Authors

  • Akbarov Raxmatillo Murtozali o‘g‘li

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.jnci.93463

Keywords:

Kalit so‘zlar: Ikkinchi jahon urushi Samarqand matbuoti urush yillaridagi matbuot o‘zbek matbuoti “Lenin yo‘li” gazetasi mahalliy resurslardan foydalanish g‘o‘zapoya kuli urush yillarida ta’lim urush davrida teatr va kino.

Abstract

Annotatsiya: Mazkur maqolada “Lenin yo‘li” gazetasida 1941 – 1945-yillar davomida nashr qilingan materiallarning Ikkinchi jahon urushi yillaridagi O‘zbekiston tarixi, xususan Samarqand viloyati tarixini o‘rganishdagi manbaviy ahamiyati tahlil qilingan.


background image

JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS

https://scientific-jl.com/new

Volume–74_Issue-1_April-2025

38

38

“LENIN YO‘LI” GAZETASI – IKKINCHI JAHON URUSHI

TARIXINI YORITISHDA MUHIM MANBA

Akbarov Raxmatillo Murtozali o‘g‘li

Namangan davlat pedagogika instituti Falsafiy va tarixiy

fanlar kafedrasi o‘qituvchisi, Tarix fanlari bo‘yicha PhD.

E-mail:

Saidakbar01@mail.ru

Tel: +998930574320

Annotatsiya:

Mazkur maqolada “Lenin yo‘li” gazetasida 1941 – 1945-yillar

davomida nashr qilingan materiallarning Ikkinchi jahon urushi yillaridagi O‘zbekiston
tarixi, xususan Samarqand viloyati tarixini o‘rganishdagi manbaviy ahamiyati tahlil
qilingan.

Kalit so‘zlar:

Ikkinchi jahon urushi, Samarqand matbuoti, urush yillaridagi

matbuot, o‘zbek matbuoti, “Lenin yo‘li” gazetasi, mahalliy resurslardan foydalanish,
g‘o‘zapoya kuli, urush yillarida ta’lim, urush davrida teatr va kino.

Abstract

: This article analyzes the source significance of materials published in

the newspaper "Lenin Yo'li" from 1941 to 1945 in the study of the history of
Uzbekistan during World War II, in particular the history of the Samarkand region.

Keywords:

World War II, Samarkand press, press during the war years, Uzbek

press, "Lenin Yo'li" newspaper, use of local resources, ash, education during the war
years, theater and cinema during the war.


Kirish.

O‘zining qariyb 74 yillik hukmronligi davrida sovet matbuoti, asosan,

siyosiy ideologiya, kommunizm va sovet davlatining manfaatlarini targ‘ib qilishga
qaratilgan. Bu davrda matbuot kuchli davlat nazorati ostida bo‘lib, erkin fikrni ifoda
etish cheklangan. Sovet matbuoti barcha ommaviy axborot vositalari singari,
Kommunistik partiya va uning rahbariyati tomonidan nazorat qilingan. Har qanday
nashr yoki efirda berilgan axborot partiyaning rasmiy siyosatiga mos kelishi kerak edi.
Matbuotning asosiy maqsadi kommunistik ideologiyani targ‘ib qilish, Sovet
Ittifoqining siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy tizimini himoya qilish va xalqlarni yagona
kommunistik partiyaga sadoqatini ta’minlash edi. Muayyan mavzular, masalan, sovet
hokimiyatining xatoliklari, iqtisodiy muammolar yoki xalqaro siyosatdagi g‘alati
vaziyatlar haqida so‘zlash taqiqlanardi. Sovet matbuoti asosan propaganda vositasi
sifatida ishlatilgan.

Ammo shunday bo‘lishiga qaramasdan, mazkur davrda nashr qilingan matbuot

nashrlari sovet hokimiyati yillaridagi ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy, madaniy va boshqa
masalalardagi tariximizni yoritishda muhim manbalardan biri hisoblanadi. Shunday
nashrlardan biri O‘zbekiston SSR KP (b) Samarqand oblast va shahar komitetlari,


background image

JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS

https://scientific-jl.com/new

Volume–74_Issue-1_April-2025

39

39

oblast ijroiya komitetining matbuot organi – “Lenin yo‘li” gazetasi hisoblanadi.

