Authors

  • Mallayev B.
  • Xaitov A.

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.jnci.93437

Keywords:

Kalit soʻzlar: Orolboʻyi Orol dengizi ArcGIS geoaxborot tizimlari ekologik monitoring qirg‘oq chiziqlari kartalashtirish.

Abstract

Annotatsiya. Ushbu maqolada Orolboʻyi mintaqasida sodir boʻlayotgan ekologik holat tahlil etilgan boʻlib, Orol dengizi qirgʻoq chiziqlarinig oʻzgarish dinamikasini aks ettiruvchi kartani ishlab chiqish jarayonlari aks ettirilgan. Ushbu kartani yaratishda ArcGIS dasturidan foydalanilgan boʻlib, bu dastur turli mavzudagi kartalar tuzish geografik axborotni to‘plash, tashkil etish, boshqarish, tahlil qilish, almashinish va taqdim etish imkonini beruvchi to‘liq tizim hisoblanadi.


background image

JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS

https://scientific-jl.com/new

Volume–74_Issue-1_April-2025

182

182

OROL DENGIZI QIRG‘OQ CHIZIQLARI O‘ZGARISHINI

KARTALASHTIRISH

Mallayev B.

Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar

universiteti assitenti

Xaitov A.

Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar

universiteti talabasi


Annotatsiya.

Ushbu maqolada Orolboʻyi mintaqasida sodir boʻlayotgan ekologik

holat tahlil etilgan boʻlib, Orol dengizi qirgʻoq chiziqlarinig oʻzgarish dinamikasini aks
ettiruvchi kartani ishlab chiqish jarayonlari aks ettirilgan. Ushbu kartani yaratishda
ArcGIS dasturidan foydalanilgan boʻlib, bu dastur turli mavzudagi kartalar tuzish
geografik axborotni to‘plash, tashkil etish, boshqarish, tahlil qilish, almashinish va
taqdim etish imkonini beruvchi to‘liq tizim hisoblanadi.

Аннотация.

В статье анализируется современная экологическая ситуация в

Приаралье и описываются процессы создания карты, отражающей динамику
изменения береговой линии Аральского моря. Эта карта была создана с
помощью ArcGIS — комплексной системы, которая позволяет собирать,
организовывать, управлять, анализировать, обмениваться и представлять
географическую информацию для создания карт на различные темы.

Kalit soʻzlar:

Orolboʻyi, Orol dengizi, ArcGIS, geoaxborot tizimlari, ekologik

monitoring, qirg‘oq chiziqlari, kartalashtirish.

Ключевые

слова:

Приаралье,

Аральское

море,

ArcGIS,

геоинформационные системы, экологический мониторинг, береговые линии,
картографирование.

Bugungi kunga kelib, regional ekologik muammodan global ekologik muammoga

aylanib ulgurgan Orol va Orolbo‘yi muammosi nafaqat O‘rta Osiyo, balki, jahon
hamjamiyatining ham e’tiborini tortmoqda. O‘rta Osiyo mamlakatlari, jumladan,
O‘zbekiston ham ko‘p yillardan beri xalqaro hamjamiyat e’tiborini Orol muammosini
bartaraf etishga jalb etib kelmoqda. Oxirgi yillarda

Orolbo‘yi mintaqasida ekologik va

ijtimoiy-iqtisodiy vaziyatni, aholining yashash sharoitlarini yaxshilashga, Orol
dengizining ekologik falokati oqibatlarini yumshatishga jiddiy e’tibor qaratilmoqda.
Ushbu hududda bugungi kunda Amudaryo va Sirdaryo suvlarining Orol dengiziga
quyilishi keskin kamayishi va Orol dengizining qurishi tufayli Orolbo‘yi hududidagi
ekologik muvozanat izdan chiqqan, tashqi muhit tanazzulga yuz tutmoqda va oqibatda
yashash uchun o‘ta xavfli sharoit yuzaga kelmoqda. Atrof-muhitga tabiiy va


background image

JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS

https://scientific-jl.com/new

Volume–74_Issue-1_April-2025

183

183

antropogen salbiy ta’sir tufayli Orol dengizi havzasida inson salomatligiga muayyan
xavf soluvchi o‘ta xavfli ijtimoiy-iqtisodiy va sanitariya-epidemiologik vaziyat yuzaga
kelgan. Ta’kidlash lozimki, Orolbo‘yi mintaqasida vujudga kelgan muammolarni
chuqur tahlil qilish va yechim topish bo‘yicha o‘zbek va chet ellik olimlar tomonidan
ko‘plab ilmiy izlanishlar olib borilgan. Ammo Orol dengizi qurib borishini tavsiflovchi
kartalarini zamonaviy GAT dasturlari yordamida yaratish masalasida ilmiy izlanishlar
deyarli olib borilmayapti. Xolbuki, bunday kartalar Orol dengizi qurib borish
dinamikasini tahlil qilib ushbu muammoga yechim topishda muhim ahamiyat kasb
etadi.

