Authors

  • Ro‘ziyev Og’abek Nizomiddin o‘g’li

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.jnci.93612

Keywords:

Kalit so’zlar: Qo’qo xonligi Vaqf yer -suv amlok xususiy tarxon xiroj yerlari Farg’ona vodiysi Chinobod Shahrixonsoy Yangiariq irrigatsiya tizmi .

Abstract

Annotatsiya: Ushbu maqolada Qo’qon xonliging ,dehqonchilik ,yer egaligi va irigatsiya tizmi kengroq  yoritilgan ,xonlikning  asosiy tayanchi bo’lgan dehqonchlik  uni iqtisodiy jihatdan taminlab turgan ,suv taminoti irigatsiya tizimi  ham muhim bo’lgani uchun mavzuning dolzarbligini ko’rsatadi.Hozirda ham bu malumotlar muhimligi sabab bu maqolada yer egaligi va irigatsiya tizimi manbalar asosida tahlil qilindi


background image

JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS

https://scientific-jl.com/new

Volume–76_Issue-1_May-2025

246

246

246

246

QO‘QON XONLIGIDA YER EGALIGI VA IRIGATSIYA TIZMI

Ro‘ziyev Og’abek Nizomiddin o‘g’li

Mirzo Ulug’bek Nomidagi O‘zbekiston Milliy Unversiteti

Tarix fakulteti 1-bosqich magistranti

Annotatsiya:

Ushbu maqolada Qo’qon xonliging ,dehqonchilik ,yer egaligi va

irigatsiya tizmi kengroq yoritilgan ,xonlikning asosiy tayanchi bo’lgan dehqonchlik
uni iqtisodiy jihatdan taminlab turgan ,suv taminoti irigatsiya tizimi ham muhim
bo’lgani uchun mavzuning dolzarbligini ko’rsatadi.Hozirda ham bu malumotlar
muhimligi sabab bu maqolada yer egaligi va irigatsiya tizimi manbalar asosida tahlil
qilindi

Kalit so’zlar:

Qo’qo xonligi , Vaqf , yer -suv,amlok ,xususiy ,tarxon ,xiroj yerlari

Farg’ona vodiysi Chinobod,Shahrixonsoy ,Yangiariq ,irrigatsiya tizmi .

Qo’qon xonligi yer egaligi va irrigatsiya,dehqochilik umuman shu boradagi

hamma sohali tizimlar muhim sanalgan chunki bu davrda iqtisodiy jihatdan muhim
tayanchi hisoblanar edi.Ayniqsa bu davrda dehqonchilik salmog’i yuqori bulgan
Farg’ona vodiysida bu narsa yaqqol ko’zga tashlangan .Xonlik xududida suv
manbalarning yetarli ekanligi dehqonchilikdan yuqori hosil olish imkonini bergan
.Ekiladigon ekinlar butun hudud yani O’rta osiyo uchun hos bulgan ekinlar yetishtirish
g’allachilik ,jo’xori chilik, polizchilik ,bog’dorchilik ,sabzovatchilik,sholkorlik
,anchagina rivojlangan bo’lgan .19 asrga kelib xonlikda paxta maydonlari xam
to’xtovsiz kengayib borgan bu esa Rossiya va boshqa davlatlarga eksport qilish
imkonini bergan .Yerga egalik qilish bu yerda ham oldin va usha davrda mavjud
qo’shni davlatlarnikidey bo’lib,xosildor yerlarning katta qismi davlatniki xisoblanar
edi.davlatdagi eng katta mulkdor xon bo’lib ,u katta –katta xosildor yerlarga ,ulardan
olinadigon xosilga ,bu yerlarda joylashgan yaylovlar va hamma yerlarga egalik qilgan
Qo’qon xonligida yer egalik turlari boshqa davlatlardan uncha farq qilmagan ularning
har birini vazifalari qonunlari bo’lgan . Qo’qon xonligida yer egalik turlari 1. Xiroj
yerlar – yer egalarining xususiy yerlari;2. Davlat yoki amlok yerlar – xonga
qarashliyerlar, o‘rmonlar, to‘qaylar, yo‘lu-ko‘priklar;3. Xususiy yerlar – xonning
maxsus farmoyishi bilan yirik amaldorlarga berilgan yerlar(suyurg‘ol);4. Vaqf yerlar
– diniy muassasalarga, ya’nimasjid, madrasa, mozorlarga qarashli yerlardir.
Madrasalar uchun ajratilgan vaqf yerlaridan xiroj olinmasdi ,lekin masjidlar
foydalanadigon yerlardan barcha qatori xiroj olinadi

