JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS
Volume–76_Issue-1_May-2025
80
80
BUXORO-XIVA NEFT-GAZ XAVZALARIDAGI KARBONAT RIFLI
FORMATSIYASINING YOSHINI ANIQLASHDA MARJON
BOG‘LAMLARNING AHAMIYATI
Bo‘riyev Sardor Sayfullaevich
Qarshi davlat unversititi assistenti
(Tel)+99891 455 10 11
Annotatsiya:
Karbonat formatsiyasi yotqiziqlarining yuqori qismi Janubiy-
G‘arbiy Hisor tog‘i etaklariniig boshqa territoriyalarida 30-130 metrga yetadigan qalin
qatlamli pelitomorf oxaktoshlar hosil qilib ularning orasida gil-alevrolitli
oxaktoshlarning qatlamchalarni uchratish mumkin.
Kalit so‘zlar:
Rifogen qatlam, g‘ovurdoq, antiklinal, karbonat formatsiya,
ammonitlar, rif, Onkolit va detritlar, paleobasseyn, rudistlar, gastropodalar.
THE IMPORTANCE OF CORAL LIGAMENTS IN DETERMINING
THE AGE OF THE CARBONATE REEF FORMATION IN THE
BUKHARA-KHIVA OIL AND GAS FIELDS.
Annotation:
The upper part of the carbonate formation beds of the southwestern
Mount Hissor skirts, forming thick-layered pelitomorph oxactoshes that reach 30-130
meters in other territories, among which layering of chalk-aleurolite oxactoshes can be
found.
Keywords:
Rifogenic layer, pore, Anticline, carbonate formation, ammonites,
reef, Oncolite and detritus, paleobassein, rudists, gastropoda.
Karbonat formatsiyasining yuqori qismi Kuhitong tog‘dagi kesimi namunasida
I.Y.Mixeev va N.K.Fortunatova ma’lumotlarini hisobga olgan holda, hamda
S.T.Xusanovning izlanishlari natijasida yotqiziqlarni uchta bog‘lamga (pachkaga)
bo‘lish mumkin.
1. Oxaktoshlar asosan to‘q kulrang bo‘lib, qatlami to‘lqinsimon va tarkibida
qisman gillar uchraydi. Qalinligi 30-40 metr.
2. Rifogen qatlami yotqiziqlari asosan biogermlarning bir-birining ustma ust
qaytarilishidan tashkil topgan bo‘lib, ayrim kesimlarda gilli pelitomorf oxaktoshlar
qatlami uchraydi. Ulardan Perisphinctes ex gr. elisabechae Riaz., P. cf. tizianiformis
Chof. ammonitlari avlodlarining vakillari aniqlangan, qalinligi 70-80 m.
3. Pelitomorf, qalin qatlamli kulrang oxaktoshlar. Qalinligi 50-110 m. Uchta
bog‘lamning (pachkaning) umumiy qalinligi 150-230 m. Ularning ustki qismida gips
JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS
Volume–76_Issue-1_May-2025
81
81
yotqiziqlari qoplagan. Kesimning kuzatilgan qismi ko‘zdan kechirilganda, uning
tarkibi Kuhitong tog‘ining shimoliy riflarida qalin qavatli va pelitomorfdi oxaktoshlar
aralashganligi kuzatiladi. Markaziy g‘ovurdoq antiklinallaridan g‘arbdagi
kesimlardagi qatlam yotqiziqlarida 3-bog‘lam to‘liq biogerm va riflarni tashkil qilgan
organik oxaktoshlarga aylanadi. Ulardan ko‘plab aktiv rif quruvchi marjon poliplar
kompleksi aniqlangan.
Yuqorida aytganimizdek, 3-bog‘lam yotqiziq-g‘ovurdoq antiklinalida yaxlit rif
qatlamlariga aylanib, ular asosan marjon poliplar, rudistlar va suv o‘tlaridan tashkil
topgan tub jinslar bo‘lib ularning ochilib qolgan yuzasini juda ko‘p geolog olimlar
tomonidan o‘rganilgan (Omonniyozov, 1971; Ilin va boshqalar, 1976; Akromxo‘jaev
va boshqalar, 1978; Rusakov, 1984, 1987). G‘ovurdoq yaxlit rifining kesimi litologik-
petrografik tarkibi va hosil bo‘lish jarayonlari, hamda, marjon poliplarning tarqalishiga
ko‘ra, to‘rt bog‘lamga ajratish mumkin (pastdan yuqoriga qarab).