Orolbo‘yi mintaqasining ekologik monitoringini ishlab chiqishda ArcGIS

dasturida Orolbo‘yining bir necha yillar oralig‘idagida qirg‘oq chegaralarining
o‘zgarishini ko‘rsatuvchi kartalarini tuzish masalalari ko‘rib chiqishni taqazo etadi.

Sug‘oriladigan maydonlarning kengayishi, shahar va shahar tipidagi aholi

ko‘payishi natijasida Orol dengizi suv sathi muntazam ravishda tushib bordi.
Sug‘orishning rivojlanishi natijasida Orol dengizi suv sathi 1960 yilda 53,40 m dan
1976 yilda 48 m ga, 1997 yilda 36 m ga, 2002 yilda 30 m ga, 2013 yilning oxirida esa
23 m tushib qoldi; dengiz maydoni 1960 yilda 68,900 km

2

,1997 yilda 32500 km

2

, 2002

yilda 18100 km

2

, qisqardi, buning oqibatida 2013-yilda uning 55 ming km

2

, qismi qurib

quriqlikga aylandi.

Yangitdan vujudga kelgan kontinen quruqlik tabiiy muhitning tipik cho‘l

xususiyatlariga egaligi va uning antrofidagi qum sho‘rxok landshaftlaridan deyarli

farq

qilmasligi bilan ajralib turadi. Dengiz suvining har yili tub qirg‘oqidan

ma’lum

masofaga chekinishi va tubidagi yotqiziqlarning litologik tarkibiga ko‘ra

shamolning

relef hosil qiluvchi faoliyati natijasida o‘tgan 60 yil mobaynida uning

yer usti tuzilishi

murakablashib bordi.

1-rasm. Orol dengizining 1960 - 2010 yillar bo‘yicha o‘zgarishi


Kartalarni tuzish ArcGIS dasturida bir necha bosqichda amalga oshiriladi. Dastlab

vektorizatsiya qilishda uchun sifatli bo‘lgan Orolbo‘yi mintaqasining kartasi tanlab
olinadi. Ushbu rastrli manbalarning sifat darajasi biz tuzayotgan kartalarning qay


background image

JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS

https://scientific-jl.com/new

Volume–74_Issue-1_April-2025

184

184

darajada batafsilligini belgilab beradi. Talab darajasiga javob bera oladigan rastrlar
tanlab olinganidan so‘ng ularda berilgan obyektlar tahlil qilinadi hamda ularni
tasvirlash usullari tanlanadi.

Tanlangan rastr ko‘rinishidagi kartalarni vektorli ko‘rinishga o‘tkazish uchun

dastlab ArcCatalog ilovasi ochiladi. Ushbu ilova yordamida kartada tasvirlanadigan
fazoviy obyektlar sinfi yaratiladi. Fazoviy obyektlar sinfi yaratishdan avval ushbu baza
saqlanadigan papka tanlanadi hamda ushbu papkada faylli geoma’lumotlar bazasi (File
Geodatabase) yaratiladi.

Proeksiya va koordinata tizimlari tanlanadi va fazoviy obyektlar sinfini yaratish

ishlari bajariladi. Fazoviy obyektlar sinfi kartada tasvirlanadigan barcha tabiiy,
ijtimoiy yoki iqtisodiy obyektlar sinfi hisoblanadi. Har bir yaratiladigan fazoviy obyekt
uzining shakliga ega (masalan, chiziqli, maydonli va h.k.). Fazoviy obyektlar sinfini
yaratishda har

bir obyektni turiga qarab alohida yaratiladi. Maydonli obyektlar Polygon

Features, chiziqli obyektlar, Line Features nuqtali obyektlar esa Point Features
buyruqlarini tanlash orqali hosil qilinadi. Bundan tashqari kartadagi yozuvlarni kiritish
uchun ularni ham fazoviy obyekt sifatida kiritish ehtiyoji tug‘iladi. Buning uchun
Anotattion Features buyrug‘i tanlanadi.

