JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS
Volume–76_Issue-1_May-2025
241
241
241
241
XXI – ASRDA INTERNET TARMOQLARIDAGI TARIXIY MA’LUMOT
VA MANBALARNING NOTO‘GRI TALQIN ETILISHI
Ro‘ziyev Og’abek Nizomiddin o‘g’li
Mirzo Ulug’bek Nomidagi O‘zbekiston Milliy Unversiteti
Tarix fakulteti 1-bosqich magistranti
Annotatsiya:
Ushbu maqolada XXI -asrdagi dolzarb muammolardan biri bo‘lgan
internet manbalarida ishonchisiz,hamda noto‘g’ri bo‘lgan malumotlarining ko‘pligi
hamda ulardan foydalanish oqibatida noto‘g’ri fikrlarni ko‘payishi shu bilan birgalikda
internet tarixi hamda ma’lumotlardan to‘g’ri foydalanish haqida ma’lumot berilgan.
Kalit so‘zlar:
Internet,manbalar,axborot,ishonchli malumotlar,global
Bugungi kunda hayotimizning deyarli barcha sohalarini, hususan ta’limning
rivojlanishini “media”(inglizcha “education”,lotincha-omil) ya’ni, televidenie, radio,
kino, audio, video, kompyuter axborot tizimlarisiz tasavvur qilib bo’lmaydi.
Hozirgi kunda texnika rivojlanib borayotgan jamiyatni axborotlashtirish jarayoni,
turli ta’lim dargohlarida tayyorlanayotgan mutaxassislarning kompyuter texnikasi va
internet tarmog’i xizmatlaridan foydalanish sohasida yetarli darajada bilim olishlarini
taqozo etadi. Ular axborot turlari, elektron o‘quv qo‘llanmalari, multimediya va
masofadan turib o‘qitish uslublari orqali mutaxassisligiga oid amaliy masalalarni hal
qilish va o’zlari qiziqtirgan ma’lumotlarni ola bilishlari, ularni saqlash va uzatish
ko‘nikmalarini hosil qilgan bo‘lishlari kerak.
“Bugungi dunyoda mislsiz ilmiy kashfiyotlar, ulkan texnik imkoniyatlar,
universal texnologiyalar, axborot tarqatishning globallashuvi, ya’ni ularning butun
kurrai zaminni qamrab olish jarayoni shiddat bilan kechmoqda. Masalan, Internet
tizimi orqali axborot almashuv, binobarin, g’oyaviy ta’sir o‘tkazish imkoniyatlari ham
tobora kengaymoqda.Aslida axborot sohasidagi globallashuv insoniyat uchun,
dunyoning barcha hududlaridagi odamlarning o’zaro muloqoti uchun, ilm-fan va
madaniy
boyliklarni
o’zlashtirish
uchun
ulkan
imkoniyat
yaratadigan
jarayondir”.
1
Internetdagi ma’lumotlarning to‘g’riligini aniq ajrata bilishi uchun
yoshlarni tanqidiy fikrlash qobiliyatini o‘stirish, dalillarni fikrlardan farqlashga,
to‘g’riligi tasdiqlanmagan axborotdan himoyalanishga o‘rgatish, ayniqsa muhim
ahamiyatga ega va har bir ota- ona nazoratga olishi lozim.Chunki yoshlarimizning
kamol topishi va komil inson bo‘lib shakllanishi kelajakda davlatimizning rivojlanishi
bilan bevosita bog’liq. Ahloqiy tarbiya – shaxs shakllanishining ko’pqirrali
jarayonining muhim bir tomoni hisoblanib, uning natijasida axloqiy qadriyatlar
o‘zlashtiriladi, axloqiy fazilatlar, axloq-odob tamoyillari, me’yor va qoidalari asosida
1
Миллий истиқлол ғояси: асосий тушунча ва тамойиллар. - Тошкент.:Ўзбекистон, 2000 – Б. 23.
JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS
Volume–76_Issue-1_May-2025
242
242
242
242
yashash qobiliyatlari ishlab chiqiladi.Internet bu yagona standart asosida faoliyat
ko‘rsatuvchi jahon global kompyuter tarmog‘idir. Uning nomi ikki xil talqin qilinadi,
ya’ni “International Network” – xalqaro tarmoq va “Interconnected networks”
«tarmoqlararo» degan ma’noni anglatadi. U mahalliy (lokal) kompyuter tarmoqlarni
birlashtiruvchi axborot tizimi bo‘lib, o‘zining alohida axborot maydoniga ega bo‘lgan
virtual to‘plamdan tashkil topadi. Internet ko‘plab lokal, mintaqaviy, milliy va xalqaro
tarmoqlarni o‘z ichiga oladi. Davlat va shaxsiy tashkilotlar ham internetdagi o‘z
tarmoqlariga egalar. Ushbu tarmoqlar, shu bilan birga telefon kompaniyalari, kabelli
va sun’iy yo’ldosh kompaniyalari va hukumat barcha-barchasi internetning
strukturalararo bog’lanishiga hissa qo’shadi.