1

‘’Muntaxab at –tavorix ‘ ‘ asarida

ma’lumot berilishicha Yor masjid Qo’qon xoni Umarxonning ov qiladigon qo’riq

1

Н.Пантусов О податях и повинностях сухествовоших в бывшем Кокондском хонстве :в

последне время Хидояр –хона //Туркестатанеские ведмости ,1876 -16 б


background image

JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS

https://scientific-jl.com/new

Volume–76_Issue-1_May-2025

247

247

247

247

yerlari sifatida ishlatilgan .Uning so’zlariga qaraganda Yor masjidning yer maydoni 4
ming tanob ( qariyb 2 ming gektar ) ni tashkil etgan .U yerda ko’l,sholi maydoni ,turli
xil mevalar bog’lar bo’lgan ,Bu yer Qo’qon xonlarining ov maydoni Shikorgoh bo’lgan
.

2

Bundan tashqari qishloq jamoasiga tegishliyerlar, ko‘l va adirlar ham bo‘lib, ulardan

aholi umumiy asosda foydalangan. Amlok xonixtiyoridagi yer bo‘lib, u «zamini xos»,
deb ham atalgan va undan keladigan barcha daromad xonningixtiyorida bo‘lgan

3

.

Bunday yerlar xon tomonidan ayrim guruh va shaxslargaberilgan. Yerni olgan kishi,
uni o‘z hisobidan sug‘orib, olgan hosilidan xonga soliq to'lagan va bu soliq miqdori
xirojdan ortiq bo‘lgan.Yerga egalikda mulk, ijara, urg‘u, tanho shakllaridan ham
foydalanilgan.
Mulk - boylarga qarashli bo‘lgan xususiy yerlarbo‘lib, ular dehqonlarga ijaraga
berilgan. Ijara -muayyan shartlar asosida beriladigan barcha ko‘chmas va ko‘chadigan
mulk - yer, ariq,tegirmon, tim, rasta, ulov va boshqalarni o‘zichiga olgan mulk shakli
bo‘lsa, urg‘u –musodara qilish yo‘li bilan xon mulkiga aylantirilgan yoki gunohkorni
qo‘lga olishda jonbozlik qilgan shaxslarga berilgan yer vaboshqa mol-mulkdir.

Tanho – hukmdor tomonidan alohida xizmat ko‘rsatgan kishilarga amlok

yerlardan ba’zilarini in’om etilishi tufayli paydo bo‘lgan mulk shakli bo‘lib, bunday
yerlarda soliq yig‘ish huquqi tanho egalari tanhodorlarga berilgan. U o‘ziga berilgan
yer, bir nechta qishloq, hatto katta mulkning yillik yoki yarim daromadini hadya
sifatida olgan. Ba’zan kishi bir umr tanhodor bo‘lgan va o‘g‘li xon marhamatiga
sazovor bo'lsa, tanhodorlik meros tarzida davom etgan. Harbiylarga tanho yoki xiroj
taqdim etilsa, u tarxon, deb atalgan. Xonlikda mehnatkash aholining turmushi og‘ir
bo‘lib, ularning ko‘pchiligida yer bo‘lmagani sababli katta yer egalarining yerlarida
ishlab kun kechirganlar. O‘z kuchini sotish evaziga tirikchilik qiluvchi bunday
dehqonlar chorakorlar deb atalgan.Yer egasiga yollanib, uning ot-ulovi va ish
qurollaridan foydalanib dehqonchilik qilgan chorakor xirojga, yetishtirgan hosilining
1/5 qismini xirojga to‘lagach, qolgan hosilning 3/4 qismini yer egasiga topshirgan.
Uning o‘zida hosilning ¼ qismi qolgan. Agar chorakor paxta yoki oqmakkajo‘xori ekib
dehqonchilik qilgan bo‘lsa, yuqoridagi chiqimlardan so‘ng unga hosilning 1/3 qismi
qolgan. Qishloq aholisi tirikchilik uchun yana boshqa yumushlarni ham bajargan.
Masalan, hosil pishib yetilguncha erkaklar mardikorlik, ayollar esa yaylovlarga chiqib
chorvachilik bilan shug'ullanganlar Sug‘orish tarmoqlarining mavsumiy ta’minoti
dehqonlar zimmasiga yuklatilgan. Ular hasharlarda ishtirok etganlar, ba’zan 15
kungacha ishlab anhor va ariqlar qaziganlar.Qo’qon xam xuddi Buxoro va Xiva
xonliklaridagidek yerga egalik huquqi mavjud bo’lgan .