“Lenin yo‘li” bugungi kunda Samarqand viloyati bosh gazetasi bo‘lgan

“Zarafshon” gazetasining 1930 – 1991-yillar oralig‘idagi nomlanishidir. Mazkur
gazeta ilk bora 1913-yil aprelda Mahmudxo‘ja Behbudiy tomonidan “Samarqand”
nomi bilan nashr etilgan. 1917-yil 16-apreldan gazeta “Hurriyat” nomi bilan chiqa
boshlagan. 1918-yil 11-iyundan boshlab “Hurriyat” gazetasi sho‘ro hukumati ta’sirida
“Mehnatkashlar o‘qi” nomi bilan chiqa boshladi. 5-sonidan keyin gazeta nomi
“Mehnatkashlar tovushi”ga aylantirilgan. 1921-yildan gazetaning nomi yana
o‘zgartiriladi – “Kambag‘allar tovushi”ga aylantiriladi. 1922-yilning oktyabr oyiga
kelib gazeta “Zarafshon” nomi bilan chiqadi. 1928-yilning noyabr oyida Toshkentda
chop etilayotgan “Qizil O‘zbekiston” gazeta redaksiyasi Samarqandga ko‘chirilgach,
“Zarafshon” faoliyatini vaqtincha to‘xtatadi. 1930-yilning 7-noyabrida gazeta yana
chop etila boshlanadi va unga endi “Lenin yo‘li” degan nom beriladi. Gazeta 1931-
yildan e’tiboran kundalik nashrga aylanadi. Gazeta “Lenin yo‘li” nomi bilan
mustaqillik yillarigacha, aniqrog‘i 1991-yilgacha nashr qilinib, shu yildan avvalgi
“Zarafshon” nomi bilan nashr qilinib kelinmoqda.[1]

“Lenin yo‘li” gazetasi nafaqat Samarqand viloyatini, balki O‘zbekistonning

Ikkinchi jahon urushi yillaridagi tarixini yoritishda manbaviy jihatdan muhim ahamiyat
kasb etadi. “Leniniskiy put” nomi bilan rus tilida ham nashr qilingan. Urush yillarida
gazeta Chkalov nomli Samarqand oblast tipo-litografiyasida chiqarilgan. Ma’sul
muharrirlari – G‘.Ashurov, 1943-yilning may oyidan 1944-yil iyul oyigacha Sharof
Rashidov, 1944-yil iyuldan V.Xo‘jayev bo‘lgan.

“Lenin yo‘li” gazetasi bilan birgalikda Samarqand oblastida rayon miqyosidagi

quyidagi gazetalar nashr qilingan:

Oqdaryo rayonida – “Paxta g‘alabasi”, Bulung‘urda – “Kolxoz haqiqati”,

Jomboyda – “Davlatli turmushga”, G‘allaorolda – “G‘alla uchun”, Jizzahda –
“Sotsializm yo‘li”, Zominda – “Kolxoz g‘alabasi”, Kattaqo‘rg‘onda – “Kattaqo‘rg‘on
haqiqati”, Qoradaryoda – “Oktyabr uchquni”, Mitan rayonida – “Stalin yo‘lidan”,
Narpayda – “Qizil Narpay”, Nurotada – “Stalinchi”, Poyariqda – “Bolshevik yo‘li”,
Forish rayonida – “Parij Kommunasi”, Pastdarg‘amda – “Kolxozchilar tovushi”,
Paxtakor rayonida – “Uchqun”, Urgutda – “Urgut haqiqati”, Xatirchida –
“Paxtakor”[2]. “Lenin yo‘li” gazetasi taxririyati rayon gazetalari faoliyatini
muvofiqlashtirish, nazorat qilish vazifalarini ham bajargan. Jumladan, gazetaning
1942-yil 14-may sonida bosilgan “Rayon gazetasida partiya turmushi” nomli maqolada
Samarqand oblastidagi