Kompyuter va qurilmalar internet bilan serverlardan, mijozlardan va turli simli va
simsiz media yuboruvchilardan foydalangan holda ma’lumotlarni dunyo bo
‘
ylab
tarqatish uchun birga ishlaydi. Internetda, sizning yoki kompyuter mobil qurilmangiz
mijoz bo
‘
lib ma’lumotlar va serverning turli tuman malumotlardan foydalanadi. Simli
aloqa mediasi telefon liniyasi, o
‘
ziga moyil kabel vs fiber optic kabelni qamrab oladi.
Simsiz aloqa mediasi radio to
‘
lqinlar va sun’iy yo
‘
ldosh signallarini o
‘
z ichiga oladi.
Internetning ichki tizimi transport tizimidek ishlaydi. Hozirgi paytda davlatlar aro havo
yo’llari katta shaharlarni bog’lab ularga ko’plab avtomobil yo’llarini olib kelganidek,
bir qancha aloqa medialari katta miqdorda harakat qatnovlarini, yoki aloqa
harakatlarini internetda tashimoqdalar.
Tarmoq qatnovining ushbu asosiy olib keluvchilari internetning muhim tayanchi
hisoblanadi.Shu bilan birgalikda hozirgi kunda uchun internet manbalaridan to‘g’ri
foydalanish uchun saytlarning nomlari bilan tanishib o‘tishimiz mumkin:
.com Tijorat tashkilotlari,korxonalar va kompaniyalar
.edu Ta’lim institutlari
.gov Hukumat agentliklari
.mil Xalqaro tashkilotlar
.net Tarmoq provayderlari yoki tijorat kompaniyalari
.org Notijorat tashkilotlar
Yani biz bunda ko’rishimiz mumkinki saytalardan to
‘
gri va aniq foydalanishmiz
uchun bularni bilib olishimiz lozim .
Internet tarmog’idagi qidiruv tushunchasi shuni
anglatadiki, bunda har bir foydalanuvchi oʻziga kerakli boʻlgan biror ma'lumot yoki
materialni maxsus qidiruv tizimlari orqali topish imkoniyatiga ega boʻladi. Internet -
bepoyon axborot ummoni. Axborotlar Internetda millionlab Web-sahifalarda
saqlanadi. Bizga kerakli axborot saqlanadigan Web-sahifani topish uchun uning
Internetdagi adresini bilish zarur. Ammo internet soat sayin yangi axborotlar bilan
boyib boradi. Shuningdek, ba'zi (eskirgan) axborotlar Internet tarmog'idan chiqarib
tashlanadi. Internetdagi koʻp foydalaniladigan Web-sahifalar adreslari maxsus
ma'lumotnomalarda chop etib turiladi. Lekin ulardan toʻliq axborot olib boʻlmaydi.
JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS
Volume–76_Issue-1_May-2025
243
243
243
243
Chunki Internetdagi barcha Web-sahifalar adreslarini chop etish uchun juda katta
hajmli kitob kerak boʻladi. Bu kitob chop etib tugatilmasidan Internetdagi bir qancha
adreslar oʻzgarishi aniq. Bu muammo maxsus Qidiruv tizimlari yaratilishi bilan
osonlikcha hal etildi. Internet tarmog’i foydalanuvchilari qidiruvni Internet muhitida
joylashgan veb-saytlar, ularning manzili va ichki ma'lumotlari boʻyicha olib borishi
mumkin.
Bu esa foydalanuvchiga kerakli boʻlgan axborotni samarali qidirish va tez topish
imkoniyatini beradi. Axborotlarni qidirish. Internet tarmog’i shunday bir muhitki u
oʻzida turli koʻrinishdagi va turli tillardagi koʻplab axborotlarni jamlagan. Bunda
ushbu axborotlar ichidan kerakli boʻlgan ma'lumotlarni qidirib topish muammosi
paydo boʻladi. Internet tarmog’ida har bir foydalanuvchi axborotni qidirish uchun
oʻzbek, rus, ingliz yoki boshqa tillardagi bir yoki bir necha soʻzdan tashkil topgan
soʻrovlardan foydalanadi. Ya'ni ma'lumotlarni uning sarlavhasi yoki uning tarkibida
ishtirok etgan soʻzlar va jumlalar boʻyicha qidirib topish mumkin. Bunda foydalauvchi
tomonidan Internet qidiruv tizimi qidiruv maydoniga kerakli ma'lumotga doir soʻz yoki
jumla kiritiladi va qidiruv tizimi ishga tushiriladi. Shundan soʻng qidiruv tizimi
foydalanuvchiga oʻzi tomonidan kiritilgan soʻz yoki jumlaga mos keluvchi
ma'lumotlarni qidirib topadi va kompyuter ekranida ularning roʻyxatini hosil qiladi. Va
nihoyat roʻyxatdagi ma'lumotlarni ketma-ket koʻrib chiqilib kerakli boʻlganlari
kompyuterga saqlab olinadi.