Axolidan olinadigan soliqlar deyarli bir xil bo’lgan .Ushr yerlari zamini ushr deb

yurutilgan yerlardan hosilninh o’ndan bir qismi miqdorida ushr soligi ruhoniylar

2

R.X.Akbarov Qo’qon xonligi tarixi ,Fargona 2015 ,74b

3

Eshov B.J.O’zbekiston davlatchiligi va boshqaruv tarixidan – Toshkent :-2012 .33b


background image

JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS

https://scientific-jl.com/new

Volume–76_Issue-1_May-2025

248

248

248

248

foydasiga undirilgan.

Qo’qon xonligida soliqlardan ozod qilingan ,ya’ni “mulki xur ‘’yerlari ham

mavjud bo’lib ularning egalari bo’lgan sayyid ,shayxlar ,xo’jalar va eshonlar xonning
maxsus buyruqlari asosida barcha soliqlardan ozod qilinganlar .Shuningdek ,xonzoda
va to’rlar ,amin ,darvesh qozi va sofilarni bazilari ham tanob solig’idan ozod qilingan.
Maxsus ajratilgan yerlar N.N.Pontusov,V.P.Nalivkin malumot berilgan . XIX asr
Qo‘qon xonligi xususan, Farg‘ona vodiysining sug‘orilishi tarixida yangi davrni
boshlab berdiki, aynan shu davrdan boshlab, vodiyda yirik sug‘orish inshootlari,
ariqlar, kanallar, to‘g‘onlar qurila boshlagan..Xonlikda XVIII asrga qadar yerlarni
sug‘orish uchun асосаn soylar va jilg‘alarning suvlaridangina foydalanilgan. Qo‘qon
xonligida taxt uchun kurashlar va siyosiy tarqoqlik davom etishiga qaramasdan XVIII
asrning ikkinchi yarmi va XIX asrda ayrim tumanlarning sug‘orish tarmoqlari
tiklangan va yangilari qazilgan.

Middendorf ma’lumotiga ko’ra Yangiariq 1803 –yil Irisqulibek boshchiligidagi

ochilgan .U Norin Dasryosidan boshlangan bo’lib quyidagi aholi punktlariga suv
yetkazib bergan 1.CHag’araqoxon 2.Qish rabot 3.Uychi 4.Chortoq 5.Mutagin
6.Beshtepa Chortoq .7.Mastura .8.Tepa Shahar –Namangan.Oxirgi aholi manzilgohi
Uychi ,chortoq va Xonobod volostlari bo’ysinuvchi Namangan shahriga tog’ri kelgan.

4

Sirdaryoning asosiy irmoqlaridan bo‘lgan Norin va Qoradaryolardan suv
oladiganShahrixonsoy kanali, Namangan yangi arig‘i, Chinobod arig‘i, Andijonsoy va
boshqasug‘orish tarmoqlarining qazilishi .Farg‘ona vodiysida sug‘orish tarmoqlarini
ko‘payishi, sug‘oriladigan maydonlarining sezilarli darajada kengayishi hamda
dehqonchilik va bog‘dorchilikning rivojlanishiga olib kelgan.