G‘allaorol partiya komiteti va rayon ijroiya komitetining organi

“G‘alla uchun” gazetasi (muharriri Axmedov) partiya tashkilotlarini ishlariga, targ‘ibot
va tashviqot ishlarini yaxshi uyushtirmaganligi yoritilgan.[3]

Urush yillarida sanoat va qishloq xo‘jaligi sohasida ittifoqdosh respublikalardan

keltiriladigan asbob-uskuna va turli mahsulotlar kamayganligi yoki umuman


background image

JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS

https://scientific-jl.com/new

Volume–74_Issue-1_April-2025

40

40

to‘xtatilgaligi, mahalliy korxonalarning harbiy sanoatga moslashtirilganligi sababli
mahalliy resurslarni ishga solishga harakat qilingan. Mazkur masala ham “Lenin yo‘li”
sahifalarida o‘z ifodasini topgan. Masalan, urush yillarida sovun ishlab chiqarishda
zaruriy xomashyo bo‘lgan kaustik soda o‘rniga g‘o‘zapoya kuli, hayvon yog‘lari va
boshqa mahalliy mahsulotlardan foydalanilgan. Huddi shu haqida gazetaning 1942-
yilning 31-dekabr sonida berilgan e’londa Samarqand, Kattaqo‘rg‘on, Pastdarg‘am va
Qoradaryo sanoat kombinatlari ham sovun ishlab chiqarish uchun har xil yog‘lar va
g‘o‘zapoya kulini qabul qilishi to‘g‘risida xabar beriladi. Samarqandagi sovun
sexlarida yog‘ va kul topshiruvchilarga quyidagi miqdorlarda kir sovuni bilan haq
to‘langan: 0,6 kg yog‘ uchun 1 kg sovun, 20 kg elangan quruq kul uchun 1 kg sovun,
20 kg elanmagan kul uchun 0,8 kg sovun berilgan [4]. Keyinchalik sovun ishlab
chiqarishda tajribalar yanada takomillashib, 1943-yilda Samarqand oblasti
Kattaqo‘rg‘on rayonidagi Mikoyan nomli zavod “gil” (katta yopishqoqlik va
qovushqoqlik xususiyatlariga ega bo‘lgan cho‘kindi tog‘ jinsi)dan sovun pishirish
tajribasini ham amalga oshirib, yaxshi natijalarga erishgan [5]. Bu kabi ma’lumotlar
gazeta sahifalarida ko‘plab uchraydi.

Gazetaning 1942-yil 10-mart sonida “Tashabbusga boshchilik qilmaydilar”,
Ikkinchi jahon urushi yillarida O‘zbekistonda ko‘chirib keltirilgan va yangidan

bunyod etilayotgan sanoat korxonalarining uzluksiz va jadal ishlashi uchun elektr
energiyasini tejash va yangi elektrostansiyalarni qurish siyosatini amalga oshirilgan.

Xususan, elektr energiyasini tejash ishini aholi va sanoat korxonalaridagi ahvoli

yuzasidan mas’ul tashkilotlar tomonidan o‘tkazilgan tekshirish jarayonlari gazeta
sahifalarida e’lon qilib borilgan. “Lenin yo‘li” gazetasining 1942-yil 1-aprel sonida
“Elektr quvvatini tejab sarflaylik” nomli maqolada Samarqand shahridagi “26 Boku
komissari”, “Kolxozchi” zavodi, Samarqand vino zavodi, “Chkalov” bosmaxonasi va
boshqa korxonalar elektr energiyasini isrof qilayotgani aytiladi [6].