Axborotlarni parametrlari boʻyicha qidirish. Koʻrib oʻtilganidek, har bir
foydalanuvchi Internet tarmog’i orqali oʻziga kerakli boʻlgan ma'lumotlarni uning
mavzusi hamda tarkibidagi soʻz yoki jumla boʻyicha qidirib topishi mumkin, lekin
Internet tarmog’ida ma'lumotlar shunchalik koʻpki, ta'kidlab oʻtilgan usul samara
bermasligi mumkin. Bunday hollarda Internet qidiruv tizimlari qidiruvning bir qancha
qoʻshimcha usullari boʻyicha qidiruvni taqdim etadi, yani biz bunda malumotlarni
saralashda va to’gri bo‘lgan ma’lumotlarni topishga imkon beradi, bular:
Ma’lumotlarni uning tili boʻyicha qidiruv;
Ma’lumotlarni uning turi (matn, rasm, musiqa, video) boʻyicha qidiruv;
Ma’lumotlarni uning joylashgan mintaqasi boʻyicha qidiruv;
Ma’lumotlarni uning joylashtirilgan sanasi boʻyicha qidiruv;
Ma’lumotlarni uning joylashgan Internet zonasi boʻyicha qidiruv;
Ma'lumotlarni xavfsiz qidiruv.
1991-yil CERN Butunjahon oʻrgimchak toʻri loyihasini eʼlon qildi. Bu
voqea Tim Berners-Lee tomonidan HTML, HTTPlarning yaratilishi va CERNda
dastlabki veb-sahifalarni paydo boʻlishidan 2 yil keyin sodir boʻldi. 1993-yil birinchi
internet brauzer Mosaicning 1.0 versiyasi paydo boʻldi va 1994-yilda internetga
ommaviy qiziqish tugʻila boshladi. 1996 yildan internet soʻzidan keng foydalana
boshlandi, biroq u asosan, Butunjahon oʻrgimchak toʻrini anglatadi.
JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS
Volume–76_Issue-1_May-2025
244
244
244
244
Shu bilan birga internet 10 yil ichida juda tez tarqalib ketdi, uning ochiq
arxitekturaga asoslanganligi, birovning mulki emasligi, markaziy boshqaruvning
yoʻqligi uni organik rivojlanishiga sabab boʻldi. Hozirda internet insoniyatning eng
katta texnologik yutuqlaridan biri sifatida tan olindi. Internetning butun dunyoni
qamrab olishi quyidagi tarmoqlarning qo‘shilishi hisobiga bo‘ldi:
• EUNet - Evropadagi UNIX mashinalari tarmog’i (1982 yil)
• EARN – O‘quv va ilmiy - tekshirish muassasalarining tarmog’i (1983 yil)
• JUNET - Yaponiyadagi UNIX mashinalarining tarmog’i (1984 yil)
• JANET - Buyuk Britaniyaning birlashgan akademik tarmog`i (1984 yil)
Internetning 1990-yillardagi rivojlanishiga asosiy World Wide Webning (Butun
Dunyo Tarmoqg`i) tuzlishi bo`ldi. 1990-yil noyabrdaYevropa atomni tekshirish
markazi (CERN) xodimi Tim Berns - Li WWW tarmog’ining birinchi nusxasini
yaratdi, lekin u 1992-yilgacha ishga tushirilmadi. 1993-yil sentyabrida birinchi
ishlovchi Mosaic versiyasi ishlab chiqildi va axborot oqimi WWW bo`yicha 1% ni
tashkil qildi. 1993-yil oktiyabrida 200 ta WWW – server ishga tushirildi. Keyingi yillar
Internet va WWW ning rivojlanishi yanada tezroq suratda bo`ldi.
