Authors

  • Bo‘riyev Sardor Sayfullaevich

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.jnci.93632

Keywords:

Kalit so‘zlar: Marjon Oksford kimerij polip organogenli detrit kalkarenit jins oxaktosh krinoideylar mshankalar.

Abstract

Annotatsiya: Hozirgi paytda ko‘pchilik marjon turlarining yoshini yarus va hatto yarus osti qatlamlariga to‘g‘ri kelishini aniqlash va ularni nafaqat qo‘shni kesmalar bilan solishtirish, balki bir-biridan uzoq hududlardagi kesmalar bilan ham taqqoslash imkoni tug‘ildi.


background image

JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS

https://scientific-jl.com/new

Volume–76_Issue-1_May-2025

85

85

G‘ARBIY O‘ZBEKISTONDAGI O‘RTABULOQ MAYDONIDAGI RIF

YOTQIZIQLARI TARKIBI VA HOSIL BO‘LISHIGA QARAB

BOG‘LAM(PACHKA) TAVSIFI

Bo‘riyev Sardor Sayfullaevich

Qarshi davlat unversititi assistenti

(Tel)+99891 455 10 11

burievsardor92@gmail.com

Annotatsiya:

Hozirgi paytda ko‘pchilik marjon turlarining yoshini yarus va hatto

yarus osti qatlamlariga to‘g‘ri kelishini aniqlash va ularni nafaqat qo‘shni kesmalar
bilan solishtirish, balki bir-biridan uzoq hududlardagi kesmalar bilan ham taqqoslash
imkoni tug‘ildi.

Kalit so‘zlar:

Marjon,

Oksford, kimerij, polip, organogenli detrit, kalkarenit jins,

oxaktosh, krinoideylar, mshankalar.

DESCRIPTION OF THE LINKAGE(PACHKA) DEPENDING

ON THE COMPOSITION AND FORMATION OF REEF DEPOSITS

IN THE MIDDLE LANE IN WESTERN UZBEKISTAN

Annotation:

At present, it was possible to determine the age of most coral species

to coincide with the layers of the yarus and even under the yarus and compare them not
only with neighboring cuts, but also with cuts in regions far from each other.

Keywords:

Coral, Oxford, chimeric, polyp, organogenic detritus, calcarenite

genus, oxactoch, crinoideans, mshankas.


Karbonat formatsiyasidagi yotqiziqlarda turli xil oxaktosh uyumlarini (biogerm,

biostrom, rif) hosil qilishda marjonlar muxim o‘rin egallaydi. Boshqa organizmlar
bilan birgalikda rif oxaktoshlarini hosil qilishda, ularning oksford va kimerij asrida
tutgan o‘rni alohida ahamiyatga ega. Marjon qoldiqlarini o‘rganish asosida hozirgi
paytda Buxoro-Xiva regionidagi karbonat rifli formatsiyasining stratigrafik jixatdan
bo‘limlarga bo‘lish va rif yotqiziqlarining yoshini aniqlashga imkon yaratdi.

Shuni ta’kidlash kerakki, yaqin-yaqingacha Janubiy va G‘arbiy O‘zbekistondagi

yuqori yura davri karbonat formatsiyasi yotqiziqlarida uchraydigan marjonlarga
biostratigrafik jixatdan uncha ahamiyat berilmas edi. Lekin, ilmiy adabiyotlar tahlili
natijasida shu narsa ma’lum bo‘ldiki, Tetis dengizida rif vujudga kelishi oksford va
kimerij asrlariga to‘g‘ri kelishini ko‘rsatdi.

1-bog‘lam. Fatsial tahlil natijasida shu narsa ma’lum bo‘ldiki, O‘rtabuloq

maydonidagi 1-bog‘lamning hosil bo‘lishi, tarkibi va tuzilishiga ko‘ra pastki
qatlamlardan keskin farq qiladi. Maydonning ba’zi joylarida (9,13,18,24,26,28-
quduqlar) marjon poliplarning rivojlanishi uchun qulay sharoit vujudga kelgan. Eng
muhimi shundaki, Organik detritli oxaktoshlar uyumini siniq bo‘laklar tashkil qilgan
bo‘lib, orasida ham muhim o‘rin egallaydi. Marjon polip qoldiqlari har xil, siniq
bo‘laklarda 28-quduqdan olingan kern namunalarida ko‘plab uchraydi. Bular, asosan
organogenli detrit hisoblanib, hajmi 0,1 dan 2m gacha, ba’zan 5 m gacha boradi. Ular


background image

JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS

https://scientific-jl.com/new

Volume–76_Issue-1_May-2025

86

86

orasidan marjon polip qoldiqlarining siniq bo‘laklari topilib, quyidagi avlodlari
aniqlandi.