1-bog‘lam. Oxaktoshlar asosan kulrang bo‘lib, marjon poliplar rudistlar va har xil
organizm qoldiqlaridan tashkil topgan. alohida-alohida uncha katta bo‘lmagan
biogermlar hosil qilib birinchi tepasidan boshqasi qoplab turadi. Ushbu bog‘lam
yotqiziqlaridan quyidagi marjon polip turlari aniqlandi: Heiio-coenia abichi
Babaev,Stylosm.ilia suevica Becker,Cryptocoenia cf. limbata (Goidfuss) va boshqalar.
Rudistlar esa Diceras avlodiga tegishli bo‘lib, birinchi marta izlanish olib
borilayotgan territoriyadan, faqat g‘ovurdoq yaxlit rifining I,II, va III borg‘lamlari
yotqiziqlardan topildi (7-rasm). Bog‘lam yotqiziqlarini sinchiklab qarab
chiqqanimizda, marjon polip va rudistlardan tashqari, ko‘plab ikki tabaqali
mollyuskalar, gastropodalar va aniqlanishi qiyin bo‘lgan boshqa organizm qoldiqlarini
uchratish mumkin. Ularning oralarini asosan detrit va onkolitlar to‘ldirib turadi.
Bog‘lamning qalinligi 20-25 metr.
2-bog‘lam. Kulrang oxaktoshlar qatlami qalin bo‘lib, kesimda ko‘plab marjon
polip va suv o‘tlari hamda rudistlarni uchratish mumkin. Marjon poliplardan quyidagi
turlari aniqlandi: Thecos-milia cartieri Ko‘u, Dermoseris delgadoi Kobu va yangi
marjon polip turi Cyatopora babaevi Khusanov. Bog‘lam tarkibidagi jinslar xuddi
oldingi bog‘lamdagilarga juda o‘xshab ketadi. Ularda ham gastropodalar, ikki tabaqali
mollyuskalar va boshqa xil hayvonot va o‘simlik dunyosi vakillari rif ko‘rishda
yordamchi vazifani bajaruvchilar uchraydi. Onkolit va detritlar bilan aralashib 20-30
metrli yaxlit tana hosil qilishgan.
3-bog‘lam. Kulrang, marjon poliplari, suv o‘tlari va rudistlarning qoldiqlaridan
hosil bo‘lgan qalin qavatli oxaktoshlardan tashkil topgan. Ba’zida mayda, siniq jins
bo‘laklaridan hosil bo‘lgan yupqa qatlamchalarni uchratish mumkin, Bu bog‘lamda
quyidagi marjon polip vakillari uchraydi: Calauiopbylliopsis kurvakarensis Babaev,
Pleurophyllia trichotomade Fromentel va boshqalar. Bog‘lam qalinligi 12-18 metr.
4-bog‘lam. Kulrang, massivli, marjon polip va suv o‘tlari ko‘plab uchraydigan
JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS
Volume–76_Issue-1_May-2025
82
82
organik oxaktosh yotqiziqlari. Ularning orasidagi marjon polip qoldiqlarining katta
kompleksi aniqlangan: Aplosmilia semusulcata (Michelin), Calamophylliopsis flabel-
lum (Michelin), Diplocoenia gagarini Babaev, Thamnastria coneirina (Goldfuss),
Comoseris irradiens Edwards et Haime va boshqalar.
Bog‘lamning pastki qismida marjon polip avlodlarining shoxsimon
(Galomophyliiopsis, Aplosmilia va boshqalar) vakillari, ustki qismi yotqiziqlarida esa
massivsimon, ya’ni mox va lishaynikka o‘xshagan (Comoseris, Microsolena va
boshqalar) avlodlari uchraydi. Bog‘lamning qalinligi 45-55 metr.