1999-2000 yillar. BMTning O‘zbekistonda Internet tarmog’ini rivojlantirish
bo‘yicha yangi loyihasi – UZB/99/016 (UzSciNet) ish boshladi. Bu gal O‘zbekiston
Respublikasi Fanlar akademiyasi qoshida akademik tarmoq yaratish bo‘yicha ish
boshlandi. Internet bozorida qator o‘zining mustaqil (asosan sun‘iy yo‘ldosh)
kanallariga ega bo‘lgan provayderlar faoliyati kuzatildi. Ilk Cisco tarmoq akademiyasi
ishga tushdi.
2
2010 yilda O‘zbekistonda Internet foydalanuvchilari soni 3,2 millionga
oshib, 2002 yil bilan solishtirganda o‘sish 23,8 %ni tashkil qiladi. O‘zbekistonning
barcha hududlarida Internet foydalanuvchilari soni muntazam oshib bormoqda va
mamlakat aholisining 24 %i xalqaro tarmoqdan foydalanadi. 2010 yil so‘ngida
Internetdan foydalanuvchi davlat organlari soni 7643 taga yetdi. UZINFOCOM
markazi tomonidan taqdim etilgan ma‘lumotlarga ko‘ra, 2010 yilda «.UZ» milliy
domenidan ro‘yxatdan o‘tgan faol domenlar miqdori 11 mingtaga yetgan. 2010 yilda
TAS-IX da trafik hajmi 615025,32 GBaytga yetib, 2009 yilga nisbatan 314,8% ga
oshgan.Biz bu ma’lumotlarni ko’rib xulosa qilishiniz mumkinki internet malumotlari
juda ko’p va foydalanuvchilar soni ham, yildan yilga otrtib bormoqda.Biz tarix sohasi
uchun kitoblar yoki ma’lumotlarni topishimizda ishonchli saytlardan olishimiz lozim
.Biz uchun ishonchli saytlarni topishda birinchi navbatda bitta ma’lumotga
tayanmasdan yoki wikpediya saytalaridan foydalanmaslik tavsiya etiladi.Ma’lumotlar
2
1
Shokirovna, I. F. (2022). TARIX FANLARINI O‘QITISH
SAMARADORLIGINI OSHIRISHGA QARATILGAN HAMKORLIK MEXANIZMLARINING ILMIY-
AMALIY AHAMIYATI.
Academic research in educational sciences, 3(4), 1236-1244.
JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS
Volume–76_Issue-1_May-2025
245
245
245
245
bazasi qidirganimizda tepada ko’rsatilgan ta’lim sohasiga doir saytlardan foydalanish
lozim.Biz umumiy xolda internetni
qo‘yidagi imkoniyatlarga bo‘lib olishimiz mumkin:
Axborotni o‘qish va tarqatish.
• Ma’lumotni nomiga qarab tezda topish.
• Ma’lumot nusxasini ko‘chirib olish.
• Xat almashish.
• Telekonferensiyalarda ishtirok etish.
• Muzokaralar olib borish.
• Muloqot qilish.
XULOSA
Yuqoridagi ma’lumotlar asosida quyidagi xulosalarga kelish mumin,bugungi
kunda ma’lumotlar bazasi ko’p bo’lgani hamda ularni o‘zgartirish imkoni bo’lgani
sabab birgina tarix uchun emas balki barcha fanlar uchun kerak bo’lgan malumot
qidirganimizda ishonchli saytlarga murojat qilishimiz lozim.Bundan tashqari ilmiy
maqola yoki nashriyot tomonidan tasdiqlangan kitoblardan foydalanish,ishonchli
manba ekanligini tekshirib ko’rish ,tarixiy hujjatlar yoki arxivning electron saytlaridan
foydalanish lozim.Bundan tashqari muhim omillardan yana biri tanqidiy fikrlash
sababi malumotlarni tahlil qilgan holda boshqa malumotlardan ham qidirib ko’rish
lozim .Ma’lumotlarni noto‘gri talqin qilishga asosiy sabablardan biri noto‘g’ri
malumotlarni internet saytiga joylashtirishdan kelib chiqadi.
Foydanilgan adabiyotlar
:
1.
Bolkunov I. A. Elektron taʼlim: muammolar, istiqbollar, vazifalar // Tavricheskiy
ilmiy kuzatuvchi. — 2016. — Nashr. 11-1 (16) .
2.
Миллий
истиқлол
ғояси:
асосий
тушунча
ва
тамойиллар.
-
Тошкент.:Ўзбекистон, 2000 – Б. 23.
3.
Муслимов Н., Сайфуров Д. Web технология асосида электрон ахборот таълим
ресурсларини яратиш ва уларни амалиётга жорий этиш. Тошкент. 2015.
4.
Satunina A. E. Elektron taʼlim: ijobiy va salbiy tomonlari. // Fan va taʼlimning
zamonaviy muammolari: jurnal. — 2006. −1-son. -S. 89-90.