Create Features panelidan kerakli fazoviy obyekt tanlanadi va uni vektorizatsiya

qilinadi. Shu tariqa barcha fazoviy obyektlar vektorizatsiya jarayonidan o‘tkaziladi.
Shundan so‘ng barcha fazoviy obyektlarga tegishli shartli belgilar beriladi. Dasturda
berilgan shartli belgilar ko‘p hollarda obyektga mos kelmasligi mumkin. Shartli belgini
o‘zgartirish uchun o‘zgartirilayotgan fazoviy obyekt ustiga bosiladi. Bunda yangi oyna
hosil bo‘ladi. Unda turli xildagi shartli belgilar tizimi kiritilgan bo‘lib, ular
foydalanuvchi tomonidan mustaqil ravishta tahrirlash imkoniyati ham mavjud. Ishning
yakunida tayyor bo‘lgan Orol dengizi qirg‘oq chiziqlarining o‘zgarish dinamikasini
tavsiflovchi kartasi chop etish uchun qulay formatga o‘tkazib olinadi.

2-rasm. Orol dengizi qirgʻoq chiziqlari oʻzgarishi kartasi


background image

JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS

https://scientific-jl.com/new

Volume–74_Issue-1_April-2025

185

185

Orol dengizi sathining 1961 yildan boshlab to‘xtovsiz tushishi munosabati

bilan,

hozirgi vaqtda butun Orol bo‘yi zonasida tabiiy- geografik komplekslarda

muhit hosil

qiluvchi jarayonlarning dinamikasini tezlashtiruvchi sharoit vujudga

keldi. Orolbo‘yi

zonasida tabiiy-geografik sharoitning yomonlashuvi jarayoni

hamma tabiiy

ko‘rsatkichlardan o‘tib ketdi. Tabiiy-geografik muhitning chuqur

o‘zgarishi nafaqat

dengizning qurigan qismi, balki butun dengiz buyi atrofi

zonasini, Sirdaryo va

Amudaryo deltasi tekisliklarini, Qoraqum va Qizilqum

sahrolarining dengizga yaqin

uchastkalarini qamrab oldi. Ikki daryo deltalarida

sahrolanish jarayoni ko‘z oldimizda

sodir bo‘lmoqda.

Xulosa o‘rnida shuni ta’kidlash mumkinki, Orolbo‘yi mintaqasini

kartalashtirishda geoaxborot tizimlaridan foydalanish va ma’lumotlar bazasini yaratish
hududdagi bir necha o‘n yillar davomida yuzaga kelgan ekologik, ijtimoiy-iqtisodiy
muammolarni tahlil etishda, ularni bartaraf etishning eng samarali yo‘llarini topishda
hamda boshqa ilmiy va amaliy masalalarni hal etishda ma’lum darajada xizmat qiladi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

1.

Eshchanova S.Sh. Janubiy Orolbo‘yi hududlarida atrof muhit o‘zgarishlarini
inson organizmiga xavfli omil sifatida ekologik baholash // Orol mintaqasi va
qo‘shni hududlarda kompleks geografik tadqiqotlarning muammo va istiqbollari.
Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya materiallari.

Nukus, 2018.

2.

Ibragimova R.A. Orol tabiiy geografik okrugi. Avtoreferat. – Toshkent, 2012.

3.

Ibragimova R.A. Orol va Orolbo‘yini tabiiy geografik rayonlashtirish tarixi //
Orol mintaqasi va qo‘shni hududlarda kompleks geografik tadqiqotlarning
muammo va istiqbollari. Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya materiallari.

Nukus, 2018.

4.

Рафиков В.А., Маллаев Б.К., & Ганиев З.А. (2022). ЗАКОНОМЕРНОСТИ
РАЗВИТИЯ ОПУСТЫНИВАНИЯ В ЮЖНОМ ПРИАРАЛЬЕ. Экономика и
социум, (8 (99)), 300-312.

5.

МАЛЛАЕВ,

Б.

