Authors

  • Azimov Muhammadi Azim o‘g‘li
  • Azimova Nazokat Afzalovna

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.jnci.93428

Keywords:

Kalit so‘zlar: daxldorlik hissi Ma’naviyat va ma’rifat markazlari voqeylikka obyektiv va subyektiv qarash.

Abstract

Annotatsiya. Ushbu maqolada talabalarda tarixga daxldorlik, nafaqat daxldorlik tarixga bo‘lgan qiziqish qachon shakillanishi, tarixga daxldorlik tuyg‘usini his qilishda Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazlarining o‘rni ularning asosiy maqsadlari va hozirgi kunga qadar erishgan yutuqlari haqida ma’lumot beriladi. Maqolada Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazlarining talabalarda tarixiy ongni rivojlantirishdagi faoliyatini yanada takomillashtirish bo‘yicha takliflar beriladi.


background image

JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS

https://scientific-jl.com/new

Volume–74_Issue-1_April-2025

218

218

TALABALARDA TARIXGA DAXLDORLIK TUYG‘USINI

RIVOJLANTIRISHDA RESPUBLIKA MA’NAVIYAT VA MA’RIFAT

MARKAZLARINING O‘RNI

Azimov Muhammadi Azim o‘g‘li

SDVMCHBU TF o‘qituvchisi

Azimova Nazokat Afzalovna

SDVMCHBU TF 1-bosqich talabasi

Annotatsiya.

Ushbu maqolada talabalarda tarixga daxldorlik, nafaqat daxldorlik

tarixga bo‘lgan qiziqish qachon shakillanishi, tarixga daxldorlik tuyg‘usini his qilishda
Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazlarining o‘rni ularning asosiy maqsadlari va
hozirgi kunga qadar erishgan yutuqlari haqida ma’lumot beriladi. Maqolada
Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazlarining talabalarda tarixiy ongni
rivojlantirishdagi faoliyatini yanada takomillashtirish bo‘yicha takliflar beriladi.

Kalit so‘zlar:

daxldorlik hissi, Ma’naviyat va ma’rifat markazlari, voqeylikka

obyektiv va subyektiv qarash.

Abstract.

This article provides information on when students develop a sense of

involvement in history, not just involvement, but also interest in history, the role of the
Republican Spirituality and Enlightenment Centers in developing a sense of
involvement in history, their main goals and achievements to date. The article provides
suggestions for further improving the activities of the Republican Spirituality and
Enlightenment Centers in developing historical awareness in students.

Keywords:

sense of belonging, Spirituality and enlightenment centers, objective

and subjective view of the event.

Аннотация.

В данной статье учащиеся информируются о значении

истории, а не только интереса к истории, о том, когда формируется интерес к
истории, о роли Республиканских центров духовности и просветительства в
ощущении чувства интереса к истории, об их основных целях и достижениях на
данный момент. В статье даются предложения по дальнейшему
совершенствованию деятельности Республиканских центров духовности и
просветительства по развитию исторического сознания студентов.

Ключевые слова:

чувство принадлежности, центры духовности и

просветительства, объективный и субъективный взгляд на событие.


Har bir inson borki o‘z vataniga ega. O‘z hayoti davomida qisqa vaqt ichida

bo‘lsa ham o‘z Vataning tarixi haqida fikr yurutadi, ba’zi voqealiklarda qarama-qarshi
fikrlarga duch kelganda o‘ylanib qoladi. Tarix doimo insoniyatni o‘ylantirgan, asl
mohiyatni, voqealikka obyektiv va subyektiv yondashishga chorlagan. Talabalarda


background image

JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS

https://scientific-jl.com/new

Volume–74_Issue-1_April-2025

219

219

tarixga daxldorlik tuyg‘usini rivojlantirish ma’lum bosqichlarni, strategiyalarni va
qarashlarni o‘z ichiga oladi. Talabalarga bu tuyg‘uni his qildirishda ularning yoshlari,
Oliy ta’lim muassasasining aynan qanday yo‘nalishida tahsil olayotganliklari, hozirgi
kunda siyosiy va ijtimoiy yangiliklardan qanday manbalardan foydalangan holda
xabardor bo‘layotkanliklari muhim ahamiyat kasb etadi.

Tadqiqot metodologiyasi.

Ushbu mavzuni yoritish uchun quyidagi tadqiqot usullaridan foydalanishimiz

mumkin.Talabalar o‘rtasida so‘rovnoma, intervyu o‘tkazish va Ma’naviyat va ma’rifat
markazlari tomonidan tashkil etiladigan turli tadbirlar va seminarlarda ishtirok etib
jarayonni jonli ravishda kuzatish ushbu mavzuni o‘rganishning bir qismi bo‘lib xizmat
qila oladi.

Adabiyotlar tahlili.

Tarixga daxldorlik tuyg‘usini rivojlanishida adabiyotlar alohida o‘rin tutadi.