19-quduqda mazkur jins tarkibi davom etadi, biroq ular bir qadar yaxshi

navlangandir. Bog‘lam qalinligi 30-40 m gacha o‘zgarib turadi, marjonlarning keng
rivojlangan maydonlarida (28-quduq) u maksimal darajaga yetgan (60m).

2-bog‘lam, O‘rtabuloq maydonining 18, 24, 28-quduqlarda bog‘lam qatlamlari

organogen-siniqli va detritli oxaktoshlar ko‘rinishidadir. Bu jinslar gohida pelitomorfli
va bug‘simondir. Jins ushoqlariniig hajmi 0,1 dan 5 km gacha, ular orasida marjonlar
ko‘p, gastropoda va ikki tabaqali mollyuskalar ham mavjud. Ushoqlar orasida
marjonlarning katta qismi ajralib turadi.

26-quduq kesimida quyidagi marjon polip avlodi vakillari aniqlandi: Microsolena

sp., Comoseris sp., Thecosmilia sp

e

, Calomopbylliopsis sp. Bog‘lam yotqiziqlari

qalinligi 35 dan 40 metrgacha o‘zgarib turadi.

3-bog‘lam. 24, 18 - quduq kesimlarida O‘rtabuloq maydonining rudit va kalkarenit

jinslariga o‘xshash organogenli siniq jinslar ko‘pdir. Siniq jinslar bir xil kattalikda,
ancha yaxshi xillangan, ularning hajmi 2-3 mm ga yetadi. O‘rtabuloq maydonining 24,
26, 18 - quduqlarida ular ko‘proq, 28-quduqda esa kamroqdir. Marjon polip
siniqlaridan quyidagi turlar aniqlangan.

Marjon poliplardan tashqari, bog‘lamda gastropodalar, braxiapodalar,

krinoideylar, mshankalar va boshqa aniqlab bo‘lmaydigan organizm qoldiqlari ham
bor. Ular bilan bir qatorda ba’zi qatlamlar orasida tosh yemiruvchilarning izlari ham
kuzatilgan (18-quduq). Bog‘lamning qalinligi 30-50 m.




background image

JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS

https://scientific-jl.com/new

Volume–76_Issue-1_May-2025

87

87

Marjonlarning O‘rtabuloq maydonlaridagi kesmalarda tarqalishi
4-bog‘lam. Bu bog‘lam yotqiziqlari organogenli ushoq, detritli va serkesak

oxaktoshlardan tashkil topgan. Siniqlarning hajmi asosan 2 mm, ba’zan yirikroqlari (2
sm gacha) ham uchraydi. Kesak (delvaklar) hajmi 0,05-1 sm. Detrit-ignatanli,
pelesipod, ostrakoda, foraminifera va boshqa qazilma organizmlardan tashkil topgan.
24-quduqda kript okristali oxaktoshlarning qavat-qavat katlamlari kuzatilgan. Bog‘lam
qatlamlari juda qo‘pol teksturalidir. 26-quduq kesmasidan marjon poliplar aniqlangan.

Yemiruvchi organizm qoldiqlari ham e’tiborga molikdir mazkur bog‘lam 19-

quduqda mayda-mayda oxaktoshlar ko‘rinishida uchraydi. Bog‘lam qalinligi 50-60 m,
umuman rif yotqiziqlari qalinligi 160 (9-quduq) - 225 m (24-quduq) orasida o‘zgarib
turadi.

Mazkur material taxlili shuni ko‘rsatadiki, rif yotqiziqlari qatlamini qazish borasida

tarkibida biokonstruktiv organizmlari mavjud bo‘lgan qoldiqlar katta o‘rin tutadi. Ular
orasida marjon poliplar muhim ahamiyatga egadir..