ОПУСТЫНИВАНИЕ

ЮЖНОГО

ПРИАРАЛЬЯ,

СВЯЗАННОЕ СО СНИЖЕНИЕМ УРОВНЯ ГРУНТОВЫХ ВОД. ЗИЛЗИЛА
ЎЧОҒИ МЕХАНИЗМИНИ ЎРГАНИШНИНГ АҲАМИЯТИ.

6.

IBRAIMOVA,

A.,

&

MALLAYEV,

B.

O‘ZBEKISTON

MILLIY

UNIVERSITETI XABARLARI, 2023,[3/1] ISSN 2181-7324.

7.

Sh, B., & Mallayev, B. (2024). SUN’IY YO’LDOSH YORDAMIDA
GEODEZIK

TARMOQLARNI

RIVOJLANTIRISH

USULLARI

VA

TEXNOLOGIYALARI. WORLD OF SCIENCE, 7(10), 61-64.

8.

Жураев, С., & Беккамов, М. (2022). КЛАССИФИКАЦИЯ ВИСЯЧИХ
МЕТАЛЛИЧЕСКИХ КОНСТРУКЦИЙ (ТРОСОВЫХ И МЕМБРАННЫХ)
ПОКРЫТИЙ. O'ZBEKISTONDA FANLARARO INNOVATSIYALAR VA
ILMIY TADQIQOTLAR JURNALI, 2(14), 997-1002.


background image

JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS

https://scientific-jl.com/new

Volume–74_Issue-1_April-2025

186

186

9.

Жураев, С., & Сатторов, К. (2023). Расчет Тросовых Висячих Покрытий В
Пк Лира. Periodica Journal of Modern Philosophy, Social Sciences and
Humanities, 16, 119-123.

10.

Жўраев, С. (2023). АЛИШЕР НАВОИЙ ДАВРИ ИМОРАТЛАРИНИНГ
АРХИТЕКТУРАСИ. O'ZBEKISTONDA FANLARARO INNOVATSIYALAR
VA ILMIY TADQIQOTLAR JURNALI, 2(16), 142-146.

11.

Turayev, S., & Sanjar, J. (2023). ZILZILA VAQTIDA BINO VA ZAMIN
GRUNTLARINING O’ZARO TA’SIRI. Finland International Scientific Journal
of Education, Social Science & Humanities, 11(2), 410-414.

12.

Sanjar, J. (2023). DEVELOPMENT OF CULTURE AND ENTERTAINMENT
PARKS. American Journal of Pedagogical and Educational Research, 9, 49-52.

13.

Жураев, С., & Тураев, Ш. (2023). ДВУХПОЯСНЫЕ ПРЕДВАРИТЕЛЬНО
НАПРЯЖЕННЫЕ СИСТЕМЫ. IJODKOR O'QITUVCHI, 3(29), 77-81.

14.

Жураев,

С.,

&

Сатторов,

К.

(2023).

ТЕРМИНОЛОГИЯ

И

КЛАССИФИКАЦИЯ ВИСЯЧИХ И ВАНТОВЫХ МОСТОВ. Innovations in
Technology and Science Education, 2(9), 197-206.

15.

Хурсандов, Э. Ў. (2024). ЭГИЛУВЧИ ЭЛЕМЕНТЛАРНИ ҲИСОБЛАШ ВА
УЛАРНИНГ

АФЗАЛЛИКАРИ.

ОБРАЗОВАНИЕ

НАУКА

И

ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ, 47(5), 73-76.

16.

Mamatmurod ogli J. S. et al. QURILISH BOSH PLANI, MATERIAL VA
KONSTRUKSIYALARNI

OMBORLARGA

JOYLASHTIRISH

//ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ. – 2024.
– Т. 47. – №. 5. – С. 66-72.

17.

Mamatmurod ogli J. S. et al. ASOS, PODEVORLAR VA ORAYOPMALARNI
KUCHAYTIRISH

VA

ULARNING

MONTAJ

SAMARADORLIGINI

OSHIRISH //ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В
МИРЕ. – 2024. – Т. 47. – №. 5. – С. 54-59.

References

Eshchanova S.Sh. Janubiy Orolbo‘yi hududlarida atrof muhit o‘zgarishlarini inson organizmiga xavfli omil sifatida ekologik baholash // Orol mintaqasi va qo‘shni hududlarda kompleks geografik tadqiqotlarning muammo va istiqbollari. Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya materiallari.  Nukus, 2018.