O‘zbekiston tarixi darsliklari talabalarga milliy tariximiz haqida asosiy bilim beradi.
Darsliklarda qadimdan hozirgi kungacha bo'lgan tarixiy voqealar, shaxslar va davrlar
haqida ma'lumotlar mavjud. Tarixiy romanlar, hikoyalar va she'rlar talabalarda tarixga
bo'lgan qiziqishni oshirishga yordam beradi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning asarlari va

nutqlari tarixga daxldorlik, milliy meros va ma’naviy qadriyatlarga katta e’tibor
qaratadi. Xususan:

“Yangi O‘zbekiston strategiyasi” asarida mamlakatning yangi taraqqiyot

bosqichida tarixiy merosni asrab-avaylash, milliy o'zlikni anglash va yosh avlodni
vatanparvarlik ruhida tarbiyalash masalalariga alohida urg‘u beriladi.

3 jildan iborat bo‘lgn “O‘zbekiston tarixi” kitobi O‘zbekiston tarixining qadim

zamonlardaan to hozirgi kungacha bo‘lgan davrini qamrab oladi. Kitob yurtimiz
tarixini o‘rganishdagi asosiy manbalardan biri hisoblandi.

Tahlil va natijalar.

Har bir insonning shaxsiy qiziqishlari va ehtiyojlari uni tarixga bo‘lgan

munosabatini belgilaydi. Bu hissini shakillanishiga ta’sir etuvchi omillar turlicha va
har bir insonga o‘z dunyoqarashidan kelib chiqqan holda ta’sir ko‘rsatadi. Talabalarda
ko‘p hollarda tarixga daxldorlik tuyg‘usining shakillanishdagi ilk tamal toshi ularda
tarixga bo‘lgan qiziqish tufayli qo‘yiladi. Ba’zi insonlar tarixga shunchaki o‘tmish
deya ta’rif berishlari mumkin, ayrim insonlar uchun esa tarix bu o‘zlikni anglashning
bir bo‘lagi. Ammo, bir narsa aniqki tarix turli vaziyatlarda qilingan turli xil hatti -
harakatlarni teran fikrlash orqali kelajak hayotining ba’zi jabhalarida, shu jumladan
siyosat darajasidagi qarorlar qabul qilishda o‘zining beqiyos o‘rni bilan ajralib turadi.

Ma’naviyat va ma’rifat markazlari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar

Mahkamasining 1994-yil 8-iyundagi 288-son qarori bilan tashkil etilgan. Keyinchalik,
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 28-iyuldagi PQ-3167-sonli qarori


background image

JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS

https://scientific-jl.com/new

Volume–74_Issue-1_April-2025

220

220

bilan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi qayta tashkil etildi. Shuningdek
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 3-maydagi PF-5712 sonli farmoni
bilan markazning faoliyati yanada takomillashtirildi[1].

Hozirgi kunda respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazlarining faoliyat

yo'nalishlari quyidagilarni o‘z ichiga oladi.

1. Milliy g‘oya va ma‘naviyatni targ‘ib qilish.
2. Yosh avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash.
3. Tarixiy va madaniy merosni asrab-avaylash.
4. Aholining ma'naviy-axloqiy saviyasini oshirish.
5. Jamiyatda sog‘lom turmush tarzini shakllantirish.
Ma’naviyat va ma’rifat markazlari respublika bo'ylab keng tarmoqqa ega. Ular

turli tadbirlar, seminarlar, konferensiyalar, ko'rgazmalar va boshqa ma'naviy-ma'rifiy
tadbirlarni tashkil etadi. O‘zbekiston televideniyasi orqali efirga uzatiladigan
"Ma'rifat" telekanali ham markaz tuzilmasi ichiga kiradi. "Tafakkur", "Jahon
adabiyoti" jurnallari ham markaz tomonidan chop etiladi.

Ma’naviyat va ma’rifat markazlari talabalarda tarixga daxldorlik tuyg‘usini

rivojlantirishda muhim o'rin tutadi. Markazlar faoliyatini yanada takomillashtirish,
tadbirlar sifatini oshirish va yoshlar bilan ishlashning yangi usullarini joriy etish zarur.
Talabalarning tarixga daxldorlik tuyg‘usini rivojlantirishda oila, maktab va
jamiyatning ham roli katta. Yosh avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularning
milliy o'zligini anglashiga yordam berish va tarixiy merosni asrab-avaylash - har
birimizning vazifamizdir.

Talaba tarixni o‘rganib borar ekan, tarixga daxldorlik, hissi asta sekin paydo

bo‘la boshlaydi. Tarixiy muzeylar, madaniy meroslar, tarixiy haqiqatlar chuqur
yoritilgan filmlar va qiziqish bilan olingan bilimlar bu tuyg‘uning shakillanishiga o‘z
hissasini qo‘shadi.

Xulosa.