“Lenin yo‘li” gazetasida urush yillarida qurilishi boshlangan respublikadagi eng

yirik

qurilish

obyektlaridan

biri

Farhod

GESining

qurilishi

va

unda

samarqandliklarning ishtiroki haqida ko‘plab materiallar uchraydi. Gazetaning 1943-
yil 27-iyun sonidagi berilgan ma’lumotga ko‘ra, Samarqand oblasti yillik tuproq qazish
rejasini 4 oy mobaynida oblastlar ichida birinchi bo‘lib bajargan va ilg‘or
quruvchilarning nomlari Farhod GES qurilishi boshqarmasining 1943-yil 22-iyundagi
buyrug‘i bilan “Elektrnoma” kitobiga kiritilishga tavsiya etilgan [7].

“Lenin yo‘li” gazetasining 1941 – 1945-yillar davomida chop etilgan

materiallarni tahlil qilib, urush yillarida nashr qilingan she’r, hikoya, felyetonlar orqali
mazkur davrning adabiy muhiti haqida ham tasavvur qilish mumkin bo‘ladi. Urush
yillarida gazetada Vohid Abdulla, Said Nazar, Sharof Rashidov, Ra’no Uzoqova,
Karim Karimiy kabi shoirlar ijod qilgan.

Felyeton sohasida o‘z ijodi bilan tanilgan Karim Karimiy, Zarsay, Said Nazarlarni


background image

JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS

https://scientific-jl.com/new

Volume–74_Issue-1_April-2025

41

41

aytish mumkin. Masalan, Karim Karimiyning Samarqand shahridagi jamoat
hammomlarini yomon ishlashi to‘g‘risidagi “Vasilenko chuqur o‘yda” [8], Zarsayning
insofsiz shafyorlar haqidagi “Tanish”[9] singari felyetonlari o‘z davrining muhim
ijtimoiy muammolarini aks ettirgan. Ammo bu muammolarni yoritish o‘z “doirasi”dan
chiqib ketmagan.

Gazeta sahifalaridan urush yillarida targ‘ibot-tashviqot ishining muhim

tarmoqlaridan biri bo‘lgan teatr va kino san’atiga oid ma’lumotlarni ham ko‘plab
topish mumkin. Misol uchun, 1942-yil 20-yanvardan Samarqandda Ukrain musiqali-
komediya va musiqali-drama teatri ish boshlagan. Teatr Ukraina hayotini aks
ettiradigan va boshqa muhim mavzularda yozilgan pyesalarni sahnaga qo‘ygan [10].
Samarqanddagi Moskva birinchi qo‘g‘irchoq teatri 1942-yilning yangi yil kunlarida va
ta’til davrida ko‘chma spektakllar tashkil etgani xabari berilgan [11].

Gazetaning 1942-yil 24-yanvar sonida berilgan ma’lumotga qaraganda,

Samarqand oblastida 1942-yilning 15-yanvaridan 15-fevraligacha bir oylik
kinofestival o‘tkazilgan. Unda “Chapayev”, “Shors”, “Front hamshiralari”,
“Yudenichning tor-mor qilinishi”, “Miltiqli kishi”, “Buyuk tong” singari kartinalar
bilan birgalikda Qizil Armiyaning dushmanga qarshi kurashidagi ayrim epizodlar
namoyish qilingan [12].

“Lenin yo‘li” gazetasi urush yillarida respublika, xususan Samarqand oblastidagi

ta’lim muassasalarining holati, o‘quvchilarning sanoat va qishloq xo‘jaligi ishlaridagi
ishtirokini yoritib berishda ham muhim manbalardan bo‘lib xizmat qiladi. Jumladan,
oblastning Zomin rayonidagi “Lenin nomli” maktab o‘quvchilari respublikaga
ko‘chirib keltirilgan bolalar uchun 2 kun mobaynida 60 ta turli issiq kiyimlarni to‘plab
berganlar [13]. Oblastning Siyob rayonidagi 15-sonli maktab o‘quvchilari ko‘chirib
kelingan bolalarga issiq kiyimlar to‘plab topshirgan bo‘lsalar, o‘qituvchilari esa, issiq
kiyimlar sotib olish uchun bir kunlik ish haqlarini berganlar [14].