O‘rtabuloqning 24 va 28-quduqlarida I hamda II-bog‘lam marjonlari, quyi qismida

esa III-bog‘lam marjonli topilgan; 18-quduqdan II, 26 - quduqdan II -bog‘lam
marjonlari IV-bog‘lamgacha kuzatilgan. Marjonlar dengiz satxigacha yetib, yuvilgan,
ushoqlari xillangan, ba’zan dengiz tubiga cho‘kkan. Relef esa bora-bora
mo‘tadillashgan. Organogen siniqlar orasida yemiruvchilar va parmalovchilar qo‘nim
topgan. Ular biomorf oxaktoshlar tarkibini yana ko‘proq buzgan. Rif yotqiziqlarining
qavatlanishida marjon poliplarining soni va sifatining ham ta’siri bor.

O‘rtabuloq maydonidagi qatlamlar hosil bo‘lishi borasida quyidagi omillar

ahamiyatlidir: ba’zi kesimlarda organogen va organogenli ushoq jinslar, boshqalarida
esa juda yaxshi ajragan va saralangan jinslar joylashgandir. Shuning uchun
O‘rtabuloqdan janubga yuraverishda organogen qurilmalarining qalinligi tenglashib
borishini kuzatamiz.

Yuqorida bayon etilganlardan malum bo‘ladiki, bog‘lamlarning ajratilishi qaysidir

darajada o‘rta oksford kimerij asrida rifogenez jarayonining uzuq-yuluqligini aks
ettiradi.

Qirg‘oqli - shelf zonasida rif davri taraqqiyotida biomorf marjonli oxaktoshlar

yo‘qola boradi. Uning o‘rniga navbati bilan organogen ushoqli, detritli, serkesak
quyuq va mayda donali oxaktoshlar paydo bo‘la boshlagan. Karbonatlar borgan sayin
quyqali materiallar bilan boyib boradi.

Umuman, kesmalar qurilishi va tarkibini taxlil etganda, rif davrlarini o‘z ichiga

olgan bog‘lamlar sayoz havzalarining differensiyalanishi natijasida paydo bo‘lgan.
Ular boshqa cho‘kindilardan qatlamlarning rangdorligi, kulrang yangi, biomerf,
biomorfli ushoq tarkibi bilan farqlanadi.

Oksford asrida marjonlar paydo bo‘lishi uchun qulay imkoniyatlar yaratilgan.

(Husanov, 1977, 1979; Mirkomolov, Husanov, 1979; Mirkomolov, Husanov, 1930;
Husanov, 1987). Marjonlarning stratigrafik joylashishini tahlil etish shuni ko‘rsatadiki,
marjon poliplar turkumi bog‘lamlari o‘rta oksford kimerij yotqizqlaridagi kichik
Kavkaz, Qrim va G‘arbiy Yevropa turkumlariga tenglashtirish mumkin. Shu asosda
aytish mumkinki, rif yotqiziqlari qatlami o‘rta-yuqori oksford va kimerij asri doirasiga
to’g‘ri keladi. Ular bog‘lamlarining qalinligi rif yotqiziqlari bor bo‘lgan kesimlarda
150-200 m, depressiyaga uchragan maydonlarda esa bunday yotqiziqlar qalinligi 15-


background image

JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS

https://scientific-jl.com/new

Volume–76_Issue-1_May-2025

88

88

20 m gacha keskin kamayib ketgan.

Bog‘lamlar ustidagi yotqiziqlar hajmiga ko‘ra XV rif usti gorizontiga to‘g‘ri keladi.

Buni hududiy masshtab tekshiruvlarida ko‘pchilik tadqiqotchilar isbotlashgan.

Rif davrida paydo bo‘lgan bog‘lamlar qatlami kulrang, rang-dor kulrang, qavat-

qavat, eng asosiysi marjonlardan va suv o‘tlaridan kelib chiqqan oxaktoshlardan
iboratdir. Ular orasida dona-dona kesak, onkolit va jelvak holida uchraydiganlari
ko‘pchiligini tashkil etadi.

Suv o‘tlarining qoldiqlari ko‘pincha tik va tuxumsimon shaklda, pelitomorf yoxud

kristall kalsitning chotishmalaridan iboratdir. Goho bog‘lamdan kesak holdagi
oxaktoshlar mustaqil qavatlar holida uchraydi.