Tarix - bu shunchaki voqealar, sanalar va ismlar ro'yxati emas [4]. Bu o'tmish,

hozir va kelajak o'rtasidagi tirik bog‘liqlikdir. U bizning o'zligimizni anglash
tuyg‘usini oziqlantiradi, o'z yurtimizdan faxrlanish hissini kuchaytiradi va bizni
bunyodkorlikka ilhomlantiradi. Ma’naviyat va ma’rifat markazlari bu jarayonda
muhim rol o'ynaydi. Tarixga daxldorlik tuyg‘usini rivojlantirish orqali biz nafaqat
vatanparvarlarni tarbiyalaymiz, balki o'z yurtining ravnaqi uchun mas'uliyatni his
qiladigan fuqarolarni shakllantiramiz.

"Yangi O‘zbekiston strategiyasi" kitobida quyidagi jumlalar keltiriladi - "Biz

Yangi O‘zbekistonni barpo etishda, avvalo, milliy o'zligimizni, qadimiy tariximiz va
boy madaniy merosimizni mustahkam poydevor qilib olamiz. Shu bilan birga,
zamonaviy ilm-fan yutuqlari va jahon tajribasidan keng foydalanamiz. Bizning asosiy
maqsadimiz - yosh avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularning milliy g‘ururini


background image

JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS

https://scientific-jl.com/new

Volume–74_Issue-1_April-2025

221

221

oshirish, ularni o'z yurtining munosib farzandlari etib voyaga yetkazishdir."[2].

Ushbu jumlalarda inson qanday yutuqlarga erishsa ham milliy o‘zligini doimo

qadrlashi kerakligi, hozirgi kunda milliy o‘zlikni ta’minlashda madaniy meroslarimiz
asos bo‘lib xizmat qila olishi va yurtimiz tarraqiyoti yo‘lida ilmli kadrlarni tayyorlash
alohida ta’kidlanadi.

Inson yashar ekan doimo o‘zining ma’lm bir joyga tegishli ekanini his qilib umr

kechiradi. Ba’zilar bu hislarning asl mohiyatini tushunib ularni qadriyatlarga
aylantiradilar va ularni avlodlari uchun meros qilib qoldiradilar. Tarix sahifalarga
bitilganlarni o‘chirib bo‘lmydigan bir kitobdir [3], u o‘zgarmay qolaveradi, haqiqatni
so‘zlashdan, insoniyatga asl voqealikni yetkazishdan charchamaydi, tarixning kuchini
his qilish uchun unga nisbatan daxldorlik tuyg‘usining inson qalbida yashayotganligi
voqealikka teran nazar solishda asos bo‘lib xizmat qila oaldi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI

1.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 3-maydagi PF-5712 sonli

farmoni bilan markazning faoliyati yanada takomillashtirish. (https://lex.uz/ru/docs/-
4312785) [1].

2.

Mirziyoyev Sh. Yangi O‘zbekiston strategiyasi. – T.: “O‘zbekiston” nashriyoti,

2021. 464 bet. [2].

3.

Hoshimov O‘. “Daftar hoshiyasidagi bitiklar” T.: “Nurli dunyo” nashriyoti,

2018. 64 bet.

4.

Azim o‘g‘li, A. M. (2023). O‘rta Osiyodagi birinchi uyg‘onish davri

yevropasentirizm va osiyosentrizm kontekstida. Yangi asr innovatsiyalari jurnali, 37
(2), 112-118.

5.

Azimov, M. A. O. G. L. (2022). Ko’rfaz mamlakatlarida internet

texnologiyasining rivojlanish dinamikasi (siyosiy va iqtisodiy sohalar misolida).
Scientific progress, 3(3), 655-659.

6.

Oglu, A. M. A. (2025). Specific Indicators of The Means of Forming a Sense of

Relevance to National History. CURRENT RESEARCH JOURNAL OF
PEDAGOGICS, 6(03), 12-16.

References

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 3-maydagi PF-5712 sonli farmoni bilan markazning faoliyati yanada takomillashtirish. (https://lex.uz/ru/docs/-4312785) [1].

Mirziyoyev Sh. Yangi O‘zbekiston strategiyasi. – T.: “O‘zbekiston” nashriyoti, 2021. 464 bet. [2].

Hoshimov O‘. “Daftar hoshiyasidagi bitiklar” T.: “Nurli dunyo” nashriyoti, 2018. 64 bet.

Azim o‘g‘li, A. M. (2023). O‘rta Osiyodagi birinchi uyg‘onish davri yevropasentirizm va osiyosentrizm kontekstida. Yangi asr innovatsiyalari jurnali, 37 (2), 112-118.

Azimov, M. A. O. G. L. (2022). Ko’rfaz mamlakatlarida internet texnologiyasining rivojlanish dinamikasi (siyosiy va iqtisodiy sohalar misolida). Scientific progress, 3(3), 655-659.

Oglu, A. M. A. (2025). Specific Indicators of The Means of Forming a Sense of Relevance to National History. CURRENT RESEARCH JOURNAL OF PEDAGOGICS, 6(03), 12-16.