Urush yillarida matbuot sahifalarida yuqori tashilotlarning ta’lim muassasalarida

o‘tkazgan tekshiruv natijalarini e’lon qilib borilgan. Gazetaning 1942-yil 15-mart
sonida berilgan maqola tahlili shuni ko‘rsatadiki, shu yil mart oyida Samarqand
shahridagi 33-sonli maktabda tekshiruv o‘tkazilganda yil boshidan beri 14000 soat, 38-
sonli maktabda 4000 soat progul (dars qoldirish) aniqlangan.[15] Yana bir misol
sifatida, Samarqand oblast pedagogika qo‘mitasining mudiri A. M. Yusupov “Lenin
yo‘li” gazetasiga bergan ma’lumotida, 1944-yil oktyabrda oblast maktablarida olib
borilgan tekshirish natijalari bilan tanishtiradi. Unga ko‘ra, Urgut rayonidagi 63-sonli
maktabdagi 4-sinf o‘quvchilari bosh harflarni ishlata olmagan bo‘lsa, Jomboy
rayonidagi 12-sonli maktabning 4-sinf o‘quvchilari arifmetikadan katta sonlarni to‘g‘ri
taqsim qila olmagan. Forish rayonidagi 20- va 22-sonli maktabning 4-sinf o‘quvchilari
“o” bilan “a”ni ajrata olmagan [16]. Bu materiallar urush yillarida respublikaning
ta’lim sohasidagi faoliyatini chuqurroq yoritishda muhim ahamiyat kasb etadi.


background image

JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS

https://scientific-jl.com/new

Volume–74_Issue-1_April-2025

42

42

Xulosa. Samarqand oblastidan chiqqan “Lenin yo‘li” gazetasi nafaqat Samarqand,

balki O‘zbekistonning Ikkinchi jahon urushi yillaridagi harbiy, siyosiy, iqtisodiy,
madaniy va ijtimoiy hayoti bilan bog‘liq masalalarni o‘rganishda, yurtimiz, ayniqsa,
samarqandlik jangchilarning frontdagi ishtiroki, fashizmga qarshi kurashda ko‘rsatgan
jasorati va qahramonliklarini yanada chuqurroq ochib berishda muhim manba bo‘lib
xizmat qilgan. Gazeta nafaqat harbiy faoliyatni, balki orqa frontdagi mehnatni,
xalqning azmu-shijoatini yoritgan, bu jihatlar esa tarixchilarga 1941 – 1945-yillardagi
voqealarni o‘rganishda katta yordam beradi.

Foydalanilgan

adabiyotlar ro‘yxati:

1. Viloyat Zarafshon gazetasi //

https://zarnews.uz/uz/page/redaksiya

[Murojaat qilingan

sana: 05.03.2025]
2. Ўз МА, Р-1619-фонд, 11-рўйхат, 883-иш, 5 – 6-варақлар.
3. Район газетасида партия турмуши // Ленин йўли. – №.112 (3136). 1942, 14 май.
4. Ленин йўли. – №.304 (3328). 1944, 31 декабрь.
5. Совун ишлаб чиқариш кучаймоқда // Ленин йўли. – №.22 (3350). 1943, 28 январь.
6. Электр қувватини тежаб сарфлайлик // Ленин йўли. – №.77 (3301). 1942, 1 апрель.
7. Фарҳод ГЭС қурилиши бошқармасининг буйруғи. 1943 йил 22 июнь // Ленин йўли.
– №.134 (3462). 1943, 27 июнь.
8. Каримий К. Василенко чуқур ўйда // Ленин йўли. – №.207 (3796). 1944, 22 октябрь.
9. Зарсай. Таниш // Ленин йўли. – №.157 (3746). 1944, 13 август.
10. Украин кўчма театри Самарқандда // Ленин йўли. – №.17 (3041). 1942, 21 январь.
11. Ленин йўли. – №.1 (3025). 1942, 1 январь.
12. А. У. Ватан мудофааси мавзуида кинофестиваль // Ленин йўли. – №.20 (3044). 1942,
24 январь.
13. Исмоилов А. Кийим-бош тўплаш давом этмоқда // Қизил Ўзбекистон. – №.304
(5284). 1941, 23 декабрь.
14. Имомов Б. Ўқувчилар меҳрибонлиги // Ленин йўли. – №.18 (3042). 1942, 22 январь.
15. Тарбиявий ишнинг сифати яхшилансин // Ленин йўли. – №.63 (3087). 1942, 15 март.
16. Юсупов А. М. Ўқувчиларга фан асослари чуқур сингдирилсин // Ленин йўли. –
№.202 (3791). 1944, 15 октябрь.
17. Akbarov Rahmatillo Murtozali O‘G‘Li, . (2023). Coverage of theater activities in uzbek
national press during World war II. International Journal Of History And Political Sciences,
3(06), 21–28.

