Authors

  • Mallayev B.
  • Xaitov A.

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.jnci.93434

Keywords:

Kalit so‘zlar. GAT geodemografik tahlil fazoviy tahlil aholi taqsimoti hududiy rejalashtirish ArcGIS migratsiya jarayonlari demografik tendensiyalar statistik modellashtirish.

Abstract

Annotatsiya. Geografik axborot tizimlari (GAT) geodemografik tahlilda muhim rol o‘ynab, demografik ma’lumotlarni vizuallashtirish, xaritalash va fazoviy tahlil qilish imkonini beradi. Ushbu maqolada GATning geodemografik tadqiqotlardagi qo‘llanilishi O‘zbekiston Respublikasi hududlari misolida o‘rganiladi. Demografik ma’lumotlarni qayta ishlash metodologiyalari, fazoviy tahlil usullari va GATdan foydalanish orqali aholi tarkibi, migratsiya jarayonlari hamda hududiy tafovutlarni aniqlash imkoniyatlari muhokama qilinadi. Shuningdek, xalqaro tajribalar bilan taqqoslash va statistik modellar bilan integratsiya qilish yondashuvlari ham ko‘rib chiqiladi.


background image

JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS

https://scientific-jl.com/new

Volume–74_Issue-1_April-2025

193

193

GEODEMOGRAFIK TAHLILLAR UCHUN GEOGRAFIK

AXBOROT TIZIMLARI (GAT) DAN FOYDALANISH

Mallayev B.

Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar

universiteti assitenti

Xaitov A.

Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar

universiteti talabasi

Annotatsiya.

Geografik axborot tizimlari (GAT) geodemografik tahlilda muhim

rol o‘ynab, demografik ma’lumotlarni vizuallashtirish, xaritalash va fazoviy tahlil
qilish imkonini beradi. Ushbu maqolada GATning geodemografik tadqiqotlardagi
qo‘llanilishi O‘zbekiston Respublikasi hududlari misolida o‘rganiladi. Demografik
ma’lumotlarni qayta ishlash metodologiyalari, fazoviy tahlil usullari va GATdan
foydalanish orqali aholi tarkibi, migratsiya jarayonlari hamda hududiy tafovutlarni
aniqlash imkoniyatlari muhokama qilinadi. Shuningdek, xalqaro tajribalar bilan
taqqoslash va statistik modellar bilan integratsiya qilish yondashuvlari ham ko‘rib
chiqiladi.

Аннотация

. Географические информационные системы (ГИС) играют

важную роль в геодемографическом анализе, обеспечивая визуализацию,
картографирование и пространственный анализ демографических данных. В
статье рассматривается применение ГИС в геодемографических исследованиях
на примере регионов Республики Узбекистан. Будут обсуждаться методологии
обработки демографических данных, методы пространственного анализа и
использование ГИС для определения структуры населения, миграционных
процессов и региональных различий. Также будут рассмотрены сравнения с
международным опытом и подходы к интеграции со статистическими моделями.

Kalit so‘zlar.

GAT, geodemografik tahlil, fazoviy tahlil, aholi taqsimoti, hududiy

rejalashtirish, ArcGIS, migratsiya jarayonlari, demografik tendensiyalar, statistik
modellashtirish.

Ключевые слова.

ГИС, геодемографический анализ, пространственный

анализ, распределение населения, региональное планирование, ArcGIS,
миграционные процессы, демографические тенденции, статистическое
моделирование.

Kirish.

Geodemografik tahlil aholi joylashuvi va demografik xususiyatlarini

fazoviy o‘rganish bilan shug‘ullanadi hamda Geografik Axborot Tizimlari (GAT) bilan
integratsiyalashgan holda yanada mukammal tus olgan. GAT turli fazoviy


background image

JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS

https://scientific-jl.com/new

Volume–74_Issue-1_April-2025

194

194

masshtablarda demografik ma’lumotlarni vizualizatsiya va tahlil qilish imkoniyatini
yaratib, aholi dinamikasini chuqurroq o‘rganishga yordam beradi.Geodemografik
tadqiqotlarda GATning qo‘llanilishi topografiya, yer foydalanish va infratuzilma kabi
turli xil ma’lumot qatlamlarini birlashtirishga imkon beradi. Fazoviy tahlil usullari
orqali geografik xususiyatlar va demografik o‘zgaruvchilar o‘rtasidagi bog‘liqlik
aniqlanib, hududiy rejalashtirish va resurslardan samarali foydalanish

uchun

ma’lumotlar taqdim.

Adabiyotlar tahlili.

Boshqa demografik jarayonlardan farqli ravishda

migratsiyada iqtisodiy omillar ta’siri ayniqsa yorqinroq kuzatiladi. Shu sababli,
adabiyotlarda ham migratsiyaning katta qismi iqtisodiy migratsiya deb ataladi.
Ishsizlik va qashshoqlikdan qutilish yo‘llarini izlash maqsadida XIX asrda millionlab
inglizlar va irlandlar AQSHga ko‘chib kelgan. XX asr boshlarida tashqi migratsiya
Janubiy va Sharqiy Yevropa mamlakatlarida, Germaniya va Rossiyada sezilarli ta’sir
ko‘rsatdi. AQSHga Lotin Amerikasi, Janubiy Afrika va Avstraliyadan siyosiy

emigrantlar oqimi

kuchaydi.