Yotqiziqlarda suv o‘tlaridan tashqari, organogen detritning dona-dona tuzilishga

ega bo‘lganlari ham bor. Bundan tashqari braxiopoda parchalari, ikki tabaqali
mollyuskalar, ignatanlilar, kichik foraminiferalar va aniqlanishi mushkul bo‘lgan
organizmlarni uchratish mumkin.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Abdullayev G. G'arbiy va Janubiy O'zbekistonning yuqori yura karbonat

shakllanishining stratigrafiyasi va ikki pallali mollyuskalari. Muallif.diss. kand. - geol.
- min.fanlar. Dushanbe, 1987, 19 bet.

2. Abetov E. M. Hisorning janubi-g'arbiy shoxlarining yuqori yura karbonat

shakllanishi. Nashr. Ilm-fan, Toshkent, 1965, 138 bet.

3. Akramxodjayev A. M., Egamberdiyev M. E. va boshqalar.Janubiy va G'arbiy

O'zbekistonning litologiyasi, stratigrafiyasi va neft-gazliligi. Toshkent, 1971, 200 bet.

4. Akramxodjayev A. M., Mirkamalov X. X., Husanov S. T. va boshqalar.neft va

gaz konlarini maqsadli qidirish uchun asos sifatida g'arbiy O'zbekiston yura terrigen va
karbonat shakllanishining ko'p fazli tolshlari korrelyatsiyasining biostratigrafik
asoslanishi. IV ma'ruzalar tezislari. Idoralararo stratigrafik konferentsiya. Ashxobod,
1983 yil.I4-I6 betlar.

5. Akramxodjayev A.M, Mirkamalov X.X. va boshqalar. G‘arbiy O‘zbekistonning

yuqori yura karbonat shakllanishining stratigrafiyasi. Izv. – qaniydi. SSSR fanlar
akademiyasi. Ser. - geol. - 1985, № 8. 47-55-betlar.

6. Bo‘riev S.S. “G‘arbiy o‘zbekistonda terrigen yura yotqiziqlarining gazlilik

istiqbollari”. Journal

of

new

century

innovations 38.1

https://newjournal.org/new/article/view/8897 (2023): 93-96.

7. Bo‘riev S.S. “Qatlamni Gidravlik Yorish (Qgy) ni amalga oshirishda

qo‘llaniladigan agregatlarning bog‘lanmasi”. International conferences. Vol. 1. No. 1.
2023.

8. Bo‘riev S.S. “Kon sharoitida qatlam gidravlik yorilgandan keyin quduqda yuvish

ishlarinini amalga oshirish bo‘yicha ko‘rsatmalar”. Educational Research in Universal
Sciences 2.4 (2023): 582-585.

9.

Bo‘riev

S.S.

“Gaz

ajratgichning

ish

prinsipi

va

tuzilishini

o‘rganish.”Образование

наука и

инновационные

идеи

в мире 34.3

https://newjournal.org/01/article/view/9782 (2023): 163-168.

10. Bo‘riev S.S, and Raufov M.M. “Qatlamni sinab ko‘rish usullari. qatlamni

to‘g‘ridan-to‘g‘ri sinab ko’rish usullari. ximoya tizmasi orqali sinash.”Образование


background image

JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS

https://scientific-jl.com/new

Volume–76_Issue-1_May-2025

89

89

наука

и

инновационные

идеи

в

мире 34.3

https://newjournal.org/01/article/view/9783 (2023): 169-173.

11. Bo‘riev S.S. “Quduq tubi dvigatellari yordamida burg‘ilashda quduqni

sirkulyatsion tizimidagi bosim yo‘qotilishini hisoblash”. Образование наука и
инновационные идеи в мире 34.3 https://newjournal.org/01/article/view/9784
(2023): 174-178.

12. Bo‘riev S.S. “Kon shroitida qo‘llaniladigan qatlamni gidravlik yorish

texnikalari va texnologiyalarini qo‘llanilish tahlili.” Educational Research in Universal
Sciences 2.1 (2023): 54-58.

13. Bo‘riev S.S. “Qatlamni gidravlik yorishda qo‘llaniladigan eritmalar turini

asoslash.” Journal

of

new

century

innovations 11.1

https://newjournal.org/new/article/view/1321 (2022): 69-75.