https://doi.org/10.37547/ijhps/Volume03Issue06-05

18. Akbarov Rahmatillo. (2023). Coverage of issues related to social life in the uzbek national
press during the second world war. International Scientific and Current Research
Conferences,

1(01),

47–52.

Retrieved

from

https://orientalpublication.com/index.php/iscrc/article/view/1003

19. Акбаров, Р. (2023). Ikkinchi jahon urushi yillarida o‘zbek milliy matbuotida sog‘liqni
saqlash masalasi. История и культура центральной Азии, 1(1), 485–490. извлечено от

https://inlibrary.uz/index.php/history-culture/article/view/17209

References

Viloyat Zarafshon gazetasi // https://zarnews.uz/uz/page/redaksiya [Murojaat qilingan sana: 05.03.2025]

Ўз МА, Р-1619-фонд, 11-рўйхат, 883-иш, 5 – 6-варақлар.

Район газетасида партия турмуши // Ленин йўли. – №.112 (3136). 1942, 14 май.

Ленин йўли. – №.304 (3328). 1944, 31 декабрь.

Совун ишлаб чиқариш кучаймоқда // Ленин йўли. – №.22 (3350). 1943, 28 январь.

Электр қувватини тежаб сарфлайлик // Ленин йўли. – №.77 (3301). 1942, 1 апрель.

Фарҳод ГЭС қурилиши бошқармасининг буйруғи. 1943 йил 22 июнь // Ленин йўли. – №.134 (3462). 1943, 27 июнь.

Каримий К. Василенко чуқур ўйда // Ленин йўли. – №.207 (3796). 1944, 22 октябрь.

Зарсай. Таниш // Ленин йўли. – №.157 (3746). 1944, 13 август.

Украин кўчма театри Самарқандда // Ленин йўли. – №.17 (3041). 1942, 21 январь.

Ленин йўли. – №.1 (3025). 1942, 1 январь.

А. У. Ватан мудофааси мавзуида кинофестиваль // Ленин йўли. – №.20 (3044). 1942, 24 январь.

Исмоилов А. Кийим-бош тўплаш давом этмоқда // Қизил Ўзбекистон. – №.304 (5284). 1941, 23 декабрь.

Имомов Б. Ўқувчилар меҳрибонлиги // Ленин йўли. – №.18 (3042). 1942, 22 январь.

Тарбиявий ишнинг сифати яхшилансин // Ленин йўли. – №.63 (3087). 1942, 15 март.

Юсупов А. М. Ўқувчиларга фан асослари чуқур сингдирилсин // Ленин йўли. – №.202 (3791). 1944, 15 октябрь.

Akbarov Rahmatillo Murtozali O‘G‘Li, . (2023). Coverage of theater activities in uzbek national press during World war II. International Journal Of History And Political Sciences, 3(06), 21–28. https://doi.org/10.37547/ijhps/Volume03Issue06-05

Akbarov Rahmatillo. (2023). Coverage of issues related to social life in the uzbek national press during the second world war. International Scientific and Current Research Conferences, 1(01), 47–52. Retrieved from https://orientalpublication.com/index.php/iscrc/article/view/1003

Акбаров, Р. (2023). Ikkinchi jahon urushi yillarida o‘zbek milliy matbuotida sog‘liqni saqlash masalasi. История и культура центральной Азии, 1(1), 485–490. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/history-culture/article/view/17209