JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS
Volume–74_Issue-1_April-2025
47
47
IKKINCHI JAHON URUSH YILLARIDA O‘ZBEKISTON
AYOLLARINING FRONT VA FRONTORTIDAGI FAOLIYATI
Turdaliyeva Odinaxon Baxtiyor qizi
Namangan davlat pedagogika instituti Tarix yo‘nalishi
1-bosqich talabasi
turdaliyevaodinaxon2810@gmail.com
Tel: +998943972805
Annotatsiya:
Mazkur maqolada Ikkinchi jahon urushi yillarida o‘zbekistonlik
xotin-qizlarning front va frontortida jang va mehnat sohasida ko‘rsatgan jasoratlari,
fashizm ustidan qozonilgan g‘alabaga qo‘shgan hissasi haqida so‘z boradi.
Kalit so‘zlar:
Ikkinchi jahon urushi, Raxima Alimova, Zebo G‘aniyeva, Maryam
Yusupova, Sobira Majidova, SSSRning eng yaxshi traktorchisi.
Abstract
: This article discusses the courage of Uzbek women in battle and labor
at the front and in the frontline during World War II, and their contribution to the
victory over fascism.
Keywords:
World War II, Rakhima Alimova, Zebo Ganiyeva, Maryam
Yusupova, Sobira Majidova, the best tractor driver of the USSR.
Kirish.
Ikkinchi jahon urushida fashizm ustidan qozonilgan ko‘p millatli
O‘zbekiston xalqining qo‘shgan hissasi beqiyosdir. Bugungi tinch va ozod, faravon
ota-bobolarimiz namayon etgan mardlik va jasoratni el-yurtimiz hech qachon
unutilmaydi.
Darhaqiqat Vatanimiz tarixini holis va haqqoniy o‘rganar ekanmiz. Ikkinchi jahon
urushi, u keltirib chiqargan misilsiz yo‘qotishlar, urushda erishilgan buyuk
g‘alabagacha bo‘lgan davriga o‘zbek xalqining nafaqat erkaklarning, balki, ayollar-
ning ham ulkan hissasi borligini e’tirof etamiz. Mazkur davrida, o‘zbek ayollarini
ko‘rsatgan jasorati, bukilmas irodasi va matonati insonparvarlik fazilatlari
oilaparvarligi biz avlodlar uchun muqaddas xotira va odamiylikning yuksak belgisi
bo‘lib qoladi.
Ilmiy-texnikaviy inqiloblar bosqichi o‘laroq ulug‘lanadigan XX asr ikkita jahon
urushini boshdan kechirganligi asrlar kesimida aynan shu 100 yillikda eng ko‘p urush
sodir bo‘lgani hayrat uyg‘otishi tabiiy. Dunyo aholisining 80% ga ega bo‘lgan 62 ta
davlatni qamrab olgan va 110 000 000 harbiylar qatnashgan ushbu qirg‘in-barot 60-65
million kishi hayotiga zomin bo‘ldi. Harbiy harajatlar va yo‘qotishlar 4 trillion dollarga
tenglashgani inobatga olinsa, urushning o‘ta o‘gir yuki yuz millionlab oddiy kishilar
bo‘yinga tushganini ilg‘ash qiyinmas, deb o‘ylaymiz. Qanchadan-qancha xalqlar
ko‘rgan ijtimoiy-iqtisodiy talofatning esa cheki yo‘q.
JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS
Volume–74_Issue-1_April-2025
48
48
Mazkur urush vatanimiz hududidan ancha olisda sodir bo‘lgan bo‘lsada , uning
ayozli nafasi bizgacha kelmay qolmagan. Ota-bobolarimiz fashizm ustidan qozonilgan
umumiy g‘alabaga ulkan va tengsiz hissa qo‘shganlari haqiqatini tarix sahifalaridan
hech qachon o‘chirib bo‘lmaydi. Shu bilan birga , ushbu marraga etishish el-yurtimiz
uchun o‘ta qimmatga tushganini ham esdan chiqarmaslik darkor.
Tan olish kerakki erkaklarning bu urush uchun qo‘shgan hissasi beqiyosdir.
Ammo frontortida qolgan xotin-qizlarimiz mehnat frontida dushman bilan olishdilar.