14. Bo‘riev, S.S, Eshturdiyev T. D. (2024). “Zarafshon-oloy kamari nodir va

kamyob metallar ma’danlashuvining metollogeniyasi”. Educational Research in
Universal Sciences, 3(11), https://researchweb.uz/index.php/erus/article/view/15 40-
44.


References

Abdullayev G. G'arbiy va Janubiy O'zbekistonning yuqori yura karbonat shakllanishining stratigrafiyasi va ikki pallali mollyuskalari. Muallif.diss. kand. - geol. - min.fanlar. Dushanbe, 1987, 19 bet.

Abetov E. M. Hisorning janubi-g'arbiy shoxlarining yuqori yura karbonat shakllanishi. Nashr. Ilm-fan, Toshkent, 1965, 138 bet.

Akramxodjayev A. M., Egamberdiyev M. E. va boshqalar.Janubiy va G'arbiy O'zbekistonning litologiyasi, stratigrafiyasi va neft-gazliligi. Toshkent, 1971, 200 bet.

Akramxodjayev A. M., Mirkamalov X. X., Husanov S. T. va boshqalar.neft va gaz konlarini maqsadli qidirish uchun asos sifatida g'arbiy O'zbekiston yura terrigen va karbonat shakllanishining ko'p fazli tolshlari korrelyatsiyasining biostratigrafik asoslanishi. IV ma'ruzalar tezislari. Idoralararo stratigrafik konferentsiya. Ashxobod, 1983 yil.I4-I6 betlar.

Akramxodjayev A.M, Mirkamalov X.X. va boshqalar. G‘arbiy O‘zbekistonning yuqori yura karbonat shakllanishining stratigrafiyasi. Izv. – qaniydi. SSSR fanlar akademiyasi. Ser. - geol. - 1985, № 8. 47-55-betlar.

Bo‘riev S.S. “G‘arbiy o‘zbekistonda terrigen yura yotqiziqlarining gazlilik istiqbollari”. Journal of new century innovations 38.1 https://newjournal.org/new/article/view/8897 (2023): 93-96.

Bo‘riev S.S. “Qatlamni Gidravlik Yorish (Qgy) ni amalga oshirishda qo‘llaniladigan agregatlarning bog‘lanmasi”. International conferences. Vol. 1. No. 1. 2023.

Bo‘riev S.S. “Kon sharoitida qatlam gidravlik yorilgandan keyin quduqda yuvish ishlarinini amalga oshirish bo‘yicha ko‘rsatmalar”. Educational Research in Universal Sciences 2.4 (2023): 582-585.

Bo‘riev S.S. “Gaz ajratgichning ish prinsipi va tuzilishini o‘rganish.”Образование наука и инновационные идеи в мире 34.3 https://newjournal.org/01/article/view/9782 (2023): 163-168.

Bo‘riev S.S, and Raufov M.M. “Qatlamni sinab ko‘rish usullari. qatlamni to‘g‘ridan-to‘g‘ri sinab ko’rish usullari. ximoya tizmasi orqali sinash.”Образование наука и инновационные идеи в мире 34.3 https://newjournal.org/01/article/view/9783 (2023): 169-173.

Bo‘riev S.S. “Quduq tubi dvigatellari yordamida burg‘ilashda quduqni sirkulyatsion tizimidagi bosim yo‘qotilishini hisoblash”. Образование наука и инновационные идеи в мире 34.3 https://newjournal.org/01/article/view/9784 (2023): 174-178.

Bo‘riev S.S. “Kon shroitida qo‘llaniladigan qatlamni gidravlik yorish texnikalari va texnologiyalarini qo‘llanilish tahlili.” Educational Research in Universal Sciences 2.1 (2023): 54-58.

Bo‘riev S.S. “Qatlamni gidravlik yorishda qo‘llaniladigan eritmalar turini asoslash.” Journal of new century innovations 11.1 https://newjournal.org/new/article/view/1321 (2022): 69-75.

Bo‘riev, S.S, Eshturdiyev T. D. (2024). “Zarafshon-oloy kamari nodir va kamyob metallar ma’danlashuvining metollogeniyasi”. Educational Research in Universal Sciences, 3(11), https://researchweb.uz/index.php/erus/article/view/15 40-44.