Yuqorida ko‘rib chiqdikki, Sharqiy Turkmanistonning g‘ovurdoq yaxlit rifi
yotqiziqlaridan marjon poliplarning yaxshi saqlanib qolgan qoldiqlaridan ularning
ko‘plab turlari aniqlangan. Bu marjon kompleksida uchraydigan turlarning avlodlarini
Kuhitong tog‘idagi Daraydara, Kattadara va boshqa joylardagi karbonat
formatsiyasining yuqori qismidagi kesimlarda uchratish mumkin. Bundan tashqari,
Suvsiz tog‘da va Boysun tog‘laridagi karbonat formatsiyasining kesimlaridan ham
marjon polipning boy kompleksi aniqlangan. Bu kompleks hozirgi G‘arbiy Yevropa,
Qrim va Kavkaz, Janubiy va G‘arbiy O‘zbekiston, Sharqiy Turkmaniston va boshqa
hududlarda yuqori yura davrida Tetis dengizining eng qulay sharoitlarida yashab, rif
yotqiziqlarining shakllanishida muhim ahamiyatga ega. Shuning uchun, Janubiy-
G‘arbiy Hisor tog‘i
etaklaridagi karbonat formatsiyasi hajmida hamma joyda bir xil
qalinlikda rif yotqiziqlari hosil bo‘lmagan.
G‘ovurdoqdagi rif kesmasi.
JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS
Volume–76_Issue-1_May-2025
83
83
Shartli belgilar.
1-marjonli 2-suv o‘tli 3-onkolitli 4-rudistli
5-yirik bo‘lakli 6-rkushnyak 7- gips 8-chim bosgan
(G‘ovurdoq yaxlit rifi
yotqiziqlarining umumiy qalinligi 100-120 metr.)
O‘zbekistonning g‘arbidagi yopiq hududlar hisoblanadigan Buxoro-Xiva neft-gaz
xavzalaridagi karbonat formatsiyasi qatlami yotqiziqlari ham, xuddi Hisor tog‘ining
Janubiy-G‘arbiy
etaklaridagi kabi stratigrafik bo‘linmalarga bo‘linadi. Ular asosan
kern namunalarini kuzatish natijasida aniqlanadi.
Oksford yarusiga tegishli oxaktoshlarda organik dunyoning yaxshi rivojlanganligi
yaqqol ko‘zga tashlanadi. G‘arbiy O‘zbekiston hududlarida quyi oksford
paleobasseynining ko‘tarilgan qismlarida linza, biostrom va biogermlarga o‘xshash
yaxlit geologik tanalar vujudga kela boshlaygan (Sharqiy Zevardi, Kultok, Kamashi,
Nishon va boshqalar). Bu maydonlardagi kesimlarda quyi oksford qatlami
yotqiziqlarining qalinligi birmuncha kengaya boradi, biroq ular paleobasseyn ichida
relefning keskin ko‘zga tashlanadigan shaklga aylanmagan. Hali yaxlit rif yotqiziqlari
hosil bo‘lmagan.
O‘rta oksford qatlami yotqiziqlari karbonat formatsiyasi tarkibida juda muhim
o‘rin egallaydi. Shu paytdan boshlab Buxoro-Xiva neft-gazli regionidagi karbonat
formatsiyasi oxaktoshlarini asosan organik dunyo vakillari tashkil qiladi. Ulardan eng
asosiysi marjon poliplardan tashkil topgan biogermlar, biostromlar va eng qulay
paleoekologik sharoit bo‘lgan maydonlarda esa yaxlit riflar shakllana boshlaydi
(O‘rtabo‘loq, Ko‘kdumalok, Dengizko‘l, Zevardi, Sho‘rton, Janubiy Tandircha,
Shakarbo’loq va-boshqalar). Bunda albatta asosiy rolni marjon poliplar o‘ynaydi. Ular
ko‘plab to‘dalar hosil qilib, suv o‘tlari ishtirokida riflar hosil qila boshlaydi.
Bu jarayon yuqori oksford va kimerij asrini ham o‘z ichiga oladi. O‘rta-yuqori
oksford va kimerij qatlami yotqiziqlaridagi yaxlit riflarning tarkibi, tuzilishi va marjon
poliplarning tarqalishiga qarab, to‘rt-beshtagacha bog‘lam ajratish mumkin. Har bir
bog‘lamda gidrodinamik faollikning ko‘rinishlari mavjud, bunda dengiz satxining
o‘zgaruvchanligi, jinslarning navlarga ajralishi bilan bir-biridan farqlanadi.