Umuman olganda, XIX asr oxiri va XX asr boshlaridagi AQSH – tashqi

migratsiya oqimlariga xrestomatik misol bo‘la oladi. O‘z vatanida yeridan mahrum
bo‘lgan emigrantlar AQSHda o‘z xo‘jaligiga ega bo‘lishni rejalashtirgan. 1907-yilga
kelib har yili mamlakatga ko‘chib keladiganlar soni rekord darajada – 1,3 mln kishini
tashkil qildi; shundan qariyb yarmi – Angliyadan, qolganlar esa – agrar aholi soni
ko‘payib ketishidan aziyat chekayotgan Yevropaning janubi va sharqidan edi. XX
asrning 30-yillarida ro‘y bergan inqiroz ishsizlar qo‘shinini ko‘paytirdi va mamlakat
hukumati tashqi migrantlar oqimini 100 ming kishigacha chegaralashga majbur
bo‘ldi.Butun XX asr davomida rivojlangan mamlakatlarda arzon va malakasiz ishchi
kuchi oqimiga ehtiyoj saqlanib qolgan bo‘lib, uning manbasi bo‘lib rivojlanayotgan
mamlakatlar xizmat qildi. Migratsiyaning qo‘shimcha va o‘ziga xos turi – «aqllar
oqimi» – eng malakali kadrlarning unchalik rivojlanmagan mamlakatlardan ko‘proq
rivojlangan mamlakatlarga ko‘chib o‘tishi paydo bo‘ldi.

Metodologiya.

Ushbu tadqiqotda O‘zbekiston Respublikasi misolida GAT

asosida geodemografik tahlil amalga oshiriladi. Tadqiqot quyidagi besh asosiy
bosqichdan iborat bo‘lib, mavjud GAT tahlil metodologiyalariga asoslanadi:

Masalani aniqlash – O‘zbekiston Respublikasida demografik o‘zgarishlarni

fazoviy jihatdan tahlil qilish maqsad qilib olinadi.

Ma’lumotlarni yig‘ish va tayyorlash – Demografik statistika, geografik

chegaralar, yer foydalanish va infratuzilma ma’lumotlari to‘planadi. Ushbu bosqichda
ma’lumotlar tozalash, geokodlash va GAT dasturlariga integratsiya qilinadi.

Tahlil usullari va vositalarini tanlash – Fazoviy klasterlash algoritmlari, fazoviy

autokorrelatsiya va hotspot tahlil kabi usullar qo‘llanadi.

Tahlilni amalga oshirish – Tanlangan metodlar ArcGIS va boshqa GAT


background image

JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS

https://scientific-jl.com/new

Volume–74_Issue-1_April-2025

195

195

dasturlarida qo‘llanilib, O‘zbekiston Respublikasining geodemografik xususiyatlari
vizualizatsiya

qilinadi.

Natijalar.

Ushbu tadqiqotda O‘zbekiston Respublikasining geodemografik

xususiyatlari GAT dasturiy ta’minoti yani ArcGIS dasturi asosida tahlil qilindi. Tahlil
natijalari quyidagi asosiy jihatlarni o‘z ichiga oladi (1-2-3-rasmlar):

1-rasm. O‘zbekiston Respublikasi aholi zichligi demografiyasi (2023 y)

2-rasm. O‘zbekiston Respublikasi aholi zichligi demografiyasi (2024 y)


Ushbu demografik xaritalar nafaqat aholi soni uning ko‘payishi miqyosida

qolaversa boshqa sohalarda ham keng qo‘llanilmoqda. Xususan barchamizga ma’lum
2024-yil 5-noyabrda Amerika Qo‘shma Shtatlari davlatida Prezidentlik saylovi bo‘lib
utdi va uning natijalari ham geodemografik tahlil yani web-xarita ko‘rinishida
namoyon qilinganini misol qilib olishimiz mumkin. (4-rasm)


background image

JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS

https://scientific-jl.com/new

Volume–74_Issue-1_April-2025

196

196

3-rasm. Iqtisodiy faol aholi soni ma`lumotlari asosida

tayyorlangan web xarita

4-rasm. AQSH prezidentlik saylovi natijalari xarita (web) ko'rinishida


Xulosa.