Urush yillarida ayollar qishloq xo‘jaligi, sanoat, xalq qurilishlari qo‘yingki xalq
xo‘jaligining barcha tarmoqlarida mehnat qilganlar. Statistik ma’lumotlarga e’tibor
beradigan bo‘lsak: 1942-yilning oxiriga borib, sanoat ishchilarining 63,5 foizi, qishloq
xo‘jaligi vakillarining 65 foizini xotin-qizlar tashkil etgan edi. 1940-yilda Respublika
bo‘yicha sanoat sohasida band ayollar jami ishchilarning 43 foizini tashkil etgan edi.[1]
1942-yilda SSSR Yer ishlari Xalq Komissarligi tashabbusi bilan o‘tkazilgan
Butunittifoq musobaqasida Namangan oblastidan Tojixon O‘sarova, Buslanova, K.
Dadaboyeva va Oyimxon Dadaboyevalar “SSSRning eng yaxshi traktorchisi”
mukofotiga ega bo‘lgan [2].
Ikkinchi jahon urushi yillarida yurtimiz xotin-qizlari nafaqat frontortida, balki
frontda ham erkaklar bilan bir safda turib dushmanga qarshi jang qilganlar.
Urush yillarida, ayniqsa Moskva mudofasida o‘zbekistonlik Zebo G‘aniyeva
(1923-2010) ning nomi mashhur bo‘ldi. A.V. Lunacharskiy nomidagi Moskva davlat
teatr sanʼati institutining talabasi Zebo G‘aniyeva urush boshlangach ko‘plab talabalar
singari ko‘ngilli ravishda urushga kirdi. Otish kurslarida tayyorgarlik ko‘rgan jasur qiz
1941-yil 7-noyabr 3-Moskva kommunistik diviziyasi tarkibida Qizil maydondagi
paradda qatnashgan va urushga otlangan. U 1942-yil aprel-may oylarigacha 21 ta
dushman harbiy xizmatchilarini yo‘q qilgan, razvedkachilari safida o‘z hayotini xavf
ostida qoldirib 12 marta dushmanning rejalarini bilib olish maqsadida tirik asir tutib
kelish operatsiyasida ishtirok etib shuhrat qozongan, Stalinning 1942-yil 28-iyuldagi
IV-227-sonli “Bir qadam ham orqaga chekinilmasin” nomli qaroriga binoan 28 ta
fashistni yer tishlatgan. Urush yillarida mergan, radio operatori, razvedkachi sifatida
ishtirok etgan Zebo G‘aniyeva ko‘rsatgan jasoratlari uchun “Qizil Bayroq”, “Qizil
Yulduz” ordenlari, “Moskva mudofasi uchun” medali va 1-darajali vatan urushi ordeni
bilan taqdirlangan.[3]
Ikkinchi jahon urushi yillarida kichik tibbiyot xodimlari tayyorlashda Qizil Yarim
oy jamiyati tashkilotlari katta o‘rin tutdi. Jumladan, O‘zbekiston SSRda tashkilot
tomonidan urush yillarida 7000 hamshira, 16700 sanitariya drujinachilari,
10 mingdan ortiq tibbiyot instruktori va sanitarkalar tayyorlandi. Evakuatsiya
shifoxonalarida jamiyatning 230 hamshirasi, 2000 drujinachi ayollar ishlagan.
Jamiyatning 17000 dan ortiq o‘qitilgan faollari ixtiyoriy ravishda yaradorlar bilan
O‘zbekiston gospitallarida va saralash stansiyalarida ishlashgan. Urushning boshida
JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS
Volume–74_Issue-1_April-2025
49
49
2500 hamshira va drujinachi ayollar o‘z ixtiyori bilan frontga jo‘nab ketdi va front va
armiya bo‘linmalarida fidokorona jang qildi, ularning ko‘plari hukumat
mukofotlari bilan taqdirlandi [4].
Urush yillarida huddi shunday xotin-qizlardan Raxima Alimova, meditsina
xizmatining kapitani Sobira Majidova, meditsina xizmatining katta leytenanti Maryam
Yusupova kabilar yarador jangchi va ofitserlarni urush olovidan olib chiqadilar.