ADABIYOTLAR RO‘YXATI
1. Abdullayev G. G'arbiy va Janubiy O'zbekistonning yuqori yura karbonat
shakllanishining stratigrafiyasi va ikki pallali mollyuskalari. Muallif.diss. kand. - geol.
- min.fanlar. Dushanbe, 1987, 19 s.
2. Abetov E. M. Hisorning janubi-g'arbiy shoxlarining yuqori yura karbonat
JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS
Volume–76_Issue-1_May-2025
84
84
shakllanishi. Nashr. Ilm-fan, Toshkent, 1965, 138 s.
3. Akramxodjayev A. M., Egamberdiyev M. E. va boshqalar.Janubiy va G'arbiy
O'zbekistonning litologiyasi, stratigrafiyasi va neft-gazliligi. Toshkent, 1971, 200 s.
4. Akramxodjayev A. M., Mirkamalov X. X., Husanov S. T. va boshqalar.neft va
gaz konlarini maqsadli qidirish uchun asos sifatida g'arbiy O'zbekiston yura terrigen va
karbonat shakllanishining ko'p fazli tolshlari korrelyatsiyasining biostratigrafik
asoslanishi. IV ma'ruzalar tezislari. Idoralararo stratigrafik konferentsiya. Ashxobod,
1983 yil. C.I4-I6.
5. Akramxodjayev A. M., Mirkamalov X. X. va boshqalar. G'arbiy
O'zbekistonning yuqori yura karbonat shakllanishining stratigrafiyasi. Izv. – qaniydi.
SSSR FANLAR AKADEMIYASI. Ser. - geol. - 1985, № 8. 47-55-betlar.
6. Bo‘riev S.S. “G‘arbiy o‘zbekistonda terrigen yura yotqiziqlarining gazlilik
istiqbollari”. Journal
of
new
century
innovations 38.1
https://newjournal.org/new/article/view/8897 (2023): 93-96.
7. Bo‘riev S.S. “Qatlamni Gidravlik Yorish (Qgy) ni amalga oshirishda
qo‘llaniladigan agregatlarning bog‘lanmasi”. International conferences. Vol. 1. No. 1.
2023.
8. Bo‘riev S.S. “Kon sharoitida qatlam gidravlik yorilgandan keyin quduqda
yuvish ishlarinini amalga oshirish bo‘yicha ko‘rsatmalar”. Educational Research in
Universal Sciences 2.4 (2023): 582-585.
9.
Bo‘riev S.S. “Gaz ajratgichning ish prinsipi va tuzilishini
o‘rganish.”Образование
наука и
инновационные
идеи
в мире 34.3
https://newjournal.org/01/article/view/9782 (2023): 163-168.
10. Bo‘riev S.S, and Raufov M.M. “Qatlamni sinab ko‘rish usullari. qatlamni
to‘g‘ridan-to‘g‘ri sinab ko’rish usullari. ximoya tizmasi orqali sinash.”Образование
наука
и
инновационные
идеи
в
мире 34.3
https://newjournal.org/01/article/view/9783 (2023): 169-173.
11. Bo‘riev S.S. “Quduq tubi dvigatellari yordamida burg‘ilashda quduqni
sirkulyatsion tizimidagi bosim yo‘qotilishini hisoblash”. Образование наука и
инновационные идеи в мире 34.3 https://newjournal.org/01/article/view/9784
(2023): 174-178.
12. Bo‘riev S.S. “Kon shroitida qo‘llaniladigan qatlamni gidravlik yorish
texnikalari va texnologiyalarini qo‘llanilish tahlili.” Educational Research in Universal
Sciences 2.1 (2023): 54-58.
13. Bo‘riev S.S. “Qatlamni gidravlik yorishda qo‘llaniladigan eritmalar turini
asoslash.” Journal
of
new
century
innovations 11.1
https://newjournal.org/new/article/view/1321 (2022): 69-75.
14. Bo‘riev, S.S, Eshturdiyev T. D. (2024). “Zarafshon-oloy kamari nodir va
kamyob metallar ma’danlashuvining metollogeniyasi”. Educational Research in
Universal Sciences, 3(11), https://researchweb.uz/index.php/erus/article/view/15 40-
44.