Qo‘qon xoni Olimxon hukmronligi yillarida Farg‘ona vodiysining janubiy

hududlaridagi suv ta’minotini yaxshilash uchun So‘x daryosidan oltita ariq qazilgan va
hozirgi Oltiariqqa asos solingan

5

Bu davrda Namangan vohasida suv ta’minotini

yaxshilash, yangi yerlarni o'zlashtirish uchun Namangan viloyati hokimi Sayidqulbek
Norin daryosidan suv oluvchi Yangiariq kanalini qurish uchun ruxsat oldi

6

. Yangiariq

kanalining qazilgan yili haqida ilmiy tarixiy manbalarda turlicha ma'lumotlar bor.
Chunonchi, arxiv hujjatlarida kanal 1800-1803 yillari qazilgan deb yozilgan

7

. A.F.

Middendorf

8

S. Soatovlar

9

uni 1803 yilda, V.P. Nalivkin esa 1819 yilda qazilgan, deb

ko'rsatadi. XIX asr matbuoti sahifalarida ham Yangiariq kanali 1803-1811 yillarda
bunyod etilgan deb yozilgan

10

4

R.X.Akbarov Qo’qon xonligi tarixi ,Fargona 2015 ,74b

5

Ziyo .A. O’zbek davlatchiligi tarixi .-Toshkent :200;.-298b

6

Xudayqulov T. 19 asrda Qo’qon xonligining ijtimoiy –siyosiy iqtisodiy va madaniy hayoti //Tarix

fanlari nomzodi ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertasiya .-T.:2000. 68b

7

UzR MDA.19-f.,1-r.,290-ish . 13 –var.

8

Middendorf A.F. Ocherki Ferganiskoy Dolini .- SPb.,1882 .-s.29.

9

Soatov S. O’zbekiston SSR Tarixidan o’quv qo’llanmasi .-Toshkent ,1973.- 28b.

10

Turkestaniskiy vedomosti. 1880 ,N 24 . – S.94


background image

JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS

https://scientific-jl.com/new

Volume–76_Issue-1_May-2025

249

249

249

249

Lekin topograf N.Jilin va arxiv ma'lumotlariga tayangan holda kanalni 1800-

1803 yillarda Olimxon davrida bunyod etilgan, deb ta’kidlash mumkin.

11

Umarxon

davrida, ya’ni 1811 yilda Yangiariqdan Zarkent va G‘irvon qishloqlariga qarab ariq
chiqarilgan. Bu ariq Farg‘ona vodiysining sug‘orma dehqonchiligi tarixiga Mutagan
arig‘i nomi bilan kirgan. Mazkur ariq Zarkent qishlog‘ining quyi qismlaridagi yerlarni
suv bilan ta’minlagan. 1813 yilida Namangan hokimi Qipchoq Mirza Sirdaryoning
o‘ng sohilida bo‘sh yotgan yerlarni o‘zlashtirish uchun Yangiariq kanalini uzaytirib
Qirg‘izqo‘rg‘ongacha yetkazgan. Uning uzaytirilishi Namangan shahrining janubiy
qismida suv ta’minotini yaxshiladi. Yangidan sug‘orilgan yerlarda makkajo‘xori,
bug‘doy, arpa, poliz ekinlari ekilgan. 1819 yilda Qo‘qon xoni Umarxon farmoni bilan
Yangiariq kanali yana uzaytirilib, uning uzunligi 120chaqirimga yetkazildi. Yangiariq
kanali qazilgandan keyin. Namangan vohasida 5 ta soy, 195 ta ariq mavjud bo‘lib, ular
orqali 131 ta qishloq va 45 ta chorvadorlarning qishloq yerlari sug‘orilgan, suv va
nazorati bilan 4 ta mirobboshi va 66 ta mirob shug‘ullangan. Yangiariq kanali qurilishi
bilan Namangan vohasining suvga bo‘lgan ehtiyoji to‘la hal etilmaganNamangan
shahri va uning atroflaridagi qishloqlarini suvga bo‘lgan ehtiyojini to‘la ta’minlash
uchun 337- 340 tegirmon suv kerak bo‘lgani holda 1821 yilgacha mavjud 129 ta
qishloq va 40 ta qishlovxonalar hamda 276 ta tegirmon suv bilan ta'minlangan. 1819-
1821 yillarda Namangan shahri va uning atroflaridagi qishloqlar va ekin
maydonlarining suv ta’minotini yanada yaxshilash uchun Nazaro‘lmas qishlog‘i
yaqinida Norin daryosidan suv oladigan Xonariq kanali qazilgan.