Jumladan, buxorolik Rahimova Alimova qahramon ayollardan biri bo‘lgan. 1943-
yilning 18-iyuldan 28-iyulgacha Shimoliy Dones daryosi qirg‘oqlarida Donbass uchun
o‘n kunlab jang bo‘ldi. Ana shu vaqtda Rahima Alimova pulemyot ham minomyot o‘ti
ostida 97 ta yarador jangchi va ofitserlar Alimovaga hali ham o‘z minnatdorchiligini
bildiradi. 1-sentabrdan 20-sentabrgacha davom etgan 20 kunlik janglari vaqtida
Rahima Alimova ana shunday mardona harakat qildi. Bu safar 30 nafar jangchi va
ofitserni qurol-yaroqlari bilan jang maydonidan olib chiqib ketdi va ularga zarur
bo‘lgan meditsina yordamini ko‘rsatdi. Shunday paytlar ham bo‘ladiki Rahimaxonim
ham sanitar, ham sanitariya instruktori, ham feldsher vazifalarini bajargan. O‘rtoq
Rahima Alimova jang maydonida faqat medisina xodimi sifatidagina emas balki oddiy
jangchi sifatida ham nom chiqaradi.[5]
Jasoratli oʻzbek qizlaridan biri Maryam Yusupova 1940-yilda Toshkentdagi
tibbiyot texnikumini tamomlagan. 1941-yilda urush boshlanganidan soʻng oʻz ixtiyori
bilan frontga joʻnab ketgan. U feldsher boʻlib, Ribinskda diviziya komandiri boʻlib
tugatilgan. U 1942 yil avgustdagi janglarning birida (21 yoshida) harbiy harakatlarda
qatnashgan va yaradorlarni qutqargan, u 26 nafar yarador va o‘ldirilgan askarni
qurollari bilan birga olib ketgan, buning uchun u hukumat mukofoti - Qizil Yulduz
ordeni bilan taqdirlangan. Ammo ular uni “Jasorat uchun” medali bilan taqdirlashdi.
Maryam 1944-yilgacha jangni davom ettirdi, qo‘lidan yarador bo‘ldi, shundan so‘ng u
tibbiy xizmatda katta leytenant unvoni bilan bo‘shatildi.[6]
Umumiy xulosa qilib aytganda Ikkinchi jahon urushida xotin-qizlarning front va
frontortidagi faoliyati fashizm ustidan qozonilgan g’alabaga katta hissa qo‘shdi.
Ularning jasorati, mehnati, fidoyiligi va zarur hollarda hayotlarini fido qilishlari bu
urushning eng yorqin va eng unutulmas qahramonliklarini tashkil etdi. Xotin-qizlar
o‘zining jangovar va ishchi mehnati bilan dunyo tarixida o‘z o‘rnini topdilar. Bu
jamiyat taraqqiyotining keyingi davrlari uchun gender tengligi va ayollarning ijtimoiy
va siyosiy huquqlari uchun muhim bir qadam bo‘ldi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:
1. Lafasov M., Jo’rayev U. Jahon tarixi. Akademik litseylar va kasb-hunar kollejlari
uchun o‘quv qo‘llanma. – Toshkent: «Turon-Iqbol» nashriyoti, 2005. – B.142.
2. Akbarov R.M. Ikkinchi jahon urushi yillarida matbuotda siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy
va madaniy masalalarning yoritilishi (1941 – 1945-yillar, o‘zbek tilidagi gazetalar
JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS
Volume–74_Issue-1_April-2025
50
50
misolida): Tarix fan. fal doktori (PhD) ...dissertatsiyasi – Andijon, 2025. – B.84.
3.
Zebo
Gʻaniyeva
https://uz.wikipedia.org/wiki/Zebo_G%CA%BBaniyeva
[Murojaat qilingan sana: 28.03.2025]
4. Акбаров, Р. (2023). Ikkinchi jahon urushi yillarida o‘zbek milliy matbuotida
sog‘liqni saqlash masalasi. История и культура центральной Азии, 1(1), 485–490.
извлечено от
https://inlibrary.uz/index.php/history-culture/article/view/17209
5. Shamsutdinov R. Ikkinchi jahon urushi va front gazetalari. 2-kitob. – Toshkent:
Akademnashr, 2017. – B.26
6.
Герои
Узбекистана:
Марьям
Юсупова
//
https://mcomiov.livejournal.com/28904.html
[Murojaat qilingan sana: 30.03.2025]
7. Akbarov Rahmatillo. (2023). Coverage of issues related to social life in the uzbek
national press during the second world war. International Scientific and Current
Research
Conferences,
1(01),
47–52.
Retrieved
from
https://orientalpublication.com/index.php/iscrc/article/view/1003
8. Akbarov Rahmatillo Murtozali O‘G‘Li, . (2023). COVERAGE OF THEATER
ACTIVITIES IN UZBEK NATIONAL PRESS DURING WORLD WAR II.
International Journal Of History And Political Sciences, 3(06), 21–28.
https://doi.org/10.37547/ijhps/Volume03Issue06-05