tiborga
olgan holda faoliyati yo‘lga qo‘yilgan. Xususan, Namangan viloyatidagi paxta-
to‘qimachilik klasterlarini tashkil etish, paxta xom-ashyosini yetishtirish va uni chuqur
qayta ishlash asosida tayyor to‘qimachilik mahsulotlari ishlab chiqarish, uni milliy va
jahon bozorlarida sotish imkoniyatlari yaratildi. Shuningdek, paxta-to‘qimachilik
klasterlari qishloq joylarida yangi ish o‘rinlarini yaratib, aholini muntazam daromad
olishlarini ta’minlamoqda. Bularni barchasi paxta-to‘qimachilik klasterlarini tashkil
etish, rivojlantirish va iqtisodiy samaradorlikka erishishiga ta’sir etuvchi omillarni aniq
belgilanganligini va ularni ilmiy hamda iqtisodiy jihatidan aniq asoslab berilganligidir.
Bugungi kunda klasterlarni tashkil etish bo‘yicha davlat tomonidan barcha
huquqiy, tashkiliy-iqtisodiy shart-sharoitlar yaratilgan. Mamlakatimizda, shu jumladan
Namangan viloyatida paxta xom-ashyosini yetishtirish va uni qayta ishlash bo‘yicha
faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik sub’yektlari yetarli salohiyatga ega. Mazkur xo‘jalik
yurituvchi sub’yektlari faoliyatini uyg‘unlashtirish imkoniyati mavjud va buni klaster
modeli asosida amalga oshirilmoqda.
Adabiyotlar:
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. Mirziyoyevning Oliy Majlisga
Murojaatnomasi. “Xalq so‘zi” gazetasi. 2020 yil 25 yanvar №18 (7521)
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. Mirziyoyevning 2019 yil 12 sentyabr
kuni davlat byudjetiga tushumlarni ko‘paytirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan
ishlarni to‘liq bajarish, 9 oy va yil yakuni bo‘yicha belgilangan makroiqtisodiy
ko‘rsatkichlarga erishish, paxta-to‘qimachilik sohasida klasterlarni joriy etishni
jadallashtirish masalalari bo‘yicha o‘tkazilgan yig‘ilish ma’lumotlari. Xalq so‘zi
gazetasi. 2019 yil 13 sentyabr.
3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. Mirziyoyev. “Klasterlar rivoji uchun
imkoniyatlar kengaytiriladi.”. “Yangi O‘zbekiston” gazetasi. №215 son., 2021 yil 28
oktyabr
4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning Qishloq xo‘jaligi
xodimlariga tabrigi. “Xalq so‘zi” gazetasi 2021 yil 12 dekabr
5. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 4 dekabrdagi 733-
sonli “Paxta-to‘qimachilik klasterlari faoliyatini tashkil etish tartibi to‘g‘risida”gi
Nizomni tasdiqlash haqidagi Qarori.
6. Namangan viloyati qishloq xo‘jaligi boshqarmasining ma’lumotlari. 2022 yil.