Ibragimova R.A. Orol tabiiy geografik okrugi. Avtoreferat. – Toshkent, 2012.

Ibragimova R.A. Orol va Orolbo‘yini tabiiy geografik rayonlashtirish tarixi // Orol mintaqasi va qo‘shni hududlarda kompleks geografik tadqiqotlarning muammo va istiqbollari. Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya materiallari.  Nukus, 2018.

Рафиков В.А., Маллаев Б.К., & Ганиев З.А. (2022). ЗАКОНОМЕРНОСТИ РАЗВИТИЯ ОПУСТЫНИВАНИЯ В ЮЖНОМ ПРИАРАЛЬЕ. Экономика и социум, (8 (99)), 300-312.

МАЛЛАЕВ, Б. ОПУСТЫНИВАНИЕ ЮЖНОГО ПРИАРАЛЬЯ, СВЯЗАННОЕ СО СНИЖЕНИЕМ УРОВНЯ ГРУНТОВЫХ ВОД. ЗИЛЗИЛА ЎЧОҒИ МЕХАНИЗМИНИ ЎРГАНИШНИНГ АҲАМИЯТИ.

IBRAIMOVA, A., & MALLAYEV, B. O‘ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI XABARLARI, 2023,[3/1] ISSN 2181-7324.

Sh, B., & Mallayev, B. (2024). SUN’IY YO’LDOSH YORDAMIDA GEODEZIK TARMOQLARNI RIVOJLANTIRISH USULLARI VA TEXNOLOGIYALARI. WORLD OF SCIENCE, 7(10), 61-64.

Жураев, С., & Беккамов, М. (2022). КЛАССИФИКАЦИЯ ВИСЯЧИХ МЕТАЛЛИЧЕСКИХ КОНСТРУКЦИЙ (ТРОСОВЫХ И МЕМБРАННЫХ) ПОКРЫТИЙ. O'ZBEKISTONDA FANLARARO INNOVATSIYALAR VA ILMIY TADQIQOTLAR JURNALI, 2(14), 997-1002.

Жураев, С., & Сатторов, К. (2023). Расчет Тросовых Висячих Покрытий В Пк Лира. Periodica Journal of Modern Philosophy, Social Sciences and Humanities, 16, 119-123.

Жўраев, С. (2023). АЛИШЕР НАВОИЙ ДАВРИ ИМОРАТЛАРИНИНГ АРХИТЕКТУРАСИ. O'ZBEKISTONDA FANLARARO INNOVATSIYALAR VA ILMIY TADQIQOTLAR JURNALI, 2(16), 142-146.

Turayev, S., & Sanjar, J. (2023). ZILZILA VAQTIDA BINO VA ZAMIN GRUNTLARINING O’ZARO TA’SIRI. Finland International Scientific Journal of Education, Social Science & Humanities, 11(2), 410-414.

Sanjar, J. (2023). DEVELOPMENT OF CULTURE AND ENTERTAINMENT PARKS. American Journal of Pedagogical and Educational Research, 9, 49-52.

Жураев, С., & Тураев, Ш. (2023). ДВУХПОЯСНЫЕ ПРЕДВАРИТЕЛЬНО НАПРЯЖЕННЫЕ СИСТЕМЫ. IJODKOR O'QITUVCHI, 3(29), 77-81.

Жураев, С., & Сатторов, К. (2023). ТЕРМИНОЛОГИЯ И КЛАССИФИКАЦИЯ ВИСЯЧИХ И ВАНТОВЫХ МОСТОВ. Innovations in Technology and Science Education, 2(9), 197-206.

Хурсандов, Э. Ў. (2024). ЭГИЛУВЧИ ЭЛЕМЕНТЛАРНИ ҲИСОБЛАШ ВА УЛАРНИНГ АФЗАЛЛИКАРИ. ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ, 47(5), 73-76.

Mamatmurod ogli J. S. et al. QURILISH BOSH PLANI, MATERIAL VA KONSTRUKSIYALARNI OMBORLARGA JOYLASHTIRISH //ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ. – 2024. – Т. 47. – №. 5. – С. 66-72.

Mamatmurod ogli J. S. et al. ASOS, PODEVORLAR VA ORAYOPMALARNI KUCHAYTIRISH VA ULARNING MONTAJ SAMARADORLIGINI OSHIRISH //ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ. – 2024. – Т. 47. – №. 5. – С. 54-59.