Uning suv sig'imi 83 tegirmonga teng bo'lib, u Namangan sharqining sharqiy

qismi va atrofdagi 23 ta qo‘shni qishloqlardagi suv ta’minotini yaxshilagan.

12

Umarxon

davrida qurilgan Shahrixonsoy kanali Shahrixon shahrining shakllanishi va rivojlanishi
bilan bog‘liq.

13

U XVIII asrdan boshlab qishloq tarzida ma’lum bo‘lgan va Asaka,

Xodim, Segeza qishloqlari bilan birga Aravansoy va Oqbo‘raning Aravonga
qo‘shiladigan g‘arbiy tarmog‘idan sug‘orilgan. Keyinroq, bu yerga Qo‘qon va
Marg‘ilondan ko‘plab aholining ko‘chib kelishi, Sharqiy Turkistondan kelgan 20 ming
muhojirlarni joylashtirilishi tufayli ekin maydonlari va sug‘orish inshootlariga
bo‘lganehtiyojning keskin ortib ketishi sababli Umarxon Oqbo‘ra Shahrixon shahriga
1815-yilda assos solgan. Shahar Umarxon davrida barpo etilgan. Shuning uchun ham
xon sharafiga bu shahar Shahrixon nomini olgan. Suvlarining O‘shdan ortgan qismini
Andijonga o‘tkazmay Aravonsoyga tashlashga buyruq bergan

14

Natijada Farg‘ona

vodiysining Shahrixon vohasi yerlarini sug‘orish ishlari jadallashib ketgan. Bu

11

Sagdullayev .A. va boshqalar .O’zbekiston tarixi .1 qism .- Toshkent : Akademiya ,1997 .- B.310.

12

Usha joyda .UzR MDA> 19-fond ,1 –ruyxat,290 –ish ,22-var.

13

Shaxrixon shaxriga 1815 –yilda asos solingan .Shaxar Umarxon davrida barpo etilgan .Shuning

uchun xon sharafiga bu shaxar Shaxrixon nomini olgan

14

Jalilov S .Farg’ona vodiysining sug’orilish tarixidan –Toshkent :Fan,1977.33 b


background image

JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS

https://scientific-jl.com/new

Volume–76_Issue-1_May-2025

250

250

250

250

hududdagi yerlarni o‘zlashtirish uchun hatto Qo‘qondan bir guruh mahbuslar ham olib
kelinib, ulardan alohida qishloq tashkil qilingan

15

va unga “Dorilomon” deb nom

quyilgan. Shahrixonsoy 1811 yilda qurilgan bo‘lib, uni ayrim kitoblarda “Naxri
Umarxoniy” deb tilga olingan. Shahrixonsoy suvlari bilan Farg‘ona vodiysining
sharqiy hududlari, jumladan Qo‘rg‘ontepa, Jalolquduq, Oyim kabi mavzelari
sug‘orilib, bu hududdagi keng maydonlar o‘zlashtirilgan. O‘zlashtirilgan yangi
yerlarda 1450 xo‘jalikdan iborat yangi qishloqlarga asos solinib, 250 ming tanob (41-
42 ming)ga yaqin yerlar o‘zlashtirilgan.