Geografik axborot tizimlari (GAT) zamonaviy demografik tahlillar

uchun muhim vosita bo‘lib, yirik miqyosdagi hududiy jarayonlarni vizualizatsiya
qilish, mintaqaviy farqlarni aniqlash va prognoz qilish imkoniyatini beradi. Ushbu
tadqiqotda O‘zbekiston Respublikasining aholi zichligi xaritalari yillar kesimida va
AQSh prezidentlik saylovlari natijalarining web-xaritasi asosida tahlillar olib borildi.


background image

JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS

https://scientific-jl.com/new

Volume–74_Issue-1_April-2025

197

197

Olingan natijalarga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasida aholi zichligining hududiy
taqsimoti ancha notekis bo‘lib, asosiy zich hududlar Toshkent shahri, Farg‘ona vodiysi
va ayrim sanoat markazlari atrofida jamlangan. So‘nggi yillardagi tahlillar shuni
ko‘rsatadiki, demografik o‘sish asosan shahar aglomeratsiyalarida jadallashib, qishloq
hududlarida aholi zichligi pasayish tendensiyasiga ega. Ushbu jarayonlarning
aniqlanishi GAT texnologiyalari yordamida amalga oshirildi va aholi soni bo‘yicha
dinamik kartografik modellar yaratildi.

Bundan tashqari, tadqiqotda AQSh prezidentlik saylovlari natijalari bo‘yicha

web-xaritalar asosida hududiy saylov jarayonlarini vizualizatsiya qilish tajribasi
o‘rganildi. Saylov natijalarini hududiy taqsimot bo‘yicha tahlil qilish shuni ko‘rsatdiki,
elektoratning tanloviga hududiy iqtisodiy omillar, urbanizatsiya darajasi va demografik
tarkib kabi muhim omillar ta’sir ko‘rsatadi. Ushbu natijalar O‘zbekistonda ham saylov
jarayonlarini hududiy-demografik tahlillar asosida tahlil qilish va prognozlash uchun
GATdan samarali foydalanish mumkinligini tasdiqlaydi.

GAT texnologiyalarining demografik va siyosiy jarayonlardagi roli shuni

ko‘rsatadiki, bunday tizimlar mintaqaviy farqlarni aniq aniqlash, tahlil qilish va davlat
siyosatini shakllantirish uchun muhim vositadir. Ularning statistik ma’lumotlar, real
vaqt rejimidagi axborot va bashorat modellar bilan integratsiyalashuvi kelajakda aholi
o‘sishi, migratsiya oqimlari, hududiy saylov tendensiyalarini yanada chuqur
o‘rganishga xizmat qiladi. GAT asosidagi demografik tahlillar natijalari urbanizatsiya
jarayonlarini tartibga solish, infratuzilma rejalashtirish va saylov tizimi kabi muhim
sohalarda aniq va samarali qarorlar qabul qilishga xizmat qiladi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

1.

Abduqodirov A., Muxitdinov A. Geografik axborot tizimlari: Nazariya va
amaliyot. – Toshkent: O‘zbekiston Milliy Ensiklopediyasi, 2021.

2.

IBRAIMOVA, A., & MALLAYEV, B. O ‘ZBEKISTON MILLIY
UNIVERSITETI XABARLARI, 2023,[3/1] ISSN 2181-7324.

3.

Abdullaev H. Zamonaviy geografik axborot tizimlari va ularning O‘zbekiston
hududiy rivojlanishidagi o‘rni // O‘zMU Ilmiy axborotnomasi, 2022, №3.

4.

To‘rayev A., Xolmirzayev I. Raqamli kartografiya va geoinformatsion tizimlar. –
Samarqand: SamDU nashriyoti, 2020.

5.

Rasulov B. Demografik jarayonlarning hududiy tahlili va prognozi. – Toshkent:
O‘zR FA Geografiya instituti, 2018.

6.

X.X. Abduramanov, A.B. Xayitov “DEMOGRAFIK TAHLIL”

7.

Ibraimova, A. A. Socio-economic cartography. study guide-Tashkent: Tafakkur
tomchilari, 2020.-306p.

Internet saytlari

8.

https://stat.uz/uz/

9.

https://geoinfo.uz/

10.

https://www.gazeta.uz/oz/

11.

https://apnews.com/

References

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

Abduqodirov A., Muxitdinov A. Geografik axborot tizimlari: Nazariya va amaliyot. – Toshkent: O‘zbekiston Milliy Ensiklopediyasi, 2021.

IBRAIMOVA, A., & MALLAYEV, B. O ‘ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI XABARLARI, 2023,[3/1] ISSN 2181-7324.

Abdullaev H. Zamonaviy geografik axborot tizimlari va ularning O‘zbekiston hududiy rivojlanishidagi o‘rni // O‘zMU Ilmiy axborotnomasi, 2022, №3.

To‘rayev A., Xolmirzayev I. Raqamli kartografiya va geoinformatsion tizimlar. – Samarqand: SamDU nashriyoti, 2020.

Rasulov B. Demografik jarayonlarning hududiy tahlili va prognozi. – Toshkent: O‘zR FA Geografiya instituti, 2018.

X.X. Abduramanov, A.B. Xayitov “DEMOGRAFIK TAHLIL”

Ibraimova, A. A. Socio-economic cartography. study guide-Tashkent: Tafakkur tomchilari, 2020.-306p.

Internet saytlari