16

1820 yili Marg‘ilon yerlarini sug‘orish uchun

Shahrixonsoydan

17

uzunligi sakkiz chaqirim bo‘lgan Ustambog‘ arig‘i, Guratepa va

Momoxon mavzelarini sug‘orish uchun Eshonbobo arig'i chiqarildi. Qo‘qon xonligida
sug‘orish inshootlarini barpo qilishning ma’lum tartib-qoidalari mavjud bo‘lgan.
Sug‘orish tarmoqlari va uni qurish ishlari ikki guruhga ajratilgan. Birinchi guruhga
hajm jihatdan kichik sug‘orish tarmoqlari kiritilib, ularni qurishda ularga mahalliy
mutasaddi kishilar, mirobboshilar boshchilik qilgan. Ikkinchi guruh sug‘orish ishlariga
xonlikning turli viloyatlaridan qazuvchi – hasharchilar jalb etilgan. Bundayinshootlar
qurilishiga bevosita xon yoki uning joylardagi vakili boshchilik qilgan.
XIX asrning birinchi yarmida Farg‘ona vodiysida sug‘orish tarmoqlarining
rivojlanishida muhim rol o‘ynagan omillardan yana biri bu yerga muhojir xalqlarning
ko‘chirib keltirilishi bo‘lgan. Xususan, 1829 yilda Sharqiy Turkistondan 70 mingga
yaqin uyg‘urlar xitoyliklarning jazolaridan qo‘rqib Muhammadalixon qo‘shiniga
ergashib kelgan va ular vodiyning sharqiy tumanlariga, ya’ni Oqbo‘ra daryo
vodiysining yuqori qismi, Qurshob vodiysi, O‘zgan atroflari, Ko‘gartsoy vodiysining
Jalolobod va Suzoq xududlari Shahrixonsoy, Yozyovon, Andijon atroflariga
joylashtirilgan

18

. Natijada bu hududlarda yangi yerlar o‘zlashtirilib, qishloqlar barpo

etilgan.XIX asrning 60-70 yillarida Farg‘ona vodiysidagi o‘z davri uchun ulkan
inshoot hisoblangan Qo‘qon xonligining so‘nggi davrida, ya’ni 1868-1871 yillarda
qurilgan Ulug‘nahr arig‘i ba’zi olimlarning ta’kidlashicha, Farg‘ona vodiysidagi eng
katta sug‘orish kanali hisoblanadi

19

.XIX asrning 70 yillari oxirida Qo‘qon xonligida

bo‘lib o‘tgan siyosiy voqealar tufayli kanal qurilishiga bag‘ishlangan yozma manbalar
juda kam saqlanib qolgan. Shuning uchun ham uni qurishdan ko‘zlangan maqsad
tarixchi olimlar asarlarida turlicha talqin qilinadi. V.S. Batrakovning yozishicha,
kanalni qurishdan maqsad Andijonning shimoliy qismida joylashgan yerlarni sug‘orish

15

Obozrennie Kokondskogo xanstva .-C .196.

16

UzR MDA .I -25 fond ,1-ruyxat ,1 –ish ,92 var .

17

Usha davrda Shaxrixonsoy kanalining uzunligi 101 chaqirim bo’lgan .1 chaqirim -1,06 km.ga

teng

18

Semyonov A.A. Otnoshenie Kokondiskogo xanstva k Kashgaru .Rukopesniy fond instuta istorii i

arxeologii .AN Uz SSR .inv.No_78 .-S .18

19

Ivanov P.P.Ocherki po istorie Sredniy Azi . –M., 1958.-b 182.


background image

JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS

https://scientific-jl.com/new

Volume–76_Issue-1_May-2025

251

251

251

251

bo‘lib.

Kanal qurilishi Rossiya imperiyasi tomonidan Qo‘qon xonligining

tugatilishiga qadar davom etib, u Yozyovongacha qazilgan va 1875 yilda faqat uning
yarmi

qurib

bitkazilgan.Tarixchi olimlar I.Po‘latov vaA.Mustafoevlarning

ta’kidlashlaricha Ulug‘ nahr kanalining qurilishidan asosiy maqsad xonlikning
poytaxti Qo‘qon shahrinisuv bilan ta'minlash bo'lgani uchun Qo'qon shahrigacha qurib
bitkazilgan.

20

Kanalning qurilishi bilan ilk bor Markaziy Farg‘onaning janubi - sharqiy

hududidagi yerlarni sug‘orish borasida qadam qo‘yilgan. Xonlikda dehqonchilik
ekinlarining aksariyati O‘rta Osiyo xonliklariga xos bo‘lib, g‘allachilik, bog‘dorchilik,
sabzovot va poliz mahsulotlari yetishtirish hamda ipakchilik yaxshi rivojlangan. Donli
ekinlardan makkajo‘xori yetishtirish keng tarqalgan bo‘lib, u shahar va qishloqlarda
kambag‘allarning asosiy iste’mol mahsuloti hamda mol ozuqasi hisoblangan. Janubi-
g‘arbiy Xo‘jand, Konibodom, Isfara, So‘x, Chimyon, Rishton hududlari asosan o‘rik
yetishtirishga to‘la ixtisoslashgan. Bu davrda butun Farg‘ona vodiysida tut daraxti
keng tarqalib, u tog‘ oldi va qadimgi dehqonchilik vohalaridan hisoblangan So‘x,
Isfara, Namangan, Ashtda ipakchilik uchun qadimdan o‘stirilib kelingan. Farg‘ona
vodiysining tog‘li hududlari, tog‘ yon bag‘irlari va adirlaridan ko‘chmanchi va yarim
ko‘chmanchi aholi qishlov va yaylov uchun unumli foydalangan. Shu bilan birga bu
hududlar bahorgi va kuzgi lalmi dehqonchilik uchun qulay bo‘lgan

Xulosa qilib shuni aytishimiz mumkinki o’rganilgan manbalar asosida Qo’qon

xonligi dehqochilik va suv taminoti bo’yicha qulay geografik joyda joylashgan
.Irrigatsiya va qishloq xo’jaligi ham hukmdorlar etiborida bolgan,ekin yerlarning
kengayishi xonlik xazinasing boyishiga olib kelar edi bu esa irigatsiya tizimiga etiborni
oshishiga olib kelgan .yer egaligi, sug’orish tizmi ,dehqonchilik kabi tizimlar xorijiy
va mahalliy manbalar asosida urgansak bo’ladi.Ammo bu davrda tegishli yer suv
,dehqonchilik ,irrgatsiya tizimini hozirgi kunda ham dolzarbligi sababli bir qancha
urganilmagan jihatlari ham bor .

Foydalangan adabiyotlar ro’yxati:

1.Middendorf A.F. Ocherki Ferganiskoy Dolini .- SPb.,1882 .-s.29.
2.R.X.Akbarov Qo’qon xonligi tarixi ,Fargona 2015 ,74b
3.Sagdullayev .A. va boshqalar .O’zbekiston tarixi .1 qism .- Toshkent : Akademiya
,1997 .- B.310.
4.Soatov S. O’zbekiston SSR Tarixidan o’quv qo’llanmasi .-Toshkent ,1973.- 28b.
5.Turkestaniskiy vedomosti. 1880 ,N 24 . – S.94
6.UzR MDA.19-f.,1-r.,290-ish . 13 –var.
7.Xudayqulov T. 19 asrda Qo’qon xonligining ijtimoiy –siyosiy iqtisodiy va madaniy
8.hayoti //Tarix fanlari nomzodi ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertasiya .-
T.:2000. 68b
9.Ziyo .A. O’zbek davlatchiligi tarixi .-Toshkent :200;.-298b

20

Batrakov V.S. Xarakternie cherty seliskogo xozyaestiva .Ferganiskoy dolini v period

Kokandkogo xanstiva .//Trudi SAGU .Nov.ser .vip .62 .kn.8.- Tashkent ,1955.-s.120

References

Middendorf A.F. Ocherki Ferganiskoy Dolini .- SPb.,1882 .-s.29.

R.X.Akbarov Qo’qon xonligi tarixi ,Fargona 2015 ,74b

Sagdullayev .A. va boshqalar .O’zbekiston tarixi .1 qism .- Toshkent : Akademiya ,1997 .- B.310.

Soatov S. O’zbekiston SSR Tarixidan o’quv qo’llanmasi .-Toshkent ,1973.- 28b.

Turkestaniskiy vedomosti. 1880 ,N 24 . – S.94

UzR MDA.19-f.,1-r.,290-ish . 13 –var.

Xudayqulov T. 19 asrda Qo’qon xonligining ijtimoiy –siyosiy iqtisodiy va madaniy 8.hayoti //Tarix fanlari nomzodi ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertasiya .-T.:2000. 68b

Ziyo .A. O’zbek davlatchiligi tarixi .-Toshkent :200;.-298b